onlineonatili | Неотсортированное

Telegram-канал onlineonatili - ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

7644

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ! Onlayn dars : @onlayndarsnatijalarim Badiiy asar: @badiiyasartest Hamkor: @grammarnotes

Подписаться на канал

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🏆🏆🏆ONLAYN TEST🎓🎓🎓

Test muallifi:
Abdullayev Jamshidbek
Savollar soni: 30 ta
Test kodi: 86725
⏰Test boshlanish vaqti  20:00
⏰Test tugash vaqti         22:00

Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

86725*abcdabcd...
yoki
86725*1a2b3c4d5a...

☝️ Do‘stlaringizni ham taklif eting

👉 @yigitaliyev_akademiyasi

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#x_va_h / #lugʻatlar

"Y" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati
(Mening tilim)

yavmulhisob
yazdonpanoh
yakkamoxov
yakkaxon
yakkaxudolik
yakkahokim
yakkahol
yalhaq
yaponbehi
yasovulxona
yax
yaxday
yaxdon
yaxlamoq
yaxlash
yaxlit
yaxlitboshlilar #zoologiya
yaxlitgul #hunarmandchilik
yaxlitlash
yaxlit-yaxlit
yaxmalak
yax-muz
yaxna
yaxob
yaxta
yaxt-klub
yaxtsmen
yaxxona
yaxshi
yaxshiki
yaxshinihota #fizika
yahudiy (~ tili)
yahudiylar
yevnoxodiizm
yevstaxiit #tibbiyot
yem-xashak
yemxoʻr
yeparxiya
yexidnalar #zoologiya
yovgʻonxoʻrlar #zoologiya
yonshox
yor-ahbob
yoxud
yogʻochxoʻr (~ qurt)
yohu
yuz-xotir
yukxat (nakladnoy)
yukxona
yutqin-hiqildoq #anatomiya
yuho

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🎲 Тест «Punktuatsiya. Tinish belgilar»
@ONLINEONATILI
🖊 24 вопроса · ⏱ 30 сек

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ko‘nglim ma‘yus tortdi yilning so‘nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading , qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘nggida ,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading , qor😇

2019.21.12

@Onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Olimpiadadan insho degan narsani olib tashlash kerak. Ishonmayman shaffoflik bilan tekshirilishiga.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Milliy sertifikat guruhimizda darslar qizg‘in davom etmoqda.

Qo‘shilishga ulgurmaganlar uchun qabulni boshladik.

Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🎲 Тест «Attestatsiya sinov testi. Natijangizni hoziroq aniqlang. @onlineonatili»
Ushbu testni ishlashdan oldin /channel/onatiliustozi kanaliga a‘zo bo‘lish kerak
🖊 40 вопросов · ⏱ 45 сек

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

x_va_h

"X" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati 4

xoʻja
xoʻjaahrori (uzum navi)
xoʻjabek #etnonim
xoʻjabeka
xoʻjavachcha
xoʻjazoda
xoʻjayin
xoʻjayli #etnonim
xoʻjakoʻrsinga
xoʻjalik
xoʻjalik #etnonim
xoʻjasavdogar #zoologiya
xoʻjasiz
xoʻjasizlarcha
xoʻjagʻat #botanika
xoʻjahayron #etnonim
xoʻmraygan
xoʻp
xoʻppa
xoʻp-xoʻp
xoʻr
xoʻra
xoʻrak
xoʻraki
xoʻrakxona
xoʻram-noxoʻram
xoʻranda
xoʻrda (ovqat)
xoʻrda-burda
xoʻrdaosh
xoʻrillash
xoʻrlamoq
xoʻrlatmoq
xoʻrlash
xoʻrlik
xoʻrlov
xoʻroz
xoʻrozqand
xoʻrr #taqlidiy_soʻz
xoʻrsina-xoʻrsina
xoʻrsinish
xoʻrsiniq
xoʻrsinuv
xoʻr-xoʻr #taqlidiy_soʻz
xoʻtik
xoʻt-xoʻt
xoʻtxoʻtlamoq
xoʻsh
xoʻsha (boshoq)
xoʻshachin
xoʻshlamoq
xoʻsh-xoʻsh
xoʻshxoʻshlamoq
xoʻshshaymoq
xoʻqacha

Mening tilim

👉🏻 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

9-sinflar uchun olimpiada savollari(ona tili va adabiyot)



@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️ATTESTATSIYA YANA QAYTMOQDA
  
   Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022 yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati -  Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati -   Olot tumani;
3. Navoiy viloyati -  Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati -  Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati -  Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri -   Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati -  Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi -Qorauzak  tumani;
9. Andijon viloyati - Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati -  Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati -  Sayxunobod  va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati -   Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati -  Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati -  Qamashi va Chiroqchi tumanlari;

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba sinov jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.

Pedagoglarni tajriba-sinovda qatnashganlik natijalari ularga malaka toifalarini belgilashda yoki lavozimiga loyiqlik masalalarini ko‘rib chiqishga ta’sir qilmaydi.


Ta‘lim vaziriligi

@ONLINEONATILI

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​#iboralar / #lugʻatlar

Iboralar — "B" 1

* BAJO KELTIRMOQ — 1. bajarmoq. 2. o'rinlatmoq (ijobiy)
* BALANDDAN KELMOQ — imkoniyat doirasidan orttirib gapirmoq
* BALAND DORGA OSILMOQ — mavqeyi o'zidan ancha yuqori oilaga quda bo'lish niyatini bildirmoq
* BALAND KELMOQ — 1. kuchli bo'lib chiqmoq. 2. do'q, po'pisa bilan yengishga intilmoq
* BALOGA QOLMOQ — javobgarlikka, jazoga duchor bo'lmoq
* BARAKASI UCHDI — keskin kamaymoq
* BARDOSH BERMOQ — chidamoq
* BARMOQ BILAN SANARLI — juda oz, bir necha
* BARMOG'(I)NI TISHLAMOQ — 1. hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay lol qolmoq. 2. afsuslanmoq
* BARQ URMOQ — yashnamoq, jilolanmoq
* BARHAM BERMOQ — ongli aralashuv bilan bartaraf qilmoq, yo'q qilmoq
* BARHAM TOPMOQ — ongli aralashuvsiz, o'z-o'zicha bartaraf bo'lmoq, yo'q bo'lmoq
* BAXTGA QARSHI — kutilganning aksi bo'lib; afsuski
* BAXT(I) OCHILDI —1. oila qurib, shirin, osoyishta hayot kechirish chog'iga yetishmoq (ayollarga nisbatan ishlatiladi). 2. hayotida xursandlik, mamnunlik holatiga erishmoq
* BAXT(I) QORA — hayoti xorlik-zorlik bilan, azobda o'tadigan
* BAG'R(I) KENG — 1. mehr-iltifoti ortiq darajada. 2. hamma panoh topib ketadigan
* BAG'R(I) TOR — 1. mehr-iltifoti yetarli emas. 2. hammaga ham panoh topilavermaydigan
* BAG'RI TOSH — bemehr, iltifotsiz
* BAG'RI QON — g'am-alamli, g'am-alamda
* BAHO BERMOQ — qadr-qiymatini belgilamoq, baholamoq
* BAHO(SI) YO'Q — 1. sifati, holati yuksak darajada yaxshi. 2. xulq-atvori, odamgarchiligi havas qiladigan darajada yaxshi
* BAHRA OLMOQ — manfaat ko'rmoq, foydalanmoq
* BEL BOG'LAMOQ — 1. shaylanmoq, otlanmoq. 2. astoydil kirishmoq. 2. ahd qilmoq
* BEL(I)GA TEPMOQ — istalmagan, kutilmagan o'rinda halal yetkazmoq
* BEL(I)DA BELBOG'(I) BOR — g'ururini yo'qotmagan, o'z qadr-qiymati uchun kurashadi, izzat-nafsining tahqirlanishiga yo'l qo'ymaydigan
* BELI SINDI — inqirozga uchramoq
* "BERDI"SINI AYTGUNCHA URIB O'LDIRMOQ — gapirib bo'lguncha kutmay (chidamay) biror narsa demoq
* BETGA CHOPAR — yuz-xotir, andisha qilmay, ko'ngli og'riydi demay shartta gapiradigan
* BET(I)GA TUPURMOQ — nazar-pisand qilmasligi, mensimasligini qo'pol ravishda ro'y-rost bildirmoq
* BET(I)GA QARAMASLIK — muomalada bo'lishni istamaslik
* BET(I)DAN ZAHAR TOMAR EDI — qahr-g'azabi yuz-ko'zidan bo'rtib namoyon bo'lar edi
* BET(ING) QURSIN — qarg'ishni bildiradi (asosan ayollar nutqida ishlatiladi)
* BET(I) QATTIQ — gap-so'z, tanbeh ta'sir qilmaydigan, surbet
* BET(I) QOTIB QOLGAN — gap-so'z, tanbeh ta'sir qilmaydigan bo'lib qolmoq, surbet bo'lib qolmoq
* BESH KUNLIK DUNYO — tez o'tib ketadigan qisqa umr
* BINO QO'YMOQ — 1. o'ziga ortiqcha baho bermoq, yuksak fikrda bo'lmoq. 2. qiyofasiga alohida e'tibor bermoq. 3.e'tiqod bilan qaramoq
* BIR BALO BO'LDI — biror ta'sir natijasida salbiy o'zgarish ro'y berdi
* BIR BALO QILIB — qandaydir yo'l bilan, bir ilojini topib
* BIR GAP BO'LAR — chorasi, iloji topilar
* BIR GAPDAN QOLMOQ — janjal, aytishuv davomida muxolifning yomon gapiga yarasha javob berishdan tiyilmoq
* BIR DUNYO — juda ko'p
* BIR YOSTIQQA BOSH QO'YMOQ — oilaviy hayot kechirmoq
* BIR YOQADAN BOSH CHIQARMOQ — hamjihat bo'lmoq, yakdil bo'lmoq
* BIR(I) IKKI BO'LMADI — ro'zg'ori but bo'lmaslik, moddiy qiyinchilikdan qutilmaslik
* BIR-IKKI YAKTAKNI ORTIQROQ YIRTGAN — yoshi kattaroq, turmush tajribasi ko'proq
* BIR(I)NI AKA, BIR(I)NI UKA DEB — katta-kichik hammaga birdek yaxshi muomala qilib
* BIR ISH IKKI BO'LDI — mehnat-mashaqqat ortdi, ko'p kuch sarflash zaruriyati tug'ildi
* BIR KO'Z BILAN QARAMOQ — biror tomonga yon bosmay, xolis, betaraf muomala-munosabatda bo'lmoq
* BIR OVOZDAN — 1. yakdillik bilan, hamjihatlik bilan. 2. qarshi chiquvsiz (ovozga qo'yishda).
* BIROR JOY(I) KAMIB QOLARMIDI?!  — hech narsa yo'qotmaslik, zarar ko'rmaslik

👉🏻 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Bir so‘z izohi

AZZA- BAZZA —  Koʻngil amri bilan, ataylab
M: shunday yomgʻirda azza-bazza(ataylab) uzoqdan kelgan kishining bir niyati boʻlishi kerak.


@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

1.c   2.d   3.a   4.d   5.a   6.b   7.b   8.d   9.b   10.a   11.c   12.c   13.d   14.b   15.d   16.a   17.b   18.c   19.a   20.b   21.d   22.b   23.c   24.d   25.a   26.b   27.c   28.a   29.d   30.b   31.a   32.b   33.b   34.d  

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Milliy sertifikatda sinonimlar bilan bog‘liq savollarni topish uchun eslab qoling:

#q harfi

🗒.        qalam, xoma;

🗒.        qalampir, garmdori;

🗒.        qalbaki, soxta, yasama, sun’iy, yolg’ondakam, botil;

🗒.         qalabakilik, soxtalik, yasamalik, g‘ayritabiiylik;

🗒.         qalin, tig‘iz, zich, baroq, g‘uppa;

🗒.         qalqon, sipar;

🗒.        qal’a, qo‘rg‘on, istehkom;

🗒.       qamal, qurshov, muhosara;

🗒.      qamamoq, hibs qilmoq(etmoq), hibsga olmoq;

🗒.     qamish, chig’, soz;

🗒.    qamishzor, sozliq, sozloq;

🗒.    qamoq, qamoqxona, hibs,
hibsxona, zindon, turma, avaxta, mahbas;

Manba : onatilivaadabiyottestxolovam

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

10-sinf , 119-mashq tahlili

Quyidagi gaplarda qo‘llangan eskirgan hisob so‘zlarning  hozirgi o‘zbek tilida bor yoki yo‘qligini aniqlang
.

Avvalo hisob so‘z deb nimaga aytiladi?

Hisob so’zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko’rsatmay, shu narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun ishlatiluvchi vositalardir.

Ularga : dona, nusxa, bosh, tub, nafar.
burda, parcha, varaq (sahifa), og’iz, luqma, siqim, tilim, (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, bo’lak, shingil,gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog’ (bog’lam), quchoq, shoda, nafar, gruppa, hovuch kabi so‘zlarni misol qilishimiz mumkin.


👉1. Bobur nur jilvasiga cho‘mib o‘ynayotgan toshni qo‘liga olib salmoqlab ko‘rdi: – Vazni yetti-sakkiz misqol kelur. (P. Qodirov)

❗️Misqol-[a. – 4,35–4,86 gramm oralig'idagi og'irlik o'lchov birligi] .
Eskirgan, hozirda ishlatilmaydi.

👉2. Har bir varag‘iga nafis bezaklar ishlangan bu qo‘lyozma kitoblarning har biri bir necha ming dinor turishini Boburning yonida turgan Qosimbek 
ham bilar edi. (P. Qodirov)

❗️Dinor - [a. – tilla pul] - 1 Qadimda musulmon mamlakatlarning oltin tangasi. Hozirda Liviya, Tunis, Iroq, Iordaniya, Jazoir, Sudan, Kuvayt kabi mamlakatlarda amal qiluvchi pul birligi
Mashq shartidan kelib chiqsak,bu hozirda bizda ishlatilmaydi.

👉3. Ana shunday kunda bir paysagina savobi  yetmay qolgan bir banda zir yugurib, xesh-u aqrabolarini izlab yursa, hech kim qayrilib qaramasmish. (Murod Mansur)

❗️Paysa- Taxminan 50 grammga teng og'irlik o'lchov birligi.  O‘zbek tilida hozirda ishlatilmaydi.

👉4. Uyida chaksa uni yo‘q, Tom boshida qo‘sh tandir.

❗️Chaksa-  O'zbekiston hududidagi qadimgi o'lchov birligi (asosan, pudning - 1/3 qismiga teng bo'lgan)
Eskirgan, hozirda ishlatilmaydi.


👉5. Ayniqsa, kunda olti-yetti 
tosh masofani otliq bosib o‘tish mashaqqati ham holdan toydirdi. (Tohir  Malik)

❗️Tosh  -Sakkiz chaqirimga yaqin (taxminan 6 kilometr) uzunlik o'lchov birligi.
Hozirda ishlatilmaydi.

👉6. Bobolar «Dunyoniki miri kam ikki» deganlar. (Abdulla Qodiriy)

❗️Miri– Besh tiyinli chaqa, besh tiyin.
Eskirgan, hozirda ishlatilmaydi.

👉7. Ularning uzumzorlari bepoyon, behisob, botmon-botmon hosil olishadi. 

❗️Botmon  – 898,5 gramm ga teng og'irlik . Eskirgan, hozirda ishlatilmaydi.

©Otabek To‘laganov

👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "A"

113. Alomat, belgi, nishon, nishona, ifoda
114. Aloqa, bogʻlanish, uzviylik, robita
115. Aloqa, daxl, taalluq
116. Aloqador, bogʻliq, daxldor, tegishli, oid, taalluqli
117. Alqissa, xullasi kalom, qisqasi
118. Alhosil, xullas, nihoyat, shunday qilib
119. Alvon, qirmizi
120. Amaldor, mansabdor, aʼyon
121. Amal qilmoq, rioya qilmoq
122. Amaliyot, tajriba, praktika
123. Amallamoq, ilojini topmoq, amal-taqal qilmoq
124. Amalparast, mansabparast
125. Ammo, lekin, biroq, illo
126. Amniyat, xavfsizlik, bexavotirlik
127. Amoma, salla
128. Amr, buyruq, farmon, farmoyish
129. Analiz, tahlil
130. Andak, picha, sal, xiyol, ozgina
131. Andaza, namuna, qolip
132. Aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon
133. Aniqlamoq, oydinlashtirmoq, muayyanlashtirmoq
134. Andisha, oʻy, mulohaza
135. Anjuman, yigʻilish, majlis, yigʻin
136. Anketa, soʻrovnoma
137. Anqimoq, tarqalmoq, ufurmoq
138. Anqov, merov, ovsar, kalvak, goʻl, laqma, angrov, pandavoqi, galvars
139. Anqaymoq, angraymoq, baqraymoq, agʻraymoq
140. Anʼana, taomil, odat
141. Apil-tapil, naridan-beri, shosha-pisha
142. Apteka, dorixona
143. Aqiq, haqiq
144. Aql, xirad, ong, fahm, tamiz, es, miya, bosh, kalla
145. Aql-hush, es-hush
146. Aqlli, xiradmand, oqil, esli, es-hushli, fahm-farosatli, did-farosatli, aql-hushli, miyali
147. Aqlsiz, beaql, nodon, johil, bexirad
148. Aqalli, loaqal, jillaqursa, jilla boʻlmasa, jida boʻlmaganda, hech boʻlmaganda
149. Archimoq, artmoq
150. Ardoqlamoq, ehtiyot qilmoq, avaylamoq
151. Argʻimchoq, halinchak
152. Arimoq, ketmoq, uzilmoq
153. Aristokrat, zodagon, asilzoda, oqsuyak
154. Arjumand, aziz, qadrli, qimmatli
155. Armiya, qoʻshin, lashkar
156. Arqon, argʻamchi
157. Arsenal, aslahaxona, qurolxona
158. Arz, shikoyat
159. Arzimagan, arzimas, anchayin
160. Arzimaganga, arzimasga, salga, saldan-salga, boʻlar-boʻlmasga, unar-unamasga
161. Aralash, qorishiq, omuxta
162. Aralashmoq, qoʻshilmoq, qotishmoq, suqilmoq
163. Aralashmoq, qorishmoq, omuxta boʻlmoq
164. Arang, zoʻrgʻa, zoʻrgʻatdan, bazoʻr, zoʻr-bazoʻr, oʻlib-tirilib, qiynalib, ming azobda, it azobida
165. Araqxoʻr, piyonista, mayxoʻr, sharobxoʻr, boʻzaxoʻr, ichkilikboz
166. Asab, nerv
167. Asabiy, tajang, jizzaki
168. Asabiylashmoq, gʻazablanmoq, jahli chiqmoq, achchiqlanmoq, qizishmoq
169. Asal, bol
170. Asar, asorat, nishon
171. Asil, toza, sara, sarxil, xil, mumtoz, poshshaxon
172. Asir, bandi, tutqun, ariston
173. Asir, qul
174. Asirlik, asorat, tutqunlik, qullik
175. Asket, zohid, goʻshanishin, tarki dunyo qilgan odam
176. Asketizm, zohidlik, goʻshanishinlik, tarki dunyochilik
177. Askar, navkar
178. Asl, tub, negiz
179. Asl(i), tag
180. Aslida, haqiqatda, asli
181. Aslo, sira, zinhor, hech
182. Aslaha, qurol, qurol-yarogʻ, qurol-aslaha
183. Asos, tayanch, negiz, poydevor, baza
184. Asosiy, yetakchi, muhim, bosh
185. Asoslamoq, isbotlamoq
186. Asoslanmoq, suyanmoq, tayanmoq
187. Asossiz, dalilsiz, bekorga, behudaga, bejizga
188. Asosan, binoan, koʻra, muvofiq, asosida
189. Associaciya, birlashma, uyushma
190. Asqatmoq, kerak boʻlmoq, ish bermoq, foyda bermoq
191. Asrdosh, zamondosh
192. Asror, sir
193. Asramoq, ehtiyot qilmoq, saqlamoq
194. Asramoq, parvarish qilmoq, boqmoq
195. Assiscent, yordamchi
196. Astoydil, chindan, yurakdan
197. Astronomiya, falakiyot
198. Asta, sekin, ohista
199. Astarlik, astarbop
200. Asta-asta, sekin-sekin, asta-sekin, sekin-asta, tadrijan
201. Atamoq, nom bermoq, nomlamoq
202. Atama, termin, istiloh
203. Ataylab, atay, atayin, ataydan, joʻrttaga, joʻrtta, maxsus, azza-bazza, qasddan
204. Ateist, xudosiz, dahriy, shakkok, murtad, kofir
205. Atigi, bor-yoʻgʻi, bori, boʻlgani, nihoyat, faqat
206. Ato qilmoq, inʼom bermoq, baxsh etmoq, bermoq
207. Atoqli, taniqli, dongdor, mashhur, nomdor
208. Atrof, tevarak, gird, tegra, har tomon, har taraf, har yon, aylana, qurshov, sogʻ-u soʻl
209. Atroflicha, har tomonlama, har taraflama, batafsil, mufassal, mukammal, toʻla, toʻliq, toʻla-toʻkis
210. Attang, afsus, nadomat, pushaymon, esiz, taassuf, darigʻ, hasrato, eh

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#x_va_h / #lugʻatlar

"X" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati 2 ( mening tilim)

xiloflik
xilofsiz
xilt #tibbiy
xil-xil
xilxona
xilqat
ximeralar #zoologiya
ximerasimonlar #zoologiya
ximizator
ximizaciya
ximik (kimyoviy; kimyogar)
ximikatlar
ximioprofilaktika
ximioterapiya (kimyoviy muolaja)
ximiya (kimyo)
ximozin #biologiya
ximotripsin #biologiya
xin #botanika
xina #botanika
xinabosma
xinagul
xinaguldoshlar
xinagullilar
xinadoshlar
xinali
xinachi
xinzir (toʻngʻiz)
xinin
xinozol #farmacevtika
xinolin #kimyo
xinonlar #kimyo
xinopirin #farmacevtika
xioniylar #etnonim
xionosfera
xionofil #botanika
xionofob #botanika
xip
xippa
xippi
xipcha
xipchabel
xipchalik
xipchamiyon
xipchin
xir #taqlidiy_soʻz
xira
xirad (aql)
xiradmand
xiralamoq
xiralanmoq
xiralatmoq
xiralashish
xiralashuv
xiralik
xiraxandon
xira-xira
xirgoyi
xirgoh (chodir)
xirildoq
xirillamoq
xirillatmoq
xirillash
xirilloq
xiring #taqlidiy_soʻz
xiring-xiring
xirmon
xirmonjoy
xirmon-xirmon
xirmonchi
xiroj
xirojyigʻar
xirom
xiromon
xirpa
xirpalamoq
xirs
xirurg (jarroh)
xirurgiya (jarrohlik)
xir-xir
xirxirlamoq
xirxirak
xirqa #diniy
xirqapoʻsh
xirqiramoq
xirqiratish
xirqirov
xirqiroq
xislat
xit #etnonim
xit (~ boʻlmoq)
xitin #biologiya
xit-kollekciya (xit-jamlanma) #musiqa
xitlanish
xitlik
xitob
xitoban
xitobiy
xitoblik
xitobnoma
xitoy (~ tili)
xitoyi
xitoylar #etnonim
xitoylik
xitoytoʻpor
xitoyyuz #etnonim
xitonlar #etnonim
xit-parad #musiqa
xit-xit
xitxitak (asbob)
xitxitlamoq
xix
xi-xi #taqlidiy_soʻz
xixilamoq
xixlamoq
xixlatmoq
xixlash
xix-xix
xixxixlamoq
xishrov #botanika
xisht
xishtak
xlamidozooz #veterinariya
xlamidomonada
xlamidosporalar #botanika
xloazma #tibbiy
xlor
xloralgidrat #farmacevtika
xloraminlar #kimyo
xlorat (~ kislota)
xlorator
xloracetofenon
xlorbenzol
xlorvinil
xlorella #botanika
xloremiya #tibbiy
xlorenxima #botanika
xloridin #farmacevtika
xloridlar
xloridli
xlorin #farmacevtika
xloritlar #kimyo
xloritoid #geologiya
xlorkauchuklar
xlorozlar #botanika
xloroplastlar #botanika
xloropren #kimyo
xlorofill #botanika
xloroform #kimyo
xlorofos
xlorpikrin
xlorsirka
xlorsulfon
xmelli
xmel #botanika
xo
xoanalar #anatomiya
xob
xobbi
xobgoh
xovar (sharq; quyosh)
xovon
xovoncha
xoda
xodacha
xodim
xodima
xoja
xozin (xazinachi)
xoin
xok
xoka
xokandoz
xoki
xokiy (tuproqqa mansub)
xokipoy
xokisor
xokiturob
xokkey
xokku #adabiyot
xokrang
xokrez
xoksor
xol
xola
xolamoyi
xolangit #tibbiy
xoldevonbeklik
xolding #iqtisodiyot
xoldor
xoldorlanish #tibbiy
xolemiya #tibbiy
xolera
xolerik #psixologiya
xolesterin
xolesterinemiya
xolesterinuriya
xolecistit #tibbiy
xolecistogramma
xolecistografiya
xoli
xolizm #falsafa
xolilanish
xolilatmoq
xolilik
xolin #farmacevtika
xolinergik #biologiya
xolinolitiklar #farmacevtika
xolinomimetiklar #farmacevtika
xolinoreceptor #tibbiy
xolinesteraza #kimyo
xolis
xolisanlillo va xolisanlilloh
xolislar #huquqshunoslik
xoliq
xoll (zal)
xollamoq
xollanmoq
xolli
xolodilnik (sovutgich)
xolos
xolparang
xolsiz
xol-xol
xom
xoma (qalam)
xomak
xomaki
xomaklash
xomashyo
xomdoʻz
xomdoʻzi
xomyeyuvchilar #tibbiy
xomit va xomut
xomitbogʻi
xomkalla
xomlik
xompaz
xompaxta
xompishiq
xomsimoq
xomsiramoq
xomsirash
xomsuv #irrigaciya
xomsuvoq
xomsurp #hunarmandchilik
xomsoʻz
xomtama
xomtarosh
xomteri
xomtok
xomtoksuv #irrigaciya
xomush
xomxayol
xom-xatala
xomchoʻt
xon (podshoh)
xon (xontaxta)
xona (uy)
xona #matematika
xonabazm (raqs)
xonaband (qamoq)
xonavayron
xonavor
xonadon
xonador
xonazod
xonaki
xonali
xonama-xona
xonanda
xonanishin
xonasallot
xonasi
xonasiyoh
xonatlas
xonaxarob
xona-xona
xonacha
xonaqo va xonaqoh
xonaqohnishin
xongul #zoologiya
xondrilla #botanika
xondriosoma #biologiya
xondrit #tibbiy
xondroblast #tibbiy
xondrodistrofiya
xondroma
xonzoda
xoniy #tarix
xonim
xoninglash #texnika
xonish
xonlarcha
xonlik
xonobodlik
xontaxlit
xontaxta
xonumon
xonxoʻja #etnonim
xonqizi #zoologiya
xopper #texnika
xor (yomon ahvol)
xor #musiqa
xor (tikan)
xorazmiylar #etnonim
xorazmlik
xorazmshohlar #tarix
xoral #musiqa

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Nima bo‘lganda ham , olimpiadada ishtirok etgan, lekin o‘rin ololmagan o‘quvchilar, tushkunlikka tushmang. Chunki hali ko‘plab shunday holatlar sizni kutmoqda! Kuchli bo‘lishga harakat qiling va bilim olishdan to‘xtamanang , zero najot - ta‘limda)

Barchangizga kirib kelayotgan qish muborak bo‘lsin!!!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Inshodan 49 ball olish mumkin, qachonki kimlardir xatolarga ko‘z yumsa...

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#Diqqat

Ona tili va adabiyot fanidan diagnostik test 4- dekabr kuni o‘tkaziladi.

❕4-dekabr kuni

➖O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti).

Ushbu havola orqali kirib testni ishlash mumkin bo‘ladi. 👉http://onlinedu.uz

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#x_va_h / #lugʻatlar

"X" bilan boshlanuvchi, tarkibida "x" va "h" boʻlgan soʻzlar roʻyxati 1

©Mening tilim

xabar
xabargir
xabardor
xabarnok
xabarnoma
xabertioz #veterinariya
xabir #diniy
xabis (nopok)
xavotir
xavf
xavfli
xavfnok
xavf-xatar
xavfchi
xadang (oʻq)
xayol
xayolan
xayoldoshlar
xayoliy
xayolkash
xayolli
xayolot
xayolparast
xayolparishon
xayolsiz
xayolsiramoq
xayolxona
xayolchan
xayolchi
xazanak
xazanaksevar
xazarlar #etnonim
xazina
xazinabon
xazinador
xazinatopar
xazinaxona
xazon
xazonak
xazonday
xazonzada
xazonmarg
xazonrez
xazro (koʻk)
xazrorang
xayyomshunos
xayyot (tikuvchi)
xayyotlik
xayitqora #botanika
xayl #mumtoz_adabiyot
xaylboshi
xayma (chodir)
xayr
xayrbod
xayrixoh
xayrixohona
xayriya
xayriyat
xayrli
xayr-ma`zur
xayr-nazr
xayrot
xayrsiz
xayrxabar
xayrxoh va  xayrixoh
xayrxohona
xayr-xoʻsh
xayrchi
xayr-ehson
xakas (~ tili)
xakaslar #etnonim
xaker #kompyuter #texnika
xala (sanchiq)
xala (choʻp)
xalajlar
xalajoy
xalakash
xalal
xalat
xalaf
xalaxona
xalachoʻp
xalaqit
xaldeylar #etnonim
xalikoteriyalar #zoologiya
xaliliy #botanika
xalifa
xalloq
xaloyiq
xalos
xaloskor
xalta
xaltali
xaltalik
xaltalilar #zoologiya
xalta-xulta
xalta-xurjunli
xaltacha
xaltura
xalturachi
xalfa
xalfalik
xalfana
xalcedon #geologiya
xalkozin #geologiya
xalkopirit #kimyo
xalkofil
xalcidlar #botanika
xalq
xalqaro
xalqiy
xalqona
xalqchil
xam
xamak
xameleonlar #zoologiya
xamir
xamirgir
xamirturush
xampa
xamsa
xanda
xandaq
xandaqli #etnonim
xandon
xandonpista
xandon-xushon
xanjar
xanjuvar
xanik
xannot
xantal (gorchica)
xanti (~ tili)
xantilar #etnonim
xanti-mansi #etnonim
xaos #falsafiy
xaotik
xap
xapir-xupur
xapriqmoq
xar (eshak)
xarajat
xarak
xarakiri
xarakter
xarakteristika (tavsifnoma)
xarakterologiya (atvorshunoslik)
xaraktron #texnika
xaralar #botanika
xarasimon #botanika
xarvor #oʻlchov_birligi
xargiza #botanika
xargizagiyoh #botanika
xarguli
xargoʻsh (yil nomi)
xardandon #botanika
xardum #botanika
xarj
xarjallob
xarjlamoq
xarjlov
xarj-xurj
xari
xaribop
xarid
xaridor
xarizma #falsafa
xarilik
xarita
xaritagramma
xaritagrafik
xaritagrafiya
xaritadiagramma
xarita-sxema
xaritaxona
xaritashunos
xariuslar #zoologiya
xarif
xariflik
xarish
xarish-xurish
xarob
xaroba
xarobazor
xarobaxona
xarobgarlik
xaroblik
xarobot
xarobotiy
xarrak
xarrot
xarroti
xarrotlik
xarrosh
xarsang
xarsangtosh
xartikan #etnonim
xartiya
xartol #botanika
xartum
xartumboshlilar #zoologiya
xartumlilar #zoologiya
xartumcha
xarxar #botanika
xarxasha
xarcho (ovqat)
xas
xasak
xasaki
xasva (hasharot)
xasday
xasis
xaskash
xasm
xasmol
xasnamo
xaspoʻsh
xasta
xastadil
xastalanuvchanlik #tibbiy
xastalik
xastaxona
xas-xashak
xas-choʻp
xat
xatar
xatarnok
xatboshi
xatjild (konvert)
xatib
xatkash
xatlamoq
xatlov
xatm
xatmi xoʻja
xatmi Qurʼon
xatmigul #botanika
xatna
xatnatoʻy
xato
xatparast
xatti-harakat
xatti-hol
xattot
xatchi
xatchoʻp
xausa #etnonim
xafa
xafaband #hunarmandchilik
xafagazak
xafaqon
xafahol
xafiy (maxfiy)
xafif #musiqa
xafiflik
xafsiylar #tarix
xax
xa-xa
xaxalamoq
xaxalash
xaxa-tarala
xa-xa-xa
xax-xax
xachir
xachirsuvor
xashak
xashaki
xashak-xushak
xez
xezlamoq
xezlanish
xezlanmoq
xezlash
xezlov
xezlovchi
xeylit #tibbiy
xeklar #zoologiya
xelatlar #kimyo
xeli-xesh
xeliceralilar #zoologiya
xemilyuminescenciya
xemogen
xemoz #tibbiy
xemoreceptorlar
xemorecepciya #biologiya
xemosintez
xemosorbciya
xemosorblash #kimyo
xemosterilizatorlar
xemotaksis #biologiya
xemotronika
xemotropizm #botanika
xermeslar #zoologiya
xett (~ tili)
xettlar #etnonim
xet-trik #sport
xesh
xesh-aqrabo
xesh-tabor
xiazm #tilshunoslik
xiazma
xivalik
xivich
xivchin
xivchinlilar #zoologiya
xivchinoyoqlilar #zoologiya
xivchinchi
xidirsho #etnonim
xiyobon
xiyol (sal)
xiyol-xiyol
xiyonat
xiyonatgar
xiyonatkor
xijil
xijolat
xizireli #etnonim
xizmat
xizmatkor
xizmatona (ish haqi)
xizmatchan
xizrnamo
xiyla (ancha)
xiylagacha
xiylagina
xiylacha
xiyli
xil
xila
xilvat
xilvatgoh
xilvatjoy
xilvatlik
xilvatnishin
xilvatxona
xillamoq
xillanish
xillanmoq
xillatmoq
xillash
xillashish
xillov
xillovchi
xilma-xil
xilmaxillik
xilondon (hamyon)
xilof

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Buuuuum!

Umid qilamizki, fevral-mart oyi uchun 5 ta asar tanlab olinadi.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Bugun sizlar bilan tungi mutolaani boshlasak. Tanlagan asarimiz Abduqayum Yo‘ldoshning ‘Puankare‘ hikoyasi. Asar juda ajoyib yozilgan. Men ishonamanki, vaqtingizni ayamaysiz. Zero , biz kuzatuvchilarimizga yaxshi narsalarnigina ulashamiz!

👉o‘qish uchun bosing https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abduqayum-yo-ldosh-1962/abduqayum-yo-ldosh-puankare-hikoya

Eslatma : bugun, 23:00 da, ‘Mahalla‘ kanalida, ushbu asar bo‘yicha suratga olingan film namoyishi kutilmoqda.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

9-sinflar uchun olimpiada savollari(o‘zbek tili)

Respublika filologlari

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#bilib_oling / #qoʻshma_gap

Qoʻshma gap

Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil boʻlgan gap qoʻshma gap hisoblanadi. Qoʻshma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va, ammo, lekin, chunki, shuning uchun, shu sababli kabi bogʻlovchilar hamda ohang yordamida bogʻlanadi.

Yozuvda ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, shu sababli bogʻlovchilaridan oldin vergul qoʻyiladi: Biz baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod.

Ohang yordamida bogʻlangan sodda gaplar ham yozuvda bir-biridan vergul, tire, nuqtali vergul yoki ikki nuqta bilan ajratiladi.

Masalan, Pazandasi yopadi shirmon, qarilari kutadi mehmon. Yurt tinch — sen tinch. Bildi ota: foydasizdir barchasi. Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman; tanam hamma vaqt harakatda boʻlishi kerak, ana oʻshanda aqlim ham harakatga keladi. (J.J.Russo)

Mening_tilim

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

​#iboralar / #lugʻatlar

Iboralar — "A"

* ABJAG'(I) CHIQDI — 1. qattiq jarohatlanmoq. 2. sifatini yo'qotib, yaroqsiz holga keltirmoq.

* AVJGA MINMOQ — yuqori darajaga ko'tarilmoq

* AVZO(Y)(I) BUZILDI — vajohati yomonlashdi

* ADAB(I)NI BERMOQ — qilmishiga yarasha jazolamoq

* ADI-BADI AYTISHMOQ — 1. turli mavzuda yengil-yelpi suhbatlashmoq. 2. so'z talashmoq, janjallashmoq

* AJAL(I)DAN BESH KUN BURUN — qazo qilishining o'z vaqti-soatidan ilgariroq, bevaqt

* AZOB CHEKMOQ — qiynalmoq

* AYBGA QO'YMASLIK — aybli deb hisoblamaslik

* AYTMOQQA OSON — bajarish qiyin; aytish boshqa-yu, amalga oshirish boshqa

* ALAMDAN CHIQMOQ — urib-so'kib, o'ch olib, alamzadalikni tarqatmoq

* ALANGA OLMOQ — kuchaymoq, zo'raymoq, shiddatli tus olmoq ("g'azabi", "nafrati")

* ALIK OLMOQ — salomlashganda javob so'zini aytmoq

* ALIXO'JA - XO'JAALI — bari bir, har ikki holatda ham o'zgarish yo'q

* ALMISOQDAN QOLGAN — juda eski, qadimgi

* ALOQA(SI)NI UZMOQ — muomalada bo'lishni uzil-kesil to'xtatmoq

* AMALGA MINMOQ — yuksak lavozimni egallamoq

* AMALDAN TUSHMOQ — egallab turgan lavozimini yo'qotmoq

* AMAL TEGDI — mansabdor bo'lib qolmoq

* AMRI MAHOL — qiyin

* ANDOZA OLMOQ — namuna sifatida qabul qilmoq

* ANQONING TUXUMI — topilishi qiyin, kamyob

* ARAVA(SI)NI TORTMOQ — 1. jo'nab qolmoq. 2. boshqaning ishiga aralashguncha, o'zi qodir bo'lgan ishni qilavermoq

* ARAVANI QURUQ OLIB QOCHMOQ — uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq

* ARPA(SI)NI XOM O'RMOQ — arpangni xom o'rdimmi? - nima yomonlik qildim?

* ARQONNI UZUN TASHLAB QO'YMOQ — biror ishning rivojlanishiga aralashmay, ma'lum muddat o'z holiga qo'yib bermoq

* ASAKA(SI) KETARMIDI?! — biror narsa yo'qotarmidi?! hech narsa yo'qotmas edi!

* ASAR QOLMADI — butunlay, izsiz yo'qoldi

* ASTAR-AVRA(SI)NI AG'DARMOQ — barcha kirdikorlarini ochib tashlamoq

* AFT(I)GA QARAB BO'LMAYDI — bosh-ko'zi nihoyatda loy, chang-to'zon

* ACHCHIG'IDAN TUSHMOQ — achchiqlanishdan to'xtamoq

* A'ZOYI BADAN(I)DAN SOVUQ TER CHIQIB KETDI — ruhiyatida juda keskin o'zgarish sodir bo'ldi; ruhiyatini juda keskin o'zgartirdi

* AQL BITMADI — aql bilan ish qiladigan bo'lmaslik

* AQLDAN OZMOQ — jinni bo'lmoq, telba bo'lmoq

* AQL(I) KIRDI — 1. es-hushli bo'lmoq. 2. anglamoq, tushunmoq

* AQL(I)GA SIG'MASLIK — voqe bo'lishi mumkin emas deb bilmoq, xayolan ham tasavvur qilmaslik

* AQL(I)NI YEMOQ — miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo'qotdi

* AQL(I)NI TANIMOQ — es-hushli bo'lmoq

* AQLI RASO — chuqur fikr yuritadigan, chuqur bilimli

* AQL-U HUSH(I) JOYIGA KELDI — o'z harakatlarini ongli ravishda boshqara oladigan darajaga qaytmoq

* AQL-U HUSH(I)NI YO'QOTMOQ — o'z harakatlarini ongli ravishda boshqara olmaydigan darajaga yetmoq

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

SINONIMLAR                                                                                                                                                                                   1)  qaqshamoq, zirqiramoq, simillamoq, sizlamoq;

2)  qaram, tobe, mute;


3)  qarama-qarshi, zid, kontrast;

4)  qarama-qarshili, zidlik, ziddiyat, kontrast;


5)  qaramlik, tobelik, mutelik, qullik;

6)  qaramoq, boqmoq, nazar solmoq (tashlamoq), nigoh tashlamoq, razm solmoq, sin solmoq, singalamoq, javdiramoq, termilmoq, do‘laymoq, go‘laymoq, mo‘ltiramoq, mo‘ltaymoq, baqraymoq, o‘qraymoq, chaqchaymoq;

7)  qarash, boqish, nigoh, nazar;

8)  qari, qartang, keksa;

9)  qarimoq, keksaymoq, qartaymoq;

10)  qarindosh, urug’, tug’ishgan, jigar, bovur, jigarband, qondosh, aymoq, xesh (arxaik)


11)  qarsak, chapak

12)  qarsakbozlik, chapakbozlik;

Manba: onatilivaadabiyottestxolovam

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🏆🏆🏆ONLAYN TEST🎓🎓🎓

📝📝
Test boshlandi.

Test muallifi:
Shavkatbek Yangiboyev

Fan: ONA TILI VA ADABIYOT.
Savollar soni: 34 ta
Test kodi: 86191

⏰Test boshlanish vaqti  20:00
⏰Test tugash vaqti         22:00

Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

86191*abcdabcd...
yoki
86191*1a2b3c4d5a...


☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test2_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

☝️ Do‘stlaringizni ham taklif eting

👉 @yigitaliyev_akademiyasi

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#san'at_taym
TARSE’ – arabcha  “ziynatlash. bezash, ipga marjon tizish” ma'nolarini ifodalaydi Baytda birinchi misra so‘zlari bilan ikkinchi misra so‘zlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh, qofiyadosh qilib tasvirlash usuli tarse’ deyiladi. M:                                      
     Sendek menga bir yori jafokor topilmas                                                                                                            
     Mendek senga bir zori vafodor topilmas

Kanalga ulanish👇
@onlineonatili

Читать полностью…
Подписаться на канал