onlineonatili | Неотсортированное

Telegram-канал onlineonatili - ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

7644

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ! Onlayn dars : @onlayndarsnatijalarim Badiiy asar: @badiiyasartest Hamkor: @grammarnotes

Подписаться на канал

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Qavs
(Mening tilim)

Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun uchinchi holatni koʻrib chiqamiz:

3. Boshqa tildagi gapning yoki boshqa tildagi muayyan boʻlakning tarjimasi qavsga olinadi:

OK. Continue the fly («Yaxshi. Uchishda davom eting»).
(I. Sulton)
Yes, sir (Xoʻp boʻladi, ser).
(I. Sulton)
Mening birinchi maqolalarim qirgʻiz tilida chiqadigan «Emgek danqi» («Mehnat shuhrati») nomli tuman gazetasida bosilgan.
(A. Meliboyev)

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "J"

(Mening tilim)

1. Jahl, achchiq, qahr, gʻazab, zarda
2. Jala, sel, yomgʻir
3. Janjal, toʻpolon, gʻalva, mojaro, gʻavgʻo, mashmasha, shoʻrish
4. Jarima, shtraf
5. Javramoq, vaysamoq, qaqillamoq
6. Jilmaymoq, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
7. Jimlik, jimjitlik, sukunat, sukut
8. Jingalak, fatila, patila, qoʻngʻiroq
9. Jinni, telba, devona
10. Jirkamoq, hazar qilmoq, yirganmoq
11. Jirkanch, qabih, razil, manfur, zalil, nafratli
12. Joy, oʻrin
13. Joylashmoq, oʻrnashmoq, oʻrinlashmoq
14. Juda, gʻoyat, gʻoyatda, bagʻoyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, oʻtaketgan, toza, rosa, xoʻp, biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, oʻbdan, chandon, zap, koʻp, oʻta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, oʻlgu(n)day, oʻlarday, oʻlarcha, qattiq
15. Juldur, uvada

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bugun 21:00 da @sertifikat_haydarovlar kanalida gʻazal tahliliga bagʻishlangan bepul dars! Siz uchun manfaatli boʻlishiga ishonamiz!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "H"
(Mening tilim)

1. Ha, shunday, balli
2. Hamdard, dardkash, gʻamxoʻr
3. Hamma, barcha, bari, butun, bor, jami, butkul, tamom, bor-yoʻq
4. Hamon, hanuz
5. Hamroh, yoʻldosh, esh
6. Har qancha, harchand, qancha, ming
7. Harom, makruh, iflos, murdor, palid
8. Harorat, temperatura, hovur
9. Harsillamoq, hansiramoq, halloslamoq, entikmoq
10. Hassa, aso
11. Havo, kun
12. Haydamoq, quvmoq, quvlamoq
13. Hayoli, oriyatli, andishali, nomusli, iboli
14. Hayronlik, hayrat, taajjub
15. Hazilkash, hazilvon, tegishqoq
16. Hazillashmoq, hazil qilmoq, tegishmoq, oʻynashmoq
17. Hech, aslo, asti, sira, mutlaqo, zinhor, butunlay, hargiz, taqir, zarracha, zigʻircha, tirnoqcha
18. Hid, boʻy
19. Hidlamoq, iskamoq
20. Hisoblamoq, bilmoq, qaramoq, koʻrmoq, sanamoq, tushunmoq, atamoq
21. Hissa, tegish, ulush, tan
22. Hiyla, nayrang, makr, aldov, firib, dasisa
23. Homilador, ikkiqat, boʻgʻoz, yukli, ogʻiroyoq
24. Hosildor, serhosil, unumdor, serunum
25. Hurmoq, vovillamoq, akillamoq, ulimoq
26. Hurmat, izzat, ehtirom
27. Hurmatli, izzatli, muhtaram
28. Hurmatlamoq, hurmat qilmoq, izzat qilmoq, siylamoq
29. Husn, chiroy, koʻrk, zeb

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

📣 Gʻazal testlarini oson va tez bajarmoqchi boʻlganlar diqqatiga!

🔥 @Sertifikat_haydarovlar kanalida gʻazal testlari tahlili boʻyicha bepul seminar!

👨‍💻 Kimlar uchun?
1) Milliy sertifikat testlarida gʻazal tahlilidan maksimal ball olmoqchi boʻlganlar uchun.
2) Milliy sertifikatni qoʻlga kiritib
50% ustama olmoqchi boʻlganlar uchun!


📁 Seminar rejasi:
1) Gʻazal testlarini tahlil qilish jarayonidagi muammolar va ularga yechimlar.
2) Gʻazal testlarini tez va oson bajarish uchun tavsiya va koʻrsatmalar.
3) Bitta gʻazal testi misolida batafsil tahlil jarayoni.

Seminardan kutilayotgan kafolat:
Gʻazal testlarini zavq bilan bajarish uchun kuchli ishonch!

👨‍💻 Seminarni kim olib boradi?
Muhammad Haydarov

Seminar vaqti
9-mart soat 21:00

👨‍💻 Seminar shakli:
Onlayn video holatda

📍Dars manzil:
@sertifikat_haydarovlar kanali

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalga ulanish:👇
@sertifikat_haydarovlar
@Darynuzb

Ta‘limiy reklama

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "G"
(mening tilim)

1. Gangimoq, dovdiramoq, esankiramoq, garangsimoq, gangiramoq, kalovlanmoq, merovsiramoq, talmovsiramoq, obdiramoq
2. Gapdon, soʻzamol, notiq, gapga chechan, gapga toʻn kiydiradigan, hozirjavob, soʻzga usta, soʻz ustasi
3. Gapirmoq, soʻzlamoq, soʻylamoq
4. Gavda, jussa, tana, savlat
5. Gavdali, jussali, barvasta, norgʻul, qomatdor, barzangi, boʻydor
6. Gina qilmoq, yozgʻirmoq, oʻpkalamoq
7. Gruppa, guruh, toʻda, toʻp, turkum
8. Gul, chechak
9. Gulshan, guliston, gulzor, gulbogʻ, boʻston, chaman, chamanzor, xiyobon
10. Gumon, dargumon, nomaʼlum, noaniq
11. Guvoh, shohid
12. Goʻr, qabr, mozor, lahad, goʻriston, qabriston

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Koʻmkoʻk yoki koʻm-koʻk
(mening tilim)

Kuchaytirilgan shaklda ifodalangan sifatlar chiziqcha bilan yoziladi: koʻm-koʻk, qop-qora, qip-qizil, kap-katta, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorugʻ.

Oppoq soʻzi bundan mustasno.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Maza yoki mazza
(Mening tilim)

Lugʻatlarda mazza soʻzi berilmagan, demak ikkita z bilan yozilishi mumkin emas.

Aslida tovushning bunday ikkilanishi faqat ogʻzaki nutqda sodir boʻladi. Bu kabi fonetik oʻzgarishlar yana boshqa soʻzlarda ham uchraydi: eshak – eshshak, tepasida – teppasida, boshiga – boshshiga, juda – judda.

Shunday qilib, imlo qoidalariga muvofiq:

Mazza ❌
Maza ✅

Mazza qilib ❌
Maza qilib ✅

Mazzali ❌
Mazali ✅

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Chiziqchaning turlari
(mening tilim)

Chiziqchalarning oʻndan ziyod turi boʻlib, bugun eng asosiy uchtasini koʻrib chiqamiz:

1. Defis (-)
Defis — bu soʻzlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft soʻzlar, takror soʻzlar orasida baʼzi qoʻshimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Boʻgʻin koʻchirish uchun ham defis qoʻllanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.



2. Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap boʻlaklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana «em-desh» (ing. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.

Misol:
Til — bu millat gʻururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yoʻnalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.



3. Qisqa tire (oʻrtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo boʻlganiga 10-15 yil boʻldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng boʻlgani uchun «en-desh» (ing. n-dash) ham deyishadi. Raqamli tire deyilishiga sabab esa uning raqamlar koʻlamini ifodalash uchun ishlatilishidir. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan boʻsh joy tashlamay yoziladi.

Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, oʻng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bugun , 20:00 da attestatsiya yangi guruh uchun onlayn darslar boshlanadi. Bizga qo‘shiling.

Murojaat uchun : @otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Betayin soʻzining maʼnodoshlari:

- tayinsiz,
- subutsiz,
- besubut,
- beqaror,
- qarorsiz,
- beburd,
- tuturuqsiz,
- oʻzgaruvchan,
- sabotsiz,
- aynimachoq,
- aynamachi,
- oʻrni yoʻq.


@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Sh. Nurullayeva

Ajoyib esse bo‘libdi.

Esselardan namunalar berib boramiz imtihonga qadar.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Musahhih
(Mening tilim)

Musahhih — bu matnda yoʻl qoʻyilgan imloviy, punktuacion (tinish belgilariga oid) va texnik xatoliklarni toʻgʻrilovchi mutaxassis. 

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Yangi guruh uchun darslar boshlanishiga 2 kun qoldi.

BATAFSIL 👉 /channel/onlineonatili/16920

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️E‘lon

5-martdan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662



Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "K"
(Mening tilim)
Milliy uchun :
@onatilitestlar‘da tayyorlaning.

1. Kabi, singari, yangligʻ, oʻxshash, misoli, bamisoli, misli, degandek
2. Kalta, qisqa, koʻtoh
3. Kam, oz
4. Kambagʻal, qashshoq, bechora, faqir, yoʻqsil, gado, bechorahol, miskin, nochor
5. Kambagʻallik, kambagʻalchilik, muhtojlik, yoʻqchillik, faqirlik, qashshoqlik, bechorahollik, gadolik, miskinlik
6. Kamchil, tanqis, taxchil, kamyob
7. Kamaymoq, ozaymoq
8. Kanikul, taʼtil
9. Kar, garang, karquloq
10. Karra, baravar, marta, hissa, bor, chandon, bora
11. Kasal, betob, notob, bemor, nosogʻ, xasta
12. Kasalmand, dardchil, dardmand
13. Kasal boʻlmoq, kasallanmoq, betob boʻlmoq, betoblanmoq, ogʻrimoq, xasta boʻlmoq
14. Kasb, hunar, kasbkor, ish
15. Kasr, kasofat
16. Katta, ulugʻ, buyuk, zoʻr, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant, bosh
17. Kayfiyat, kayf, avzo
18. Kayfli, huzurli, nashʼali, safoli, gashtli
19. Kekkaygan, gerdaygan, kerilgan, dimogʻdor, kalondimogʻ, kerik, manman, takabbur, mutakabbir
20. Keksa, qari, pir, moʻysafid, oqsoqol, otaxon, onaxon, bobo, buvi, buva, chol, kampir
21. Keksaymoq, qarimoq, qartaymoq, ulgʻaymoq
22. Kelishgan, xushbichim, xushqomat, bejirim, ketvorgan, lobar, tamtam, salobatli, kelbatli, basavlat, savlatli, boʻydor, koʻzga yaqin
23. Kelishmoq, bitishmoq, murosaga kelmoq
24. Kerak, lozim, zarur, darkor
25. Kerakli, zarur, zaruriy
26. Kerilmoq, kekkaymoq, gerdaymoq
27. Kesatiq, kinoya, istehzo, piching, shama
28. Kesmoq, qirqmoq, chopmoq
29. Ket, joʻna, tur, yoʻqol
30. Ketmoq, joʻnamoq, ravona boʻlmoq
31. Keyin, soʻng, soʻngra, innaykeyin, baʼdaz
32. Kecha, kechasi, tun, oqshom
33. Kifoya, yetarli, yetadi, boʻladi, boʻldi, bas
34. Kechikmoq, hayallamoq, uzoqlamoq
35. Kechirim, uzr, afv
36. Kimsasiz, bekimsa, yolgʻiz, bekas, soʻqqabosh, gʻarib
37. Kirish, muqaddima
38. Kirmoq, joylashmoq, oʻrnashmoq
39. Kiyim, ust-bosh, kiyim-kechak, kiyim-bosh, libos, engil, engil-bosh, egin
40. Kulgi, xanda
41. Kutmoq, poylamoq
42. Kuy, tarona
43. Kuch, quvvat, qudrat, mador, majol, darmon
44. Kuchaymoq, zoʻraymoq
45. Kuchli, baquvvat, zabardast
46. Kuchsiz, bequvvat, kamquvvat, nimjon, ojiz, zaif, holsiz, behol, shalviragan, imillagan, lapshaygan, shalpaygan, sudralgan, pol latta, ilmiliq, lapashang, lavand, epashang, boʻshang, landavur, noshud, notavon, soʻtak, boʻsh-bayov, latta
47. Kuchsizlanmoq, zaiflashmoq, holdan toymoq, quvvatsizlanmoq, darmonini yoʻqotmoq, darmonsizlanmoq
48. Koʻk, zangor, moviy, havorang
49. Koʻkarmoq, boʻzarmoq, gezarmoq
50. Koʻklamoq, koʻkarmoq
51. Koʻkrak, koʻks, bagʻir, siyna, toʻsh, oʻmrov
52. Koʻnikmoq, oʻrganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq
53. Koʻnmoq, unamoq, rozi boʻlmoq, yurmoq
54. Koʻp, ancha, talay, sonsiz, sanoqsiz, son-sanoqsiz, behisob, moʻl, serob, beadad, adadsiz, bisyor, bir dunyo
55. Koʻpaymoq, seroblashmoq
56. Koʻpincha, aksar
57. Koʻpchilik, aksar, aksariyat
58. Koʻr, basir, soʻqir, ojiz
59. Koʻrinish, manzara, holat, ahvol, tus, qiyofa, avzo, vajohat, siyoh, turq, aft, bashara, yuz

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Assalomu alaykum, hurmatli kanalim a‘zolari, mana 6 yildirki ushbu kanalni yolg‘iz o‘zim yuritib kelmoqdaman. Shuncha vaqt ichida ko‘plab o‘quvchilarga onlayn shaklda darslar o‘tdim, o‘qituvchilar uchun ko‘plab loyihalar qildim.

Bilasizki, kanal adminlari telegram orqali hech qanday daromad olishmaydi, ular shunchaki ‘hobby‘ uchun kanal yuritishadi. Biz ham shular kabilardek edik.

Gapni cho‘zib yubordim, maqsadga o‘tsam, @onlineonatili‘ni yana ham rivojlantirish uchun ‘donat‘ tizimini uladim. Endi xohlagan obunachi bizni qo‘llab quvvatlashi mumkin.

Donat qilish uchun 👉https://tirikchilik.uz/otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Qavs
(mening tilim)

Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun ikkinchi holatni koʻrib chiqamiz:

2. Gap ichida asosiy fikrga qoʻshimcha sifatida beriladigan maʼlumotni ifodalagan kiritma gap qavsga olinadi:

Oʻsar Hojarga uylangach (uylanganigayam yigirma yildan oshdi), ana shu eski uygacha taqab bir dahliz va bir mehmonxona-yotoqdan iborat boshpana qurib olgan edi.
(Sh. Xolmirzayev)
Ota ishongan odamlar (ular orasida Sarkor ham bor) quvgʻunga tushmasa hali!
(O. Yoqubov)
Matluba indamay xiyobon darvozasiga tomon yoʻnaldi. Samigʻjon xiyobondan chiqishi bilanoq besh panjasini koʻrsatib (bu uning «besh soʻm beraman» degani edi), duch kelgan birinchi mashinani toʻxtatdi.
(O. Yoqubov)
Yana eshitganim (buni menga qishlogʻimizdagi bir mayxoʻr shinavanda asta qulogʻimga shipshib qoʻygan) jin, alvasti aroq ichgan odamdan sal nari yurar ekan.
(A. Meliboyev)

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Qavs

Yozuvda 6 xil holatda qavs qoʻllanadi. Bugun birinchi holatni koʻrib chiqamiz:

1. Gap ichida asosiy fikrga qoʻshimcha sifatida beriladigan izoh, maʼlumotni ifodalaydigan kiritma soʻz yoki birikma qavsga olinadi:

Uni birinchi marta Toʻla aka (T.Xoʻjayev)ning repeticiyasida koʻrganman.
(A. Meliboyev)
Gulya Lagutina ichkaridagi xonada oʻziga oʻxshashib ketadigan (yo armani, yo ozari) bir ayol bilan achomlashib-choʻlpillashib, pichir-pichir qila boshladi.
(E. Aʼzam)
Bunga kaminaning qulogʻida va tevaragida kuchaygan (botiniy va zohiriy) shovqin ham sabab boʻldi-yov.
(E. Aʼzam)
Farhodning taxminicha, kinoga bevosita daxldor bir-ikkitasini aytmasa, davradagilarning aksariyati (kelib-ketuvchilarini ham qoʻshganda) anchayin sanʼat atrofida oʻralashib yuradigan, ammo oʻzini uncha-munchadan kam sanamaydigan omadsizroq bir toifa edi.
(E. Aʼzam)
Bordi-yu, hushyorlik qilinmaganida, qora bozorga kamida 50 ming soʻmlik (oʻsha yillarning bahosida) zahri qotil mahsulot chiqib ketgan boʻlar edi.
(A. Meliboyev)
Jarohat oʻrniga qov (kuydirilgan paxta) qoʻydi.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Test tashkillovchi:
Jamshidbek Abdullayev
Test muallifi:
Furqatjon Mo'minov
Fan: ONA TILI VA ADABIYOTI
Savollar soni: 48 ta
Test kodi: 102359

⏰Test boshlanish vaqti  18:00
⏰Test tugash vaqti         20:00

Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishing:

102359*abcdabcd...
yoki
102359*1a2b3c4d5a...
Manba:
👉 @yigitaliyev_akademiyasi

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️E‘lon

5-martdan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662



Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(mening tilim)
Maʼnodoshlar — "F"

1. Fahm, farosat, did, tamiz, uquv, zehn, idrok
2. Faqat, yolgʻiz, birgina, tanho, xolos
3. Farosatli, zehnli, didli, zakovatli, zukko, zakiy
4. Farq, ayirma, tafovut
5. Farzand, bola, zurriyot, tirnoq
6. Faxrlanmoq, faxr etmoq, gʻururlanmoq, magʻrurlanmoq
7. Foyda, manfaat, sud

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Assalomu alaykum, hurmatli kanalim a‘zolari, mana 6 yildirki ushbu kanalni yolg‘iz o‘zim yuritib kelmoqdaman. Shuncha vaqt ichida ko‘plab o‘quvchilarga onlayn shaklda darslar o‘tdim, o‘qituvchilar uchun ko‘plab loyihalar qildim.

Bilasizki, kanal adminlari telegram orqali hech qanday daromad olishmaydi, ular shunchaki ‘hobby‘ uchun kanal yuritishadi. Biz ham shular kabilardek edik.

Gapni cho‘zib yubordim, maqsadga o‘tsam, @onlineonatili‘ni yana ham rivojlantirish uchun ‘donat‘ tizimini uladim. Endi xohlagan obunachi bizni qo‘llab quvvatlashi mumkin.

Donat qilish uchun 👉https://tirikchilik.uz/otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Barchamizga kelayotgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(MENING TILIM)

Maʼnodoshlar — "E"

1. Ega, xoʻjayin, xoʻja, sohib
2. Ehtiyoj, talab, muhtojlik, zarurat, zaruriyat, hojat, zorlik
3. Ekmoq, oʻtqazmoq, tiqmoq
4. Eplamoq, uddalamoq
5. Erka, arzanda, tantiq
6. Erta, barvaqt, vaqtli
7. Esdalik, yodgor, xotira
8. Eslamoq, xotirlamoq, yodlamoq, yod etmoq, yoʻqlamoq
9. Evaziga, hisobiga, badaliga
10. Ezma, ezma-churuk, mijgʻov, lattachaynar, magʻzava
11. Ezgulik, yaxshilik
12. Eshitmoq, tinglamoq

@ONLINEONATILI

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bugun , 20:00 da attestatsiya yangi guruh uchun onlayn darslar boshlanadi. Bizga qo‘shiling.

Murojaat uchun : @otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ertadan attestatsiya uchun yangi guruh ochmoqdaman. Darslar tezlashtirilgan holda ovozlichat orqali o‘tiladi.

Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "D"
(mening tilim)

1. Dafn etmoq, koʻmmoq, qoʻymoq, soʻnggi manzilga kuzatmoq
2. Dangasa, yalqov, ishyoqmas, tanbal, soyaparvar, takasaltang
3. Dangʻillama, hashamatli, hashamdor, serhasham, muhtasham
4. Daraksiz, bedarak, dom-daraksiz, bedom-darak, nom-nishonsiz, benom-nishon, izsiz, sirli ravishda
5. Dardlashmoq, hasratlashmoq
6. Darmonsiz, bedarmon, majolsiz, bemajol, madorsiz, bemador, quvvatsiz, bequvvat, kamquvvat, kamhafsla, nimjon, zaif, horgʻin, charchagan, toliqqan, dardmand, bechora, chorasiz, bechorahol
7. Darrov, darhol, tez, tezda, bir pasda, bir zumda, bir lahzada, zumda, lahzada, bir deganda
8. Dastlab, dastavval, avval, oldin, boshlab, avvali, avvalboshi, avvalo, boshda
9. Davolamoq, tuzatmoq, qaramoq
10. Daxmaza, dardisar, tiriktovon
11. Daydi, sanqi, sayoq
12. Daydimoq, sanqimoq, sandiroqlamoq, tentiramoq, laqillamoq, salanglamoq, sakillamoq
13. Deyarli, qariyb, hisobi
14. Doim, doimo, hamisha, hamma vaqt, har doim, nuqul, mudom, birday, yakkash, yalang, hadeb
15. Doklab, maʼruza
16. Dongdor, mashhur, nomdor, taniqli
17. Dovruq, dong, shuhrat, shon, nom, ovoza
18. Dunyo, jahon, olam, koinot, borliq
19. Dushman, yov, gʻanim, agʻyor, yogʻiy
20. Dushmanlik, adovat
21. Dushvor, qiyin, mushkul, murakkab
22. Doʻq, poʻpisa, tahdid, davara, dagʻdagʻa, siyosat
23. Doʻst, oshna, ogʻayni, joʻra, oshna-ogʻayni, yor, yor-doʻst, ahbob, habib

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

📝📝Test boshlandi.

‘‘Oltin zanglamas‘‘

Test muallifi:
Sherzod Abduhalimov




Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 101702


Javoblaringizni @e_test3_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

101702*abcdabcd...
yoki
101702*1a2b3c4d5a...

101702#abcdabcd...
yoki
101702#1a2b3c4d5a...

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test3_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ajratib yoziladimi yoki qo‘shib?
(mening tilim)

Agar sonlar harflar bilan yozilsa, qo‘shimchalar odatdagidek so‘zga birikib keladi: beshta, o‘ndan oltigacha, soat uchda.

O‘n dan olti gacha
O‘ndan oltigacha

Agar sonlar raqamlar bilan yozilsa, bu qo‘shimchalar joy tashlanib, alohida yoziladi: 5 ta, 10:00 dan 18:00 gacha, soat 3:00 da.

10:00dan 18:00gacha
10:00 dan 18:00 gacha

@onlineonatili

Читать полностью…
Подписаться на канал