⚡️ Yoshlar ijod saroyida “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va ularning samaralari xususida atroflicha so‘z yuritdik.
Nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, yetakchi ekspertlarning Yangi O‘zbekistonda ilgari surilayotgan tashabbuslarning ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalari, e’tiroflari barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishladi. Ular buyuk allomalarni kamolga yetkazgan, tinchlik, do‘stlik va ilm-ma’rifat diyori bo‘lgan O‘zbekistonda Prezidentimiz boshchiliklarida Uchinchi Renessansga puxta poydevor qo‘yilayotganini yakdillik bilan ta’kidladilar.
Mamlakatimizda mana shunday nufuzli xalqaro anjumanlar, festivallar, tadbirlar tashkil etilayotgani bejiz emas. Bunday muloqotlar davomida o‘rtaga tashlanayotgan mavzular, bildirilayotgan fikr-mulohazalar, dolzarb muammolarni hal qilishga doir yechimlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ezgulikni targ‘ib qilish, yoshlarni g‘oyaviy xurujlardan asrashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Zero, bugungi globallashgan murakkab davrda, turli tahdidlar sharoitida insoniyat uchun aynan madaniyat xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur. Forum doirasidagi umumiy g‘oyamizda ham bunga alohida urg‘u berib, O‘zbekiston o‘zining boy madaniyatiga tayangan holda, jahon xalqlarini ezgu maqsad yo‘lida hamjihat bo‘lishga chorlashini qayd etdik.
Telegram / 📷 Instagram
⚡️ Teatr va sirk yo'nalishida o'tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25089
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami kuni
Ona tilim deya g‘ururlanishimiz uchun...
Inson qiziqish, ehtiyoj yoki taqdir sabab qancha xorijiy tilni o‘rganadi, bu yaxshi, lekin o‘z ona tilida gapirganchalik huzur bilan muloqot qila olmaydi. Bu har bir millat vakili uchun tabiiy deb o‘ylayman.
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Davlat hamma sharoitni yaratyapti. E’tibor yuksak. Endi hamma gap uni to‘la-to‘kis hayotga tatbiq eta olishda.
Aslida tilimiz o‘z asli, o‘z qadriga ega bo‘lishi yo‘lida minglab ma’rifatparvar, xalqparvar ajdodlarimiz jon fido qilganliklariga tarix guvoh. Bu haq, bu majburiyat avloddan-avlodga o‘tib, yashab kelyapti.
Afsuski, ba’zan ana shu majburiyatni bajara olmayotgan, o‘zbek tili sofligini, rivojini ta’minlay olmayotgandekmiz.
Aytmoqchimanki, bu majburiyat nafaqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti yoki boshqa tashkilot zimmasida, balki shu tilda so‘zlashuvchi har bir inson qalbidagi eng ulug‘ maqsadlardan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni hamma birdek qayg‘ursagina ona tilimiz, tom ma’noda, yuksak mavqega ko‘tariladi.
Shundagina yana bir necha asrlarda so‘ng ham ona tilimiz o‘z aslicha yashayotgan bo‘ladi. Zotan, Alixonto‘ra Sog‘uniy ta’kidlaganidek: "Turkiston qayg‘usi" kitobida yozganidek: "Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar".
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ta'ziya
Oʻzbekiston xalq baxshisi, II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali sovrindori, koʻplab respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi, davlat mukofotlari sohibi Baxshiqul baxshi Togʻayev 64 yoshida vafot etdi.
Baxshiqul Togʻayev baxshichilik sanʼatini rivojlantirishda, uni xalqaro miqyosda keng targʻib etishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.
Madaniyat vazirligi jamoasi Baxshiqul baxshi Togʻayevning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Qatar_madaniyat_kunlari 🇺🇿 🇶🇦
Bugun “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” doirasida O'zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Qatar kompozitori Nasser Sahimning mualliflik konserti bo'lib o'tdi.
Konsert O'zbekiston xalq artisti Kamoliddin O'rinboyev dirijyorligida O'zbekiston davlat simfonik orkestri hamkorligida olib borilda.
Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani bilan birgalikda konsertni tomosha qildik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari 11-14-oktyabr kunlari, soat 18:00 dan 21:00 gacha “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarda kutib qolamiz.
❕ Ma'lumot uchun, haftalik doirasidagi konsert dasturlari va ko‘rgazmalarni tomosha qilish mutlaqo bepul.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Hamkorlik_uchrashuvi
⚡️ Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining malikasi Dana Firas zoti oliyalari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Iordaniya o'rtasidagi bugungi kunga qadar madaniyat sohasida amalga oshirilgan hamkorlik ishlari haqida so’z yuritildi.
"O‘zining boy tarixi va madaniyatiga ega O‘zbekiston Iordaniya bilan ko‘p yillik aloqaga ega. Ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarimiz Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – AYSESKO doirasida ham kengayib, rivojlanib bormoqda. Ikkala xalq ham o‘z qadryatlarini tarixiy dovonlar osha shakllantirib bo‘lgan va jahon madaniyatlari orasida o‘zining alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan qadimiy meroslarning saqlovchilaridir. Kelajakda tashkilot doirasida va ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros hamda san’atning boshqa turli sohalarida aloqalarimizni mustahkamlash asosiy maqsadimiz bo‘lishiga umid qilib qolaman",
#Live
#OAV_biz_haqimizda
🎤 Ayni damda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda "Yangi O‘zbekiston", "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov o'rtasida "Globallashuv davrida milliy madaniyatning o‘rni" mavzusi doirasida suhbat bo'lib o'tmoqda. Unda, madaniyat va san'at sohasiga aloqador mavzular bo’yicha atroflicha fikr almashilmoqda.
✅ Suhbat tez kunda e’tiboringizga havola qilinadi...
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Ayniqsa, bugungi shiddatli davr har bir sohani zamon talablaridan kelib chiqib tahlil qilish, yangiliklarni amaliyotga izchil joriy etish va takomillashtirib borish zaruratini doimo kun tartibiga dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.
Ayni shu jihatdan madaniyat sohasidagi islohotlar jarayonida ham, avvalo, huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni puxta ishlab chiqib, tatbiq etish choralari ko‘rib borilmoqda. Ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bugun "Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasini muhokama qildik.
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari faoliyatini 2025–2028-yillarda yanada rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy salohiyatni oshirishning muhim asosi bo‘lishiga qaratilgan vazifalarni ko‘rib chiqdik.
Loyiha taqdimoti, takliflar bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
Farg'onalik yoshlar bilan uchrashdik.
Madaniyat vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, shuningdek og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelamiz.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.
Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni tingladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg'ona viloyatiga safarimiz davom etmoqda
Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#ZOR_LOYIHA
Shanba soat 20:00 "ZO‘R TV" telekanalida "ARTIST" loyihasining FINAL sonini o‘tkazib yubormang.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochilishida ishtirok etdik.
Filarmoniya – juda ulug‘ dargoh. Uning tarixi o‘z davrining mashhur san’atkorlari – Muhiddin Qori Yoqubov, To‘xtasin Jalilov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Gavhar Rahimova kabi ko‘plab fidoyi ijodkorlarning samarali mehnati, nomlari bilan chambarchas bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu muassasa o‘z faoliyati davomida samarali ijod yo‘li bilan birga, turli qiyinchilik va o‘zgarishlar davrini ham boshdan kechirdi. Hatto boshqa-boshqa nomlarda faoliyat yuritgan vaqtlari ham bo‘ldi...
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida shaxsan Prezidentimiz ayni shu masalaga ham alohida e’tibor qaratib, Filarmoniyani qaytadan tashkil etib berdilarki, bundan nafaqat uning ijodiy jamoalari, balki san’at ixlosmandlari ham behad mamnun bo‘ldi. Bugun u aholi kayfiyatini ko‘tarish, madaniy hordiq olishlarini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
88-mavsumda ham Siz, aziz muxlislarni xursand qilish hamda o‘zbek madaniyati va san’atini jahon uzra baralla tarannum etish yo‘lida Filarmoniyaning barcha jamoalariga ulkan muvaffaqiyat tilayman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisidagi safarimiz davomida Petergof majmuasida bo'ldik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bugun nufuzli tadbir doirasida nutq so‘zlab, o‘z fikr-mulohazalarimiz va takliflarimizni bildirdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Live
#Forum
🎥 Ayni damda, “Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasidagi islohotlar” mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tmoqda.
"Bugun barchamiz zamon naqadar shiddat bilan o‘zgarib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Jahondagi geosiyosiy vaziyat tobora murakkablashib, ayrim mintaqalarda ziddiyatlar kuchaymoqda. Mafkuraviy tahdidlar o‘z shaklini kun sayin o‘zgartirib, jamiyatlar ichida ma’naviy tanazzul ildiz otmoqda. “Ommaviy madaniyat” kabi xavf-xatarlar odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Nafaqat bir mamlakat, balki butun insoniyat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgan mana shunday tahdidlar sharoitida aynan madaniyat xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur. Chunki mafkuraviy tajovuzga qarshi qandaydir chegara yoki to‘siq qo‘yib kurashib bo‘lmaydi. Unga qarshi faqat mafkuraviy qurolgina yordam bera oladi"
Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик
—
Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Turkiya biz uchun yaqin do‘st va qardosh mamlakat. Xalqlarimizni ko‘p asrlik tarix, til, din, mushtarak qadriyatlar hamda urf-odatlar bir-biriga chambarchas bog‘lab turadi.
Davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi, sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarimiz jadal rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Barcha darajalardagi aloqalar va almashinuvlar faollashdi. Xususan, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Yana bir e’tiborli jihati, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda ham bir-birini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Masalan, YUNESKO, Turkiy davlatlar tashkiloti, AYSESKO va TURKSOY kabi tashkilotlar doirasida bizning tashabbuslarimizni Turkiya tarafi doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani o‘zaro munosabatlarimiz bugun qay darajada ekanini dunyo ahliga yaqqol namoyon qilmoqda.
O‘zaro bordi-keldilarimiz sezilarli darajada ko‘paydi. Yaqinda Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Ayni kunlarda biz delegatsiyamiz bilan Turkiyada bo‘lib turibmiz.
Bugun qadrdon hamkasbim Mehmet Nuri Ersoy bilan uchrashdik. Samimiy suhbatlashdik, istiqboldagi rejalarimiz haqida fikrlashdik. Muzokaralarimiz doirasida 2024 – 2026-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik. Bu hujjat hamkorligimiz rivojida alohida ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
“Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Qatar kompozitori Nasser Sahimning mualliflik konserti bo‘lib o‘tdi.
E’tiborli jihati shundaki, u o‘zbekcha qo‘shiqlarni ham maromiga yetkazib ijro qildi. Bu, albatta, barchamizni behad quvontirdi, qalbimizga o‘zgacha g‘urur bag‘ishladi. Axir, o‘zga millat vakilining o‘z ona tilingda so‘zlashi, qo‘shiq kuylashi qanday yoqimli. Shunday emasmi?
Qatarlik san’atkor do‘stlarimizga ushbu unutilmas konsert dasturi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Qatar_madaniyat_kunlari
Bugun, 11-oktyabr kuni poytaxtdagi "Hilton" mehmonxonasining majlislar zalida Qatar Davlati madaniyat vaziri Shayx Abdulrahmon bin Hamad Al-Tani bilan hamkorlik uchrashuvimiz bo'lib o'tdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qatar Amirligi o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanib bormoqda. Uchrashuvimiz davomida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning istiqbolli rejalari haqida fikr almashdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Avvalroq, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda "Yangi O‘zbekiston", "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov o'rtasida “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yoxud yorug‘ kelajak poydevori qanday qo‘yilmoqda?” mavzusi doirasida suhbat bo'lib o'tgan edi.
☑️ Unda, madaniyat va san'at sohasiga aloqador mavzular bo’yicha atroflicha fikr almashinib, quyidagi savollar yuzasidan vazir tomonidan javoblar berildi:
— Teatrlar faoliyati Madaniyat vazirini qoniqtiradimi?
— Bugungi jamiyatning musiqiy savodi qanday?
— San’at sohasiga biznesmenlar jalb qilinadimi?
📹 Batafsil videoni ko’rish
📰 Maqolani o’qish
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Har birimiz hayotda qanday natija va marralarga erishgan bo‘lsak, shubhasiz, bunda sizlarning hissangiz beqiyos. Bolalagimizdan qalbimizni ilm-ma’rifat nuri bilan yoritib, Vatanni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatganingiz, dunyoni anglab, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘maklashganingiz uchun oldingizda doimo bosh egib, chin dildan ta’zim qilamiz.
Sizlarga har qancha hurmat-ehtirom ko‘rsatsak, sha’ningizga har qancha tahsinlar aytsak arziydi.
Bugun turli tahdidlar kuchaygan, shiddatli va murakkab zamonda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Qanday qilsak ko‘zlagan maqsadlarimizga erishamiz? Bu kabi savollarga Davlatimiz rahbarining “najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” degan so‘zlari aniq-tiniq javob bo‘la oladi. Bizning yo‘limiz shu!
Kecha ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda ushbu ezgu da’vat yana bir karra yangradi. O‘z navbatida, Prezidentimiz ko‘zlagan maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirish shartligini ta’kidlab, bu yo‘lda birinchi navbatda siz, ustoz va murabbiylarning tajribangizga, mahoratingizga va insoniy fazilatlaringizga tayanishlarini ta’kidladilar. Bu juda katta ishonch. Mana shu ishonchni oqlash yo‘lida barchangizga kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilayman.
Baxtimizga hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Qutlov
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlashmoqda.
Vatanimizning har qarich yerini asrab-avaylashni sharaf, or-nomus, farzandlik burchi deb bilib, bu yo‘lda matonat va jasorat, mardlik va shijoat ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lib, bugun xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilayotgan, sarhadlarimiz daxlsizligi, qonun ustuvorligini ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli vazifani sadoqat bilan uddalayotgan sohaning barcha fidoyilari har qancha e’tirofga loyiq.
Zero, Prezidentimiz boshchiliklarida Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan tarixiy islohotlarning amaliy ifodalarida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarining o‘rni beqiyos.
Fursatdan foydalanib, tizimda faoliyat olib borayotgan barcha fidoyilarni, soha faxriylarini bugungi ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Marg‘ilon shahrida 19-21-sentyabr kunlari bo’lib o’tgan "Atlas bayrami"ning yopilish marosimida ishtirok etdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg‘ona viloyatiga safarimiz davomida madaniyat muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg'onada bo'lib o'tayotgan tanlov jarayonlarida ishtirok etyabmiz
Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlov 2 ta yo‘nalishda: "Askiyachilik san’ati" yo‘nalishida jamoaviy hamda “Qiziqchilik san’ati” yo‘nalishida yakka tartibdagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Ikkinchi (respublika) bosqichiga esa bugun 20-sentyabr kuni start berilib, unda saralangan jami 50 dan ziyod yosh ijodkorlar ishtirok etishmoqda.
Tanlov Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Temirchilik
Bu hunar ahli har qanday obu havoda ham olov ustida temir toblaydi... Ular yasagan ketmonsiz – dehqonning, teshasiz – ustaning, pichoqsiz – oshpazning ishi bitmaydi.
Temirchilik yurtimizdagi qadimiy hunarmandchilik turlaridan sanaladi. Abu Rayhon Beruniy oʻz asarlarida Buxoro temirchilarining mahorati haqida eslatib oʻtgan. Buxorolik ustalar yasagan shamshiru pichoqlar, qirgʻichlar, tibbiy asboblar, qulflar, tikuvchilik buyumlari Buyuk Ipak yoʻli savdogarlari orasida qadrli boʻlgan. Mintaqamiz elchilari ularni Yevropa elchilariga sovgʻa sifatida topshirishgan. 19-asrda Buxoroda oʻnlab temirchilik doʻkonlari boʻlgan.
Bugungi kunda hunarmandlar mashhur Buxoro qaychisi, milliy qirgʻichlar va pichoqlarni ham esdalik, ham uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlaroq tayyorlaydilar. Ularning titan qotishma pichoqlari YUNESKO tomonidan sertifikatlangan.
#nomoddiymadaniymeros
Telegram | Instagram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ 14-sentyabr kuni Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisi bo'lib o'tdi.
✅ Unda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "2024-yilda “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti” davlatlararo dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Samarqandda amalga oshirilishining borishi va keyingi yillarda dasturni amalga oshirishda rejalashtirilgan ishlar" mavzusida nutq so'zladi.
"Samarqand MDH davlatlaridan ko‘plab mehmonlar va ishtirokchilarni qabul qilgan madaniy almashinuv markaziga aylandi. Festival hamda turli tadbirlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazma va konsert dasturlari, O‘zbekiston va MDHga a’zo davlatlar vakillarining mahorat darslari o'tkazilgan mazkur tadbir bizga mintaqamizning o‘ziga xos an’analari, san’atini namoyish etish imkonini berdi, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi",
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida xurijiy hamkasblarimiz bilan turli muzokaralar o‘tkazdik.
Shu jumladan Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vaziri Shayx Salim bin Xolid Al Qosimiy bilan uchrashdik.
Uchrashuv chog‘ida ikki davlat madaniy hamkorligi yuzasidan bir qator kelushuvlarga erishdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning turli nuqtalaridan jami 1700 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Xususan, O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu forumda ishtirok etmoqda.
Turli madaniyat va millat vakillarini birlashtirgan ushbu madaniyat forumi bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda eng dolzarb mafkuraviy masalalarni muhokama qilish maydonchasiga hamda yangi g‘oyalar va loyihalar tug‘iladigan nuqtaga aylandi.
2024-yilgi forumning asosiy mavzusi “XXI asr madaniyati: suverenitetmi yoki globalizmmi?” degan savolni o'rtaga tashlaydi.
Forumning 2024-yilgi dasturida 10 ta mavzu doirasida xalqaro madaniy hamkorlik istiqbollari tadbirlari ko‘p tomonlama muhokama qilinadi, bular: “Ko‘p qutbli dunyoda meros huquqi”, “Madaniyatda sun’iy intellekt va milliy suverenitet”, “Madaniy meros: an’analar va zamonaviylik”, “Ishbilarmonlik madaniyati”, “Media madaniyati”, “Kino”, “Teatr”, “Musiqiy madaniyat”, “Sirk”, “Muzeylar”.
Bugun, 12-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi X xalqaro madaniy forumining yalpi majlisida ishtirok etib nutq so'zladi.
An’anaga ko‘ra, Forum doirasida Rossiya va xorijiy yetakchi madaniyat va san’at namoyandalari, ishbilarmon doiralar va davlat hokimiyati organlari vakillari o‘zaro fikr almashadi, zamonaviy madaniy muhitni rivojlantirish tendensiyalari va dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
❕ Ma'lumot o'rnida, 11-sentyabr kuni boshlangan forum 14-sentyabrga qadar davom etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt