😊 BEKOR O‘TIRMANG. O‘QING, IZLANING. OLIY TOIFANI OLING.
👥 ‘‘TEST va TAHLIL ‘‘ nomli onlayn guruhimizga marhamat qilsinlar!
📺Guruhda testlar HAR KUNI beriladi. Testni ishlab bo‘lishingiz bilan kanalda audiotahlili beriladi.
❗️BUNDAN tashqari noldan grammatika audiolari tashlab beriladi.
👨💻Ustoz ko‘p yillik testolog Otabek To‘laganov.
Qatnashish uchun @Otabeeeeeeek‘ manziliga yozishingiz mumkin.
💳Oylik to‘lovi kelishgan holda(ko‘proq bo‘lsangiz,chegirma bor)
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "Y"
1. Yakunlamoq, yakun qilmoq, natijalamoq, sarhisob etmoq
2. Yalinmoq, yolvormoq
3. Yana, tagʻin, qayta, boshqa, boʻlak, endi, boz
4. Yara, jarohat
5. Yarali, yarador, jarohatli, majruh
6. Yaralamoq, jarohatlamoq
7. Yaramas, iflos, razil, nobop, badkirdor, ablah, nomard, badkor, olchoq, pastkash
8. Yaralmoq, paydo boʻlmoq, bino boʻlmoq, bunyod boʻlmoq, tugʻilmoq
9. Yarashmoq, kelishmoq, ketmoq
10. Yaroqli, layoqatli, qobiliyatli
11. Yashamoq, turmoq, istiqomat qilmoq
12. Yashirincha, bekitiqcha, maxfiy, pinhon, xufiya, zimdan, oʻgʻrincha, nihon
13. Yashirmoq, bekitmoq, berkitmoq, sir tutmoq
14. Yaxshi, durust, tuzuk, binoyi, binoyidek, joyida, soz, nozanday, bop, bopta, ajabtovur, avlo, poshshaxon, qoyil, qoyilmaqom
15. Yanglish, xato, notoʻgʻri, chatoq, adash, gʻalat
16. Yanglishmoq, xato qilmoq, adashmoq
17. Yelka, kift, oʻmiz
18. Yemoq, tanovul qilmoq, oshamoq, isteʼmol qilmoq, totmoq, olmoq, tushirmoq, urmoq, ham qilmoq
19. Yer, arz
20. Yetim, sagʻir
21. Yetishmoq, yetmoq, erishmoq, muyassar boʻlmoq, muvaffaq boʻlmoq, vosil boʻlmoq, noil boʻlmoq
22. Yetmoq, kifoya qilmoq, boʻlmoq
23. Yetuk, barkamol, raso
24. Yechmoq, hal qilmoq
25. Yengmoq, gʻalaba qilmoq, taslim qilmoq, magʻlub qilmoq
26. Yiqilmoq, qulamoq, agʻnamoq, agʻanamoq, agʻdarilmoq
27. Yigʻin, maʼraka, yigʻilish, majlis
28. Yigʻmoq, toʻplamoq, toʻdalamoq, jamlamoq, jamgʻarmoq, yigʻnamoq
29. Yodgorlik, obida
30. Yolgʻiz, yakka, tanho
@onlineonatili
Zamonaviy o‘qituvchi ‘rep‘ ham eshitadi. O‘quvchilarining qiziqishlarini hurmat qiladi. Ularni tinglay oladi. )
#Tavsiya.
IZOFA
[Arabcha — qoʻshish, bogʻlash]
1 Qoʻshish, bogʻlash, tirkash.
Izofa qilmoq Qoʻshmoq, bogʻlamoq.
Yana oʻz fikri bosavoblarini izofa qilib, qusur va xatolarimizni tanbeh etsalar.
(A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar)
2 Fors, arab va baʼzi turkiy tillar grammatikasida: aniqlanmish bilan undan keyin joylashgan aniqlovchini bogʻlovchi urgʻusiz unsur; bogʻlanishning fors tilidan oʻzlashgan shunday turi oʻzbek tilida koʻpincha undoshlardan keyin «i», unlilardan keyin «yi» keltirish bilan boʻladi. Masalan:
oshiqi beqaror, shahri azim, bodi sabo, oynayi jahon, baloyi nafs.
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "V"
1. Vafo, sadoqat, sodiqlik
2. Vafoli, vafodor, sodiq, sadoqatli
3. Vaqt, payt, zamon, fursat, mahal, chogʻ, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza
4. Vatan, mamlakat, yurt, diyor, yer, mulk
5. Vazifa, burch
6. Vaziyat, ahvol, holat, sharoit, manzara
7. Vaʼda, ahd, ahd-paymon
8. Vaʼdalashmoq, ahdlashmoq, ahd-paymon qilishmoq, kelishmoq, bitishmoq
9. Vijdon, nomus
10. Vijdonli, nomusli, toʻgʻri, halol, sofdil
11. Vijdonsiz, nomussiz, benomus, noinsof, insofsiz, muttaham
12. Voqea, hodisa, gap, sinoat
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "U"
(mening tilim)
1. Umr, hayot
2. Umumiy, mushtarak
3. Unumli, samarali, barakali
4. Urinmoq, harakat qilmoq, intilmoq, tirishmoq, unnamoq
5. Urmoq, kaltaklamoq, doʻpposlamoq, savamoq, solmoq, tushirmoq, soʻqmoq
6. Urishmoq, olishmoq, yoqalashmoq, solishmoq, mushtlashmoq, soʻqishmoq, tashashmoq
7. Urush, jang, muhoraba, harb
8. Usta, mohir, mahoratli, omilkor, mirishkor, farang
9. Uyalmoq, iymanmoq, andisha qilmoq, nomus qilmoq, orlanmoq, or qilmoq
10. Uyalmoq, izza boʻlmoq
11. Uyat, nomus, sharm, hayo, or, oriyat, andisha, ibo, isnod
12. Uyatsiz, benomus, nomussiz, behayo, hayosiz, betsiz, yuzsiz, orsiz, andishasiz, sharmanda, sharmsiz, besharm, beibo, ibosiz, betavfiq
13. Uygʻoq, uyqusiz, bedor
14. Uzoq, olis, yiroq, iroq
15. Uchmoq, parvoz qilmoq
16. Uchramoq, yoʻliqmoq, duch kelmoq
17. Uchuvchi, aviator
@onatilitestlar
Davomi
36. Tinchimoq, jimimoq, jim boʻlmoq
37. Tiqmoq, suqmoq
38. Tirik, hayot, barhayot
39. Titkilamoq, titmoq, kovlamoq, kovlashtirmoq
40. Titroq, qaltiroq
41. Titramoq, qaltiramoq, qalt-qalt qilmoq, dildiramoq, dir-dir qilmoq
42. Tomon, taraf, yon, yoq
44. Tomchi, chakka, qatra
45. Topshiriq, vazifa
46. Tortinmoq, qimtinmoq, iymanmoq
47. Tortmoq, jalb qilmoq
48. Toza, begʻubor, ozoda, pok, pokiza, sof, musaffo, gʻuborsiz
49. Tuhmat, boʻhton
50. Tur, xil, nav, toifa
51. Turli, har xil, har turli, xilma-xil, turli-tuman, anvo, anvoyi
52. Turmush, hayot, tirikchilik
53. Tusmollamoq, tusmol qilmoq, chamalamoq, chama qilmoq, taxminlamoq, taxmin qilmoq
54. Tutash, payvasta
55. Tutmoq, ushlamoq
56. Tutun, dud
57. Tuzmoq, tashkil etmoq, barpo etmoq, ochmoq
58. Tugʻilmoq, paydo boʻlmoq
59. Tushkunlik, tanazzul
60. Tushunmoq, anglamoq, uqmoq, fahmlamoq, bilmoq
61. Toʻplanmoq, toʻdalanmoq, uyulmoq, devalanmoq
62. Toʻsatdan, toʻsindan, bexosdan, birdan, birdaniga, dabdurustdan, nogahon, kutilmaganda, banogoh, ittifoqo, dafʼatan, ilkisdan, tuyqusdan, favqulodda, lop etib
63. Toʻsiq, gʻov, toʻsqinlik, qarshilik, toʻgʻanoq
64. Toʻxtovsiz, tinimsiz, betinim, muttasil, uzluksiz, bosim, surunkasiga, paydar-pay, ketma-ket
65. Toʻgʻrisi, rosti, sirasi, ochigʻi, nafsilamr
@onatilitestlar
Mendan yangi attestatsiya guruh so‘ra(yotgan/moqchilar) uchun
📣📣Darslarda jonli qatnasha olmaydigan yoki narx qimmatlik qilganlar uchun darslar va testlar tashlab boriladigan YANGI kanal tashkil etdik.
❗️Kursimiz ko‘proq test yechmoqchi va mustaqil o‘qiy oladiganlar uchun
👨💻Faqat online dars oʻtilmaydi. Boshqa guruhda oʻtilgan darslar tashlab boriladi. Ketma-Ketlikda mustaqil o‘rganish mumkin.
✅ Boshqa guruhda videochatda nimani oʻtgan boʻlsak, tartib bilan hamma maʻlumot: yozib olingan videodars, testlar, testlar tahlili tashlab boriladi.
⏰Xohlagan payt kirib foydalanishingiz mumkin boʻladi.
💳Narxi: 65 ming so'm
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
🤝Bugundan boshlab qo‘shilishingiz mumkin.
Attestatsiya uchun sinov testlarini ishlash imkoni yaratildi. Marhamat ,ishlab ko‘ring.
👉https://test.uzedu.uz/
@onlineonatili
#bilib_oling / #tinish_belgilari / #punktuatsiya / #chiziqcha / #defis
Chiziqchaning turlari
Chiziqchalarning oʻndan ziyod turi boʻlib, bugun eng asosiy uchtasini koʻrib chiqamiz:
1. Defis (-)
Defis — bu soʻzlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft soʻzlar, takror soʻzlar orasida baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Boʻgʻin koʻchirish uchun ham defis qoʻllanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.
Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.
—
2. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana «em-desh» (ing. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.
Misol:
Til — bu millat gʻururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yoʻnalishi.
Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.
—
3. Qisqa tire (oʻrtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo boʻlganiga 10-15 yil boʻldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng boʻlgani uchun «en-desh» (ing. n-dash) ham deyishadi. Raqamli tire deyilishiga sabab esa uning raqamlar koʻlamini ifodalash uchun ishlatilishidir. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan boʻsh joy tashlamay yoziladi.
Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.
Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.
@xatoyozma
Assalomu alaykum,hurmatli kuzatuvchi, ushbu kanalda to‘g‘ri yoza olish uchun nima zarur bo‘lsa, barchasini o‘rganib boramiz.
Kanalni boshqa do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang .
👉/channel/xatoyozma
Q bilan boshlanuvchi ‘h‘ va ‘x‘ qatnashgan so‘zlar :
Qorxat
qonxo‘r
qix
Qiblagoh
qah-qah
Qahhor
qahr
qabih
qadah
qabulxona
@onlineonatili
S harfi davomi
(mening tilim)
26. Sirt, tash, tish
27. Sirgʻanmoq, sirpanmoq, tirgʻanmoq
28. Sirgʻanchiq, sirpanchiq, tirgʻanchiq, toygʻoq, toygʻanoq
29. Sodda, oddiy, joʻn, ibtidoiy
30. Sodiq, sadoqatli, vafoli, vafodor, fidokor
31. Solishtirmoq, taqqoslamoq, qiyoslamoq, qiyos qilmoq, chogʻishtirmoq
32. Son, miqdor, hisob, sanoq, adad
33. Sonsiz, koʻp, sanoqsiz, son-sanoqsiz, besanoq, behisob, hisobsiz, beadad, adadsiz
34. Sop, dasta, band
35. Soqov, tilsiz, gung, gungalak
36. Soqchi, qorovul, posbon, qoʻriqchi
37. Sotmoq, pullamoq, pul qilmoq
38. Sotqin, xoin, xiyonatkor, gʻaddor, murtad
39. Sovgʻa, hadya, tortiq, tuhfa, armugʻon, inʼom
40. Soya, koʻlanka, koʻlka, koʻlaga
41. Soz, cholgʻu
42. Sozanda, cholgʻuchi, mashshoq, muzikachi, muzikant
43. Sogʻaymoq, tuzalmoq, shifo topmoq
44. Sogʻliq, salomatlik, sihat, tob
45. Subut, burd, tayin
46. Suhbatlashmoq, suhbat qilmoq, hasratlashmoq, otamlashmoq, hangomalashmoq, gurunglashmoq, gurung qilmoq
47. Surat, rasm
48. Sugʻurmoq, chiqarmoq
@onlineonatili
Ko‘pincha fikr yakunlangandan so‘ng ‘P.S‘ qisqartmasiga duch kelasiz, keling , shu haqida gaplashsak.
Postskriptum (P. S.)
(mening tilim)
Biror maqola, matn yoki maktub yozib boʻlganingizdan soʻng yana bir fikr kelib qolsa, matnni qayta yozib chiqmaslik uchun postskriptum ayni muddao boʻladi.
Postskriptum — bu tugallangan fikrga ega matndan soʻnggi qisqacha qoʻshimcha.
Postskriptum “P. S.” shaklida yoziladi. Misol uchun, elektron shakldagi biznes yozishmalarda yoki qogʻozga yoziladigan maktublarda — matnni yozib boʻlganingizdan soʻng biror narsa qolib ketganini payqab qolsangiz, postskriptumdan foydalanish mumkin.
Undan tashqari, bu tijoriy maqsaddagi matnlarda oʻquvchining diqqatini tortishga va biror maʼlumotni yana bir bor eslatib oʻtishga xizmat qiladi.
Qanday yoziladi?
1. P. S. doim bosh harflar bilan lotin alifbosida yoziladi.
2. Har ikki harfdan soʻng nuqta qoʻyiladi.
3. Ikki harf orasiga joy tashlab yoziladi.
4. Ikki nuqta bilan ajratilmaydi, matn nuqtadan soʻng bir boʻsh joy qoldirib yoziladi.
5. Postskriptum va asosiy matn orasida bir boʻsh satr boʻlishi kerak.
6. Postskriptumdan keyin odatda yozuvchi haqida maʼlumot qoldiriladi (imzo, ism va h.k.)
P. S. Yuqoridagi xabarda bunga misol keltirilgan.
@onlineonatili
Mendan yangi attestatsiya guruh so‘ra(yotgan/moqchilar) uchun
📣📣Darslarda jonli qatnasha olmaydigan yoki narx qimmatlik qilganlar uchun darslar va testlar tashlab boriladigan YANGI kanal tashkil etdik.
❗️Kursimiz ko‘proq test yechmoqchi va mustaqil o‘qiy oladiganlar uchun
👨💻Faqat online dars oʻtilmaydi. Boshqa guruhda oʻtilgan darslar tashlab boriladi. Ketma-Ketlikda mustaqil o‘rganish mumkin.
✅ Boshqa guruhda videochatda nimani oʻtgan boʻlsak, tartib bilan hamma maʻlumot: yozib olingan videodars, testlar, testlar tahlili tashlab boriladi.
⏰Xohlagan payt kirib foydalanishingiz mumkin boʻladi.
💳Narxi: 65 ming so'm
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
🤝Bugundan boshlab qo‘shilishingiz mumkin.
Ahil va ahl
(mening tilim)
Ahil — inoq, totuv, ittifoq.
Oilamiz ahil, ahil jamoa, ahil yashamoq.
Ahl — xalq, aholi soʻzining qisqa shakli; biror soha, kasb yoki maʼlum doiradagi kishilar. Koʻpincha qaratqich + qaralmish shaklida keladi:
Mahalla ahli, ilm ahli, sanʼat ahli, saroy ahllari, jahon ahli.
Izofali birikma shaklida ham koʻp uchraydi:
Ahli ilm, ahli irfon, ahli ayol, ahli majlis, ahli sunna(t), ahli hunar, ahli haqiqat.
@onlineonatili
Haqda yoki haqida?
(Mening tilim)
Bu ikki soʻz bir oʻzakdan boʻlib, bir xil maʼnoni anglatadi. Huquqqa ega boʻlish maʼnosidagi haq soʻzi vaqt oʻtishi bilan taraqqiyotga uchragan va oʻrin-payt kelishigi shaklida koʻmakchiga aylangan.
Haqda faqatgina koʻrsatish olmoshlaridan soʻng, boshqa hollarda esa haqida ishlatiladi.
Koʻrsatish olmoshlari quyidagilar:
u, bu, shu, oʻsha, ana shu, mana bu, mana shu.
- Bu haqda koʻp savollar bor.
- Mana shu haqda fikringizni bilmoqchi edik.
- Til muammolari haqida kitoblar yetarli emas.
- Unvon berilganligi haqida farmon eʼlon qilindi.
Xusus(i)da, toʻgʻri(si)da, bora(si)da koʻmakchilari ham xuddi shu holatda qoʻllanadi.
@onlineonatili
Mendan yangi attestatsiya guruh so‘ra(yotgan/moqchilar) uchun
📣📣Darslarda jonli qatnasha olmaydigan yoki narx qimmatlik qilganlar uchun darslar va testlar tashlab boriladigan YANGI kanal tashkil etdik.
❗️Kursimiz ko‘proq test yechmoqchi va mustaqil o‘qiy oladiganlar uchun
👨💻Faqat online dars oʻtilmaydi. Boshqa guruhda oʻtilgan darslar tashlab boriladi. Ketma-Ketlikda mustaqil o‘rganish mumkin.
✅ Boshqa guruhda videochatda nimani oʻtgan boʻlsak, tartib bilan hamma maʻlumot: yozib olingan videodars, testlar, testlar tahlili tashlab boriladi.
⏰Xohlagan payt kirib foydalanishingiz mumkin boʻladi.
💳Narxi: 65 ming so'm
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
🤝Bugundan boshlab qo‘shilishingiz mumkin.
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "X"
(mening tilim)
1. Xabar, darak
2. Xabardor, ogoh, boxabar, voqif
3. Xabarlamoq, daraklamoq
4. Xafalashmoq, achchiqlashmoq
5. Xalq, xaloyiq, el, ulus, mardum
6. Xasis, baxil, pishiq, qurumsoq, ziqna, nokas, nokasta, qizgʻanchiq, qoqvosh, qoq bosh, qoq, oʻlimtik, oʻlarmon, haris, qattiq, doʻqol
7. Xat, maktub, noma
8. Xavf, xatar, tahlika
9. Xavfli, xavotirli, xatarli, qoʻrqinchli, tahlikali
10. Xayriyat, goʻrga
11. Xayrlashmoq, xushlashmoq, vidolashmoq, xayr-maʼzur qilmoq, xayr-xoʻsh qilmoq
12. Xilvat, ovloq, pana
13. Xira, xiraxandon, shilqim, yopishqoq, yelim, sulloh
14. Xizmatkor, xizmatchi, malay
15. Xomush, maʼyus
@onlineonatili
Koʻchirma gapli qoʻshma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi
▫️ Boʻri dedi: «Men seni yeyman». ➡️ M: «K».
▫️ Boʻri dedi: «Men seni yeyman!» ➡️ M: «K!»
▫️ «Men seni yeyman», — dedi boʻri. ➡️ «K», — m.
▫️ «Men seni yeyman!» — dedi boʻri. ➡️ «K!» — m.
▫️ Boʻri: «Men seni yeyman», — dedi. ➡️ M: «K», — m.
▫️ Boʻri: «Men seni yeyman!» — dedi. ➡️ M: «K!» — m.
▫️ «Men, — dedi boʻri, — seni yeyman». ➡️ «K, — m, — k».
▫️ «Men, — dedi boʻri, — seni yeyman!» ➡️ «K, — m, — k!»
✅ M, m belgilari muallif gapini, K, k belgilari koʻchirma gapni ifodalash uchun qoʻllanilgan.
@onlineonatili
#bilib_oling / #vaqt / #imlo
Soat va daqiqalar imlosi
1. Soatlar va daqiqalarni ikki nuqta bilan ajratgan maʼqul: 15:00, 09:30
2. Kompaniyalar saytlarida, jurnallarda, umuman, badiiy va norasmiy matnlarda ularni nuqta bilan ajratsa ham zarar qilmaydi: 15.00, 09.30
3. Yarim tunni ikki xil koʻrinishda ifodalash mumkin: 00:00 yoki 24:00
4. Kunning yakuni haqida gap ketayotgan boʻlsa, 24:00 shaklini, kunning boshi haqida gap ketayotgan boʻlsa — 00:00 shaklini ishlatish mumkin: bizning restoran 8:00 dan 24:00 gacha ishlaydi, bizning restoran 00:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.
5. 24:30 shaklida yozib boʻlmaydi, 00:30 shaklida yozish maqsadga muvofiq.
6. Vaqtni raqamlar bilan ifodalagandan keyin daqiqa soʻzini qoʻshish ortiqchalik qiladi: 12:30 daqiqa ❌
7. Oʻrni kelsa, misol uchun, aniqlik talab qilinadigan rasmiy hujjatlarda soatni soʻzlar bilan ham ifodalash mumkin: oʻn ikkidan oʻttiz daqiqa.
8. Ikki vaqt oraligʻiga qisqa tire (–) qoʻyiladi: 09:00–18:00
9. Butun sonli vaqtlarda nol-nol soʻzlari chiziqcha bilan yoziladi: oʻn ikki-yu nol-nol.
@xatoyozma
TILLA BALIQCHA
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!
Abdulla Oripov
@onlineonatili
Sanalar imlosi
(mening tilim)
1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.
2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.09.13, 2020.08.01.
3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020 ❌
4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻngida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil ❌
5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13 ❌
6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: 1992 йил 1 сентябрь (1992-yil 1-sentyabr/sentabr)
7. Sanani ifodalovchi soʻzlar qisqarsa, raqamlar va soʻzlar orasida boʻsh joy qoldirish kerak: 2020-y., m. a. VII asr.
8. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga qisqa tire (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020 йиллар (taqqoslang: 2015–2020-yillar), 12–13 сентябрь (taqqoslang: 12–13-sentyabr/sentabr)
👉 @onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "T"
1. Tabrik, qutlov, muborakbod
2. Tabriklamoq, tabrik qilmoq, qutlamoq, muborakbod qilmoq
3. Takrorlamoq, qaytarmoq
4. Tamomlamoq, tamom qilmoq, tugatmoq, sob qilmoq, soblamoq, bitirmoq, ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq, quritmoq
5. Taqdir, qismat, yozmish, peshona, nasib, nasiba, koʻrgilik
6. Taqsimlamoq, boʻlmoq
7. Tarjimon, tilmoch, mutarjim
8. Tarjima qilmoq, agʻdarmoq
9. Tartibsiz, agʻdar-toʻntar, algʻov-dalgʻov, ostin-ustun
10. Tarzda, holda, xilda, qabilda, yoʻsinda, ravishda, suratda, taxlitda, tariqa, zaylda
11. Tasalli, taskin, yupanch, ovunch
12. Taxmin, tusmol, chama, faraz
13. Tayyor, muhayyo, shay, taxt, hozir
14. Tayyorgarlik, tayyorlik, hozirlik, taraddud, tadorik
15. Tayyorlamoq, hozirlamoq, shaylanmoq, otlanmoq
16. Tashlamoq, qoʻymoq, yigʻishtirmoq
17. Tashna, chanqoq, suvsoq
18. Tashvish, gʻam, savdo, taraddud, qaygʻu, shoʻr, shoʻrish
19. Tashvishlanmoq, tashvish qilmoq, qaygʻurmoq, qaygʻulanmoq, gʻam qilmoq
20. Taʼm, maza
21. Taʼna, yozgʻiriq, malomat, mazammat
22. Tebranmoq, lapanglamoq, irralmoq
23. Tekinxoʻr, tekintomoq, baloxoʻr, haromxoʻr, haromtomoq, parazit
24. Tema, mavzu
25. Tentak, telba, devona, savdoyi, jinnisangʻi, esvos
26. Tergamoq, kutmoq
27. Termilmoq, tikilmoq, toʻnmoq
28. Tetik, bardam
29. Tez, ildam, jadal, shitob, shaxd, zud
30. Tez, yaqin
31. Tezlashmoq, jadallashmoq, ildamlashmoq
32. Teng, baravar, barobar
33. Tengdosh, tengqur, hamqur, teng
34. Tilkalamoq, tilka-tilka qilmoq, tilka pora qilmoq, burdalamoq, burda-burda qilmoq, poralamoq, pora-pora qilmoq
35. Tilanchi, sadaqachi, gadoy, devona
@onlineonatili
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan. Keling,birinchi shu haqida
A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi.
O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.
Shuningdek, o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k.
Ii harfi bilan, bilim, til, tilak, har xil, qism kabi so‘zlarda qisqa aytiladi va «i» yoziladi, badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so‘zlarda «i» cho‘ziq aytiladi, lekin doimo «iy» yoziladi.
Uu harfi yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda «i»ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan «u» yoziladi.
O‘o‘ harfi o‘zbek, o ‘lka, o‘simlik kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablangan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi.
E e harfi e’lon, ehtirom, fe’l, bermoq, meros, mone, tole, kofe kabi so‘zlarda old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unli tovushni ifodalash uchun yoziladi:
«e», «ё», «ю», «я» harflari yangi alifboda quyidagicha yoziladi:
e: yetti, yetmish, yetim;
yo: yolg‘iz, yomon, yong‘oq;
yu: yulduz, yumshoq, yumuq.
ya: yakka, yangi, yaroqsiz.
Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida «y» undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar o‘rtasidagi unlilar yozuvda saqlanadi.
👉@xatoyozma
Qachon -gich, qachon -kich boʻladi?
(mening tilim)
Mana shu qoidani bilib olsak, muzlatkich kabi soʻzlarni xatolikka yoʻl qoʻymay yozadigan boʻlamiz.
1. Tilimizda jarangli va jarangsiz tovushlar bor. Jarangsiz tovushlar quyidagilar: p, f, k, t, ch, sh, x, q, s, h.
Soʻz jarangsiz tovush bilan tugasa, unga -kich qoʻshiladi: sepkich, tikkich, sovitkich, muzlatkich, changyutkich, yanchkich, keskich.
—
2. Jarangli tovushlar quyidagilar: b, v, g, d, y, j, z, gʻ, m, n, l, r.
Soʻz jarangli yoki unli tovush (i, e, a, u, oʻ, o) bilan tugasa, unga -gich qoʻshiladi: purkagich, aniqlagich, gaztashigich, suzgich, oʻygich, ilgich, aralashtirgich, yuvgich, tebrangich.
—
Bu qoidaga qaramay, imlo lugʻatida nurlatkich va kamaytkich soʻzlari -gich bilan yozilgan. Sababi bizga nomaʼlum.
—
3. Istisno holatlar (-qich, -gʻich):
siqqich, boqqich, ochqich, qaratqich (kelishik), qisqich, qirqqich, tutqich, yopqich, yoritqich, chizgʻich, qirgʻich, soʻkongʻich, tepongʻich, yelpigʻich, yozgʻich.
@onlineonatili
Probel
(mening tilim)
Probel — bu soʻzlar orasidagi boʻsh joy, interval. Afsuski, koʻpchilik buni oʻz oʻrnida ishlata olmaydi. Shu bois bugun uni toʻgʻri qoʻllashni oʻrganamiz:
1. Har bir soʻz orasi ochib yoziladi:
Xushkelibsiz ❌
Xush kelibsiz ✅
2. Nuqtadan keyin joy ochib yoziladi:
Salom.Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
3. Nuqtadan oldin probel qoʻyilmaydi:
Salom .Bugun dushanba ❌
Salom. Bugun dushanba ✅
4. Vergul, ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;), undov belgisi (!), soʻroq belgisi (?), gap soʻngidagi uch nuqta (...) uchun ham xuddi shu qoidalar amal qiladi:
Nima ?Ha ,mayli ❌
Nima? Ha, mayli ✅
5. Defis (-) bilan yoziladigan juft soʻzlar, takror soʻzlar, baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) orasida boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
Oldi - berdi ❌
Oldi-berdi ✅
Asta - sekin ❌
Asta-sekin ✅
6. Umuman olganda, defisning ikki tarafida hech qachon boʻsh joy boʻlmaydi. Faqatgina osma defis bundan mustasno:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅
Audio - va videoaloqa ❌
Audio- va videoaloqa ✅
7. Vaqt oraligʻini ifodalash uchun ishlatiladigan qisqa tire (–) qatnashgan soʻzlar boʻsh joy qoldirmay yoziladi:
3 – 4 dona ❌
3–4 dona ✅
1941 – 1945-yillar ❌
1941–1945-yillar ✅
8. Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tire (—) har ikki tomondan boʻsh joy qoldirib yoziladi:
Til—bu millat gʻururi ❌
Til — bu millat gʻururi ✅
Qaragʻay—bu daraxt ❌
Qaragʻay — bu daraxt ✅
9. Qavs ichidagi soʻz yoki soʻzlar qavsdan ajratmay yoziladi:
( Qavs ichidagi soʻz ) ❌
(Qavs ichidagi soʻz) ✅
10. Qoʻshtirnoq ichidagi soʻzlar ham qoʻshtirnoqdan ajratmay yoziladi:
“ Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz ” ❌
“Qoʻshtirnoq ichidagi soʻz” ✅
11. Son yoki boshqa biror belgidan soʻng birikib kelgan qoʻshimchalar ajratib yoziladi:
15dan ziyod ❌
15 dan ziyod ✅
100%gacha ❌
100% gacha ✅
(*Foiz belgisini son bilan qoʻshib yoki ajratib yozish borasida turli qarashlar mavjud)
12. Dona sonlar raqamlar bilan yozilsa, ta alohida yoziladi:
5ta ❌
5 ta ✅
@onlineonatili
Mendan yangi attestatsiya guruh so‘ra(yotgan/moqchilar) uchun
📣📣Darslarda jonli qatnasha olmaydigan yoki narx qimmatlik qilganlar uchun darslar va testlar tashlab boriladigan YANGI kanal tashkil etdik.
❗️Kursimiz ko‘proq test yechmoqchi va mustaqil o‘qiy oladiganlar uchun
👨💻Faqat online dars oʻtilmaydi. Boshqa guruhda oʻtilgan darslar tashlab boriladi. Ketma-Ketlikda mustaqil o‘rganish mumkin.
✅ Boshqa guruhda videochatda nimani oʻtgan boʻlsak, tartib bilan hamma maʻlumot: yozib olingan videodars, testlar, testlar tahlili tashlab boriladi.
⏰Xohlagan payt kirib foydalanishingiz mumkin boʻladi.
💳Narxi: 65 ming so'm
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
🤝Bugundan boshlab qo‘shilishingiz mumkin.
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(Mening tilim) 1-qism
Maʼnodoshlar — "S"
1. Sabab, vaj, bahona, bois
2. Sababli, sababdan, tufayli, natijasida, oqibatida, orqasida
3. Sababchi, sababkor, aybdor
4. Sabil, ordona, zormanda, baytalmon, egasiz
5. Sadaqa, ehson, xayr, hadya, nazr
6. Saf, qator
7. Sakramoq, hatlamoq, haklamoq
8. Salomlashmoq, soʻrashmoq, koʻrishmoq, omonlashmoq, salom-alik qilishmoq
9. Sanoqli, hisobli, oʻlchovli
10. Saralamoq, sarxillamoq, xillamoq, saylamoq, tanlamoq, termoq, saraga ajratmoq
11. Saranjom, sarishta, orasta, tartibli, batartib
12. Sarflamoq, sarf qilmoq, xarajatlamoq, xarajat qilmoq, xarjlamoq, xarj qilmoq, chiqim qilmoq
13. Sassiq, badboʻy, qoʻlansa
14. Savol, soʻroq
15. Saxiy, himmatli, saxovatli, hotam, tanti
16. Saxiylik, saxovat
17. Sekin, asta, ohista, sust
18. Sekinlamoq, sekinlashmoq, susaymoq, sustlashmoq, pasaymoq, qaytmoq
19. Sevgi, muhabbat, ishq
20. Sevgili, mahbuba, yor, nigor, dildor
21. Sevinmoq, suyunmoq, quvonmoq, quvnamoq, shodlanmoq
22. Sevmoq, koʻngil qoʻymoq, suymoq, muhabbat bogʻlamoq, yoqtirmoq, yaxshi koʻrmoq
23. Sezgi, his, tuygʻu
24. Sezgir, ziyrak, tuygʻun, hushyor, sergak, tiyrak
25. Sezmoq, tuymoq, his etmoq
@onlineonatili
2 imloda chiziqcha bn yoziladigan so'zlar
✅Ustma-ust, ustiga-ustak, ust-ustiga
1da najotbaxsh muzokara, mag'firat
3da so'l (sifat)so'zi haqida noto'g'ri hukm so'ralgan
Ko'chma ma'nosi tekis.
4.da sinonimlar
5da qo'shimcha noto'g'ri qo'llanmagan degan
KITOB HAQIDAGI GAP.
8 fe'l haqida juda oson
1 va 5
7.so'z yasovchi lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi.
SUV HAQIDA GAP.
6. testda ham fe'l qaysi gapda modal so'z ma'nosida kelgan deyilgan.
Shoshma-shoshma, degan javob TO‘G‘RI!
12. Tire haqida tushdi
Ega va ot kesim o'rtasida 2ta gapda edi
3 va 5 edi.
13 Tushda kechgan umrlar
1.2.3
14. Jayhun ustida bulutlar
G'aznaviy.
15. Sarvqomat Dilbarim tushdi
Boytemir bn Dolon tepaligida ko'rishadi
16. Kecha va kunduz
Ilm ahillarining qatag'on
17. Garov hikoyasidan - HAYOT.
18-22 Yulduzlar haqida matn tushdi.
23-27 San'atkor haqida badiiy matn
33. Shaxsi ma‘lum
34.AJRATILGAN BO‘LAK
35. UMUMLASHGAN.
36-to'g'ri
37. " " : " , , ", -- .
44. Maqsur
Musamman
43. T
Muqayyad
42. Bog'bonning sarv shoxi va bargini kesishi sababi qaysi san‘at bilan ifodalangan
B) IKKINCHI misrada tashbehning qaysi unsuri tushgan?
A)tashxis
B) vosiTA
KANAL bilan sizning javoblaringizda farqlar bo‘lishi mumkin.
@ONATILITESTLAR