piimauz | Неотсортированное

Telegram-канал piimauz - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

52445

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi 👉https://www.instagram.com/piima.uz/ 👉https://www.facebook.com/piima.uz/ 👉https://www.youtube.com/c/PIIMArasmiysahifasi/about 👉 t.me/piimasavollar_bo

Подписаться на канал

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#milliy_qadriyatlar

MOMOM KIYGAN LIBOSLAR

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchi yoshlarni milliy qadriyat va anʼanalarimiz, maʼnaviy-madaniy ildizlarimiz borasidagi bilim va tushunchalarini mustahkamlash maqsadida "Momom kiygan liboslar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.

Oltinsoy tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda oʻquvchi qizlar momolarimiz kiygan milliy liboslarda chiqib, chanqovuz chaldi, qadimiy oʻlanlar, allalarni ijro etdi. Sahna koʻrinishlarida kelin salom, yuz ochdi, chaqaloqni beshikka solish, kulcha yumalatar, urchuq yigirish, paxta savash kabi milliy urf-odatlarimiz aks etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️Massachusetts texnologiya instituti J-Well “Yangi O‘zbekiston” universitetini eng yaqin hamkor sifatida e'tirof etdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova MiT J-Wel bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Unga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-Welning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e'tirof etildi.

Ikki tomonlama hamkorlik ta'lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O'zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz eng yuqori darajadagi ta’lim va tajribani ulashamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi IELTS sertifikatini yuqori ball bilan qo‘lga kiritdi.

Ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Madinabonu Damirova IELTS imtihonidan 7,5 ballik natija koʻrsatdi:

Speaking 6,5
Listening 8
Reading 8,5
Writing 6,5


Overall 7,5

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

❕Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

⚡️58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yurtimiz o‘quvchilari 1 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Medal sohiblari bilan tanishing:

🥈Kumush - Daler Rahimov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Ahrorbek Bahodirov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Saida Abdullayeva,
Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Elyorbek Adhamov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Mirjaxon Muxammadov,
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi.

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Washington fan va texnologiya universiteti professorlari bilan muloqot tashkil etildi.

⏺Fargʻona shahridagi
Prezident maktabi, O’zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari "RoboKU-2024" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

⏺Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Boyovut tuman va Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktablarida Turkiyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

⏺Samarqand shahridagi Prezident maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun trening
tashkil etildi.

⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

⏺Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ayaziy ixlosmandlari” tanlovi
tashkil etildi.

⏺Farg’ona shahridagi
Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur, Uzun, Chust, Uchqoʻrgʻon, Buxoro,Gʻijduvon, Kosonsoy, Oltiariq, Uchkoʻprik, Yozyovon, Boyovut, Mirzaobod, Qarshi, Guliston tumanlari va Namangan, Kogon, Margʻilon, Yangiyo‘l, Guliston, Shahrisabz shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari ishtirokida "Harakatsiz nishonlarda oʻq otish" mavzusida amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

⏺Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo‘lbarslari” musobaqasi
tashkil etildi.

⏺Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy qadriyatlar-millat tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


➖Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ijodiy_olimpiada
#taqdirlash_marosimi

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILGAN IJODIY OLIMPIADA YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor tashkil etilgan ikki bosqichli “Ijodiy olimpiada” yakunlandi.

Agentlik bosqichida ishtirokchilar ijodiy matn, monolog, bahribayt shartlari asosida oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalar va hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:

8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Nigina Rustamboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zilola G‘ofurjonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Hojira Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

1-o‘rinni – Rayyona Alijonova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

2-o‘rinni – Zulxayo Mingboyeva, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi;

3-o‘rinni – Shahlo Safarova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktab o‘quvchisi egalladi.

Olimpiada gʻoliblari hamda ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

"Yangi O'zbekiston" universiteti: dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda ta'limni rivojlantirish ustida ish olib boriladi

Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi.

Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz.

Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda
#24apr #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#moliyaviy_savodxonlik

OʻQUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

Agentligimiz tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini oʻquvchilari uchun Turonbank aksiyadorlik tijorat banki bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.

Mazkur sayohat doirasida bank mutaxassislari bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizda bank-moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbga yoʻnaltirish bilan birga, ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#ijodiy_olimpiada
#1_kun

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA ILK BOR OʻTKAZILAYOTGAN IJODIY OLIMPIADA JARAYONLARIDAN LAVHALAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#yashil_makon
#yashil_maktab

⚡️“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz" shiori ostida koʻkalamzorlashtirish aksiyasi tashkil etildi.

🌲Tadbirda oʻquvchilar ustozlari boshchiligida maktab hududiga 100 dan ziyod daraxt koʻchatlarini oʻtkazdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Qoraoʻzak_tumani
#Hokim_kubogi

⚡️Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida STEM fanlari boʻyicha "Hokim kubogi" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur olimpiadada tumandagi barcha umumta'lim maktablarining 4-sinf (ingliz tili, matematika fanlari boʻyicha) va 6-sinf (ingliz tili, tabiiy fanlar boʻyicha) oʻquvchilari qatnashdi.

Olimpiada doirasida ishtirokchilar Qoraoʻzak tuman ixtisoslashtirilgan maktabida faoliyat koʻrsatayotgan robototexnika va kibersport toʻgaraklari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ixtiro qilingan texnikalar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Sardor Berdiqulov malaka (test) sinovidan 100 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonova ham malaka (test) sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

❕Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Xalqaro_Mendeleyev_olimpiadasi

⚡️20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytgan Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Ma'lumot oʻrnida, ushbu olimpiadada oʻquvchilarimiz 1 ta kumush, 4 ta bronza medallari va 1 ta sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Shundan, 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari va 1 ta sertifikat Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilariga tegishlidir.

Gʻalabalar bardavom boʻlsin aziz oʻquvchilar!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#EʼLON

⚡️BITIRUVCHI SINF OʻQUVCHILARINI YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN OʻTKAZISHGA DOIR METODIK TAVSIYA VA MATERIALLAR TASDIQLANDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.


❗️Unda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

📶 Batafsil: https://piima.uz/page/metodik-tavsiya-va-materiallar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi

✅  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada turli mamlakatlardan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:


➖ Boboqulov Asadbek– Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi,
➖ Suyunova Madina —Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi,
➖ Axtamov Ozodbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi,
➖ Zohidjonov Elbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
➖ G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
➖ Jaylovov To‘lqin — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.


Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida shoir Muhammad Yusufning turmush oʻrtogʻi Nazira as-Salom hamda taniqli adib Tog’ay Murodning rafiqasi, yozuvchi va tarjimon Maxsuma Ahmedova ishtirokida adabiy uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqotda Nazira as-Salom Muhammad Yusuf haqidagi xotiralari bilan o’rtoqlashar ekan, shoir oʻz Vatanini xalqona ohang bilan madh etgani, cheksiz mehr bilan sevganini ta'kidladi.

Bunday uchrashuvlar o’quvchi-yoshlar qalbida adabiyotga, she'riyatga mehr uygʻotishi bilan bir qatorda, sevimli adiblarimizning ibratli hayot yo’llari ularda Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg’ularining kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda

Renessans TV
|Prezident maktabi oʻquvchisi URSINUS kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi

Oʻzbekiston 24
| Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi

Oʻzbekiston 24| Президентские школы: достойные дети нового Узбекистана

Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi, "Fargʻona oqshomlari" tadbirlari

Sirdaryo MTRK
| Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Namangan MTRK | Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, informatika fanidan Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medal sohibi, bir nechta mintaqaviy olimpiada va tanlovlar g'olibi hamda 2024-yilgi respublika fan olimpiadasida 1-o'rin sohibi Husanboy Mansuraliyev haqida reportaj

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 1-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 2-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 3-rolik

Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyati haqida lavha

Fargʻona MTRK | Pedagog kadrlarning attestatsiyasi

Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Hilolaxon Jumanazarova "Assalom, Xorazm" teledasturi mehmoni

Oʻzbekiston 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik

Xorazm MTRK | Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulshan Rahimova va 9- sinf oʻquvchisi, IELTS 7.5 ball natijani qoʻlga kiritgan Doniyor Matyakubov "Assalom, Xorazm" dasturi mehmoni

"Hurriyat" gazetasi | “Adabiy laylatul qadr"

Qashqadaryo MTRK | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakillari "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tdi.

⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari “O'zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari bilan
uchrashdi.

⏺Jizzax shahridagi Prezident maktabida hududdagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqasi
oʻtkazildi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari IV Respublika kitoblar ko‘rgazmasida
ishtirok etdi.

⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Liderlar kuni"
oʻtkazildi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
tashkil etildi.

⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari fransuz pianinochisi Joanna Godal
konsertida bo’ldi.

⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Bobur milliy bog‘i majmuasiga
sayohat qildi.

⏺Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari
tashkil qilindi.

⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida psixologik trening
oʻtkazildi.

⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O‘zFA akademiklari ishtirokida uchrashuv
tashkil etildi.

⏺Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sardorjon Sunnatullayev Turon yakkakurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston chempionati"da 3-o‘rinni
egalladi.

⏺Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "Nurota tuman hududiy elektr tarmoqlari AJ" faoliyati bilan
tanishdi.

⏺Jarqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari IELTS sertifikatiga
ega boʻldi.

⏺Furqat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Qo‘qon shahrida joylashgan harbiy qismga
ekskursiya qildi.

⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

⏺Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar
taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Akbarbek Sultanov IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Ekologiya

TABIATNI ASRAB-AVAYLASH – MUQADDAS BURCH

Nukus shahridagi Prezident maktabida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati, “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi vakillari ishtirokida tabiatni asrab-avaylash mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Ona sayyoramiz, tabiatni asrab-avaylashga barcha masʻul ekanligi taʼkidlandi. Mutaxassislar, oʻquvchilar tomonidan ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, tabiatni ifloslantirmaslik, tevarak-atrofni pokiza tutish haqida taqdimotlar qilindi.

Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilar taqdirlandi. Ko‘chat ekish aksiyasi ham oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni
taqdim qilindi.

⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
oʻtkazildi.

⏺Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati"
boshlandi.

⏺Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

⏺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga
aylandi.

⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da
ishtirok etdi.

⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga
asos solindi.

⏺Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

⏺Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

⏺Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami
oʻtkazildi.

⏺Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#seminar

⚡️IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI

Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ish yuritish, ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlashni samarali va to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida onlayn o‘quv amaliy seminari tashkil etilmoqda.

Seminar joriy yilning 24-30-aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi muloqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan jami 49 ta ta’lim muassasalarining ijro nazoratiga mas’ul direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar davomida har bir tashkilotda yuritilayotgan va doimiy saqlanishi belgilangan hujjatlar, topshiriqlarning nazoratini kuchaytirish, xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida soʻz bordi.

Har bir ta’lim muassasasida bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishildi va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (/channel/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#New_Uzbekistan_university

⚡️ DUNYONING 1-RAQAMLI OLIYGOHI – MASSACHUSETTS TEXNOLOGIYA INSTITUTI TOMONIDAN OʻTKAZILADIGAN MAHORAT DARSLARIGA TAKLIF ETAMIZ!

Massachusetts texnologiya instituti tajribasi asosida oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish istagida boʻlgan barcha OTM rahbarlari va professor-oʻqituvchilarini mahorat darslariga taklif qilamiz.

Mahorat darslari joriy yilning 29-aprel – 2-may kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

Unda taʻlim boshqaruvi, zamonaviy pedagogik oʻqitish metodikalari, mustaqil taʼlimni rivojlantirish va samarali tadqiqot olib borish kabi qator yo‘nalishlarida oʻz tajribangizni oshirishingiz mumkin.

Mahorat darsida ishtirok etgan ishtirokchilarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etiladi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting.

Joylar soni chegaralanganligi sababli, talabgorlarning elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtish tasdiqlangani haqida xabar yuboriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ IJOD MAKTABI OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI

🗺Muhammad Yusuf ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlari haqida o’z fikrini bildirdi.

💯U malaka test sinovlarida 100 dan 100 ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy toifali malaka toifasiga ega bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал