postdarasmiy | Неотсортированное

Telegram-канал postdarasmiy - POSTDA|Rasmiy kanal

10302

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Подписаться на канал

POSTDA|Rasmiy kanal

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан
байрам табриги
———

Праздничное поздравление министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова по случаю 1 октября – Дня учителей и наставников

Телеграм канал

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Мутолаа

ШОИР ВА ТИЛЛА БАЛИҚЧА ҲАҚИДАГИ ҲИКОЯТ

Айтишларича, иши юришмаётган шоирнинг қармоғига Каспий денгизида тилла балиқча илинибди.
– Шоир, шоир, мени денгизга қўйиб юбор, – дея ялинибди тилла балиқча.
– Бунинг эвазига сен менга нима берасан?
– Дилингдаги ушалмаган барча орзу-ниятларингни рўёбга чиқараман.
Батафсил 👉
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi madaniyat markazida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida aholini qiynayotgan bir qator ijtimoiy muammolarni hal qilish choralari belgilandi.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

БИЛАСИЗМИ?

• Пахтали таёқчалардан нотўғри фойдаланиш оқибатида ҳар йили 300 мингдан ошиқ одамнинг эшитиш қобилияти қайсидир даражада сусаяди.
• Германияда 14 йилдан сўнг бензинда юрадиган автомобиллар савдосини тўхтатиш режалаштирилган.
• Биз яшаётган сайёра қуёшдан 150 миллион километр узоқликда жойлашган.
• Қуёшдан келадиган нур ерга 8 дақиқада етиб келади.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ХОДИМЛАР ЧИНИҚИШМОҚДА

Вилоят ИИБ шахсий таркиби иштирокида жисмоний ва жанговар тайёргарлик машғулотлари ўтказилди. Унда малакали спорт усталари ходимларнинг жисмоний чиниқишларига доир қўшимча машқлар олиб боришди.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Soha fidoyisi

Yo‘llarda harakat xavfsizligini bekamu ko‘st ta’minlash maqsadida hushyorlikni yo‘qotmasdan, sergak holatda faoliyat olib borayotgan shijoatli va jonkuyar posbonlardan biri Oqqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor Hayotbek Nabiyevdir. Tizimdagi o‘n besh yillik faoliyatining so‘nggi besh yilini mazkur sohada o‘tkazib kelayotgan lavhamiz qahramoni ustozlari­ga hurmat ko‘rsatib, shogirdlarini tarbiyalashdan charchamaydi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Кун ҳикмати

Ўзининг фикри бўлмаган одам ўзга фикрлар ичида кун кечиради.

✍️ Хуршид Дўстмуҳаммад
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI

Kuni kecha Nurafshon shahar hokimligi binosida viloyat IIBB va boshqa mutasaddi tashkilotlarning mas'ullari ishtirokida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda ushbu shaxslarning har biri bilan yuzma-yuz suhbat o'tkazilib, ularning ijtimoiy moslashuvi hamda qayta jinoyat sodir etmasligi to'g'risida keng tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan mazkur fuqarolarga subsidiyalar ajratish, ish topish istagida bo'lganlarining esa, bandligini ta'minlash bo'yicha ham chora-tadbirlar belgilab olindi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Шеффлера (Schefflera ёки соябон дарахти)ни чекувчилар яшайдиган ёки ишлайдиган хоналарда парвариш қилиш фойдали. Негаки бу ўсимлик тамаки тутуни таркибидаги никотин ва смолани тез «ютиб юборади».

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Грани мастерства

БДИТЕЛЬНОСТЬ НЕ ПОДВЕЛА


Житель Ургенча Шокир К. (здесь и далее имена фигурантов изменены) промышлял мошенничеством. Пользуясь доверчивостью граждан, ловко проворачивал свои комбинации. Придумав очередной план, мошенник выбрал профессию «мясника» и начал аферу.
Прознав, что Исмоил Х. намерен продать скот, приехал к нему. Обрадованный тем, что покупатель сам явился с предложением, хозяин пригласил гостя в дом. Осмотрев живность, «мясник» согласился приобрести скот по цене, названной владельцем.
– Но деньги получите через неделю, мясо нужно еще реализовать, – заявил он для убедительности.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Amaliy yordam ko‘rsatildi

Namangan viloyati IIB boshlig‘i tasdiqlagan reja-topshiriq asosida Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan chegara hududidagi mahallalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, "Qizilyozi", "Ko‘kyor", “Sohibkor”, “Zarbdor” hamda "Soy bo‘yi" IIB tayanch punktlarida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari yurituvida bo‘lgan hujjatlar o‘rganilib, ularga ko‘mak berildi.
Masʼullar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar quyi tizimda xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish bilan bir qatorda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni ham belgilab bermoqda.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

SURATLI LAVHALAR
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan ertalabki tigʻiz vaqt oraligʻida piyodalarning xavfsizligi taʼminlanmoqda.
U.SHUKURLAYEV,
kapitan.
Buxoro viloyati.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Кун тарихи

28 сентябрь қандай кун?


* 2023 йилда XV Тошкент халқаро кинофестивали доирасида Хоразм вилоятида биринчи кинооператор, ўзбек киноси дарғаси Худойберган Девонов номидаги кинотеатр очилган.
* Худойберган Девонов 1879 йилда Хивада бадавлат оилада таваллуд топган.
* У Хива хони саройидаги илк фотосуратчи эди.
* Ўзбек киноси ва фотографияси асосчиси бўлган.
* 1882 йилда Хива хони Саид Муҳаммад Раҳимхон II таклифи билан Россиядан кўчиб келган меннонит немислар вакили Вилҳелм Пеннердан фотография ва кинематография соҳасини қизиқиб ўрганган.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

УСТОЗЛАР ЭҲТИРОМДА
Устоз ва мураббийлар куни муносабати билан ИИВ Қашқадарё академик лицейида тадбир бўлиб ўтди. Тадбирни вилоят ИИБ бошлиғининг биринчи ўринбосари, полковник Бахтиёр Ражапов очиб, бошқарма бошлиғининг соҳа фидойиларига йўллаган байрам табригини ўқиб эшиттирди.
Устоз, ўқитувчи, мураббий деганда, барчамизнинг кўз ўнгимизда қўлимизга қалам ушлатиб, илк ҳарфни танитган фидойи муаллим, хокисор инсон гавдаланади. Ўқитувчиликдек масъулиятли ва шарафли касбни эъзозлаб келаётган инсонларга ҳар қанча эҳтиром кўрсатсак кам.
Тадбирда Ички ишлар вазирининг буйруғига кўра, академик лицейнинг бир гуруҳ ўқитувчиларига вазирлик фахрий ёрлиғи, эсдалик қўл соати ва пул мукофотлари, бошқарма бошлиғининг фахрий ёрлиғи ҳамда Умумтаълим фанлар кафедраси бошлиғи Барат Яхшибоевга “Таълим соҳасидаги хизматлари учун” эсдалик кўкрак нишони тантанали равишда топширилди.
Лицей ўқувчилари томонидан ижро этилган куй-қўшиқлар ва шеърлар барчага завқ бағишлади.
Икром ФАРМОНОВ,
подполковник.
Қашқадарё вилояти.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#taqdirlash📚

🎼 “Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari

1-o‘rin — Shuhratxon Muhammadxonov(Milliy gvardiya)
2-o‘rin — IIV Qo'shiq va raqs ansambli xodimlari (Ichki ishlar vazirligi)
3-o‘rin — Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblining vokal guruhi xonandalari (Qurolli Kuchlar)


“Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” tanlovining nominatsiya g'oliblari

🔘“Mardlik va jasoratni targ'ib etadigan eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” — Azim Qalbaev (Qoraqalpog'iston Respublikasi)

🔘“Tarixiylik va milliylikni aks ettirgan eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo'shiq” — Dorobjon Shirmonov
(Farg'ona viloyati)

🔘“Vatanparvarlik ruhidagi eng mazmundor va tasirchan qo'shiq" — Mohichehra Mingboeva
(Favqulodda vaziyatlar vazirligi)


Rasmiy
sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | respublikamanaviyatvamarif2968">YouTube | Instagram

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Faxriylar bilan uchrashuv

Andijon viloyati IIBda boʻlib oʻtgan uchrashuvda IIV oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov, boshqarma boshligʻi polkovnik Ayubxon Rahmatullayev, maslahatchi Orifjon Yuldashev, Faxriylar kengashi raisi Davronbek Yusupov, shuningdek, shahar-tuman IIBlarining faxriylar kengashi raislari va IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 200 nafarga yaqin faxriylar ishtirok etishdi.
👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Экологик рейд

Ғаллаорол туманида вилоят ИИБ ЖХХ ЖТСБ ППХБ ҳамда вилоят экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси ходимлари ҳамкорлигида табиат муҳофазасига қаратилган рейдлар ўтказилди. Экорейд давомида белгиланмаган жойларга чиқинди ташлаш, хазонларни ёқиб юбориш каби ҳуқуқбузарликларни содир этган 5 нафар шахсга нисбатан маъмурий баённомалар расмийлаштирилди.
Ўз мухбиримиз,
Жиззах вилояти.

👉 @postdarasmiy

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

YURT OSOYISHTALIGI YO’LIDA

Toshkent viloyati IIBB rahbariyati tomonidan osoyishtalik posbonlarining xizmatga shayligini tekshirish maqsadida saf koʻrigi oʻtkazildi.
Unga ko’ra, xodimlarning tashqi koʻrinishi, hujjat va anjomlari koʻzdan kechirilib, tadbir yakunida shaxsiy tarkib tantanali marsh bilan saf maydonidan o’tishdi.
O’z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ElGA YELKADOSH BO‘LIB

Ayni paytda viloyat, shahar va tuman IIB xodimlari tomonidan «Qoradori-2024» tadbirining 2-bosqichi keng ko‘lamda olib borilmoqda. Yaqinda Romitan tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Mavlud Ahmedov xizmat olib borayotgan «Guliston» mahallasidagi xonadonlarni ko‘zdan kechirayotganda, Guliston ko‘chasida yashovchi Sh.H. tomorqasida 3 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganini aniqladi. Taqiqlangan o‘simlik esa xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Surishtiruv jarayonida fuqaro Sh.H. o‘zi uchun ekib, parvarishlayotganini tan oldi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

JARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Halollikni har kim o‘zligidan, fitratidan kelib chiqib talqin qiladi. Kim uchundir mehnat bilan topilgan non halol. Kim uchundir bu faqat ayrim o‘rinlarda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidadek gap. Yon atrofimizda sodir bo‘layotgan voqeliklarni kuzata turib, to‘g‘ri yashash, jamiyat qonun-qoidalariga rioya qilish har birimizning a’molimizga aylanishi shart degan xulosaga kelasan kishi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

“Маънавият маршрути” бўйлаб

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Биринчи минтақавий ҳудуди 44-сон манзил колонияда хизмат қилаётган тартибот бўлинмаси ходимлари “Маънавият маршрути” йўналишида Самарқанд вилоятида жойлашган “Имом ал-Бухорий”, “Регистон майдони”, “Гўри Амир мақбараси”, “Бибихоним мадрасаси”, “Ҳазрати хизр масжиди”ни зиёрат қилишди. Бу ерда амалга оширилган ободончилик ишлари билан яқиндан танишдилар. Шунингдек, бу борада ўзларини қизиқтирган саволларга ҳам соҳа мутахассисларидан атрофлича жавоб олишди. Улар тарих, қадимий обидалар ҳақидаги билими янада бойиганидан минннатдор бўлишди ва катта таассуротлар билан қайтишди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#Jumboq

Savol: Venetsiya hukumati 1993-yildan boshlab restoran va katta binolarni xo'jayinlariga  yangi soliqqa torta boshlaydi. Sababi, Venetsiya hukumati ularni, fuqoralarga katta ziyon yetkazganini aytgan. Bu soliq solingandan keyin ko'plab dòkon va boshqa bino egalari o'z binolarining kórinishlarini òzgartirgan.
Qanaqa soliq solingan?

Ushbu savolga Shuhrat Hasanovich, Shamsiyev O., Abdullo Norovlar toʻgʻri javob yoʻllashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.

Javob: Soyaga soliq solingan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Саломатлик

ОЗМОҚЧИ БЎЛГАНЛАР ҚАНДАЙ ОЛМА ЕГАНИ МАЪҚУЛ?


* Ортиқча вазндан халос бўлиш учун сариқ олма ейиш яхшироқдир. Чунки яшил олма иштаҳани очиб, семиришга йўл очади.

* Ҳар куни бир дона олма истеъмол қилиш юрак-қон томир касалликлари, инфаркт ва инсульт хавфини камайтиради.

* Олмали чой шамоллаш давридаги тумовни ва овоз бўғилишини бартараф қилади.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

#Jumboq

Savol: Venetsiya hukumati 1993-yildan boshlab restoran va katta binolarni xo'jayinlariga  yangi soliqqa torta boshlaydi. Sababi, Venetsiya hukumati ularni, fuqoralarga katta ziyon yetkazganini aytgan. Bu soliq solingandan keyin ko'plab dòkon va boshqa bino egalari o'z binolarining kórinishlarini òzgartirgan.
Qanaqa soliq solingan?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Шогирдлар ардоғида

Адҳамбек Мамадалиев 1974 йилда Андижон вилояти ИИБ Жиноят қидирув бўлими кичик инспектори лавозимида хизматни бошлаган. Хизмат билан баробар Андижон давлат университетини тамомлаган. Кейинги фаолиятини вилоят ИИБ жиноят қидирув бўлимида давом эттириб, Балиқчи ва Андижон туманларида хизмат қилган.
Майор унвони билан 1996 йилда пенсияга чиққан лавҳамиз қаҳрамони рафиқаси Шаҳзодахон ая билан бирга уч нафар фарзандни вояга етказди. Тўнғич ўғил Нуриддин – ота изидан бориб, жиноят қидирув хизматида 15 йилдан ортиқ фаолият олиб борди. Ҳозирда Мамадалиевларнинг катта оиласида тўққиз невара ва икки
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Лицей раҳбарияти мактабда

ИИВ Қашқадарё академик лицейига бириктирилган Қарши туманидаги 6-мактабда маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
Тадбир давомида лицей раҳбарияти битирувчи синф ўқувчилари билан учрашув ўтказиб, фанлардан аълочи ўқувчиларга китоблар совға қилишди. Ёшларнинг ҳуқуқий онги ва маданиятини ошириш, ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, олий таълимга қамров даражасини ошириш ва касб-ҳунарга йўналтириш борасидаги ишларни самарали ташкил этишга оид таклифларни илгари суришди.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

Yuristkonsultlarga – malaka sertifikati

IIV Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish koloniyalari katta yuristkonsultlari 9–24-sentabr kunlari Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tahsil oldilar.
Malaka oshirish davomida biz – kurs ishtirokchilari qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishib, bilim va malakamizni oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Shuningdek, Adliya vazirligi, X.Sulaymonova nomidagi Republika ekspertiza markazi, Yunusobod tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda iqtisodiy sud prosessida bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdik.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…

POSTDA|Rasmiy kanal

ТИЛ ОФАТИ

Инсонга тилидан келадиган балолар жуда кўп. Бинобарин, тилга эрк бериш ёмон оқибатларни келтириб чиқаради. Масалан, ёлғон ва хатолик, ғийбат ва чақимчилик, риё ва нифоқ, озор ва хусумат каби офатларнинг кўпайишига сабаб бўлади. “Кимки жим бўлди – нажот топди”, дейилади. Лекин тилни сақлайман, деб бутунлай жим туриш ҳам ярамайди. Гапириш шарт бўлган жойда гапирмасликнинг зарари жим бўлиш лозим бўлганда сўз айтганнинг зараридан кўпроқдир.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.

Читать полностью…
Подписаться на канал