#Boku
🇺🇿 🇹🇷 🇦🇿 Boku shahrida, BMT Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida hamkasblarim Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Odil Kerimli bilan aynan madaniyatga asoslangan iqlim harakatlari hamda madaniy bilimlar, urf-odat, an’ana va qadriyatlarni yanada boyitish va bu orqali atrof-muhit muhofazasiga ham ijodiy, ham ijobiy yondashish mumkinligi haqida fikrlashdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
📣 Diqqat, diqqat!
⚡️ Moskva shahrida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tadi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning namoyishi o‘tkaziladi.
✅ Shu munosabat bilan, 19-noyabr kuni soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov, opera xonandasi Shirin Mamatova, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ishtirok etadi.
✅ Konsertga kirish uchun chiptalarni quyidagi saytdan olish mumkin: www.kremlinpalace.org
⭐️ Barchani unutilmas konsert dasturiga taklif etamiz!
✨ ✨ ✨ ✨ ✨
📣 Внимание, внимание!
⚡️ В Москве пройдет концертная программа с участием артистов узбекского искусства «Вечер звёзд Узбекистана»
✅ Министерство культуры Республики Узбекистан проведет «Дней культуры Узбекистана» в Российской Федерации.
✅ В связи с этим, 19 ноября в 19:00 в Государственном Кремлевском Дворце в Москве запланирована концертная программа с участием узбекских артистов «Вечер звёзд Узбекистана», в которой выступят Герой Узбекистана, народная артистка РУз Муножат Юлчиева, народные артисты РУз Озодбек Назарбеков, Фаррух Закиров, Рамиз Усманов, Гулсанам Мамазоитова, Айгул Нодирова, заслуженные артисты РУз Озода Нурсаидова и Илёс Арабов, а также исполнитель Ширин Маматова, Государственный симфонический оркестр Узбекистана под руководством народного артиста Узбекистана Камолиддина Уринбоева и государственный ансамбль танца «Бахор» имени Мукаррамы Тургунбоевой.
✅ Билеты на концерт можно приобрести на сайте: www.kremlinpalace.org.
⭐️ Приглашаем всех на эту концертную программу!
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
⚡️ "Quyosh nurlari" nomli bolalardan iborat ansamblning ijodiy ishlari bilan tanishdik
✅ So‘nggi yillarda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e’tibor berilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolaridir.
✅ Ko‘pchilikni imkoniyati cheklangan bolalar qanday raqsga tushadi, degan savol qiziqtiradi? Shaxsan meni ham bu savol qiziqtirgan.
✅ Bugun Fattohxon Mamadaliyev nomli jamoat birlashmasi qoshida ochilgan "Quyosh nurlari" nomli imkoniyati cheklangan bolalardan iborat ansamblning ijodiy ishi bilan tanishdim va jarayonlarni kuzatdim.
✅ Ansambl daun sindromi bilan tug'ilgan 50 nafardan ortiq bolajonlardan tashkil topgan bo'lib, haqiqiy ma'nodagi quyosh nurlari desam xato bo'lmaydi.
✅ Chunki imkoniyati cheklanganligiga qaramay ularda ham iqtidor va qiziqish bor. Ular o‘z hissiyotlarini garchi nuqsoni bo‘lsa-da, tana harakatlari orqali ko‘rsatib berishadi. Hatto ayrimlarida o‘ziga xos sirli harakatlar, jozibali va esda qolarli plastikalarni bajarishadi, bu meni yanada to‘lqinlantirdi.
✅ Insonlar cheksiz imkoniyatlarga ega, garchi ularda turli yetishmovchiliklar bo‘lsa ham, biroq ruh va ong osti orqali yuksak marralarga, tasavvur esa yetib bo‘lmas cho‘qqilarga chiqishi mumkin. Aslida raqs ham imkoniyati cheklangan bolalarni cheksiz imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
✅ Bugun meni bir fikr chuqur mulohazaga chorladi, imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashlari cheklangan, lekin ularga musiqa va san'at ta'limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berishimiz mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta'limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
✅ Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, imkoniyati cheklangan bolalar musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San'at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatovning yubiley konserti bo‘lib o‘tdi.
✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26911
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda
⚡️ Qozog'istonning "Infozakon" internet nashrida "Madaniy diplomatiya dillarni dillarga bog'laydi" sarlavhali maqolamiz e'lon qilindi.
👉 Batafsil: https://infozakon.kz/life/25816-kulturnaya-diplomatiya-svyazyvaet-serdca.html
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Bugun Jazoir, Misr davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Gruziyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashdik
O‘z navbatida, O‘zbekiston boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ham konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda.
Tashqi siyosatimizdagi bunday amaliy qadamlar jahon hamjamiyati vakillari, xalqaro ekspertlar, turli mamlakatlarning siyosiy arboblari tomonidan haqli ravishda e’tirof etilayotgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat, bir-birini anglash, foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda Favqulodda va Muxtor Elchilarning o‘rni beqiyosdir.
Bugun yer yuzidagi 3 ta yirik davlatlarning yurtimizdagi vakillari bilan uchrashdim. Xususan, kunning birinchi qismida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Irki hamda Gruziyaning Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili David Kotaria bilan uchrashgan bo’lsam, kunning ikkinchi yarmida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fatxi Abdusalom bilan uchrashib davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari hamda madaniy aloqalar xususida fikr almashdik.
Jazoir, Misr davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Gruziyaning Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan o‘tkazilgan ehtirom uchrashuvlari o‘zaro hurmat va yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
📣 Diqqat, diqqat!
⚡️Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va marifat markazi, Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markazi hamkorlikda “Madaniyat toʼlqinlari”tanlovini boshlaydi.
Mazkur tanlov xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida milliy gʼurur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar kabi umuminsoniy ezgulik gʼoyalarini keng targʼib qilishga qaratilgan media material mualliflari oʼrtasida oʼtkaziladi.
Tanlovda professional va havaskor jurnalistlar, bloger, yutuber, podkaster va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.
Media materiallar joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar @iqtidorli_yoshlar_markaz manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Gʼolib deb topilgan 50 nafar ishtirokchilarning har biri
50 million soʼm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Taqdirlash marosimi joriy yilning 23-dekabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʼlib oʼtadi.
Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markaziga yoki +998 99 093-99-91 telefon raqamiga murojaat etishlari mumkin.
Tanlovda siz ham ishtirok eting!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Navoiy viloyatida
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26052
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari saylovida o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
Siz ham o‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni, muhtaram faxriylarni 25-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdek mas’uliyatli va ayni paytda sharafli burchni bajarish yo‘lida sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ Yoshlar ijod saroyida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning samaralari xususida atroflicha so‘z yuritdik.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, yetakchi ekspertlarning Yangi O‘zbekistonda ilgari surilayotgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari, e’tiroflari barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishladi. Ular buyuk allomalarni kamolga yetkazgan, tinchlik, do‘stlik va ilm-ma’rifat diyori bo‘lgan O‘zbekistonda Prezidentimiz boshchiliklarida Uchinchi Renessansga puxta poydevor qo‘yilayotganini yakdillik bilan ta’kidladilar.
Mamlakatimizda mana shunday nufuzli xalqaro anjumanlar, festivallar, tadbirlar tashkil etilayotgani bejiz emas. Bunday muloqotlar davomida o‘rtaga tashlanayotgan mavzular, bildirilayotgan fikr-mulohazalar, dolzarb muammolarni hal qilishga doir yechimlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ezgulikni targ‘ib qilish, yoshlarni g‘oyaviy xurujlardan asrashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Zero, bugungi globallashgan murakkab davrda, turli tahdidlar sharoitida insoniyat uchun aynan madaniyat xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur. Forum doirasidagi umumiy g‘oyamizda ham bunga alohida urg‘u berib, O‘zbekiston o‘zining boy madaniyatiga tayangan holda, jahon xalqlarini ezgu maqsad yo‘lida hamjihat bo‘lishga chorlashini qayd etdik.
Telegram / 📷 Instagram
⚡️ Teatr va sirk yo'nalishida o'tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25089
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami kuni
Ona tilim deya g‘ururlanishimiz uchun...
Inson qiziqish, ehtiyoj yoki taqdir sabab qancha xorijiy tilni o‘rganadi, bu yaxshi, lekin o‘z ona tilida gapirganchalik huzur bilan muloqot qila olmaydi. Bu har bir millat vakili uchun tabiiy deb o‘ylayman.
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Davlat hamma sharoitni yaratyapti. E’tibor yuksak. Endi hamma gap uni to‘la-to‘kis hayotga tatbiq eta olishda.
Aslida tilimiz o‘z asli, o‘z qadriga ega bo‘lishi yo‘lida minglab ma’rifatparvar, xalqparvar ajdodlarimiz jon fido qilganliklariga tarix guvoh. Bu haq, bu majburiyat avloddan-avlodga o‘tib, yashab kelyapti.
Afsuski, ba’zan ana shu majburiyatni bajara olmayotgan, o‘zbek tili sofligini, rivojini ta’minlay olmayotgandekmiz.
Aytmoqchimanki, bu majburiyat nafaqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti yoki boshqa tashkilot zimmasida, balki shu tilda so‘zlashuvchi har bir inson qalbidagi eng ulug‘ maqsadlardan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni hamma birdek qayg‘ursagina ona tilimiz, tom ma’noda, yuksak mavqega ko‘tariladi.
Shundagina yana bir necha asrlarda so‘ng ham ona tilimiz o‘z aslicha yashayotgan bo‘ladi. Zotan, Alixonto‘ra Sog‘uniy ta’kidlaganidek: "Turkiston qayg‘usi" kitobida yozganidek: "Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar".
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ta'ziya
Oʻzbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali sovrindori, koʻplab respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, davlat mukofotlari sohibi Baxshiqul baxshi Togʻayev 64 yoshida vafot etdi.
Baxshiqul Togʻayev baxshichilik sanʼatini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targʻib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.
Madaniyat vazirligi jamoasi Baxshiqul baxshi Togʻayevning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Qatar_madaniyat_kunlari 🇺🇿 🇶🇦
Bugun “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” doirasida O'zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Qatar kompozitori Nasser Sahimning mualliflik konserti bo'lib o'tdi.
Konsert O'zbekiston xalq artisti Kamoliddin O'rinboyev dirijyorligida O'zbekiston davlat simfonik orkestri hamkorligida olib borilda.
Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani bilan birgalikda konsertni tomosha qildik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Live
#Boku
⚡️ Xabaringiz bor, Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP29)da nutq so‘zlagan edi.
Ayni damda Ozarbayjonning go‘zal Boku shahrida, BMT Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida kelajak uchun o‘ta muhim bo‘lgan mavzu – Iqlim harakatlariga madaniyat orqali yondashuvni muhokama qilmoqdamiz.
Yurtimizda ham iqlim o‘zgarishi masalasi allaqachon kundalik hayotimizning dolzarb mavzularidan biriga aylangan bo‘lib, madaniy qadriyatlarimiz va an’analarimiz orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda inklyuziv va barqaror yechimlarni rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.
Biz, musiqa, teatr, kino kabi san’at turlari orqali iqlim inqirozini har bir insonning shaxsiy va dolzarb masalasiga aylantirishimiz mumkin.
Atrof-muhit mavzusidagi san’at ko‘rgazmalari, milliy tabiat manzaralarini tasvirlovchi hujjatli hamda badiiy filmlar, shuningdek, iqlim o‘zgarishlarining ta’siri haqidagi teatr tomoshalari jamoatchilikda atrof-muhitga munosabatni, mas’uliyatni oshiradi va chuqur mulohazaga undaydi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan aziz shifokorlarimizni, fidoyi hamshiralarni, soha faxriylarini chin qalbimdan tabriklayman.
Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman.
Bayramingiz muborak boʻlsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
🎼 O‘zbekiston xalq baxshilarining ijodiy-ma’rifiy kechasida ishtirok etdik
Muhtasham Simpioziumlar saroyida –o‘ziga xos san’at va madaniyat bayramida bo’lib, behad mamnun bo’ldim!
Ushbu fayzli maskanda serqirra san’atimizni tarannum etishga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan kechalarimizning bu galgisi bevosita baxshichilik san’atiga bag‘ishlangani alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi globallashuv davrida, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda juda ko‘p joylarda folklor san’ati muhofazaga muhtoj bo‘lib qolgani hech kimga sir emas.
Vaholanki, folklor san’ati har bir xalqning milliy o‘zligini, hayot tarzini, an’ana va qadriyatlarini ifoda etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham uning o‘rni beqiyos.
Shu jihatdan, biz nufuzli xalqaro forumlarda, anjumanlarda qayta va qayta ta’kidlayapmizki –insoniyatni bugun faqatgina madaniyat qutqaraoladi!
Madaniyatning muhim yo‘nalishlaridan biri esa aynan folklor san’atidir.
Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan sanalgan baxshichilik san’ati tinchlik va do‘stlik, adolat va haqiqat kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etadi.
Ishonchim komilki, tadbir barchaga ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa bag‘ishladi.
Baxshi, oqin va jirovlarimizga esa jonajon Vatanimizni dunyoga tarannum etish yo‘lida kuch-quvvat va zafarlar tilab qolaman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
IСRICH olimlarining Ermitajdagi nomoddiy madaniy meros boʻyicha chiqishlari muvaffaqiyatli boʻldi
#madaniyatshunoslik #madaniymeros #xalqarohamkorlik #xalqarokonferensiya
🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 ICRICHuz">YouTube
#Yigʻilish
#Muhokama
⚡️ Bugun, 4-noyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda, sohada fuqaro murojaatlari hamda ijro intizomi holati yuzasidan o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
✅ Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov, vazirlikning markaziy apparati mas’ul boshqarma boshliqlari hamda hududiy tizim tashkiloti rahbarlari onlayn ishtirok etishdi.
✅ Kun tartibidagi birinchi masala fuqaro murojaatlari yuzasidan har bir hududda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, har bir rahbar bir oyda bir marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn qabulni tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.
✅ So‘ng, navbatdagi masala ijro intizomi holati tanqidiy tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hudud rahbarlariga belgilangan muddatda topshiriqlarni vaqtida bajarilishini ta'minlashi aks holda mehnat qonunchiligiga muvofiq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
✅ Shuningdek, hududlardagi madaniyat muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari - quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yashil makon loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, vazir tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Navoiylik yoshlar bilan uchrashdik
Bugun xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo‘ldik. Bir qator madaniyat muassasalari faoliyati bilan tanishib, shu bilan birga tashrif davomida navoiylik yoshlar bilan ham uchrashdik.
“Vazir va yoshlar uchrashuvi”da 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Do’stona muloqot shaklida o’tgan uchrashuvda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdi.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.
Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni tingladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari saylovida o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
Shu bilan birga mahallamiz oqsaqollari hamda faollari bilan uchrashib, suhbatlashdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlik rivojlanmoqda
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25524
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Forum
⚡️ “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum doirasida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tomonidan tashkil etilgan O‘zbek milliy cholg‘ulari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25384
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Live
#Forum
🎥 Ayni damda, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tmoqda.
"Bugun barchamiz zamon naqadar shiddat bilan o‘zgarib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Jahondagi geosiyosiy vaziyat tobora murakkablashib, ayrim mintaqalarda ziddiyatlar kuchaymoqda. Mafkuraviy tahdidlar o‘z shaklini kun sayin o‘zgartirib, jamiyatlar ichida ma’naviy tanazzul ildiz otmoqda. “Ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Nafaqat bir mamlakat, balki butun insoniyat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgan mana shunday tahdidlar sharoitida aynan madaniyat xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur. Chunki mafkuraviy tajovuzga qarshi qandaydir chegara yoki to‘siq qo‘yib kurashib bo‘lmaydi. Unga qarshi faqat mafkuraviy qurolgina yordam bera oladi"
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
—
Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Turkiya biz uchun yaqin do‘st va qardosh mamlakat. Xalqlarimizni ko‘p asrlik tarix, til, din, mushtarak qadriyatlar hamda urf-odatlar bir-biriga chambarchas bog‘lab turadi.
Davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarimiz jadal rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Barcha darajalardagi aloqalar va almashinuvlar faollashdi. Xususan, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Yana bir e’tiborli jihati, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda ham bir-birini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Masalan, YUNESKO, Turkiy davlatlar tashkiloti, AYSESKO va TURKSOY kabi tashkilotlar doirasida bizning tashabbuslarimizni Turkiya tarafi doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani o‘zaro munosabatlarimiz bugun qay darajada ekanini dunyo ahliga yaqqol namoyon qilmoqda.
O‘zaro bordi-keldilarimiz sezilarli darajada ko‘paydi. Yaqinda Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Ayni kunlarda biz delegatsiyamiz bilan Turkiyada bo‘lib turibmiz.
Bugun qadrdon hamkasbim Mehmet Nuri Ersoy bilan uchrashdik. Samimiy suhbatlashdik, istiqboldagi rejalarimiz haqida fikrlashdik. Muzokaralarimiz doirasida 2024 – 2026-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik. Bu hujjat hamkorligimiz rivojida alohida ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
“Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Qatar kompozitori Nasser Sahimning mualliflik konserti bo‘lib o‘tdi.
E’tiborli jihati shundaki, u o‘zbekcha qo‘shiqlarni ham maromiga yetkazib ijro qildi. Bu, albatta, barchamizni behad quvontirdi, qalbimizga o‘zgacha g‘urur bag‘ishladi. Axir, o‘zga millat vakilining o‘z ona tilingda so‘zlashi, qo‘shiq kuylashi qanday yoqimli. Shunday emasmi?
Qatarlik san’atkor do‘stlarimizga ushbu unutilmas konsert dasturi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Qatar_madaniyat_kunlari
Bugun, 11-oktyabr kuni poytaxtdagi "Hilton" mehmonxonasining majlislar zalida Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani bilan hamkorlik uchrashuvimiz bo'lib o'tdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qatar Amirligi o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanib bormoqda. Uchrashuvimiz davomida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning istiqbolli rejalari haqida fikr almashdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram