pmtests | Unsorted

Telegram-канал pmtests - Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

59643

📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal! - Matematika - Tanqidiy fikrlash - Muammoli masalalar - Yutuqli testlar Videodars kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin ga yozing. Testlar bazasi: pmtests.uz

Subscribe to a channel

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yilida oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 8-18-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

✅️ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini eslatib o‘tamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .


❗️ESLAB QOLING!

✅️Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

✅️Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

📞Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)

Bizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Manashu o'quvchilar aybdor...😊

2025-yil Ixtisoslashtirilgan maktablar va Al-Xorazmiy maktablarida ballar ko'tarilib ketdi. Ballar ko'tarilishining bir qancha sabablari bo'lishi mumkin. Men aniq ayta oladigan sabablardan biri manashu videodagi KYO-2025 olimpiadasida ishtirok etgan o'quvchilarning intilishi bo'ldi.

@PMTESTS Katta yutuqli olimpiadasida ishtirok etgan 150 ta o'quvchi o'quv yili davomida 10ming dan ortiq o'quvchilar orasidan saralab olindi. O'quvchilar o'rtasida yil davomida bo'lib o'tgan kuchli raqobat, oraliq olimpiadalar, savol-javoblar tayyorgarlik jarayonini yanada jiddiylashishiga olib keldi.

KYO-2025 jarayonini youtube da tomosha qiling
👉👉 https://www.youtube.com/watch?v=2d17Mbxj69I

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Beshikdan to qabrgacha ilm izla

Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotar, uni ziyorat qilish uchun ko’plab ilm ahillari tashrif buyurar edi. Oxirgi nafaslarini olayotgan Beruniy uyiga tashrif buyurgan bir olimdan: “menga falon narsaning ilmini o’rgating” - deb iltimos qildi.
Olim al-Beruniyga: “Hazrat shu holatingizda sizga buni o’rganish malol kelmaydimi?” – dedi.
Al-Beruniy: “To’g’ri siz hozir o’rgatadigan ilmni men boshqalarga o’rgata olmasman. Ammo, menga Allohning ilmidan bitta bo’lsa ham ko’proq ilmni o’rganib o’lish yaxshiroq” – dedi.
Faqih olim al-Beruniyga so’ragan masalasidagi ilmni o’rgatdi. Olim aytadi: “Men al-Beruniyning uyidan chiqib, bir necha qadam uzoqlashishim bilanoq yig’i ovozi eshitildi….”
_________________________

Ilm olishdan hayotining hech bir lahzasida to’xtamagan bobolarimiz bugungi taraqqiyotga tamal toshini qo’ydilar. Al-Beruniy „Hindiston“ nomli kitobida hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab berdi. Yerning meridian aylanasi uzunligini hayratlanarli tarzda aniq o’lchadi.

Butun dunyo al-Xorazmiy bobomiz kashf qilgan sanoq sistemasidan foydalanadi. Al-Fargʻoniyning dunyodagi eng uzun daryo Nilning suv sathini o’lchaydigan qurilmasi 1100 yil davomida insonlarga foyda keltirdi. Bobolarimizning buyukligini tasavvur qilish uchun ularning minglab yillar davomida butun dunyo insonlariga foyda keltirayotgan ishlariga qarash kifoya. Buyuklikni da’vo qiluvchi, ba’zi insonlar uchun “orzular mamlakati” bo’lgan 1776-yilda asos solingan Amerika qo’shma shtatlari hali 250 yil ham yashamadi. Bu davlatning minglab yillar mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Imom Buxoriy bobomizning “Aj-jome’ as-Sahih” hadislar to’plami 1150 yildan ortiq butun dunyo musulmonlariga foyda keltirmoqda va bundan keyin ham minglab yillar foyda keltirishini ishonch bilan aytish mumkin.


👉👉 @PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Hech qachon taslim bo'lmang. Imkon bor ekan, muvaffaqiyatga erishish mumkin!

👉 @pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

⁉️ Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari qachon e'lon qilinadi⁉️

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.

Nizom bo'yicha natijalar 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 26-avgustgacha e'lon qilinishi kerak.

Oldingi yillarda qanday holat kuzatilgan?

2019-yilda 24-iyulda yakunlangan Asosiy imtihon natijasi 20-avgustda e'lon qilingan (27 kun).

2021-yilda 21-22-avgust kunlari bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 18-sentabrda e’lon qilindi. (27 kun)

2022-yilda 2-avgustda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 30-avgustda e’lon qilindi. (28 kun)

2023-yilda 31-iyulda bo'lib o'tgan asosiy imtihon natijalari 29-avgustda e’lon qilindi. (29 kun)

✅ 2024-yilda 27-iyulda bo'lib o'tgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari 27-avgustda e'lon qilingan. (to'liq bir oy)

2025-yilda imtihon 27-iyulda bo'lib o'tdi. Natijalarni 27-avgustgacha chiqishini kutamiz.

Hali ancha vaqt bor

👉👉 T.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Koreys onalari nima bilan maqtanadi?

O'zbekiston va Janubiy Koreya ta'limidagi farqni anglash uchun ikki davlatning kishi boshiga yillik daromadini taqqoslash kifoya. Chunki, jamiyatlar daromadi, ularning ilmiy solahiyatiga bevosita bog'liq hisoblanadi.

Janubiy Koreyada kishi boshiga o'rtacha yillik daromad 33ming $ bo'lsa, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 3ming $ ni tashkil etadi.

Rivojlanish uchun farzandlar ta'limiga ko'proq etibor qaratish, kerak bo'lsa onalar bu borada musobaqa qilish vaqti yetdi. Bu kelajakda butun O'zbekiston rivojini ta'minlaydi.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Hayotimdagi o‘zgarish nuqtasi onam menga oynayi jahonni ko‘rishni man qilib kitob o‘qishga majburlagan kundan boshlangan.

© Ben Karson. Dunyodagi eng mashhur bolalar jarrohi.

t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabi

Mana o'sha Rekord o'tish balli 74.4

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

‼️2025-yilda natija ko'rsatgan Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlovchi o'quv markazlari bilan tanishing‼️

"Kelajak" O'quv markazi (Navoiy vil., Xatirchi tumani)
☎️  94 977-33-83, 99 417-04-02
✍️ @Shohrux0407

"Jaloliddin Fayzullayev" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  90 459-18-39
✍️ @f_jaloliddin

"MATEMATIKA MARKAZI" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  97 611-44-43, 99 445-58-67
✍️ @shakhzod_math @becmirza

"ALGORITM" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Angor tumani)
☎️  93 814-27-99
✍️ @Sh_sharof

"TOJIYEV SCHOOL" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  93 793-77-27, 93 622-08-97
✍️ @mirjalol2507

"VODIY TA‘LIM" o’quv markazi (Namangan shahar)
☎️ 97 427-33-77, 93 705-78-79, 94 845-20-20
✍️ @Online_VTS

“INTELLECT_UZ” o’quv markazi (Farg’ona shahri)
☎️ 99 323-65-09
✍️ @davron0904

“Best Education” o’quv markazi (Samarqand vil., Nurbod tumani)
☎️ 99 148-21-84
✍️ @Muxtarov_Miraziz

"IQTIDOR" o'quv markazi (Qarshi shahri)
☎️ 90 342-42-45, 88 678-58-88
✍️@Nurbek_Mahmatqobilov, @Javlon_Norqulovich

“POWERFUL SCHOOL” o’quv markazi (Andijon shahri)
☎️ 97 999-20-88
✍️ @Student_Mr_A

''Global English School'' o'quv markazi (Farg'ona vil. Qo'qon shahri)
☎️ 90 306-11-00, 95 060-11-00, 93 270-77-55
👉@rustamahad

"Hilol" ilm maskani (Samarqand vil., Bulung’ur tumani)
☎️ 93 345-56-65, 55 704-00-03
✍️ @Hilol_E

"NAVOIY" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  88 240-99-98., 91 908-88-44
✍️ @Sherzodmatematik

"IELTS UP" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Jarqo'rg'on tumani)
☎️ 88 240-99-98., 93 229-91-97
✍️ @Farhod778, @Sherzodmatematik

"STUDY HOUSE SCHOOL" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Shahrisabz shahri)
☎️ 97 235-22-42., 91 643-71-33
✍️ @IkromCom

"EVEREST" O'quv markazi (Andijon vil., Buloqboshi tumani)
☎️ 93 121-07-27., 97 303-96-96
✍️ @Omatillo_Pm

"BUYUK KELAJAK" YOSH IQTIDORLILAR MARKAZI (Surxondaryo vil., Uzun tumani)
☎️ 91 512-55-53, 91 079-26-03
✍️ @Buyuk_kelajaknow

"Buxoro Inter Study" O'quv markazi (Buxoro vil., Vobkent tumani)
☎️ 91 443-18-46
✍️ @welove_math

"DREAM SCHOOL" O'quv markazi (Farg'ona vil., Quva tumani)
☎️ 91 126-59-55, 91 108-41-66
✍️ @UMAROVAHILOLA

👉👉 @pmtests
👉👉 @tayyorlov_Markazlari

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#ajoyib_javob

Siz O'zbekistonda ta'lim tizimi yaxshilanishiga ishonasizmi⁉️

Ishonish degan savolni qo'ymasligimiz kerak. Biz har kuni harakat qilishimiz kerak. Hammamiz qandaydir "kichik" ishlar qilishimiz lozim!!

👉👉 @PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Qaysi o'quv markazini tavsiya qilasiz..

Ko’pchilik ota-onalar farzandlarini prezident maktabiga tayyorlash bo’yicha ishonchli markazlarni so’rab murojaat qilishadi. Haqiqatan, muvaffaqiyat qozonish uchun bu eng muhim sabab hisoblanadi. Ota-onalar hozirdan boshlab, prezident maktabi Asosiy imtihon natijasi chiqqunicha farzandi uchun ishonchli markaz tanlashi lozim. Aks holda, farzandingiz imkoniyati kamayadi.

Ota-onalarga imkon boricha ertaroq (o'quv yili boshidan sentabrdan) farzandlarini kurslarga berishni tavsiya qilamiz. 3-sinfdan bo'lsa yana yaxshi. Markaz tanlashda albatta oldingi yillar natijalari eng muhim omil hisoblanadi.

Hammaga foydali bo’lishi uchun AVGUST oyi davomida yaxshi natijalarga erishgan ba'zi o’quv markazlarini @tayyorlov_markazlari kanalida e’lon qilib boramiz. Ota-onalar esa bu O'quv markazlaridan o'zlari uchun eng qulaylarini tanlab olishi mumkin bo'ladi.

2024-yildagi O'quv markazlar natijalari bilan tanishing. 2025-yilgi natijalarni ertadan boshlab asosiy imtihon natijasi chiqqunicha e'lon qilib boramiz.

Markazlar ma'lumoti: t.me/tayyorlov_Markazlari

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Bugun natijalarning to'liq ro'yxati e'lon qilinadi(mi).

Kecha natijalar e'lon qilinganidan so'ng Agentlik quyidagi eslatmani yozgan edi.

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.

Bu degani ro'yxat o'tgan yilgidek, agentlik saytida e'lon qilinadimi yoki hamma maktablarga alohida yuboriladimi aniqlashtirish kerak. Bugun natijalar ro'yxati e'lon qilinsa, ustozlarga natijalar tahlili uchun yaxshiroq bo'lardi.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablari imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!!

✅ Ixtisoslashgan maktablarga qabul qilingan o'quvchilarni bu natijaga erishishi ortida o'quvchining kuchli irodasi va intilishi hamda ota-onalarning va ustozlarning KATTA mehnati va fidoiyligi bor. Ular ulkan maqsadlar yo'lidagi kichik yutuqqa erishdilar. Bu maktablar katta maqsadlar yo'lidagi kichik vosita bo'lib xizmat qiladi.

✅ Kira olmaganlar esa ULKAN MAQSADLARIGA boshqa vositalar orqali erishishlari mumkin. Hali prezident maktabi imtihoni natijalari oldinda. Bizlar uchun imtihondan o'tganlar ham, o'ta olmaganlar ham ZAMZAM suvi misoli qadrlidirlar. Ular eng muhimi foydali bilim oldilar. Ular olgan bilimlarini mustahkamlab, keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erishadilar.

‼️ Shuni eslatib o'tamizki, hozir bir o'quvchi bir necha maktabga bir vaqtda qabul qilingan bo'lishi mumkin. Keyinchalik ular bitta maktabni tanlaydilar va ulardan keyingi o'quvchilarda imkoniyatlar paydo bo'lib, o'qishga chaqiriladilar. Hali imkoniyatlar bor.

👉👉 t.me/PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi. Manba

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi: Telegram

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

☀️ Uyg‘on

Borlig‘im saqlay desang ilmu hunardin qil yaroq!
Yo‘q esa olg‘ay boringni qilmayin hech kim so‘roq.

Yer yuzi o‘zgardi ammo o‘zgarishdin bizda yo‘q
Sindi Turkiston elining boshida yuz ming tayoq.

Har o‘g‘ul voris bo‘lur qolg‘on otoning molig‘a
Bo‘ldi Turkiston elining vorisi yuzsiz qaroq.

Baxtsiz bo‘lg‘on kishiga o‘z uyi g‘urbat bo‘lur,
Mol egasidur qaroqchi bu ajoyib ishga boq.

Baxt ochilmas ul kishilarkim erurlar ilmsiz,
Ilmsizlar xor bo‘lur, xohi qarodur xohi oq.


Qaysi millat ustidin hokimlik etsa boshqalar,
Bu kabi xorlik hayotdin o‘lganidur yaxshiroq.

Ilmu iymon ikkisidin bahralik bo‘l, ey o‘g‘il!
Bu ikkovlon birla olg‘aysan qo‘lingga shamchiroq.

✍ Alixonto‘ra Sog‘uniy. 1968 yil, Toshkent (@erkinvohidovijodi)

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

👍👍👍📢📢📢📢📢3️⃣3️⃣3️⃣

✔️🎓‘‘VODIY TA‘LIM’’ o'quv markazida QABUL IMTIHONI ga MARHAMAT!!!

📅2025-yil:
🤍 9-Avgust. SHANBA
🩶 SOAT 09:00 da
🔰Yo‘nalishlarimiz:

PREZIDENT MAKTABIGA TAYYORLOV
👨‍🎓👩‍🎓 2-sinf; 3-sinf va 4-sinflar

AL-XORAZMIY MAKTABIGA TAYYORLOV
👨‍🎓👩‍🎓 2-sinf; 3-sinf va 4-sinflar

MIRZO ULUG‘BEK MAKTABIGA TAYYORLOV
👨‍🎓👩‍🎓 5-sinf va 6-sinflar

IBN SINO MAKTABIGA TAYYORLOV
👨‍🎓👩‍🎓 5-sinf va 6-sinflar

🔥2025 -yildagi natijalarimizni ko'rish uchun ushbu REKORD link tugmasini bosing va birma bir tanishib chiqing!

✏️Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
☎️ +998974273377
☎️
+998913503377
☎️ +998943503477
☎️
+998948452020

🚕MANZILIMIZ:
📍NAMANGAN shahar LOLA dahasi.
🏢 “VODIY TA‘LIM’’ o‘quv markazi
(Lola akademik litsey yonidagi ko’cha)

Telegram sahifalarimiz:
👍 @vtsedu
👍 @Vodiy_prezidentmaktabi

*Reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

🚀 Prezident maktabiga kirish oson emas… ammo imkonsiz ham emas!

🎯 Farzandingizning imtihon kuni qoʻrquv va hayajonlarsiz oʻtishi uchun bugundan tayyorgarlik juda muxim !

📌 Algoritm oʻquv markazida :
Matematika eng oson va qulay usulda tushuntiriladi.
Tanqidiy va tez fikrlash mashqlari o‘tkaziladi.
Real imtihon sharoitida treninglar tashkil etiladi.
Har bir o‘quvchida maxsus tayyorgarlik va dunyoqarash kengligi uchun maxsus reja tuziladi.

📊 Natijalarimiz — eng katta isbot:

Oxirgi 2023-2024-2025 oʻquv yillarida o‘quvchilarimizning katta qismi Prezident maktabi, Al-Xorazmiy va boshqa ixtisoslashgan maktablarga eng yuqori ballar bilan juda katta natijalar qilishdi !


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💟💟💟 💛💛💛

9️⃣🔣🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Soat: 🔢🔢
YANGI o'quv yili uchun ALGORITM oʻquv markazida QABUL IMTIHONI bo'lib o'tadi


🎯 Imtihonga 2-sinf, 3-sinf, 4-sinf o‘quvchilarigina qatnasha oladi!

Joylar soni juda cheklangan!

💬 Biz shunchaki o‘qitmaymiz…
Orzuni reallikka aylantiramiz.

MUROJAAT UCHUN:
⬇️
📞 +998888950505
📞 +998991410505
📞 +998908950505

📍Manzil: Marka super marketi ro'parasidagi Zulfina Med klinikasining yonida.

🆕 Telegram manzilimiz:
@PM_AdhamSohibov
@Algoritm_Academy

*Reklama

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

‼️2025-yilda natija ko'rsatgan Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlovchi o'quv markazlari bilan tanishing‼️

"Kelajak" O'quv markazi (Navoiy vil., Xatirchi tumani)
☎️  94 977-33-83, 99 417-04-02
✍️ @Shohrux0407

"Jaloliddin Fayzullayev" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  90 459-18-39
✍️ @f_jaloliddin

"MATEMATIKA MARKAZI" O'quv markazi (Samarqand shahri)
☎️  97 611-44-43, 99 445-58-67
✍️ @shakhzod_math @becmirza

"ALGORITM" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Angor tumani)
☎️  93 814-27-99
✍️ @Sh_sharof

"TOJIYEV SCHOOL" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  93 793-77-27, 93 622-08-97
✍️ @mirjalol2507

"VODIY TA‘LIM" o’quv markazi (Namangan shahri)
☎️ 97 427-33-77, 93 705-78-79, 94 845-20-20
✍️ @Online_VTS

“INTELLECT_UZ” o’quv markazi (Farg’ona shahri)
☎️ 99 323-65-09
✍️ @davron0904

“Best Education” o’quv markazi (Samarqand vil., Nurbod tumani)
☎️ 99 148-21-84
✍️ @Muxtarov_Miraziz

"IQTIDOR" o'quv markazi (Qarshi shahri)
☎️ 90 342-42-45, 88 678-58-88
✍️@Nurbek_Mahmatqobilov, @Javlon_Norqulovich

“POWERFUL SCHOOL” o’quv markazi (Andijon shahri)
☎️ 97 999-20-88
✍️ @Student_Mr_A

''Global English School'' o'quv markazi (Farg'ona vil. Qo'qon shahri)
☎️ 90 306-11-00, 95 060-11-00, 93 270-77-55
👉@rustamahad

"Hilol" ilm maskani (Samarqand vil., Bulung’ur tumani)
☎️ 93 345-56-65, 55 704-00-03
✍️ @Hilol_E

"NAVOIY" O'quv markazi (Termiz shahri)
☎️  88 240-99-98., 91 908-88-44
✍️ @Sherzodmatematik

"IELTS UP" O'quv markazi (Surxondaryo vil., Jarqo'rg'on tumani)
☎️ 88 240-99-98., 93 229-91-97
✍️ @Farhod778, @Sherzodmatematik

"STUDY HOUSE SCHOOL" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Shahrisabz shahri)
☎️ 97 235-22-42., 91 643-71-33
✍️ @IkromCom

"EVEREST" O'quv markazi (Andijon vil., Buloqboshi tumani)
☎️ 93 121-07-27., 97 303-96-96
✍️ @Omatillo_Pm

"BUYUK KELAJAK" YOSH IQTIDORLILAR MARKAZI (Surxondaryo vil., Uzun tumani)
☎️ 91 512-55-53, 91 079-26-03
✍️ @Buyuk_kelajaknow

"Buxoro Inter Study" O'quv markazi (Buxoro vil., Vobkent tumani)
☎️ 91 443-18-46
✍️ @welove_math

"DREAM SCHOOL" O'quv markazi (Farg'ona vil., Quva tumani)
☎️ 91 126-59-55, 91 108-41-66
✍️ @UMAROVAHILOLA

"ALGORITM ACADEMY" O'quv markazi (Qarshi shahri)
☎️ 88 895-05-05, 99 141-05-05, 90 895-05-05
✍️

"O‘ZBЕGIM" AKADЕMIYASI (Andijon shahri)
☎️ 33 219-47-47, 33 419-47-47, 33 619-47-47
✍️ @Farhod_Domla

"EDU TIME" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani)
☎️ 88 820-40-00, Qo'qon filiali: 88 821-40-00
✍️ @Azizxon2101

"Smart Academy" O'quv markazi (Andijon vil., Asaka tumani)
☎️ 88 926-77-88
✍️ @smartacademy_adnin

"Real education" O'quv markazi (Farg'ona vil., Beshariq tumani)
☎️ 94 850-19-95, 94 416-61-06
✍️ @MI18207

"Vodiy Ziyo" o’quv markazi (Namangan shahri)
☎️ 93 320-44-37, 99 087-64-87, 99 976-31-16
✍️ @Alimardon96

"CAMBRIDGE EDUCATION CENTER" O'quv markazi (Andijon vil., Qo'rg'ontepa tumani)
☎️ 50 715-18-18, 88 773-44-22
✍️@Omadxon0288

"INFINITY" O'quv markazi (Farg'ona vil., Bog'dod tumani)
☎️ 91 743-10-55
✍️ @infinity_uquv

"AL-XORAZMIY" O'quv markazi (Namangan vil., Pop tumani)
☎️ 93 701-97-74, 91 363-23-99
✍️ @Nodira_Arslanova

"Khiva Education" O'quv markazi (Xorazm vil., Xiva shahri)
☎️ 91 093-96-99
✍️ @d_djabbarov

"Beruniy" O'quv markazi (Qashqadaryo vil., Qarshi shahri)
☎️ 88 246-00-33, 97 808-97-87
✍️ @beruniy_school9787

“Friends school” o’quv markazi (Farg’ona shahri)
☎️ 97 555-26-26
✍️ @Friends_school_admin

👉👉 @pmtests
👉👉 @tayyorlov_Markazlari

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonidan o'ta olmagan o'quvchilar nima qilishi kerak?!

Och sher kiyikni quvmoqda. Kiyik jon saqlash uchun qochmoqda. Qaysi biri harakatdan to'xtasa, o'sha MAG'LUBDIR.

Avvalo o'quvchilardan hech qachon mag'lub bo'lmaslikni, harakatdan to'xtamaslikni so'rab qolamiz. Ular imtihonga tayyorlanish uchun o'rgangan qimmatli bilimlaridan oqilona foydalanishi lozim.

Agar Siz Namangan, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatidan bo'lsangiz, tayyorgarlikni keyingi yilga ochiladigan Al-Xorazmiy maktablari uchun davom ettiring. Ushbu hududlarda hali Al-Xorazmiy maktablari filiallari ochilmagan bo'lib, keyingi yillarda ochilishi va barcha sinflarni qabul qilishi kutiladi.

✅ Agar siz tabiiy fanlarga qiziqsangiz Agentlik tizimidagi 6-sinfni tamomlagan o'quvchilarni qabul qiladigan Ixtisoslashgan maktablar yoki Ibn Sino maktabiga tayyorlaning. Bu maktablarda ingliz tili va tabiiy (science) fanlaridan imtihon bo'ladi. Yoki Matematika va ingliz tilini davom ettirib 6-sinfni tamomlagan o'quvchilarni qabul qiladigan Mirzo Ulug'bek maktabiga tayyorlaning.

✅ Matematika olimpiadalariga tayyorlaning. Maktab, tuman, viloyat, Respublika va xalqaro darajadagi olimpiadalarning oldingi yillardagi savollarini o'rganib bilimlaringizni mustahkamlab boring. Balki aynan siz Matematika xalqaro olimpiadasida hali hech bir o'zbek bolasi qo'lga kirita olmagan oltin medalni olarsiz. Balki, o'sha 1 mlrd 30 mln so'm yutuqni ota-onangizga taqdim etarsiz.

‼️Eng muhimi shuni bilingki, maktab bu oliy ta'limga yo'l, bu aynan prezident yoki al-Xorazmiy bo'lishi shart emas.

✅ Oliy ta'limga hozirdan tayyorlaning. Buning uchun ingliz tili darajasini har yili kamida bir pog'ona oshirib borishni rejalashtiring. 8-sinfgacha IELTS, CEFR yoki TOEFL til sertifikatlaridan birini yoki bir nechtasini olishga harakat qiling. Matematikani chuqurroq o'rganib, bir sinf oldinda yuring, A-level, SAT yoki Milliy sertifikatlarni olib maktabni bitirmasdan oldin Universitetlarni naqd qilib oling.

✅ Agar dunyodagi eng zo'r Universitetlarga kirmoqchi bo'lsangiz 8-sinfgacha kuchli tayyorgarlik ko'ring va Al-Beruniy (Garvardchilar) maktabiga imtihon topshiring.

O'quvchilar hammasi endi boshlanyapti, Sizlardan umidimiz katta. Mag'lub bo'lish bizga emas, biz to'xtamaymiz...

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#yoshlarga_nasihat

Vaqtni g'animat biling!


Yoshlar o'zlari, oilalari, vatanlari, el-yurti, xalqiga foyda keltiruvchi inson bo'lishi uchun ilm, ma'rifat va tajriba o'rganishi, himmatni baland qilishi kerak. Kelajak yoshlarniki bo'lgani uchun yoshlar tarbiyasida, odobida va axloqida hamma ishtirok etishi lozim.

Kelajak qo'lidan hech bir ish kelmaydigan tanbal, bo'yniga telefonini osib olgan, qulog'idagi quloqchin bilan chetel musiqasini eshitadiganlarga qolmasligi kerak.

Kelajak buyuk xalq erishgan yutuqlarni rivojlantiradigan, yanada ko'kka ko'taradigan, hammaga faxr bo'ladigan yoshlarniki bo'lishi kerak. Yurtimizdan yana Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Zamaxshariy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino va boshqalar kabi ulug'lar chiqishi kerak.

Bir marta mana shunday buyuklarni tarbiyalagan xalqning ikkinchi marta ham tarbiyalashi oson. Bunga hamma harakat qilishi kerak. Ana shunda yoshlarimiz kelajakda elimiz, yurtimiz, xalqimiz sharafini yana yuqoriga ko'taradilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

👉👉 T.ME/PMTESTS

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#natija_2025

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari maktablar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗https://portal.piima.uz/page/ixm

Ushbu sahifada Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.

❗️Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

⚡️⚡️ Umumiy natijalar ro'yxati agentlik saytida e'lon qilindi‼️

Ushbu havolaga kirish orqali o'zingiz topshirgan ixtisoslashtirilgan maktab imtihon natijalarining ro'yxatini yuklab olishingiz mumkin:

https://portal.piima.uz/page/ixm

Al-Xorazmiy va uning hududiy filiallari natijalarini ham ushbu havoladan bilib oling.

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kelib tushgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar


🎙 Savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova javob berdi.

📹 Batafsil ma’lumot — videomurojaatda

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Natijalarning to'liq ro'yxati Agentlik saytida e'lon qilinmadi.

Kecha joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda oldingi yillardagi mandat kabi e’lon qilindi.

O'quvchilar ro'yxatdagi o'rnini o'tgan yilgidek oson va qulay tarzda ko'ra olmaydi. Balki, topshirgan maktabiga borib, qaysi fandan nechta topgani va nechanchi o'rinda turganini aniqlashtiradi.

Bir qadam oldinga bir qadam orqaga

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#dastlabki_xulosalar

O'tish ballari haddan tashqari ko'tarilgan....

O'quvchilarning imtihon natijalari ro'yxati hali e'lon qilinmadi. Ammo, o'quvchilarning botdan kelgan natijalari bo'yicha bir nechta mulohazalarni aytish mumkin.

✅ 2025-yil imtihon savollari 2024-yil imtihon savollari bilan taqqoslaganda o'tgan yillardagi savollardan tubdan farq qilmagani uchun ko'pchilik o'quvchilarga biroz osonroq tuyildi. Shunday bo'lsa-da, Prezident maktabi saralash imtihonida o'tish ballari deyarli barcha viloyatlarda pastladi.

✅ Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinadigan o'quvchilar soni 2 marta kamaygani uchun ballning yuqori bo'lishi kutilgan edi. Chunki, 2024-yilda 88,8 ball (2025-yilgi 61,2 ball) o'tish bali bo'lgan edi. Bu yil kvota kamaygani hisobiga 2024-yildagi 94 ball (2025-yilgi 65 ball) o'tish bali bo'lishi kutilgan edi. Ammo, bu yil 74,3 ball bilan 97% natija bilan (yoki 2024-yildagi 107 ball) yiqilgan o'quvchilar mavjud ekan. Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ham shunga o'xshash haddan tashqari yuqori ko'tarilishlar mavjud.

Al-Xorazmiy maktabi imtihonida 97% dan yuqori natijaga erishish uchun o'quvchi nafaqat iqtidorli va bilimli bo'lishi, balki juda omadli ham bo'lishi kerak. Ma'lumot uchun 2024-yilda Al-Xorazmiy maktabi imtihonida Respublika bo'yicha faqat bitta o'quvchi 97% dan yuqori (108,4) ball olgan. Bu yilgi o'quvchilar hammani hayratda qoldirmoqda...

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

➖ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
➖ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
➖ Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:


🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram

👉👉 t.me/pmtests

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Eslatib o'tamiz, Agentlik 1206 dagi ma'lumotlarni va ba'zan hatto matbuot kotibi ning ma'lumotini ham rasmiy deb tan olmaydi. (Kecha natijalar e'lon qilingan edi)

Shuning uchun Agentlikning rasmiy telegram kanalini @piimauz ni kuzatamiz.

Читать полностью…

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

‼️‼️‼️ DIQQAT MUHIM:

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalarini bilish uchun tashlangan bot agentlik tomonidan o'chirildi (delete account).
Mavjudlari esa ishlamayapti.

❓Natijalarda biroz chalkashliklar bo'lishi mumkin.
Yuqori ballilar kira olmay, pastroq ballilar o'qishga tavsiya etilgan holatlar mavjud.

✏️Aniq natijalarni o'quvchilar shaxsiy kabinetidan bilinadi.
Hali shaxsiy cabinetga natijalar joylanmadi..

‼️Hozircha botlardagi natijalar no'to'g'ri bo'lishi mumkin.
Hozir ishonib xursand yoki xafa bo'lib yurmanglar.

📺Tez orada shaxsiy kabinetda haqiqiy natijalar paydo bo'lishi mumkin yoki Agentlik rasmiy ma'lumot berib qolishi mumkin, yana kutamiz.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel