ozodbek_axmadovich | Неотсортированное

Telegram-канал ozodbek_axmadovich - Ozodbek Nazarbekov

1556

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Axmadovich Nazarbekovning rasmiy kanali Instagram: https://instagram.com/ozodbek_axmadovich

Подписаться на канал

Ozodbek Nazarbekov

#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutidagi yoshlar bilan uchrashdi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28747

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#uchrashuv

Sizlar yaxshi bilasiz, yurtimizda barcha soha va tarmoqlarda ulkan maqsadlar belgilab olingan.

Аna shu maqsadlarga erishish, taraqqiyotni izchil davom ettirish bevosita yoshlarimizga, ularning bilimi, tafakkuri, dunyoqarashi va eng asosiysi, vatanparvarligiga bogʼliq!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Президент Шавкат Мирзиёев маданият ва санъат соҳасини ривожлантириш, хусусан, театрларнинг жамият маданий ҳаётидаги аҳамиятини ошириш ва улар фаолиятини янада қўллаб-қувватлашга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию культуры и искусства, в частности дальнейшей поддержке театров и повышению их значимости в культурной жизни общества.

#Mirziyoyev #taqdimot #madaniyat #teatr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇷🇺

⚡️ Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida Rossiya va O‘zbekiston madaniyat vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉 Batafsil: https://davlat.uz/oz/madaniyat/news/view/27873

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Xushxabar

⚡️ Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zbekistonlik san'atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Har ikki ijrochi o‘zbek va rus madaniyatini yaqinlashtirish va boyitishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Ma'lumot o'rnida, “Do‘stlik” ordeni 1994-yil bahorida ta’sis etilgan bo'lib, u Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

🇺🇿18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i  to‘g‘risida”gi  Qonun qabul qilingan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sana munosabati bilan Davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan qo‘shiq va videoklipni e'tiboringizga havola etadi.

Jonajon Vatanimiz bayrog‘i hamisha yuksaklarda hilpirayversin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Boku

🇺🇿 🇹🇷 🇦🇿 Boku shahrida, BMT Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida hamkasblarim Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Odil Kerimli bilan aynan madaniyatga asoslangan iqlim harakatlari hamda madaniy bilimlar, urf-odat, an’ana va qadriyatlarni yanada boyitish va bu orqali atrof-muhit muhofazasiga ham ijodiy, ham ijobiy yondashish mumkinligi haqida fikrlashdik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Moskva shahrida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ning namoyishi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, 19-noyabr kuni soat 19:00da Moskva shahridagi Kreml davlat saroyida “Vecher zvyozd Uzbekistana” nomli o‘zbek san’ati ustalari ishtirokida konsert dasturi namoyishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Gulsanam Mamazoitova, Oygul Nodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ozoda Nursaidova va Ilyos Arabov, opera xonandasi Shirin Mamatova, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ishtirok etadi.

Konsertga kirish uchun chiptalarni quyidagi saytdan olish mumkin: www.kremlinpalace.org

⭐️ Barchani unutilmas konsert dasturiga taklif etamiz!



📣 Внимание, внимание!

⚡️ В Москве пройдет концертная программа с участием артистов узбекского искусства «Вечер звёзд Узбекистана»

Министерство культуры Республики Узбекистан проведет «Дней культуры Узбекистана» в Российской Федерации.

В связи с этим, 19 ноября в 19:00 в Государственном Кремлевском Дворце в Москве запланирована концертная программа с участием узбекских артистов «Вечер звёзд Узбекистана», в которой выступят Герой Узбекистана, народная артистка РУз Муножат Юлчиева, народные артисты РУз Озодбек Назарбеков, Фаррух Закиров, Рамиз Усманов, Гулсанам Мамазоитова, Айгул Нодирова, заслуженные артисты РУз Озода Нурсаидова и Илёс Арабов, а также исполнитель Ширин Маматова, Государственный симфонический оркестр Узбекистана под руководством народного артиста Узбекистана Камолиддина Уринбоева и государственный ансамбль танца «Бахор» имени Мукаррамы Тургунбоевой.

Билеты на концерт можно приобрести на сайте: www.kremlinpalace.org.

⭐️ Приглашаем всех на эту концертную программу!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

⚡️ "Quyosh nurlari" nomli bolalardan iborat ansamblning ijodiy ishlari bilan tanishdik

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e’tibor berilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolaridir.

Ko‘pchilikni imkoniyati cheklangan bolalar qanday raqsga tushadi, degan savol qiziqtiradi? Shaxsan meni ham bu savol qiziqtirgan.

Bugun Fattohxon Mamadaliyev nomli jamoat birlashmasi qoshida ochilgan "Quyosh nurlari" nomli imkoniyati cheklangan bolalardan iborat ansamblning ijodiy ishi bilan tanishdim va jarayonlarni kuzatdim.

Ansambl daun sindromi bilan tug'ilgan 50 nafardan ortiq bolajonlardan tashkil topgan bo'lib, haqiqiy ma'nodagi quyosh nurlari desam xato bo'lmaydi.

Chunki imkoniyati cheklanganligiga qaramay ularda ham iqtidor va qiziqish bor. Ular o‘z hissiyotlarini garchi nuqsoni bo‘lsa-da, tana harakatlari orqali ko‘rsatib berishadi. Hatto ayrimlarida o‘ziga xos sirli harakatlar, jozibali va esda qolarli plastikalarni bajarishadi, bu meni yanada to‘lqinlantirdi.

Insonlar cheksiz imkoniyatlarga ega, garchi ularda turli yetishmovchiliklar bo‘lsa ham, biroq ruh va ong osti orqali yuksak marralarga, tasavvur esa yetib bo‘lmas cho‘qqilarga chiqishi mumkin. Aslida raqs ham imkoniyati cheklangan bolalarni cheksiz imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.

Bugun meni bir fikr chuqur mulohazaga chorladi, imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashlari cheklangan, lekin ularga musiqa va san'at ta'limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berishimiz mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta'limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.

Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, imkoniyati cheklangan bolalar musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San'at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

⚡️ O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatovning yubiley konserti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26911

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Xorijiy_OAV_biz_haqimizda

⚡️ Qozog'istonning "Infozakon" internet nashrida "Madaniy diplomatiya dillarni dillarga bog'laydi" sarlavhali maqolamiz e'lon qilindi.


👉 Batafsil: https://infozakon.kz/life/25816-kulturnaya-diplomatiya-svyazyvaet-serdca.html

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Bugun Jazoir, Misr davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Gruziyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashdik

O‘z navbatida, O‘zbekiston boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ham konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda.

Tashqi siyosatimizdagi bunday amaliy qadamlar jahon hamjamiyati vakillari, xalqaro ekspertlar, turli mamlakatlarning siyosiy arboblari tomonidan haqli ravishda e’tirof etilayotgani bizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat, bir-birini anglash, foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda Favqulodda va Muxtor Elchilarning o‘rni beqiyosdir.

Bugun yer yuzidagi 3 ta yirik davlatlarning yurtimizdagi vakillari bilan uchrashdim. Xususan, kunning birinchi qismida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Irki hamda Gruziyaning Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili David Kotaria bilan uchrashgan bo’lsam, kunning ikkinchi yarmida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fatxi Abdusalom bilan uchrashib davlatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari hamda madaniy aloqalar xususida fikr almashdik.

Jazoir, Misr davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Gruziyaning Oʻzbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan o‘tkazilgan ehtirom uchrashuvlari o‘zaro hurmat va yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

📣 Diqqat, diqqat!

⚡️Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va marifat markazi, Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markazi hamkorlikda “Madaniyat toʼlqinlari”tanlovini boshlaydi.

Mazkur tanlov xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida milliy gʼurur, Vatanga sadoqat, turli sohalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish, oilaviy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar kabi umuminsoniy ezgulik gʼoyalarini keng targʼib qilishga qaratilgan media material mualliflari oʼrtasida oʼtkaziladi.

Tanlovda professional va havaskor jurnalistlar, bloger, yutuber, podkaster va boshqalar ishtirok etishlari mumkin.

Media materiallar joriy yilning 1-dekabr kuniga qadar @iqtidorli_yoshlar_markaz manzili orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Gʼolib deb topilgan 50 nafar ishtirokchilarning har biri
50 million soʼm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 23-dekabr kuni Аlisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʼlib oʼtadi.

Qoʼshimcha maʼlumot olish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash markaziga yoki +998 99 093-99-91 telefon raqamiga murojaat etishlari mumkin.

Tanlovda siz ham ishtirok eting!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov Navoiy viloyatida

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26052

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#uchrashuv

⚡️ 26-noyabr kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida soha mas’ullari, umumta’lim, musiqa va san’at maktablari pedagoglari bilan muloqot o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Maqomni birga kuylaymiz...

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida o‘rin egallaydi.

Ushbu noyob boylikni asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, yoshlarimiz qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish maqsadida mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan, bugungi kunda maqom san’ati butun respublikamiz bo‘ylab, boshlang‘ich ta’limdan tortib, akademik fan darajasigacha bo‘lgan bosqichlarda uzluksiz tarzda o‘rganilmoqda. Buning ahamiyati nihoyatda katta. Chunki maqom inson qalbi va ruhini tarbiyalaydi, uning estetik didi va tafakkurini shakllantiradi. Shaxs sifatida kamol topishida katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham maqom san’atini keng targ‘ib qilish bo‘yicha turli loyihalarga qo‘l urilmoqda.

Bu borada televideniyening roli katta. Shu bois “Navo” telekanalida “Maqomni birga kuylaymiz” nomli yangi koʻrsatuv tashkil etildi. Kuni kecha O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga tashrif buyurib, ushbu koʻrsatuvning ilk sonini suratga olish jarayonida ishtirok etdik.

Mazkur loyiha orqali xalqimizga maqomning moʻjizakor ohanglari va mahoratli san’atkorlarimiz ijrosini yanada keng namoyish etishni rejalashtirganmiz. Tashrif mobaynida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining ijodiy jarayonlari, yangi loyiha doirasidagi ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Fursatdan foydalanib, maqom san’ati fidoyilariga, yangi ko‘rsatuv ijodkorlariga boshlangan xayrli ishda ulkan muvaffaqiyat tiladik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Madaniyat_kunlari
#Rossiya

⚡️ 6 ming o‘ringa ega Kreml saroyida “Mendirman o‘sha”, “Omon yor”, “Ko‘k jiguli” va boshqa qo‘shiqlar kuylandi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28056

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Россия Федерациясининг маданият ва санъат соҳалари вакилларини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении представителей сферы культуры и искусства Российской Федерации"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Ko‘ksimizni g‘ururga to‘ldirib hilpirayversin!

Mana o‘ttiz uch yildirki, jahon ayvonida O‘zbekiston yuzi, o‘zbek xalqi iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrog‘imizda millatimiz g‘ururi mujassam.

Undagi har bir rang o‘z ramziy ma'nosiga ega, xalqimiz hayotidan hikoya qilayotgandek, go‘yo. Uning har hilpirashida o‘tmish, yurt erki uchun jon fido qilgan, xalqi ilmu ma'rifati yo‘lida borini bergan millat qahramonlarining fidokorligi va yorqin kelajagimiz  aks etgan.

Bu bayroq hilpirashiga boqqan butun O‘zbekiston ahli o‘zining mustaqil Vatan, musaffo osmon, bag‘rikeng bir xalq farzandi ekanligini yanada teranroq his qiladi.

Hech shubhasizki, bayrog‘imizning  dunyo arenalarida baland ko‘tarilishi har birimizning  ko‘ksimizni cheksiz iftixorlarga to‘ldiradi.

Bayrog‘imiz borligiga shukronalar aytib, ko‘zga surtamiz.

Ona Vatan bayrog‘i hamisha yuksak-yuksaklarda erkin va mardonavor hilpirayversin! Toki, biz unga boqib erkin yurt farzandlari ekanligimizni unutmaylik! Bugungi kun barchamizga muborak bo‘lsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Xalqaro_hamkorlik
#Ashxobod

⚡️ Bugun Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo’lib o’tgan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ga aʼzo davlatlarning Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining 41-yigʻilishida ishtirok etdik.

☑️ Davlatlarimiz o‘rtasida TURKSOY tashkiloti bilan hamkorlik doirasida o‘tkazib kelinayotgan yirik anjumanlar madaniyat va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bir qatorda, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani quvonarli.

☑️ O‘tgan davr mobaynida Ostona, Turkiston, Eskishahar, Kastamonu, Bursa, Qozon, Mari, Sheki, O‘sh, Xiva va Anauning Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb e’lon qilingani ushbu qadimiy va go‘zal shaharlarimizning shon-shuhratini yanada oshirdi.

☑️ Shuningdek, Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining 41- yigʻilishida 2024-yilda Anev – Turk dunyosi madaniyat poytaxti tadbirlari, 2025-yil Aktau - Turk dunyosi madaniyat poytaxti doirasida o'tkaziladigan tadbirlar, 2026-yil Turk dunyosining Madaniy poytaxtini aniqlash va e’lon qilish, Doimiy kengashi 42- yigʻilishining manzili va muddatini belgilash kabi masalalarni muhokama etdik.

☑️ Ma'lumot o'rnida shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamanki, 2026-yilda O’zbekiston shaharlaridan birining Turk dunyosini madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi kutilmoqda.

☑️ Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv natijalari davlatlarimiz o‘rtasidagi samarali sheriklikning yangi istiqbollarini ochib beradi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hurmatni mustahkamlashga hamda mamlakatlarimiz madaniyati va san’ati ravnaqiga xizmat qiladi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Live
#Ashxobod

🎥 Ayni damda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda bo’lib o’tayotgan TURKSOYga a'zo davlatlar madaniyat vazirlarining 41-yig'ilishida ishtirok etmoqda.

"Umumiy til va mushtarak qadriyatlar birligi asosida shakllangan Tashkilotimiz doirasida bugungi kunda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Aytish joizki, turkiy tilli davlatlarning ma’naviy qadriyatlari va tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda TURKSOY alohida o‘rin tutadi. Shu bilan bir qatorda, Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida erishilayotgan muhim qarorlar va amalga oshirilayotgan loyihalar kelgusida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ishonch  bildiraman"

- dedi Ozodbek Nazarbekov yig'ilishdagi nutqi davomida.

Bizni kuzatib boring, yig'ilish tafsilotlari haqida xabardor etib boramiz!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Live
#Boku

⚡️ Xabaringiz bor, Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP29)da nutq so‘zlagan edi.

Ayni damda Ozarbayjonning go‘zal Boku shahrida, BMT Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasida kelajak uchun o‘ta muhim bo‘lgan mavzu – Iqlim harakatlariga madaniyat orqali yondashuvni muhokama qilmoqdamiz.

Yurtimizda ham iqlim o‘zgarishi masalasi allaqachon kundalik hayotimizning dolzarb mavzularidan biriga aylangan bo‘lib, madaniy qadriyatlarimiz va an’analarimiz orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda inklyuziv va barqaror yechimlarni rivojlantirishga intilib kelmoqdamiz.

Biz, musiqa, teatr, kino kabi san’at turlari orqali iqlim inqirozini har bir insonning shaxsiy va dolzarb masalasiga aylantirishimiz mumkin.

Atrof-muhit mavzusidagi san’at ko‘rgazmalari, milliy tabiat manzaralarini tasvirlovchi hujjatli hamda badiiy filmlar, shuningdek, iqlim o‘zgarishlarining ta’siri haqidagi teatr tomoshalari jamoatchilikda atrof-muhitga munosabatni, mas’uliyatni oshiradi va chuqur mulohazaga undaydi.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan aziz shifokorlarimizni, fidoyi hamshiralarni, soha faxriylarini chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman.

Bayramingiz muborak boʻlsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

🎼 O‘zbekiston xalq baxshilarining ijodiy-ma’rifiy kechasida ishtirok etdik

Muhtasham Simpioziumlar saroyida –o‘ziga xos san’at va madaniyat bayramida bo’lib, behad mamnun bo’ldim!

Ushbu fayzli maskanda serqirra san’atimizni tarannum etishga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan kechalarimizning bu galgisi bevosita baxshichilik san’atiga bag‘ishlangani alohida ahamiyatga ega.

Hozirgi globallashuv davrida, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda juda ko‘p joylarda folklor san’ati muhofazaga muhtoj bo‘lib qolgani hech kimga sir emas.

Vaholanki, folklor san’ati har bir xalqning milliy o‘zligini, hayot tarzini, an’ana va qadriyatlarini ifoda etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ham uning o‘rni beqiyos.

Shu jihatdan, biz nufuzli xalqaro forumlarda, anjumanlarda qayta va qayta ta’kidlayapmizki –insoniyatni bugun faqatgina madaniyat qutqaraoladi!

Madaniyatning muhim yo‘nalishlaridan biri esa aynan folklor san’atidir.

Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy turlaridan sanalgan baxshichilik san’ati tinchlik va do‘stlik, adolat va haqiqat kabi ezgu g‘oyalarni tarannum etadi.

Ishonchim komilki, tadbir barchaga ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa bag‘ishladi.

Baxshi, oqin va jirovlarimizga esa jonajon Vatanimizni dunyoga tarannum etish yo‘lida kuch-quvvat va zafarlar tilab qolaman.
 
🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

IСRICH olimlarining Ermitajdagi nomoddiy madaniy meros boʻyicha chiqishlari muvaffaqiyatli boʻldi

#madaniyatshunoslik #madaniymeros #xalqarohamkorlik #xalqarokonferensiya

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 ICRICHuz">YouTube

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

#Yigʻilish
#Muhokama

⚡️ Bugun, 4-noyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda, sohada fuqaro murojaatlari hamda ijro intizomi holati yuzasidan o‘tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov, vazirlikning markaziy apparati mas’ul boshqarma boshliqlari hamda hududiy tizim tashkiloti rahbarlari onlayn ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi birinchi masala fuqaro murojaatlari yuzasidan har bir hududda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, har bir rahbar bir oyda bir marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn qabulni tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.

So‘ng, navbatdagi masala ijro intizomi holati tanqidiy tahlil qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan hudud rahbarlariga belgilangan muddatda topshiriqlarni vaqtida bajarilishini ta'minlashi aks holda mehnat qonunchiligiga muvofiq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Shuningdek, hududlardagi madaniyat muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari - quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yashil makon loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etilib, vazir tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Navoiylik yoshlar bilan uchrashdik

Bugun xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo‘ldik. Bir qator madaniyat muassasalari faoliyati bilan tanishib, shu bilan birga tashrif davomida navoiylik yoshlar bilan ham uchrashdik.

Vazir va yoshlar uchrashuvi”da 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Do’stona muloqot shaklida o’tgan uchrashuvda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdi.

Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.

Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni tingladik.

🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…

Ozodbek Nazarbekov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari saylovida o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Shu bilan birga mahallamiz oqsaqollari hamda faollari bilan uchrashib, suhbatlashdik.


🚀 Telegram / 📷 Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал