#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/
➖➖➖
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonidan suratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika va sport gimnastikasi yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.
Birinchi bosqichda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 399 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
#OAV_biz_haqimizda
Fakt 24 | Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport mahorati maktablariga qabul
#26aug #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ERTAGA, 27-AVGUST KUNI BOSHLANADI.
🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:
📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
👋😊 Xayrli tong!
🏁 Yosh eko-chempionlar hamjamiyati uchun ta‘lim oromgohi yakunlandi. Trening natijasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan ishtirokchilar tengdoshlarining iqlim o‘zgarishi va mas’uliyatli barqaror harakatlar haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, kirib kelayotgan o‘quv yili davomida o‘z jamoalarida eko-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha rejalari va taktikalarini ishlab chiqdilar.
🤞 Ularga omad tilaymiz va muvaffaqiyatlarini kuzatib boramiz!
🤝 Va eng muhimi: har bir hududda ularning tashabbuslariga qo‘shiling!
🌳 Birgalikda o‘lkamizni toza va yashil qilamiz!
~~~
👋😊 Доброго утра!
🏁 Завершился образовательный лагерь для сообщества Молодых эко-чемпионов. В результате тренинга, участники из всех регионов Узбекистана разработали планы действий и тактику, как они будут повышать информированность своих сверстников об изменении климата и ответственном устойчивой поведении, а также организовывать экомероприятия в своих сообществах в течении наступающего учебного года.
🤞 Пожелаем им удачи и будем следить за их успехами!
🤝 И главное: присоединяйтесь к их инициативам в каждом регионе!
🌳 Вместе мы сделаем наш край чистым и зелёным!
🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
#imtihon_2024
#sport_maktablari
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.
❗️Mazkur sport maktablariga uzoq hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar 26-avgust sanasidan quyidagi manzillardagi yotoqxonalarga joylashishlari mumkin:
✅ Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:
📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasi. (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).
✅ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:
📍Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy 4-tor ko'chasi, 38-uy)
‼️Diqqat! Sport maktablariga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi!
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#umumxalq_xayriya_hashari
“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi
Universitetda birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun har yili an’anaviy tarzda Tanishtiruv haftaligi oʻtkazilib, talabalarni universitet hayoti va ta’lim jarayonlariga moslashtirish maqsad qilingan.
Tanishtiruv haftaligining oxirgi kunida “Talabalik muborak” deb nomlangan tadbir tashkil etilib, unda oʻtgan o‘quv yili davomida koʻplab yutuqlarga erishgan faol talabalar turli nominatsiyalarida taqdirlandi.
Shuningdek, Talabalar kengashi prezidenti inauguratsiyasi va hafta davomida tashkil etilgan turli intellektual oʻyinlar va sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan 1-bosqich talabalari ham taqdirlandi.
Yangi oʻquv yili davomida talabalarimizning oʻqishlariga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Bugun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining taqdirlash marosimini oʻtkazdik.
Mazkur tanlov qisqa muddatda ommalashib ulgurdi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2023/2024 oʻquv yilida oʻtkazilgan tanlovda 6 442 ta maktabning 32 210 nafar oʻquvchisi qatnashgan. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda 110 mingga yaqin oʻquvchilar oʻz bilimlarini namoyon etdi.
Oʻn minglab qorakoʻzlarimiz qamrab olingan tanlovning yakuniy final bosqichiga yetib kelishning oʻzi katta gʻalaba.
Gʻoliblar, bugungi kun qahramonlarimiz bilan tanishing:
1-oʻrin Jizzax viloyati, Jizzax shahri 22-maktab jamoasi,
2-oʻrin Namangan viloyati, Chortoq tumani 53-IDUM jamoasi,
3-oʻrin Toshkent shahri, 110-IDUM jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblariga medallar hamda egallagan oʻrniga mos ravishda 300 mln soʻm, 400 mln soʻm hamda 500 mln soʻmlik pul mukofotlari topshiriladi.
Shuningdek, Prezident sovgʻasi sifatida Respublika bosqichi barcha ishtirokchilari va ularning ustozlari, jami 84 nafar oʻquvchi va pedagoglar oʻz bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish uchun xorijga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Shuni bemalol aytish mumkinki, ushbu tanlov sabab xorijiy tillarni oʻrganish jarayoni maktablarimizda umummilliy harakatga aylandi.
Yana bir quvonarli statistikani keltirsam, chet tilini bilish sertifikatiga ega boʻlgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.
Bugungi tanlovda gʻolib boʻlgan barchani tabriklayman. Aziz yoshlar, oʻquvchilar xorijiy tillarni oʻrganishdan charchamang!
#diqqat_eʼlon
🔔PEDAGOG OʻQITUVCHILAR DIQQATIGA!
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi boʻsh ish (vakant) oʻrinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.
📝Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari oʻtkaziladigan binolarida boʻlib oʻtdi.
🟢Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadigan hamda tanlovning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga!
📍Tanlovning 3-bosqichi joriy yilning 23-24 avgust kunlari hududlardagi PREZIDENT MAKTABLARIDA suhbat boʻlib oʻtadi:
🪪 Tanlovning 3-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga oʻzingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishini eslatib oʻtamiz.
☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
#Эълон
Raqamli аvlod Respublika inklyuziv IT oromgohi: zamonaviy kasblarni biz bilan birgalikda o‘rganing!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Raqamli avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi" tashkil etilmoqda.
❗️O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan mazkur tadbir 26-30-AVGUST kunlari Toshkent viloyatining 'Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tadi
🚌Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul, Toshkent shahridan oromgohgacha bo‘lgan transport loyiha tashkilotchilari tomonidan ta'minlanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, offlayn mashg‘ulotlar uchun joylar miqdori chegaralangan.
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust
❓Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?
Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
Birinchi bosqich:
➖umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
➖maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yotgan holda qoʻl va oyoqlarni juftlashtirish;
• oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib turish;
• arqonda sakrash;
• arqon bilan ikki martalik sakrash;
muvozanatni saqlash;
• shpagat;
• qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yerga yotib, belni vertikalga koʻtarish;
• qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
• risk mashqlari toʻp bilan;
• halqa bilan mashq bajarish;
• arqondan tashqari boshqa sport jihozida mashq bajarish;
• lenta bilan mashq bajarish;
• oʻng va chap oyoqda 50 sm balandlikdan •oldinga boʻlinish ikkita skameykadan oʻzaro •faoliyat boʻlinish;
• aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
• tanlagan aylanish (Planshe).
Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
➖ 2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
➖5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).
📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust
❓Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?
Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
Birinchi bosqich:
➖umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);
➖maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).
Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• 60 m. masofaga yugurish;
• 1000 m. masofaga yugurish;
• turnikda tortilish;
• past turnikda 90° tortilish;
• turgan joyidan uzunlikka sakrash;
• oldinga egilish.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• soya bilan jang;
• qoplar bilan ishlash;
• sparing tushish.
Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
➖5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)
📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.
☎️ Call-markaz: 1206
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Bugun tezkor, yangiliklar bosimi yuqori davrda zamonaviy o‘qituvchi ulardan xabardor bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar, yangi metodikalarni tez o‘zlashtirishi kerak. Biz vazirlik jamoasi esa ularga zarur sharoitni yaratib berishimiz lozim.
Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.
Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.
Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.
Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.
Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlaridan suratlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🏕💻Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohining 1-kunidan video lavha.
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi
Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.
Ayni vaqtda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.
#Vazir_soati
Yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida yangi oʻquv yilini samarali tashkil etish hamda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, masʼul xodimlar hamda hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Dastavval, vazir Prezidentimiz tomonidan eʼtirof etilib, Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarni ushbu yutuq bilan muborakbod etdi.
#imtihon_2024
#Bahodir_Jalolov_boks_maktabi
🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!
🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi ERTAGA, 27-AVGUST KUNI BOSHLANADI.
🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:
📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).
Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.
#yangi_oʻquv_yili
#maktablarimiz_haqida
🤩Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari 2024-2025 oʻquv yiliga tayyor holatga keltirilib, Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon oʻquvchilarini kutmoqda.
📍Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#umumxalq_xayriya_hashari
✅ Yurtimizda milliy bayramlar, muhim sanalar oldidan umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.
Milliy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan bu an’ana xalqimiz orasida mehr-oqibat, muruvvat, do‘st-birodarlik rishtalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
#Xorijiy_tillar
#Fotoreportaj
✅ Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#OAV_biz_haqimizda
MAXSUS REPORTAJ | YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida Respublika oʻquv-treningi oʻtkazildi
#23aug #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.
Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#hududlardan_xabarlar
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Vatanimni ta’riflayman” mavzusidagi taqdimotlarga start berildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida "Ta’lim sifatini oshirishda xalqaro va milliy baholashning o‘rni" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.
⏺Farg’ona, Navoiy , Nurafshon shahridagi Prezident maktablari, Shayxontohur, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari SAT va IELTS sertifikatlarini yuqori natijalar bilan qoʻlga kiritdi.
⏺Nukus, Fargʻona, Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 100 foizlik grant asosida xorijiy va mahalliy universitetlarga oʻqishga qabul qilindi.
⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida shanbalik tadbiri oʻtkazildi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Chempion maktablar" kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.
⏺Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Koreya Respublikasining oʻndan ziyod universitetlari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” oʻtkazildi.
⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va mahalliy oliygohlarga oʻqishga kirgan bitiruvchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
⏺Kogon shahar hamda Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida Singapurning "Marshall Cavendish Education" xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglariga start berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Digital_Generation_Uzbekistan
🟡 RAQAMLI AVLOD RESPUBLIKA INKLYUZIV IT OROMGOHIGA START BERILADI
🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan loyiha 26–30-avgust kunlari Agentlikning “Renessans” oromgohida boʻlib oʻtadi.
⏺Offlayn yoʻnalishlar:
➖Robototexnika;
➖No Coding;
➖3D modellashtirish;
➖Digital Art.
⏺Onlayn yoʻnalishlar:
➖DotNet;
➖No coding;
➖Frontend;
➖Python;
➖Flutter;
➖Web Design.
🌐Oromgohda qatnashish uchun online.raqamliavlod.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.
❌ Eslatib oʻtamiz offlayn qatnashuvchilar soni cheklangan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Fotoreportaj
✅ Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” ning tantanali taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust
❓Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun qaysi sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi?
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflarga uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.
Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
➖Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sport maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Shuningdek, chet el fuqarolarining farzandlari sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.