piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezidentimiz yana bir bor maktab ta’limi kelajagimiz masalasi ekaniga e’tibor qaratdi.

“Mana shu imkoniyatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va muallimlarni, o‘z maktabini sog‘ingan va “men ham o‘quvchi bo‘laman!” deb quvonchi ichiga sig‘may turgan farzandlarimizni, ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bilan chin dildan tabriklayman.

Qadrli o‘qituvchi va muallimlar, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilmoqchiman.

Aziz ustozlar, maktab ta’limi sohasidagi islohotlarimizni amalga oshirishda men sizlarni o‘zimning eng yaqin yordamchim, deb bilaman.

Sizlar bir haqiqatni albatta yaxshi tushunasiz. Ya’ni, biz maktab ta’limini yanada yaxshilash bo‘yicha qabul qilayotgan chora-tadbirlarimizning pirovard natijasi avvalo sizlarga, sizlarning fidokorona mehnatingizga bog‘liq.

Men sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – yangi avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlarni ko‘raman.

Bugun sizlar ta’lim-tarbiya berayotgan, qalbini, ongini ezgulik bilan to‘ldirayotgan millionlab farzandlarimiz ertaga Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lib bizning safimizga kiradi.

Vatanimiz, xalqimiz sizlarning bunday olijanob xizmatlaringizni hech qachon unutmaydi.

O‘qituvchilik kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi
, - dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilish yakunida vazirlar va hokimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.

Kelgusi yilda Investisiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bunda asosiy e’tiborni 2 koeffisiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o‘rnida maktablar tashkil qilinadi. Bu ham qo‘shimcha 42 ming o‘quvchi o‘rni, degani.

Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi. Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

Umuman, bu ishlar orqali kelgusi yilning o‘zida 250 ming yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 karra ko‘p o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yil yakuniga qadar yangi tajribani o‘qituvchilarning bilim darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda sinovdan o‘tkazishga topshiriq berildi.

Shuningdek, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.

Buning uchun Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbari o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish haqida so‘z yuritar ekan, o‘qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham to‘liq o‘zgarishini qayd etdi.

Har yili maktablarda 8 ming o‘qituvchi ishga qabul qilinadi, yangi maktablar hisobiga yana shuncha o‘qituvchiga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi.

Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11-sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbari ko‘tarilgan muammolarning yechimlari va yangi tashabbuslarni bayon qildi.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” bo‘ladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilandi.

Bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi.

Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga talab bor.

So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta bo‘lgan).

Toshkent shahri va Farg‘onada xususiy maktablar salmog‘i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qo‘shimcha 150 ming o‘quv o‘rniga ehtiyoji bo‘lgan Samarqandda bor-yo‘g‘i 6 ming 300 o‘rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida bosh qotirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, maktablarni ta’mirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard so‘m ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshdi.

Jumladan, chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikati bor o‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etildi.

Natijada 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi. Yana 2 mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti.

Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.

Joriy yilda Toshkentdagi 81-maktab va Al-Xorazmiy ixtisoslashgan maktabi Xalqaro ekomaktab dasturining oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bunday yutuqqa Markaziy Osiyoda ilk bor bizning maktablarimiz erishdi.

Yuqori malakali, o‘z ustida ishlaydigan muallimlarni yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi.

"Ko‘p yoshlarimiz qiziqishi va qobiliyatiga mos kasb-hunar egallashni afzal ko‘rayotgani ham davr talabi. Shu bois bolalarimizga maktabdayoq kamida ikkita chet tili, kompyuter va kasb-hunarni o‘rgatsak, qo‘lida hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi”, - dedi Prezident.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Xalqaro olimpiada zaxiralari markazi murabbiysi, to‘garak rahbari Mohira Boltayeva bugunning zamonaviy o’qituvchisi, u o’z ustida tinimsiz izlanadi. Uning erishgan muvaffaqiyat va natijalari haqida quyida tanishishingiz mumkin:

Kimyo fanidan o'tkazilgan 53-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini;
Parij shahrida kimyo fanidan o'tkazilgan 51-Jahon olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini;
Respublika tibbiyot talabalari onlayn olimpiadasida kimyo fanidan 1-o‘rinni;
Xalqaro “Samarqand-2020” tibbiyot talabalari olimpiadasida kimyo fanidan 2-o‘rinni egallagan.
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

🗣Shu kunga qadar bir necha o‘quvchilari Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishiga erishdi. Jumladan:

Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida o‘quvchilari 2 ta bronza medalini;
Kimyo fanidan 55 va 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida – bitta oltin, beshta kumush va uchta bronza medalini;
54-Xalqaro kimyo olimpiadasida – 3ta kumush medalini;
Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini;
Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Abu Rayhon Beruniy Xalqaro Kimyo olimpiadasida 3 ta oltin medallarni, 3 ta kumush medalini;
Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#SAT
#prezident_maktablari

⚡️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

Turli viloyatlardan hamda qo‘shni respublikalardan xalqaro SAT imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 57 nafar talabgor imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi.

➡️SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#rahbar_xodimlar_uchun_seminar
#prezident_maktablari

Agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘raboy Shermatov Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminari haqida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Prezident maktablari rahbarlari uchun oʼquv seminari
#uzbekiston24

Seminar doirasida Prezident maktablarining Xalqaro CIS akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish, CIS jamoasining Prezident maktablariga uyushtirilishi belgilangan tashriflari, Prezident maktablarida yuqori saviyadagi ta’lim berishni yo‘lga qo’yish, Fanlararo integratsiyalashgan o‘quv rejalari kabi mavzular o’rganiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Kazan
#oromgoh
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️ Joriy yilning 19-29-avgust kunlari Kazan shahrida "Friends" xalqaro yoshlar oromgohi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu oromgohda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan yoshlar qatnashmoqda. Ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va umumta'lim maktablarining faol va iqtidorli o‘quvchilari ham bor.

Oromgoh davomida o‘quvchilar uchun ko‘plab interaktiv o‘yinlar va sayohatlar, yangi loyihalar, har bir davlatning milliy ko‘rgazmalar namoyishi tashkil qilinmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining natijalari haqida
#uzreport_tv

Joriy yilda ijod maktablaridagi 223 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 186 nafari xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, ularning 15 foizi muddatidan oldin xorijiy va 85 foizi mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi;

Ular jami 5 mln 345 ming AQSH dollari miqdoridagi grant sohibi bo‘lishdi hamda 3 nafari “El yurt umidi” jamg‘armasining stipendiyasini qo‘lga kiritdi;

Ijod maktablari uchun chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlardan darsliklar 100 foiz mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablar darajasida ishlab chiqildi;

Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Xorijdan turk tili o‘qituvchilari jalb etildi;

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi “Zulfiya” davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi;

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📝 IJOD MAKTABLARINING RASMIY SAHIFALARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari natijalari haqida
#uzreport_tv

✔️ Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga asosan, 182 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.

✔️ 2022-yilda ixtisoslashtirilgan maktablar uchun Camridge Assessment tashkilotining fizika, biologiya, kimyo fanlaridan ta’lim dasturlari to‘liq mahalliylashtirildi;

✔️ 2023-2024-o‘quv yilida 5-sinflar uchun matematika va informatika hamda 7-sinflar uchun O‘zbekiston tarixi fanlaridan takomillashtirilgan darsliklar to‘liq amaliyotga joriy etiladi;

✔️ Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni 66 nafar o‘quvchi bitirdi. O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi;

✔️ Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 38 nafar o'quvchi bitirdi. O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 6 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi;

✔️ Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 114 nafar o‘quvchi bitirdi. Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbari maktab ta’limi qamrovini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Umuman, 2030 yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga bir oy muddatda maktablarga chetdan 1 milliard dollar jalb qilish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar va loyiha takliflarini tayyorlab, xorijiy va xalqaro moliya tashkilotlari bilan amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Viloyat hokimlariga 1-noyabrga qadar demografik o‘sish, aholi joylashuvi va zichligini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yangi maktablar qurish uchun yer uchastkalarini aniqlash, Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1-fevralga qadar yangi maktablarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, tenderlarni e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilidan kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinishi belgilandi.

Ya’ni, kelgusi yillardagi talabni hozirdan aniqlab, zarur mutaxassisliklar bo‘yicha muallimlarni oldindan tizimli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Maqsadli buyurtma asosida o‘qituvchilarni tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi. Kelgusi o‘quv yili uchun pedagogika oliygohlarining qabul kvotalarini belgilashda ushbu yangi tartib nazarda tutiladi.

Maktab ta’limida boshqaruv tizimi
ham o‘zgaradi.

Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o‘qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi “Direktorlar maktabi” tashkil qilindi. Maktabda ta’lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Endi direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi.

Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Iqtisodiyot va moliya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklariga kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya (e’tiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo‘ladi. Past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shartligi qayd etildi.

Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.

Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Mas’ullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o‘quvchilar orasida yod iste’molining foydali xususiyatlarini keng targ‘ib qilish topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Bu yil 387 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliygohlarga o‘qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta’lim bilan qamrab olinadi.

Qolgan 195 ming nafar yoshlar qayerga borishi, ular ertaga ish topa olmasa, kim bo‘lishi haqidagi savollarga na viloyat va tuman hokimlari, na soha mutasaddilarida javob yo‘qligi ta’kidlandi.

Oqdaryodagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo‘lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, ularga 2 ta chet tili o‘qitilmoqda.

Eng muhimi, bu ishlar mahalliy byudjet va tadbirkorlar hisobidan tashkil qilingan bo‘lib, o‘quvchilar bu yerda ish haqi olmoqda.

Barcha viloyatlar maktab ta’limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryoga borib, bir hafta davomida ushbu tajribani o‘rganishi shartligi ta’kidlandi.

Samarqand viloyati hokimiga keyingi o‘quv yiliga qadar viloyatdagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizimni joriy qilish, qolgan viloyat hokimlariga yil yakunigacha har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda ushbu tajribani yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Davlatimiz rahbari sohada mavjud muammolarni tahlil qildi.

Jumladan, hozirda boshlang‘ich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan o‘tilayotgani bilan o‘quvchilar aniq bir yo‘nalishda chuqur bilimga ega bo‘lmay maktabni bitirayotgani qayd etildi.

Masalan, 107 ta tumandan talaba bo‘lganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika bo‘yicha maksimal ballning yarmini ham yig‘a olmagan. Fizika, kimyo va biologiya bo‘yicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yo‘q.

O‘tgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va ko‘nikmasi “qoniqarsiz” baholangan. Ayniqsa, hozirda talab yuqori bo‘lgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani o‘qituvchilarining bilimi “qoniqarsiz” ekanligi aniqlangan.

Yoki, 51 ming nafar chet tili o‘qituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) “C-1” darajasiga ega. Vaholanki, 2025 yildan boshlab chet tilidan faqat “C-1” darajasi bor o‘qituvchilar dars o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi.

O‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.

“Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi.

Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi.

Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz”,
- dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

To‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 28-avgust – 4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga jo‘nab ketdi.

📝Terma jamoa tarkibi:

Dilyorbek Valijonov – Andijon shaharidagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev – Toshkent shahridagi Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Asilbek Sunnatov –Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Otabek Jo‘rabekov – Toshkent shahridagi Profi School maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilari diqqatiga!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetda CPU tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!

⚡️ Endilikda siz mazkur tayyorlov kurslarida o‘qib, TOEFL hamda SAT sertifikatlariga ega bo‘lishingiz mumkin.

👨‍🏫 Kurslar yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

👉 Kurs hamda qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://newuu.uz/uz/pre-university#apply

📄 Ushbu sertifikatlarga ega abituriyentlar yurtimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyozlarga ega bo'lishadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

❗️“Diffusion Fundamentals X” xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi

📆 Joriy yilning 6–8-sentyabr kunlari Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida fizika, matematika va muhandislik sohalarida dunyo miqyosidagi yangi nazariya va bilimlarni birgalikda muhokama qilish maqsadida 10-Xalqaro “Diffusion Fundamentals” ilmiy konferensiyasi o‘tkaziladi.

🗺 Konferensiya Germaniya, AQSH va Polsha kabi davlatlarda 2005-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda birinchi marta Oʻzbekistonda o‘tkazilmoqda.

🫥 Ushbu konferensiyada barcha ilm-fanga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchi olimlar hamda professorlar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://dfx.newuu.uz/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga qabul qilingan talabalarning grant o‘rinlari to‘grisida dastlabki ma'lumot

📌 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-iyundagi qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirgan va 1-kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalarga qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida dastlabki ma'lumot shakllantirildi.

🫥Quyidagi havola orqali kirib, imtihonlarda olgan balingizga ko‘ra universitet tomonida qancha miqdorda grant ajratilganligi to‘g‘risida bilib olishingiz mumkin.

⚪️Havola: https://newuu.uz/en/exam-info

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️2022/2023-oʻquv yilida Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari yuqori natijalarni qayd etdi

📊 Jumladan:
Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Respublika miqyosida uchinchi oʻrinda – 155,6 ball;
Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 147,1 ball.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#infografika_
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari IELTS xalqaro imtihonida yuqori natijalarni qayd etdi.

Jumladan:

➖ Javohir Yuldashev – 8.0 ball
➖ Zamira Baratova – 8.0 ball
➖ Akbar Jo'rayev – 8.0 ball
➖ Dilnoza Fazliddinova – 7.5 ball
➖ Mirshod Muhammedov – 7.5 ball
➖ Hadiyabonu Murodillayeva – 7.5 ball
➖ Abdulaziz Ibodullayev – 7.5 ball
➖ Sardorbek Po'latov – 7.5 ball
➖ Ozodbek Safarov – 7.5 ball

✨ O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#prezident_maktabi

🌍 Prezident maktabi o‘quvchisi "Xirosima Xalqaro Yoshlar forumi tinchlik elchisi" etib tayinlandi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sadulla Rizayev Yaponiyaning Xirosima prefekturasi hukumati tomonidan tashkil etilgan sakkizinchi Xalqaro yoshlar forumiga ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, ushbu Xalqaro forum yoshlarning barqaror va xavfsiz dunyo haqidagi qarashlari, birgalikda tinch kelajakni yaratish yo‘lida birlashish maqsadini shakllantirish uchun tashkil etilgan.

🔹 Forumda 18 yoshdan kichik, ingliz tilida muloqotga kirisha oladigan, xalqaro tinchlik mavzusiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari qatnashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал