“Куёвбоши”да қад ростлаётган уйлар
Вилоят ИИБ бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров Шароф Рашидов туманининг “Куёвбоши” маҳалласида соҳа ходимлари учун барпо этилаётган турар жойларни кўздан кечирди. Қурувчилар билан мулоқот давомида ишларни сифатли амалга ошириш, кўчаларни асфальтлаш, табиий газ ва электр энергия таъминотини йўлга қўйиш масаласига эътибор қаратилди. Маълумот ўрнида айтиш керак, “Куёвбоши”да 104 та уй қад ростлаяпти.
Ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
👉 @postdarasmiy
Бош оғриғанда...
* Бошдаги оғриқнинг юзага келиши, давомийлиги ва ҳуружлар кучини сусайтиришга хизмат қилувчи омега-3 ёғ кислоталарини ўз ичига олган балиқ гўшти бу борада ажойиб кўмакчидир.
* Белгиланган меъёрда қаҳва ичиш натижасида томирлар торайиб, оғриқ камаяди. Айнан шу сабабдан бош оғриғини қолдиришга мўлжалланган аксарият дори воситалари таркибида кофеин моддаси бўлади.
* Бодомдаги магний микроэлементи қон босимини меъёрлаштириб, бош оғриғини бартараф этади.
* Исмалоқ кўкатлар орасида энг фойдалисидир. Унда асаб тизимига тинчлантирувчи таъсир кўрсатиб, бош оғриғини босадиган В2 витамини бор. Бундан ташқари исмалоқ терини тозалаб, сочларга ўзгача жило бахш этади.
Batafsil 👉
👉 @postdarasmiy
#Kun_tarixi
1897-yil 10-sentabr taniqli o‘zbek teatr san’ati arbobi, mashhur rejissyor, O‘zbekiston xalq artisti Mannon Uyg‘ur tavallud topgan kun. Yevropa shaklidagi oʻzbek teatr sanʼati va hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri asoschilaridan. Teatrni jadidlar singari maʼrifat oʻchogʻi, ibratxona deb bilgan. 1919-yilda „Turon“ truppasini qayta tiklab, oʻnga yaqin isteʼdodli yoshlarni jalb etish, dramaturglar bilan yangi asarlar ustida ish olib borish, tarjima qilish, sahnalashtirish, sahna ijodkorlarini malakasini oshirish masalalari bilan muttasil shugʻullangan.
👉 @postdarasmiy
Ҳал қилиш чоралари белгиланди
Жиззах шаҳрининг “Жиззахлик” маҳалласида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар масъулларининг аҳоли ва ёшлар учун оммавий сайёр қабули бўлиб ўтди.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Ajoyibotlar_dunyosi
DENGIZ TULPORCHALARI
Tropik va subtropik mintaqalardagi dengiz suvlarida yashovchi ignasimonlar oilasiga mansub baliq turi. Shaxmat o'yinidagi otga o'xshashi sabab shunday nomlangan. Kattaligi 2-30 sm gacha bo'ladi. 57 ta turi aniqlangan. Ularning 30 ta turi yo'qolib ketayotgani sababli qizil kitobga kiritilgan.
Xolida Alijonova,
Sirdaryo viloyati.
@postdarasmiy
UCH AVLOD UCHRASHUVI
Shaxrixon tumani IIBda oʻtkazilgan maʼrifat va maʼnaviyat darsi davomida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri amalga oshirildi. Unda uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan faxriylar - Akmaljon Qodirov, Ibrohimjon Yuldashev, Hamidjon Nurmatov Maxammadjon Ibragimov va Qahramonjon Kazakovga “Oʻzbekiston IIV faxriysi” koʻkrak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Jinoyat nega sodir etildi?
Yangi Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan "Mingchinor" mahallasida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida ana shu savol o‘rtaga tashlandi.
8 oy yakunlari bo‘yicha yoshlar jinoyatchiligi oshgan "Mingchinor", “Furqat”, “Ishonch” mahallalari masʼullarining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Sodir etilgan jinoyat hamda huquqbuzarliklarning sabab va oqibatlari o‘rganildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
Касб фидойиси
Зафаробод тумани ИИБ ЖХХ ҲПБ таянч пунктлари профилактика инспектори, майор Ўлмас Асилов қонунбузарликларнинг олдини олиш ҳамда жиноятчиликка қарши курашиш борасида юқори натижаларга эришмоқда. Чунончи, майор Шароф Рашидов туманининг Сўлоқли маҳалласида яшовчи, қидирувда бўлган Т.О.нинг Жиззах шаҳридаги яширин манзилини аниқлаб, қўлга олди. Жиноят ишлари бўйича Зафаробод тумани суди томонидан қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилган ушбу шахс 3 сентябрдан буён қидирувда эди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
ZAFAR – ENG YAXSHI MA’NAVIYATCHI RAHBAR
Sirdaryo viloyati IIB da «Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbarlar qatnashdi. Ishtirokchilarning tuman-shahar va xizmatlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, jismoniy tayyorgarlik, o‘qotar qurollardan foydalanish, huquqiy bilimdonligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra Sirdaryo viloyati IIB IVBSO ning ma’naivy-ma’rifiy ishlar kadrlar xizmati bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Zafar Primqulov g‘olib bo‘ldi. Endilikda g‘olib va sovrindorlar Respublika bosqichida ishtirok etishadi.
O‘z muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati.
@postdarasmiy
ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ БУХОРОДА
Ички ишлар вазири ўринбосари, генерал-майор Б.Абдуллаев раҳбарлигида Бухоро вилояти ҳудудида жамоат хавфсизлигини таъминлаш борасида амалга оширилаётган ишлар муҳокамаси ўтказилди. Унда вилоят ИИБ бошлиғи ўринбосари, подполковник У.Аскаровнинг жорий йилнинг 8 ойи давомида қилинган ишлар бўйича ахбороти тингланди.
Шунингдек, вилоятдаги мавжуд 544 та маҳаллада криминоген вазиятни жиловлаш мақсадида “Рақамли ва хавфсиз маҳалла” тамойили асосида ҳудудларни замонавий, юзни идентификация қилувчи видеокузатув камералари билан жиҳозлаш ва ягона бошқарув марказига интеграция қилиш борасида амалга оширилаётган ишлар юзасидан маълумотлар берилди. Вазир ўринбосари ЖХХда ташкил қилинган Мониторинг маркази фаолияти билан ҳам танишди. Жараёнда генерал-майор Б.Абдуллаев содир этилаётган ҳар бир ҳуқуқбузарлик ва жиноятни чуқур таҳлил қилган ҳолда, илмий ёндашув асосида иш натижадорлигига эришиш кераклиги борасида ўзининг тегишли тавсия ва топшириқларини берди.
Бухоро вилояти ИИБ Ахборот хизмати
«ISSIQ IZIDA» FOSH ETILMOQDA
Soat ertalabki taxminan 8:00 lar edi. Oqqo‘rg‘on tumani IIB navbatchilik qismiga «Birlik» mahallasida istiqomat qiluvchi S.D. qo‘ng‘iroq qilib, do‘konidagi uyali aloqa vositalari va ularning ehtiyot qismlari o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi.
Voqea joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi tarkibidagi ekspert-kriminalist, kapitan Bekjon Ulug‘bekov darhol ishga kirishib, kerakli ashyoviy dalillar va qo‘l-barmoq izlarini oldi. Uning sa’y-harakatlari natijasida voqea joyidan olingan izlar qo‘shni mahallada yashovchi, muqaddam sudlangan B.K. va E.Y.ga tegishli ekani aniqlandi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Mutolaa
SOYA
Bir yili To‘lepbergen Qaipbergenov bilan Do‘rmondagi Yozuvchilar ijod bog‘ida qo‘shni bo‘lib turdik. U kishi boqqa asosan yozning issiq kunlarida nabiralari bilan kelib turardi.
Bir kuni qator kottejlar oldida To‘lek og‘ani uchratib qoldim. Uch tup bahaybat chinor soya tashlab turgan yo‘lakda qulog‘iga sigaret qutisidek keladigan kichkina radiopriyomnikni tutib nimanidir diqqat bilan eshitar va goh-goh bosh chayqab qo‘yar edi.
– Ha, To‘lek og‘a, – deb yoniga borib salom berdim.
– Radio ob-havoni aytayapti, eshitib hayron bo‘lyapman, – dedi To‘lek og‘a kulimsirab.
– Nega hayron bo‘lasiz?
– Bugun havo harorati Nukus bo‘yicha soyada qirq besh darajani tashkil etadi, deyapti, shuni tushunmayapman, – dedi To‘lek og‘a diqqat bo‘lib.
– Ha, nimasi tushunarsiz, qirq besh daraja issiq bo‘lar ekan-da, – dedim.
– Bunisini angladim, – dedi To‘lek og‘a, – lekin Nukusda qayerda soya bor ekan, shuni tushunmay turibman-da, qarog‘im.
Xayriddin Sultonning
«Navoiy — 30» kitobidan olindi.
👉 @postdarasmiy
Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi psixolog” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi
———
Хоразм вилояти ички ишлар органлари ходимлари ўртасида «Энг яхши психолог» кўрик-танлови бўлиб ўтди
👉 @postdarasmiy
#Bilasizmi
TARKI DUNYO QILGAN SHAHZODA
Buddaviylik ta’limotining asoschisi Siddxartxa Gautama Hindistonning Kapilavastu shahrida tug‘ilgan. U shohning o‘g‘li bo‘lgan. Rivoyatlarga qaraganda, shahzoda 29 yoshida hayotning ma’nosini izlab saroyni tark etib, sahroda darveshona turmush kechiradi.
Uzoq yillar ruhiy izlanishlardan so‘ng o‘zini qiynagan savollarga javob topadi. Shuning uchun shogirdlari unga Budda (sanskrit tilida «donishmand», «haqiqatni topgan» degan ma’nolarni anglatadi) deb nom berishadi. Uning ta’limoti asosini quyidagi to‘rt qoida tashkil etadi:
1. Insonning bu dunyodagi hayoti aldamchi, o‘tkinchi.
Batafsil👉
👉 @postdarasmiy
CHUST – VODIY GAVHARI
Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy, qariyb 3 ming yillik tarixga ega Chustda hali o‘rganiladigan manbalar juda ham ko‘p. «Chust» so‘zi forschada «tuss», ya’ni «tez, shiddatli» degan ma’nolarni anglatadi. Arxeologik tadqiqotlar shundan darak beradiki, Chust hududida bronza va ilk temir davriga oid ashyolar topilgan. O‘rta asrlarda Chust qal’aga aylantirilgan. Boburning otasi Umar Shayx Mirzo 1480-yilda Chustni qarorgoh qilganligi haqida ma’lumotlar bor. XVI asrlarda shahar bir nechta kichik qal’alardan iborat bo‘lgan. Keyinchalik esa bu qal’alarni o‘rab turgan devor qurilgan. 1882-yilda qal’a devorlari vayron bo‘lib, shahar kengaya boshlagan.
Tuman hududi Chotqol tog‘ tizmalarining etaklaridagi past-baland tekisliklarda joylashgan. Ko‘p qismini adirlik tashkil etadi.
Batafsil 👉
👉 @postdarasmiy
HAMJIHATLIKNING «YASHIL» MEVASI
Mayor Umidjon Zokirov 2022-yilda Yozyovon tumani markazidagi mahalla huquq-tartibot maskaniga profilaktika katta inspektori etib tayinlanganida, hududda jinoyatchilik salmog‘i ancha yuqori edi. Ayniqsa, o‘g‘irlik, talonchilik, tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar tez-tez sodir etilardi. Tuman IIB rahbariyati o‘shanda tajribali katta inspektorga ishonch bildirib, uning oldiga mahallada jinoyatchilikni jilovlash vazifasini qo‘ydi. Mayor Umidjon Zokirov esa «Albatta, faollar bilan hamjihatlikda ish olib borib, mahallani tinch va osoyishta hududga aylantiramiz», deya so‘z bergandi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq
Dunyodagi har bitta tabib,
Va yoyinki sen uchun habib,
Suvni iching, deydi o‘tirib,
U ichilar faqat tik turib.
Tik turib ichiladigan ichimlik nomi nima va nega u tik turib ichiladi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
QOROVUL QO‘SHINLARIDA
Ichki ishlar vazirligi, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda
7531-harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan ertalabki mashg‘ulotlarga va xizmat joylariga tarqatuv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Hasan Botirov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tgan davr mobaynida belgilab berilgan vazifalar yuqori darajada bajarilganligini qayd etdi. Ma’lum qilinishicha, Qo‘shin safiga Qurolli Kuchlar Akademiyasini bitirib kelgan 43 nafar oliy ma’lumotli yosh ofitserlar qabul qilinib, mutaxassisliklari bo‘yicha lavozimlarga tayinlangan. Ular bilan 7531-harbiy qism negizida 14 kunlik o‘quv-yig‘inini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbir davomida Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik H.Botirov tomonidan ishga yangi qabul qilingan yosh ofitserlar hamda Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan navbatdagi podpolkovnik harbiy unvonini olgan bir nafar ofitser tabriklandi.
@Postdarasmiy
"Asosiy maqsad - yoʻllarda bolalarning xavfsizligini taʼminlash"
Erta tongdan YPX inspektorlari Samarqand viloyati boʻylab umumtaʼlim maktablari oldida oʻquvchilarning xavfsizligi taʼminlash maqsadida xizmat faoliyatini olib borishmoqda.
Ички ишлар вазирлиги Жиззах академик лицейида ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари профилактика инспекторлари ўртасида «Энг яхши профилактика инспектори» кўрик-танловининг вилоят босқичи бўлиб ўтди.
Жиззах вилояти ИИБ Ахборот хизмати
Topqirligingizni sinab ko‘ring
Bugungi savolimizga bilimdonlarimiz to‘g‘ri javob topa olishmadi. Keyingilarida omad tilaymiz
To‘g‘ri javob: Kakku inga bir emas, undan ortiq tuxum tashlab ketganda.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ЭНЕРГИЯ РЕСУРСЛАРИ ЎРГАНИЛМОҚДА
Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг ўринбосари – Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокурори Б.Кудратходжаев Бухоро вилоятида ўрганишлар олиб бормоқда. Жараёнларда энергия самарадорлиги бўйича амалга оширилаётган ишлар аҳволи ўрганилиб, йирик истеъмолчиларнинг фаолияти таҳлил қилинмоқда. Хусусан, “Shoxrud” АЖ, “Buxoro energomarkaz” МЧЖ, “Buxoro suvta’minoti” корхонаси, “Zarhal Group” кластер бошқаруви компанияси каби қатор объектлар фаолиятида ҳамда аҳоли хонадонларида энергия ресурсларини иқтисод қилиш имконияти бевосита ўрганилди.
Шунингдек, Бухоро шаҳридаги Имом Бухорий номли маҳаллада тадбиркорлар учун энергия тежамкор ускуналар кўргазмаси ташкил этилди. Яна шаҳардаги “Бунёдкор” маҳалласида еттилик тизими ва ҳуқуқ-тартибот маскани фаолияти, ҳудудда жиноят ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ишлари ўрганилиб, масъулларга тегишли тавсиялар бериб ўтилди.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.
Topqirligingizni sinab ko‘ring
Kakku boshqa qushlarning iniga tuxum qo‘yadi. Odatda, tuxumdan chiqqan kakku bolasi boshqa mittivoylarga qaraganda kuchliroq bo‘lgani uchun o‘gay «qardosh»laridan osongina qutuladi. Lekin ba’zi hollarda polaponlar orasida kuchli olishuv yuz berib, kelgindining o‘zi indan irg‘itilishi mumkin. Sizningcha, bu holat qachon kuzatiladi?
Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
КЎРИК–ТАНЛОВГА СТАРТ БЕРИЛДИ
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирининг ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси Ички ишлар вазирининг буйруғи талабларига асосан, Қорақалпоғистон Республикаси ички ишлар органларида «Энг яхши маънавий-маърифий ишлар тарғиботчиси» кўрик-танловини ўтказиш белгиланган.
Ушбу кўрсатма талабларининг ижросини таъминлаш мақсадида жойлардаги маънавий-маърифий ишлар йўналишида хизмат олиб бораётган раҳбар ходимлар ўртасида «Энг яхши маънавий-маърифий ишлар тарғиботчиси» кўрик-танловига старт берилди.
@postdarasmiy
«ДИҚҚАТ, БОЛАЛАР!»
Жорий йилнинг 4-сентябрь кунидан республикамиз миқёсида «Диққат, болалар!» профилактик тадбири ўтказилмоқда. Шу муносабат билан Қорақалпоғистон Республикаси ИИВ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан умумтаълим мактабларида тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
@postdarasmiy
VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan joriy yilning sakkiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmaning mas’ul rahbarlari ishtirok etdi. Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
O‘z muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati.
@postdarasmiy
ОНА ТАРБИЯСИ
Электр чироқни кашф қилган Томас Эдисон болалигида мактабдан келиб онасига устоз бериб юборган мактубни тутқазди ва “Буни ўқитувчимиз сизга бериб юборди”, деди. Она мактубни ўқир экан, кўзларидан ёшлар оқди. Бундан хижолат ёш Томас хавотирга тушиб йиғининг сабабини сўради. Онаси меҳрибонлик ила жавоб берди: “Сенинг кучли қобилиятинг бор экан. Мана эшит: “Ўғлингиз ўта иқтидорли, мактаб унга ва унинг қобилиятига торлик қилади. Шунинг учун ўғлингиз уйида таълим ола қолсин!”.
Batafsil👉
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Avstraliyalik ishbilarmon Fred Jouns o‘z mahsulotida 3 kilometrlik masofaga sayohat qildi. Ortga esa o‘z transport vositasining ba’zi qismlarini asta-sekin yo‘q qilgancha qaytdi. Sizningcha, Fred nima sotadi?
Ushbu savolning javobini Samoyiddin togʻri topdi. Ofarin! Sardor, Risqulova Muslima, Qurbonov Ulug'bek kabi o'quvchilarimiz ham to‘g‘ri javob yo'llashdi. Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob:Havo sharlari.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
YOʻLLARDA BOLALARNING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH
Buxoro viloyati IIB YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektorlari hamda yoʻl posbonlari erta tongdan shahar va tumanlardagi barcha maktablar oldida harakat xavfsizligini taʼminlash uchun xizmatda boʻlishmoqda. Ularning maqsadi yoʻllarda bolalarning xavfsizligini ishonchli taʼminlashdir. Shuningdek, maktab oʻquvchilariga, oʻqituvchi va ota-onalarga yoʻllarda harakatlanish talablari haqida eslatib oʻtishmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Как работает следователь Рузиев?
Для большинства граждан профессия следователя прикрыта завесой тайны. Сегодня мы решили приоткрыть занавес и рассказать о буднях молодого сотрудника СО при УКД ОВД города Самарканда старшего лейтенанта Мухриддина Рузиева.
Мухриддин родился в 2000 году в Тайлякском районе. Интерес к профессии у нашего героя зародился в юном возрасте.
В 2016 году он поступил в военно-академический лицей. В 2019 году окончил его с дипломом отличия и продолжил обучение в Академии МВД Республики Узбекистан. После окончания вуза в 2022 году начались его служебные будни.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy