oqituvchi_lar | Неотсортированное

Telegram-канал oqituvchi_lar - ЎҚИТУВЧИЛАР

1050

Педагог ўқитувчилар учун янгиликлар, тестлар, презентациялар, қўлланма ва тавсиялар канали Админ: @UNKNOWNXX

Подписаться на канал

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIGA TASVIRIY SAN'AT FANI UCHUN MALAKA TOIFASIGA ASOSAN EMAS, MUTAXASIS TOIFASIGA ASOSAN HAQ TO'LANADI.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 3-oktabr kungi 03-14-2632-sonli ko'rsatma xatida pedagoglar olgan malaka toifalari qaysi fanlar uchun tatbiq etilishi haqida ma'lumot berilgan. Shunga ko'ra boshlang'ich sinf o'qituvchilari olgan malaka toifalari quyidagi fanlar uchun inobatga olinishi belgilangan:

Tabiiy fan (Science)
Tarbiya
Adabiyot (qardosh)
Ona tili (qardosh)
Jismoniy tarbiya
Texnologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Matematika


Yuqoridagi fanlar ro'yxatida tasviriy san'at fani ko'rsatilmagan. Demak, boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga tasviriy san'at fani uchun mutaxasis toifasiga asosan oylik to'lanishi mumkin. Qolaversa, UzAsbo dasturiy majmuasida ham tasviriy san'at fani uchun mutaxasis toifasiga asosan haq to'lanayotgan ekan.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

🇦🇿 Озарбайжондаги ёдгорликлардан бири.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

ММТВ нинг UzASBO-2 дастурига тоифаларни киритиш бўйича Молия ва иқтисодиёт вазирлигига 3.10.2024 йилдаги 03-14-2632-сонли хати

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Asos:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i👆👆👆

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
➖ qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
➖ mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
➖ yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
➖ boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
➖ telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish mumkin emas.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️TOIFAGA TEST TOPSHIRISH KUNLARI QUYIDAGICHA ETIB BELGILANGAN.

Umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

🔹Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun)

🔹Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun)

🔹Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun)

🔹Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun)

🔹Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun)

🔹Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun)

🔹Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun)

🔹Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun)

🔹Jismoniy tarbiya, Tasviriy san'at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo'nalishi — o'g'il bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun)

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️OLIMPIADANING TUMAN, SHAHAR VA VILOYAT BOSQICHINI O‘TKAZISH BO‘YICHA RASMIY BUYRUQ.

MMTVning 2024-yil 11-oktabrdagi 331-sonli buyrug'i

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

Болажонларга кун саволи: «Ўзингизга планшет ёки онажонингизга гул?»

Сиз ҳам фарзандингиздан албатта сўраб кўринг!

P.S: Qizchalarda nafs ustunlik qildi.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#olimpiada_2024

📚Olimpiadaning tuman bosqichidagi savollar.

🔖10-sinf Tarix.
🗓 21.10.2024

1-C 2-B 3-A 4-C 5-C 6-A 7-B 8-A 9-A 10-B 11-B 12-A 13-A 14-B 15-D 16-B 17-D 18-A 19-C 20-B 21-B 22-A 23-B 24-A 25-B 26-B 27-D 28 D 29-D 30-A

👩‍🎓Javoblarni jamlovchi:
Abduhamidova Elmira

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

ЎЗБЕК ТИЛИ БАЙРАМИ МУБОРАК!

Бугун, 21 октабр - бизнинг она тилимиз, фахримиз, ғуруримиз бўлган ўзбек тилининг байрами!

Ўзбек тили — минг йиллар давомида сайқалланган, боболаримиз асрлар оша элтган, онамиз алласида жаранглаган, севги-муҳаббатни ифодалаган бетакрор тил. Бу тилда Навоий ғазал битган, Бобур ҳасрат тўккан, Чўлпон эркинлик куйлаган.

Бу тилда:
• Меҳр бор - "Онажоним" сўзида
• Донолик бор - "Устоз" калимасида
• Ҳурмат бор - "Ассалому алайкум" иборасида
• Муҳаббат бор - "Жоним" мурожаатида

Ўзбек тили - бу шунчаки мулоқот воситаси эмас, балки:
— Миллий ўзлигимиз рамзи
— Маданиятимиз кўзгуси
— Қадриятларимиз посбони
— Келажагимиз калити

Бугун ҳар биримиз ўз она тилимизни асраб-авайлашга, ривожлантиришга ва келажак авлодга безавол етказишга масъулмиз.

Тил йўқолса - миллат йўқолади.


Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

Мисрдаги пирамидалар қандай қурилган эди?

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

💙Xitoy maktablarida doskaga kim chiqishini neyrotarmoq aniqlab bermoqda

Sun’iy idrok barcha o‘quvchilarning emotsiyasi va mimikasini o‘qib, darsga yomon tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchini doskaga chorlaydi.

💬 Nima deb o'ylaysiz, mana shunday innovatsion texnalogiyalar bizning ta'lim tizimiga foyda beradimi? Tasavvur qilib ko'ringchi, ushbu dastur bizda bo'lganda qanday bo'lardi?😅

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

Jadidlar

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#ДОЛЗАРБ❗️Энди Кечиккан талабаларни дарсга киритмаслик мумкин эмас, талаба кеч қолса ҳам дарсга киришга ҳаққи бор👍🏻

Видеони талабаларга юбориб қўйинг, лекин атайин кеч қолишмасин


Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#Xushxabar

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi


O'qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamalar har yili 1-sentyabridan 31-avgustga qadar to‘lab beriladigan bo'ldi.

Avvalroq, ayrim hududlardagi iqtisodchilar ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni noqonuniy deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolayotgandi.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇


@oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️ISH TAJRIBANI OMMALASHTIRISH QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI.

1. maktabda ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ish tajriba metodbirlashmada ko’rib chiqiladi. Ommalashtirishga loyiq deb topilsa, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Pedagogik kengashda, “ommalashtirilsin” deb qaror qabul qilingan taqdirda.

2. ish tajriba ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

3. ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️ O‘qituvchiga oson tutmang

Rossiyalik olimning ilmiy ishida keltirilgan statistik ma’lumotlar:

🔹 O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
🔹 Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;
🔹 Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
🔹 O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;
🔹 O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
🔹 O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga ta’lim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
🔹 O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
🔹 O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
🔹 Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;
🔹 O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday ta’til sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

«Йил ўқитувчиси» танлови ўтказилиб, ғолибларга уй берилади. Танлов шаффоф ўтиши учун таклифлар керак.

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова ўқитувчилар ва жамоатчиликка мурожаат қилди.

http://idum.uz/uz/archives/15137

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⭕️⭕️⭕️

YANGI ODOB-AXLOQ QOIDALARI TASDIQLANDI.

2023-yil 31-avgust 282-son

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

AMALDAGI TARTIBGA KO‘RA KUZGI TA’TIL 4-NOYABRDAN BOSHLAB 6 KALENDAR KUNI BO‘LADI.

TA’TILDAN QAYTISH 11-NOYABR (DUSHANBA KUNI)DAN BO‘LADI.


Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-mart kungi 140-sonli qarorida qayd etilgan.

O‘quvchilarga yetkazib qo‘yishingiz so‘raladi.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️DTS va davlat ta'lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida qaror

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi 157-sonli qarori

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

Миллатнинг қизлари ўқиса яхши!

Китобли қўлларни экинга берманг,
Дубай-у, Истанбул, Пекинга берманг,
Тенгини топдириб, «текинга берманг»,
Миллатнинг қизлари ўқиса яхши.


Қиз фарзандларини қўллаб-қувватлаётган ҳар бир ота-она асли ҳақиқий қаҳрамондир.


Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#olimpiada_2024

📚Olimpiadaning tuman bosqichidagi savollar.

🔖11-sinf Tarix. 21.10.2024

1-А 2-А 3-С 4-С 5-D 6-C 7 -C 8-D 9-B-10-C 11-C 12-B 13-B 14-D 15-D 16-C 17-C 18-B 19-C 20-C 21-C 22-A 23-A 24-A 25-C 26-C 27-D 28-C 29-С 30-D

👩‍🎓Javoblarni jamlovchi:
Abduhamidova Elmira

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#olimpiada_2024

📚Olimpiadaning tuman bosqichidagi savollar.

🔖9-sinf Tarix.
🗓 21.10.2024

1-C 2-D 3-A 4-D 5-C 6-C 7-C 8-D 9-A 10-B 11-D 12-B 13- C 14-A 15-B 16-A 17-C 18-B 19-A 20-D 21-B 22-A 23-B 24-A 25-C 26-D 27-B 28-A 29-C 30-C

👩‍🎓Javoblarni jamlovchi: Abduhamidova Elmira

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

🇺🇿 «21-октябрь - Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун»

𝑩𝒂𝒓𝒄𝒉𝒂 𝒎𝒊𝒍𝒍𝒂𝒕𝒅𝒐𝒔𝒉𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒂𝒚𝒚𝒐𝒎 𝒃𝒏 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏. 𝑶'𝒛𝒃𝒆𝒌𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛, 𝒐'𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒚𝒐'𝒒𝒐𝒍𝒎𝒂𝒔𝒊𝒏. 𝑫𝒐𝒊𝒎𝒐 𝒚𝒖𝒓𝒕𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂 𝒐'𝒛 𝒕𝒊𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒋𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒍𝒂𝒃 𝒕𝒖𝒓𝒔𝒊𝒏.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

Ҳозирда интернет тармоқларида энг кўп кўрилаётган видеолардан бири.

9 ёшли қиз бир неча сония ичида расмлардаги фарқларни топмоқда.


Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI.

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!


Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan  "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal   “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball  to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi; 

Ikkinchi amal  0,72*100=72,7

Demak, bu yerda  o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan  natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida  yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda  fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.


Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun  fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan  20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

🏋️‍♀️ Спорт соғлик гарови!

Хитой ўқув муассасаларидаги эрталабги бадантарбия.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

#ДИҚҚАТ

6-синф қизнинг бизнес режаси😳

6-синф ўқувчиларига "бизнес режа" мавзусида уйга вазифа берилган экан🤦‍♂️


Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…

ЎҚИТУВЧИЛАР

❗️Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.

21-oktyabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
➖ 22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
23-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
24-oktabr – Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
25-oktabr – Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

Каналга обуна бўлишни унутманг!👇👇
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇👇

t.me/oqituvchi_lar

Читать полностью…
Подписаться на канал