Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisidagi safarimiz davomida Petergof majmuasida bo'ldik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bugun nufuzli tadbir doirasida nutq so‘zlab, o‘z fikr-mulohazalarimiz va takliflarimizni bildirdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Yogʻoch oʻymakorligi
Oʻzbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan sanʼat turlari betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Zaminimiz qatlamlarini qazish natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati yurtimizda tosh asridayoq boshlangan va asrlar osha hozirga qadar davom etib kelmoqda.
Amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turlaridan biri yogʻoch oʻymakorlik sanʼatidir. Bunda biror naqsh yoki tasvir yogʻochga chizib, kesib, yoʻnib, oʻyib ishlanadi. Oʻzbekistonda yogʻoch oʻymakorligi qadimdan rivojlanib kishilarning uy–roʻzgʻor buyumlarida va arxitekturasida juda keng qoʻllanilgan. Bu oʻymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, har xil toʻsin, xontaxta, quticha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan.
V–VI–asrlarda yogʻoch oʻymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloqtepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha, bundan 1–1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda yogʻoch oʻymakorligi sanʼati yuksak darajada rivojlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalar natijasida topilgan.
Amaliy sanʼatga chuqur falsafiy yondoshish natijasida ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari vujudga kelgan. Ushbu tarixiy omil oʻzbek milliy bezak sanʼatining gurkirab rivojlanishiga turtki boʻlganki, hozirda jahonga mashhur meʼmorchilik yodgorliklarimiz yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi sanʼatlarning yuksak uygʻunligi va mujassamligi bilan tahsinga sazovordir.
#nomoddiymadaniymeros
Telegram | Instagram | Facebook
Bugungi saylovchiga quruq va'dalar emas, farovonlik va birdamlikka chorlovchi ezgu g'oyalar, aniq taklif va tashabbuslar kerak!
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi 33_soni e'lon qilindi.
Batafsil:👉https://online.anyflip.com/husmc/ffgt/mobile/index.html
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining IX Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiyaning 2020–2024-yillardagi faoliyati yakunlari sarhisobi tahlil etilib, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
Qurultoyda bir qator davlat va jamoat vakillari, jumladan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etib nutq so'zladi.
"Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich har bir chiqishlarida madaniyat, ma’naviyat haqida alohida to‘xtalib o‘tadilarki, bu bejiz emas, albatta.
Bugun inson madaniyatiga, qadriyatlariga turli tahdidlar kuchaygan murakkab davrda yashayapmiz.
Mana shunday sharoitda milliy an’analarimizni asrab-avaylash, yoshlarimizni fikri teran, dunyoqarashi keng, oqdan qorani yaxshi ajrata oladigan, shu tabarruk zamin taqdiriga mas’uliyat bilan qaraydigan barkamol insonlar etib tarbiyalash o‘ta dolzarb vazifaga aylanib bormoqda"
⚡️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish barcha sohada boʻlgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham targ'ib etilib, bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 4-sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida “Sohani raqamlashtirishdagi ishlar holati” yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda,
✅ madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ijrosi;
✅ “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularning rag‘batlantirilishi maqsadida ishlab chiqilgan streetart.uz platformasining yuritilishi;
✅ “Tizim tashkilotlar pasporti” va "Moddiy texnik bazasi" axborot tizimlari joriy etish haqida;
✅ O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini jahonga targ‘ib etish maqsadida askiya va qiziqchilik san’atiga oid veb-saytining yuritilishi;
✅ “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va festival dasturi haqida axborot berib borish maqsadida veb-sayti ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligi;
✅ Madaniyat va san’at sohasida 11 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglament loyihalari muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Sanʼatimizning yana bir azim chinori quladi. Bobomurod Hamdamov qariyb butun umri sahnada kechgan, shirali ovozi, oʻziga xos ijro uslubi bilan nafaqat oʻzbek, balki hind, turkman, tojik xalqlari qalbidan chuqur joy olgan, oʻz yoʻnalishida katta maktab yaratgan buyuk hofiz edi. Uni oʻzbekning Raj Kapuri ham deyishardi. Chunki hind qoʻshiqlarini shu qadar maromiga yetkazib kuylardilarki, hatto Kapur ham tinglab, eʼtirof etgandi.
Ustoz nafaqat ijro mahoratida, balki kamtarlik, bagʻrikenglik, samimiylikda ham koʻpchilikka oʻrnak boʻla olganlar.
Kechagidek esimda, Bobomurod aka 82 yoshga toʻlganliklari va ijodiy faoliyatlarining 60 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi va “ZOʻR TV” telekanalining qoʻshma loyihasi hisoblangan “Ehtirom” dasturi orqali u kishining ijodiy kechasini tashkil etgan edik. Oʻshanda birga qoʻshiq ijro qilganimiz, koʻksilariga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini taqish nasib etgani men uchun katta sharaf va unutilmas xotira boʻlib qoldi.
Shu yil Xorazmga “Lazgi” festivalini oʻtkazishga borganimizda xonadonlarida mehmon boʻldik. Suhbatlashdik, yaxshi tilaklarimiz, niyatlarimizni bildirdik, duolarini oldik. Bir sanʼatkor sifatida shunday ulugʻ hofiz bilan zamondosh boʻlib, umr daftarimizga u kishi bilan bogʻliq shirin xotiralar bitilganidan ham faxrlanaman, ham taqdirdan minnatdorman.
Hayot mavjud ekan, tugʻilish bor, oʻlim bor. Afsuski, bugun Bobomurod Hamdamov oramizda yoʻq. Lekin uning bebaho merosi, goʻzal qoʻshiqlari yangrashda davom etadi, xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Davlat rahbari kuni kecha kreativ industriya haqida gapirdi. Eʼtiborni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur, deya taʼkidladi. Bu xitobga biz bugun “labbay!” deya yangi kreativ loyihamizga start beramiz.
Nomoddiy madaniy meros targʻibotiga qaratilgan ushbu loyihani Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti “Qadriyatfilm” bilan hamkorlikda amalga oshirdi.
Mitti vatanlarni katta yurakka jo qilib Yurt va Millat qalbini aks ettirgan bu samimiy ijod mahsulidan boshqacha taʼsirlandim. Qarang, ota-buvalardan kelayotgan qadriyatlarni eʼzozlash bilan ham vatanparvar boʻlish mumkin ekan... Ajdodlaring asragan qadriyatlarga sadoqating ham asli millatparvarliging ekan...
Bu tasvirlarni koʻrayotib OʻzBekligingni yangidan idroklaysan: har parchada Vatan parchasi, Millat fitrati-yu tiynati mujassam.
Fursatdan foydalanib, yurt ishqini 50ta audiovizual lavhaga jamlagan kreatorlar jamoasi – Iroda Dadajonova, Maʼruf Hasanov, Azizjon Haydarovga ushbu xayrli loyiha uchun minnatdorlik bildiraman.
Biz bu videoroliklar tarqab ketib, tarqoq koʻngillarni birlashtirishini istadik. Zero yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
35 ta xonadon — 35 ta oila hayotida yangi sahifa ochgan Vatan ichra kichik vatan. Ko‘zlarda quvonch yoshlari, dil izhorlarida minnatdorlik, shukronalik hissi... "Inson qadri uchun" degan ezgu tamoyilning yana bir amaliy ifodasi.
Yashnobod tumanida madaniyat va san'at xodimlaridan bir guruhiga yangi turar joylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdik. Hamkasblarimizning xursandchiligini ko‘rib, ular bilan birdek quvondik, hayajonga tushdik, ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi.
O‘ylaymizki, mustaqilligimizning 33 yillik bayrami bu baxtiyor oilalar uchun eng unutilmas, eng yorqin, eng qadrli va eng aziz kun bo‘lib qoladi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Vatanni sevish nima?
Millatni sevish nima?
Bu faqat bayroq hilpiratib, tantanavor she’r o‘qish emas.
Vatanni jimgina turib ham sevish mumkin.
Kaft harorati ila loydan go‘zallik qorib...
Temirni qizig‘ida bosmoq uchun yurak o‘chog‘iga o‘t qalab...
Har qatim ipni tuyg‘ular rangiga bo‘yab... har chok ila muhabbatni kashtalab...
Inja fikratni cho‘ng toqat ila yog‘ochga naqshlab...
Dunyo tamaddunida sahifa ochgan kashfiyot ila...
Bobolar borini, ORINI doston qilib...
Chayir bedovlarni pishqirtirib... Halo-o-ol! deya hayqirgan chavandozlar shahdu shiddatiga do‘nib... VATAN deysan, O‘ZBEGIM deysan, O‘ZLIGIM deysan. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Qadriyating, uduming bori uchun ham yuksalasan. Millating dunyo aro izzatli millatlardan ekaniga shukr qilasan.
#yangiloyiha #nomoddiymadaniymeros
Telegram | Instagram | Facebook
Ёруғ ва нурафшон келажагимизни – Янги Ўзбекистонни албатта барпо этамиз! Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 33 йиллиги муборак бўлсин, азиз юртдошлар!
—
Обязательно построим наше прекрасное будущее – Новый Узбекистан! С 33-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!
Mustaqillik xalqimizning tarixiy yutug‘i bo‘lib, unga osonlikcha erishilgani yo‘q. Mazkur sharafli yo‘lda qanchadan-qancha ajdodlarimiz, yurtimizning asl farzandlari, millat qahramonlari o‘z jonlarini fido qildilar, zulm va zo‘ravonlik, qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Lekin istiqlol uchun, hurriyat uchun kurash aslo to‘xtab qolgani yo‘q.
Mana shunday qat’iy intilish natijasida bundan roppa-rosa o‘ttiz uch yil muqaddam xalqimizning buyuk orzusi ro‘yobga chiqdi – O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi.
O‘tgan yillar davomida kuzatilgan turli sinov va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidoyiligi, hamjihatligi tufayli mamlakatimiz dunyoda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘ldi. Ayniqsa, oxirgi yillarda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan tarixiy islohotlar O‘zbekistonni jahonga yangi qiyofada namoyon qildi.
Bugun turli tahdid va qarama-qarshiliklar kuchaygan, atigi bir kungina, bir soatgina xotirjam yashash kimlargadir eng katta orzuga aylanib qolgan murakkab davrni boshdan kechiryapmiz. Bu bizni yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetib, shukronalik hissi bilan yashashga, bir yoqadan bosh chiqarib, shu aziz Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishga undaydi.
Davlatimiz rahbari bugun Shahidlar xotirasi xiyobonida o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlaganlaridek, eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning o‘zi. Yoshlarimiz tariximizni yaxshi bilishi, boshqalardan emas, o‘zimizning bobolarimizdan namuna olishi kerak. Bu istak, bu ezgu maqsad har birimizning zimmamizga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Biz bu mas’uliyatni chuqur his qilamiz.
Fursatdan foydalanib, ushbu shukuhli damlarda barcha yurtdoshlarimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni eng ulug‘ ayyom – Istiqlol bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Jonajon Vatanimizga hech qachon ko‘z tegmasin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
#Sharq_taronalari_2024
#Videoreportaj
📌 Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivalining yopilish marosimi jarayonlaridan lavha.
Festival g'oliblari bilan tanishing:
✅ Gran-pri
✅ 1-o'rin
✅ 2-o'rin
✅ 3-o'rin
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Bugun, 29-avgust kuni Samarqandlik yoshlar bilan uchrashdik.
Madaniyat vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, shuningdek og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelamiz.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.
Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni tingladik.
Uchrashuvda xorijiy va mahalliy OAV vakillari ham ishtirok etishdi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси маданият ва туризм вазири Меҳмет Нури Эрсой бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Турецкой Республики во главе с министром культуры и туризма Мехметом Нури Эрсоем.
#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida xurijiy hamkasblarimiz bilan turli muzokaralar o‘tkazdik.
Shu jumladan Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vaziri Shayx Salim bin Xolid Al Qosimiy bilan uchrashdik.
Uchrashuv chog‘ida ikki davlat madaniy hamkorligi yuzasidan bir qator kelushuvlarga erishdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning turli nuqtalaridan jami 1700 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Xususan, O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu forumda ishtirok etmoqda.
Turli madaniyat va millat vakillarini birlashtirgan ushbu madaniyat forumi bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda eng dolzarb mafkuraviy masalalarni muhokama qilish maydonchasiga hamda yangi g‘oyalar va loyihalar tug‘iladigan nuqtaga aylandi.
2024-yilgi forumning asosiy mavzusi “XXI asr madaniyati: suverenitetmi yoki globalizmmi?” degan savolni o'rtaga tashlaydi.
Forumning 2024-yilgi dasturida 10 ta mavzu doirasida xalqaro madaniy hamkorlik istiqbollari tadbirlari ko‘p tomonlama muhokama qilinadi, bular: “Ko‘p qutbli dunyoda meros huquqi”, “Madaniyatda sun’iy intellekt va milliy suverenitet”, “Madaniy meros: an’analar va zamonaviylik”, “Ishbilarmonlik madaniyati”, “Media madaniyati”, “Kino”, “Teatr”, “Musiqiy madaniyat”, “Sirk”, “Muzeylar”.
Bugun, 12-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi X xalqaro madaniy forumining yalpi majlisida ishtirok etib nutq so'zladi.
An’anaga ko‘ra, Forum doirasida Rossiya va xorijiy yetakchi madaniyat va san’at namoyandalari, ishbilarmon doiralar va davlat hokimiyati organlari vakillari o‘zaro fikr almashadi, zamonaviy madaniy muhitni rivojlantirish tendensiyalari va dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
❕ Ma'lumot o'rnida, 11-sentyabr kuni boshlangan forum 14-sentyabrga qadar davom etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#nomoddiymadaniymeros
Dunyo tamaddunining yangi davri Samarqand qog‘ozi bilan boshlangan.
Samarqandda qog‘ozning kashf etilishi, uning Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropa bozorlariga yetkazib berilishi, buning natijasida jahon miqyosida matbaachilikning vujudga kelishi fan-texnika rivojlanishida inqilob yasadi. VIII asrdan XIX asrgacha nafaqat O‘rta Osiyoda, balki Yaqin sharq, Yevropa Ispaniya, Fransiya va Germaniyada ham Samarqand qog‘ozida yozilgan.
Batafsil:👉https://gov.uz/oz/madaniyat/sections/view/21160
🚀 Telegram / 📷 Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatovning bevaqt vafoti haqidagi xabar barchamizni chuqur qayg‘uga soldi.
Musaxon aka iste’dodli, mehnatkash, bilimli va tafakkuri keng ijodkor edi. Ko‘p kitob o‘qirdi, doim izlanardi. Qo‘shiq yaratishda she’rning mazmuni, maqsad-muddaosi, g‘oyasiga alohida e’tibor bilan qarardi. Ya’ni, so‘z mas’uliyatini chuqur his qilardi. Ijod mahsullarida o‘ziga xos yo‘li, imzosi sezilib turardi.
Ijodiy faoliyatimiz davomida Musaxon aka bilan hamkorlikda ko‘plab qo‘shiqlar yaratganmiz. Ularning deyarli barchasi muxlislarimiz dilidan joy olgan. Boshqa san’atkor do‘stlarimiz ijodida ham bastakorning alohida o‘rni bor.
Garchi endi Musaxon aka jisman oramizda yo‘q bo‘lsa-da, ishonchim komilki, uning qo‘shiqlari yashashda, yangrashda davom etib, ajoyib inson, betakror ijodkor yodini doimo yodimizga solib turadi.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat tilayman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қирғиз Республикасининг маданият ва санъат соҳалари вакилларидан бир гуруҳига фахрий унвонлар бериш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О присвоении почетных званий группе представителей сферы культуры и искусства Кыргызской Республики"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hurmatli ota-onalarga aytmoqchiman, qizlaringizni oʻqiting! ➖ Shavkat Mirziyoyev
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ta'ziya
O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.
Bobomurod Hamdamov 1940-yil 4-mart kuni Turkmaniston Respublikasi Chorjo‘ viloyatida tug‘ilgan.
Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi.
O‘zbek milliy qo‘shiqchilik san'atida bir nechta o‘lmas asarlar yaratib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning "Sulton Jaloliddin", "Kim ekan", "Devona", "Galdimu", "Qo‘rqdim" kabi qo‘shiqlari ommabop bo‘lgan.
Bobomurod Hamdamovning yorqin xotirasi uning muxlislari qalbida mangu yashaydi.
Ustozning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Биринчи Президентимиз хотирасига ҳурмат бажо келтирилди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#mustaqillikka_33_yil
🇺🇿 Jonajon vatanimizning mustaqillik bayramidagi ishtirokimiz.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ Bugun, 1-sentyabr kuni madaniyat xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Yashnobod tumanida qurilayotgan uy-joylardan 35 ta xonadonlar tantanali o’z egalariga topshirildi.
Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, xonadon kalitlarini xonadon egalariga taqdim etdi.
“Bugungi unutilmas va hayajonli damlarni anchadan beri intiq bo‘lib kutgan aziz do‘stlar!
Mana, nihoyat o‘sha kun keldi!
Ishoninglar, mening hozirgi hayajonim, quvonchim sizlarnikidan aslo kam emas.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari!
Avvalo, barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bu yilgi bayram sizlar uchun bir umrga unutilmaydigan, doim shirin xotira sifatida esga olinadigan qo‘shaloq xursandchilik bo‘lib kelganidan barchamiz behad mamnunmiz”
Яшасин Ўзбекистон Республикаси! Яшасин Ўзбекистон халқи!
—
Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросими бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.
—
На аллее "Шахидлар хотираси" состоялась церемония поминовения жертв репрессий. В ней принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.
#Mirziyoyev #marosim #shahidlar #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Sharq_taronalari_2024
#Videoreportaj
– Notinch va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini saqlab qolish tobora mushkul bo‘lib bormoqda. Mana shunday murakkab vaziyatda ilohiy sarchashmalardan quvvat olib, vaqt va makon chegaralari osha gumanistik ideallarni tarannum etadigan asl san’at, musiqa va adabiyot xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.
#Sharq_taronalari_2024
#Live
📌 Ayni damda "Registon" maydonida Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimiga hozirlik ko’rilmoqda.
✅Ma’lumot uchun, bugun 29-avgust kuni festivalning yopilish marosimi bo’lib o’tadi, shuningdek tanlov g’oliblari e’lon qilinadi.
❕ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇹🇷
Bugun, 28-avgust kuni Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy o'rtasida hamkorlik uchrashuvimiz bo'lib o'tdi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram