❗️1 октябрдан маошлар ошяпти. Ким қанча олади?
▪️Мактаб директори:
➖ 4 млн 696 минг 805 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 5 млн 015 минг 054 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 5 млн 317 минг 901 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 5 млн 625 минг 394 сўм (1600дан ортиқ).
▪️Директор ўринбосарлари: (ММИБДО, ЎТИБДО)
➖ 4 млн 386 минг 677 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 4 млн 696 минг 805 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 5 млн 015 минг 054 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 5 млн 317 минг 901 сўм (1600дан ортиқ).
▪️Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
➖ 1 млн 779 минг 871 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 2 млн 030 минг 275 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 2 млн 111 минг 025 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 2 млн 286 минг 447 сўм (1600дан ортиқ).
▪️ЧҚБТ раҳбари:
➖ Мутахассис 3 млн 390 минг 824 сўм;
➖ Иккинчи тоифали 3 млн 796 минг 213 сўм;
➖ Биринчи тоифали - 4 млн 230 минг 138 сўм;
➖ Олий тоифали 4 млн 674 минг 594 сўм.
▪️Психологлар:
➖ Олий маълумотли психолог - 3 млн 051 минг 742 сўм;
➖ Иккинчи тоифали психолог - 3 млн 268 минг 047 сўм;
➖ Биринчи тоифали психолог - 3 млн 489 минг 865 сўм;
➖ Олий тоифали психолог - 3 млн 702 минг 280 сўм.
▪️Ўқитувчилар:
➖ Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи - 3 млн 169 минг 623 сўм;
➖ Олий маълумотли ўқитувчи - 3 млн 390 минг 824 сўм;
➖ Иккинчи тоифали ўқитувчи - 3 млн 796 минг 213 сўм;
➖ Биринчи тоифали ўқитувчи - 4 млн 230 минг 138 сўм;
➖ Олий тоифали ўқитувчи - 4 млн 674 минг 594 сўм.
▪️Мактаб лаборанти:
➖ 1 млн 604 минг 647 сўм.
▪️Кадрлар бўйича менежер:
➖ 1 млн 598 минг 520 сўм.
▪️Кутубхона мудири:
➖ Ўрта махсус маълумотли - 2 млн 135 минг 861 сўм;
➖ Олий маълумотли 2 млн 330 минг 402 сўм.
▪️Кутубхоначи:
➖ Ўрта махсус маълумотли - 1 млн 852 минг 107 сўм;
➖ Олий маълумотли - 1 млн 949 минг 589 сўм.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#кун_видеоси
Шу яшаётган оддий ҳаётингизни нархи БЕБАҲО эканини билсангиз эди...
Видеони доим нолиб юрадиган танишларга юборамиз
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Talabalar uchun taʼlim kreditiga onlayn ariza yuborish boshlandi
Buning uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kiring va ariza yuboring!
“ONE ID” tizimidan roʼyxatdan oʼtish uchun ushbu videoyoʼriqnomani koʼrishni tavsiya qilamiz.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#ибрат
Ўзини эмас, ота-онасини ўйлайдиган фарзандингиз бўлса, сиздан бой одам йўқ экан...
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
❗️Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug‘i (30.08.2024 №288) bilan umumiy oʻrta taʼlim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda Davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 40b-son buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Inson o'rtacha butun umri davomida 80 ming soatini ishda o'tqazadi
Siz 1 kunda necha soat ishlaysiz?
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Olimlar 1958 yildan beri yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini qayd etib kelayotgan Qizil kitobdan tashqari, Qora kitob ham mavjudligini bilarmidingiz? Qora kitobda Yer yuzidan abadiy qirilib ketgan hayvonlar va oʻsimliklar qayd etilgan.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
⚡️Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari o‘qituvchilariga har oylik qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi
Joriy yil 21-fevral kuni Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"ga farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilandi.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Matematika fanidan ajoyib yondashuv👏
P.S: Nega bizga maktabda matematikani bunday tushuntirishmagan?..🧐
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#Болажонлар_учун
Болаларга Йўл ҳаракати қоидалари ҳамда ундаги йўл белгиларини ўргатишга мўлжалланган махсус видео
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#Кун_мавзуси
Мактабга бегоналарнинг кириши мутлақо тақиқланиши керак. 😂
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
❗️Бугун, 4-сентябр куни мактаб, академик лицей, касб-ҳунар мактаби, коллеж ва техникумларда дарслар бошланади
✅ 2024/2025-ўқув йили:
➖Мактабларда – 4-сентябр;
➖ Олий таълим муассасаларида – 9-сентябр;
➖ Академик лицейларда – 4-сентябр;
➖ Касб-ҳунар мактабларида – 4-сентябр;
➖ Коллеж ва техникумларнинг 2- ва ундан юқори курслари учун – 4-сентябр кунидан бошланади.
🔹Коллеж ва техникумларнинг 1-курслари учун 2024/2025-ўқув йилининг бошланиши бўйича қўшимча маълумот берилади.
Нодавлат университетларда дарслар қачон бошланиши шароитга қараб ҳар бир ОТМ томонидан эълон қилинади.
Мактабларда «Биринчи қўнғироқ» тадбирларин соат 8:00 да «Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!» шиори остида ташкил этилади.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
❗️5-11-sinflar uchun sinf soati va konspekti. 2024-2025 oʻquv yili uchun.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
❗️1 октябрдан маошлар ошяпти. Ким қанча олади?
▪️Мактаб директори:
➖ 4 млн 696 минг 805 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 5 млн 015 минг 054 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 5 млн 317 минг 901 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 5 млн 625 минг 394 сўм (1600дан ортиқ).
▪️Директор ўринбосарлари: (ММИБДО, ЎТИБДО)
➖ 4 млн 386 минг 677 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 4 млн 696 минг 805 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 5 млн 015 минг 054 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 5 млн 317 минг 901 сўм (1600дан ортиқ).
▪️Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
➖ 1 млн 779 минг 871 сўм (400 ўқувчигача);
➖ 2 млн 030 минг 275 сўм (401-880 ўқувчигача);
➖ 2 млн 111 минг 025 сўм (881-1600 ўқувчигача);
➖ 2 млн 286 минг 447 сўм (1600дан ортиқ).
▪️ЧҚБТ раҳбари:
➖ Мутахассис 3 млн 390 минг 824 сўм;
➖ Иккинчи тоифали 3 млн 796 минг 213 сўм;
➖ Биринчи тоифали - 4 млн 230 минг 138 сўм;
➖ Олий тоифали 4 млн 674 минг 594 сўм.
▪️Психологлар:
➖ Олий маълумотли психолог - 3 млн 051 минг 742 сўм;
➖ Иккинчи тоифали психолог - 3 млн 268 минг 047 сўм;
➖ Биринчи тоифали психолог - 3 млн 489 минг 865 сўм;
➖ Олий тоифали психолог - 3 млн 702 минг 280 сўм.
▪️Ўқитувчилар:
➖ Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи - 3 млн 169 минг 623 сўм;
➖ Олий маълумотли ўқитувчи - 3 млн 390 минг 824 сўм;
➖ Иккинчи тоифали ўқитувчи - 3 млн 796 минг 213 сўм;
➖ Биринчи тоифали ўқитувчи - 4 млн 230 минг 138 сўм;
➖ Олий тоифали ўқитувчи - 4 млн 674 минг 594 сўм.
▪️Мактаб лаборанти:
➖ 1 млн 604 минг 647 сўм.
▪️Кадрлар бўйича менежер:
➖ 1 млн 598 минг 520 сўм.
▪️Кутубхона мудири:
➖ Ўрта махсус маълумотли - 2 млн 135 минг 861 сўм;
➖ Олий маълумотли 2 млн 330 минг 402 сўм.
▪️Кутубхоначи:
➖ Ўрта махсус маълумотли - 1 млн 852 минг 107 сўм;
➖ Олий маълумотли - 1 млн 949 минг 589 сўм.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
⚡️Pedagogik oltin tavsiyalar
1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting!
2. Tabassum qilishni unutmang!
3. Yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga!
4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling!
5. Har safar o‘quvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lishdan oldin, bolaligingizni eslang va har ehtimolga qarshi muzqaymoq yeb oling (qizishmang)!
6. Yodingizda tutung: agar ovozingiz qo‘pollashib, xirillashib ketayotgan bo‘lsa, demak qayerdadir xato qilgansiz.
7. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabassumi.
8. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi, deb hisoblashingiz mumkin.
9. Agar mashg‘ulotingizga "mehmonlar" tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting!
10. Ma’muriyatingizni hurmat qiling va qadrlang, shunda siz baxli, uzoq pedagogik hayot kechirasiz!
11. G‘azablanganigizda milliongacha sanang!
12. Xatolaringizdan hijolat bo‘lmang, shunda ular yildan yilga kamayib boraveradi!
13. Ishingizga bor kuchingizni sarflang, lekin maktabdan chiqqaningizda oddiy insoniy hayotni ham unutib qo‘ymang! "Maktab" va "Shaxsiy hayot" tugmachalarini vaqtida yoqib o‘chirib turing!
14. Agar oqshomda o‘quchilaringizni eslab, yuzingizda tabassum paydo bo‘lsa - bu baxt.
15. Yodingizda tuting: yaxshi o‘qituvchilar uzoq umr ko‘radilar va deyarli hech qachon kasal bo‘lmaydilar!
© D.Rustamova tarjimasi
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Асосий олимпиаданинг биринчи (мактаб) босқичи 16-30 сентябрь кунлари ўтказилади
❓Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?
✅ JAVOB: Ha, 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.
OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda muddatlar quyidagicha:
25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;
100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.
To’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.
kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Mana shu yerdan ham ko‘rib olsangiz bo‘ladi.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
‼️ESLATMA: bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin super-kontraktda o'qimoqchi bo'lganlar dastlab 50% to'lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to'g'risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.
○xushnudbek
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#tarbiya
🍰 Фарзандингиз мактабга кетаётганида унинг қўлига икки ширинлик (пирожний) бериб: “Биттаси ўзингга, биттаси яхши кўрган ўртоғингга”, деб айтинг... Шунда бола яхши кўриш ва эҳсон улашишни ўрганади...
💼 Фарзандингиз сумкасига ортиқча ручка солиб: “Агар бирор ўқувчи ручка олиб келишни эсидан чиқарган бўлса, ёрдам тариқасида ручкани ўша болага бер”, деб айтинг...
Фарзандингиз бу нарсадан масъулиятни ҳис қилишни ўрганади...
🤩 Агар фарзандингиз уйга қайтиб келса, сен келишинг билан уйимизда шодлик кириб келди, деб айтсангиз, фарзанд ўз қадри ва қийматини ҳис қилади...
🏡 Агар фарзандингиз уйга қайтиб келса, бугун қандай савоб ишни амалга оширдинг?.. деб сўранг, фарзанд бу билан ёмонлик ва яхшиликнинг орасини ажратишни таълим олади.. Кейинги сафар сўрамасангиз ҳам ўзи жавоб бераверади...
☝️Тарбия ўта содда нарса, унда қаттиққўллик, тили аччиқлик керак эмас..
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Google ўтган йили фақатгина YouTube рекламасидан 33,9 миллиард доллар даромад олган.
Google YouTube’ни 2006-йил октябрь ойида атиги 1,65 миллиард долларга сотиб олган эди.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Умумий ўрта таълим мактабларида ўқувчилар давоматини юритиш тартиби тўғрисида йўриқнома
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2024-йил 23-августдаги 273-сонли буйруғига 6-илова
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Samarqand bozori.
1979-yil.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
❗️Қойил! Туркман ўқувчиларига “туркманча мактаб формаси” ярашганини кўринг!(видео)
Интернетда Туркманистон мактабларидаги “Биринчи қўнғироқ” тадбири ва унда миллийлик акс этган мактаб формасидаги ўқувчиларнинг видеолари тарқалди.
Шоир Муҳаммад Юсуф “Узун кўйлак туркман қизга” ҳавас қилганди. Биз уларнинг дўппичалари, туркманча нақшли ўқувчиларинг кийимига ҳавас қилдик.
Ўзбек қизларининг оқ дўпписи ҳам жуда ярашади.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон (1897-1938) қиёфаси сақланиб қолган ягона (ишончли) видео материал.
1920-йил 1-8-сентябр, Боку шаҳри.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#Диққат
❗️Ўзбекистонда суперконтракт бўйича қўшимча тартиблар белгиланди
Абитуриент ўзи танлаган биринчи йўналишга кира олмаган, лекин 2, 3, 4 ёки 5-йўналишлардан бирига ўқишга кирган бўлса, унда ўз хоҳиши билан биринчи танлаган йўналишида суперконтрактда ўқишига рухсат берилди.
Шунингдек, танлаган барча йўналишига ҳам ўқишга кира олмаган абитуриентлар исталган бешта йўналишдан бирини танлаб, суперконтрактда ўқишига рухсат берилди.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
@oqituvchi_lar
Ўқувчилардан солиқларни тўлаб қўйиш талаб қилинди
Қашқадарёда содир бўлган ҳолат юзасидан Солиқ қўмитаси ва Болалар омбудсмани муносабат билдирди.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
Aziz o‘quvchilar, kelajagimiz egalari!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, ta'lim jonkuyarlari!
Boshlanajak yangi o‘quv yili bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman. Ushbu o‘quv yili hammamiz uchun yangidan-yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Yangi o‘quv yilida Sizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlash va munosib sharoit yaratish maqsadida viloyatdagi 862 ta maktablar to‘liq joriy ta'mirdan chiqarildi, 7 ta maktabda mukammal ta'mirlash, 48 ta maktabda kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi va 3 ta yangi maktab qurildi.
Qolaversa, ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limni ta'minlaydi.
Siz uchun bugun eng hayajonli va quvonchli kun.
Surxondaryodagi maktablarga joriy o‘quv yilida Sizdek 7 yoshni qarshilagan 63 ming 945 nafar jajji 1-sinf o‘quvchilari qabul qilinmoqda.
Sizni bugungi quvonchli kuningiz bilan tabriklayman. Ta'lim dargohiga qo‘ygan ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin. Kelgusida yurtimizning barkamol avlodlari bo‘lib yetishishingizga tilakdoshman!
⚡️KUNDALIK.COMDAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘RSATMA
2022-yil 24-iyun 205-son.
⚠️DIQQAT! Ushbu ko‘rsatmani har bir maktabning o‘qituvchi va rahbar xodimlari o‘qib chiqishi shart!
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
ТЕКШИРУВЧИ
Таълим мудирлигидан бир мактабга текширувчи юбормоқчи бўлишибди. Текширувчи йўлга чиқиб, йўлнинг ярмига келганида машинаси бузилиб қолибди. У машина тузатишни билмас экан. Машинанинг капотини очиб, моторга термулиб, қўлидан бир иш келмай ўтираверибди. Шу пайт унинг олдидан бир болакай ўтиб қолибди. Болакай текширувчига: "Майлими сизга ёрдам берсам?", дебди. Текширувчи: "Тузатиш қўлингдан келса майли", дебди. Болакай: "Отам механик, мен у кишига ёрдам бериб тураман", дебди.
Болакай моторга қараб туриб, текширувчидан асбоблар ва калитлар турадиган қутини олиб келишини сўрабди. Текширувчи қутини олиб келиб болакайнинг олдига қўйибди. Бир неча дақиқа уринишдан сўнг болакай теширувчидан машинани ўт олдиришни сўрабди. Текширувчи ҳайрон бўлиб, машинани ўт олдирибди. Машинанинг мотори соатдек аниқ ишлай бошлабди. Текширувчи болакайга раҳмат айтиб, ундан нега бу вақтда мактабга бормасдан бу ерларда юрганини сўрабди. Болакай шундай дебди:
"Мен синфимизда энг қолоқ ўқувчиман. Бизнинг мактабимизга бугун текширувчи келар экан. Шунинг учун ўқитувчимиз бугун мактабга келмаслигимни тайинлаган эдилар. Акс ҳолда мактабни шарманда қилар эканман!".
Хулоса шуки:
Ана шунақа қилиб биз истеъдодларни ҳалок қиламиз. Закийлик ва мўъжизалар яратиш фақатгина мактаб ўқув дастурларида чекланган эмас. Шахсларни муносиб ўрнига қўйиш билан биз мўъжизалар яратишимиз мумкин.
Синфимизда иккичилар бор эди. Муаллимлар доимо уларга "сенлар одам бўлмайсан"дан нарига ўтишмас эдилар. Улар дарсларда иккичи бўлишсада, мотоциклнинг моторини титиб ташлаб, бошқатдан тера олар эди. Ҳолбуки, аълочилар бу ишни қила олмас эди. Ўша иккичилар "одам бўлмайсан"ни эшитавериб, охири бузуқ йўлларга кириб, жувонмарг бўлиб кетди.
Ёшларнинг руҳини синдириб қўймайлик. Улардаги истеъдодни аниқлаб ўша томон йўналтирайлик. Ана шундагина ҳақиқий мўъжизани кўрамиз!
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar
#диққат
⚡️Энди боғча мудир ва мудиралари менежер сертификатига эга бўлиши керак
2025 йил 1 сентябрдан менежер сертификатига эга бўлган ташкилот директорига сертификатнинг амал қилиш муддати давомида ойлик иш ҳақига 30 фоиз миқдорида қўшимча ойлик устама тўланади.
Каналга обуна бўлишни унутманг!
💯"ЎҚИТУВЧИЛАР" каналига аъзо бўлинг👇
t.me/oqituvchi_lar