Bayram kunidagi ezguliklar
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining 33 yilligi munosabati bilan barcha korxona, tashkilot, muassasalarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga qarashli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi xodimlari tomonidan bayram munosabati bilan markazdagi fuqarolarga tadbir tashkil etildi.
Bayram dasturxoni uchun milliy taom osh tayyorlandi. Bir piyola choy ustida olib borilgan suhbatlar mazkur markazda yashovchi shaxslarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, ushbu muassasada xizmat qilayotgan xodimlar taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yilligi bayrami muborak bo‘lsin!
©️ IIV JXD Axborot xizmati
——
Ўзбекистон Республикаси давлат Мустақиллигининг 33 йиллиги байрами муборак бўлсин!
©️ ИИВ ЖХД Ахборот хизмати
Telegram I JXDUZ">YouTube I Instagram I Facebook
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллик байрами муносабати билан Қорақалпоғистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти томонидан соҳада узоқ йиллар фидойилик билан хизмат қилган нуронийлар ҳолидан хабар олиниб, байрам совғалари топширилди.
@postdarasmiy
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi
Shunday kunlar bo‘ladiki, ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra oylar, yillarga, hatto asrlarga tenglashadi. Millat, jamiyat, butun bir mamlakat, necha-necha avlodlar taqdirini, baxtli hayot yo‘lini belgilab beradi. 1991-yilning 1-sentabri Vatanimiz tarixi solnomasida xuddi shunday mo‘tabar kun sifatida muhrlanib qoldi — shu sanadan e’tiboran mamlakatimiz o‘z mustaqilligi, erkinligini tantana qilib keladi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Tantanali tadbirda boshqarma boshlig‘i Rahmat Mamatov so‘z olib barchani mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi bilan tabriklab, mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilganligini e’tirof etdi.
Bayram tadbiri doirasida ichki ishlar sohasida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi. Mukofotlarni boshqarma boshlig‘i tantanali tarzda topshirdi. Vatan ravnaqi, yurt obodligi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli kasbida muvaffaqiyatlar zabt etishiga tilak bildirildi.
Tadbir doirasida xodimlarning minnatdorchilik so‘zlari eshitildi. O‘z xizmat burchini fidoyilik bilan ado etish, bildirilgan yuksak ishonchni oqlashlari aytildi.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, istiqlol quyoshi mangu porlasin! Bayram tantanasi ana shunday tilaklar bilan yakunlandi.
TANTANALAR DAVOM ETMOQDA
Ona yurtimiz istiqlolining 33 yilligiga bag'ishlangan Biz bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz! shiori ostidagi bayram tadbirlari Toshkent viloyatining markazi Nurafshon shahrida ham tantanali tarzda bo'lib o'tdi.
Endilikda, viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham ko'tarinki ruhda davom etmoqda.
O'z muxbirimiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonovning Mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг Мустақиллигимизнинг 33 йиллиги муносабати билан байрам табриги
▶️ Батафсил
———
Праздничное поздравление министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова по случаю 33-й годовщины Независимости Республики Узбекистан
▶️ Подробно
Телеграм канал
АРЗОНЛАШТИРИЛГАН САВДО ЯРМАРКАСИ
Мустақиллик байрами муносабати билан вилоят ИИБ раҳбарияти ташаббуси билан бошқарма ҳовлисида ташкил қилинган арзонлаштирилган савдо ярмаркаси ходимларнинг узоғини яқин қилди.
Ярмаркада фарғоналик деҳқонлар ва тадбиркорлар томонидан байрам дастурхони учун зарур бўлган сархил мева-сабзавотлар, озиқ-овқат, гўшт, ун ва қандолат маҳсулотлари, ҳаттоки ходимларнинг фарзандлари учун зарур бўладиган ўқув қуролларигача арзон нархларда сотувга қўйилди.
Тинчлигимиз посбонлари хизматдан ажралмаган ҳолда бу ердан ўзлари учун зарур маҳсулотларни мақбул нархларда сотиб олиш имкониятига эга бўлишди.
Абдувосит СИДИҚОВ,
ўз мухбиримиз.
Фарғона вилояти.
“ЗАКОВАТ”ДА “ЗУККОЛАР” ҒОЛИБ
Иқтидорли ёш ходимларнинг мантиқий фикрлашини кучайтириш, билимларини ошириш мақсадида ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Биринчи минтақавий ҳудуди 13-сон ЖИЭКда “Заковат” интелектуал ўйини ўтказилди. Унда “Темурбеклар”, “Зукколар” ҳамда “Ибн Сино” жамолари иштирок этди. Ҳакамлар ҳайъати аъзолари уларнинг чиқишларини холислик билан баҳолаб борди. Қизғин ва муросасиз кечган баҳслар якунига кўра “Зукколар” жамоаси фахрли биринчи ўринни эгаллади.
Низомиддин ФАХРИДДИНОВ,
майор.
Bolalarning murojaatiga befarq bo'lmang!
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati
👉 @postdarasmiy
Шодиёна уюштирилди
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан вилоят ИИБ томонидан Зарбдор туманининг “Янгикент” маҳалласида шодиёна уюштирилди. Тадбир аввалида маҳалла фаоллари ҳамда истеъдодли ёшларга совғалар топширилди. Байрам вилоят санъаткорларининг концерт дастури билан давом этди.
Алижон АБДУСАТТОРОВ,
ўз мухбиримиз.
Жиззах вилояти.
👉 @postdarasmiy
MUHIM MAVZUDAGI TADBIR
Yaqinda IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari bilan “Kiberjinoyatchilik tushunchasi va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, shuningdek, internetdan foydalanish madaniyati” mavzusida mashg'ulot o'tkazildi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar bugungi kunda internet olamida uchrayotgan jinoyatlar, ya'ni, g'oyaviy va texnik buzg'unchiliklar, jabrlanuvchilarning internet madaniyati me'yorlariga amal qilmasligi oqibatida yuzaga kelayotgan ko'ngilsizliklar hamda yosh avlodning media savodxonligi va internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish bo'yicha batafsil to'xtalib o'tishdi.
Mazmunli o'tgan ushbu mashg'ulot yakunida tinglovchilar ham bu borada o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O'z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy
Faxriy yoʻqlandi
Chilonzor tumani IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik N. Haydarov va IIOFMB boshligʻining maslahatchisi hamda faxriylar kengashi aʼzolari bilan birgalikda uzoq yillar sohada samarali mehnat qilgan isteʼfodagi podpolkovnik Faxriddin Egamberdiyev xonadoniga borib, uning holidan xabar olishdi. Shuningdek, unga Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston IIV faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
👉 @postdarasmiy
Yangi Andijonda – yangi maktab
Prezident tashabbusi asosida Andijon viloyatida barpo etilayotgan ulkan “Yangi Andijon” loyihasi kun sayin oʻzining yangi koʻrinishlari bilan aholini hushnud etmoqda. Bugun Yangi Andijon tarixida yana bir muhim sana qayd etilib, ilk bor shahardagi maktab foydalanishga topshirildi.
48 milliard soʻmlik loyiha asosida barpo etilgan 1-umumtaʼlim maktabi viloyatimiz rahbari va yoshi ulugʻlar boshchiligida ochib berildi. 1 ming 680 oʻquvchi oʻrniga ega boʻlgan, barcha zamonaviy sharoitlarga ega taʼlim maskani endi oʻquvchilarni oʻz bagʻriga oladi.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
👉 @postdarasmiy
Ma’naviyat va ma’rifat darsi
NAJOT TA’LIMDA, NAJOT TARBIYADA, NAJOT ILMDA
Inson qalbi, ong-u tafakkuriga nisbatan xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda navqiron avlodimiz, jondek aziz farzandlarimiz hayotiga, ularning ta’lim-tarbiyasiga bir lahza ham loqayd qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q. Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida dadil ilgarilab borayotgan Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi oldidagi mislsiz vazifalar ham bu bordagi maqsadlarimizni yanada teranlashtiradi. Chunki biz intilayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun, avvalo, yuksak professional kadrlar – o‘z ishining chinakam ustalari, har qanday sharoitda ham el-yurtimizga sadoqatli va jonkuyar insonlar kerak. Bugun ushbu masala mamlakatimiz taqdiri va kelajagini, barchamizning hayot-mamotimizni belgilaydigan eng mas’uliyatli va sharafli ishga aylanmoqda.
Batafsil o'qing 👉
👉 @postdarasmiy
НАГРАЖДЕННЫЕ РОДИНОЙ
В профессию по зову сердца
Младший инспектор-кинолог кинологического отделения Главного управления внутренних дел города Ташкента рядовой Алексей Гончаров в преддверии Дня независимости удостоен медали «Содиқ хизматлари учун».
Родился герой нашего очерка 11 октября 1979 года в городе Ташкенте. В 2004 году был принят в кинологическое подразделение УППСиООП ГУВД города Ташкента. 20 лет жизни он отдал кинологической службе.
– Кинолог – специфическая профессия, – рассказывает Алексей. – В нашем подразделении случайных людей не бывает.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy
ИНСОН АЗИЗ, ХОТИРАСИ МУҚАДДАС
ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Биринчи минтақавий ҳудуди 13-сон ЖИЭКда ҳам Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги байрамини муносиб тарзда ўтказиш мақсадида бир қатор тадбирлар амалга оширилди. Жумладан, марҳум катта лейтенант Эржан Азимқуловнинг ҳамда бугунги кунда пенсияда бўлган истеъфодаги подполковник Ризамат Ортиқовнинг оила аъзолари ҳолидан ҳабар олинди.
Низомиддин ФАХРИДДИНОВ,
майор.
Bayram shukuhi
Andijon viloyatida ham mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik tantanasiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz,
Andijon viloyati.
Биринчи сентябрь – энг мунаввар тонг,
Қуёш Шарқдан чиқди одатдагидай.
Сени қутлаш учун боряпман, кутгил,
Бир қўлимда китоб, бир қўлимда най...
Гоҳо куй чаламан қувонч ҳақида,
Хиргойи қиламан – мавзуси Ҳурлик.
Нега энди битмам Эркка қасида,
Ахир йўлларимиз нурафшон, нурлик.
Қарайман, ортимда қолган ўттиз йил...
Уздик, асрий қуллик занжирларини.
Сен ҳам табриклагин, сафдошим бугун
Дўсту яқинларинг: бари-барини...
Бугун гиналарни унут, араз ҳам,
Ҳасад ҳам бир четда қолсин мунғайиб.
Бугун биз кечаги гўдак эмасмиз,
Навқирон бир ёшга етдик улғайиб.
Бугун мақтанишга ҳаққим бор, шаксиз,
Мадҳиям жаранглар осмон тоқида.
Байроғим ҳилпираб турибди мағрур – Бирлашган Милллатлар Ташкилотида.
БОШҚАРМАДА БАЙРАМ ШУКУҲИ
Қашқадарё вилояти ИИБда мамлакатимиз мустақиллигининг 33 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда бошқарма таркибий бўлимлари ва соҳавий хизматлари, шаҳар-туман ИИБ ходимлари, фахрийлар ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этишди.
Тадбирни вилоят ИИБ бошлиғи, полковник Абдувоҳид Исмоилов очиб, Ички ишлар вазирининг шахсий таркиб, тизим фахрийлари ва хизмат бурчини бажариш чоғида вафот этган ходимларнинг оила аъзоларига йўллаган байрам табригини ўқиб эшиттирди.
Шундан сўнг, фидойи хизматлари билан сафдошларига намуна бўлаётган бир гуруҳ ходимларга Ички ишлар вазирининг буйруғига биноан, “Аъло хизматлари учун”, I-II-III-даражали “Бенуқсон хизматлари учун” кўкрак нишонлари, фахрий ёрлиқ, эсдалик қўл соати ҳамда пул мукофотлари, муддатидан олдин махсус унвон, шунингдек, ёшларни она Ватанга садоқат руҳида тарбиялашда муносиб ҳисса қўшиб келаётган бир нафар фахрийга “Ички ишлар органларининг фахрий ходими” кўкрак нишони тантанали равишда топширилди.
Ўз мухбиримиз,
Қашқадарё вилояти.
Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!
—
Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
YANGI BINO FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Istiqlolimizning 33 yillik shodiyonasi oldidan Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani ichki ishlar boʻlimining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Uning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda taklif etilgan mehmonlar xodimlarga yaratilayotgan bu kabi shart-sharoitlar yurtimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning natijasi ekanligini ta’kidlashdi.
Shundan soʻng, binoning ramziy kaliti mazkur tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Abdulaziz Mullajonovga tantanali ravishda topshirildi hamda “lenta” kesilib, mehmonlar binoda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.
O’z muxbirimiz.
БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ДАВОМ ЭТМОҚДА
Вилоят ИИБ бошлиғининг ташаббуси билан 3-сектор ҳудудига қарашли Ғиждувон туманида “Обод ва хавфсиз маҳалла” тамойили асосида бир қанча бунёдкорлик ишлар амалга оширилмоқда. Жумладан, туманнинг “Чорсу” маҳалласида жойлашган 1-сонли умумий ўрта таълим мактаби олдидаги кўприк таъмирланиб, “Қорахони” маҳалласи ҳамда туман 3-сектори штаби бинолари қурилмоқда.
Яқинда бошқарма бошлиғи, подполковник И.Турсунов ҳудудларда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди.
Батафсил ўқинг 👉
👉 @postdarasmiy
HAMKORLIKDA MEHNAT YARMARKASI
Kosonsoy tumani ichki ishlar bo‘limi Probatsiya bo‘limi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda Mahalla uyushmasi Kosonsoy tuman bo‘limi hamkorligida jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, Probatsiya hisobida turgan fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 29 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 108 ta bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va ko‘rgazmali materiallari bilan ishtirok etishdi. Ish so’rab murojaat etgan 26 nafar fuqaroning 10 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 11 nafari shu kunning o‘zida bandligi taʼminlanib, 4 nafari kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi. 2 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O’z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
#Jumboq
Savol: O‘rta asr hind hakimlari: “O‘zi yemay, birovga ham bermay, bir dunyo xazina to‘plagan baxil kishilarni eng saxiy kishilar”, deb atashgan. Nega ularga nisbatan saxiy so‘zi ishlatilgan.
Ushbu savolning javobini Xasan aka to‘g‘ri topdi. RISQULOVA Muslima, Inomjon, Qurbonov Ulug‘bek, Muxriddin Rasulberdiyev kabi o'quvchilarimiz ham toʻgʻri javob yoʻllashdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz.
Javob: Hakimlar fikricha bunday insonlar butun umr yiqqanlarini narigi dunyoga ketar chog‘da saxiylarcha tashlab ketadilar.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
EKSPERTLAR BELLASHISHDI
Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika xizmati va uning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda xodimlar uch bosqichda o‘zaro bellashishdi.
O‘tkaziladigan bu kabi ko‘rik-tanlovlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va xizmatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish uchun xizmat qiladi.
A.ZAYNIYEV,
safdor.
Buxoro viloyati.
👉 @postdarasmiy
Спасение в образовании, воспитании, знании
Как известно, наша страна, расположенная на перекрестке Великого шелкового пути, с древних времен вносит достойный вклад в развитие мировой цивилизации и культуры.
Наши выдающиеся ученые Аль-Хорезми, основавший алгебру и алгоритм, Аль-Беруни, заложивший основы минералогии, Ибн Сино, ученый-медик, прославившийся во всем мире как Авиценна, Мирзо Улугбек, великий астроном, точно определивший координаты и движение тысячи восемнадцати звезд, Ахмад Фергани, создавший уникальный прибор для измерения уровня реки Нил, и многие другие своими бесценными трудами, научными и творческими открытиями внесли большой вклад в развитие в средние века Первого и Второго Восточного Ренессанса.
Далее 👉
👉 @postdarasmiy
#Jumboq
Savol: O‘rta asr hind hakimlari: “O‘zi yemay, birovga ham bermay, bir dunyo xazina to‘plagan baxil kishilarni eng saxiy kishilar”, deb atashgan. Nega ularga nisbatan saxiy so‘zi ishlatilgan.
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: /channel/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
OZIQ-OVQAT YARMARKASI
Mustaqillik bayrami munosabati bilan xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida arzonlashtirilgan narxlardagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun bayram dasturxoniga barcha mahsulotlarni sotib olish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ushbu yarmarka shahar va tuman IIBda ham tashkillashtirildi. Bundan xodimlarning oila aʼzolari xursand bo‘lishdi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.