piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

44448

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 info@piima.uz ☎️ +998(71)207-40-48

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Tayinlov

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

✅ Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi maktablariga qabul jarayonlari mahalliy ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi:

(6-12-iyul, 2025-yil)

HUDUD - MY5 TV — Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi o'tkazildi
O'zbekiston24 telekanali — Prezident maktablariga qabul imtihoni jarayonlari
HUDUD - MY5 TV — Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi o'tkazildi
"Sevimli" telekanali — Prezident maktablariga kirish imtihonlari boshlandi
"TOSHKENT" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul va imtihonlar
"TOSHKENT" telekanali —"Poytaxt" Informatsion dasturi
"TOSHKENT" telekanali — "Poytaxt" Informatsion dasturi
"TOSHKENT" telekanali — "Poytaxt" Informatsion dasturi
"YOSHLAR" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabiga 1-bosqich qabul imtixonlari tashkil etildi
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul va imtihonlar
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul va imtihonlar
"O'zbekiston 24" telekanali — Prezident maktablariga kirish imtixonlari
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalariga qabul va imtihonlar
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga qabul va imtihonlar
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtixonlari
"O'zbekiston 24" telekanali — Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
Madaniyat va ma'rifat telekanali - Prezident maktablariga kirishning 1-bosqich imtixonlari bo‘lib o‘tdi
UzReport - "Jasorat maktablari" uchun qabul imtihonlari oʻtkazildi
UzA2025-2026 ўқув йили учун “Жасорат мактаблари”га биринчи босқич қабул имтиҳонлари бошланди
UzA — Ихтисослаштирилган мактаблар учун қабул имтиҳони бўлиб ўтди
UzA — Таянч ихтисослаштирилган мактабларга кириш имтиҳонлари бўлиб ўтмоқда

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ochiq_muloqot

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov ishtirokida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-ustozlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🌐 Unda mas'ullar va oliygoh pedagogik jamoasi ishtirok etdi hamda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ochiq muloqot davomida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan Alisher Ubbiyev institut jamoasiga tanishtirildi.

Shundan so‘ng, vazir Hilola Umarova institut muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi va mazkur oliygoh qoshida tashkil etilgan 90 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotini ko‘zdan kechirdi.

🌐 Unda ta'lim tashkilotida yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, o‘z takliflari bilan bo‘lishdi.

Uchrashuvda, shuningdek maktabgacha ta’lim yo‘nalishida klaster usulida kadrlar tayyorlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: foydalanishga topshirish arafasida turgan mazkur MTT institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qurib bitkazilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma

✅ Milliy dasturga ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

💥Dunyoning nufuzli oliygohlarida talaba bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimizni Milliy dasturda kutib qolamiz.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

⚡️
Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

✅ Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
🔹Prezident maktablari bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari.

✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul tilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Qabul davom etmoqda. O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#grantlar #qabul

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔴 Bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📸 Rasmlarda Toshkent shahri hamda hududlardan lavha.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025 
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

📹 Jarayonlar haqda batafsil videoda.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2025/2026 oʻquv yili uchun qabul imtihoni yakunlandi

☑️ Bugungi qabul imtihoni jarayonlaridan fotoreportaj.

🎗Imtihonda ishtirok etgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#imtihon #exam

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025

🤩 “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihoni 5-iyul kuni, soat 11:00 da boshlanadi.

💫Imtihonda qatnashish uchun siz ruxsatnoma (qog‘ozga chop etilgan holda) va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzilga, imtihon vaqtidan bir soat oldin yetib kelishingiz kerak.

📥 Ruxsatnomani ushbu havola orqali shaxsiy kabinetingizga kirib, “Permit card” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin:
🌐 https://admission.newuu.uz

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bogʻcha #MTT

Bugun poytaxtimizdagi 567-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ta’mirdan chiqqan yangi binosi
foydalanishga topshirildi.

Marosimda ishtirok etib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdik, bolajonlar bilan suhbatlashdik.

420 nafar tarbiyalanuvchi quvvatiga ega bo‘lgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 1990-yilda ish faoliyatini boshlagan, ancha ta’mirtalab holatda edi. Endi esa bino bolajonlar foydalanishi uchun barcha qulayliklarga ega.

To‘liq ta'mirdan chiqarilgan yangi binoda zamonaviy faollar zali, logoped xonasi, futbol maydonchasi, bolalar yozgi ayvoni kabilar mavjud.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#sport_maktablari

🤩 BAHODIR JALOLOV HAMDA OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Sport maktablarining kirish imtihonlari 10–20-iyul kunlari o‘tkaziladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2025
#ijod_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 2-bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

🗣Ma’lumot o‘rnida: ijodiy suhbat — imtihonning 2-bosqichi bo‘lib, unda tanlangan bilet savolini qay darajada tushunishi, badiiy asar yuzasidan kreativ fikrga ega ekanligi, ijodiy, tanqidiy fikrlashi, shuningdek, o‘quvchining ijodiy qobiliyatini namoyon etuvchi portfoliosi asosida baholanadi.

📸Suratlarda hududlarda boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlari.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi

🤩 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📍Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazildi.

⚡️Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.

🏆 Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan quyida tanishing:

🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025

🤩 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari mamlakatimizning 13 ta hududida bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 16 532 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan.

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etildi.

📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025 

🤩 Ijod maktablarining 3-bosqich hamda Al-Beruniy nomidagi xalqoro maktabiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Ma‘lumot uchun, ijod maktablarining 1- va 2- bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 2-bosqich kirish imtihoni to'g'risida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Abu Ali ibn Sino hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari qabul imtihonlarining 2-smenasi bo‘lib o‘tdi.

📸 Jarayondan suratlar.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Abu Ali ibn Sino hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari qabul imtihonlarining 2-smenasi boshlandi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025

🔴 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo’lib o‘tmoqda.

Bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va filiallariga hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari tashkil etiladi.

📊 Ma’lumot o‘rnida: tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 62 497 ta ariza kelib tushgan.

Bitta o’ringa 38 nafar talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

Xususan:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 55 154 ta;
📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 4 250 ta,
📍Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga– 3 093 ta hujjat kelib tushgan.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025

🤩 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

🗣Ma‘lumot uchun, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 3 093 ta hujjat kelib tushgan.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Imtihon_2025

🔴 “Yangi O’zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari boshlandi.

🌐 Jarayonlarni
JONLI EFIRda kuzatib borishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ixtirochilikka_qadam
#Respublika_bosqichi

🤩 “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining buyrug'iga binoan Islam El Hadariy Al-Xorazmiy universiteti faxriy prezidenti etib tayinlandi.

✨ Islam El Hadariy bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti bo'lim boshlig'i va Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektorining xorijiy maslahatchisi lavozimlarida ishlab kelgan.

🎗 Islam El Hadariyni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#faxriyprezident

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tayinlov

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining buyrug'i bilan Islamov Murotjon Xikmat o'g'li Al-Xorazmiy universiteti ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

🗣 Murotjon Islamov bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Fan olimpiadalari markazida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

💫 Murotjon Islamovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ixtirochilikka qadam tanlovining respublika bosqichi
#Oʻzbekiston24

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Mazkur maktabning 1-bosqich kirish imtihonlari 12-iyul kuni 13 ta hududda tashkil etiladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, 1-bosqich imtihonlari Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi. Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

🗣Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar saralab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 10–12-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.