#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
KEMBRIJ XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDA ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI BOSHLANDI
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi oʻz ishini boshladi.
Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilayotgan ushbu tadbirga ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan.
Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligi 29-martgacha davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ta'lim sifatini yaxshilash - ustuvor vazifa
#24mart #uzbekiston24
"Oʻzbekiston 24" telekanalining shu haqdagi koʻrsatuvida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi boshqarma boshlig’i To’raboy Shermatov;
Agentlik tizimidagi:
➖Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori Ma’mura Tadjibayeva;
➖Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Baxtiyor Bekov;
➖Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor o’rinbosari Tursunoy Yo'ldosheva ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, maktablarda yaratilgan sharoitlar, o’quvchilar erishayotgan yutuqlar kabi bir qancha masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Jugendkurse_in_Deutschland
⚡️Agentligimiz tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samandar Noʻmonov Germaniyaning "Goethe" instituti tashabbusi bilan „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan oʻtkazilgan tanlovda gʻolib boʻlib, "Jugendkurse in Deutschland" dasturi grantini qoʻlga kiritdi.
Tanlovda barcha davlatlarning 1800 dan ziyod maktablaridan jami 900 dan ziyod nomzodlar tanlab olinib, 3 haftalik "Jugendkurse in Deutschland" yozgi dasturida qatnashish uchun Germaniyaga yuboriladi. O‘quvchilar sayohat davomida oʻz bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#teatr_festivali
Shu yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirning ochilish marosimi 25-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida boʻlib oʻtadi.
Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi 27-mart kuni soat 10:00 da Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatrida oʻtkaziladi.
Barchani teatr festivaliga chorlab qolamiz.
Teatr haftaligida ishtirok etish mutlaqo bepul.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika
📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
📆 Statistika 23-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
⚡️Eslatma: Bugun, offline darslarga qabul qilingan ishtirokchilarga loyihamiz kordinatorlari a'loqaga chiqadilar. Online darslarimizga esa ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.
__
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Tech_Girls
⚡️Agentligimiz tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Feruzabonu Samijonova AQSh Davlat Departamentining Taʼlim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi gʻolibi boʻldi.
Ikki bosqichda oʻtkazilgan ushbu tanlovda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
F.Samijonova 2023-yilda (Jugendkurse in Deutschland) grant yutib Germaniyada bo’lib qaytgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabrik
Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!
Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.
Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.
Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.
Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi, Uzun, Chiroqchi, Nukus, Sardoba tumanlari va Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o’quvchilari chet tilini bilish darajasi boʻyicha milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Nukus shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida fizika fanidan laboratoriya ishi oʻtkazildi.
⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Jaloliddin Manguberdi sharafiga Urganch shahrida bunyod etilgan harbiy akademik litseyga ekskursiya qildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabida varrak uchirish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
⏺Abdulla Qodiriy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o’quvchilari “Yangi O’zbekiston” universiteti faoliyati bilan tanishdi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida olima Jamila Shermuhammedova hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
⏺Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Made in Uzbekistan” tanlovi tashkil etildi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob marafoni oʻtkazildi.
⏺Nukus tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Aybek Paraxatov xalqaro taʼlim grantiga sazovor boʻldi.
⏺Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida fizika fani boʻyicha loyiha ishlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Yangicha taʼlim tizimi va yangicha yondashuvlar
#uzbekiston24
📍Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabida ''Books bowl" tanlovi bo‘lib o‘tdi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida kimyo fanidan laboratoriya imtihonlari oʻtkazildi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Milliy libosimiz - maʼnaviy boyligimiz" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nigora Asrorqulovaning maqolasi xalqaro nashrda eʻlon qilindi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ilhomjon Parmonov Navoiy viloyati hokimi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Onamga maktub” tanlovida gʻolib boʻldi.
⏺Shofirkon va Kosonsoy tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
⏺Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi oʻtkazildi.
⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf oʻquvchisi Ahrorbek Ernazarov AQSHning “McKendree” universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Yoshlar milliy oʻyinlari" festivali bo‘lib o‘tdi.
⏺Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zukko kitobxon" tanlovi tashkil etildi.
⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf oʻquvchisi Zargiyo Ibrohimjonova Fargʻona viloyat kutubxonasi tanlovida gʻolib boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod_qizlari
📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!
📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.
📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:
📝 Offlayn yo'nalishlar:
➖3D dizayn;
➖Raqamli dizayn;
➖Startup loyihalar;
➖Grafik dizayn.
📝 Onlayn yo'nalishlar:
➖Python;
➖Sun'iy intellekt (AI);
➖Frontend (React.js);
➖Web dizayn;
➖Back-end (.Net);
➖Back-end (Go);
➖Mobile flutter.
❗️Shoshiling!
👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/
✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.
⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.
❕Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!
👉 Batafsil: /channel/digitalgeneration_uz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabining ayol oʻqituvchilari jamoasi “Zakovat” klubi “Ayollar ligasi”ning 4-tur oʻyinlarida gʻolib boʻldi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” oʻyinining navbatdagi mavsumi boshlandi.
⏺Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Jadadchilik – yangi uygʻonish asosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Chinoz tumani va Margʻilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi.
⏺Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Milliy liboslar" festivali oʻtkazildi.
⏺Toshloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi.
⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish mashg‘uloti o‘tkazildi.
⏺Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Shohida Aripova "Mo'tabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
⏺Sherobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Maxtumquli ijodiga bagʻshlangan davra suhbati o‘tkazildi.
⏺Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi "Lochin" jamoasi "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining hududuy bosqichida goʻlib boʻldi.
⏺Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining viloyat bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
⏺Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Navroʻz sayli tashkil qilindi.
⏺Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Al-Xorazmiy shaxmat ligasi"ning tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirokida mini futbol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
⏺Tuproqqal'a hamda Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlariga ega boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
ICPC DASTURLASH OLIMPIADASI OʻTKAZILDI
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda xalqaro ICPC olimpiadasiga eng salohiyatli yoshlarni tayyorlash maqsadida olimpiada o‘tkazildi.
Olimpiadaga yurtimizdan 60 ga yaqin jamoa ro‘yxatdan o‘tgan. Ular dunyo bo‘yicha eng kuchli dasturchilar bilan kuch sinashib, IT bo‘yicha O‘zbekiston reytingini yuqori o‘rinlarga olib chiqishni maqsad qilishgan.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti mamlakatimiz yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan hamda innovatsiyalar markazi bo‘lishda davom etadi.
#ICPC #musobaqa
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_izdoshlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan 28 nafar nomzod taqdirlangan edi.
Bugun Xorazm viloyati hokimligida ushbu Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Zulfiya Shomurotova hamda O’zbekiston xoreografiya akademiyasining Urganch filiali talabasi Risolat Sapayeva bilan bir guruh yoshlar ishtirokida uchrashuv marosimi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari - Oila va xotin qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova va viloyat hokimi Jo’rabek Rahimov taqdirlangan qizlarni, ularning ota-onalari, ustozlarini bu yuksak e'tirof bilan samimiy qutlab, mukofotlarni o’z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Live
#teatr_festivali
⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge
Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, maktablarda o‘quv jarayonlarining sifat-samaradorligini oshirish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan izchil ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, shu yilning 25-29-mart kunlari Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o’quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.
Ushbu seminarda ishtirokchilarga ta’limning eng so’ngi metodlarini o’qitish, amaliy mashg’ulotlar o’tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo’yicha taqdimotlar o’tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar malakali mutaxassislar jalb etilgan bo’lib, ular Toshkent shahriga yetib kelishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati
#23mart #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi faoliyati
#23mar #uzbekiston24
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ustoz_shogird
✅ Ustoz va shogird “Turon” maktab teatri Respublika tanlovi haqida.
❗️Maqsadimiz o’quvchilarimizning iqtidorini qo’llab-quvvatlashdir!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika
📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
📆 Statistika 22-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________
⚡️Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Aziz hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni olamga surur, dillarga huzur bag‘ishlab kirib kelgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etaman!
Sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z murabbiy kabi borliqqa yangilanish, yasharish, gullab-yashnashni o‘rgatadi, ezgulikdan saboq beradi.
Uning tashrifi olamga nurafshonlik baxsh etgani kabi qadrdon ustozlarimiz ham navqiron shuurlarga ma’rifat ziyosini ulashadi.
Bu yilgi ko‘klam tashrifi har qachongidan qutlug‘ kelishini, osmonimiz hamisha bugungidek tinch va musaffo bo‘lishini, dehqonlarimiz xirmoniga baraka, ustozlarimiz faoliyatiga faqat muvaffaqiyatlar olib kelishini tilayman!
Yana bir bor Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Navroʻz_shukuhi
📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.
Milliy qadriyat va anʼanalarimizni targʻib etuvchi turli tanlov va bellashuvlar, koʻrgazmalar, festivallar, xalq oʻyinlarida oʻquvchilarimiz faol ishtirok etib, bilim salohiyatlari bilan birga sanʼat, sport kabi yoʻnalishlarda ham oʻz iqtidorlarini namoyon etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika
📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
❗️Statistika 20-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
____________
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️Agentligimiz tizimidagi Pastdargʻom tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Nurjaxon Rustamov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
✅Listening – 8.5
✅Reading – 9
✅Writing – 6.5
✅Speaking – 7
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun “Menejerlik o‘quv kurslari”ning ilk 64 nafar bitiruvchilariga sertifikat topshirdik.
Bilasiz, bu yildan umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yo‘lga qo‘ydik.
1 oy davomida nomzodlar amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etib, liderlik va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdi.
Mazkur o'quv kursida jami 105 nafar nomzodlar o'qishdi. Shundan mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan 64 nafar
"ilk qaldirg‘ochlar" sertifikatga ega bo‘lishdi.
Shuni alohida ta'kidlashni istardim, har qanday sohada bo'lgani kabi ta'limda ham samarali boshqaruv tizimning rivoji uchun juda muhim.
Chunki, direktorning o'zi ijodkor, zamonaviy ko‘nikmalardan xabardor va yangiliklarni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lsagina, jamoaning tashabbuslari qo'llab-quvvatlanadi. Yangiliklar yaratiladi.
Umid qilamanki, bu tizim ko‘plab iqtidorli rahbarlarni, ta'lim tizimiga katta hissa qo‘shuvchi chinakam fidoyi kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Biz esa ularni butun faoliyatlari davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafoni g’olibi bo’ldi.
Islom Boyqobilov Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija koʻrsatdi va gʻolib sifatida Londonga bir haftalik bepul taʼlim sayohati yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Agentligimiz tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Norin_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Taʼlim maskani 489 oʻquvchini oʻz bagʻriga olib, ularga 48 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Maktab barcha qulayliklarga ega:
➖41 ta sinf xona;
➖2 ta kompyuter xonasi;
➖Robotexnika xonasi
➖Fizika, kimyo va biologiya laboratoriyasi xonalari;
➖Kutubxona;
➖250 oʻrinli faollar zali;
➖Sport zal;
➖Oshxona.
Jami 38 ta fan, 4 ta sport, 2 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.
Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
ABDULLA ORIPOV TUGʻILIB OʻSGAN GOʻSHALARGA SAYOHAT
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari ustozlari boshchiligida Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tugʻilib oʻsgan goʻshalarga sayohat qildi.
Atoqli shoir tavalludining 83 yilligi oldidan va adabiyot haftaligi doirasida tashkil etilgan sayohat Qarshi shahrida Abdulla Oripov yashagan uydan boshlandi. Shundan soʻng Koson tumani "Nekoʻz" qishlogʻida joylashgan 44-umumtaʼlim maktabiga borildi. Ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov tahsil olgan ushbu taʻlim maskani va undagi muzeyda shoir hayoti va ijodi haqida soʻzlovchi eksponatlar bilan tanishdi.
“Nekoʻz” moʼjazgina qishloq boʻlib, shoirning bolalik damlari kechgan, unga ilhom baxsh etgan maskan. Qoʻngʻirtov etagida joylashgan soʻlim qishloq sayohatchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
🎉IX KAVKAZ XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI
📆 Shu yilning 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi!
⚡️Mazkur 4 ta medalning 2 tasiga (1 ta oltin, 1 ta kumush) Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ega chiqishdi.
📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube