#imtihon_natijalari_2024
#ijod_maktablari
🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambot orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Ijod_natija_2024_bot
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xushxabar
⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI
✅Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.
📊 Jumladan:
📍Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.
🌐 Batafsil koʻrish uchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#yangi_nashr
Adabiyot, sanʼat va madaniyat yashasa, millat va xalq butun insoniyat bezavol yashaydi — Shavkat Mirziyoyev.
📣📣📣📣📣
⚡️ O'zbekiston terma jamoasi 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.
📝 Terma jamoamiz aʼzolari bilan tanishing.
Katta yoshlilar jamoasiga (Key Stage III):
✅ Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
✅ Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
✅ Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
✅ G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi.
Kichik yoshlilar jamoasiga (Key Stage II):
✅Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchisi;
✅Mamajanov Azizbek Raxmonali o‘g‘li - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o'quvchisi;
✅Mahkamova Dildora Begimqul qizi - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi;
✅Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchisi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Aynaxan Xojamuratova IELTSdan 8,5 ball, Manzilbek Karlibayev esa 8 ballni qoʻlga kiritdi.
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatmoqda.
Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaning kuni kecha Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani fikrimning yaqqol dalilidir.
Dunyoning 62 davlatidan kelgan 100 dan ortiq eng bilimdon yoshlar orasida peshqadam bo‘lish katta sharaf, albatta. Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onlarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik.
Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Bitta qiz bolani oʼqitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz”. Niyatimiz – Rayyona kabi iqtidorli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin.
#imtihon_2024
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN OʻTGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Shu yilning 27-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Prezident maktablarining ikkinchi bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.
⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eslatma
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;
📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;
📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#diqqat_eʼlon
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi
🔔 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
📆 Joriy yilning 24-iyul kuni soat 10:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.
✅Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Islom Karimov ko’chasi, 154-uy.
📍 LOKATSIYA
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#kutib_olish
⚡️Xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Avvalroq, terma jamoamiz aʼzolari 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
✔️ Joriy yilning 7-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/
✅portal.piima.uz saytining "Qabul 2024" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_olimpiada
🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasinig GongKong shahriga jo'nab ketdi.
📝Terma jamoa a'zolaro bilan tanishing:
✅ Davlatbek Olimov - Toshkent shaharidagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Jasurbek Rizoqulov - Qarshi shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Hilola Boymuratova - Termiz shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Azizbek G'anijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi;
✅ Muslimbek Zaynobiddinov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz
RENESSANS OROMGOHI – IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.
Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
📣📣📣 XUSHXABAR
O’zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
✅ Olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari munosib ishtirok etishdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
🥉 Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥉 Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal,
🥈 Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal,
🥈 To’lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo’lga kiritdi.
Barcha o’quvchilarimizni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich
⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI
📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
✅ Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilindi.
✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!
📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot
❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Aydos Kitaybekov hamda Umarbek Mansurov IELTSdan 8 ballni qoʻlga kiritdi.
💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekistondagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimi, amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda maktablarda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitishni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_hamkorlik
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qatar davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, xalqaro grant loyihalarini jalb etishda birgalikda ishlash, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik va tizim tashkilotlari masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilning birinchi yarim yilligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 37 548 taga, qamrov koʻrsatkichi 74,6 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi qamrovi 93 foizga yetganligini taʼkidlab oʻtdi.
Joriy oʻquv yilida 500 ta maktabda joriy etilgan yangi baholash tizimi natijasida mazkur maktablardagi oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 6 foizga oshdi.
Tizimdagi 210 444 nafar rahbar va pedagog kadrlar malakasi oshirildi. 5. 7 949 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash, 190 ming nafar oʻqituvchi yangi tartib asosida malaka toifalarini berish sinovlariga jalb etildi. “Menejerlik oʻquv kursi”da 1319 nafar direktorlikka nomzodlar oʻqitilib, ularning 834 nafariga sertifikat berildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar ham atroflicha tilga olib oʻtildi. Xususan, respublikadagi ayrim hududlarda, jumladan, Andijon, Jizzax, Samarqand viloyatlarida bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrov koʻrsatkichlari yil boshiga nisbatan sezilarli darjada tushganligi tanqid qilindi.
Shu sababli yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga qamrov darajasini 76 foizga yetkazish, yangi oʻquv yilidan boshlab 1 300 ta tayanch maktablar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, shu bilan birga “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari hamda mentor-oʻqituvchilarini oʻqitish ishlarini toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yigʻilish davomida har bir rahbar oldiga tegishli yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.
Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
#Xorijiy_hamkorlik
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Sultan as-Siri al-Kamzi bilan uchrashdi.
Unda vazirlik va elchixona mas'ullari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, BAA vakillari bilan xalqaro investitsiya va grant loyihalari bo‘yicha hamkorlarni jalb qilish haqida so‘z yuritildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#ishchi_guruh
#sayyor_qabul
⚡️ QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
Xabar berganimizdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.
#ishchi_guruh
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan Prezident maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning Nukus filiali, Nukus shahar 1-son hamda Chimboy, Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Qonlikoʻl tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Oʻzbekiston_2030
⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi maktablari ZOOM platformasi orqali tadbirda qatnashdilar.
Tadbirda ishtirok etgan “Yuksalish” umummilliy harakati raisining maslahatchisi U.Rajabov davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yilning 11-sentyabrida tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#prezident_maktablari
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅ Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#eslatma
🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI
📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;
📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;
📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;
📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.
🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xalqaro_olimpiada
#IChO
📣 O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi.
📝Yurtimiz sharafini himoya qiluvchi yoshlarimiz bilan tanishing:
✅Rahimov Daler Rahmonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi;
✅Muhammadov Mirjaxon Muhammadjon o‘g‘li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi;
✅Bahodirov Axror Mardonbekovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi;
✅Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi.
🗣Eslatib o'tamiz o'tgan yili 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO)o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.
💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#xorijiy_hamkorlik
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun bilim va malakalarini oshirish boʻyicha onlayn trening oʻtkazilmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi hamda Fransiyaning AGIRabcd xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tizimdagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish treninglari tashkil etilmoqda.
Treninglar davomida AGIRabcd professor-oʻqituvchilari pedagoglarimizga xorijiy tilni oʻqitishga oid metodik tavsiyalar bermoqda, yangi pedagogik koʻnikmalar bilan boʻlishmoqda.
Treningdan koʻzlangan maqsad, tizimdagi fransuz tili oʻqituvchilarini kasbiy rivojlanishlariga koʻmaklashish va maktablarda mazkur xorijiy tilni ikkinchi til sifatida oʻqitishda samaradorlikni oshirishdir.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal