piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida “Treasure Hunt in Science” musobaqasi o‘tkazildi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi matematika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
tashkil etildi.

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 22-aprel – Butunjahon Yer kuniga bagʻishlangan rolik
tayyorladi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijodiy ishlar tanlovi
boʻlib oʻtdi.

⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududdagi biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar
oʻtkazildi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari
tashkil qilindi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi doirasida adabiy tadbir
o‘tkazildi.

⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar"
kuni o‘tkazildi.

⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedralarining filiallari
tashkil etildi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik
yoʻlga qoʻyildi.

⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi
bo‘lib o‘tdi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Bogʻot, Xonqa, Zomin tumanlari va Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

⏺Yangiariq tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari va Forish tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari IELTS sertifikatlariga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Nukus shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari To‘maris Orazbaeva, Gulnur Urgenchbaeva va Madina Primbetova AQSH oliygohlarida tahsil olish  imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi "Education USA Academy Connects" onlayn yozgi tayyorlov dasturiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Dastur davomida ishtirokchilar universitetlarga qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishib, onlayn tarzda universitetlar kampuslariga sayohat qiladi va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kurslar AQSh universitetlari tomonidan olib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️Talabalarimiz Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda

Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari DAAD tomonidan Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.

💫 Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.

💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.

#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi
#22apr #uzbekiston24

🗺 Qarshi shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bitiruvchimiz
#Xorijda_taqdimot

⚡️Prezident maktabi bitiruvchisi xorijda Vatanimizni targ‘ib qilmoqda

Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiati Temurbek Sulaymonov hozirda AQShning Cincinnati universitetida tahsil olmoqda.

Temurbek Sulaymonov mazkur universitetda mahalliy va xorijlik talabalari uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, boy madaniy merosi va milliy anʼanalari haqida navbatdagi taqdimotini oʻtkazdi.

Temurbek tashkil qilib kelayotgan shu kabi tadbirlar Vatanimizning xorijdagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oʻrtasida qo'shma qaror imzolandi.

Shu munosabat bilan ijod maktabida mazkur oliy taʼlim muassasasining "Jahon tillari va adabiyoti" hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori qabul
qilingan edi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor–oʻqituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ijod maktabi oʻquv jamoasi va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi vakillari oʻrtasida boʻlgan muloqotda oʻzaro hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#milliy_qadriyatlar

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabida o’quvchi, ota-ona va maktab aloqalarini yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy va anʼanaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Sen, men, biz - bir oila” shoiri ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda o’quvchilar va ularning ota-onalari ustozlar bilan birgalikda o’zbek milliy taomlaridan tayyorlab, bir dasturxon atrofida suhbatlashdi. Turli sport o’yinlari va musobaqalar o’tkazilib, milliy kiyimlar namoyish etildi.

O’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, kuy va qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Lider_oʻqituvchilar
#1_kun

Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichining birinchi kun jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Gavharshodbegim Homidova Nyu-York universitetining Shanxaydagi kampusiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Gavharshodbegim 2023-yil Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumida Oʻzbekiston vakili sifatida ishtirok etgan.

Shuningdek, “Zamin” fondi va UNICЕFning “Bolalarning sogʻlom atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash” forumi spikeri, "UWC Li Po Chun" granti sohibasidir.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Media yo‘nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" ko‘rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni ko‘tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun bo‘lish" g‘oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish sari yo‘lda to‘liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Ijod maktabida OTM kafedrasi boʻlimi ochildi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda har ikki ta’lim muassasasining hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, rejalar tuzib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabi va universitet oʻrtasida memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’limi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti diplomi butun dunyoda tan olinadi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlaridan hisoblanuvchi Buyuk Britaniyaning “Quality Assurance Agency” (QAA) a’zoligiga kiritildi.


Ushbu agentlikka Kembridj va Edinburg kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari ham a’zo boʻlib, kelajakda ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bu orqali ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsad qilingan.

Natijada ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Robo-Art yoʻnalishida seminar-trening o’tkazildi.

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Besh muhim tashabbus” doirasida futbol musobaqasi
bo’lib o’tdi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha taqdimot
oʻtkazildi.

⏺Xiva shahridagi
Prezident maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.

⏺Navoiy shahridagi
Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari tashkil etildi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquv jamoasi Qarshi shahridagi "Muruvvat uyi" tarbiyalanuvchilari holidan
xabar oldi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun Guliston shahridagi memorial maskanlarga sayohat
uyushtirildi.

⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
ijod maktabi , Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi, Norin, Uchqoʻrgʻon, Yakkabog', Sariosiyo, Mirzaobod, Oqoltin, Zarbdor, Marhamat , Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi.

Shayxontohur, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari 5-8 sinflar oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

⏺Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti professor-oʻqituvchilari oʻrtasida uchrashuv
tashkil etildi.

⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiya boʻlimi bilan hamkorlikda kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa
oʻtkazildi.

⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Jasurbek Imomov bilan
muloqotda boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Uch_avlod_uchrashuvi

9-may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi.

Tuman hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bolimi, viloyat "Nuroniylar" jamgʻarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Milliy gvardiya, Harbiy faxriylar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh avlod kamoloti, ta’lim-tarbiyasi yoʻlida jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Uchrashuv doirasida harbiy soha faxriylari va oʻquvchilari ishtirokida ramziy koʻchat ekish marosimi, turli koʻrgazmalar, sport musobaqalari oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Harbiy_vatanparlik

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi yigitlari ta'lim muassasasi ChQBT rahbari Sh.Rahmonov boshchiligida Navoiy shahar, "Sputnik" qo’rgʻonidagi harbiy qismdagi oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotda ishtirok etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi “Ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to’gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan shu kabi amaliy mashgʻulotlar oʻquvchilarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Vazir_soati

Oʻtkazilgan navbatdagi “Vazir soati”da muhim masalalar muhokama etildi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan maktab taʼlimini rivojlantirish, oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimi va sifatini oshirish, malaka toifa sinovlarini oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

🔹Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

➖ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi qator maktablarda oʻquvchilarni 27 ta turdagi kasb-hunarga oʻrgatish tizimi joriy etilganligi hamda bu tashabbus oʻz samarasini berayotganiga urgʻu berib oʻtdi. Vazirlik hamda hududiy masʼullarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar darajasini yanada jadallashtirish vazifasi qoʻyildi.

🔹Jumladan, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish, hududiy masʼullar va maktab direktorlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishini joriy etish boʻyicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

➖Yigʻilishda joriy yilda oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur choralar haqida fikr yuritildi.

🔹Shuningdek, ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa sinovlarini namunali tashkil etish, jarayonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish boʻyicha masʼullar oldida turgan muhim vazifalar aytib oʻtildi.

👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aynaxan Xojamuratova "NextGen TechCamp of Central Asia" ishtirokchisi boʻldi.

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi faoliyati bilan
tanishdi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi
matematika, kompyuter ta’limi va informatika asoslari fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari Kasaba uyushmasi kubogida 1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida konsert dasturi
namoyish etildi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi jamoasi basketbol boʻyicha “Doʻstlik
spartakiadasi”da gʻolib boʻldi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Chiroqchi, Toshloq, Furqat, Qumqoʻrgʻon, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Marg'ilon, Namangan shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

⏺Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan poytaxtimizda tashkil etilgan forumda
ishtirok etdi.

⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv
tashkil etildi.

⏺Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari bilan
uchrashuv oʻtkazildi.

⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

⏺Oʻzbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Life science festival"da
ishtirok etdi.

Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi CHQBT oʻqituvchilari uchun seminar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi chet tilini bilish darajasi boʻyicha yuqori natijaga erishdi

Fargʻona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Sardorbek Anvarov IELTS imtihonidan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Sardorbek maktab oʻquvchilari tomonidan saylangan maktab prezidenti sifatida faoliyat olib borib, xulqi va bilim salohiyati bilan namuna boʻlib kelmoqda.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#IEO_2024
#iGeo_2024

⚡️Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi.

📶 Avval xabar berganimizdek, joriy yil 20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining respublika bosqichi yakuniga yetdi va natijalarga ko‘ra iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

📈 Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.

📝Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

1️⃣ Davlatbek Olimov - Toshkent shahar, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Jasurbek Roʻziqulov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Hilola Boymuratova - Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Azizbek G‘anijonov - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣ Muslimbek Zaynobiddinov - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🌍 Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.

📝Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

1️⃣ Mansurbek Tursunboyev - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Alisher Safarov - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Hazratbek Ahmadjonov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Jaloliddin Qosimjonov - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.

💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan muloqotda tomonlar taʼlim sohasida oʼzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslarini doimiy ravishda olib borish belgilab olindi.

Shuningdek, mehmonlar ijod maktabida yaratilgan zamonaviy ta'lim sharoitlari, o‘quv jarayoni, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv doirasida ijod maktabida O‘zDJTU tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xorijiy_hamkorlik

"Ingliz tilida so'zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng AQSHning O'zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini ta'kidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.

✔️Ma'lumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

✅ Xabar berganimizdek, 18-aprel kuni, Fargʻona shahrida "Yosh fermer" loyihasiga jalb etilgan taʼlim muassasalari uchun seminar-trening boʻlib oʻtgan edi.

❕Ushbu seminar-treningda ishtirok etgan pedagog va oʻquvchilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlishdi.

Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari, issiqxona va maktab Eko-qoʻmitasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Eko-qoʻmita aʼzolari maktabda "7 qadam metodologiyasi" boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida pedagog va oʻquvchilarga batafsil maʼlumotlar berishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#PISA

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nodavlat ta’lim muassasalari assosiatsiyasi hamkorligida “PISA xalqaro tadqiqotlari doirasida milliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ustozlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi va xalqaro tadqiqotlarning nodavlat ta'lim tizimini yanada rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Respublikamiz bo‘ylab 400 nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi hamda tizimni rivojlantirishga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan:

➖Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun erishilgan natijalar asosida vazifalarni aniqlash,
➖milliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ustuvor vazifalarni belgilash,
➖o‘quvchilar faoliyati va kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
➖maktabgacha va maktab sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish,
➖pedagoglar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rag‘batlantirish kabi mavzularda so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Ijod maktabi bitiruvchisi 7 ta xorijiy unuversitetning 100 foizlik grantlarini qoʻlga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ziyoda Abdujalilova muddatidan oldin 7 ta xalqaro universitetga 100 foiz grant asosida o‘qishga qabul qilindi:

– Missuri universiteti
– Arizona universiteti
– Virjiniya texnologiya universiteti
– Kolorodo davlat universiteti
– Illinoys texnologiya instituti
– Missuri Fan va Texnologiya Universiteti
– Minnesota universiteti


Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Lider_oʻqituvchilar

⚡️“LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun olimpiada ishtirokchilari informatika fani yoʻnalishida masalalar yechish, fizika, biologiya fanlari yoʻnalishida yozma ish va laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Olimpiada doirasida ishtirokchilar Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga Toshkent politexnika muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Ertaga, 20-aprel kuni soat 12:00da Agentlik tizimidagi Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mazkur olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#58_Xalqaro_Mendeleyev_olimpiadasi

⚡️Oʻzbekiston terma jamoasi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoyga joʻnab ketdi.


58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 20-27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida boʻlib oʻtadi. Bu yil mazkur olimpiadada 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xalqaro olimpiadada terma jamoamiz 2004-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 92 ta medal (10 ta oltin, 27 ta kumush, 55 ta bronza) qoʻlga kiritilgan. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi mamlakatimizda 2008, 2013, 2022-yillarda, jami 3 marotaba oʻtkazilgan.

Jamoamiz a'zolari bilan tanishing:

Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Elyorbek Adhamov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Biloliddin Zuhriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Mirjaxon Muhammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Ahrorbek Bahodirov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Saida Abdullayeva — Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;

Jamoamiz a'zolariga omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Lider_oʻqituvchilar
#birinchi_kun

⚡️“LIDER O‘QITUVCHILAR” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, biologiya va informatika fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi boshlandi.

Olimpiada 2 kun davom etadi. Bugun olimpiada ishtirokchilari 5 ta savoldan iborat yozma ish hamda metodik qism va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishadi.

🗺 Maʼlumot oʻrnida, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichi 2024-yil 1-mart kuni hududlarda o‘tkazilib, unda har bir maktabdan 9 nafargacha (3 nafar biologiya, 3 nafar fizika hamda 3 nafar informatika) jami 1530 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. Agentlik bosqichiga hududlar bo‘yicha jami 126 nafar o‘qituvchi saralab olindi.

⚡️Olimpiada ishtirokchilariga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Sayfullo Saidov dunyo reytingida 9-o’rinda turuvchi University College London oliygohiga oʻqishga qabul qilindi.

Oʻquvchimiz TOP-20ga kirgan Princeton Universitetining 350 000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, Warwick, Sheffield, St. Andrews universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал