#hashar
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari va tuzilmalarida ham boʻlib oʻtmoqda.
Unda barcha faol ishtirok etib, taʻlim muassasalari binolari ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi. Daraxtlar oqlanib, turli navlardagi nihollar va turfa gullar ekildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Navoiy shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Aziza Ne'matova AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.
Unda 38 ta davlatdan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hashar
Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida ham qizg‘in o‘tkazilmoqda.
Unda Agentlik rahbariyati va barcha xodimlar faol ishtirok etib, binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon
#CHSB_imtihonlari
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Ijod maktablarida III chorak ChSB imtihonlari boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Harbiy_vatanparlik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8-noyabrdagi 591-sonli qarori ijrosi doirasida Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchilari Yangiariq dala oʻquv maydonida oʻtkazilgan AK-74 avtomatidan jangovar oʻq otish amaliy mashgʻulotida ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sinov_imtihonlari
#assessment_week
#laboratoriya
#biology_practical_mock_exam
📶 Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining bitiruvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida biologiya fanidan laboratoriya imtihonlari oʻtkazildi.
📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
📆 Mazkur sinov imtihonlari 16-martgacha davom etadi.
💫 O'quvchilarimizga sinov imtihonlarida omad va zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tadbir
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda “Ezgulik — shiorimiz, maʼrifat — qurolimiz!” shiori ostida ma’rifiy-madaniy tadbir tashkil etildi.
"Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, olimlar, taniqli sanʼatkorlar tadbir mehmoni boʻldi.
Fargʻona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidjon Toshpo‘latov, falsafa doktori Shahlo Ahrorova, shoir Dilshod Rajab, xonanda Aziz Rajabiy va boshqalar bilim-maʻrifat egalariga o‘z ehtiromini bildirdi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy, musiqiy chiqishlar tadbirga fayz bagʻishladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ustoz_shogird
➖Ustoz va shogird yurtimiz ta’lim muassasalariga ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb etilgan 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar haqida.
❗️Ta'limga kiritilgan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#birinchi_kun
#Surxondaryo
Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda
Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan bugun Uzun, Sariosiyo, Denov 2-son hamda Sho’rchi tumanlaridagi ixtisoslashtirlgan maktab va maktab internatlarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Agentlik direktori maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida koʻngilochar sport oʻyinlari oʻtkazildi.
⏺Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari CEFR imtihonidan yuqori ballarni qo‘lga kiritdi.
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Fizika muzeyi” loyihasi boʻyicha bellashdi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʻqituvchisi Moises Almarez matematika fanini oʻqitishda oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Nurboy Jabborov mahorat darsi tashkil etildi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston xalq shoiri, “Jadidlar” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.
⏺Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahrizoda Xoliqova Kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoʻlib boʻlib, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
⏺Andijon shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat" turniri boʻlib oʻtdi.
⏺Jondor, Qorovulbozor, Muzrabot, Boʻstonliq, Quyi Chirchiq tumanlari va Andijon, Shirin, Guliston, Jizzax, Bekobod shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.
⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli qizlar” bellashuvi oʻtkazildi.
⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ekologiya mavzusida videoroliklar tayyorladi.
⏺Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Murodov xalqaro taʻlim grantiga sazovor boʻldi.
⏺Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.
⏺Pastdargʻom tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarini tayyorlash markazi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
⏺Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qonunchilik sohasiga bagʻishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Bandixon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Agentlik tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 268 nafar o‘quvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 32 nafar malakali pedagog ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.
Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda:
➖21 ta sinf xonasi;
➖2 ta laboratoriya xonasi;
➖1 ta informatika xonasi;
➖robototexnika xonasi;
mavjud.
Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.
Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.
Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Botanika bog’iga sayohat qildi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida “Eco-school” a’zolari ko‘kalamzorlashtirishga hissa qoʻshdi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Zomin, Paxtakor, Gʻallaorol, Boyovut, Vobkent, G‘ijduvon, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari va Guliston, Kogon, Shirin shaharlari ixtisoslashtitlgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari ingliz tili boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi xalqaro tanlovning hududiy bosqichida muvaffaqqiyatli ishtirok etdi.
⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning maktab bosqichi oʻtkazildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiyning "Xamsa" dostoni yuzasidan ijodiy suhbat tashkil etildi.
⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ijtimoiy so‘rovnoma oʻtkazdi.
⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Eng yaxshi qush uyasi" tanlovi doirasida tabiatga gʻamxoʻrlik qilindi.
⏺Guliston, Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va oliy taʻlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi sinf oʻquvchilari 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari formatidagi navbatdagi aprobatsion test topshirdi.
⏺Yangiariq, Kattaqoʻrgʻon tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari xalqaro taʻlim grantini qoʻlga kiritdi.
⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tilida matematika musobaqasi tashkil etildi.
⏺Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchisi Aynura Erejepbaeva Sochida boʻlib oʻtgan Butunjahon yoshlar festivalida qatnashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda
📺Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan viloyat seminari tashkil etildi – Namangan MTRK, “Diyor yangiliklari”
📺Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Nafosat gulshani" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi – Namangan MTRK, “Diyor yangiliklari”
📺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi – Sirdaryo MTRK, “Diyor yangiliklari”
📺Payariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Ozodbek Mahammadiyev xalqaro taʼlim granti sohibi boʻldi – Renessans TV, "Ovoza" dasturi
📺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining dastlabki bosqichi oʻtkazildi – Qashqadaryo MTRK, “Qashqadaryo axboroti” dasturi
📺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shukrona Alijonova haqida telehikoya – Andijon MTRK, “Isʼtedod” koʼrsatuvi
📺Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Aziz va muqaddassan, ayol” bayram tadbiri tashkil etildi – Nurafshon TV, “Haftada yoshlar” dasturi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#new_Uzbekistan_university
⚡️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritdi
Mexanika muhandisligi yoʻnalishi birinchi kurs talabasi Shamshodbek Axmadov “Ibrat Academy” marafonida faol ishtirok etib, kuchli yettilikdan oʻrin egalladi va Londonga taʼlim sayohatini yutib oldi.
Eslatib oʻtamiz, Agentligi tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchisi Ilhomjon Baxronov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija koʻrsatib, Londonga taʼlim sayohatini qoʻlga kiritgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ChSB
#umumtaʼlim_maktablari
⚡️500 TA UMUMTA'LIM MAKTABDA YANGI BAHOLASH IMTIHONLARI OʻTKAZILDI.
📆 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 500 ta umumta’lim maktabida III chorak yakuni yuzasidan ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
📝 Imtihon jarayonlari mos ravishda ikki smenada hamda o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida tashkil etildi.
🗣Ma’lumot uchun: ChSB savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
⏺Sinovlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.
✅Yangi tizimning afzalliklari nimada?
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥇Ozod Axtamov – oltin medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o’quvchisi;
🥈Elbek Zohidjonov – kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchisi.
🥉Madina Suyunova – bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta'lim maktabining 11-sinf o’quvchisi;
🥉Asadbek Boboqulov – bronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o’quvchisi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdimot
⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi
"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.
15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Ta'kidlanganidek, til – millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.
O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.
Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida 5-sinf oʻquvchilarining ingliz tili fanidan III chorak uchun loyiha ishlari taqdimoti oʻtkazildi.
⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi hamda Andijon davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi 8-9-sinf oʻquvchilari CEFR imtihonida ishtirok etib, yuqori natijalar koʻrsatdi.
⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchi-qizlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
⏺Ibroyım Yusupov nomidagi ijod maktabida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oʻlkamda Navroʻz bugun”nomli madaniy dastur tayyorlandi.
⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, adabiyotshunos olim Suvon Meliyev mahorat darsi oʻtkazildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Men o’zimga ishonaman” mavzusida trening tashkil qilindi.
⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Quvnoq startlar" musobaqasi oʻtkazildi.
⏺Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahriyorbek Abdusalomov Taekwondo WT sport turi boʻyicha Surxondaryo viloyati kubogida faxrli oʻrinni egalladi.
⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Orzular xaritasi" nomli psixotrening mashgʻuloti oʻtkazildi.
⏺Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari ishtirokida "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo
AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.
O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.
Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest
⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida vatanparvarlik mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
⏺Termiz shahridagi Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida "Kimyoviy tong" va “Biologik tong” oʻtkazildi.
⏺Erkin Vohidov, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablarida adabiyotshunos Baxodır Karimov mahorat darsi tashkil etildi.
⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida mushoira o‘tkazildi.
⏺Ogahiy ijod maktabida "Tarix arenasi” intelektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
⏺Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘quvchilari ekologik loyiha doirasida tabiatga gʻamxoʻrlik qildi.
⏺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.
⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Qo'qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari xalqaro taʻlim grantini qoʻlga kiritdi.
⏺Baxmal, Uzun, Chinoz, Shovot tumanlari va Namangan, Urganch shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari chet tili boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.
⏺Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
⏺Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Ichki ishlar boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.
⏺Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Gulnora Bozorova Oʻzbekiston chempionatida I-oʻrinni egalladi.
⏺Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabda bitiruvchilar, ota-onalar va fan o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Davlat xizmatlari markaziga ekskursiya qildi.
⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IDP IELTS test markazi instruktorlari ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi.
⏺Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Toshkent shahriga sayohat qildi.
⏺Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Liderlar olimpiadasi" oʻtkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Science_Fair
Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Science Fair” ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda oʻquvchilardan tashkil topgan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
Ko’rgazmada o’quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlariga oid global masalalar, xususan, iqlim o’zgarishlari, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, inson uchun zarur bo’lgan darmondorilar va gigiyena vositalaridan unumli foydalanish kabi masalalarga bag’ishlangan ilmiy loyihalar taqdim etdi. Loyihalar tajribalariga asoslangan ilmiy izlanishlar mahsuli ekanligi bilan ham ahamiyatli.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Milliy_qadriyatlar
✅Biz o‘quvchi qizlarimizni nafaqat oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
📝 Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchi qizlarimizning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning mehnat faoliyati, doimiy mashg‘uloti va muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribalarini oshirish maqsadida ularga pazandachilik sirlari ham o‘rgatib borilmoqda.
🗺 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Navroʻz - umumxalq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin va koʻtarinki ruhda boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sinov_imtihonlari
⚡️PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHILARI UCHUN SINOV IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA
📶 Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining bitiruvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonlari oʻtkazilmoqda.
📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
📆 Mazkur sinov imtihonlari 16-martgacha davom etadi.
#Assessment_week #AS_A_Level_MOCK
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Zilola Rahmatullayeva IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
✅Listening – 8.5
✅Reading – 9
✅Writing – 7.0
✅Speaking – 6.5
💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Harbiy_vatanparlik
HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI
Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.
Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqotda ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#maktablarimiz_haqida
#Narpay_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Ta’lim maskani 330 o‘quvchini o‘z bag‘riga olib, ularga 36 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Maktab barcha qulayliklarga ega:
➖33 ta sinf xona;
➖2 ta kompyuter xonasi;
➖Robotexnika xonasi
➖Fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari;
➖Kutubxona;
➖150 o'rinli faollar zali;
➖Sport zal;
➖Yozgi sport maydoni;
➖Oshxona.
Jami 24 ta fan, 3 ta sport, 1 ta kompyuter savodxonligi, 1 ta robototexnika, 1 ta harbiy, shuningdek zakovat, yosh kitobxonlar va ijodiy yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyat koʻrsatmoqda.
Maktab yoshlari fan olimpiadalari, musobaqa va tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Koʻplab oʻquvchilar chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti
KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA SAMARADOR USULLAR
O‘quvchilarga bilim berishda, avvalo ularda umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq tushunchalarini shakllantirish muhimdir. Bu fazilatlar bilan bezangan bilim samarali va foydali bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosi, g‘oyalari asrlar oshsa-da hanuz dolzarb va qadrli ekanligi shundan. Kitobga oshnolik esa barcha bilimlarning kalitidir.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova o‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatishda qoʻllanilayotgan samarador usullar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati oshirish, kitobxonlikka rag‘bat uygʻotish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” an’anaviy adabiy musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Musobaqa ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Albatta, bu musobaqaning vaqti va o‘tkazilish tartibi o‘quv yili boshida tasdiqlanadigan maktab Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasining yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yili boshida o‘quvchilarga yil davomida o‘qilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilganda qaysi sinf qaysi sanada musobaqada ishtirok etishlari ma’lum qilinadi.
Batafsil 👉 bu yerda
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SAT
⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari boʻlib oʻtdi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
🗺Ayni damda, Toshkent, Nurafshon, Nukus, Jizzax, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Guliston, Termiz, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube