piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_541_yilligi
#bilimingizni_sinang

Agentlik tizimidagi maktablarda ona tili va adabiyoti fani ilg‘or tajribalar, zamonaviy usullar asosida o‘qitib kelinmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Shoira Sodiqova tuzgan boshqotirma va viktorina savollari o‘quvchilarning Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosiga oid bilimlarni sinashga mo‘ljallangan.

➡️ Boshqotirma

➡️ Viktorina savollari

Siz ham bilimingizni sinab ko'ring!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Maʼrifat

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi hamda "Ma'rifat
" gazetasi hamkorligida "Yangi O‘zbekistonda ta'lim islohotlari" mavzusida videorolik tayyorlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosining ahamiyati

✅ Sharq va G'arb olimlaring Bobur ijodi va hayotiga oid tadqiqotlari

✅ Bugungi kunda boburshunoslik sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangiliklar


Agentlik tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Shohistaxon Nurmatovaning maqolasida shular haqida so'z boradi

➡️ Batafsil bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning atoqli vakili, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug’ilgan. U Fargʻona hokimi Umarshayx Mirzoning oʻgʻli edi. 1494-yili otasi vafotidan keyin 12 yoshida Fargʻona hokimi etib tayinlanadi.

1519–1527-yillarda Bobur Afgʻoniston, Pokiston va Hindiston yerlarini egallab, Boburiylar saltanatiga asos soladi.

Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligi 300 yildan oshiq davom etgan.

Mutafakkirning "Boburnoma"si o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallagan. Unda Oʻrta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadr-qimmati hamon yuqori.

Bobur 1530-yil 26-dekabrda Agrada vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Nukus shahridagi Prezident maktabida bo'lib, ta'lim maskanida  oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan muloqotda S.King maktabda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirib o'tdi. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Pedagog_maqomi
#taʼlim_islohoti

Ustoz va shogird “Pedagogning maqomi to’g’risida”gi Qonun haqida


✅ Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

❗️ Ushbu videolavhada mazkur Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Unda Qonun bilan ustozlar uchun kafolatlangan huquqlar haqida so’z boradi.

⚡️Yangi O’zbekiston - ta’limda yangi marralar sari!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#ekspert_fikri

“Alisher Navoiy asarlari asosida zamonaviy badiiy filmlar, seriallar, multfilmlar, ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli kontentlar yaratish orqali yoshlar tasavvurida o‘z zamonasining ilg‘or, ilgari surgan fikrlari, g‘oyalari hamon dolzarb shaxs timsolini yaratishga e’tibor qaratish lozim”.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining malakali pedagogi, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Kamoliddin Marasulov bilan Alisher Navoiy adabiy merosi va yoshlar borasidagi suhbatimizda shu kabi qiziqarli takliflar, zamonaviy yondashuvlar o‘rtaga tashlandi.

👉 Suhbatning to‘liq matni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#challenge_gaʻzalxonlik

⚡️Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi maktablarda buyuk shoir adabiy merosiga bag'ishlangan g’azalxonlik chellenji davom etmoqda:

👉Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
👉Abdulla Oripov va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari hamkorligida 
👉Ogahiy nomidagi ijod maktabi
👉Hamid Olimjon va Zulfiya  nomidagi ijod maktabi
👉Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
👉Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

👉Samarqand shahridagi Prezident maktabi
👉Namangan shahridagi Prezident maktabi
👉Termiz shahridagi Prezident maktabi
👉Nurafshon shahridagi Prezident maktabi

👉Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Tomdi tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Qoʻshtepa, Yozyovon, Quva, Farg'ona, Bag'dod  tumanlari va Farg’ona shahri ixtisoslashtirilgan maktablari hamkorligida
👉Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
👉Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrlanadigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzarb mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

✅ Ayni vaqtda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.

✍️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko huzurida ikki tomonlama qator masalalarga doir hujjatlar, jumladan:

2024-2025-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

2024-2025-yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”sini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ilmiy-tadqiqot izlanishlari bo‘yicha himoya ishlari
#7feb #uzbekiston24

🗺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab- internati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest


“Yangi O‘zbekiston” universitetining xorijlik oʻqituvchilari Samarqand viloyatining iqtidorli oʻquvchilari bilan uchrashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco-haftalık” eʼlon qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi yagona oʻtkazish punkti boʻlgan “Ayritom” chegara bojxona posti faoliyati bilan tanishdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan videolar tanlovi eʻlon qilindi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan "MAKTAB YANGILIKLARI" gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan boshlangan "challenge"ga qo'shildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi

Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Bobur sog‘inchi” nomli spektaklni tomosha qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Jizzax shahridagi Prezident maktabida maktabning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Olimjon Oʻktamov, Samandar Xolmoʻminov, Behruzjon Meliboyev ishtirokida viloyatdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bitiruvchilari uchun jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
#Jizzax_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_541_yilligi
#challenge_gaʻzalxonlik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan g’azalxonlik chellenjlari davom etmoqda.

👉 Nukus shahridagi Prezident maktabi
👉 Toshkent shahridagi Prezident maktabi
👉 Samarqand shahridagi Prezident maktabi
👉 Buxoro shahridagi Prezident maktabi
👉 Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida
👉 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
👉
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
👉
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
👉 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
👉Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉 Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
👉 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati
👉 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
👉 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya hamkorligida tashkil etilgan maktab o‘quvchilarining darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ota-onalar va mahalla faollari hamkorligi masalalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

📶 Jonli efir

Matbuot anjumanini shuningdek “O’zbekiston 24” va “Uzreport” telekanallari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_talabalarimiz_bor

Ixtirochi talabalarimizdan biri – Otabek Atabayev bilan tanishing!


🔬Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Otabek Atabayev dengiz suvini ichimlik suviga aylantirish texnologiyasini yangi ilg‘or materiallarni qo‘llagan holda optimallashtirish ustida ishlamoqda.

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishi haqida aytadigan bo‘lsam, bu yo‘nalish ixtirolar qilish va jamiyat uchun foydali inson sifatida shakllanishga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘l deb bilaman, - dedi Otabek.


Muhandislik kasbi ijodkorlik, innovatsiya va dunyoni o‘zgartiradigan murakkab vazifalarni yechish uchun cheksiz imkoniyatlarni ochadi.

💥 Muhandis sifatida siz texnologik taraqqiyotning markazida bo‘lishingiz va kelajakni yaratishga hissa qo'shishingiz mumkin.

👉 Bu yo‘lda bizga qo‘shiling.

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Ijod maktablarida robototexnika sirlari o‘rgatilmoqda
#10feb #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Navoiy ijodida komil shaxs tarbiyasi
#9feb #uzbekiston24

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Samarqand viloyatidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'qituvchi hamda o'quvchilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida  insholar tanlovi o’tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining ikkinchi mavsumi boshlandi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Maxsus fanlar boʻyicha yangi oʻrinbosari tayinlandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida futbol bo’yicha “Prezident maktabi Superkubogi”ning final o’yinlari bo'lib o'tdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari ishtirokida  davra suhbati oʻtkazildi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Tarix unutmaydigan ikki buyuk shaxs" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi .

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O’zbekiston” universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Besh tashabbus” doirasida  o‘quvchilar o‘rtasida "Kubik-rubik" musobaqasi o‘tkazildi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Alisher Ahatjonov AQShning Cincinnati universiteti grantini qo'lga kiritdi.

Chinoz va Quyichirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari o'qituvchilari o'rtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Asakabank faoliyati bilan tanishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy” nomli spektakli namoyish etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminari o’z nihoyasiga yetdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ

Savol: “Yangi O‘zbekiston” universitetda saralash imtihoni qay tartibda o'tkaziladi?

Javob: Universitetda 2024/2025-o‘quv yili uchun saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlar uchun imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadi.

📶 Eslatib o‘tamiz, matematikadan SAT, International Baccalaureate Diploma, GCSE, GCE O-Level, GCE A-Level/AS-Level va IGCSE kabi xalqaro sertifikatlardan biriga ega talabalarga ham matematikadan olgan natijasiga ko‘ra tegishli ball taqdim etilib, imtihondan ozod etilishi mumkin.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN


Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Denov tuman 1-son Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot resurs markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Amity University" vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalar mehmon bo'lib, ta'lim maskanidagi shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari bilan tanishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o’quvchilariga "Vatan tayanchi" ko‘krak nishonlari topshirildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining "Qizlar ovozi" klubi a'zolari “Technovation Girls 2024” dasturining Namangan viloyati bosqichida ishtirok etdi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Inha Universiteti vakilllari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahar 24-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hamkorligida konsert dasturi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#milliy_ixtiro

“Yangi O‘zbekiston” universiteti professorining ixtirosi Amerikada patentlashtirildi


Raqamli texnologiyalar maktabi Informatika departamenti professori doktor Sirojiddin Jo'rayevning ixtirosi Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati tomonidan patentlashtirildi.

Mazkur ixtiro WiFi tarmoqlarida shovqin hujumidan qochadigan tizim vazifasini bajaradi. Uni harbiy xizmat jarayonida va boshqa ko'plab simsiz tarmoq sohalarida qo'llash mumkin.

Ixtiro bundan avval Koreya Respublikasida ham patentlashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANTIRILADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi agentlik va markaz o‘rtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, xususan STEM sohasini rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish, kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbir doirasidagi muloqotda Agentlik direktori A.Ubbiyev ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari har tomonlama izchil rivojlanayotgani, xususan ta’lim sohasida manfaatli kelishuvlarga erishilayotganini e’tirof etdi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 11 ta maktabda koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga koreyalik malakali o’qituvchilar jalb qilingan. Iqtidorli o’quvchilarning Koreya Respublikasidagi nufuzli ta’lim muassasalariga safari ham tashkil etilmoqda.

Tomonlar agentlik tasarrufidagi maktablar hamda Koreya Respublikasining nufuzli xalqaro maktablari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi o‘qituvchilarni jalb qilish, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni ko‘zda tutuvchi qisqa muddatli treninglar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashdi.

— Markazimiz faoliyati koreys tilini o’qitish bilan birga ta’limning boshqa zamonaviy turlarini ham o’z ichiga oladi, - dedi Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man. – Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, markazimiz Agentlik tomonidan ilgari surilgan takliflarni qo’llab quvvatlaydi. Kelajakda shu kabi foydali muzokaralar davom etishiga ishonamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

MAXSUS REPORTAJ

🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi faoliyatiga nazar.
#Jizzax_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan sharoitlar, mintaqaviy va xalqaro olimpiadalarda erishilayotgan yutuqlar haqida "Najot — bilimda" ko‘rsatuvida keng yoritildi.
#Xorazm_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#amaliyot

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari Surxondaryo viloyatidagi bank va ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashdi.

Hamkorlik memorandumiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbirlar yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashni nazarda tutadi.

Suratlarda: o‘quvchilar "O‘zmilliy bank" AJ Qumqo‘rg‘on bank xizmatlari markazi va "Termiz National Carpets" MCHJga qarashli "SUF CARPETS" gilam ishlab chiqarish fabrikasida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал