#Jumboq
Savol: Ovchilar yilning qaysi paytda mo‘ynali hayvonlarni ovlashadi?
Ushbu savolning javobini Sardor, Farrux Usmonov, Qurbonov Ulug‘bek, Pardayev Azizbek, Rustam Daminov, Ilxom Tilovov, Abduxamid Allayarov to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!
Javob: Kunlar issiq bo'lganda mo‘ynali hayvonlarning juni to‘kilib, yaroqsiz holga kelib qoladi. Kunlar sovushi bilan hayvonlar juni qalinlashadi. Shu bois sovuq kunlarda mo‘ynali hayvonlar ovlanadi.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
"Bir bo‘lsak - xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Samarqand tumani markazida "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" yurish marafoni bo‘lib o‘tmoqda.
Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish xodimlari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar va keng jamotchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Биласизми?
Дунёда давлатлар кўп, уларда ғалати қонунлар ҳам талайгина.
Филиппин ва Ватикан давлатларида эр-хотиннинг ажрашиши тақиқланган.
Бангладешда имтиҳон вақтида кўчирмачилик қилган ёки шпаргалкадан фойдаланган фуқаролар озодликдан маҳрум қилинади.
АҚШнинг Колорадо штатида ёмғир сувини йиғиш тақиқланади.
Италиянинг Турин шаҳрида ит боқишни ният қилган шахс уни кунига 3 марта сайр қилдириш мажбуриятини ҳам олади.
Маҳлиё ХОЛОВА тайёрлади.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Savol: Ovchilar yilning qaysi paytda mo‘ynali hayvonlarni ovlashadi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ULLI PIR
Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi «Beshmergan» qishlog‘ida joylashgan. Qadimdan bu yerda buyuk avliyolarning qabrlari bo‘lgan. O‘rta asrlarda ushbu qabrlar ustiga maqbaralar qurilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, muborak maskanga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, joriy yilda muqaddas qadamjo tubdan qayta qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bu yerda ziyoratchilar uchun Xorazm me’morchilik uslubida past ayvonlar, yo‘laklar, favvoralar, dam olish o‘rindiqlari, avtoturargohlar bunyod etildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Кун ҳикмати
Тенглик ҳукм сурган жойда сотқинлик, алдамчи эҳтирослар, ғам-ғусса бўлмайди.
✍️Абу Райҳон Беруний
👉 @postdarasmiy
Аslida «NARGIZA» kim?
Hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan internetda virtual tanishuvlarga, boshqacha aytganda, kiberromantikaga bugun odatiy hol sifatida qaralmoqda. Afsuski, turli tanishuv resurslarida onlayn videomuloqot, translyatsiya, virtual striminglar orqali masofaviy munosabatga kirishib, tuyg‘ularni izhor qilish deya talqin qilinadigan kiberromantikaga berilish holatlari nafaqat yoshlar, balki o‘rta va hatto katta avlod vakillari o‘rtasida ham uchramoqda.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Служение народу – почетный долг
Защита Родины – священный долг и почетная обязанность каждого гражданина нашей страны. Служба на благо Отечества – непростой и ответственный путь, который выбирают люди сильные, крепкие духом. Не жалея себя, они защищают покой и жизнь сограждан, порой, рискуя своей собственной.
#Jumboq
Buyuk yunon shifokori Gippokrat (Buqrot) shunday degan: “Benuqson va mukammal inson bo‘lish ham kasallik, ...”
Savol: Nuqtalar o‘rnida qanday jumla mavjud bo‘lgan?
Ushbu savolning javobini hech kim to‘g‘ri topa olmadi. O'quvchilarimizga keyingi jumboq savollarda omad tilaymiz.
Javob: "ammo bu kasallik yuqumli emas".
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ЭГРИ НИЯТИ АМАЛГА ОШМАДИ
Яқинда Тошкент вилояти ИИББ ҳамда Чирчиқ шаҳар ИИБ Тезкор қидирув хизмати ходимлари томонидан Юқоричирчиқ туманида ўтказилган тадбирда тахминий баҳоси 50 миллион сўмлик бўлган 375 дона кучли таъсир этувчи дори воситаларини пуллаш мақсадида сақлаб келаётган Илёс Ҳакимов (исм-фамилияси ўзгартирилган) далилий ашёлар билан қўлга олинди.
Эндиликда, эгри нияти амалга ошмаган заҳри қотил шайдосига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
ҚОНУН ҲУКМИГА ТОПШИРИЛДИ
Ўзбекистон Республикаси Конститутциясининг 77-моддасида “Ота-оналар ва уларнинг ўрнини босувчи шахслар ўз фарзандларини вояга етгунига қадар боқиши, уларнинг тарбияси, таълим олиши, соғлом, тўлақонли ва ҳар томонлама камол топиши хусусида ғамхўрлик қилишга мажбурдирлар”, – дейилган. Таассуфки, ичкиликка ружу қўйишлик, оилавий ажрим ёхуд масъулиятсизлик сабаб ўз фарзанди таъминотидан бўйин товлаган ота-оналар ҳам учраб турибди.
Суд ажримига кўра, карманалик В.М.дан вояга етмаган фарзанди учун алимент ундируви белгиланган эди. Аммо қонунларни менсимаган мазкур фуқаро суд жараёнида иштирок этмади. Бу ҳам етмаганидек, фарзандининг моддий таъминотидан бош тортиб, яшириниб юришни маъқул кўрди. Кармана туманида ҳуқуқбузарлик ва жиноятларнинг олдини олиш бўйича ўтказилган кенг қамровли профилактик тадбирлар чоғида В.М қўлга олиниб, қонун ҳукмига топширилди.
Маҳлиё ХОЛОВА,
ўз мухбиримиз.
Навоий вилояти.
👉 @postdarasmiy
МУҲИМИ – ЎЗАРО ИШОНЧ ВА МЕҲР
Катта сержант Алиёрбек Мирзаев патруль-пост батальонида икки йил хизмат қилгач, Андижон вилояти ИИБ ППХ ва ЖТСБ хизмат итлари питомниги инспектор-кинологи лавозимига тайинланган. Кинология хизмати бошлиғи, майор Дониёрбек Муродалиев унга устозлик қилиб, ўз амалий тажрибасини сингдириб, хизмат итларини ўргатиш усуллари билан таништирди.
Ҳозирги кунда у кинология бўлинмасининг 3-гуруҳ командири. Бу тажрибали мутахассис томонидан кўпгина жиноятлар «иссиқ изида» фош этилган.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Уч авлод учрашуви
Қашқадарё вилояти ИИБда “Уч авлод учрашуви” тадбири бўлиб ўтди. Унда фахрий аёллар, тизимда хизмат қилаётган хотин-қизлар ҳамда вазирлик Қашқадарё академик лицейи ўқувчи қизлари иштирок этди.
Тадбирда сўз олганлар ҳар бир хотин-қиз “Ватанга ва халққа садоқат билан хизмат қилиш – олий бурчимиз!” шиори остида хизмат қилиши таъкидланиб, ёш ходималарда юртга муҳаббат, касбга садоқат туйғуларини мустаҳкамлаш, уларни ижтимоий-ҳуқуқий ҳимоя қилиш, коррупция ҳолатларига муросасиз бўлиш хусусида ўз мулоҳазаларини билдиришди. Шунингдек, шахсий таркибнинг хизмат интизоми ва қонунчиликка риоя этиши юзасидан таклиф ва тавсиялар берилди. Фахрийлар эса ёш ходимларни ҳалолликка, фидойиликка, ватанпарварликка чорлаб, уларга ўз ҳаётий тажрибаларини сўзлаб бердилар.
Тадбирда ватанпарварлик, касбга садоқат каби мавзулардаги шеърлар тингланди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.
@Postdarasmiy
Bu qiziq!
Sayyoramizdagi eng sog'lom joy - Yaponiyaning Okinava orolidir.
Unda 450 dan ortiq uzoq umr ko'ruvchilar rasmiy ro'yxatga olingan, ularning har biri 100 yoshdan oshgan.
Bilasizmi?
Insonlarning taxminan 30 foizi qora shokolad iste'mol qilganda aksiradi.
Bilim va donolik
Bir faylasuf har doim ham bilim olish, ham dono bo‘lish ahamiyatli ekanini uqtirardi. Undan bu ikkisining farqi nimada ekanini so‘rashganida, mo‘ysafid shunday javob berdi:
– Bilimga kitob o‘qish, o‘quv mashg‘ulotlari va ma’ruzalarga qatnash orqali erishish mumkin. Donolik esa «o‘zing», «o‘zliging» deb atalmish kitobni chuqur o‘rganish demak.
Bir muddatdan keyin esa qo‘shimcha qildi:
– Ikkinchisi juda murakkab vazifa: chunki hayot har keyingi daqiqada senga yangi nashrlarni taqdim etadi.
👉 @postdarasmiy
ХУШХАБАР
Куни кеча юртимиз мезбонлик қилаётган дзюдо бўйича ҳарбийлар ўртасидаги 42-жаҳон чемпионатида ҳамкасбимиз, Тошкент вилояти ИИББ ходими, сафдор Шоҳруҳхон Бахтиёров 100 кг.дан оғир вазн тоифасида олтин медални қўлга киритиб, мамлакатимиз байроғини баланд кўтарди.
Биз ҳам уни ушбу ғалаба билан самимий қутлаб, келгуси фаолиятида улкан муваффақиятлар тилаб қоламиз.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy
18 октябрь- Самарқанд шаҳри куни
1996 йилнинг 18 октябрь куни Амир Темур бобомизнинг 660 йиллик юбилейида Самарқанд шаҳри “Амир Темур” ордени билан тақдирланган ва 18 октябрь Самарқанд шаҳар куни деб белгиланган эди. Шундан буён мана қарийб чорак асрдирки, ушбу кун вилоятда кенг нишонланиб келинади.
Сана муносабати билан Самарқандда маънавий-маърифий тадбирлар ўтказиш, концерт дастурлари ва театрлаштирилган томошалар намойиш этиш анъанага айланган.
👉 @postdarasmiy
EGRI BUTOQNI NIHOLIDA TOBINI OL
Baxtiyorning otasi xorijga ishlashga ketganidan keyin, tabiiyki, nazorat susaydi. Onasi ham ertay-u kech ro‘zg‘or tashvishi bilan ovora bo‘lib, unga ko‘p ham e’tibor berolmasdi. O‘g‘il bolaga ota tarbiyasi nihoyatda muhimligi sezila boshladi. Balog‘at yoshda emasmi, qiziqqon Baxtiyorning darslarni o‘zlashtirishi sustlashdi. Hatto ayrim darslarga kirmaslikni ham odat qildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Baxt boylikda emas
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
– «Baxt boylikda emas» degan gap qanchalik to‘g‘ri?
Qariya esa:
– Buni isbotlash oson, – debdi. – Negaki, pulga ko‘rpa-yostiq sotib olish mumkin – ammo uyquni emas, yegulik olish mumkin – lekin ishtahani emas, dori olish mumkin – lekin salomatlikni emas, xizmatkorlarni sotib olish mumkin – ammo do‘stlarni emas, turarjoy xarid qilish mumkin – lekin huzurli va baxtli oilaviy hayotni emas, hatto muallimlarni pul uchun yollash mumkin – lekin bilim va aqlni emas.
👉 @postdarasmiy
Profilaktika kuni munosabati bilan
Chilonzor tumani hududdagi “S. H. Sirojiddinov” nomidagi akademik litseyida IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, mayor Sevara Tosheva va yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, leytenant G. Abdukarimova bilan hamkorlikda Payshanba – profilaktika kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
XALQQA XIZMAT QILISH – SHARAFLI BURCH
Azaldan milliy qadriyatlarimiz, muqaddas dinimiz ahkomlarida xalqqa xizmat qilish, odamlarga yaxshilik ulashish, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish doimo ulug‘langan. Insonlarga nafi tekkan kishi nafaqat el orasida hurmat-ehtirom qozonadi, balki u ko‘pdan-ko‘p savobga ham noil bo‘ladi, deya ta’kidlangan.
FAXRIYLAR XONADONIDA SUHBAT
"Keksalar haftaligi" doirasida Namangan viloyati IIB JXX Patrul-post xizmati batalyoni komandiri, podpolkovnik Axror Xatamov uzoq yillar sohada mehnat qilgan va hozirda nafaqa gashtini surayotgan bir guruh faxriylar xonadonida bo‘ldi. Ular bilan bir piyola choy ustida o'tgan samimiy suhbat davomida xodimlar kelgusi faoliyatlarida asqotadigan maslahat va o'gitlar tinglashdi.
Yo'qlov tadbirlari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan serjant Abdurashid Umrzaqovning oilasida ham davom ettirildi. Marhumning otasi duoga qo'l ochib, farzandining mehnatlarini unutmagan hamkasblariga minnatdorlik bildirdi.
Fayzullo HAKIMOV,
podpolkovnik.
👉 @postdarasmiy
Биласизми?
• Инсон миясида оғриқни сездирувчи рецепторлар йўқ, шу боис нейрохирурглар одамни ҳушсизлантирмаган ҳолда миясини кесишлари мумкин.
• Инсон фақат картошка ва сариёғ еб, қаригунча яшаши мумкин.
• Аёллар умрининг 1 йилини “Бугун нима кийсам экан?” деган ўй учун сарфлайди.
• Илонлар зилзила бўлишини 5 кун илгари сезади.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Buyuk yunon shifokori Gippokrat (Buqrot) shunday degan: “Benuqson va mukammal inson bo‘lish ham kasallik, ...”
Savol: Nuqtalar o‘rnida qanday jumla mavjud bo‘lgan?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
MADANIY HORDIQ
IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qismda yigitlik burchini o'tayotgan askarlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda ham sportning voleybol, shaxmat, shashka va arqon tortish turlari bo'yicha musobaqalar hamda psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Shu bilan birga, muddatli harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik ruhidagi film namoyish etilib, ular qalbida ona yurtga bo'lgan mehr-muhabbat va sadoqat tuyg'ulari yanada mustahkamlandi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Курсант_ижодидан
ВАТАНИМГА
Ватан сўзи бунчалар гўзал,
Битгим келар сенга минг ғазал.
Муқаддассан, азалдан-азал,
Саждагоҳсан, ўзинг Ватаним.
Сенинг бағринг бунчалар ҳам кенг,
Сенга келмас бирор нарса тенг.
Бунчалар ҳам иссиқдир меҳринг,
Саждагоҳсан, ўзинг Ватаним.
ЎЗБЕГИМ ЎҒЛОНЛАРИ
Юртин жондан севишар,
Хизматга шай туришар,
Содиқ посбон бўлишар,
Ўзбегим ўғлонлари.
Халққа таянч, меҳрибон,
Камтар, жасур, паҳлавон,
Элга ҳамроҳдир ҳар он,
Ўзбегим ўғлонлари!
ШЕЪРЛАРИМДА
Гул ифори, диллар изҳори,
Бўлиб жўшар қалбимда илҳом.
Шеъриятга ошно бўлибман,
Гўзал ҳислар, келинг ассалом!
Келгин, шеърим, тарк этма мени,
Яхшиликка қилайлик хизмат.
Ҳар бир сўзим бўлсин эзгулик,
Шеърларимда янграсин ҳикмат.
Скарлетт ИШНИЯЗОВА,
ИИВ Академияси 3-босқич курсанти.
@Postdarasmiy
БИРИНЧИ ТИББИЙ ЁРДАМ
ИИВ Малака ошириш институти тингловчилари билан “Ички ишлар органлари ходимлари томонидан биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш” мавзусида ўқув машғулоти ташкил этилди. Унда тиббиёт фанлари доктори, профессор Ражаббой Машарипов томонидан фавқулодда вазиятларда шифокор кўригига қадар жабрланувчига биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш бўйича батафсил тушунчалар берилиб, бу борада осойишталигимиз посбонларини қизиқтирган саволларга ҳам атрофлича жавоб қайтарилди.
Ўз мухбиримиз.
@Postdarasmiy
#Jumboq
1976-yilda shvetsiyalik Bern Brand 271 soatdan ortiq vaqt mobaynida tinimsiz gapirib, jahon rekordini o‘rnatgan. Bu harakati bilan u 288 soatga teng boshqa rekorddan o‘zib ketishiga va uni ham o‘z nomiga qayd etishiga oz qoldi. Gap qaysi rekord haqida ketmoqda?
Ushbu savolning javobini Abu Muhammad Yahyo, Xalitov Baxtiyor, Asrorbek Ne'matov, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri topishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob: uzluksiz bedorlik (uxlamaslik) rekordi.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.