ТИНИБ-ТИНЧИМАС САЙФИДДИН АКА
Ақлли, мулоҳазали кишининг сўзи ҳар ерда ўтади. У енг шимариб, шижоат билан ишга киришса, бошқалар ҳам эргашади. Ёшларни тўғри йўлга солиш, тарбиялаш, жиноятларнинг олдини олиш, ажралиш ёқасида турган оилаларни яраштириш каби ибратли ишларга бош бўлишга кўпни кўрган, тажрибали меҳнат фахрийларининг жалб этилаётгани яхши самара бермоқда. Бунда, айниқса, ички ишлар органлари фахрийларининг ҳам алоҳида ҳиссаси бор.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
8-sentabr − Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni
Jurnalistlar Xalqaro Birdamlik kuni (International Day of Journalistsʻ Solidarity) 1958-yili Buxarestda boʻlib oʻtgan Xalqaro jurnalistlar tashkilotining toʻrtinchi kongressida qabul qilingan qarorga binoan har yili 8-sentabrda nishonlanadi.
Anjuman ishtirokchilarining fikricha, shu kuni butun jaxondagi jurnalist va noshirlar oʻz birdamliklarini, ayniqsa oʻz huquqlari ximoyasi yoʻlidagi jipsliklarini namoyish etishlari kerak. Bu qarorni BMT ham qoʻllab quvvatladi. 1943-yilning 8-sentabr kuni Germaniyada chexoslovakiyalik jurnalist, yozuvchi Yulius Fuchik (Julius Fuchik) fashistlar tomonidan qatl etiladi. U 1942-yilning 24-aprelida ozodlik xarakatining olti nafar aʼzosi bilan gestapo tomonidan xibsga olingan edi. Yulius Fuchik oʻzining Praga qamoqxonasida yozilgan “Dor tagidan reportaj” kitobi bilan mashhur. Uning oʻlimidan keyin bu asar jaxonning 70 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
YAXSHI TARBIYANING NATIJASI
Xudoyberdining padari buzrukvori Egamberdi Shodmonov uzoq yillar ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda halol xizmat qilgan. Bolaligida Xudoyberdi kechasi allamahalgacha otasining ishdan qaytishini intiqlik bilan kutardi. Egamberdi aka xizmatdan qanchalik charchab qaytgan bo‘lmasin, uni tizzasiga olib bir erkalatsa, go‘yo charchoqlari tarqab ketganday bo‘lardi.
Shundan so‘ng Xudoyberdi otasining bosh kiyimini kiyib:
– Katta bo‘lsam, sizga o‘xshab mana shunday forma kiyaman, – derdi havas bilan.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Jumboq
Bugungi savolimizga Muslima Risqulova birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Sardor ismli o‘quvchimiz ham javobni to‘g‘ri topishgan.
Javob: kun va tun
MUAMMOLARGA YECHIM TOPIB
Yaqinda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov ishtirokida Shahrisabz tumanida sayyor qabul o'tkazildi. Unda tergov va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv bilan bog'liq hamda boshqa masalalarga doir 12 ta murojaat tinglandi. Shundan 5 tasi shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, o'rganish uchun vaqt talab qiladigan 7 murojaat ish yurituvga olinib, mas'ullarga biriktirildi. Shuningdek tadbirda birinchi marta fuqarolik hujjatini olayotgan yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
O'z muxbirimiz,
Qashqadaryo viloyati.
HOMIYLIK MAHSULOTLARI BERILDI
Qorovulbozor tumani IIB boshligi 3-sektor hududiga qarashli Imom Buxoriy nomli mahallada yashovchi ijtimoiy ahvoli ogir oilalar va nogironligi bolgan fuqarolarning yashash xonadoniga borib, ularning holidan xabar oldi. Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami bilan tabrikladi va homiylik mablaglari hisobidan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.
Shuningdek, Kogon shahrining 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan ham xabar olindi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
ELPARVAR INSON
El-yurt osoyishtaligi yo‘lida o‘ttiz yildan buyon jonkuyarlik qilib kelayotgan podpolkovnik Sobir Abdushukurovning xizmat faoliyatiga nazar solarkanmiz, yoshlar uchun ulkan tajriba maktabi yaralganiga shohid bo‘lamiz.
Tanlagan kasbiga mehri baland bo‘lgan lavhamiz qahramoni IIV Akademiyasini tamomlagach, bir muddat mazkur ta’lim muassasasida kursantlarga saboq beradi. So‘ngra poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani «Guliston» mahallasi profilaktika inspektori lavozimida xizmatni davom ettirib, aholining ishonchi va hurmatini qozonadi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Аскарларнинг билимлари бойитилди
Жиззах шаҳар ИИБ ҳузуридаги тергов бўлими ходимлари томонидан Шароф Рашидов туманидаги ҳарбий қисмда аскар ва офицерларнинг ҳуқуқий билимларини оширишга қаратилган мулоқот ташкил қилинди. Тадбирда мамлакатимизда кечаётган сиёсий жараёнлар ҳамда сўнгги ойларда ҳуқуқий ҳужжатларга киритилган ўзгаришлар ҳақида атрофлича маълумот берилди.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ВАҚТ шундай нарсаки:
— Уни кўриб турасан, аммо ушлолмайсан…
— Унда юра оласан, югура оласан, аммо тўхтата олмайсан…
— Ундан хурсанд бўлишинг мумкин, аммо хафа бўлолмайсан...
— Ўтаётган ВАҚТ қадрини ота-онангизда кўринг, болаларингизда кўринг…
— Кечагина сизни қўлларида кўтариб юрган ота-онангиз бугун сизни қўлларингизга муҳтождирлар...
— Кечагина сизни қўлингизда турган фарзандларингиз бугун сизни қўллари билан ушлаб туришибди…
— Нолиманг, ВАҚТ бу имтиҳон, ҳаёт эса катта мактабдир…
— Ўтаётган умрингизни ўз устингизда ишлашга, фойдали илмларни ўрганишга, савоб ишларга, яхшиликларга сарф қилинг!
👉 @postdarasmiy
EKSPERTIZA NATIJALARIGA KO‘RA...
Oqoltin tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi, kapitan Asadillo Ibragimov har oyda ko‘plab jinoyat ishini sudga o‘tkazadi. Ular orasida o‘g‘rilik, giyohvandlik vositasini saqlash, firibgarlik kabilari ko‘p uchraydi. Quyida uning faoliyatiga oid ikkita holatga to‘xtalamiz.
Mana bugun tezkor vakillar bilan A-373 avtomagistralining «Shodlik» mahallasidan o‘tgan joyiga yetib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, «Damas» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Isuzu» yuk mashinasining orqa tomoniga katta tezlikda kelib urilgan.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Diqqat, bolalar
Respublikamiz bo‘ylab joriy yilning 4-sentabridan 15-sentabr kuniga qadar “Diqqat, bolalar” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Xususan bu tadbir Andijon viloyatida ham davom ettirilmoqda.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Savol: XVIII asrda Angliyada gazlama ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Tabiiyki, gazlama do‘konlari ham ko‘paygan. Xuddi shunday, o‘sha davrda gazlama do‘konlarini tekshirish holatlari ortgan. Mazkur taftishlarga nima sabab bo‘lgan?
Ushbu savolning javobini Qurbonov Ulug‘bek to‘g‘ri topdi. Ofarin! O'quvchilarimizga keyingi jumboq savollarda omad tilab qolamiz.
Javob: Chunki XVIII asrda Angliyada qo‘y junidan tayorlangan gazlama uchun monopoliya mavjud edi va Osiyodan paxta gazlamalar olib kelish taqiqlangandi. Taftishlar Osiyo gazlamasi savdosiga qarshi o‘tkazilgan.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokchi — davlatlar ichki ishlar vazirlarining birinchi yigʻilishida qatnashish uchun Qirgʻiz Respublikasining Choʻlpon-Ota shahriga tashrif buyurdi
▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги делегация Туркий давлатлар ташкилоти иштирокчи — давлатлар ички ишлар вазирларининг биринчи йиғилишида қатнашиш учун Қирғиз Республикасининг Чўлпон-Ота шаҳрига ташриф буюрди
▶️ Батафсил
———
Делегация во главе с Министром внутренних дел Республики Узбекистан генерал — лейтенантом Пулатом Бобожоновым посетила город Чолпон - Ата Кыргызской Республики для участия в первом заседании министров внутренних дел государств-участников Организации тюркских государств.
▶️ Подробно
———
The delegation led by the Minister of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, Lieutenant General Pulat Bobojonov, visited the city of Cholpon-Ata of the Kyrgyz Republic to participate in the first meeting of Ministers of Internal Affairs of the member states of the Organization of Turkic States
▶️ Read more
Телеграм канал
Саломатлик
Бурун битишини табиий усулда даволанг
Сентябрь ойидан бошлаб ҳаво бироз салқинлашди. Иқлим ўзгаришига мослашиш жараёни айримларда бироз қийин кечади, бурун битишидан шикоят қилади. Бунга табиий усулда чора кўриш шамоллашнинг олдини олади.
* Лимонли чой нафас олиш фаолиятини рағбатлантиради.
* Лавлаги шарбатини бурунга томизиш шиллиқ тўпланиб қолишининг олдини олади.
* Пиёз шарбатини қайнатилган сувга аралаштириб, бурунга томизиш димоғда пайдо бўлган кучли ачишишни даволашда ёрдам беради.
* Мойчечак дамламаси иссиқ компрессларда фойдали.
Қобилжон САТТОРОВ,
Наманган вилояти ИИБ Тиббиёт бўлими
отолорингологи.
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Avstraliyalik ishbilarmon Fred Jouns o‘z mahsulotida 3 kilometrlik masofaga sayohat qildi. Ortga esa o‘z transport vositasining ba’zi qismlarini asta-sekin yo‘q qilgancha qaytdi. Sizningcha, Fred nima sotadi?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
YAXSHI OSHINI YER...
Bugun ijtimoiy tarmoqlar axborot olish yoxud tarqatishning eng maqbul vositasiga aylandi. Jumladan, muayyan voqeani bir zumda dunyo ahli diqqatiga havola etmoq imkoniyati yuzaga keldi. Qaysidir yo‘nalishda iste’dod bo‘lsa, bir necha daqiqada mashhuri zamonga aylanish ham qiyin bo‘lmay qoldi. Shundanmi, butun jahondagi kabi yurtimizda ham, blogerlikni kasb qilganlar, bundan yaxshigina daromad topayotganlar tobora ko‘paymoqda.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#ИҚТИБОС
Тартиб сенинг муқаддас мақсадинг бўлсин. Сен бу мақсад йўлида астойдил хизмат қил. Чунки тартиб ҳамма нарсанинг мажмуасидир. Табиатнинг мавжудлиги асосида ҳам тартиб ётади.
✍️Пифагор
@postdarasmiy
QUYOSH HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
* Quyoshni chiroq singari o‘chirib qo‘yish imkoni bo‘lsa va bu imkoniyatdan foydalanilsa, bir hafta ichida Yerdagi harorat -18 darajaga, bir yil ichida esa -75 darajaga tushadi va jon saqlash mumkin bo‘lmay qoladi.
* Quyosh massasining 72 foizi vodorod va 26 foizi geliydan iborat. Qolgani arzimas miqdordagi boshqa elementlardir. Har soniyada 700 million (!) tonna vodorod yonib, geliyga aylanadi.
* Quyosh katta miqdordagi energiya manbai bo‘lishi bilan birga ulkan massaga ham ega. Uning og‘irligi Quyosh tizimining 99 foizini tashkil qiladi.
* Hisob-kitoblarga ko‘ra, Quyosh o‘zining o‘rta yoshini yashamoqda. Astronomlar ma'lumotlariga qaraganda bu yulduz paydo bo‘lganiga 4,5 milliard yil bo‘lgan va yana taxminan 5 milliard yildan keyin u yonib bitib, avval qizil gigantga, keyin oq karlik yulduzga aylanadi.
* Agar insoniyat Quyosh energiyasini ishlab chiqarishni istasa, har soniyada 100 milliard tonna dinamit portlatib turishi lozim.
Internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi.
PROFILAKTIK SUHBAT
Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sh.Quliyev xizmat safari bilan Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda bo'ldi. U askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ular ishtirokida profilaktik suhbat o'tkazdi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilarning muammolarini bartaraf etish yuzasidan barcha mutasaddilarga vazifalar belgiladi.
Bundan tashqari, askarlar ortasida turli kongilsizliklarning oldini olish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari togrisida shaxsiy tarkibga keng tushuntirishlar ham berdi.
Azamat XOLMATOV,
harbiy qism komandirining madaniyat va ma'rifat ishlari
boʻyicha maslahatchisi.
Асал ва болари ҳақида...
👉 Дунё бўйича илк зарб этилган тангалардан бирида болари тасвирланганини билармидингиз?
👉 Инсон 24 соат давомида ҳаётда қолиши учун бир ош қошиқ асал етарли бўлади.
👉 Асал таркибида тирик ферментлар мавжудлигидан хабарингиз борми? Лекин, унутмаслик керакки, темир қошиқ таъсирида ушбу ферментлар нобуд бўлади. Шу боис асални, энг яхшиси, ёғоч ёки пластик қошиқда истеъмол қилган маъқул.
👉 Боларилар Африкада одамларни очликдан сақлаб қолганидан хабарингиз борми?
👉 Асал инсоннинг саломатлиги ва умумий ҳолатини меъёрда сақлаб турувчи ягона ва ноёб маҳсулотлардан биридир.
👉 Боларилар тайёрлайдиган прополис энг кучли табиий антибиотиклардан бири ҳисобланади.
👉 Дунёнинг буюк императорлари вафот этгач, уларнинг танаси олтин тобутларда сақланган, сўнгра чиришнинг олдини олиш учун асал билан қопланган.
👉 Болари 40 кундан кам яшайди ва умри давомида камида 1000 та гулга қўниб, қарийб бир чой қошиқ асал тўплайди, лекин бу унинг учун бир умрдир.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
#Jumboq
CНISTON
Milyon yildan beri ikkisi sobit,
Hali uchinchisi yaralmagandir.
Garchi bo‘lsangiz ham, olimu obid,
Bu savol sizlardan so‘ralmagandir.
Hech qachon sizdan so‘ralmagan, uchinchisi bo‘lmagan ikki narsa nimadir?
Yo aqlingizni charxlash, yo bilimingizni narxlash imkoni bu!
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#VIDEOSHARH
Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida "Eng yaxshi psixolog" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
@postdarasmiy
#TARIXIY_SHAXS
ABU NASR FOROBIY HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zlug‘ Tarxon Forobiy 873-950 yillarda yashab o’tgan. Dunyo ahli Arastuni birinchi muallim deb bilishsa, Forobiyni «Muallimus-soniy», ya’ni «Ikkinchi muallim» deb atashgan.
2. Boshlang‘ich ma’lumotni Forobda olgan, keyin Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qigan, Bag‘dod, Isfahon, Hamadon, Ray shaharlarida bo‘lgan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
3. Falsafa, arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa, tabiat, fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari bilan katta shuhrat qozonib, 160 dan ortiq asar yozgan. Bizgacha 40 ga yaqin asari yetib kelgan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanidan dalolat beradi. «Fozil odamlar shahri» asari juda mashhur. Forobiy 950 yilda Damashqda vafot etgan.
@postdarasmiy
Лирик чекиниш
Ўзбекистон Қаҳрамони, халқ шоири Абдулла Ориповдан ажойиб шеър.
👉 @postdarasmiy
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi joriy yilning 6-sentyabr kuni Qirgʻiz Respublikasining Choʻlpon-Ota shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti ishtirokchi - davlatlar ichki ishlar vazirlarining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi
▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги вазирлик делегацияси жорий йилнинг 6 сентябрь куни Қирғиз Республикасининг Чўлпон-Ота шаҳрида Туркий давлатлар ташкилоти иштирокчи - давлатлар ички ишлар вазирларининг биринчи йиғилишида иштирок этди
▶️ Батафсил
———
Делегация Министерства внутренних дел Республики Узбекистан во главе с министром генерал-лейтенантом Пулатом Бобожоновым приняла участие в первом заседании министров внутренних дел государств-членов Организации тюркских государств, организованном 6 сентября этого года в Чолпон-Оте Кыргызской Республики
▶️ Подробно
———
On September 6, an official delegation of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan led by Lieutenant General Pulat Bobojonov participated in the first meeting of Ministers of Internal Affairs of member states of the Organization of Turkic States in Chulpon-Ota, Kyrgyz Republic
▶️ Read more
Телеграм канал
Olmazor tumanidagi 112 Koltsentr yagona navbatchi dispecherlik xizmatiga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tashrif buyurdi.
Markaz aholining ijtimoiy, ma'naviy, maishiy, favqulodda holatga oid murojaatlarini qabul qilish va tezkor hal etilishini ta'minlash bo‘yicha yagona navbatchi dispecherlik xizmatini ko'rsatadi. Shu yerning o‘zida tumanda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar taqdimoti bilan tanishidi.
Shuningdek Tanzila Narbayeva Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi.
Tumanimizga tashrif buyurgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaga, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultanova, tuman sektor rahbarlari va mutasaddi rahbarlar hamda mahalla faollari harohlik qilishdi.
👉 @postdarasmiy
EL NAZARIGA TUSHIB...
Tuproqqal’a tumanida yashovchi N.S.ning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni qonunga xilof ravishda tarqatganlik holatini aniqlagan lavhamiz qahramoni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda darhol uni kuzatuvga oladi. Yo‘ldan adashgan bu kimsa tanishlariga buzg‘unchi g‘oyalarni internet tarmog‘i orqali targ‘ib qilib, og‘ir jinoyatga qo‘l uradi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.S. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
OTA KASBIN ULUG‘LAGANLAR
Ko‘p yillar ichki ishlar organlarida faoliyat yuritgan katta serjant Usmonali Umarovning bir emas, ikki emas, uch nafar farzandi ota izidan ketishgan. Farzandlar nafaqat ota ishini davom ettirdi, balki yaxshi tarbiya olganligini odobi va axloqi bilan namoyon etmoqda.
Toshkent viloyatining so‘lim Parkent tumanida tavallud topgan. U. Umarov Toshkent shahar IIBB tizimining turli lavozimlarida qariyb 28 yil xizmat qildi. Tizimda faoliyat yuritish barobarida, ustozlaridan o‘rganganlarini ko‘plab shogirdlariga o‘rgatib, sohaga o‘z hissasini qo‘shdi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.