onlineonatili | Неотсортированное

Telegram-канал onlineonatili - ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

7644

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ! Onlayn dars : @onlayndarsnatijalarim Badiiy asar: @badiiyasartest Hamkor: @grammarnotes

Подписаться на канал

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️A harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H va ‘‘X‘‘ ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi.

Aholi
Ahmoq
ahl
ahli
ahyon
ahdnoma
ahd
ahvol
ahamiyat
aha
Ahad
Axloq
axlat
axir
Axborot
Aslaha
arxiv
arvoh
anhor
alhazar
alhamduliloh
Alloh
Alayh
Ajdarho
ablah

Manba ko‘rsatilsin
👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Kift va kaft

👉Kift  – yelka , gavdaning bo'yindan qo'lgacha bo'lgan qismi; yelka.

🔶Masalan: Yana yakka kift bo'lib, darvozadan chiqdi

👉Kaft – qo'l kafti; panja; qo'l.
Qo'lning bilak uchidan barmoqlargacha bo'lgan ichki va oyoq panjasining ostki yaxlit qismi.

🔶Masalan: Me'mor ikki kaftini yozib, yurt qatori o'ziga ham yaxshiliklar tilab, duo o'qib, yuziga fotiha tortdi.

Manba ko‘rsatilsin.
👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ma'nodoshlik hosil qila oluvchi so'zlar Milliy sertifikati nizomi bo'yicha test.

Kalitlari beriladi kechasi!

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin.
(I. Karimov)

Ertaga birinchi Prezident tavallud topgan kun.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Ikki nuqtaning qo‘llanishi
(3-holat)

📌 Bog'lovchisiz qo‘shma gapda keyingi qism oldingi qismdagi olmosh (yoki olmoshga vazifadosh so‘z, gap, odat, narsa, tomon, fikr kabi mazmuni tavsiflanishi lozim bo'lgan so'zlar) bilan ifodalangan yoki ifodalanmagan eganing mazmunini izohlab, aniqlab kelsa, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Faqat shu esida: ertasi kuni ko'zini ochganda, yonida Sobirjon yo'q edi. (A.Qahhor)
◽️Masalan, qadimdan qolgan gap bor: ovchi kiyikdan bitta otishi kerak... (Sh.Xolmirzayev)
◽️Uning g'alati odati bor edi: birov bilan suhbatlashganda, ko'zoynagi bor-yo‘qligidan qat'iy nazar, xuddi ko'zoynak tagidan qaraganday gaplashardi. (Sh.Boshbekov)
◽️Militsiyaga bir narsa qorong'i edi: u tasodifan tushib ketganmi yo o'zini tashlaganmi?! (0 ‘.Umarbekov)
◽️Pishmagan yong'oqning bitta yaxshi tomoni bor: og'ir bo'ladi. (O.Hoshimov)
◽️0 ‘shanda uning xayoliga yomon fikr keldi: mashina xotinini yoki o'zini bosib ketganda nima bo'lardi?
◽️Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko'milgan baland va chiroyli oq imorat; shisha qabzali kulrang eshigida qo'ng'iroq tugmasi bor. (A.Qahhor)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

2024-yil uchun qanday testlar meni kutmoqda?
➖Vazir ustamasi uchun test(fevral);
➖oliy toifa uchun test(aprel);
➖ingliz tili multilevel test(yanvar - o‘tdi)
➖milliy sertifikat test(mart)
➖turk tili (may)

Hozircha ingliz tili testidan o‘tdim ,xolos)

Rejalar qiling,to‘xtab qolmang.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Ikki nuqtaning qo‘yilishi
(2-holat)

📌Tasniflash qoliplari aks etgan gaplarda tasnif asosini ifodalovchi gapdan keyin tasniflangan birliklarni ta'kidlash uchun ikki nuqta qo'yiladi:

🔺Masalan:

Bog'lovchi vositalarsiz birikkan qo'shma gap o‘z tarkibidagi qismlarning munosabati jihatidan ikki xil bo'ladi: 1) teng qismli qo'shma gap; 2) tobe qismli qo'shma gap. (M.Asqarova)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(Mening tilim) 1-qism
Maʼnodoshlar — "S"

1. Sabab, vaj, bahona, bois
2. Sababli, sababdan, tufayli, natijasida, oqibatida, orqasida
3. Sababchi, sababkor, aybdor
4. Sabil, ordona, zormanda, baytalmon, egasiz
5. Sadaqa, ehson, xayr, hadya, nazr
6. Saf, qator
7. Sakramoq, hatlamoq, haklamoq
8. Salomlashmoq, soʻrashmoq, koʻrishmoq, omonlashmoq, salom-alik qilishmoq
9. Sanoqli, hisobli, oʻlchovli
10. Saralamoq, sarxillamoq, xillamoq, saylamoq, tanlamoq, termoq, saraga ajratmoq
11. Saranjom, sarishta, orasta, tartibli, batartib
12. Sarflamoq, sarf qilmoq, xarajatlamoq, xarajat qilmoq, xarjlamoq, xarj qilmoq, chiqim qilmoq
13. Sassiq, badboʻy, qoʻlansa
14. Savol, soʻroq
15. Saxiy, himmatli, saxovatli, hotam, tanti
16. Saxiylik, saxovat
17. Sekin, asta, ohista, sust
18. Sekinlamoq, sekinlashmoq, susaymoq, sustlashmoq, pasaymoq, qaytmoq
19. Sevgi, muhabbat, ishq
20. Sevgili, mahbuba, yor, nigor, dildor
21. Sevinmoq, suyunmoq, quvonmoq, quvnamoq, shodlanmoq
22. Sevmoq, koʻngil qoʻymoq, suymoq, muhabbat bogʻlamoq, yoqtirmoq, yaxshi koʻrmoq
23. Sezgi, his, tuygʻu
24. Sezgir, ziyrak, tuygʻun, hushyor, sergak, tiyrak
25. Sezmoq, tuymoq, his etmoq
@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Tirening ishlatilishi
(oxirgi qism)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi tushib qolgan hollarda ikki gap vergul bilan ajratilib, ikkinchi gapdagi egadan keyin tire qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️To‘rg‘ay dashtda kuylar, bulbul - chamanda. (LMirzo)
◽️Oltin o'tda bilinadi, odam - mehnatda. (Maqol)
◽️Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod. (Maqol)

📌Ko'chirma gapli qo'shma gaplarda muallif gapidan oldin tire qo'yiladi .

🔻Masalan:

◽️Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dеdi ota, – kеlajak uchun mustahkam poydеvor vazifasini bajaradi.


📌Dialoglar ketma-ket bir qatorda emas, balki ulaming har biri alohida abzas shaklida yangi qatordan berilsa, so’zlovchi oldidan tire qo'yiladi:
- Jadiding nimasi? Nima degan gap o‘zi?
- Maktabini yoptirgan vaqtingizda aytib bergan edim-ku.
- Esda qolgan deysanmi?
- Jadid degani «yangi» degani bo'lsa kerak. Yurt orasida yangilikni rasm qilarmishlar... Yangi o‘qish, yangi maktab, yangi urf-odat, yangi kiyim
- har narsa yangi... - Eskicha bo'lsa, kimga zarari tegar ekan?
- Unisini bilmadim... Ishqilib, jadidlarning qasdi shu emish... (Cho'lpon)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Attestatsiya sanalari bo‘yicha ayrim kanallar tomonidan e‘lon qilingan sanalar boshqa yillarniki ekanligi ma‘lum qilindi. Qachon bo‘lishi haqida xabarlar rasman e‘lon qilingandan so‘ng kanalimizda bu haqida o‘qishingiz mumkin.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bir obunachimiz nomustaqil to‘ldiruvchi haqida so‘rabdilar.

O‘xshatish orqali javob:

To‘ldiruvchi bu - siz. Do‘stingiz esa kesim.

Agar siz do‘stingiz bilan hech qanday vositasiz ,ya‘ni telefon ,sms,xatsiz yuzma-yuz muloqot qilsangiz yuzaga keladigan hodisa bu - mustaqil to‘ldiruvchi.

Aksincha, sms , xat , telefon orqali gaplashsangiz , nomustaqil  to‘ldiruvchiga aylanasiz.

Masalan:  Kitobni o‘qishni unutma .

Gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi bo‘lak kesim vazifasidagi fe‘lga emas. Boshqa vazifadagi fe‘lga bog‘lanishi orqali NOMUSTAQIL TO‘LDIRUVCHI yuzaga keladi. Yuqoridagi gapda kitob so‘zi o‘qishga bog‘lanib nomustaqil  , o‘qish esa mustaqil bo‘lib kelmoqda.

Eslab qolish kerakki, barcha gap bo‘laklari kesimga baribir bog‘lanadi. Nomustaqillar ham  , albatta  , faqatgina boshqa bo‘lak yordamida bog‘langani uchun u nomustaqil deb yuritiladi.

Yangi darsliklarda ushbu ma‘lumotlar bo‘lmasa ham  , eski variant testlarida kelishi mumkin.

Ashnaqa gaplar...

#Otabek_Tolaganov

Manba ko‘rsatilsin!
👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Tovlanmoq va toblanmoq

Ushbu ikki so‘z bir- biriga paronim hisoblanadi.

Tovlanmoq - muayyan bir tusda jilvalanmoq; yarqiramoq degan ma‘nolarni anglatadi .
Masalan, oltin tovlanardi.

Tobla(n)moq -  Taftiga, alangasiga tutmoq, qizdirmoq. Ko‘rib turganingizdek ushbu so‘z toblamoq  + -n  nisbat qo‘shimchasi holida tovlanmoq so‘ziga paronim bo‘ladi.
Masalan, quyoshda toblanib yotgan Yo‘lchi vaqt o‘tganini bilmay qoldi.

Manba ko‘rsating!
👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️ Ikki nuqtaning qo‘llanishi
(5-holat)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gapda keyingi qism oldingi qismda ifodalangan voqea-hodisaning sababini bildirsa (ikki gap orasiga chunki bog'lovchisini qo'yish mumkin bo'lsa), oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Soat 12 da institutda bo'lishim kerak: (chunki ) darsim bor. (Sh.Xolmirzayev)
◽️O'zingga qiyin bo'ladi: uchta bolang bor, qo'lingda hunaring yo‘q... (A.Qahhor)
◽️Pakavira quvonib ketdi: ikki man oltin hazilakam boylik emas, bunga yangi bir kema sotib olish mumkin! (P.Qodirov)
◽️Lekin ancha vaqt shaharda qolib ketdim: Yakkachinorga boradigan bironta ham mashina yo‘q edi. (O'.Umarbekov)
◽️Yanglishasiz: men ko'klarga berkingan Yer qizidan xayolimni olmaymen. (Cho'lpon)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ma'nodosh so'zlar kaliti

1. kechirmoq
2.  bosh
3. ko'rmoq
4. toza
5. cho'kmoq
6. saxiy
7. Tez
8. sodda
9. o't
10. ochmoq
11. olmoq
12. yumshoq
13. qattiq
14. iliq
15. zarar
16. dil
17. yuz
18. tosh
19. og'ir
20. shirin

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Ikki nuqtaning qo‘llanishi
(4-holat)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gapda keyingi qism so‘roq shaklidagi gapdan iborat bo'lib, oldingi qismdagi ifodalangan yoki ifodalanmagan to'ldiruvchining maz- munini ochishga xizmat qilganda, oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo'yiladi:

🔺Masalan:

◽️Lekin men bir narsani o'ylab qoldim: bolangni nima qilasan? (A.Qahhor)
◽️Endi sizdan shuni ham so'rayin: xo'jasig'a sodiq bir qul, sizning ta'biringizcha, ma'naviy bir padar o‘z o'g'lig'a yomonlik sog'inarmi? (A.Qodiriy)
◽️Xudoyimni o'rtaga qo‘yib ayting: astoydil do'stmisiz? (Cho'lpon)
◽️Aytaman-u o'ylayman: onaning yosh-qarisi bo'ladimi? (0'.Hoshimov) ◽️Siz ham yotig'i bilan gapirib bering: nimaga tashqaridan kirar-kirmas, Zebini so'radingiz? (Cho'lpon)
◽️Endi bir boshdan gapirib ber: kim nima dedi, nima qildi? (Sh.Boshbekov)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Test_Tahlil

Quyidagicha tahlil qilamiz:
Sodda yasama so‘zlar:
sharr-os~taqliddan ot;
toza-la~sifatdan fe'l;
larza-kor~otdan sifat;
jo‘sh-qin-lik~fe'ldan sifat, sifatdan ot.

savolda yetakchi morfemalar so‘ralmoqda: taqlid, sifat, ot, fe'l.

D✅✅✅✅✅✅

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Otabek Tulaganov


Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 95326


Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

95326*abcdabcd...
yoki
95326*1a2b3c4d5a...

95326#abcdabcd...
yoki
95326#1a2b3c4d5a...

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test2_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Ikki nuqtaning qo‘yilishi sababi :
(Birinchi holat)

📌1. Muayyan fikr-mulohaza, hukm, ilmiy ta'rif, qoida kabilarni ifodalovchi gaplardan keyin ayni fikr-mulohaza, hukm, ta'rif, qoidalarning to'g'riligini asoslash uchun keltirilgan birdan ortiq daliliy faktlarni ta'kidlab ko'rsatish maqsadida ikki nuqta qo'yiladi:
🔻Masalan :

◼️U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bolaklardan iborat bo'ladi: Saida kuldi. Qalandarovning ko'zlari olayib ketdi. (A.Qahhor) Tong. Havo salqin. Yumshoq shamol mayingina esib turibdi. (A.G‘ulomov)
▫️ Ba'zan bunday hollarda mazkur gaplardan keyin masalan, misol, dalil, chunonchi kabi so'zlar qo'llanishi mumkin, bunda ikki nuqta ayni so'zlardan keyin qo'yiladi: U (gap) ega va kesimdan yoki ega-kesim va ikkinchi darajali bo'laklardan iborat bo'ladi. Masalan: Saida kuldi. Qalandarovning ko'zlari olayib ketdi. (A.Qahhor) Tong. Havo salqin. Yumshoq shamol mayingina esib turibdi.

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🎲 “X harfi
@onlineonatili testi
🖊 35 ta savol · ⏱ 30 soniya

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ma‘nodoshlar lug‘ati

👉A
👉A 2
👉A 3
👉B
👉D
👉E
👉F
👉G
👉H
👉J
👉K
👉M
👉N
👉O
👉P
👉Q
👉R

Ustiga bosish orqali topish mumkin. Harflar ko‘payib boradi.

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "R"
(Mening tilim)

1. Rahmsiz, berahm, shafqatsiz, qahrli, zolim
2. Rivoj, taraqqiy, taraqqiyot, ravnaq
3. Rivojlanmoq, taraqqiy etmoq, oʻsmoq, yuksalmoq
4. Rohat, huzur, maza, lazzat, safo, kayf
5. Rohatlanmoq, rohat qilmoq, huzurlanmoq, huzur qilmoq, maza qilmoq, lazzatlanmoq, lazzat qilmoq
6. Rost, toʻgʻri, chin, haq, haqqoniy, ochiq
7. Rostdan, chindan, haqiqatan, darhaqiqat
8. Rostgoʻy, haqgoʻy, haqiqatgoʻy, rostchi
9. Ruxsat, ijozat, rozilik, javob, izn

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️6-fevraldan ATTESTATSIYA uchun yangi guruh ochilmoqda

Xabaringiz bo‘lsa kerak, yanvar-fevral oylari hujjat topshirish,mart-aprel oyida test jarayonlari bo‘lishi aytildi. Shu sababli hozirdan tayyorgarlikni boshlash maqsadga muvofiq.

Darslarimiz rejasi:

👉Ikki kun ona tili, bir kun adabiyot.
📊Haftalik attestatsiya qolipidagi testlar.
📈Test ishlash koʻnikmasi, testlar tahlili.

⌛️24 soat davomida ustoz bilan muloqot orqali fan yuzasidan koʻplab savollaringizga javob topasiz.
Qoʻshilish istagida boʻlganlar
@Otabeeeeeeek‘ga murojaat eting.

⏰Darslar 10-fevraldan boshlanadi.
💳To‘lov : 200 ming so‘m
👨‍💻Ustoz : Otabek To‘laganov

NAMUNA DARS👉/channel/onlineonatili/16662

NAMUNA DARS 👉2/channel/onlineonatili/16677

Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Tirening ishlatilishi
(davomi)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida payt munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan:
◽️ Arava notinch bo'ldi - qo'shquloqdagi sut chayqaladi, to'kiladi. (A.Qahhor)
◽️Yon tarafdagi salobatli eshik ohista ochildi - yordamchi kerakli qog'ozlarning barchasini olib kiradi. (A.Toshmatov)
◽️Chala-chulpa u gapirdi - men angladim, chin ko‘ngildan men gapirdim - u angladi. (Cho'lpon)


📌Bog'lovchisiz qo'shma gapning ikkinchi qismi izoh, ilova xarakteriga ega bo'lsa, ular orasiga tire qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️ Esladi - u sevgilisi Layli haqida gapirgandi. (NJaloliddin)
◽️Uning sarkash fe'li bor edi - birovning o'ziga bo'lgan munosabatining ma'nosini oydinlashtirmaguncha tinchimasdi. (N.Jaloliddin)

👉 @onlineonatili 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал