Foydali ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.
30.08.2024 jum'a ma'ruzasidan parchalar
✅ Musulmonlar chet tillarini o‘rganishga targ‘ib qilinadilar. Zukko sahobiylardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuga Payg‘ambarimiz alayhissalom ibroniy tilni o‘rganishni buyurdilar. U kishi 15 kunda bu tilni o‘rganib, yahudiylar bilan bo‘ladigan yozishmalarda kotiblik va tarjimonlik qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
✅ Bugungi kunda yoshlarimiz ingliz, xitoy, rus, arab, nemis, turk tillarini bilishi ularga har jihatdan keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
✅ Ilm olishda ixlos va yaxshi niyat ham juda muhim. Ilm olishdan asosiy maqsad o‘rganganiga amal qilish, o‘zgalarga o‘rgatish, dini, yurti va odamlarga foyda keltirish, halol kasb qilish bo‘lsin.
✅ Musulmon olimlari turli tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishida ham kashfiyotlar qilganki, shulardan bir qismini sizga taqdim qilmoqchimiz.
1. Abu Rayhon Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini deyarli aniq belgilagan.
2. Abu Muso al-Xorazmiy algebra fanining asoschisi bo‘ldi. U kishi kashf qilgan hisoblash algoritmi hozirgi zamonaviy kompyuterlarni kashf qilishga asos bo‘lib xizmat qilgan.
3. Ahmad Farg‘oniy 861 yili Qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi uskunani yasagan va bu qurilma hozirgacha ishlab turibdi.
4. Mirzo Ulug‘bek hukmdor bo‘lishiga qaramay, Samarqandda katta rasadxona qurdirib, o‘z davrining buyuk astronomi bo‘lgan.
5. Nyu’tonga tegishli deb hisoblab kelingan binom formulasini algebraga Umar Xayom kiritgan.
✅ Xulosa shuki, dinimiz bizga ilmning turli sohalarini o‘zlashtirishga buyuradi. Har bir kishi o‘z sohasining bilimdoni bo‘lsin va shu yo‘nalishda musulmonlarga foydasi tegsin, o‘zgalarning og‘irini yengil qilsin. Shuningdek, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan har ota-ona va mutasaddilar qo‘l ostidagi o‘quvchi va talabalarni yuqorida sanalgan zotlardek tarbiya qilishga harakat qilishlari lozim. O‘z navbatida har bir o‘quvchi va talaba o‘tgan ulug‘ ajdodlarimizdan ibrat olib, kelajakda ularning xayrli ishlarini davom ettirishlari kerak bo‘ladi.
✅ Ilm o‘rganish har bir musulmon va muslimaga farzdir. Demak, dunyo va oxiratiga foydasi tegadigan ilmlarni o‘rganish ixtiyoriy ish emas, balki majburiyatdir.
👉👉 t.me/pmtests
#KATTA_YUTUQLI_OLIMPIADA_2024
#saralash
Savol: Kurant soati soat necha bo’lsa shuncha marta bong uradi. Ya’ni soat 8 da sakkiz marta va hokazo. Va har yarim soatda 1 marta bong uradi. Kurant soati 7:55 dan 10:45 gacha necha marta bong uradi?
Videoda javobini ham bilib olasiz.
@PMTESTS
@mathfreecoursebot
Loyiha boti
''Young math leaders'' 1 oylik ta'lim loyihasida ishtirok etish BEPUL
“Young math leaders” loyihasi doirasida @pmtests asoschisi Asrorbek Jumanazarov ustoz 2024-yil imtihonlari haqidagi mulohazalar bilan o'rtoqlashmoqdalar. Siz ham kuzatmoqdamisiz
Читать полностью…‼️2024-yilda natija ko'rsatgan Prezident va al-Xorazmiy maktablariga tayyorlovchi o'quv markazlari bilan tanishing‼️
"AL-JABR" O'quv markazi (Toshkent shahar Chilonzor 6, 3-uy)
☎️ 88 175-70-77, 88-142-70-77
✍️ @Al_Jabr_admini
"Qorako'l Ta'lim o'quv markazi" (Buxoro shahri)
☎️ 97 309-45-67, 97 864-08-08
✍️ @ogabek_07
''Global English School'' o'quv markazi (Farg'ona vil. Qo'qon shahri)
☎️ 90 306-11-00, 93 270-77-55
👉@RustamAxadovich
"Parvoz" o'quv markazi (Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani )
☎️ 90 313-97-98
✍️@TojiyevKarim9798
"DAVR ACADEMY" o'quv markazi (Andijon viloyati Boʻston (Boʻz) tumani)
☎️ 94 677-12-47, 94 131-36-53
✍️@nematjonnumonov
"STUDY HOUSE SCHOOL" o'quv markazi (Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri)
☎️ 97 235-22-42, 91 643-71-33
✍️@IkromCom
"Hashtag" o'quv markazi (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri)
☎️ 91 223-09-14, 90 880-02-33
✍️@uktamov_sunnat
Bugun 20:30 da kanalimizda "Young math leaders" loyihasi bo'yicha Jonli efir bo'lib o'tadi.
Jonli efirda @PMTESTS kanali va @farmonov_piima kanali asoschilari tomonidan start berilayotgan yangi loyiha "Young math leaders" haqida ma'lumotlar berib o'tiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi 2024-2025-o'quv yilida Prezident, Al-Xorazmiy va Ixtisoslashlashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan o'quvchilarga yil davomida yordam beradigan, ularni o'z guruhlarining LIDERLARIga aylanishiga yordam beradigan bilimlarni BEPUL taqdim etish hisoblanadi.
👉👉 t.me/PMTESTS
Turkmanov Feruz, Samarqand shahar Prezident maktabi 1-o'rin. 73 ball. Al-Xorazmiy maktabi Samarqand filiali 88 ball, Ixtisoslashtirilgan maktabga 99,2 ball.
‼️Tartib intizom va to'g'ri tuzilgan rejaga amal qilish muvaffaqiyatga olib boradi.‼️
Turkmanov Feruz 3-sinfligida Noyabr oyidan Samarqand viloyatidagi tajribali ustoz Muxtorov Mirazizda tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. Ustoz mavjud darsliklardan samarali foydalanib quyidagi tartibda o'tishni boshlaydi:
✅ 3-sinf va 4-sinf matematika darsliklarni ishlab tugatishi (1-yil noyabr-yanvar) bilan @PMTESTS kanalida bo'ladigan 30 talik matematika testlarni qoldirmay yechishni boshlaydi. Biroz muddatdan keyin (aprel-may) @PMTESTS kanalida bo'ladigan 10 talik testlar ham qoldirmay yechib boriladi. Shu vaqtdan boshlab imtihon vaqtigacha 30 talik va 10 talik testlar doimiy yechib borilgan.
✅ 2-yil Sentyabrdan men Asrorbek Jumanazarov Feruz bilan online tayyorgarlikni boshladik. Shu vaqt davomida Muxtorov Miraziz ustoz bilan 5-sinf darslik to'liq va 6-sinf darslikning ma'lum qismlarini (sentyabr-noyabr), Mirzaaxmedov masalalar to'plami 4, 5-sinflarni ishlab tugatishadi.
✅ 2-yil tayyorgarlikda Feruz o'quv markazlarda o'tkaziladigan pullik haftalik testlarda muntazam ishtirok etib boradi. Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar bo'yicha "Siz lidersiz" kitoblar to'plamini o'rganib chiqadi. Abituriyentlar uchun nashr qilingan Matematikadan Axborotnomalarning ma'lum qismlarini ko'rib chiqadi.
✅ Ustozlar tavsiyasiga tartibli amal qilgan iqtidorli o'quvchimiz Feruzbek turli olimpiadalarda ham faol ishtirok etdi. Xususan, PMTESTS KATTA YUTUQLI olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib pul mukofotlarini qo'lga kiritdi.
⚡️Mulohaza, agar o'quvchi intizomli va tartibli bo'lsa, imtihonlarda ham hayajonga berilmaydi. Ya'ni imtihon topshirishni navbatdagi bajarilishi lozim bo'lgan ish sifatida ko'radi. Feruzning boshqalardan farqi u qat'iyatli va imtihonlarda ortiqcha hayajonlanmas edi. Bu sinov testlarida bor imtihoniyatini namoyon qilishiga yordam bergan.
Feruz o'quvchimizni shunday qat'iyatli, belgilab olgan ishlarini oxiriga yetkazadigan qilib tarbiyalagan ota-onasiga rahmat aytamiz. Kelgusidagi o'qishlarida ham ulkan zafarlar tilab qolamiz.
👉👉 T.ME/PMTESTS
#tahlil_asosiy_imtihon
2024-yil Prezident maktabi Asosiy imtihonida ballar sezilarli darajada tushgan.
✔️ 2023-yilgi Asosiy imtihon bilan solishtirganda 2024-yildagi o'rtacha o'tish bali 3,3 balga, eng yuqori olingan o'rtacha ballar esa 8,3 balga tushgan. Raqobat kuchayganini hisobga olsak, imtihon savollari murakkablashgan degan xulosaga kelish mumkin.
✔️ 2023-yilda 71 bal bilan, 2024-yilda 67,5 ball bilan eng yuqori o'tish bali Toshkent shahrida kuzatilgan. Surhondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi eng yuqori ballar ham Toshkent shahridagi o'tish balidan oshmaydi.
✔️ Toshkent viloyati, Andijon va Jizzaxda raqobat boshqa viloyatlardan ko'proqqa oshgan. Ya'ni savollar murakkabroq bo'lishiga qaramay ularda o'tish ballari deyarli o'zgarmagan.
✔️ Yuqori ball olish bo'yicha o'z ko'rsatkichini saqlagan viloyat Navoiy hisoblanadi.
✔️ 2024-yil ko'pchilik o'quvchilar Tanqidiy fikrlash savollari oson tushgani haqida yozishgan edi. Ammo, tanqidiy fikrlash natijalarini qoniqarsiz deb baholash mumkin. Respublikamizdagi Asosiy imtihon topshirgan 6720 ta o'quvchidan sanoqli o'quvchilar 16 ta savoldan 10 tadan ko'prog'iga javob berishgan. 12 va undan yuqori topganlari 14 ta, faqat bitta o'quvchi 14 ta savolga to'g'ri javob bera olgan xolos. 15 ta yoki 100% to'g'ri javob bergan o'quvchilar yo'q.
‼️2024-2025-yil imtihonlarga tayyorgarlikda Tanqidiy fikrlashga tayyorgarlik materiallarini qayta ko'rish tavsiya qilinadi‼️
👉👉 T.ME/PMTESTS
⚡️⚡️Prezident maktabi Asosiy imtihoni natijalari‼️
Natijangizni bilish uchun o'zingizning hududingizni tanlang, PDF faylni oching, so'ng "CTRL+F" tugmasini bosib ID ni kiriting:
Toshkent shahri
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg'ona viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpag'iston Respublikasi
Qashqadaryo viloyati
Xorazm viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Surxandaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Global English Schoolda natijalar gapiradi! 😍
⚡️Bizda prezident maktabiga tayyorlov kurslariga qabul ochiq, shoshiling!
📌 English School unikal o'qitish dasturiga ega:
- Tanqidiy fikrlash
- Matematika muammoli masalalar
- Ingliz tili fanlari chuqurlashtirilgan holda o’tiladi.
- Uzoqdan keladigan o'quvchilar uchun yotoqxona ham mavjud.
😎 Ma’lumot o’rnida, maktabimizdan Prezident Maktablariga
2021-2022 o’quv yili: 7 ta
2022-2023 o’quv yili: 8 ta
2023-2024 o’quv yili: 5 ta
2024-2025 o’quv yili: 4 ta
Respublika tayanch ixtisoslashgan maktablariga esa shu kungacha 10 dan ortiq o’quvchilarimiz qabul qilingan.
Murojaat uchun:
📞 +998(90)306-11-00
📞 +998(93)270-77-55
📍 Manzil: Qo'qon shahar, Turon 10. Neft kolleji ichida.
Telegram | Instagram | Facebook | global_englishschool/">TikTok
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab haqida ma'lumot
✅ 2017-yilda tashkil etilgan bu maktabga 4-sinf bitiruvchilari imtihon asosida qabul qilinadi. Maktab Toshkent shahrida joylashgan bo'lib, Andijon, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallari mavjud.
‼️Kelgusida barcha viloyatlarda filiallari ochilishi rejalashtirtirilgan‼️
✅ Maktab zamonaviy standartlar asosida jihozlangan bo’lib, o’quvchilar olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlashlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. Ilmiy laboratoriyalar va namoyish zallari, 500 o’rinli faollar zali zamonaviy jihozlarga ega. 10 ta so’ngi modeldagi kompyuterlar bilan jihozlangan IT labaratoriyalar mavjud.
✅ Maktab va yotoqxona hududida tibbiy markaz va izolyator mavjud. Maktabning sport majmuasi barcha zarur jihozlar bilan jihozlangan. 125 nafar o’quvchiga mo’ljallangan, 3000 dan ziyod badiiy adabiyotga ega bo’lgan kutubxona faoliyat ko’rsatadi. Robototexnika va sxemotexnika xonalari barcha zaruriy texnika bilan jihozlangan.
✅ Ushbu maktab qabul imtihonlarida o'quvchilar matematika va ingliz tili fanlari dan test sinovlarini topshiradilar.
👉👉 t.me/pmtests
Loyiha botidan foydalanish va guruhga qo’shilish borasida Abrorjon Farmonov ma’lumot bermoqda.
Siz ham kuzatmoqdamisiz?
Loyiha organizatorlari:
@pmtests
@farmonov_piima
''Young math leaders'' loyihasi haqida @farmonov_piima asoschisi Abrorjon Farmonov ma'lumot berib o'tmoqda.
Читать полностью…📣E’tiboringiz markazida ‘’Young math leaders” loyihasi
📌Bu loyihada siz Respublikaning eng katta auditoriyaga va kuchli tajribaga ega boʻlgan ustozlaridan 1oy davomida bepul ta’lim olasiz🎉
Siz Prezident, Al-Xorazmiy yoki Ixtisoslashtirilgan maktablarga topshirmoqchimisiz? Unda bu loyiha siz uchun 🎁
✅ O'quv markazlaridagi tayyorlov guruhlari va maktabdagi sinfning eng lider o'quvchilari bo'lish uchun;
✅ Yil davomida oson va samarali tayyorlanishga imkon beruvchi bazaviy bilimlarga ega bo'lish uchun;
✅ Mavjud tayyorgarlikdan chalg'imagan holatda, imtihon natijalarini oshirishga yordam beruvchi eng muhim ko'nikmalarga ega bo'lish uchun
Loyihamizda ishtirok qilish uchun quyidagi havola orqali qoʻshiling👇👇👇
/channel/mathfreecoursebot?start=_NTE0ODMwODY5
Nosirov Ibrohimjon. Farg'ona shahar Prezident maktabi 1-o'rin. Al-Xorazmiy maktabi 7-o'rin, Ixtisoslashtirilgan maktabga 1-o'rin.
‼️O'quv markazlarida o'tkaziladigan Pullik repetitsion testlar tajriba orttirish, bilimlarni mustahkamlash, haqiqiy imtihonda hayajonlanmaslikni ta'minlaydi‼️
Nosirov Ibroximjon mening o'quvchim emas. Ammo, 2021-yil va 2023-yil 1-o'ringa qabul qilinganlar mening o'quvchilarim edi😊. Butun boshli viloyatdagi o'quvchilar orasida Prezident maktabiga 1-o'ringa qabul qilingan o'quvchilar haqidagi ma'lumotlar ko'pchilikka qiziq deb o'ylayman.
Sindarov Asadbek. Samarqand shahar Prezident maktabi 10-o'rin. 59 ball. Al-Xorazmiy maktabi Samarqand filiali 80,6 ball, Ixtisoslashtirilgan maktabga 90 ball.
‼️Farzandiga vaqt ajratolmaydigan ota-onalarning har qanday bahonasi bekor...‼️
Asadbek o'quvchimizning yuqori natija ko'rsatishida dadasining farzandlari ta'limiga e'tiborini eng asosiy omil deb hisoblayman. 2022-yilda CURIOSITYda tayyorlanib Prezident maktabiga kirgan qarindoshiga havas qilib, 3-sinfdan boshlab bizda Asadbek va akasi Elbek (sinflari teng) 2 yil davomida online tayyorlandi.
Asadbek va Elbekning dadasi Tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i bo'lishiga va eng yuqori hajmdagi ish normasini bajarishiga qaramay farzandlari bilan birgalikda dars tayyorlab, ularning doimiy nazoratini olib borgan. Tayyorgarlikni 2-sinf 3-chorakdan Peterson 2-3-sinf darsliklarini ishlashdan boshlashgan. Asadbek 5,5 yoshdan boshlab shaxmat bilan shug'ullangan va bir qancha musobaqalarda faol ishtirok etgan. Bu imtihonlarda hayajonlanmaslik va intizomli bo'lishga o'rgatgan.
O'quvchimizning dadasi qayerda olimpiadalar bo'lsa, qoldirmasdan olib borgan. Kenguru olimpiadasi, Samarqand, Navoiy va Jizzaxdagi offline olimpiadalar. Farzandlariga sifatli ta'lim bera oladigan eng yaxshi markazlarga (EDU-HILOL va Bulung'ur Education) olib bordi. Natijada, Asadbek Toshkent shahrida o'tkazilgan PMTESTS katta yutuqli olimpiadasida ham sovrindorlardan bo'lgan.
Ikki yillik tayyorgarligimiz davomida Asadbek va Elbek PMTESTS jamoasining barcha testlarida faol ishtirok etib borishdi. Dadasining alohida e'tibori sabab Elbek ixtisoslashtirilgan maktab, Asadbek esa Al-Xorazmiy va Prezident maktablar imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi.
O'quvchilarimizga kelgusida ota-onasi orzu qilgan yetuk shaxslardan bo'lishini tilab qolamiz. Ota-onalar qilgan mehnatlari samarasidan nafaqat o'zlari, balki butun O'zbekiston bahramand bo'lishini, o'quvchilarimiz butun xalqimizga foyda keltiradigan kadrlar bo'lganini ko'rish bizga ham nasib etsin!
👉👉 T.ME/PMTESTS
Prezident maktabiga tayyorgarlikni 3-sinfdan boshlash kerak.
Rasmdagi ikki o'quvchi Turkmanov Feruzbek (rasmda o'rtada) va Sindarov Asadbek (rasmda o'ng tomonda) 2024-yil Katta yutuqli olimpiadamizning g'oliblaridan bo'lgan edi. Ularning ikkisi ham Samarqand shahar Prezident maktabiga qabul qilinishdi. Buning uchun ular 2 yil davomida maxsus tayyorgarlik ko'rishdi. Keyingi yil tayyorgarlik ko'rayotganlarga foydali bo'lishi uchun bu o'quvchilar haqida ma'lumotlarni ulashaman.
👉👉 @pmtests
Prezident maktabi Asosiy imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!!
✅ Prezident maktabiga qabul qilingan o'quvchilarni bu natijaga erishishi ortida o'quvchining kuchli irodasi va intilishi hamda ota-onalarning va ustozlarning KATTA mehnati va fidoiyligi bor. Ular ulkan maqsadlar yo'lidagi kichik yutuqqa erishdilar. Prezident maktabi katta maqsadlar yo'lidagi kichik vosita bo'lib xizmat qiladi.
✅ Kira olmaganlar esa ULKAN MAQSADLARIGA boshqa vositalar orqali erishishlari mumkin. Bizlar uchun imtihondan o'tganlar ham, o'ta olmaganlar ham ZAMZAM suvi misoli qadrlidirlar. Ular eng muhimi foydali bilim oldilar. Ular olgan bilimlarini mustahkamlab, keyinchalik katta muvaffaqiyatlarga erishadilar.
Natijalar chiqishi bilan @PMTESTS jamoamizga foydali materiallarimiz uchun ko'plab ota-onalar minnatdorliklarini bildirmoqdalar. Ayniqsa, O'quv markazlarida o'tkazilayotgan Pullik repetitsion testlar, Katta yutuqli olimpiada va pullik kanallar o'quvchilarning muvaffaqiyat qozonishida katta yordam bergan.
Bugundan Kanalimiz keyingi 2024-2025-o'quv yili uchun o'z faoliyatini boshlaydi😊
👉👉 @PMTESTS