Bugun 20:30 da kanalimizda "Young math leaders" loyihasi bo'yicha Jonli efir bo'lib o'tadi.
Jonli efirda @PMTESTS kanali va @farmonov_piima kanali asoschilari tomonidan start berilayotgan yangi loyiha "Young math leaders" haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi 2024-2025-o'quv yilida Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashlashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan o'quvchilarga yil davomida yordam beradigan, ularni o'z guruhlarining LIDERLARIga aylanishiga yordam beradigan bilimlarni BEPUL taqdim etish hisoblanadi.
👉👉 t.me/PMTESTS
Turkmanov Feruz, Samarqand shahar Prezident maktabi 1-o'rin. 73 ball. Al-Xorazmiy maktabi Samarqand filiali 88 ball, Ixtisoslashtirilgan maktabga 99,2 ball.
‼️Tartib intizom va to'g'ri tuzilgan rejaga amal qilish muvaffaqiyatga olib boradi.‼️
Turkmanov Feruz 3-sinfligida Noyabr oyidan Samarqand viloyatidagi tajribali ustoz Muxtorov Mirazizda tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Ustoz mavjud darsliklardan samarali foydalanib quyidagi tartibda o'tishni boshlaydi:
✅ 3-sinf va 4-sinf matematika darsliklarni ishlab tugatishi (1-yil noyabr-yanvar) bilan @PMTESTS kanalida bo'ladigan 30 talik matematika testlarni qoldirmay yechishni boshlaydi. Biroz muddatdan keyin (aprel-may) @PMTESTS kanalida bo'ladigan 10 talik testlar ham qoldirmay yechib boriladi. Shu vaqtdan boshlab imtihon vaqtigacha 30 talik va 10 talik testlar doimiy yechib borilgan.
✅ 2-yil Sentyabrdan men Asrorbek Jumanazarov Feruz bilan online tayyorgarlikni boshladik. Shu vaqt davomida Muxtorov Miraziz ustoz bilan 5-sinf darslik to'liq va 6-sinf darslikning ma'lum qismlarini (sentyabr-noyabr), Mirzaaxmedov masalalar to'plami 4, 5-sinflarni ishlab tugatishadi.
✅ 2-yil tayyorgarlikda Feruz o'quv markazlarda o'tkaziladigan pullik haftalik testlarda muntazam ishtirok etib boradi. Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar bo'yicha "Siz lidersiz" kitoblar to'plamini o'rganib chiqadi. Abituriyentlar uchun nashr qilingan Matematikadan Axborotnomalarning ma'lum qismlarini ko'rib chiqadi.
✅ Ustozlar tavsiyasiga tartibli amal qilgan iqtidorli o'quvchimiz Feruzbek turli olimpiadalarda ham faol ishtirok etdi. Xususan, PMTESTS KATTA YUTUQLI olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib pul mukofotlarini qo'lga kiritdi.
⚡️Mulohaza, agar o'quvchi intizomli va tartibli bo'lsa, imtihonlarda ham hayajonga berilmaydi. Ya'ni imtihon topshirishni navbatdagi bajarilishi lozim bo'lgan ish sifatida ko'radi. Feruzning boshqalardan farqi u qat'iyatli va imtihonlarda ortiqcha hayajonlanmas edi. Bu sinov testlarida bor imtihoniyatini namoyon qilishiga yordam bergan.
Feruz o'quvchimizni shunday qat'iyatli, belgilab olgan ishlarini oxiriga yetkazadigan qilib tarbiyalagan ota-onasiga rahmat aytamiz. Kelgusidagi o'qishlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz.
👉👉 T.ME/PMTESTS
#tahlil_asosiy_imtihon
2024-yil Prezident maktabi Asosiy imtihonida ballar sezilarli darajada tushgan.
✔️ 2023-yilgi Asosiy imtihon bilan solishtirganda 2024-yildagi o'rtacha o'tish bali 3,3 balga, eng yuqori olingan o'rtacha ballar esa 8,3 balga tushgan. Raqobat kuchayganini hisobga olsak, imtihon savollari murakkablashgan degan xulosaga kelish mumkin.
✔️ 2023-yilda 71 bal bilan, 2024-yilda 67,5 ball bilan eng yuqori o'tish bali Toshkent shahrida kuzatilgan. Surhondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi eng yuqori ballar ham Toshkent shahridagi o'tish balidan oshmaydi.
✔️ Toshkent viloyati, Andijon va Jizzaxda raqobat boshqa viloyatlardan ko'proqqa oshgan. Ya'ni savollar murakkabroq bo'lishiga qaramay ularda o'tish ballari deyarli o'zgarmagan.
✔️ Yuqori ball olish bo'yicha o'z ko'rsatkichini saqlagan viloyat Navoiy hisoblanadi.
✔️ 2024-yil ko'pchilik o'quvchilar Tanqidiy fikrlash savollari oson tushgani haqida yozishgan edi. Ammo, tanqidiy fikrlash natijalarini qoniqarsiz deb baholash mumkin. Respublikamizdagi Asosiy imtihon topshirgan 6720 ta o'quvchidan sanoqli o'quvchilar 16 ta savoldan 10 tadan ko'prog'iga javob berishgan. 12 va undan yuqori topganlari 14 ta, faqat bitta o'quvchi 14 ta savolga to'g'ri javob bera olgan xolos. 15 ta yoki 100% to'g'ri javob bergan o'quvchilar yo'q.
‼️2024-2025-yil imtihonlarga tayyorgarlikda Tanqidiy fikrlashga tayyorgarlik materiallarini qayta ko'rish tavsiya qilinadi‼️
👉👉 T.ME/PMTESTS
⚡️⚡️Prezident maktabi Asosiy imtihoni natijalari‼️
Natijangizni bilish uchun o'zingizning hududingizni tanlang, PDF faylni oching, so'ng "CTRL+F" tugmasini bosib ID ni kiriting:
Toshkent shahri
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg'ona viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpag'iston Respublikasi
Qashqadaryo viloyati
Xorazm viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Surxandaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash_jarayoni
Savol: Ota va onaning yoshlari yig'indisi 84 ga teng. Agar 5 yil oldingi otaning yoshi 3 yildan keyingi onaning yoshiga teng bo'lsa, hozir ota necha yoshda?
Videoda javobini ham bilib olasiz.
@PMTESTS
‼️ERTAGA 26-avgust Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari e'lon qilinishi kerak‼️
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash_jarayoni
Savol: 200 dan kichik, yozuvida 1 ham, 2 ham qatnashadigan natural sonlar nechta?
Savolning javobi video davomida berilgan.
‼️Prezident maktabi asosiy imtihoni natijalari e'lon qilinishiga sanoqli kunlar qolmoqda‼️
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida e'lon qilinadi.
Sindarov Asadbek. Samarqand shahar Prezident maktabi 10-o'rin. 59 ball. Al-Xorazmiy maktabi Samarqand filiali 80,6 ball, Ixtisoslashtirilgan maktabga 90 ball.
‼️Farzandiga vaqt ajratolmaydigan ota-onalarning har qanday bahonasi bekor...‼️
Asadbek o'quvchimizning yuqori natija ko'rsatishida dadasining farzandlari ta'limiga e'tiborini eng asosiy omil deb hisoblayman. 2022-yilda CURIOSITYda tayyorlanib Prezident maktabiga kirgan qarindoshiga havas qilib, 3-sinfdan boshlab bizda Asadbek va akasi Elbek (sinflari teng) 2 yil davomida online tayyorlandi.
Asadbek va Elbekning dadasi Tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i bo'lishiga va eng yuqori hajmdagi ish normasini bajarishiga qaramay farzandlari bilan birgalikda dars tayyorlab, ularning doimiy nazoratini olib borgan. Tayyorgarlikni 2-sinf 3-chorakdan Peterson 2-3-sinf darsliklarini ishlashdan boshlashgan. Asadbek 5,5 yoshdan boshlab shaxmat bilan shug'ullangan va bir qancha musobaqalarda faol ishtirok etgan. Bu imtihonlarda hayajonlanmaslik va intizomli bo'lishga o'rgatgan.
O'quvchimizning dadasi qayerda olimpiadalar bo'lsa, qoldirmasdan olib borgan. Kenguru olimpiadasi, Samarqand, Navoiy va Jizzaxdagi offline olimpiadalar. Farzandlariga sifatli ta'lim bera oladigan eng yaxshi markazlarga (EDU-HILOL va Bulung'ur Education) olib bordi. Natijada, Asadbek Toshkent shahrida o'tkazilgan PMTESTS katta yutuqli olimpiadasida ham sovrindorlardan bo'lgan.
Ikki yillik tayyorgarligimiz davomida Asadbek va Elbek PMTESTS jamoasining barcha testlarida faol ishtirok etib borishdi. Dadasining alohida e'tibori sabab Elbek ixtisoslashtirilgan maktab, Asadbek esa Al-Xorazmiy va Prezident maktablar imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi.
O'quvchilarimizga kelgusida ota-onasi orzu qilgan yetuk shaxslardan bo'lishini tilab qolamiz. Ota-onalar qilgan mehnatlari samarasidan nafaqat o'zlari, balki butun O'zbekiston bahramand bo'lishini, o'quvchilarimiz butun xalqimizga foyda keltiradigan kadrlar bo'lganini ko'rish bizga ham nasib etsin!
👉👉 T.ME/PMTESTS
Prezident maktabiga tayyorgarlikni 3-sinfdan boshlash kerak.
Rasmdagi ikki o'quvchi Turkmanov Feruzbek (rasmda o'rtada) va Sindarov Asadbek (rasmda o'ng tomonda) 2024-yil Katta yutuqli olimpiadamizning g'oliblaridan bo'lgan edi. Ularning ikkisi ham Samarqand shahar Prezident maktabiga qabul qilinishdi. Buning uchun ular 2 yil davomida maxsus tayyorgarlik ko'rishdi. Keyingi yil tayyorgarlik ko'rayotganlarga foydali bo'lishi uchun bu o'quvchilar haqida ma'lumotlarni ulashaman.
👉👉 @pmtests
Prezident maktabi Asosiy imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!!
✅ Prezident maktabiga qabul qilingan o'quvchilarni bu natijaga erishishi ortida o'quvchining kuchli irodasi va intilishi hamda ota-onalarning va ustozlarning KATTA mehnati va fidoiyligi bor. Ular ulkan maqsadlar yo'lidagi kichik yutuqqa erishdilar. Prezident maktabi katta maqsadlar yo'lidagi kichik vosita bo'lib xizmat qiladi.
✅ Kira olmaganlar esa ULKAN MAQSADLARIGA boshqa vositalar orqali erishishlari mumkin. Bizlar uchun imtihondan o'tganlar ham, o'ta olmaganlar ham ZAMZAM suvi misoli qadrlidirlar. Ular eng muhimi foydali bilim oldilar. Ular olgan bilimlarini mustahkamlab, keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Natijalar chiqishi bilan @PMTESTS jamoamizga foydali materiallarimiz uchun ko'plab ota-onalar minnatdorliklarini bildirmoqdalar. Ayniqsa, O'quv markazlarida o'tkazilayotgan Pullik repetitsion testlar, Katta yutuqli olimpiada va pullik kanallar o'quvchilarning muvaffaqiyat qozonishida katta yordam bergan.
Bugundan Kanalimiz keyingi 2024-2025-o'quv yili uchun o'z faoliyatini boshlaydi😊
👉👉 @PMTESTS
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/
➖➖➖
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Prezident maktabi Asosiy imtihon natijalari bugun kunning oxirida e'lon qilinadi(mi)⁉️
Asosiy imtihon natijalarining e'lon qilinishi 2019-yildan beri biror marta muddatidan (30 kundan) kechikmagan. Shunga ko'ra bugun natijalar chiqishini kutish mumkin. Faqat 2024-yilda odatga aylangan yana bir jihatni inobatga olishni tavsiya qilamiz.
Al-Xorazmiy maktabi 23:49 da va ixtisoslashtirilgan maktablari 23:56 yakuniy imtihon natijalari belgilangan muddatning oxirgi kunining oxirgi daqiqalarida e'lon qilindi.
Balki, bugun ham shunday bo'lar⁉️ Kunning oxirgi daqiqalarigacha kutamiz, agar natijalar chiqmasa, ertaga aniq chiqadi😊.
👉👉 t.me/pmtests
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash_jarayoni
Savol: Kvadrat bo'lmagan, tomonlari butun qiymatdagi to'g'ri to'rtburchakning yuzi 64 cm². Manashunday to'rtburchaklarni qabul qilishi mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik perimetrlar orasidagi farqni toping.
Videoda javobini ham bilib olasiz.
@PMTESTS
💖💖💖💛💛💛
Bugundan e'tiboran kanalimizda KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2024 saralash jarayonlaridagi savollardan video shaklida joylab boramiz.
✅O'quvchilar va OTA-onalarning ko'plab talab va istaklariga binoan 2024-2025-o'quv yilidagi KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ga saralash sentabr oyidan boshlanadi.
Dizayn jamoasi va bilimdon o'quvchilar ishtirokida sahna ko'rinishi
Dizayn jamoasi 9 tadan 4 tani qoldirish muammosini ustalik bilan hal qildi😊.
👉👉 t.me/pmtests