H (2-qism)
Hamroh
hamon
hamla
hamkor
hamisha
hamin
Hamida
hamza
hamyon
Halqum
halqa
halokat
haligi
halvo
hay‘at
Hayf
hayron
❗️Eng ko‘p keladiganlari tanlab olinmoqda
@onlineonatili
📍30 talik testni ishlab qo'yinglar .
Ertaga javoblarini kanalga joylaymiz.
✅ BMBA test
👉 @yigitaliyev_akademiyasi
@onlineonatili
Manba saqlansin:
@onatilitestlar
Matn (Ba‘zi savollarda birdan ortiq javob bo‘lishi mumkin)
QIZIL PANDALAR
Ko‘pchilik qizil pandalar haqida eshitmagan bo‘lsa, ajab emas. Negaki bu momiq, yoqimtoy hayvonlar kamayib ketmoqda.(1) Pandalrning o‘rtacha umri 10-15 yildan oshmaydi. Ular qizg‘ish mo‘yna, niqobli yuz va momiq dumga ega.(2) Kattaligi ham uy
mushukidek.(3) Bu ajoyib hayvonlar Himoloy tog‘larining janubi-sharqida deyarli 4000 metr balandlikda hayot kechiradi. Qizil pandalar quruq, issiq iqlim sharoitida yashay olmaydi. Ularga harorat +25 darajadan yuqori bo‘lmagan joylar ma’qul keladi.
Qizil pandalar yenotlarning uzoq qarindoshlari bo‘lib, ko‘p vaqtini daraxtlarda o‘tkazadi va vegetarian tarzda oziqlanadi. So‘nggi yillarda qizil pandalar populyatsiyasi sezilarli darajada pasaygan.(4)
Himoloy tizmalarida ularning soni uchdan bir qismga kamaydi. Bu esa ularni xavf ostidagi va yo‘qolib
borayotgan turlar sifatida qayd etilishiga olib keldi.
Ekologlar ta’kidlashicha, bu kamayishning asosiy omillari quyidagilar:
– mo‘ynasi uchun ovlanishi;
– o‘rmonzorlarning keskin qisqarib, daraxtlarning kesilishi;
– xonaki itlar keltirib chiqargan kasalliklar.
Shuningdek, iqlim o‘zgarishi ham qizil pandalarning kamayishiga olib kelmoqda.
18.Matn mazmunida aks etgan ma’lumotni aniqlang.
A)Qizil pandalar quruq, issiq iqlim
sharoitida yashaydi.
B)So‘nggi yillarda qizil pandalar populyatsiyasi sezilarli darajada ortgan.
C)Qizil pandalar mushuklarningu uzoq qarindoshlaridir
D)iqlim o‘zgarishi qizil pandalarning kamayishiga olib kelmoqda
19.Matn mazmuniga mos to‘g‘ri
shakllantirilgan gapni aniqlang.
A)Ular tishlari uchun ovlanishgan
B)Ularning umri 10 - 15 yilni tashkil etadi
C)Ularga harorat +25 darajadan yuqori bo‘lgan joylar ma’qul keladi
D)Ko‘p vaqtlarini yerda o‘tkazadi.
20. Raqam bilan ko‘rsatilgan qaysi gapda imloviy xatolik bor?
A)1 B)2 C)3 D)4
21.Qaysi ma‘lumot pandalarning yo‘qolishiga asosiy omil emas?
A)mo‘ynasi uchun ovlanishi
B)xonaki itlar keltirib chiqargan kasalliklar
C)o‘rmonzorlarning keskin qisqarib, daraxtlarning kesilishi
D)iqlim o‘zgarishi
22.Tinish belgilarining qo‘yilish sababi noto‘g‘ri izohlanganini aniqlang.
A)Ko‘pchilik qizil pandalar haqida eshitmagan bo‘lsa, ajab emas. Ushbu gapda vergul modal so‘zni ajratish uchun ishlatilgan.
B)Shuningdek, iqlim o‘zgarishi ham qizil pandalarning kamayishiga olib kelmoqda.Ushbu gapda vergul modal so‘zni ajratish uchun ishlatilgan .
C) – mo‘ynasi uchun ovlanishi;
– o‘rmonzorlarning keskin qisqarib, daraxtlarning kesilishi;
– xonaki itlar keltirib chiqargan kasalliklar. Ushbu gapda tire bog‘lamasiz ot kesim bo‘lgani uchun qo‘yilgan.
D)Ular qizg‘ish mo‘yna, niqobli yuz va momiq dumga ega. Ushbu gapda vergul uyushiq bo‘laklarni ajratish uchun ishlatilgan.
Kalitlar ,albatta,beriladi. Ishlab qo‘ying.
Manba saqlansin:
👉@onatilitestlar
Milliy uchun imlo testi rukni davom etadi. Harflar soni ko‘paymoqda. Ishlang. Keyin afsuslanib qolmang.
Ch harfi 1
sh harfi 1
sh harfi 2
O‘ harfi
Z harfi
Y harfi
X harfi
V harfi
U harfi
T harfi
A harfi 1-variant
A harfi 2-variant.
E harfi
B harfi 1-variant
B harfi 2-variant
D harfi
D harfi 2
F harfi
L harfi
M harfi
Q harfi
R harf
T harfi
V harfi
X harfi
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 1
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 2
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 3
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 4
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 5
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 6
@onlineonatili
Ma‘nodoshlar lug‘ati
👉A
👉A 2
👉A 3
👉B
👉D
👉E
👉F
👉G
👉H
Ustiga bosish orqali topish mumkin. Harflar ko‘payib boradi.
@onatilitestlar
BADIIY ASAR📓📘📃🖋🖊
‘‘Sohibqiron‘‘
1. ‘‘Men shahri Keshdan. Otam sizga sarboz bo‘lgan. Dehli jangida shahid ketgan.‘‘ ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasidagi ushbu parcha kimga tegishli?
🔖Qosimbek👨
2. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida Maryam ismli nasaron qizni nikohiga olgani uchun islom yo‘rig‘ini buzgan obraz kim?
🏷 Boyazid👨
3. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida kim Amir Temurdan o‘lpon to‘lashni talab qilib maktub yozadi?
🔖Chin elchilari💂♀️💂♂️💂♀️
4. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida eng mohir shatranj ustasi kim?
🏷Alovuddin👨
5. Qaysi obraz o‘z ismining ma‘nosini bilmagani sababli shoh huzuridan haydaladi?
🔖Borchiq👴
6. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida kim Amir Temurdan ‘‘ sen hayotingda besabab qon to‘kkanmisan?''- deb savol beradi?
🔖Ahmad Yassaviy👴
7. ‘‘Agar kimki shubha qilsa shavkatimizga
Oqsaroyni borib ko'rsin!". Ushbu musralar qaysi asardan olingan?
🏷 ‘‘Sohibqiron‘‘
8. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida: ‘‘Gohi-gohi xayolimdan o‘tar yoshligim,
Sahrolarda sarson bo‘lib yurgan kezlarim,"- degan va vosvosga uchragan obraz kim?
🏷 Ibn Arabshoh👴
9. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida Amir Husayn madrasaga yashiringanida uni kim tanib qoladi?
🏷Kayxusrav👴
10. ‘‘Odamzodni bir daqiqa bejilov qo‘ysang
G‘ajib tashlar, yeb bitirar bir-birlarini.‘‘ Ushbu misralar qaysi asardan olingan?
‘🔖‘Sohibqiron‘‘
11.Amir Temur uchun masjid qurgan va uning ‘‘tovuq katagi‘‘ dek ekanligi uchun quvg‘in qilingan obraz kim?
🔖Mahmud
Dovud👴
12. Amir Temur uchun Sarandibdan o‘rmon shohi-sherni toyona sifatida keltirgan kim?
🏷 Borchiq👴
13. Abdulla Oriopovning "Sohibqiron‘‘ dramasi nechta parda?
🔖 5 pardali she‘riy drama
14. Amir Temur '‘Qul ko‘p- sen yolg‘iz!‘‘ -deya aynan kimga murojaat etadi?
🔖👨Sartaroshga
15. ‘‘Sartaroshga bosh egar, ha, jahongirlar ham,
Boshqalarga egilishdan asrasin Xudo!". Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
🔖"Sohibqiron"
16. " Boshlangan har hikoyatning oxiri bordir...‘‘, " Umr chopog‘on!" kabi misralar qaysi asardan olingan?
🏷"Sohibqiron"
17. ‘‘Sijistonda yog‘iy meni yaralagandi,
Ajab holkim, o‘shanda sen malham qo‘yganding, Eslaysanmi shuni...‘‘ -deya Amir Temur kimga murojaat qiladi?
🏷Amir Husayn👴
18. <<Nafsim meni yo‘ldan urib xor ayladi.
Termultirib xaloyiqqa zor ayladi>>. Ushbu misralar kimga tegishli?
🔖Ahmad Yassaviy👴 hikmati
19. ‘‘Sohibqiron‘‘ dramasida o‘z-o‘zini halok qilgan obraz kim?
✅🔖Uljoy Turkon👸
20. <<Suruv bitta bo‘lsa agar, cho‘ponlar soni qisqargaydir!>>. Ushbu misra qaysi asardan olingan?
🔖‘‘Sohibqiron‘‘
Eslatma : o‘qish uchun ‘Sohibqiron ‘ asari tanlandi. 10 kun vaqt ajratiladi,ya‘ni 14- dekabrdan 24-dekabrgacha
Asar audiosi va fayli 👉/channel/badiiyasartest/5679?single
@badiiyasartest
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "H"
(Mening tilim)
1. Ha, shunday, balli
2. Hamdard, dardkash, gʻamxoʻr
3. Hamma, barcha, bari, butun, bor, jami, butkul, tamom, bor-yoʻq
4. Hamon, hanuz
5. Hamroh, yoʻldosh, esh
6. Har qancha, harchand, qancha, ming
7. Harom, makruh, iflos, murdor, palid
8. Harorat, temperatura, hovur
9. Harsillamoq, hansiramoq, halloslamoq, entikmoq
10. Hassa, aso
11. Havo, kun
12. Haydamoq, quvmoq, quvlamoq
13. Hayoli, oriyatli, andishali, nomusli, iboli
14. Hayronlik, hayrat, taajjub
15. Hazilkash, hazilvon, tegishqoq
16. Hazillashmoq, hazil qilmoq, tegishmoq, oʻynashmoq
17. Hech, aslo, asti, sira, mutlaqo, zinhor, butunlay, hargiz, taqir, zarracha, zigʻircha, tirnoqcha
18. Hid, boʻy
19. Hidlamoq, iskamoq
20. Hisoblamoq, bilmoq, qaramoq, koʻrmoq, sanamoq, tushunmoq, atamoq
21. Hissa, tegish, ulush, tan
22. Hiyla, nayrang, makr, aldov, firib, dasisa
23. Homilador, ikkiqat, boʻgʻoz, yukli, ogʻiroyoq
24. Hosildor, serhosil, unumdor, serunum
25. Hurmoq, vovillamoq, akillamoq, ulimoq
26. Hurmat, izzat, ehtirom
27. Hurmatli, izzatli, muhtaram
28. Hurmatlamoq, hurmat qilmoq, izzat qilmoq, siylamoq
29. Husn, chiroy, koʻrk, zeb
@onlineonatili
1.b 2.b 3.b 4.b 5.c 6.a 7.b 8.c 9.c 10.d 11.b 12.c 13.a 14.d 15.c 16.c 17.b 18.d 19.d 20.b 21.b 22.a 23.a 24.c 25.a 26.b 27.c 28.c 29.b 30.a
Читать полностью…‘Jimjitlik‘ asari bo‘yicha test bir yarim soatdan keyin boshlanadi.
A‘zo bo‘ling. 👉 @badiiyasartest
⚡️F harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H‘ va ‘‘X‘‘ ‘ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi
Fohisha
fotiha
fiqh
fotih
filhol
filhaqiqat
Fahsh
faxr
fatha
Fath
Farhod
Manba ko‘rsatilsin
👉@onlineonatili
1.d 2.a 3.d 4.d 5.b 6.a 7.d 8.c 9.a 10.d 11.a 12.b 13.d 14.a 15.a 16.d 17.d 18.a 19.c 20.b 21.c 22.c 23.c 24.d 25.c 26.a 27.c 28.c 29.b 30.c 31.c 32.b 33.a 34.d 35.c
Milliy sertifikat kalitlari
📝📝Test boshlandi.
Test muallifi:
Abdullayev Jamshidbek
Fan: ONA TILI VA ADABIYOT.
Savollar soni: 35 ta
Test kodi: 87668
⏰Test boshlanish vaqti 9:10
⏰Test tugash vaqti 19:00
Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:87668*abcdabcd...
yoki87668*1a2b3c4d5a...
Manba👉 @yigitaliyev_akademiyasi
@onlineonatili
Лотин алифбоси ислоҳоти ҳақида
Бир неча йиллардан буён муҳокама қилиниб келаётган лотин алифбосини ислоҳ қилиш бўйича масала бугун яна бир бор кўтарилди. Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева алифбодаги ноаниқликлар сабаб давлат, миллат номи хато ёзилаётганига урғу қаратди ва бу масалага қатъий нуқта қўйиш кераклигини таъкидлади.
Қандай ўзгаришлар таклиф қилинмоқда?
Жорий йилнинг сентябрь ойида берилган сўнгги таклифга кўра, алифбодаги О‘ ҳарфи Õ га, Gʻ ҳарфи Ğ га, Ch эса С га ва Sh ҳарфи эса Ş га ўзгариш кўзда тутилганди.
О‘ ва Gʻ ҳарфининг ўзгартирилиши алифбо ислоҳотларининг энг муҳим қисми ҳисобланади. Чунки бу ҳарфларни ёзишда мураккабликлар мавжуд, айниқса компьютер клавиатурасида биргина ҳафрни тўғри ёзшининг ўзи бир неча процессларни ўз ичига олади. Õ ва Ğ ҳарфларини жорий қилиш орқали бу муаммони бартараф этиш мумкин. Ch ва Sh ҳарфлари эса аслида О‘ ва Gʻ каби муаммоларни келтириб чиқармасада, улардан фойдаланишда ҳам айрим муаммолар мавжуд. Мисол учун mashhur, is'hoq yoki as’hob сўзларини ёзишда улар ш деб талаффуз қилинмаслиги учун қўшимча апостраф қўйиш талаб қилинади.
Мутахассислар бу борада нима дейди?
Нодир Жонузоқ: «О‘ ва Gʻ ҳарфларидаги тескари апострафни ёзиш жуда мураккаб, бу дастур ва лўғатларда қўшимча ноқулайликлар туғдиради».
Шуҳрат Сирожиддинов, Ўзбек тили ва адабиёти университети ректори, профессор: «Ҳозир биз алифбо масаласини ҳал қилмасдан оммавий саводсизлик юзага келишига сабабчи бўлиб қолмоқдамиз. Биз қачон тўғри ёзишни ўрганамиз? Қачонки, нормал алифбо тасдиқланса! Тўғри ёзиш қоидаларини яратмасдан туриб, саводсизликдан қутула олмаймиз».
Зулхумор Холмонова, филология фанлари доктори: «Ş ва Ҫ ҳарфлари бир хил ёзилиши керак. Мен Ch ҳарфи учун C белгиси ишлатилишига қаршиман. Ş ва Ҫ ҳарфлари бир хил қўшимчага эга бўлиши керак»
Davletov.uz
@onlineonatili
Bugun 21:00 da Milliy sertifikat uchun namunaviy DTM darajasidagi test bo‘lib o‘tadi.
Kanalga a‘zo bo‘ling. Shaxsiy tavsiya.
👉 @habelonatili
Akrom Malikka javob A.QODIRIY bo‘yicha maqolaga:
Adabiyotshunoslik diniy sentralizm xavfi ostida!
Hazilni bir chetga surib, biroz mushohada qiladigan bo’lsam, umuman adabiyot va adabiyotshunoslik borasida biroz qo’rquvlarim yo’q emas.
So’nggi yillarda adabiyotshunoslikda diniy sentralizm borgan sayin chuqurroq ildiz otyapti. Fanning asosiy o’lchov mezonlari, metodologiyasi bir chetda qolib diniy dunyoqarash bilan tahlil qilishga urinish va uni yoqlashlar ko’zga tashlanib qolyapti. Masalan, W da Alloh kalomi iztifoda etilgani va buning natijasida Shekspir shaxsiyati hamda asarlariga islomiy qiyofa berilgani haqidagi psevtoilmiy qarashlar taniqli ustoz olimimiz tomonidan ilgari surilgandi.
Bundan oldinroq o’zbek adabiyotidagi nodir fenomen Fitrat shaxsiyati va diniy qarashlari olimlarimizni ikkiga bo’lganini barcha biladi. Bir tomon Fitratni ateistga chiqargan bo’lsa, boshqa tomon zamona zayli tufayli o’zini shunday ko’rsatganligini, asarlaridagi diniy motivlarni ramz o’laroq talqin qilishga bizni chorlagandi.
Bugun esa Qodiriy shaxsiyati va asarlariga otilayotgan toshlar meni ajablantirmadi. Chunki tanqid hamisha bo’lgan va bundan keyin ham bo’ladi. Adashmasam, Qodiriy asarlariga o’tgan yili Ilhom Salimov ham tanqidiy yondashib ko’rgan edi. Ammo Akrom Malikning yondashuvi anchayin xavfli. Chunki u Ilhomdan farqli ravishda asarni diniy sentralizm tomonda turib tahlil qilyapti. Yevrosentralizmdan aziyat chekkan sharq olimlari bugun islomosentarlizmni yoqlab chiqayotganlari meni ajablantirmoqda.
Adabiyotning o’z qonuniyatlari o’z me’zonlari bor!
Bir vaqtlarda islom dinini oddiy xalq orasida keng targ’ib qilish uchun adabiyotdan yordam olganlar, bugun o’sha din bilan adabiyotni ”bo’g’ishi” va cheklashi kamida nohaqlik. Adabiyot dinni o’zida akslantiradi, ammo adabiyot din emas.
Men har qanday sentralizmga qarshiman, markazda faqat HAQIQAT turishi tarafdoriman. Shundagina olim xolis va teran qaray oladi. Biroq haqiqat shunday nozik hodisaki, u hech qachon bir tomonga mutlaq og’maydi.
P.S: Agar e’tiqodingiz teran firklashingizga yoki haqiqatni ayta olishingizga yo’l bermasa, yaxshisi adabiyotshunos emas dinshunos bo’la qoling.
Dilbar Haydarova
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
@onlineonatili
🎲 “10- sinf ona tili testini ishlash uchun @onlineonatili‘ kanaliga obuna bo‘ling.”
Tez orada video darslar bu sinfdan ham start oladi. (Otabek To‘laganov ) testi
🖊 30 ta savol · ⏱ 30 soniya
📣‘Bilasizmi, yo‘qmi? H va x degan yaramaslar haqida ?!
Ulardan har doim kamida bitta savol tushgan Davlat imtihonlarida. Bu majburiy va asosiylar uchun birdek. Shu sababli ‘H‘ va ‘X‘ qatnashgan lug‘atdan har kuni berib borishni aytgandim. Bugun "H" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati bilan tanishamiz:
H harfi (1-qism)
Birinchi so‘z ‘ha‘ so‘zi. Ko‘plar adashadi ushbu so‘zda. Iltimos, e‘tiborli bo‘ling.
ha
hab (~ dori)
habata
habash
habashbashara
habashiy
habashlar #etnonim
habba
habib
havas
havaskor
havz
havza
havo
havodis
havodor
havoza
havoisitkich
havoyi
havol
havola
havolamoq
havolanish
havoli
havolanmoq
havomuolaja (aeroterapiya)
havon
havonasos
havorang
havoriylar #diniy
havosiz
havotozalagich
havofiltr
havoshi (hoshiyalar)
havooʻtkazuvchan
havohaydagich
had #matematika
had (chegara)
hadang
hadaf
hadaha
hadeb
hadeganda
hademay
hadik
hadis #diniy
hadis (ustalik)
hadli
hadoyo #mumtoz_adabiyot
hadsiz
hadsiz-hisobsiz
hadya
hadya-inʼom
hadyanoma
hadyasiz
had-hisob
had-hisobsiz
had-hudud
hayo
hayo-ibo
hayoli
hayon
hayosiz
hayot
hayotan
hayotbaxsh
hayotiy
hayot-mamot
hayotcha (tomorqa)
hayotchan
haj
hajar (tosh)
hajv
hajviyot
hajviy
hajviya
hajiqiz
hajli
hajm
hajman
hajmdor
hajmiy
hajmli
hajr
haz
hazaj
hazar
hazil
hazilakam
hazilvon
hazil-huzul
hazin
haziniyat
hazin-hazin
hazir
hazira
hazm
hazmi taom
hazmtomoq
hazmchan
hazor (bulbul)
hazor (ming)
hazoralar #etnonim
hazorasplik
hazor-bahazor
hazorbogʻlik
hazoron
hazor-hazor
hazrat
hay #undov_soʻz
hay (tirik)
haybarakalla
haybat
hayvon
hayvonvash
hayvoniy
hayvonot
haydagich
haydagudek
haydalish
haydalma #sifat
haydalmoq
haydamoq
haydar
haydariylar #diniy
haydarkokil #zoologiya
haydatuv
haydash
haydash-huydash
hayda-hayda
haydahaydachilik
haydov
haydovul #etnonim
haydovchi
hayyo
hayyolamoq
hayyo-hayt
hayyo-huv
hayyo-huyt
hayz
hayinchak
hayinchalak
hayit
hayitqora #etnonim
hayitqora #botanika
hayiqish
hayiqmoq
hayiqtirmoq
hayiquv
haykal
haykalona
haykaltarosh
haykalcha
hayrat
hayratangiz
hayratbaxsh
hayratlanuv
hayratomuz
hayratsiz
hayron
hayrona
hayronqolarli
hayt #undov_soʻz
haytovur
hayto-hayt
hayt-huyt
hayf
hayfki
hayfsan
hayfsinuv
hayʼat
hayʼatshunos #falakiyot
hayqirib-hayqirib
hayqirish
hayqiriq
hay-hay
hayhaylamoq
hayhaylov
hayhaysuron
hayhaychi
hayhot
hayhotday
hayhotchi
hay-huv
hay-huy
hakalak va hakkalak
hakam
hakachaklamoq
hakachalamoq
hakillamoq
hakillash
hakim
hakima
hakimona
hakka
hakka-dukka
hakkalak
hakkalakam
hakkalakam-dukkalakam
hakkam-dukkam
hakkar
hakkari
hakkarkovush
hakkok
hak-hak
hakhaklov
hal (boʻyoq)
hal (yechimga ega)
hala
halak (ovora)
halak (oʻyin)
halala
halala-hashtu
halvo
halvogar
halvoyitlar va holvaytar
halvopaz
halvofurush
haldor (boʻyoqli)
hali
hali-beri
haligacha
haligi
haligiday
haligidaqa
haligina
halidan-hali
halizamon
halila
halim
halimday va halimdek
halimlik
halimona
halimxona
halim-halim
halinchak
halitdan
hali-hali
hali-hamon
hali-hanuz
hallamoq
hallanmoq
hallanuv
hallash
halli
hallojiya #diniy
hallos
halovat
halovat-huzur
halok
halokat
halol
halola
haloli
halolxoʻr
halol-harom
halp
halpida (jon ~)
halpillamoq
halpinchoq
halp-halp
halfana
halqa
halqacha
halqa-halqa
halqob
halqum
hal-hal
ham
hamavlod
hamavtor (hammuallif)
hamal (mart oyi)
hamasr
hamvoris
hamgap
hamd
hamda
hamdam
hamdard
hamdars
hamdast
hamdil
hamdin
hamd-sano
hamduna
hamdosʻt
hamyoza
hamyon
hamyostiq
hamyotoq
hamjamiyat
hamjanr
hamjins
hamjinsboz (gomoseksual)
hamjinsbozlik (gomoseksualizm)
hamjihat
hamza (tovush belgisi)
hamzabon
hamzamon
hamzaobodlik
hamzashunos
hamid
hamida
hamin
haminqadar
hamisha
hamishabahor #botanika
hamishagi
hamishalik
hamishahozir
hamiyat
hamkasaba
hamkasb
hamkor
hamkosa
hamkurs
hamkoʻrpa
haml
hamla
hamlakor
hamma
hammabop
hamma vaqt
hammadan
hammaktablik
hammaslak
hammaqsad
hammahalla
hamma-hamma
hammeros
hammillat
hammol
hammolchoʻp
hammom
hammuallif
hamnafas
hamnishin
hamniyat
hamnom
hamovoz
hamoyil
hamon
hamonki
hamono
hamon-hamon
hamoqat
hamogʻush
hamohang
hampesha
hampo
hamrais
hamrang
hamroboyevit #geologiya
hamroz
hamroh
hamsaboq
hamsafar
hamsinf
hamsoz
hamsoya
hamsuxan
hamsuhbat
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "J"
(Mening tilim)
1. Jahl, achchiq, qahr, gʻazab, zarda
2. Jala, sel, yomgʻir
3. Janjal, toʻpolon, gʻalva, mojaro, gʻavgʻo, mashmasha, shoʻrish
4. Jarima, shtraf
5. Javramoq, vaysamoq, qaqillamoq
6. Jilmaymoq, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
7. Jimlik, jimjitlik, sukunat, sukut
8. Jingalak, fatila, patila, qoʻngʻiroq
9. Jinni, telba, devona
10. Jirkamoq, hazar qilmoq, yirganmoq
11. Jirkanch, qabih, razil, manfur, zalil, nafratli
12. Joy, oʻrin
13. Joylashmoq, oʻrnashmoq, oʻrinlashmoq
14. Juda, gʻoyat, gʻoyatda, bagʻoyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, oʻtaketgan, toza, rosa, xoʻp, biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, oʻbdan, chandon, zap, koʻp, oʻta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, oʻlgu(n)day, oʻlarday, oʻlarcha, qattiq
15. Juldur, uvada
@onlineonatili
‘h‘ va ‘x‘ qatnashgan ‘s‘ bilan boshlanuvchi so‘zlar:
Sayohat
sayyoh
salloh
salohiyat
sarlavha
Sarxil
sarxush
sarhad
sath
sahifa
saxiy
saxovat
sahar
sahih
sahoba
sahro
sehr
siyoh
sinekdoxa
sinxron
sipoh
Six
sihat
solih
soxta
soha
Sulh
Suxan
suhbat
@onlineonatili
⚡️KITOBLAR TAYYOR BO'LDI!
Milliy sertifikat kitoblarimiz hozirgina nashrdan chiqdi. Umidjon Shomurodov va Akbarali Boymirzayev ijodiy mahsuli bo'lgan ushbu kitoblar sizga manzur bo'lishiga ishonamiz.
Kitoblarning har birida 20 tadan variant mavjud. Ular to'liq BMB (sobiq DTM) mezonlariga javob beradi. Quyida ulardan namuna ko'rishingiz mumkin.
Abbarali Boymirzayev Namuna
Umidjon Shomurodov Namuna
Kitob xarid qilish uchun:
☎️+998932477508
✏️@unfluer1
✏️@unfluer
Reklama
G harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H‘‘ va ‘‘X‘‘ ni eslab qoling.
❗️Eng ko‘p keladiganlari tanlab olindi.
Go‘rso‘xta
go‘lax
guhar
Guruh
gunoh
gumroh
Gulxan
gulxayri
Gulrux
Guvoh
goho
giyoh
gavhar
👉@onlineonatili
📝📝Test boshlandi.
‘#JIMJITLIK‘‘
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 87827
⏰BOSHLANDI : 20:00
⏳TUGAYDI : 21:30
Javoblaringizni @e_test1_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:
87827*abcdabcd...
yoki
87827*1a2b3c4d5a...
@badiiyasartest
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "G"
(mening tilim)
1. Gangimoq, dovdiramoq, esankiramoq, garangsimoq, gangiramoq, kalovlanmoq, merovsiramoq, talmovsiramoq, obdiramoq
2. Gapdon, soʻzamol, notiq, gapga chechan, gapga toʻn kiydiradigan, hozirjavob, soʻzga usta, soʻz ustasi
3. Gapirmoq, soʻzlamoq, soʻylamoq
4. Gavda, jussa, tana, savlat
5. Gavdali, jussali, barvasta, norgʻul, qomatdor, barzangi, boʻydor
6. Gina qilmoq, yozgʻirmoq, oʻpkalamoq
7. Gruppa, guruh, toʻda, toʻp, turkum
8. Gul, chechak
9. Gulshan, guliston, gulzor, gulbogʻ, boʻston, chaman, chamanzor, xiyobon
10. Gumon, dargumon, nomaʼlum, noaniq
11. Guvoh, shohid
12. Goʻr, qabr, mozor, lahad, goʻriston, qabriston
@onlineonatili
Ey talaba bo‘laman deb o‘qiyotgan aziz o‘quvchi! Ertaga ‘‘Jimjitlik‘‘ asaridan 30 talik yangiiiii test bor. Bu xabarni 10 ta do‘stingizga tarqating. Agar o‘sha xabar sizga ham qaytib kelsa, demak,.Sizni nimadir kutmoqda😂😂 . Albatta, barchasi hazil.
Xulllllas...
Test bo‘lishini offline va online‘dagi do‘stlaringizga xabar bersangiz, raqobat muhitimiz kengayadi.
📣Boshlanish vaqti : 20:00
⌛️Tugash vaqti : 21:00
Manzil : 👉 @badiiyasartest
Yozganda juda ko‘p xato qiladigan tanishlaringiz bormi? Ularga yordam berishni istaysizmi?
Unda ushbu Tahrirchi.uz ‘ sayti siz uchun. Ushbu havolani ularga yuborib qo‘ying.
👉https://tahrirchi.uz/editor
@onlineonatili
⚡️E harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H‘‘ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi
Ehha
ehhe
ehho
ehtimol
Ehtiros
Ehtirom
Ehtiyot
ehson
ehrom
eh
ehe
Eha
Manba ko‘rsatilsin.
👉@onlineonatili
⚡️Tavsiya kanallar:
@onlineonatili - ona tili va adabiyot darslaridan ma‘ruzalar berib boriladigan kanal ;
@onatilitestlar - Milliy sertifikat kanali ;
@badiiyasartest - Tanlangan asarlar yuzasidan savol-javoblar,testlar berib boriladigan kanal ;
@onatilikitoblari - ona tili va adabiyotga oid barcha elektron,audio kitoblar makoni bo‘lgan telegram kanali.
❓❓❓Har kuni test yechishga nima deysiz?
⏰⏰⏰Bugun 21.00da test milliy sertifikat testi bo'lib o'tadi
✅✅✅Milliy sertifikat va BBA standarti darajasidagi testimizni yechib bilim darajangizning qanchalik o'sishni o'zingiz yaqqol his qiling.
❗️❗️❗️Testda faol ishtirok qilganlarga videotahlillar tashlab beriladi.
👉 @habelonatili
👉 @habelonatili
👉 @habelonatili
"Ўткан кунлар" ўртача асар. Қаҳамонлар саъвияси паст, маиший фикрга мойил.
Айрим исбот:
1. Юсуфбек ҳожи: оиласи бошқарувни хотинига топшириб қўйган бўшанг эркак.
2. Отабек икки хотин орасида адолат қила олмаган ландавур.
Халқ қалбида ўзига ишонч уйғотмайдиган асар.
Халқ онгига сен шу қадар хорсан деган ғояни қуяди.
Халқни ўз миллий давлатига қарши фикрлашга ундаган ва ўша давлатлардан қўрқиб, советга қул бўлишга ундаган асар.
Чунки Қодирий даврида ўтмишни кирлик ва қора деб кўрсатиш жорий бўлиб турган совет ҳукуматига симпатия уйғотиш учун хизмат қилган.
Отабекнинг икки хотинни эплолмаган эсипаст қилиб тасвирлаш одамлар Аллоҳ берган рухсатга нисбатан антипатия уйғотган.
Бизда "Ўткан кунлар"ни кўр-кўрона улуғлаш у ёзилган даврдан қолиб келаётган традиция. Халқ ўша вақтда бундай услубдаги асарни ўқимагани учун берилиб ўқиган ва шу сабабли бу асар гард юқмас олийшон матндек кўрилиб қолди.
Жадидларга келса, улар миллий ҳаракатчи эмас, Ғарб ғояларига эргашган тоифа эди. Қодирийда ҳам шунга ишора бор, масалан, Отабек айнан Шамайга бориб келгани учун фикри очиқ деб тасвирланган, гўё ўлкамизда умуман фикрли одам йўқдек, умуман халқ ғамини ўйлаган ва халқни инқироздан олиб чиқишга уринган одам йўқдек кўрсатилган.
Ва ҳоказо. Фикрлар борми?
ДИНИНИ СЕВГАН ОДАМ "МЕҲРОБДАН ЧАЁН" РОМАНИНИ ЁЗМАСДИ
Қодирийнинг динга, хоссатан, Исломга фобияси ёки нафрати бўлган бўлса керак. Худо гуноҳларини кечирган бўлсин.
Чунки мусулмонлар сажда қиладиган меҳробдан чаён чиқди деб ёзиш учун одамнинг табиати қандай бўлиш керак, билмадим.
Бу романда мусулмон жамияти қолоқ ва паст деб тасвирланган. Илмсизлар улуғланган, илмлилар хор кўрилган, масалан. илм тарқатувчи Солиҳ махдум салбий бўёқларда берилган, лекин Анварнинг ўртоқлари, илмсиз сўконғир ва жоҳиллар мақталган.
Давлат раҳбари хотинбоз кўрсатилган. Бу ҳеч бир тўғри мафкурага мос эмас.
Ҳаёт қонунияти шуки, бўзчининг боласи бўзчи, олимнинг боласи олим, деҳқонники деҳқон бўлган.
Аммо Қодирий бўзчининг боласидан салкам инқилобчи ясаган, яъни Анвардан.
Инсонларнинг салоҳиятлари уларнинг зотига яширинган бўлади, шу боис улуғ ва олийнасаб инсонлар ҳамиша юксак тарбияли бўлганлар ва улар миллатни тамсил этадилар. Бироқ Қодирий бу қоидани писанд қилмаган.
У советлар ғояси - паст табақаларни улуғлаш йўлидан борган.
Албатта, буни онгли қилмаган. 24 ёшида илк романнни ёзган йигитча эди у. Демак, дунёқараши ҳам шунга яраша бўлган.
Ўзбек халқ оғзаки ижодига мансуб биргина "Алпомиш"данинг бир бетига бу одам ёзган икки роман тенг эмас. Масалан, чўридан бўлган бола "Алпомиш" достонида хоин ўлароқ тасвирланган, яъни Ултонтоз. У чўри, яъни зоти тайинсиз хотиндан туғилган никоҳсиз бола эди. Отасини қамади, юртда зулмни кучайтирдию Алпомиш эса аслзода ва олижаноб, мард инсон - унга ўз жойини кўрсатди ва халқни адолатли кунларга етказди.
Бу оддий қоида. Халқ донишманд, аммо содда, Қодирий халқни алдаган, арзон романлари билан одамлар тафаккурини бузган ҳамда ҳақиқатларга хиёнат қилган.
Абдулла Қодирий маиший тафаккурли бир одам эди, шунингдек, озгина исломофоб. Ёзувчилик бобида эса ҳаваскордан юқори, профессионалдан қуйи.
Ҳали умуммиллий ёки умуминсоний сферада тафаккур қиладиган даражага чиқмаган эди, раҳматли.
Сизлар Абдулла Қодирий рус-тузем мактабида таълим олганини унутманглар!
Рус-тузем мактаби қандайлигини эса википедия ҳам айтиб беради.
Шошиб фикр билдиришдан аввал уч дақиқа ўйланглар ва балки тўғридир, хато бўлса, қаери хато денглар овоз чиқариб.
Замонавий адабиётимиз бўм-бўш ва сўнгги юз йилликда адабий тафаккуримиз ғарибдан ғариб бўлиб кетган.
Akrom Malik
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
@onlineonatili