piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Qoraqalpog‘istonlik ijodkorlar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
#17nov #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🚀✨ "Raqamli Avlod IT Fest" 2023!

🌐🇺🇿 Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligiga taklif qilamiz!

👨‍💻 DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo'yicha o'z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo'ladi! Onlayn saralash bosqichi 22-noyabrda boshlanadi, final esa 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo'lib o'tadi.

🤖 Robototexnika musobaqasi - 29-noyabr kuni sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol, ​​robo sumo va foydali ixtirolar bo'yicha qiziqarli Respublika musobaqalari kutmoqda.

💡 Hackathon - 30-noyabr Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo'ylab ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarini o'z innovatsion eko loyihalari bilan kutib qolamiz.

🔵 Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan – 2-dekabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo'lishingiz kafolatlanadi! Tadbir Yangi O'zbekiston Universiteti binosida bo'lib o'tadi.

📅 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro'yxatdan o'tish uchun
: online.raqamliavlod.uz.

AKT sohasida o'z bilim-ko'nikmalaringizni mukammallashtirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 🚀🌟

#RaqamliAvlodITFest #DigitalGenerationUzbekistan #ITEvents #MicrosoftCommunityConf2023 #AI #CloudTech #CyberSecurity

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#ijod_maktabi

🇺🇿 Agentligimiz tizimidagi maktablarda 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir vatan bayrogʻi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

🗺 Jumladan, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan tadbirda maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Vatan bayrogʻi ostida saf mashqlari tanlovi oʻtkazildi. 7-sinf oʻquvchilari bayrogʻimiz haqida oʻzlari yozgan sheʼrlarini oʻqib eshittirdilar.

🗣Shuningdek, "Bayrogʻing boshingda hilpirar" qoʻshig'i sadosi ostida 8-9-sinf oʻquvchilarining harbiy liboslarda chiqishlari tadbirga koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Tadbir soʻngida Halima Xudoyberdiyevaning "Yurt bayrogʻi" sheʼri oʻquvchilar joʻrligida ijro etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#new_Uzbekistan_university

🗺Saksoniya ta'lim vaziri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazildi

📆 Bugun "Yangi O'zbekiston" universitetida Germaniyaning Saksoniya faderal shtati ta'lim vaziri Sebastian Gemkow hamda Saksoniya akademiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

📝 Uchrashuvda tomonlar:
Germaniya oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlab borish;
qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
talabalar uchun amaliyot dasturlarini kengaytirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

Mazkur uchrashuv ikki tomonlama yangi hamkorlik imkoniyatlariga yo'l ochadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Maʼnaviyat_marafoni

Yangiliklar 24 | «Ma’naviyat marafoni» loyihasi doirasidagi tadbirlar
#15nov #uzbekiston24

🗺Termiz shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Amaliy_va_tasviriy_kulolchilik

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan to‘garaklarning safiga yangi tashkil etilgan “Amaliy va tasviriy kulolchilik” to‘garagi ham qo‘shildi va to‘garak rahbari Temurbek Haydarov boshchiligida ilk amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🍶O‘quvchilarni kulolchilik sohasiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu to‘garakning a’zolari birin-ketinlik bilan loydan har xil turdagi piyola, ko‘za, tandir, kosa kabi buyumlarni yasadilar.

📝Kulolchilik milliy xalq amaliy sanʼati turlaridan boʼlib, hunarmandchilikning loydan, gildan turli buyumlar, idishlar, qurilish materiallari tayyorlaydigan sohasiga kiradi. Kulolchilikning bezak sanʼati boʼlgan koshinkorlik sanʼati Farg‘ona vodiysida keng rivojlangan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yangi_baholash_tizimi

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni eʼtiboringizga havola etamiz. Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#new_Uzbekistan_university

🗺 Agentligimiz tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Mening daraxtim" tadbiri oʻtkazildi

Tadbirda universitet xodimlari, talabalar va professor-oʻqituvchilar daraxt ekishdi. Loyihaning oʻzgachaligi shundaki, har kim oʻzi ekkan daraxtni doimiy parvarishlab boradi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qoraqalpoq_adabiyoti_kunlari
#ijod_maktabi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-10-11-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida "Qoraqalpoq adabiyoti kunlari" o‘tkazildi.

📝 Ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kenesboy Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Baxtiyor Genjemuratov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Xalila Dao‘letnazarov hamda viloyat hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ziyoda Aminovalar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.

Mehmon-ijodkorlar Abdulla Oripov muzeyida bo‘lib, shoirning ijodi va hayotiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yangi_avlod_darsliklari

⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi toifali Biologiya fani oʻqituvchisi Zilola Mirxonova hammuallifligida oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun "Zoogeografiya" darsligi yaratildi.

📝Ushbu kitob Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan oliy oʻquv yurtlarining 70510101 – Biologiya (zoologiya, ixtiologiya va gidrobiologiya) mutaxassisligi uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.

📚Mazkur darslikdan nafaqat oliy taʼlimning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari, balki ushbu fanga ixtisoslashtirilgan va chuqurlashtirib oʻqitiladigan maktab oʻquvchilari uchun ham qoʻshimcha manba sifatida foydalanish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar_trening
#Jizzax_shahar_2_IMI

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog xodimlari uchun oʻquv-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktor oʻrinbosari Iroda Saibova tomonidan oʻtkazilib, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qoʻllanmalaridan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berildi.

🗣Seminar davomida oʻqituvchilar oʻquv jarayonini
rejalashtirish, taʼlim samaradorligini taʼminlash, oʻquvchining ehtiyojini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va oʻquvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda oʻzaro fikr almashdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️Shu yilning 5-11-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilaridan iborat jamoa Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan "Sakura Science High School Exchange Program" dasturida ishtirok etdi.

🗣Dastur davomida o‘quvchilar global muammolarni hal qilishga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, tabiiy fanlarning kelajakda kutilayotgan yutuqlari bo‘yicha professorlar tomonidan tashkil qilingan ma’ruzalarda faol qatnashishdi hamda dunyoning turli davlatlaridan kelgan tengdoshlari bilan fikr almashdilar.

🗺O‘quvchilar ushbu dastur asosida Tokioning quyida nomlari keltirilgan mashhur muzey, universitet va madaniy hordiq markazlarida bo‘lishdi:
Mitsubishi Minatomirai Industrial Museum;
Sankeien Garden;
Chuo University Senior High School;
Senso-ji Temple and Nakamise shopping Street;
Chiba University;
JAXA Tsukuba Space center;
Cyberdyne studio;
The University of Tokyo;
Miraikan museum.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#marafon

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkazildi.

🗣Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad yoshlar qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy gʻururni shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, urf-odatlarimiz, anʼana va qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashdan iborat.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#Prezident_maktabi

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʻ sanaladi. Chunki u xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🗺Andijon shahridagi Prezident maktabida "Muqaddasdir vatan bayrogʻi" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda oʻquvchilar vatanni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar bilan qatnashdilar.

🗣Bayram tadbirida Mudofaa vazirligiga qarashli 14014-sonli harbiy qismining orkestr jamoasi ham ishtirok etib, oʻzlarining musiqiy chiqishlarini namoyish etdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#dars_jarayonlari
#amaliy_darslar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻshrabot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida biologiya, kimyo, fizika fanlaridan qiziqarli amaliy mashg‘ulot darslaridan lavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bayrogʻim_faxrim
#Prezident_maktabi

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

🗺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar vatanni madh etuvchi kuy va qo'shiqlar bilan ishtirok etishdi.

🗣Bayram tadbirida Guliston shahar harbiy prokuraturasi, 532-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyoni harbiylari va Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, o'zlarining harbiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Prezident_maktabi
#cooking_time

🗺Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Qizlar ovozi“ klubi volontyorlari ART to’garagida pazandachilik sirlarini o’rganish maqsadida o’zbek milliy taomlarini tayyorlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushirildi.

🗺Endilikda respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

🔔ESLATMA:
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 233-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgandagina o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ta’lim tizimida yangicha yondashuvlar samarasi
#uzbekiston24

🗺 Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida umumtaʼlim maktablari 314 ta boʻlib, Prezident maktabi, ijod maktabi hamda 10 ta ixtisoslashtirilgan maktablardagi pedagoglarning tajribasi, ishlash uslubi mazkur umumtaʼlim maktablariga ham tatbiq etilmoqda.

Yangicha yondashuv asosida ishlarning tashkil etilishi esa oʻquvchilarni darsga qamrab olish, farzandlarning bilim olishiga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

00:36 – Guliston shahridagi Prezident maktabi;
05:08 – Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
06:48 – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning maktab davridanoq har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib kamolga yetishlari, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#Prezident_maktabi

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🗺Jumladan, Namangan shahridagi Prezident maktabida ham "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🌲Loyiha doirasida maktab hovlisiga manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#Maʼnaviyat_marafoni

Maxsus reportaj | "Ma’naviyat marafoni" loyihasi doirasidagi tadbirlar
#uzbekiston24

🗺Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik
#CIS

⚡️Agentligimiz tizimidagi Qarshi shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurdi

Xalqaro maktablar kengashi – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

❗️Kengashga aʼzo boʻlish 3 bosqichda amalga oshiriladi:
hujjat topshirish;
maktab jamoasi bilan onlayn suhbat;
maktab faoliyatini oflayn oʻrganish.

✔️Prezident maktabiga tashkilot vakillari tashrif buyurib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi bilan tanishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning metodikasi va baholash tizimi joriy etildi
#uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Ijod maktablarining o‘quvchilari xalqaro (B2 - C1) va mahalliy til bilish sertifikatlaridan yuqori natijalarni qoʻlga kiritishmoqa:

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Ogahiy nomidagi ijod maktabi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bog'i tashkil etilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari hamda tizimdagi boshqa qator tashkilotlar xodimlari ishtirokida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tashabbus davomida murakkab yer sharoitiga moslashuvchan 1000 tupdan ortiq yong‘oq daraxti ko‘chatlari ekildi.

Daraxt ekish tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda o‘tqazilgan ko‘chatlarni parvarish qilish hamda hududni yanada obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari bilan turli sohalarda amalga oshirayotgan hamkorlik munosabatlari yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Ayni damda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning davlatimiz rahbari bilan o‘tgan uchrashuvlari chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Jahon hamjamiyatining nufuzli davlatlaridan biri bo‘lgan Italiya bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarga qo‘l qo‘yildi. Ular orasida ta’lim va fan sohalari ham borligi juda quvonarli.

Aytish joizki, bugungi kunda Italiya davlati bilan ta’lim sohasida bir nechta loiyihalar amalga oshirilgan. Xususan vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Italiyaning “Global Action” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda 2022-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Diplomacy Education» (Diplomatik ta’lim) dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Dastur doirasida saralab olingan 9–10-sinf o‘quvchilari 2022-yilning may oyida Italiyaga safar qildilar. Safar chog‘ida ushbu mamlakatning siyosati bilan tanishish barobarida, mamlakat yoshlari bilan turli mavzularda fikr almashdilar. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz Italiyada o‘tkazilgan turli tanlovlarda ham qatnashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Xususan, joriy yilning 3-6-oktabr kunlari Samarqand viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabining 12 nafar o‘quvchisi Pezaro shahrida tashkil etilgan Sun of Italy festivalida ishtirok etib, bir nechta yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Italiya Respublikasi Ta’lim va e’tiroflash vazirligi o‘rtasida maktab ta’limini rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan Anglashuv memorandumi ta’lim sohasidagi ushbu munosabatlarni yanada yuqori va yangi bosqichga olib chiqishga imkon bermoqda.

Xususan, imzolangan hujjatga asosan endilikda O‘zbekistonning umumta’lim maktablarida italyan tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, imkoniyati cheklangan bolajonlarimiz uchun surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha milliy malakali mutaxassislarni jalb etish, ularning metodlaridan foydalanish, Brayl alifbosida darsliklarni nashr etish tizimi takomillashtiriladi.

Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tgan muzokaralar nafaqat fan va ta’lim balki davlatimizning boshqa strategik yo‘nalishlarida ham manfaatli bo‘lishiga ishonaman.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал