Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari 11-14-oktyabr kunlari, soat 18:00 dan 21:00 gacha “Tashkent City Park” majmuasida “Qatar madaniyati, hunarmandchiligi va milliy taomlari haftaligi” bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarda kutib qolamiz.
❕ Ma'lumot uchun, haftalik doirasidagi konsert dasturlari va ko‘rgazmalarni tomosha qilish mutlaqo bepul.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Hamkorlik_uchrashuvi
⚡️ Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining malikasi Dana Firas zoti oliyalari o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
✅ Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Iordaniya o'rtasidagi bugungi kunga qadar madaniyat sohasida amalga oshirilgan hamkorlik ishlari haqida so’z yuritildi.
"O‘zining boy tarixi va madaniyatiga ega O‘zbekiston Iordaniya bilan ko‘p yillik aloqaga ega. Ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarimiz Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – AYSESKO doirasida ham kengayib, rivojlanib bormoqda. Ikkala xalq ham o‘z qadryatlarini tarixiy dovonlar osha shakllantirib bo‘lgan va jahon madaniyatlari orasida o‘zining alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan qadimiy meroslarning saqlovchilaridir. Kelajakda tashkilot doirasida va ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros hamda san’atning boshqa turli sohalarida aloqalarimizni mustahkamlash asosiy maqsadimiz bo‘lishiga umid qilib qolaman",
#Live
#OAV_biz_haqimizda
🎤 Ayni damda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda "Yangi O‘zbekiston", "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov o'rtasida "Globallashuv davrida milliy madaniyatning o‘rni" mavzusi doirasida suhbat bo'lib o'tmoqda. Unda, madaniyat va san'at sohasiga aloqador mavzular bo’yicha atroflicha fikr almashilmoqda.
✅ Suhbat tez kunda e’tiboringizga havola qilinadi...
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Ayniqsa, bugungi shiddatli davr har bir sohani zamon talablaridan kelib chiqib tahlil qilish, yangiliklarni amaliyotga izchil joriy etish va takomillashtirib borish zaruratini doimo kun tartibiga dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.
Ayni shu jihatdan madaniyat sohasidagi islohotlar jarayonida ham, avvalo, huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni puxta ishlab chiqib, tatbiq etish choralari ko‘rib borilmoqda. Ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bugun "Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasini muhokama qildik.
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari faoliyatini 2025–2028-yillarda yanada rivojlantirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilmiy salohiyatni oshirishning muhim asosi bo‘lishiga qaratilgan vazifalarni ko‘rib chiqdik.
Loyiha taqdimoti, takliflar bilan tanishib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi
Farg'onalik yoshlar bilan uchrashdik.
Madaniyat vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan, shuningdek og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelamiz.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan yigit-qizlarning muammolari, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar alohida nazoratga olinib, bosqichma-bosqich yechim qilinmoqda.
Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni tingladik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg'ona viloyatiga safarimiz davom etmoqda
Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#ZOR_LOYIHA
Shanba soat 20:00 "ZO‘R TV" telekanalida "ARTIST" loyihasining FINAL sonini o‘tkazib yubormang.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
O‘zbekiston davlat filarmoniyasining 88-konsertlar mavsumi ochilishida ishtirok etdik.
Filarmoniya – juda ulug‘ dargoh. Uning tarixi o‘z davrining mashhur san’atkorlari – Muhiddin Qori Yoqubov, To‘xtasin Jalilov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Gavhar Rahimova kabi ko‘plab fidoyi ijodkorlarning samarali mehnati, nomlari bilan chambarchas bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu muassasa o‘z faoliyati davomida samarali ijod yo‘li bilan birga, turli qiyinchilik va o‘zgarishlar davrini ham boshdan kechirdi. Hatto boshqa-boshqa nomlarda faoliyat yuritgan vaqtlari ham bo‘ldi...
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar jarayonida shaxsan Prezidentimiz ayni shu masalaga ham alohida e’tibor qaratib, Filarmoniyani qaytadan tashkil etib berdilarki, bundan nafaqat uning ijodiy jamoalari, balki san’at ixlosmandlari ham behad mamnun bo‘ldi. Bugun u aholi kayfiyatini ko‘tarish, madaniy hordiq olishlarini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
88-mavsumda ham Siz, aziz muxlislarni xursand qilish hamda o‘zbek madaniyati va san’atini jahon uzra baralla tarannum etish yo‘lida Filarmoniyaning barcha jamoalariga ulkan muvaffaqiyat tilayman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisidagi safarimiz davomida Petergof majmuasida bo'ldik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bugun nufuzli tadbir doirasida nutq so‘zlab, o‘z fikr-mulohazalarimiz va takliflarimizni bildirdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Yogʻoch oʻymakorligi
Oʻzbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan sanʼat turlari betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Zaminimiz qatlamlarini qazish natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati yurtimizda tosh asridayoq boshlangan va asrlar osha hozirga qadar davom etib kelmoqda.
Amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turlaridan biri yogʻoch oʻymakorlik sanʼatidir. Bunda biror naqsh yoki tasvir yogʻochga chizib, kesib, yoʻnib, oʻyib ishlanadi. Oʻzbekistonda yogʻoch oʻymakorligi qadimdan rivojlanib kishilarning uy–roʻzgʻor buyumlarida va arxitekturasida juda keng qoʻllanilgan. Bu oʻymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, har xil toʻsin, xontaxta, quticha, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan.
V–VI–asrlarda yogʻoch oʻymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloqtepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha, bundan 1–1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda yogʻoch oʻymakorligi sanʼati yuksak darajada rivojlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro,
Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi arxeologik qazilmalar natijasida topilgan.
Amaliy sanʼatga chuqur falsafiy yondoshish natijasida ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari vujudga kelgan. Ushbu tarixiy omil oʻzbek milliy bezak sanʼatining gurkirab rivojlanishiga turtki boʻlganki, hozirda jahonga mashhur meʼmorchilik yodgorliklarimiz yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi sanʼatlarning yuksak uygʻunligi va mujassamligi bilan tahsinga sazovordir.
#nomoddiymadaniymeros
Telegram | Instagram | Facebook
Bugungi saylovchiga quruq va'dalar emas, farovonlik va birdamlikka chorlovchi ezgu g'oyalar, aniq taklif va tashabbuslar kerak!
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi 33_soni e'lon qilindi.
Batafsil:👉https://online.anyflip.com/husmc/ffgt/mobile/index.html
🚀 Telegram / 📷 Instagram
⚡️ “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining IX Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiyaning 2020–2024-yillardagi faoliyati yakunlari sarhisobi tahlil etilib, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
Qurultoyda bir qator davlat va jamoat vakillari, jumladan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etib nutq so'zladi.
"Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich har bir chiqishlarida madaniyat, ma’naviyat haqida alohida to‘xtalib o‘tadilarki, bu bejiz emas, albatta.
Bugun inson madaniyatiga, qadriyatlariga turli tahdidlar kuchaygan murakkab davrda yashayapmiz.
Mana shunday sharoitda milliy an’analarimizni asrab-avaylash, yoshlarimizni fikri teran, dunyoqarashi keng, oqdan qorani yaxshi ajrata oladigan, shu tabarruk zamin taqdiriga mas’uliyat bilan qaraydigan barkamol insonlar etib tarbiyalash o‘ta dolzarb vazifaga aylanib bormoqda"
⚡️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish barcha sohada boʻlgani kabi madaniyat va san'at sohasida ham targ'ib etilib, bu borada keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 4-sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida “Sohani raqamlashtirishdagi ishlar holati” yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda,
✅ madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimini ishlab chiqish hamda joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2024–2027 yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturi ijrosi;
✅ “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularning rag‘batlantirilishi maqsadida ishlab chiqilgan streetart.uz platformasining yuritilishi;
✅ “Tizim tashkilotlar pasporti” va "Moddiy texnik bazasi" axborot tizimlari joriy etish haqida;
✅ O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini jahonga targ‘ib etish maqsadida askiya va qiziqchilik san’atiga oid veb-saytining yuritilishi;
✅ “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va festival dasturi haqida axborot berib borish maqsadida veb-sayti ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilganligi;
✅ Madaniyat va san’at sohasida 11 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglament loyihalari muhokama qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Sanʼatimizning yana bir azim chinori quladi. Bobomurod Hamdamov qariyb butun umri sahnada kechgan, shirali ovozi, oʻziga xos ijro uslubi bilan nafaqat oʻzbek, balki hind, turkman, tojik xalqlari qalbidan chuqur joy olgan, oʻz yoʻnalishida katta maktab yaratgan buyuk hofiz edi. Uni oʻzbekning Raj Kapuri ham deyishardi. Chunki hind qoʻshiqlarini shu qadar maromiga yetkazib kuylardilarki, hatto Kapur ham tinglab, eʼtirof etgandi.
Ustoz nafaqat ijro mahoratida, balki kamtarlik, bagʻrikenglik, samimiylikda ham koʻpchilikka oʻrnak boʻla olganlar.
Kechagidek esimda, Bobomurod aka 82 yoshga toʻlganliklari va ijodiy faoliyatlarining 60 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi va “ZOʻR TV” telekanalining qoʻshma loyihasi hisoblangan “Ehtirom” dasturi orqali u kishining ijodiy kechasini tashkil etgan edik. Oʻshanda birga qoʻshiq ijro qilganimiz, koʻksilariga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini taqish nasib etgani men uchun katta sharaf va unutilmas xotira boʻlib qoldi.
Shu yil Xorazmga “Lazgi” festivalini oʻtkazishga borganimizda xonadonlarida mehmon boʻldik. Suhbatlashdik, yaxshi tilaklarimiz, niyatlarimizni bildirdik, duolarini oldik. Bir sanʼatkor sifatida shunday ulugʻ hofiz bilan zamondosh boʻlib, umr daftarimizga u kishi bilan bogʻliq shirin xotiralar bitilganidan ham faxrlanaman, ham taqdirdan minnatdorman.
Hayot mavjud ekan, tugʻilish bor, oʻlim bor. Afsuski, bugun Bobomurod Hamdamov oramizda yoʻq. Lekin uning bebaho merosi, goʻzal qoʻshiqlari yangrashda davom etadi, xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Avvalroq, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda "Yangi O‘zbekiston", "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov o'rtasida “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yoxud yorug‘ kelajak poydevori qanday qo‘yilmoqda?” mavzusi doirasida suhbat bo'lib o'tgan edi.
☑️ Unda, madaniyat va san'at sohasiga aloqador mavzular bo’yicha atroflicha fikr almashinib, quyidagi savollar yuzasidan vazir tomonidan javoblar berildi:
— Teatrlar faoliyati Madaniyat vazirini qoniqtiradimi?
— Bugungi jamiyatning musiqiy savodi qanday?
— San’at sohasiga biznesmenlar jalb qilinadimi?
📹 Batafsil videoni ko’rish
📰 Maqolani o’qish
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Har birimiz hayotda qanday natija va marralarga erishgan bo‘lsak, shubhasiz, bunda sizlarning hissangiz beqiyos. Bolalagimizdan qalbimizni ilm-ma’rifat nuri bilan yoritib, Vatanni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatganingiz, dunyoni anglab, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizga ko‘maklashganingiz uchun oldingizda doimo bosh egib, chin dildan ta’zim qilamiz.
Sizlarga har qancha hurmat-ehtirom ko‘rsatsak, sha’ningizga har qancha tahsinlar aytsak arziydi.
Bugun turli tahdidlar kuchaygan, shiddatli va murakkab zamonda yashayapmiz. Mana shunday sharoitda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Qanday qilsak ko‘zlagan maqsadlarimizga erishamiz? Bu kabi savollarga Davlatimiz rahbarining “najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” degan so‘zlari aniq-tiniq javob bo‘la oladi. Bizning yo‘limiz shu!
Kecha ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda ushbu ezgu da’vat yana bir karra yangradi. O‘z navbatida, Prezidentimiz ko‘zlagan maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirish shartligini ta’kidlab, bu yo‘lda birinchi navbatda siz, ustoz va murabbiylarning tajribangizga, mahoratingizga va insoniy fazilatlaringizga tayanishlarini ta’kidladilar. Bu juda katta ishonch. Mana shu ishonchni oqlash yo‘lida barchangizga kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilayman.
Baxtimizga hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Qutlov
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlashmoqda.
Vatanimizning har qarich yerini asrab-avaylashni sharaf, or-nomus, farzandlik burchi deb bilib, bu yo‘lda matonat va jasorat, mardlik va shijoat ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lib, bugun xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilayotgan, sarhadlarimiz daxlsizligi, qonun ustuvorligini ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli vazifani sadoqat bilan uddalayotgan sohaning barcha fidoyilari har qancha e’tirofga loyiq.
Zero, Prezidentimiz boshchiliklarida Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan tarixiy islohotlarning amaliy ifodalarida Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarining o‘rni beqiyos.
Fursatdan foydalanib, tizimda faoliyat olib borayotgan barcha fidoyilarni, soha faxriylarini bugungi ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Marg‘ilon shahrida 19-21-sentyabr kunlari bo’lib o’tgan "Atlas bayrami"ning yopilish marosimida ishtirok etdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg‘ona viloyatiga safarimiz davomida madaniyat muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Farg'onada bo'lib o'tayotgan tanlov jarayonlarida ishtirok etyabmiz
Bugun, 20-sentyabr kuni “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanloviga start berildi.
Tanlov 2 ta yo‘nalishda: "Askiyachilik san’ati" yo‘nalishida jamoaviy hamda “Qiziqchilik san’ati” yo‘nalishida yakka tartibdagi ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Ikkinchi (respublika) bosqichiga esa bugun 20-sentyabr kuni start berilib, unda saralangan jami 50 dan ziyod yosh ijodkorlar ishtirok etishmoqda.
Tanlov Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Temirchilik
Bu hunar ahli har qanday obu havoda ham olov ustida temir toblaydi... Ular yasagan ketmonsiz – dehqonning, teshasiz – ustaning, pichoqsiz – oshpazning ishi bitmaydi.
Temirchilik yurtimizdagi qadimiy hunarmandchilik turlaridan sanaladi. Abu Rayhon Beruniy oʻz asarlarida Buxoro temirchilarining mahorati haqida eslatib oʻtgan. Buxorolik ustalar yasagan shamshiru pichoqlar, qirgʻichlar, tibbiy asboblar, qulflar, tikuvchilik buyumlari Buyuk Ipak yoʻli savdogarlari orasida qadrli boʻlgan. Mintaqamiz elchilari ularni Yevropa elchilariga sovgʻa sifatida topshirishgan. 19-asrda Buxoroda oʻnlab temirchilik doʻkonlari boʻlgan.
Bugungi kunda hunarmandlar mashhur Buxoro qaychisi, milliy qirgʻichlar va pichoqlarni ham esdalik, ham uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlaroq tayyorlaydilar. Ularning titan qotishma pichoqlari YUNESKO tomonidan sertifikatlangan.
#nomoddiymadaniymeros
Telegram | Instagram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ 14-sentyabr kuni Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida MDHga a’zo davlatlar Madaniy hamkorlik kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi majlisi bo'lib o'tdi.
✅ Unda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "2024-yilda “Hamdo‘stlik Madaniyat poytaxti” davlatlararo dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Samarqandda amalga oshirilishining borishi va keyingi yillarda dasturni amalga oshirishda rejalashtirilgan ishlar" mavzusida nutq so'zladi.
"Samarqand MDH davlatlaridan ko‘plab mehmonlar va ishtirokchilarni qabul qilgan madaniy almashinuv markaziga aylandi. Festival hamda turli tadbirlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazma va konsert dasturlari, O‘zbekiston va MDHga a’zo davlatlar vakillarining mahorat darslari o'tkazilgan mazkur tadbir bizga mintaqamizning o‘ziga xos an’analari, san’atini namoyish etish imkonini berdi, shuningdek, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi",
#Xalqaro_hamkorlik
Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum doirasida xurijiy hamkasblarimiz bilan turli muzokaralar o‘tkazdik.
Shu jumladan Birlashgan Arab Amirliklari Madaniyat vaziri Shayx Salim bin Xolid Al Qosimiy bilan uchrashdik.
Uchrashuv chog‘ida ikki davlat madaniy hamkorligi yuzasidan bir qator kelushuvlarga erishdik.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ Ayni kunlarda Sankt-Peterburgda X xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning turli nuqtalaridan jami 1700 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Xususan, O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya ham ushbu forumda ishtirok etmoqda.
Turli madaniyat va millat vakillarini birlashtirgan ushbu madaniyat forumi bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda eng dolzarb mafkuraviy masalalarni muhokama qilish maydonchasiga hamda yangi g‘oyalar va loyihalar tug‘iladigan nuqtaga aylandi.
2024-yilgi forumning asosiy mavzusi “XXI asr madaniyati: suverenitetmi yoki globalizmmi?” degan savolni o'rtaga tashlaydi.
Forumning 2024-yilgi dasturida 10 ta mavzu doirasida xalqaro madaniy hamkorlik istiqbollari tadbirlari ko‘p tomonlama muhokama qilinadi, bular: “Ko‘p qutbli dunyoda meros huquqi”, “Madaniyatda sun’iy intellekt va milliy suverenitet”, “Madaniy meros: an’analar va zamonaviylik”, “Ishbilarmonlik madaniyati”, “Media madaniyati”, “Kino”, “Teatr”, “Musiqiy madaniyat”, “Sirk”, “Muzeylar”.
Bugun, 12-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi X xalqaro madaniy forumining yalpi majlisida ishtirok etib nutq so'zladi.
An’anaga ko‘ra, Forum doirasida Rossiya va xorijiy yetakchi madaniyat va san’at namoyandalari, ishbilarmon doiralar va davlat hokimiyati organlari vakillari o‘zaro fikr almashadi, zamonaviy madaniy muhitni rivojlantirish tendensiyalari va dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
❕ Ma'lumot o'rnida, 11-sentyabr kuni boshlangan forum 14-sentyabrga qadar davom etadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#nomoddiymadaniymeros
Dunyo tamaddunining yangi davri Samarqand qog‘ozi bilan boshlangan.
Samarqandda qog‘ozning kashf etilishi, uning Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropa bozorlariga yetkazib berilishi, buning natijasida jahon miqyosida matbaachilikning vujudga kelishi fan-texnika rivojlanishida inqilob yasadi. VIII asrdan XIX asrgacha nafaqat O‘rta Osiyoda, balki Yaqin sharq, Yevropa Ispaniya, Fransiya va Germaniyada ham Samarqand qog‘ozida yozilgan.
Batafsil:👉https://gov.uz/oz/madaniyat/sections/view/21160
🚀 Telegram / 📷 Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatovning bevaqt vafoti haqidagi xabar barchamizni chuqur qayg‘uga soldi.
Musaxon aka iste’dodli, mehnatkash, bilimli va tafakkuri keng ijodkor edi. Ko‘p kitob o‘qirdi, doim izlanardi. Qo‘shiq yaratishda she’rning mazmuni, maqsad-muddaosi, g‘oyasiga alohida e’tibor bilan qarardi. Ya’ni, so‘z mas’uliyatini chuqur his qilardi. Ijod mahsullarida o‘ziga xos yo‘li, imzosi sezilib turardi.
Ijodiy faoliyatimiz davomida Musaxon aka bilan hamkorlikda ko‘plab qo‘shiqlar yaratganmiz. Ularning deyarli barchasi muxlislarimiz dilidan joy olgan. Boshqa san’atkor do‘stlarimiz ijodida ham bastakorning alohida o‘rni bor.
Garchi endi Musaxon aka jisman oramizda yo‘q bo‘lsa-da, ishonchim komilki, uning qo‘shiqlari yashashda, yangrashda davom etib, ajoyib inson, betakror ijodkor yodini doimo yodimizga solib turadi.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat tilayman.
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қирғиз Республикасининг маданият ва санъат соҳалари вакилларидан бир гуруҳига фахрий унвонлар бериш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О присвоении почетных званий группе представителей сферы культуры и искусства Кыргызской Республики"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hurmatli ota-onalarga aytmoqchiman, qizlaringizni oʻqiting! ➖ Shavkat Mirziyoyev
🚀 Telegram / 📷 Instagram
Ta'ziya
O’zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.
Bobomurod Hamdamov 1940-yil 4-mart kuni Turkmaniston Respublikasi Chorjo‘ viloyatida tug‘ilgan.
Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi.
O‘zbek milliy qo‘shiqchilik san'atida bir nechta o‘lmas asarlar yaratib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning "Sulton Jaloliddin", "Kim ekan", "Devona", "Galdimu", "Qo‘rqdim" kabi qo‘shiqlari ommabop bo‘lgan.
Bobomurod Hamdamovning yorqin xotirasi uning muxlislari qalbida mangu yashaydi.
Ustozning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
🚀 Telegram / 📷 Instagram