piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

➖Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.
❗️Diqqat, Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan o‘quvchi baholar tabelining nusxasi direktor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.


❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihon savollari qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?
➖Mazkur maktablarga kirish imtihonlari savollari taʼlim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalarga asosan tuziladi.


❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?
➖Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#call_markaz
#press_tur

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi.

Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda.

Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘quvchilarimiz 12 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi

Buxoroda o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi sovrindorlari taqdirlandi.

Umumiy hisobda 60 nafar (10 ta oltin, 20 ta kumush, 30 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchilar turli darajalardagi medallar bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_olimpiada
#taqdirlash

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ilk marotaba oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

🏆Unda Agentlik tizimidagi maktab o’quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi.

🥇OLTIN MEDAL:
Mehrangiz Ahtamova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

🥈KUMUSH MEDAL:
Sardor Qurbonboyev, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Abdurahmon Yokubjonov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Mashhura Qudratova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

🥉BRONZA MEDAL:
Rasul Nekkulov, Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Rayxona G‘ofurova, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Nursulton Ashiraliyev, Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida ilk marotaba oʻtkazilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 13-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Incheon ta’lim festivali

#12june #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4-sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

✅O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Talabgorning hujjati onlayn tarzda topshirilgandan soʻng qancha vaqtda xabar joʻnatiladi?

➖Oʻquvchining hujjatlari ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilgandan soʻng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.


Hujjatlarni tahrirlash uchun qancha muddat beriladi?
➖Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, oʻquvchilarga yuborilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar toʻgʻrilashga ruxsat beriladi.


Taqdim qilingan arizani qaytarib olsa boʻladimi?
➖Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.


📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

📆 Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.


❗️DIQQAT!
📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi.

‼️ Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarda qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUHLAR ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bu yil ham Toshkent shahrida bo’ladimi?

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida o’tkaziladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga
ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 10 kun qoldi.

📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga necha nafar oʻquvchi qabul qilinadi?

➖2024/2025-oʻquv yilida Agentlik tizimidagi barcha ijod maktablarining 7-sinfiga oʻquvchilar qabul qilinadi.

Mazkur maktablarga qabul kvotasi doirasida:
➖Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
➖Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga 60 nafar,
➖Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
➖Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar;
➖Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 20 nafar,
➖Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 40 nafar,
➖Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga 60 nafar
➖Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 40 nafar
➖Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi.

⚡️
Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi.

❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi.


👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti mutaxassislari Xitoyda oʻtkazilayotgan seminarda ishtirok etmoqda


Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan rivojlanayotgan davlatlar tashkilotlari uchun "Biznes markazlarini rivojlantirish va investitsiyalarni boshqarish" boʻyicha keng miqyosdagi seminar-treninglar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminarlarda universitetimiz mutaxassislari Xitoyning Xalqaro hamkorlik va almashinuv markazining grant dasturi doirasida ishtirok etmoqda.

Seminarlarda ishtirokchilar ishlab chiqarish, logistika, iqtisodiy oʻsish va ta’lim tashkilotlarini boshqarish boʻyicha Xitoy misolida oʻz bilimlarini oshirishmoqda.

➖➖➖
❗️ “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA QABUL JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

📌 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Biz Andijonda yashaymiz. Farzandim bir paytning o’zida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hamda mazkur maktabning Andijondagi filialiga hujjat topshirishi mumkinmi?

✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshiruvchi talabgorlar faqat o'zi yashayotgan hududdagi (Nukus shahri, Andijon shahar va Samarqand shahar) filialiga yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshira olishadi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

✅ Shu sababli o‘quvchi Toshkent shahridagi yoki o‘z hududidagi maktabga hujjat topshirgani maqsadga muvofiq.

❌ Chunki o‘quvchida bir vaqtning o‘zida Toshkent shahridagi va o‘z hududidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining kirish imtihonida ishtirok etishi imkoni mavjud emas.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.

Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.

Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.

Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida matematika fani boʻyicha "Quiz-Bee Competition" musobaqasi
oʻtkazildi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan chavandozlik mashgʻulotlarida
ishtirok etdi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida "Ohanglar sehri" deb nomlangan badiiy-musiqiy kecha
boʻlib oʻtdi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professor-oʻqituvchilari bilan
muloqot qildi.

⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺Termiz shahridagi
Prezident maktabi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida hududlarda shoshilinch yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlash, aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish faoliyatini boshqarishning yagona tizimi — “112” yagona dispetcherlik xizmati yuzasidan axborot-targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari WMI - Xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichiga
yoʻllanma oldi.

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Ilhom va shijoat: qizlar kelajakni yozmoqda” mavzusida hisobot taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh o‘quvchilariga Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining maxsus esdalik sovgʻalari
topshirildi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi tomonidan “Qoraqalpoq sheʼriyatining soʻnmas yulduzi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha
oʻtkazildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filiali rahbariyati ishtirokida brifing
bo‘lib o‘tdi.

⏺Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Dilshodbek Rajabov Eronda boʻlib oʻtadigan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini
qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari, Muzrabot, Norin, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Chust, Kosonsoy, Shahrisabz, Olot, Qarshi tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlarni bilish darajasi boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

⏺Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Gulchiroy Rahmatullayeva va Goʻzal Nurulloyeva ICT4 Girls olimpiadasining Respublika bosqichiga
yo‘llanma oldi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Har 10 kunda bir kitob" chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Farzandim chet elda tug‘ilgan va o‘sha yerda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O‘zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o‘qishga hujjat topshira oladimi?

➖Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o‘quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo‘limidan “Chet elda olingan tug‘ilganlik haqida guvohnoma”ni tanlashi talab etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?
➖Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.


Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?
➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

⚡️ Joriy yilda Samarqand viloyati
Oqdaryo tumanida Agentlik tizimida yangi Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi ochildi.

✅ Ushbu maktab 2024/2025-oʻquv yili uchun
– aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga
– tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-,8-,9-sinflarga
oʻquvchilarni qabul qiladi.

⚡️
Bundan oldin, Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida hamda Namangan viloyati Pop tumanida Agentlik tizimida yangi ixtisoslashtirilgan maktablar ochilgani haqida xabar bergan edik.

📶 Qolaversa, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha
video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi Fransiyaning nufuzli oliygohiga toʻliq grant asosida oʻqishga kirdi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Umarbek Anvarov Fransiyaning Ecole Polytechnique universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, oʻquvchimiz Edinburgh, Manchester, Warwick va Sheffield universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan.

Ma’lumot uchun, Umarbek SAT xalqaro imtihonidan 1560 ball hamda IELTS dan 8 ball sohibi hisoblanadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 12-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi maktab maslahatchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari bilan muloqot
tashkil etildi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida tibbiy profilaktika tadbiri
o‘tkazildi.

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Presidential Excellence Award" loyihasining taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yillik hisobot konserti dasturi
tashkil etildi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi "Zakovat" klubi professional ligasiga
yo‘llanma oldi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar, Yong‘in xavfsizligi  boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti
o‘tkazildi.

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi Qoraqalpog‘iston yoshlar yetakchilari sammitiga
mezbonlik qildi.

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Oqila” brendiga
asos solindi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika fani bo‘yicha "Amazing race" loyihasi taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yosh kitobxon" tanlovining final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Biloliddin Ziyovuddinov xalqaro sport turnirida
g‘olib bo‘ldi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qoraqalpog‘iston faxriylari bilan bo‘lgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida
qatnashdi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida velosport bo‘yicha musobaqa
tashkil etildi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi
ijod maktabi, Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilar yotoqxonasini qurish
ishlari boshlandi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Swap Up” kitobxonlik tadbiri
o‘tkazildi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish" mavzusida trening darslari
tashkil etildi.

⏺Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Gulyor Ro‘zmetova ICT4 Girls olimpiadasining  respublika bosqichiga
yo‘llanma oldi.

⏺Beshariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qabul jarayonlariga oid muloqot
o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin.

📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Bu yil tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari uchun boshqa hududlardagi o’quvchilar ham hujjat topshirishi mumkinmi?

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

🏛 Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Andijon filialiga – Andijon viloyati,
Samarqand filialiga – Samarqand viloyatidagi maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilar,
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 10-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Farzandimning hujjatlarini 20-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?

Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 20-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Ya’ni 20-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…
Подписаться на канал