piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#kasbiy_rivojlanish_treningi
#PD

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida "O’quvchilarni ilmiy tadqiqotga asoslangan loyiha ishlariga jalb etish" mavzusida kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#maktabimiz_3_yoshda

🤩 Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi 3 yoshda!

📍Termiz shahridagi Prezident maktabi 2021-yil 1-noyabrda tashkil etilgan.


Oʻtgan muddat davomida mazkur taʼlim maskani oʻquvchilari fan olimpiadalarida va turli tanlovlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi. Maktab bitiruvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda respublikamizdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga qabul qilindi.

Bu yerda zamonaviy metodlar va texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, yoshlarni innovatsion fikrlash va kreativlikka rag‘batlantirmoqda. Shu bilan birga, o‘qituvchilar jamoasi ham yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topgan. Barcha xodimlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga, ularni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining 3 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktablari

🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostoda ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun III Incheon ta’lim festivalining yopilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston ta’lim delegatsiyasi a’zolariga faol ishtiroklari uchun mezbon davlat tomonidan alohida minnatdorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki do’st mamlakat o’rtasida barcha sohalar kabi shiddat bilan rivojlanib borayotgan ta’lim yo’nalishida ham yanada yaqindan va izchil o’zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar so’nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan keng islohotlarni e’tirof etar ekan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Agentlikka do’stona munosabatlar uchun o’z tashakkurlarini izhor etishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Postning davomi👇

➖Tanlovga qatnashuvchi oʻqituvchilar qaysi fan oʻqituvchisi boʻlishidan qatʼiy nazar chet tilini bilish talabi qoʻyilsin, chunki zamonaviy ustoz oʻz tilidan tashqari chet tilini ham bilishi kerak. Eng asosiysi, bu tanlovda oʻqituvchining ishtirok etish, etmasligini maktab direktori yoki yuqorida turgan shaxslar belgilamasligi kerak.

➖Avval test, keyin taqdimot va suhbat eng oxirida esse yozish masalan oʻqituvchi taʼlim sifati va samaradorligi ga qanday hissa qoʻsha oladi, qanday yangiliklar qiladi. Esse esa dunyo tajribasida bor va aniq baholash mezoni.

➖Oʻqituvchiga beriladigan savollar tanlov kuni respublikadan yuborilsa hech kimni savolni oldindan olib tayyorlanishiga imkon qolmasdi va bu ham adolatni taʼminlar edi.

➖Barcha ishtirokchilar bir xil talablar va mezonlar asosida baholanishi kerak. Masalan, oʻqituvchining kasbiy yutuqlari, innovatsion metodlari va oʻquvchilar bilan ishlashdagi samaradorligiga diqqat qaratish mumkin. Mustaqil ekspertlar guruhi tanlov jarayonini kuzatib borishi va noxolisliklarni oldini olish uchun monitoring qilib borishi kerak. Oʻqituvchining jamoatchilikdagi nufuzi, oʻquvchilar va ota-onalar bilan munosabatlari va jamoatchilik hayotidagi faolligiga ham eʼtibor berish zarur.

➖Tanlov shartlari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, hakamlar boshqa tumandan, boshqa viloyatdan boʻlishi shart. Yaʼni Gʻijduvon tumanida bosqichi boʻladigan boʻlsa, oʻqituvchi ochiq dars oʻtadimi yoki biror fanga oid taqdimot tayyorlaydimi, uni Gʻijduvon tumanidagilar emas, boshqa tumandagilar tekshirishsin. Yoki tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi anonim boʻlib turadigan shartlar boʻlsin.

➖Tanlov jarayonida ota-onalar, mutaxassislar va oʻqituvchilar hamda taʼlim sohasi vakillari oʻz fikrlarini bildira oladigan tizim boʻlishi kerak!

➖Oʻqituvchi chet tili yoki matematika, informatika, oʻzbek tili fanlaridan dars bersa u yil davomida nechta oʻquvchini milliy yoki xalqaro sertifikatga ega qilsa aynan shu koʻrsatkichi hisobiga tanlov gʻolibi deb topilsa, bu ham maktabga ijobiy natija ham oʻquvchilar orasidan bilimli va sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar sonini ortishiga hissa qoʻshgan boʻlar edi.

P/S: Aytganimdek, biz uchun har bir fikr, taklif qadrli. Botga kelgan barcha taklifni shaxsan o‘zim va jamoamiz o‘qib boryapmiz 😊

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xorijiy_hamkorlik
#Koreya

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar vakillaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo’lib turibdi.

Bugun Koreya Respublikasining Incheon xalqaro maktablar kampusiga ta’lim sayohat uyushtirildi. Unda mazkur maskanning direktori xalqaro maktab haqida to’liq ma’lumot berdi. Shundan so’ng, malakali mutaxassislar tomonidan maktab bo’ylab ekskursiyalar tashkil qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida III Incheon ta’lim festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda jahonning 20 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 50 dan ortiq ta’lim tashkilotlari qatorida Agentlik delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.

Agentlik delegatsiyasining Koreya Respublikasiga safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yangi_baholash_tizimi

⚡️MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGICHA BAHOLASH TIZIMI

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi maktablarga yangi baholash bo‘yicha biriktirilgan umumta’lim maktablarining rahbarlari va mas’ul ustozlari uchun "Mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimi" mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

📍Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tayotgan seminar-trening jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

🤩 Agentlik tizimidagi Qoʻshkoʻpir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati haqida
#XorazmMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️ NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORI BILAN UCHRASHUV

O‘zbekistonga ilk marotaba kelgan fransiyalik olim, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan Jan Tirol Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Maktab haqida ijobiy taassurotlar olgan Jan Tirol bu yerdagi o‘quvchilarning shijoati va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi uni hayratga solgani haqida ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#raqamlashtirish

Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

Natijada:

oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;

Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;

har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;

Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️ XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA AʼZOLIK UCHUN MUHIM QADAM

🤩 Agentligimiz tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning  soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi bo‘lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#sport_maktablari
#xalqaro_turnir

🥊Oqsoy shahrida (Qozog‘iston) sportning boks turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Dostiq-Drujba” kubogi XXVI an’anaviy xalqaro turnirida boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi ishtirok etishdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin va 2 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro turnirda Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘quvchi-sportchilari O‘smanov Abbos 46 kg vaznda, Fozilov Fayoziddin 63 kg vaznda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Musobaqaning 46 kg vazn toifasi g‘olibi O‘smanov Abbos musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichi 1-tur natijalari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol kutib olindi

✅ Xabar qilinganidek, joriy yilning 14-16-oktabr kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo universitetlari forumi tashkil etilmoqda.

➖ Ayni vaqtda Forumning asosiy ishtirokchilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol Oʻzbekistonga yetib keldi. U Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.


👉 Maʼlumot uchun: Jan Tirol Forum doirasida Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari uchun hamda ochiq muloqot tarzida maʼruza qilishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

science fani oʻqituvchisi;
media toʻgaragi rahbari;
koreys tili toʻgaragi rahbari.

‼️Talablar:
Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va ma’lumotlardan xabardor boʻlishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

🟢Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar.

📥 Hujjatlarni ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin:   

📞+998970242232

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ChSB

🤩 Respublika bo’ylab Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi tatbiq etilgan umumta’lim maktablarida markazlashgan holda chorak bo’yicha summativ baholash – ChSB sinovlari bo’lib o’tdi.

ChSB sinovlarini o’tkazilishiga ko’mak berish, olib borilayotgan baholash jarayonlarini tashkil etish yuzasidan Agentlik mas’ullari hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori D.Davidova tomonidan Sergeli tumanidagi 300-sonli umumta'lim maktabida tahlillar olib borilib, metodik tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi quyidagi yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

Science (tabiiy) fani oʻqituvchisi;

📝Talablar:
Oliy maʼlumotli;
Pedagogika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
Oʻz sohasiga tegishli masalalar boʻyicha axborot va maʼlumotlardan xabardor boʻlishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

🟢Imkoniyatlar:
Ahil va professional jamoa;
Doimiy malakaviy oʻsish;
Iqtidorli oʻquvchilar;
Xalqaro konferensiya va treninglar.

🗂 Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
•  bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

📥 Hujjatlarni joriy yilning 10-noyabr kuniga qadar ushbu bot  @ToshkentPM_bot orqali yuborishingiz mumkin.   

📞 Murojaat uchun: +99890 397 78 40

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkiliy masalaga doir yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori oʻqib eshittirildi. Unga koʻra hozirga qadar Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

Sherzod Karimov uzoq yillar davomida taʼlim tizimida, xususan, 2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ijtimoiy yoʻnalishlariga doir qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Yigʻilish soʻnggida vazirlik jamoasi Sherzod Karimovga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bir hafta avval, kanal orqali “Yil oʻqituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagoglarimiz fikrlari bilan qiziqqan edik. Murojaat botimizga qisqa muddatda mingdan ortiq takliflar keldi, haliyam kelishda davom etmoqda. Ular orasidagi ayrim takliflar e’tiborimizni tortdi:

➖Tanlovni onlayn test shaklida oʻtkazish adolatli boʻladi, xuddi toifa test sinovidagidek. Natijalar ham oʻsha vaqtdayoq chiqsa nomzodlarda ortiqcha savollar qolmaydi. Nazorat ham toifa test sinovidagidek tashkillashtirilsa, menimcha, shaffof va adolati boʻladi.

➖Alohida platforma yaratilishi kerak. Test ham, oldingi natijalar ham platformaga joylanishi kerak. Tanlovni platforma oʻtkazishi kerak. Ochiq darslarni internet va telekanallar orqali onlayn translyatsiya qilish kerak.

➖2016-yil “Yil oʻqituvchisi” tanlovida qatnashganman. Oʻshanda notanish maktabda dars berib, pedagogik mahoratimizni koʻrsatgan edik. Pandemiyadan keyin esa internetda ovoz toʻplash “moda”ga aylandi. Menimcha, biz musobaqani oʻtkazishning oʻsha “jonli” shaklini qaytarishimiz kerak.

➖Hujjatbozlik kam boʻlishini soʻramoqchiman, masalan testmi testga borib yechib kelish kerak, ish staji necha yil, toifasi nechchi, maktab direktoridan tavsifnoma kabi ortiqcha hujjatlar talab qilmanglar, iltimos.

➖Oʻqituvchilarni har tomonlama baholash uchun terma sinf tuzib ushbu sinfga dars oʻtishlarini aytish hamda eng soʻnggida qaysi oʻqituvchi sifatli bilim berganligini aniqlash uchun oʻquvchilarni suhbat va test qilish kerak.

➖Taʼlim sohasida haqiqatan ham fidoyi ustozlarni tanlab olishda jamoatchilik fikri inobatga olinishi lozim. Korrupsiyani oldini olish uchun mustaqil ekspertlar tarafidan har bir nomzodning yillar davomida xalq taʼlimini rivojlantirishga qoʻshgan hissalari oʻrganib chiqilsa maqsadga muvofiq boʻlardi. Bunda nomzodlar tarafidan maʼlumotlarni yashirish yoki boʻrttirib koʻrsatish holatlari aniqlansa, ularga va maktab maʼmuriyatiga qatʼiy chora koʻrish lozim.

➖Respublika bosqichini televideniye orqali savol-javob tarzida oʻtkazish kerak va har bosqichda boshqa-boshqa hakamlar hayʼati boʻlsin.

➖Oʻqituvchining staji ahamiyatsiz qilib qoʻyish kerak. Chunki shunday yoshlarimiz bor shijoatga toʻla, pedagogik mahorati ham juda zoʻr, hattoki 20-yillik stajga ega pedagoglardan ham yaxshiroq natijalar koʻrsata oladi. Oʻqituvchining unvonlari ham asosiy jihat qilib koʻrsatilmasligi kerak.

➖Men tanlovda faqat oʻqituvchini oʻzini emas, oʻquvchilarini natijalarni ham oʻrganish, natijalar asosida maʼlum bir ball qoʻyishni taklif qilmoqchiman, chunki har bir daraxtni mevasiga qarab baho beriladi, oʻzi qanchalik koʻrkam boʻlmasin, yaxshi meva bermasa, u qadrli boʻlmaydi.

➖Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ustozlar maʼlum muddat oraligʻida biror platformada roʻyxatdan oʻtishlari, xuddi vazir ustamasidagi kabi (qiyinligi ham shu darajada) 30 ta test mutaxassislik fanidan, 10 ta test pedagogik mahoratdan boʻlib, keyingi bosqichga oʻtish balli belgilanishi kerak.

➖Birinchi bosqich test boʻlsin. Testda 80% dan kam ball olsa ikkinchi bosqichga qoʻyilmasin. Fan olimpiadasini savollarni kabi savollardan tuzilsin. Baholash jarayoniga layk bosish yoki ovoz toʻplash kabi oʻqituvchining oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarni qoʻshmaslik kerak.

➖ “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oʻqituvchining erishgan yutuqlariga qaralsa, ixtisoslashgan maktab oʻqituvchilarida imkoniyati koʻproq boʻladi. Chunki ular saralangan oʻquvchilarga bilim berishmoqda. Shuning uchun oʻqituvchilarga oʻz fani va metodlar boʻyicha testlar, topshiriqlar berilsa adolatliroq boʻladi. Oʻz fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar darajasidagi topshiriqlar berilsa nur ustiga aʼlo nur.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#sport_maktabi

Joriy yilning 20-28-oktyabr kunlari Qarshi shahrida boks bo‘yicha kichik o‘smirlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 7-sinf o‘quvchisi Ulug'bek Soliyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, 8-sinf o‘quvchilari Aslbek Ro‘zimboyev, Sardor Rajabboyev, Samoyiddin Furqatov, 7-sinf o‘quvchilari Dilshod Jo‘raqulov, Ziyodulla Akromjonov, Aslbek Abdujalolov bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

O‘quvchilarimizga kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Attestatsiya

Vazirlik tizimdagi taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka sinovidan oʻtkazilmoqda

Xabar qilinganidek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, joriy yilning oktabr-noyabr oylarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka test sinovlaridan oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun:
joriy sinovlarda ishtirok etish uchun 190 mingdan ortiq talabgor pedagoglardan ariza kelib tushgan. Ulardan 153 ming nafardan ortigʻi test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1817
_________
Foto: joylarda oʻtkazilayotgan malaka sinovlari jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon

🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabida hudud iqlimiga hamda kuz mavsumiga mos bo‘lgan gul ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.

🌱 "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida maktabning Eco-qo‘mita a’zolari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi hamda maktab hududiga mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.

Maʼlumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida taʼlim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona koʻchat ekishni tashkil qilish topshirilgandi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

Tizimga doir navbatdagi muhim vazifalar belgilab olindi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Unda tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, navbatdagi attestatsiya hamda “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish jarayonlari muhokama qilindi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

📍 Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish maqsadida hozirga qadar 6 ta ta’lim xizmatlari elektron platformasi yaratilganligini qayd etdi.

➖ Qayd etilganidek, xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, olimpiadalar ishtirokchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirib boradigan elektron platforma hamda buyuk allomalar nomi bilan o‘tkaziladigan xalqaro fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

❗️Muhokamalar davomida 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi kutilayotgan Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi, 2026-yilgi 38-xalqaro informatika (IOI) va 58-xalqaro kimyo olimpiadasini (ICHO) oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy va kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan muhim masalalar tilga olib oʻtildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1814

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#AQSH
#Fulbright

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabining oʻquv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Muborak Hazratqulova AQShda amaliyot oʻtamoqda.

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun AQShda 6 hafta davomida amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etuvchi The 2024 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program dasturini eʼlon qilgan edi.

Muborak Hazratqulova ham ushbu dasturda ishtirok etib, ayni vaqtda AQSHning Kolorado shtatida Shimoliy Kolorado Universitetida malaka oshirish kursida qatnashmoqda va Amerika maktablarida tajriba almashmoqda.

Mazkur dastur doirasida oʻzbek madaniyati va anʼanalari amerikalik maktab oʻquvchilariga tanishtirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vatan_tayanchi

📍Termiz shahridagi "Vatanparvar” xiyobonida Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Surxondaryo viloyatida joylashgan 18 ta: Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 360 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchibolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolariga koʼkrak nishoni topshirildi

#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#zakovat

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan lavhalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Luciano Rezzolla tomonidan ochiq ma’ruza oʻtkazildi

🌐 Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida mashhur ilm-fan vakillari tomonidan ma’ruzalar boshlandi.

✅ Bugun “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan mashhur olim Luciana Rezzolla bilan Samarqand davlat universiteti hamkorligida ochiq ma’ruza tashkil etildi.

🌌 Ma’ruza yoshlar uchun eng qiziq mavzulardan hisoblangan Qora tuynuklar haqida oʻtkazildi. Unda olim “Interstaller” filmida ilgari surilgan ilmiy faraz, ya’ni qora tuynuklarda oʻtgan 1,5 sekund yerdagi bir kunga teng ekanligining haqiqatga yaqinligini tushuntirib berdi.

📚 Tadbir akademik Bobomurot Ahmedov tomonidan ochib berilib, unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ochiqmaruza #LucianoRezzolla #astrofizika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал