#Sohibqiron_tavalludining_688_yilligi
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik, buyuk ajdodlar ruhiga hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Adolat - barcha amallarimiz asosi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda buyuk ajdodimiz hayoti, davlatchilik yo‘lidagi islohotlari, bebaho hikmatlari, dunyo olimlarinining Amir Temur va Temuriylar davriga oid ilmiy izlanishlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Ustozlar va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan noan'anaviy viktorina esa ishtirokchilarning bilim-zakovatini yanada charxladi.
Tadbirda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining iste'dodli aktyorlari ijrosidagi Amir Temur obrazi va monologi barchaga manzur boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Hadiyabonu Murodullayeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Butunjahon_salomatlik_kuni
⚡️7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida Sport marafoni tashkil etildi.
Marafon doirasida masofaga yugurish, 5000 qadam yurish va sportning futbol, voleybol, tennis, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha o‘quvchi hamda o‘qituvchilar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
Marafonda barcha birdek faollik bilan ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ezgu_tashabbus
#Prezident_maktabiga_sayohat
⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabi Xo‘jaobod tumanidagi zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quvchilari uchun o‘z eshigini ochdi.
✅Zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori hamda maktab o‘quvchilari Prezident maktabi hayoti bilan tanishtirilib, faol o‘quvchilar bilan muloqot qildi.
🗣Maktabgacha va maktab ta'limi hududiy boshqarmasi va Andijon shahridagi Prezident maktabi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#harbiy_vatanparvarlik
OʻQUVCHILAR DALA-OʻQUV POLIGONI MASHGʻULOTLARIDA QATNASHDI
Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchi yigitlari Xorazm viloyati Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish mashgʻulotlarida ishtirok etdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida, jasoratli va mard oʻgʻlonlar qilib yetishtirish maqsadida tashkil qilinayotgan ushbu tadbirlarda oʻquchilarimiz qurol-aslahalar hamda harbiy texnikalar, xususan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minomyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatomyot, pulemyotlardan foydalanish,tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish mashgʻulotlarida amaliy koʻnikmalar hosil qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qonunchilik_ijrosi_amalda
#hamkorlik
🗺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-aprel kuni qabul qilingan "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.
Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Andijon viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari ijod maktabida yo‘lga qo‘yilgan ijodiy va kasbiy to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ijodkor o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Toshkent_shahri
🗺Toshkent shahar “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Zamonaviy lider kadrlarni shakllantirish va ular orqali ta’limda samarali boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar avvalida Kengash raisi, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori M.Tojiboyeva ushbu tadbirning maqsadi va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
Seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Ushbu jarayonlarda ilmiy pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislar ham jalb etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Poytaxt ta’lim muassasalaridagi holat tanqidiy tahlil etildi
✅Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida Toshkent shahar tumanlarining maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda kuni kecha Prezident huzurida maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti hamda Toshkent shahridagi 5-maktabga amalga oshirilgan tashrif davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosi haqida so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, ayni vaqtda poytaxt tumanlarida maktabgacha ta’lim qamrovi 76 foizdan oshgan bo‘lsada, ayrim hududlarda bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
➖ Vazir ushbu hudud rahbarlarining maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga doir reja va takliflari bilan tanishdi, yil oxiriga qadar sezilarli o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, joylarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha mavjud holat tahlil etildi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar maktablarida ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassalariga kirish ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keltirib o‘tildi va mavjud takliflar o‘rtaga tashlandi.
❗️Bitiruvchilarining o‘rtacha ballari past natija ko‘rsatgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda soha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun shu oyda boshlanadigan malaka sinovlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berildi.
📍 Yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlarining keltirib o‘tilgan masalalarga doir hisobot va takliflari tinglandi.
#OAV_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 |O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni va "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga SHARH
uza.uz |Maktablardagi 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar ijod maktablariga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi
kun.uz |Ijod maktablarida «Texnologiya» fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi
daryo.uz |O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari taklifi asosida ta’lim jarayoni takomillashtiriladi
qalampir.uz |Endi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida bir qator yangi darslar o‘tiladi
qalampir.uz |Endi ayrim maktablarda fanlar chet tilida o‘qitiladi
oyina.uz |Ayrim maktablar chet tiliga ixtisoslashadi
Xorazm MTRK |Xalqaro olimpiada gʻoliblari kutib olindi
Andijon MTRK |Muhammad Yusuf maktabida Maxtumquli tavalludining 300 yilligi nishonlandi
Jizzax MTRK |Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi vakillari Subhidam musiqiy dam olish dasturi mehmoni
Xorazm MTRK |"Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabi vakillari
Navoiy MTRK |Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari ishtirokida "Bilimdon bolalar" televiktorinasi
Oʻzbekiston 24 |Turkmanistondagi xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 9 ta medalni qo’lga kiritdi
Xorazm MTRK | Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarining ta'limda erishgan yutuqlari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#diqqat_eʼlon
🔔 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
📆 Joriy yilning 6-aprel kuni soat 10:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.
✅Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
📍Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko’chasi, 1-tor, 9-uy (Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi).
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sohibqiron_tavalludining_688_yilligi
⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar qalbida vatanparvarlik, jasurlik, birdamlik, mardona ajdodlar ruhiga hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Kuch – adolatdadir" shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazildi.
Chavandozlik, kamondan oʻq uzish, arqon tortish, tosh koʻtarish, uzunlikka sakrash, shaxmat kabi bir necha sport oʻyinlarida oʻquvchilar oʻzlarining chapdastligi, mohirligi, merganlik qobiliyati hamda ajdodlarga xos matonatlarini namoyon etdi.
Ayniqsa bir qator oʻquvchilarning zabardast sohibqiron bobokalonimiz hamda uning sipohlari siymolarida ishtiroki tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.
Agentlik tizimidagi barcha taʼlim muassasalarida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan shu kabi sport, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏛 Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Toshkent hududida qurilish ishlari boshlab berilgan “Yangi O‘zbekiston” universitetining zamonaviy kampusi mazkur ko‘rinishda bo‘ladi.
#Mirziyoyev #yangi_kampus
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI
✅ Mavzu: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari.
⏺Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:
▶️ JONLI EFIR
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qo'yildi
Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent hududida bir qator obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.
Unda "Yangi O'zbekiston" universiteti uchun ham zamonaviy kampus quriladi. Xususan, 10 ming talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, 1 ming 150 o‘rinli oshxona, kutubxona va ixcham muzey, sport majmuasi, olimpiya suzish havzasi barpo etiladi.
Shuningdek, talabalar uchun 2 ming o‘rinli yotoqxona, professor-o‘qituvchilarga 286 o‘rinli turar joy qurib beriladi.
– Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toshi qo‘yamiz. Yangi shahar qurilishi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.
#Mirziyoyev #yangi_kampus
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Yunusobod tumanidagi 5-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon
#tabiat_bilan_hamnafas
⚡️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tabiatni asrash, undagi biologik xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan turli aksiyalar, tadbirlar tashkil etilmoqda.
✅Xususan, “Eco-school” loyihasi doirasida Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan “Eco-club” jamoasi tashabbusi bilan “Maktabimizni eng obod maskanga aylantiramiz” shiori ostida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Ushbu tadbirlarda oʻquvchilar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan yer maydonlariga agrotexnik ishlov berildi, daraxtlar shaklga solindi, oqlandi. Shuningdek, maktab hududiga 60dan ortiq turli xil mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Sirdaryo_viloyati
🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida viloyat “Direktorlar kengashi” tomonidan maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 120 ga yaqin rahbar xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida rahbarlik faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida olib borish, bugungi rahbar qanday bo’lishi kerak, zamonaviy ta’limga qanday samarali erishish mumkinligi haqidagi mavzularda ma’lumotlar berildi.
Seminarda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda interfaol usullarda o’z bilim-malakalarini oshirdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ustoz_shogird
➖ Ustoz va shogird PISA 2025 tadqiqotlari va uning o’tkazilish tartibi haqida.
🗣Ma'lumot uchun, PISA 2025 tadqiqotlarida O'zbekiston 2-marta ishtirok etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Navoiy_shahri
🗺Navoiy shahridagi Prezident maktabida viloyat “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Davr talabiga mos lider kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
Vazir Hilola Umarova bektemirlik yoshlar muammolarini tingladi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
➖ Unda yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, vazir har bir yoshning muammolarini individual tinglab, bu bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berdi.
Ochiq muloqot davomida xususan, biznes va axborot texnologiyalari sohalarini chuqurroq o‘rganish, tikuv sexi ochishga ko‘maklashish va o'z loyihalarini amaliyotga joriy etishda yordam berish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
✔️Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va vazir o‘rinbosarlariga 190 nafar yoshlar biriktirilgan edi.
❕Yil davomida vazirlik tomonidan yoshlarning kasb o‘rganishi, ishga joylashishlari va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun amaliy ishlar olib borildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#sayyor_qabul
⚡️AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.
Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.
Bu kabi sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, og‘irini yengil qilish, ko‘mak berish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kitobxonlik
ZIYO MASKANIGA SAYOHAT
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot – kutubxonasiga sayohat qildi.
Ekskursiya davomida yosh kitobxonlar ziyo maskani bo‘limlari, kitob fondi, o’zbek va jahon adabiyotining sara asarlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, kutubxona mutaxassislari Prezident maktabi oʻquvchilariga zamonaviy adabiy-badiiy jarayonlar haqida maʻlumot berdi.
Bolajonlar kutubxonada ish jarayoni, kitoblarni javonlarga joylashtirish, qoʻlyozmalarga ishlov berish tadbirlarini qiziqish bilan kuzatdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#natija
📊 Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi eʼlon qilindi
📆 2023-yil yakunlari bo‘yicha AOKA tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
⚡️ Baholangan jami 131 ta tashkilot va idoraning –
⏺29 nafar matbuot kotibi (22,1%)ning ish natijalari yuqori;
⏺59 nafari (45%)niki o‘rta darajada;
⏺39 nafari (29,8%)niki qoniqarli;
⏺4 nafari (3,1%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.
⚡️ Yuqori natija qayd etgan Axborot xizmatlari rahbarlari roʻyxatidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Joʻrabek Jangirov ham o‘rin oldi.
🌐 Batafsil: https://aoka.uz/uzb/news/1507
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#robototexnika_seminar
#Robot_Gumanoid
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar uchun “Robot Gumanoid” loyihasi doirasida hududlardagi Prezident maktablarida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarlarda hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining robototexnika yo‘nalishi o‘qituvchilari ishtirok etib, malakali mutaxassislar yordamida 3D printerdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirmoqda.
“Robot Gumanoid” loyihasidan koʻzlangan asosiy maqsad Agentlik tizimidagi maktablarda gumanoid robotini yaratish va shu orqali taʼlim maskanlarida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu seminarlar joriy yilning 6-aprel kunigacha davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga sharh
#uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjumani
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan jamoatchilikka tushunchalar berildi.
Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Iqboljon Anvarjonov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjumani
📶 HURMATLI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI VA BLOGERLAR!
📝 Sizni “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!
🎙Unda Siz o‘zingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin.
📆 Sana: 4-aprel.
⏱ Soat: 12:00.
📍Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, AOKA.
📭 Matbuot anjumani yuzasidan savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida pedagog-xodimlar uchun psixologik trening oʻtkazildi.
⏺2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni doirasida Namangan shahridagi Prezident maktabi, Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahridagi Prezident maktabi, Samarqand shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Denov, Qiziriq, Sherobod , Muzrabot, Koson, Qoʻshkoʻpir, Uchqoʻrgʻon, To‘raqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan, Nukus tumanlari va Termiz, Xiva shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Ruhshona Jumanazarova 4 ta xorijiy universitetga oʻqishga kirdi.
⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Nyu-York universiteti Abu Dabi filiali vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
⏺Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Abdulla Ulug‘ov mahorat darsi o‘tkazildi.
⏺Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimi boʻyicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
⏺Chinoz, Jarqo’rg’on, Denov, Kasbi, Kitob, Paxtakor, Zarbdor, Boyovut, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Jizzax, Andijon shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy va xorijiy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
⏺Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Jizzax davlat pedagogika universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilariga "Vatan tayanchi" koʻkrak nishonlari topshirildi.
⏺Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Islomjon Joʻraboyev akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining saralash musobaqasida 1-o‘rinni egalladi.
⏺Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika olimpiadasi gʻolibi Maqsadbek Egamberdiyev tantanali kutib olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube