piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijod_maktablari

⚡️2022/2023-oʻquv yilida Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida Ijod maktablari yuqori natijalarni qayd etdi

📊 Jumladan:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 159,7 ball;
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 149,3 ball;
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 148,3 ball.

📈 Yuqori ball koʻrsatgan Ijod maktablari:
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi140,079 ball;
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi – 139,012 ball;
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi – 138,217 ball.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Markaziy studiya | Prezident maktabi bitiruvchisi 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollar miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi
#my5tv

⚡️Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Nozimbek Turgʻunboyev Vengriya davlatida joylashgan Debretcen va Eotvos Lorand universitetlarining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha sifatida grant oylik stipendiya, yotoqxona va tibbiy sug‘urta xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

💫 U xalqaro SAT imtihonidan 1350 ballni hamda xorijiy til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatini (7 ball) qo‘lga kiritdi.

Bitiruvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi Jizzax viloyati misolida
#18aug #uzbekiston24

Agentligimiz tizimidagi Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi xalqaro andozadagi ta'lim jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar, tajribali pedagog xodimlar saralanishi, maktab bitiruvchilarining joriy yildagi erishgan natijalari haqida Jizzax viloyati misolida maxsus reportaj tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Assalom, O‘zbekiston | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning natijalari haqida
#uzbekiston

✔️ Ushbu dasturda Prеzidеnt maktablarining samaradorligi, Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi mavzularida suhbat olib borildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Markaziy studiya | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 yillik tajribalari
#my5tv

Bugungi kunda intellektual taraqqiyotni yuksaltirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida fan va ta’limni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash oldimizda turgan dolzarb va asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.

Hozirda Agentligimiz tarkibida iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash, ularni jahon andozalariga mos tarzda o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan 205 ta maktab faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan 14 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod, 182 tasi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hisoblanadi.

▶️ "MY5" telekanali tomonidan ushbu maktablarning 4 yil davomida erishgan natijalari va ta'lim tizimi haqida Agentlik mas'ullari ishtirokida maxsus lavha tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar24 | Pedagoglar uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
#uzbekiston24

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahridagi pedagog xodimlar uchun o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tdi

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlash singari mavzular bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ishga_taklif

💼 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

✔️ Kimyo fani o‘qituvchisi
✔️ Matematika fani o‘qituvchisi
✔️ Biznes va iqtisod fani o‘qituvchisi
✔️ O'quv bo'lim uslubchisi
✔️ Muhandis dasturchi
✔️ Robototexnika to'garak rahbari
✔️ Dizayn va tasviriy san'at to'garak rahbari
✔️ Tarbiyachi (kunduzgi)
✔️ Navbatchi tarbiyachi (tungi)
✔️ Fizika laborant
  
🗣O'qituvchi, uslubchi, laborant, to'garak rahbari va kunduzgi tarbiyachilar uchun talablar:
Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Talabgorlarni tanlab olishda qonun hujjatlariga asoslaniladi.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📝 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 28-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

📁 Ma’lumotnomangizni ushbu telegram manzilga jo‘nating: @hudajkulnirikgmail

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+998997189788

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Reportyor | Prezident maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar soni yil sayin ortmoqda
#mahalla_tv

▶️ 01:05 To‘raboy Shermatov, Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.

▶️ 03:11 Inom Xo‘jamov, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#imtihon_natijalari

UCHINCHI IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 5-avgust kuni uchinchi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

🪪 Imtihon natijalarini bilish uchun quyidagi havola orqali kirib, pasport yoki ID kartangizning seriya va raqamini kiritishingiz kerak bo‘ladi.

🌐 Veb sahifadan natijalarni bilish:
https://newuu.uz/en/exam-info

📥 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar quyidagi havolaga kirib, shartli ofertani yuklab olishlari kerak.

⚪️ Shartli ofertani yuklab olish: https://newuu.uz/en/conditional-offer-letter

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#intervyu
#daryo_uz

⚡️ "Daryo.uz" saytida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovaning "Ekspert: “3-5 yilda rivojlangan davlatlar qatoriga chiqamiz” intervyusi e'lon qilindi.

Intervyu o‘quvchilarning bilimini baholashda formativ va summativ tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tizim bir qancha kamchiliklarni bartaraf etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi haqida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#infografika
#qabul_2023

⚡️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA 2023/2024-OʻQUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI TOʻGʻRISIDA HUDUDLAR KESIMIDA INFOGRAFIKA

📈 Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan:
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 2 116 ta;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 2 880 ta;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga – 13 835 ta.

Kirish imtihonlarida esa infografikada koʻrsatilganidek 14 960 nafar oʻquvchi ishtirok etgan.

3 871 nafar oʻquvchi nomaʼlum sabablarga koʻra kirish imtihonlarida qatnashmagan.

❗️Eslatib o'tamiz, barcha hududlarda bosqichma-bosqich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi filiallari ochilishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
#uzbekiston24

🔔 Ayni paytda umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy etish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olish bo‘yicha o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treninglar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazining malakali mutaxassislari hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning trener-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminarlar joriy yilning 15-17-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 22-24-avgust kunlari tuman va shaharlarda, 28-29-avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda http://t.me/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar

📝 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalarini qabul qilish 18-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 579 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 170 ta, (21-23-avgust kunlari);
Qashqadaryo viloyati – 68 ta, (29-avgust kuni);
Farg‘ona viloyati – 63 ta, (25-avgust kuni);
Surxondaryo viloyati – 55 ta, (30-avgust kuni);
Toshkent viloyati – 42 ta, (24-avgust kuni);
Navoiy viloyati – 34 ta, (28-avgust kuni);
Samarqand viloyati – 31 ta, (28-avgust kuni);
Namangan viloyati – 30 ta, (26-avgust kuni);
Buxoro viloyati – 27 ta, (28-avgust kuni);
Andijon viloyati – 17 ta, (26-avgust kuni);
Xorazm viloyati – 14 ta, (27-avgust kuni);
Sirdaryo viloyati – 12 ta, (27-avgust kuni);
Jizzax viloyati – 10 ta, (27-avgust kuni);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 ta, (27-avgust kuni).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

🗺HUDUDLARDAGI ISHCHI GURUH XULOSASIDAN NOROZI BO'LGAN MUROJAATCHILAR YUQORIDA KO'RSATILGAN SANALARDA AGENTLIKNING APELLATSIYA KOMISSIYASIGA KELIB MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

👣Lokatsiya

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 38 nafar o'quvchi bitirdi.

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 6 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

✔️ Xalqaro “International Calculus Olympiad-2022” olimpiadasida oliy matematika yo‘nalishida Jaloliddin Boymaxammadov – oltin medalini qo‘lga kiritdi.
✔️ Belarus Respublikasida onlayn o'tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultanov, Jaloliddin Boymaxammadov Abdulloh Mamniyazov – bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
✔️Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultonov – bronza medalni qo’lga kiritdi.
✔️ 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida Abdulmalik Xoltemirov – bronza medali sohibi bo'ldi.

Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada, Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy olimpiada hamda al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

🏛 14 nafar bitiruvchi Xalqaro universitetlarning jami 7.009.600 AQSH dollari miqdoridagi grantlar sohibi bo'ldi.

Bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega.

✔️ 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.

📊 Kamoldinov Akbarjon hamda Izbayev Bexruzbeklar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant
#ijod_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Gulobod Nuraliyeva Turkiyaning Ege universiteti "Turk tili va adabiyoti" yo‘nalishiga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Iqtidorli bitiruvchimiz xorijiy til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatini (7 ball) ham qo'lga kiritgan edi.

Bitiruvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ishga_taklif

💼 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimlarga vakant e’lon qiladi:

✔️ Biznes asoslari va iqtisodiyot
✔️ Matematika
✔️ Science
✔️ Kimyo
✔️ Informatika

🗣Talablar:
➖Oliy ma’lumotli;
➖Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
➖Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
➖O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
➖Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:
🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga jo'natiladi: http://t.me/NurPmBot

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun:
+998999822868
+998975438666

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 114 nafar o‘quvchi bitirdi.

🏅Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. (Elbek Zohidjonov - 2 ta oltin, 2 ta kumush, Asilbek Sunnatov - 1 ta bronza, Abdulaziz Radjabov - 1 ta bronza, Ozodbek Axtamov - 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)

🏛 Maktabning 19 nafar bitiruvchisi Xalqaro universitetlarning grant sohiblari bo‘lishdi.

💯 Bitiruvchilarning barchasi mahalliy universitetlarga qabul qilindi.

Yaponiyaning Chibo shahrida o'tkazilgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) hamda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov bronza medallarini qo’lga kiritdi.

✔️ IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatini 84 nafar o‘quvchi oldi.

SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi.

💫 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari Jaloliddin Ismoilov, Shahrizoda Karimova hamda Zumrad Akbarova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TAʼLIM GRANTIni qo‘lga kiritdi. Ular 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi. U yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashishadi.

📊 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida Behruz Ernazarov munosib qatnashib yuqori ballni qo‘lga kiritdi va "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023

📆 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi.

📬 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, qabul qilingan arizalar Agentlik tomonidan murojaatchi istiqomat qiladigan hududdagi Prezident maktablariga yetkaziladi.

📲Arizalar hududlardagi Prezident maktablarida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha rasmiy xulosa 10 kun muddatda ariza muallifiga telefon orqali xabar beriladi.

🗂 Murojaatchi berilgan rasmiy xulosadan qanoatlanmagan taqdirda, oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablariga borib Ishchi guruhidan qoʻshimcha maʼlumot olishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Nukus shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda
#arxiv

Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
#uzbekiston24

📍Xiva shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#arxiv_lavhalar

⚡️Prezident maktablari haqiqiy iste’dodlarga yo‘l ochadi

🏢 Ayjamal Sakbergenova oilada katta farzand ekanligi, ukasiga qarab, yolg‘iz onasiga yordam berishi lozimligi sababli onasi unga savollarning bir nechtasini ataylab xato ishlash sharti bilan imtihonlarda qatnashishiga ruxsat beradi. Shunga qaramay, u tengdoshlari orasida ikkinchi o‘rinda o‘qishga qabul qilindi.

✔️ Agentlik rahbariyatining ko‘p urinishlaridan keyin farzandining o‘qishiga qarshilik ko‘rsatayotgan Ayjamalning onasi qizining o‘qishiga rozilik bildirdi.

🎞 Quyidagi havolalar orqali oddiy oiladan chiqan Prezident maktabi o‘quvchilarining ota-onalari bilan tanishishingiz mumkin:

Hikmatillo Tojiakbarov. Otasi Soyibjon Tojiakbarov – novvoy, onasi Mohiraxon Tojiakbarova – uy bekasi;
Xurshida Jo'rayeva. Otasi lhomjon Musurmonqulov – dehqon, onasi Fazilat Musurmonqulova – uy bekasi;
Bahromjon va Akramjon Shamsiddinovlar. Otasi duradgor, onasi o‘qituvchi;
Hasanboy va Husanboy Sa'dullayevlar. Otasi Jur’at Egamberdiyev – hunarmand, onasi Dilbar Rajabboyeva – o‘qituvchi;
Jasurbek Eshniyazov. Otasi Alisher Bekniyazov – payvandchi, onasi Muhabbat Eshimova – uy bekasi;
Abdurashid Yo‘ldoshev. Otasi Umidjon Norov – nazoratchi, onasi Sarvinoz Xalmonova – uy bekasi;
Sabrina Sherqo'ziyeva. Otasi Alisher Boyqo'ziyev – haydovchi, onasi Zilola Boyqoʻziyeva – kichik tibbiyot xodimi;
G'iyos Yuldoshev. Otasi Mansurxoʻja Yuldashev – haydovchi, onasi – oʻqituvchi;
Adhamjon Aminjonov. Otasi metal zavodi ishchisi, onasi – uy bekasi;
Umidjon Husanov. Otasi Qoʻchqor Sherxolov – oʻqituvchi, onasi Fotima Nomerova – oʻqituvchi;
Azizbek Saidov. Otasi Sadriddin Sayfiyev – bogʻbon, onasi Gulnora Sayfiyeva – uy bekasi;
Sardor Egamberdiyev. Otasi Sohib Artiqov – sartarosh, Dilafruz Raimova – uy bekasi;
Farangiz Abduqahhorova. Otasi Farrux Oxunov – geolog, onasi – ingliz tili o‘qituvchisi;
Avazbek Qarshiboyev;
Jo'rayev Qilichbek;
Hasan Kazakov.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2023

📬 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

📩
qabul@piima.uz

Eslatib o‘tamiz, murojaatda quyidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi kerak:

Murojaatchi (ota-ona yoki qonuniy vakili) va o‘quvchining ism-sharifi;
Telefon raqami;
O‘quvchining ID raqami;
O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami.

📆 Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

❗️Diqqat, arizalar joriy yilning 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinishini hamda belgilangan muddatdan kech topshirilgan arizalar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq koʻrib chiqilmasligini eslatib oʻtamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#brifing

📢 2023/2024-O‘QUV YILIDAN "YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA QATOR YANGI O‘QUV YO‘NALISHLARI TASHKIL QILINMOQDA

Jumladan:

Pedagogika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Amaliy matematika;
Sun’iy intellekt va robotexnika;
Kiberxavfsizlik;
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishlari yangi tashkil qilindi.

"Yangi O‘zbekiston" universitetida 10 nafar professor-o‘qituvchi Germaniya, AQSH, Koreya, Rossiya davlatlaridan jalb qilingan.

87 ta mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilot bilan amaliyot o‘tash uchun hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, universitetda Google  kompaniyasi bilan hamkorlikda IT loyihalar ham tashkil etilgan.
📏📏📏📏📏📏

🏛 AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov "Yangi O‘zbekiston" universitetida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

➖➖➖
A'zo boling:
🚀 /channel/J_Jangirov

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…
Подписаться на канал