piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

“Vazir soati”da sohadagi muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi

✅ Joriy yilning 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Unda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, tizimdagi o‘quv binolarini qurish va ta’mirlash, malaka sinovlari jarayonlarini izchil davom ettirish, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

❗️Yig‘ilish davomida shuningdek, “7-may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan vazirlikning AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rabbim Musurmonov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda mas’ul xodimlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1594

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududiy_maktablarimiz

⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING HUDUDLARDAGI MAKTABLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHIB BORING:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi

SANOAT KORXONASIDA AMALIY MASHGʻULOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, Fargʻona shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining yuqori sinf o‘quvchilari uchun ayni hududda joylashgan "Fargʻonaazot" AJ korxonasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar ushbu korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari boʻlib oʻtdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

🗺Hozirda barcha Prezident maktablari rasman SAT markazlari sifatida faoliyat olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xotira_muqaddas

INSON-AZIZ, XOTIRA-MUQADDAS


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Vatanimiz mustaqilligi, hozirgi erkin va farovon hayotimiz uchun qurbon bo’lganlar xotirasi barhayot ekanligi taʼkidlandi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jangovar ruhdagi navolar barchaga manzur bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Grand_Jugendkurse

⚡️Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Odina Rustamova Germaniyaning Goethe instituti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda gʻolib boʻlib, "Jugendkurse in Deutschland" granti sohibasiga aylandi.

Tanlovda xorijiy davlatlarning 1800 dan ziyod maktablaridan jami 900 dan ziyod nomzod saralanib, 3 haftalik "Jugendkurse in Deutschland" yozgi dasturida qatnashish uchun Germaniyaga yuboriladi. O‘quvchilar ushbu oromgohda o‘z bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.

Dastur yakunida ishtirokchilar xalqaro "Goethe-Zertifikat"ni olish uchun bepul imtihon topshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#MSITF_2024

⚡️OʻQUVCHILARIMIZ SPORT DASTURLASH OLIMPIADASI GʻOLIBI

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali o‘tkazildi.

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu olimpiadada qatnashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari Asilbek Sunnatov 1-o‘rinni, Anasxon Komilov 3-o‘rinni egalladi.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi IELTS sertifikatini yuqori ball bilan qoʻlga kiritdi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Boburbek Noraliyev IELTS imtihonidan 7.5 ballik natija koʻrsatdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi xorijiy oliygohga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.

Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Rustamov AQShdagi Mississippi universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

"SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI DAVOM ETMOQDA


Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Termiz, Xiva shahridagi Prezident maktablari mezbonligida davom etdi.

Ularda mezbon taʼlim maskanlari bilan birgalikda Nukus, Qarshi shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashg’ulotlari, science, robototexnika o’qituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar o’tkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shu kabi turli madaniy-maʼrifiy, sport tadbirlarini oʻz ichiga olgan festival chinakam doʻstlik bayramiga aylanib ketdi.

“Spirituality, Sport, Science, Socializing” festivali Nurafshon shahridagi Prezident maktabi mezbonligida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi
#5may #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Turon_yoʻlbarslari

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida o’tkazilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ibrоyım_Yusupov_95_yoshda

5-may – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavallud topgan kun.

Ibroyim Yusupov 1929-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Chimboy tumanida tavallud topgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madhiyasining muallifi I.Yusupov 2004-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.


I.Yusupov 2008-yil 24-iyulda 79 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_maktablarimiz_bor
#Ota_onalar_ishonchi

OTA-ONALAR: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR ISHONCHIMIZNI OQLADI

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari taʼlim maskanida yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoiti, ustozlarining bergan bilimlari natijasida yuqori natijalarga erishmoqda.

Xususan, mazkur ixtisoslashtirilgan maktabning 20 dan ziyod oʻquvchisi fanlar va chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Ota-onalar barcha e'tibor sifatli ta'limga qaratilgan bunday maktablar faoliyatidan mamnun. Ularning farzandlari kelajakda bilimli, salohiyatli mutaxassis boʻlib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshishiga ishonadilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Samarqand

Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har birimiz mas’ulmiz”


✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir ta’lim sifatini oshirish, sohada halol va vijdonan ishlash har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini ta’kidladi.

Bu borada tizimda ishlayotgan rahbar xodimlarning zimmalarida ulkan mas’uliyat borligini qayd etib, zarur topshiriq va vazifalar berdi.

Shuningdek, Hilola Umarova yangi ochilgan Bilimlarni baholash markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hovlisida yaratilgan EKO hududga ijobiy baho berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktablari
#Yangi_loyiha

Andijon shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida ilk bor keng qamrovli “Family Fun Day” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.


Mazkur loyihada barcha oʻquvchilar va ota-onalardan tarkib topgan jamoalar oʻrtasida sportning shaxmat, futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish turlari, interfaol oʻyinlar, “Zakovat” , karaoke, “Qoʻrqma” filmi premyerasi hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar va kitob yarmarkalari oʻtkazildi.

“Family Fun Day” loyihasidagi bellashuvlarning umumiy natijasiga koʻra gʻolib va sovrindorlarlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Ushbu loyiha ota-ona va farzand oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, jamoaviy ishlash koʻnikmasini oshirish, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish va maqsad sari intilishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari mehnat faxriylari bilan uchrashdi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzmilliybank” Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan
tanishdi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv
tashkil qilindi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari “Teen Eagle” xalqaro ingliz tili musobaqasida faxrli o’rinlarni
qo’lga kiritdi.

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari mutaxassislari ishtirokida seminar-trening
boʻlib oʻtdi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Bilim va malakani baholash agentligi bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun diagnostik
test oʻtkazildi.

⏺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiy festival
boʻlib o‘tdi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari
tashrif buyurdi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Milliy ohanglar" musiqiy konsert dasturi
tashkil etildi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika sohasi olimlari bilan tajriba
almashildi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Diplomacy Club” loyihasi
ish boshladi.

⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi “JDU matematika olimpiadasi”da muvaffaqiyatli
ishtirok etdi.

⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Shunqorlar “ harbiylashtirilgan sport musobaqasining Respublika bosqichiga
yo’llanma oldi.

⏺Qiziltepa, Chust tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

⏺Nurota, Navbahor, Namangan, Qiziriq, Denov tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

⏺Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida futbol boʻyicha "Xotira kubogi" musobaqasi
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣📣📣📣📣

⚠️Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar roʻyxati bilan tanishing.
👇👇👇👇👇


Katta yoshlilar jamoasiga(Key Stage III):

Ozodbek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi;
Asadbek Boboqulov – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi;
Elbek Zohidjonov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi;
Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

Kichik yoshlilar jamoasiga(Key Stage II):
Mehmonbek Amonov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf oʻquvchisi;
Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi;
Dildora Mahkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
Baxtiyor Ostonov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf oʻquvchisi.

Eslatib o‘tamiz Xalqaro matematika musoboqasi 2024-yilning 26-31-iyul kunlari 🇮🇳Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

‼️Katta yoshlilar jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar roʻyxati nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga koʻra shakllantirilgan.
Jamoa a'zolari haqidagi ma'lumotlar barcha ishtirokchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari asosida toʻldirildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.


Farmon ijrosi doirasida Samarqand shahridagi Prezident maktabida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zFA akademigi Akmal Saidov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, OʻzFA akademigi Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda taʼlim maskani yoshlari bilan bir qatorda hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari ham ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Uch_avlod_uchrashuvi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

Mingbuloq tuman ixtisoslashgan maktabida "Nuroniy" jamgʻarmasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi, Nuroniy" jamgʻarmasi, "Mingbuloq" gazetasi vakillari, turli sohalarda fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni damda keksalik gashtini surayotgan otaxon-u onaxonlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda iqtidorli oʻquvchilar ijrosidagi "Qimmat va Zumrad", "Qorakoʻz majnun" spektakllari, milliy va xorijiy raqslar, taʼlim maskani faoliyati, yutuqlari haqida qilingan taqdimotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

❗️Unda vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berilmoqda.

👉Muloqotni jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣 Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda

✅ Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

➖ 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

➖ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;

👉 Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.


Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 |Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi

Oʻzbekiston 24 | “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi

Mening Yurtim |Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi vakillari "Qadrdon" koʻrsatuvida

Oʻzbekiston 24 |OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi

Oʻzbekiston 24 |Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Samarqand filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Sevimli |"Hokim kubogi" uchun fanlar olimpiadasi

Samarqand MTRK |OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida boʻldi

"Xorazm haqiqati" gazetasi|Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda

Sirdaryo MTRK |"Turon yoʻlbarslari" harbiy-sport musobaqasidan tayyorlangan lavha

Andijon MTRK |Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari "Isteʼdod" koʻrsatuvida

Surxondaryo MTRK |Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar

Zoʻr TV |Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Ochiq eshiklar kuni”

Xorazm MTRK |Attestatsiya jarayoniga press-tur

Oʻzbekiston 24 |Ijodiy olimpiada

Fargʻona MTRK |Ijodiy olimpiada

Mahalla |Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari, opa-singil Gulsanam va Dilnoza Eshqulovalar haqida lavha

Sevimli |Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari yutuqlari

Sirdaryo MTRK |Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bojxona xodimlari

Andijon MTRK |Xoʻjaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani oʻqituvchisi, 75 yoshli Bahodir Boltaboyev haqida lavha

Sirdaryo MTRK |"Najot ta'limda" koʻrsatuvida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati, o’quvchilar yutuqlari haqida so'z boradi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SMTB

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Javohir Mamadaliyev Xalqaro molekulyar va nazariy biologiya (SMTB) yozgi maktabida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Turkiyaning Istanbul shahridagi Sabanci universitetida tashkil etilajak 2 haftalik yozgi maktabda jahonning yetakchi professor-oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari, molekulyar biologiya laboratoriya ishlari o’tkaziladi.

Javohir Mamadaliyev Tailandda oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida kumush medalga ham sazovor boʻlgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "OCHIQ ESHIKLAR KUNI"dan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi
#Yangi_Oʻzbekiston

PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHILARI "YANGI OʻZBEKISTON" UNIVERSITETIDA


Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy taʼlim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Oliygoh bo‘ylab ekskursiyada laboratoriya xonalari, kutubxona, eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan amaliy mashg‘ulot xonalari oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Universitet professor-oʻqituvchilari bilan boʻlgan muloqotda o‘quvchilar taʻlim yoʻnalishlarini tanlash boʻyicha tavsiyalar oldi.

Prezident maktabining ushbu universitetda tahsil olayotgan ilk bitiruvchilari bilan boʻlgan uchrashuv, mazkur universitet taʼlim imkoniyatlari haqidagi taqdimotlar oʻquvchilarga manzur boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_maktablar_kengashi

⚡️Prezident maktabi vakili xalqaro miqyosdagi ekspertlar guruhida ishtirok etmoqda

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori Ma’mura Tojiboyeva Quvayt shahridagi maktablarning birida CIS (Xalqaro maktablar kengashi) komissiyasi a’zosi sifatida ushbu ta’lim maskani faoliyatini o’rganmoqda.

Albatta, O’zbekistonlik pedagog va ekspertlarning xalqaro maydonga chiqishi mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning e'tiborga molik amaliy natijalari va ushbu sohada xorijiy davlatlar bilan ilg'or tajriba almashish tizimi yoʻlga qoʻyilgani bilan bevosita bogʻliqdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
                                                      
⚡️Oʻquvchimiz yuqori natijalar bilan xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi

Agentligimiz tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Yulduz Abdurashidova IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Shuningdek, Yulduz Abdurashidova CEFRdan C1, SATdan 1270 ball, TRKI-3/C1 (Rus tili fanidan) natijalarini ham qoʻlga kiritgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ibrayım_Yusupov_95_yoshda

O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi raisi K.Karimov hamda bir qator ijodkorlar ishtirokida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida shoirning hayoti va ijodi yodga olindi, ijod maktabi o‘'quvchilari tomonidan Ibroyim Yusupovning qalamiga mansub she'rlar o‘qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал