Savollar ancha o‘zgargan. Osonlashgan desa ham bo‘ladi. Umumiy savollarni kechga e‘lon qilamiz.
Читать полностью…Ertangi imtihonda barchaga omad tilayman. Nasib, ertaga imtihon jarayonlari qanday bo‘layotgani haqida ma‘lumotlar berib boramiz.
Bizdan uzoqlashmang.
@onlineonatili
QAYTA NASHR SOTUVDA...
🤔 O'zi "Milliy sertifikat Ona tili va Adabiyot" fanidan imtihonida qanaqa savollar tushadi?
🎓 Barchani qiziqtirgan ushbu savolga "SPECTRUM MEDIA GROUP" nashriyotidan ajoyib yangilik!
📚 MILLIY SERTIFIKAT ONA TILI VA ADABIYOT namunaviy test topishirqlari aynan siz uchun.
📗 Kitobdagi test topshiriqlari BMBA standartlariga tayangan holda shakllantirildi va tartiblandi.
✅Ushbu kitobdan siz 20 xildagi...
➡️ O’QISH SAVODXONLIGI;
➡️ Ilmiy matn;
➡️ Badiiy matn;
➡️ G’azal tahlili;
➡️ YOZMA SAVODXONLIK;
➡️ Esse namunalarini topasiz.
Quyidagi havola orqali kitob na'munalari bilan tanishishingiz mumkin: 👇
➡️ /channel/zamon_kitob_uz
➡️ /channel/zamon_kitob_uz
📥 Buyurtma berish uchun:
☎️ +998946227133
👤 @yoqubbek_zamon_kitob
Uzoq kutilgan 26 kundan so‘ng natijalar e‘lon qilinibdi
Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.
Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.
Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result
❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.
MMTV
Ps: xursand qiladigani ushbu ro‘yxatda kamina,kanal admini, ham bor.
Uxlamoq yoki uhlamoq?
(mening tilim)
Bularning ikkisi ham toʻgʻri yozilgan, faqat bular ikki xil maʼnoni anglatuvchi soʻzlar:
1. Uxlamoq — uyquda boʻlmoq, uyquga ketmoq.
2. Uhlamoq — uh tortmoq, “uh” deb qoʻymoq.
Misol:
Toshmat uxlayotganida birdan uhlab qoʻydi.
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(Mening tilim)
Maʼnodoshlar — "Q"
1. Qadam, odim
2. Qalbaki, soxta, yasama, sunʼiy, yolgʻondakam, gʻayritabiiy, botil
3. Qalin, zich, tigʻiz
4. Qaltis, nozik
5. Qalʼa, qoʻrgʻon
6. Qamal, qurshov, muhosara
7. Qaqshamoq, zirqiramoq
8. Qaram, tobe
9. Qaramoq, boqmoq
10. Qarama-qarshilik, zidlik, nizo, kelishmovchilik, ixtilof, nifoq
11. Qarash, boqish, nigoh, nazar
12. Qarindosh, urugʻ, avlod, tugʻishgan, jigar, jigarband, jigargoʻsha, xesh
13. Qaror, azm, jazm
14. Qasam, ont, qasamyod
15. Qattiq, zang, metin, tosh
16. Qaynamoq, joʻshmoq, yonmoq
17. Qaynoq, joʻshqin, qizgʻin
18. Qazmoq, qazimoq, kovlamoq
19. Qachongacha, tokay, tokaygacha
20. Qilmish, kirdikor
21. Qilmoq, etmoq, aylamoq
22. Qirgʻoq, sohil, yoqa, lab, boʻy, chet
23. Qistamoq, zoʻrlamoq, majburlamoq, majbur qilmoq
24. Qiyin, mushkul, mahol, ogʻir, mashaqqatli, sermashaqqat, amri mahol, dushvor
25. Qiyinlashmoq, ogʻirlashmoq, mushkullashmoq
26. Qiynamoq, azoblamoq, jabrlamoq
27. Qiygʻos, shigʻa, tekis
28. Qiyshiq, qingʻir, egri
29. Qiyinchilik, mashaqqat, ogʻirchilik, qattiqchilik, riyozat, zahmat
30. Qizil, qirmizi
31. Qiziq, qirmizi, ol
32. Qiziq, gʻalati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib, allambalo
33. Qiziqmoq, havaslanmoq, havas qilmoq
34. Qiziqmoq, uchmoq
35. Qizgʻin, avjida
36. Qobiliyat, layoqat, isteʼdod, talant, salohiyat, uquv
37. Qobiliyatli, layoqatli, isteʼdodli, talantli, salohiyatli, uquvli
38. Qoida, aqoid
39. Qomat, qad, qad-qomat, qaddi qomat, bast, boʻy-bast, duxt, kelbat, soxt, sumbat, soxt-sumbat, andom, bichim
40. Qonmoq, qoniqmoq, toʻymoq, miriqmoq
41. Qorongʻilik, zulmat, zimiston, zim-ziyo
42. Qur, marta, dafʼa, bor
43. Qur, davra, maydon
44. Qurb, hol, chogʻ, kuch, qudrat, hol-qudrat, quvvat, chama
45. Qurshamoq, oʻramoq
46. Quruq, qoq
47. Qutulmoq, boʻshamoq, ozod boʻlmoq, xalos boʻlmoq, xoli boʻlmoq
48. Quvnoq, xushchaqchaq
49. Quyosh, kun, oftob
50. Quchmoq, achomlamoq, quchoqlamoq
51. Quchoq, qoʻyin, bagʻir, ogʻush
52. Qoʻnmoq, oʻtirmoq, tushmoq, inmoq
53. Qoʻrqinch, qoʻrquv, vahima, dahshat, vahshat
54. Qoʻrqinchli, vahimali, dahshatli, mudhish
55. Qoʻrqmoq, hayiqmoq, choʻchimoq, xavflanmoq
56. Qoʻrqoq, yuraksiz
57. Qoʻrs, qoʻpol, toʻng, dagʻal, toʻrs, tund, ters
58. Qoʻzgʻalmoq, jilmoq, siljimoq, qimirlamoq
59. Qoʻshilmoq, birlashmoq
@onlineonatili
Rim raqamlari
(Mening tilim)
⚡️Koʻpchilikka rim raqamlari qachon va qayerda ishlatilishi nomaʼlum. Bugun shu haqda gaplashamiz.
Rim raqamlari quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1. Asrlarni ifodalashda: XXI asr, miloddan avvalgi IV asr.
2. Kengash, qurultoy, syezd, majlis va hokazolar raqamlarini ifodalash uchun: Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida tasdiqlangan.
3. Davomiy musobaqalar va tanlovlar raqamlarida: XXII Qishki Olimpiada oʻyinlari.
4. Qirol, podshoh, imperatorlar nomlaridagi raqamlar: Doro I, Napoleon III, Yelizaveta II.
5. Asar yoki qonun boblari, boʻlimlarini ifodalashda: IV bob, XIII boʻlim.
6. Kvartal (chorak — yilning toʻrtdan bir qismi)ni ifodalash uchun: 2020-yilning III choragi.
7. Soatlarda rim raqamlarini ishlatish holati keng tarqalgan — qoʻl soatlarida ham, devoriy soatlarda ham.
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(Mening tilim)
Maʼnodoshlar — "P"
1. Parvarish, tarbiya, qarov
2. Parvarishlamoq, parvarish qilmoq, tarbiyalamoq, tarbiya qilmoq, qaramoq, boqmoq
3. Parvona, girdikapalak
4. Payqamoq, sezmoq, fahmlamoq
5. Peshona, manglay
6. Peshin, tush
7. Piyoda, yayov
8. Pul, aqcha, mullajiring, yakan
9. Puxta, pishiq
@onlineonatili
Qavs
(Mening tilim)
Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun oltinchi holatni koʻrib chiqamiz:
6. Sahna asarlari matnidagi turli izoh, remarkalar qavs ichida beriladi:
SOHIBQIRON. Yoʻq! Bari Ollohdan. Yaratgan egamning xohishi shul erkan. Oʻz jannatidan joy ato qilgʻay! (Qalqonbekka) Dafn taraddudini koʻringlar! (Yuziga fotiha tortadi. Saragulni oʻrnidan turgʻizadi). Sen qachon kelding bu maskanga?
(O. Yoqubov)
OLIMJON (Alomatga qarab turib). Iye, bu oʻchib qopti-ku... (Robotning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.)
(Sh. Boshbekov)
@onlineonatili
Milliy uchun imlo testi rukni davom etadi. Harflar soni ko‘paymoqda. Ishlang. Keyin afsuslanib qolmang.
Ch harfi 1
sh harfi 1
sh harfi 2
O‘ harfi
Z harfi
Y harfi
X harfi
V harfi
U harfi
T harfi
A harfi 1-variant
A harfi 2-variant.
E harfi
B harfi 1-variant
B harfi 2-variant
D harfi
D harfi 2
F harfi
L harfi
M harfi
Q harfi
R harf
T harfi
V harfi
X harfi
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 1
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 2
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 3
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 4
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 5
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 6
YANGI BADIIY ASARLAR ASOSIDA TESTLAR ( @badiiyasartest kanalida)
👉‘JIMJITLIK‘
👉OQ KEMA 1
👉OQ KEMA 2
👉‘Ufq ‘asari 1-V
👉‘Ufq‘ 2
👉‘Ufq‘ 3
👉‘Ufq' 4
‘Sohibqiron‘ 1-V
👉/channel/badiiyasartest/5693?single
👉2-variant
/channel/badiiyasartest/5700
👉3-variant
/channel/badiiyasartest/5703
👉4-variant
/channel/badiiyasartest/5705
Abulfayzxon
👉/channel/badiiyasartest/5723
Me‘mor
👉/channel/onatilitestlar/8973
@onlineonatili
Qavs
(mening tilim)
Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun beshinchi holatni koʻrib chiqamiz:
5. Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish gap qavsga olinadi:
Koʻngil qoʻyganlari boshqa edi, boshqalar edi. Uni biz bilamiz. (Bilmaylar ketaylik, iloyim!)
(E. Aʼzam)
Sizning xayollaringizni ostin-ustun qilgan oʻzimdagi fazilatlarni (Rostdan ham, bormi ular?) topib, ardoqlab yashayman.
(X. Doʻstmuhammad)
Boylar boʻlsa na fuqaroni bir chaqaga oladi (bunisi-ku mayli-ya), na mingboshini (mana munisiga chidab boʻlmaydi!). Ochiqdan ochiq soʻkadi, haqorat qiladi...
(Choʻlpon)
@onlineonatili
⚡️Attestatsiya uchun hozirda ikkita guruhda dars bo‘lmoqda.
Birinchi guruhim tinish belgilari mavzusiga kelgan,ikkinchi guruh esa leksikologiya bo‘limida. Qo‘shilib ketishingiz mumkin.
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "M"
(Mening tilim)
1. Mahbus, bandi, tutqun, asir, ariston
2. Mahalliy, yerlik
3. Manglay, peshona
4. Mansabdor, amaldor, korchalon
5. Manzil, adres
6. Maosh, oylik, moyana
7. Maqsad, niyat, muddao, murod
8. Mard, tanti, himmatli, er, erkak
9. Marta, karra, bor, gal, navbat, dafʼa, qayta, topqir, qur, yoʻl, qatla, qat, safar
10. Maslahat, kengash, mashvarat, majlis
11. Maslahatchi, maslahatgoʻy, kengashchi, nasihatgoʻy
12. Maslahatli, kengashli
13. Maslahatlashmoq, maslahat qilmoq, kengashmoq, aqllashmoq, mashvarat qilmoq
14. Masxara, mazax
15. Masxaralamoq, masxara qilmoq, mazaxlamoq, mazax qilmoq, mayna qilmoq, kalaka qilmoq, ustidan kulmoq
16. Mazali, lazzatli, laziz, xushtaʼm, shirin, totli, taʼmli, xushxoʻr
17. Magʻrurlanmoq, gʻururlanmoq, kibrlanmoq, havolanmoq
18. Mashgʻul, band, ovora, andarmon
19. Maʼlum boʻlmoq, bilinmoq, aniqlanmoq, ayon boʻlmoq
20. Maʼlum, ayon, oshkor (oshkora), aniq
21. Maʼno, mazmun
22. Mehmon, qoʻnoq
23. Merosxoʻr, voris
24. Mozor, qabriston, goʻriston, mozoriston
25. Mubolagʻa, lof, mahovat
26. Muharrir, redaktor
27. Muhim, ahamiyatli, asosiy
28. Muhtoj, zor, ehtiyojmand
29. Mujimoq, gʻajimoq, kemirmoq
30. Mumsik, ziqna, xasis, qattiq
31. Munosabat, aloqa, ora, robita
32. Musibat, gʻam, kulfat, tashvish, savdo
33. Musobaqa, bellashuv, kurash
34. Musobaqalashmoq, bellashmoq, kuch sinashmoq, musobaqa oʻynamoq
35. Mustahkam, mahkam, puxta, pishiq-puxta, sifatli, qattiq
36. Muvofiq, binoan, boʻyicha, koʻra, asosan
37. Muzlamoq, toʻngmoq, yaxlamoq
38. Moʻljallamoq, moʻljal qilmoq, koʻzlamoq, chogʻlamoq, azmoyish qilmoq, chamalamoq, choʻtlamoq, taxmin qilmoq
39. Moʻlchilik, moʻl-koʻlchilik, serobchilik, kengchilik, toʻkinchilik, maʼmurchilik
@onlineonatili
Dunyo tomonlari imlosi
(Mening tilim)
Dunyo tomonlari deganda shimol, janub, sharq va gʻarb nazarda tutiladi. Chorak yoʻnalishlar ham dunyo tomonlari deyilishi mumkin: shimoli-sharq, janubi-gʻarb va shu kabilar.
Ular bosh harfda yoziladimi yoki kichik harfda? Bu savolni juda koʻp berishadi va koʻpchilik bu masalada qiynaladi.
1. Bosh harfda
Dunyo tomonlari geografik nomlar sifatida ishlatilganda bosh harf bilan yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi.
2. Kichik harfda
Dunyo tomonlari makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi.
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "R"
(Mening tilim)
1. Rahmsiz, berahm, shafqatsiz, qahrli, zolim
2. Rivoj, taraqqiy, taraqqiyot, ravnaq
3. Rivojlanmoq, taraqqiy etmoq, oʻsmoq, yuksalmoq
4. Rohat, huzur, maza, lazzat, safo, kayf
5. Rohatlanmoq, rohat qilmoq, huzurlanmoq, huzur qilmoq, maza qilmoq, lazzatlanmoq, lazzat qilmoq
6. Rost, toʻgʻri, chin, haq, haqqoniy, ochiq
7. Rostdan, chindan, haqiqatan, darhaqiqat
8. Rostgoʻy, haqgoʻy, haqiqatgoʻy, rostchi
9. Ruxsat, ijozat, rozilik, javob, izn
@onlineonatili
Tog
ri javoblar:1.d 2.c 3.a 4.d 5.c 6.d 7.c 8.d 9.a 10.c 11.b 12.c 13.c 14.c 15.d 16.a 17.d 18.b 19.c 20.b 21.b 22.a 23.c 24.b 25.b 26.a 27.a 28.d 29.b 30.a 31.b 32.a 33.b 34.e 35.a
36.uzoq.
37. , // , // , // - // ,// .
38. Dir
39.ega
40. A) qiziqadilar B)yozayotganiga
41.ammo. bog‘langan
42. A)talmeh B) tajnis
43.a) -R. B) mutlaq.
44.Ilm o‘rganish.
O‘rgangan bilimga amal qilmaslik.
@onlineonatili
📝📝Test boshlandi.
Test muallifi:
Otabek Tulaganov
✅Milliy sertifikat namuna
Boshlanish vaqti: 19:30
Tugash vaqti : 22:00
Savollar soni: 35 ta
Test kodi: 103641
Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:103641*abcdabcd...
yoki103641*1a2b3c4d5a...
103641#abcdabcd...
yoki103641#1a2b3c4d5a...
Milliy sertifikat imtihoniga oz qolganligi munosabati bilan shanba kuni kanalimiz ( @onlineonatili ) da test o‘tkazmoqchimiz.
Testda qatnashish uchun bu xabarni hech qanday guruh va kanallarga tarqatishingiz shart emas.
Boshlanish vaqti : 19:00
Tugash vaqti : 21:00
@onlineonatili
⚡️ @yigitaliyev_akademiyasi kanalimizda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat onlayn testini o'tkazamiz.
✔️Kecha bu testni markazimizda olgan edik!
Testda 40 ta badiiy asardan ham savollar mavjud
Mendan yangi attestatsiya guruh so‘ra(yotgan/moqchilar) uchun
📣📣Darslarda jonli qatnasha olmaydigan yoki narx qimmatlik qilganlar uchun darslar va testlar tashlab boriladigan YANGI kanal tashkil etdik.
❗️Kursimiz ko‘proq test yechmoqchi va mustaqil o‘qiy oladiganlar uchun
👨💻Faqat online dars oʻtilmaydi. Boshqa guruhda oʻtilgan darslar tashlab boriladi. Ketma-Ketlikda mustaqil o‘rganish mumkin.
✅ Boshqa guruhda videochatda nimani oʻtgan boʻlsak, tartib bilan hamma maʻlumot: yozib olingan videodars, testlar, testlar tahlili tashlab boriladi.
⏰Xohlagan payt kirib foydalanishingiz mumkin boʻladi.
💳Narxi: 65 ming so'm
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
🤝Bugundan boshlab qo‘shilishingiz mumkin.
Milliy sertifikat imtihoniga oz qolganligi munosabati bilan shanba kuni kanalimiz ( @onlineonatili ) da test o‘tkazmoqchimiz.
Testda qatnashish uchun bu xabarni hech qanday guruh va kanallarga tarqatishingiz shart emas.
Boshlanish vaqti : 19:00
Tugash vaqti : 21:00
@onlineonatili
Qarindoshlar
(Mening tilim)
Qayn (qayin) oʻzagidan hosil boʻladigan quyidagi qoʻshma soʻzlar shu kabi shakllarda yozilishi mumkin.
Qaynana ✅
Qaynona ✅
Qayin ona✅
Qaynata ✅
Qaynota ✅
Qayin ota✅
Qaynagʻa ✅
Qaynogʻa ✅
Qayin ogʻa✅
Qayin singil ✅
Qaynsingil ✅
Qayin ini ✅
Qayin egachi ✅
Qaynegachi ✅
@onlineonatili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(mening tilim)
Maʼnodoshlar — "O"
1. Odam, odamzod, kishi, inson, kimsa, bashar, shaxs
2. Odamgarchilik, insongarchilik
3. Odat, rasm, taomil, udum, urf, anʼana
4. Odatlanmoq, koʻnikmoq, odat qilmoq, oʻrganmoq
5. Odobli, boadab, axloqli
6. Ohang, intonaciya
7. Oila, xonadon, uy, roʻzgʻor
8. Old(ida), huzuri(da), yon(ida), qosh(isha), tegra(sida)
9. Oldinga, ilgari, olgʻa
10. Olifta fason (poson), bashang, poʻrim, satang
11. Olov, otash
12. Or, uyat, nomus
13. Oriq, ozgʻin, qiltiriq, dirdov, ipiltiriq, ramaqijon, logʻar
14. Orqa, keyin, ket, ort
15. Ortiq, oshiq, ziyoda
16. Ortmoq, yuklamoq, bosmoq, joylamoq
17. Osmon, koʻk, samo, falak, gardun
18. Oson, yengil, oʻngʻay
19. Ost, tag, tub
20. Ota, dada, ada
21. Otlanmoq, qoʻzgʻalmoq, koʻtarilmoq, oyoqlanmoq
22. Otmoq, uloqtirmoq, irgʻitmoq, itqitmoq
23. Ovora, sarson, sargardon
24. Ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo
25. Ovqat, taom, oziq, tomoq, xoʻrak, yemish, neʼmat, rizq
26. Ovunmoq, yupanmoq
27. Oxir, soʻng, ket, oyoq, odoq (adoq), nihoya, pirovard, intiho
28. Oxirgi, soʻnggi, keyingi
29. Ozgina, biroz, birpas, oz-moz, picha, sal, xiyol, jindek (jinday, jindak), qittay, jichcha, andak, chizi
30. Ozmoq, oriqlamoq, ozgʻinlamoq
31. Ozod, erkin, hur, sarbast
32. Ogʻir, vazmin, zildek, zil, zil-zambil, zalvarli
33. Oshiq, xushtor, jazman, oʻynash
34. Ochkoʻz, badnafs, ochofat, suq, suq(a)toy, yebtoʻymas, meshqorin, nazari och
@onlineonatili
Milliy sertifikat uchun ruxsatnoma berish boshlandi. Uni Mygov.uz‘dan yuklab olishingiz mumkin.
Читать полностью…Ma‘nodoshlar— "N"
(mening tilim)
1. Nafas, dam, tin
2. Nafis, nozik, latif
3. Naqadar, nechogʻlik, qanchalik, bunchalar
4. Narsa, buyum, ashyo, predmet
5. Narx, baho, qiymat
6. Narxlamoq, baholamoq, narx qoʻymoq
7. Nasihat, oʻgit, pand, maʼviza
8. Natija, oqibat, yakun
9. Navbat, gal, sira, marta
10. Navbatdagi, galdagi, endigi
11. Nayrangboz, loʻttiboz
12. Nashr etmoq, bosmoq, chop etmoq
13. Noaniq, dudmol, nomaʼlum, gumon, notayin, tayinsiz, mujmal, belgisiz, muhmal, mubham
14. Noiloj, nochor, chor-nochor, ilojsiz
15. Nola, nolish, oh, figʻon, faryod, zor, dod, afgʻon
16. Nolimoq, shikoyatlanmoq, shikoyat qilmoq, zorlanmoq, hasrat qilmoq
17. Nolish, nola, shikoyat, hasrat
18. Noloyiq, nomunosib
19. Nom, ot, ism, dovruq
20. Nomiga, yoʻliga, irimiga
21. Nomusli, hayoli, oriyatli, andishali, iboli
22. Noqulay, oʻngʻaysiz, nobop
23. Notavon, nochor, bechora, abgor, aftoda
24. Notinch, betinch, bezovta, besaranjom, algʻov-dalgʻov, toʻs-toʻpolon
25. Novcha, naynov, daroz, uzun
26. Noxush, koʻngilsiz, yoqimsiz
27. Nuqson, ayb, nuqs, qusur, kamchilik, illat
28. Nur, shuʼla, yogʻdu, ziyo
@onlineonatili
Qavs
(mening tilim)
Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun toʻrtinchi holatni koʻrib chiqamiz:
4. Gap ichida asosiy fikrga muallifning subyektiv munosabatini ifodalaydigan kirish soʻz yoki birikma qavsga olinadi:
Muqaddas esa (ajabo!) goʻyo hech narsani sezmas, u nimagadir sevinib, hadeb kular... edi.
(O. Yoqubov)
Birov oʻq borib uning qoʻliga tekkan desa, boshqa birov (Astagʻfirulloh!) naqd oʻziga tekkan deydi.
(E. Aʼzam)
Menga bitilgan xatni ikki kun (ikki kun-a!) saqlab yuribsiz, oʻsha ikki kun mobaynida xayolan ikki yuz ming koʻchaga kirib chiqqanimni tasavvur qilasizmi?
(X. Doʻstmuhammad)
Tuyqus yon tomondan qoʻllarida choʻqmor (ha, ha, rostakam choʻqmor!), korjoma kiygan ikki barzangi sahnaga kirib keldi.
(E. Aʼzam)
@onlineinatili
⚡️Attestatsiya uchun hozirda ikkita guruhda dars bo‘lmoqda.
Birinchi guruhim tinish belgilari mavzusiga kelgan,ikkinchi guruh esa leksikologiya bo‘limida. Qo‘shilib ketishingiz mumkin.
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
Vazir ustamasiga da'vogar ayrim o‘qituvchilarga qayta imtihon o‘tkaziladi
Masʼullarning xatosi, noqulay ob-havo sharoiti va boshqa uzrli sabablarga ko'ra 1-bosqich test sinovlarida 144 nafar nomzod pedagoglar ishtirok etmaganligi maʼlum bo'ldi.
21 kun o‘tdi test o‘tkazilganiga, yana 21 kun kutamiz, shekilli, natijani. Tamom)