⚡️E harfi bilan boshlanuvchi so‘zlardagi ‘‘H‘‘ni eslab qoling. Eng ko‘p keladiganlari tanlandi
Ehha
ehhe
ehho
ehtimol
Ehtiros
Ehtirom
Ehtiyot
ehson
ehrom
eh
ehe
Eha
Manaba ko‘rsatilsin.
👉@onlineonatili
Bugun - oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989-yilning xuddi shu kuni Oʻzbekiston SSR Oliy kengashi "OʻzSSRning davlat tili toʻgʻrisida"gi qonunini qabul qilgan.
Oʻzbek tili - oʻziga xos til:
- bir paytning oʻzida turli yozuvlar (Oʻzbekistonda - lotin va kirill yozuvlari, qoʻshni davlatlarda - kirill yozuvi, ayrim boshqa davlatlarda, masalan, Afgʻonistonda - arab yozuvi) parallel ishlatiladigan, natijada bir davlatda chop qilingan shu tildagi adabiyotni boshqa davlatdagi shu til egalari tushunmaydigan til;
- bir asr davomida bir necha marta yozuvni almashtirgan, bu oʻzgarishlarning taʼsiri haligacha ilmiy tadqiq qilinmagan til;
- lotin yozuviga oʻtish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganliga oʻttiz yil boʻlganiga qaramasdan, kirill yozuviga oʻrgangan kattalari 4ta harfni bahona qilayotgan til;
- "mustabid" davrda oʻz yurtida davlat tili deb eʼlon qilinganiga qaramasdan, "eng tepa"da aylanadigan hujjatlari haligacha "katta ogʻa" tilida yoziladigan, qonun chiqaruvchilari davlat tili toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri qayerdaligini bir yildan beri topa olmayotgan til;
- haligacha oy nomlarini qanday yozish boʻyicha uzil-kesil qarorga kelinmagan til.
Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin. Oʻzbek tili rivoji uchun qilishimiz mumkin boʻlgan eng katta ishimiz - uni yilda bir marta eslash emas, bu tilda sifatli ilmiy, badiiy, ommabop kontentni koʻpaytirib, uning jozibadorligini oshirish.
Bayram muborak!
#DTM_test
#ona_tili_va_adabiyoti
📎 ONA TILI VA ADABIYOTI
👤 ABDULLAYEV JAMSHIDBEK
✅ JAVOBI
👉 @yigitaliyev_akademiyasi
@onlineonatili
☑️9- sinf ona tili to‘liq audio darslari onlayn dars uchun namunalar:
🎵Hol ergash gap
🎵Ega ergash gap
🎵Kesim,aniqlovchi,to‘ldiruvchi ergash gaplar
🎵Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar
🎵O‘zlashtirma gaplar
🎵Puktuatsiya.Nuqta
🎵Nuqtali vergul
🎵Qavs va qo‘shtirnoq
🎵Vergul va so‘roq haqida
🎵Ko‘p nuqta va undov
🎵Ikki nuqta
🎵Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
❗️Eslatma: ergash gap turlari kitobdan chqib ketgan, tinish belgilarining ba‘zilari ham shunday. Shunda ham darsdan namuna bo‘lsin deb, tashlandi.
Darsga qatnashish uchun tanishib chiqing.
👉/channel/onlineonatili/9705
⚡️9-sinf ona tili darsligidagi bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda nuqtali vergul( ; )
◽️1. Kampirning jig‘ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bn chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysagancha, uyiga kirib ketdi.
◽️2. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli; ko‘zida chaqini, ko‘ksida yolqini bor.
◽️3. Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk ish deb hisoblanadi.
👉 @onlineonatili
⚡️Quyidagi 9- sinf ona tili darsligidagi gaplarda qo‘llanilgan tinish belgilarini eslab qolamiz .
◽️1. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz.
◽️2. Yuragida qanday dard bor: mana bu menga sir.
◽️3. Kuz keldi, yig‘im-terim ishlari boshlandi.
◽️4. To‘rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
◽️5. Ehtimol, sizda ham shunday
hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
◽️6. Yaxshi o‘g‘il –el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si.
◽️7. Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan .
👉 @onlineonatili
#paronim vaqti
#z va #sh
🔷Zirak – quloq bezagi
🔶Ziyrak – aqlli
🔷Zafar – g‘alaba
🔶Za’far – sap-sariq rang
#Sh
🔷Sha’n – obro’
🔶Shon- shuhrat
🔷Sharaf – obro’
🔶Sharob- may
🔷Shahid- to’g’ri ish uchun o’lgan
🔶Shohid – guvoh
🔷Sher – hayvon, arslon
🔶She’r – vazn, qofiyali kichik badiiy asar
🔷Shox – daraxt yoki hayvon shoxi
🔶Shoh – podsho
👉@onineonatili
⚡️Qavs haqida
📌1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh bеruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi:
◽️Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi.
☝️Eslatma
Qavsdan oldingi tinish bеlgisi (vеrgul, nuqtali vеrgul, ikki nuqta, tirе) qavsdan kеyin qo‘yiladi:
◽️Chavandoz bu gapni Ertoyеvga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyеv xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchеhra mojarosi chiqsa bo‘ladimi?
📌 2. Kiritma gap yoki dramatik asardagi rеmarka qavs bilan bеriladi:
◽️1. Ukam (sеn uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi.
◽️2. Aziz Kamol (xayol og‘ushida). Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi.
📌3. Misol yoki ko‘chirmaning manbayi:
◽️Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.)
📌 4. Kirish so‘z yoki iboraga oid tinish bеlgisi qavsning ichiga olinadi:
◽️To‘satdan uning xayoliga akasining bundan bеsh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan bеri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.
👉 @onlineonatili
Imtihonga ham oz fursat qoldi. Takrorlash guruhimizga qo‘shilib, har kuni nima bilandir shug‘ullaning . Shu ham sizga qandaydir foyda olib kelsa ajab ermas! Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
Читать полностью…⚡️Tirening ishlatilishi
(oxirgi qism)
📌Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi tushib qolgan hollarda ikki gap vergul bilan ajratilib, ikkinchi gapdagi egadan keyin tire qo'yiladi.
🔻Masalan:
◽️To‘rg‘ay dashtda kuylar, bulbul - chamanda. (LMirzo)
◽️Oltin o'tda bilinadi, odam - mehnatda. (Maqol)
◽️Yaxshidan ot qoladi, yomondan - dod. (Maqol)
📌Ko'chirma gapli qo'shma gaplarda muallif gapidan oldin tire qo'yiladi .
🔻Masalan:
◽️Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, – dеdi ota, – kеlajak uchun mustahkam poydеvor vazifasini bajaradi.
📌Dialoglar ketma-ket bir qatorda emas, balki ulaming har biri alohida abzas shaklida yangi qatordan berilsa, so’zlovchi oldidan tire qo'yiladi:
- Jadiding nimasi? Nima degan gap o‘zi?
- Maktabini yoptirgan vaqtingizda aytib bergan edim-ku.
- Esda qolgan deysanmi?
- Jadid degani «yangi» degani bo'lsa kerak. Yurt orasida yangilikni rasm qilarmishlar... Yangi o‘qish, yangi maktab, yangi urf-odat, yangi kiyim
- har narsa yangi... - Eskicha bo'lsa, kimga zarari tegar ekan?
- Unisini bilmadim... Ishqilib, jadidlarning qasdi shu emish... (Cho'lpon)
👉 @onlineonatili 👈
Milliy sertifikat uchun ròyxatdan òtish boshlandi.
Ushbu saytdan òtasiz.
http://www.uzbmb.uz
16-oktabrga qadar ròyxatdan òtish mumkin.
#Omonim vaqti
#j harfi (1-qism)
🔷Jabr (a) (ot) adolatsizlik, azob
🔶Jabr (a) (ot) esk algebra
🔷Jar (a jahr) (ot) xabar, ovoz (jar
solmoq)
🔶Jar (f-t) (ot) chetlari o‘pirilgan soylik,
chuqurlik
🔷Javra ha deb gapiravermoq
🔶Javra yomg‘irda ivib ketmoq
🔷Jaz (r djaz<ingl) (ot) orkestr
🔶Jaz(ot) jon achitadigan og‘riq
🔻Jaz(tql. soz) jazillash ovozi yoki
holatiga taqlid
♦️Jaz(ot) yog‘iga qovurilgan go‘sht
🔷Jin (a) (ot) go‘yoki pastqam joylarda yashovchi, biror dardga chaluvchi maxluq
🔶Jin (r djin<ingl) (ot) paxta tozalaydigan mashina
🔷Jir (r) (ot) yog‘, moy
🔶Jir(ot) qo`shiq, ashula
👉 @onlineonatili
#Omonim vaqti
#I harfi
🔷Iborat (a) esk iboralar
🔶Iborat (a) tashkil topgan, tuzilgan
🔷Ideal (r<fr) (sif.)bekamu-kost
🔶Ideal (r<fr) (ot) eng ezgu g‘oya, tilak
🔷Ikkilik ikki misrali she’r
🔶Ikkilik yo u yoqlik, yo bu yoqlik
bo‘ladigan, hal bo‘lishi gumon
🔷Ilmoq mix, qoziq, ilgakka osib qo‘ymoq
🔶Ilmoq narsa ilinuvchi ilgak; kinoya
🔷Insho (a) yozma ish turi
🔶Insho qilmoq barpo qilmoq
🔷Iroq uzoq, olis
🔶Iroq shashmaqom tizimidagi oltinchi maqom nomi
🔷Irq (a) esk insoniyatning shakliy
o‘xshashligi asosidagi bir guruhi
🔶Irq yuz, yanoq
🔷Ivi nam tortib yumshamoq
🔶Ivi quyulib qolmoq (qon, sut-qatiq
haqida)
🔷Ich (ot) ichki bo`shliq
🔶Ich (fe’l) suyuqlikni yutish harakatini ifodalovchi fe’lning buyruq shakli
❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉@onlineoantili
🎲 Тест «E harfi»
@onlineonatili kanalida MS testlari yanada ko‘proq
🖊 15 вопросов · ⏱ 30 сек
🔥Milliy sertifikat uchun noldan yangi guruhimiz uchun qabul boshlandi.
Darsni kim o‘tishi , albatta, muhim. Keling , ularni tanishtiray:
👩🏫Homidova Hayitoy Xoldor qizi ( 27 yosh) 1-toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, milliy sertifikat sohibi (83.5 foiz) Yosh kitobxon tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi, iyun-avgust oylarida Zukko kitobxon tanlovi Qashqadaryo viloyati gʻolibi, repetitor ( 40 dan ortiq abituriyent davlat oliy taʼlim muassasalari talabasi) turli koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi va gʻolibi, Mirishkor tumani 9-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Ularning darsi davomida
siz quyidagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishingiz mumkin:
👉Ona tili grammatikasi tezkor takrorlanadi;
👉 She'riy san'atlar;
👉 Qofiya, radif, raviy;
👉 G'azallar tahlili;
👉 Yuqori saviyali esse yozish ko'nikmasi;
👉 Esse yozish qonuniyatlari;
👉 Essening baholash mezoni va tamoyillari;
👉 Esse yozish uchun eng muhim talab va tavsiyalar;
👉 Matnli testlarni tez va oson bajarish;
👉Tavsiya etilgan 5 ta badiiy asarni o'qib o'zlashtirish, tahlil qilish.
😇Darslar 5-noyabrdan start‘ oladi.
Ustoz natijalari fayli
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
90 689 67 67
🔥Milliy sertifikat uchun noldan yangi guruhimiz uchun qabul boshlandi.
Darsni kim o‘tishi , albatta, muhim. Keling , ularni tanishtiray:
👩🏫Homidova Hayitoy Xoldor qizi ( 27 yosh) 1-toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, milliy sertifikat sohibi (83.5 foiz) Yosh kitobxon tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi, iyun-avgust oylarida Zukko kitobxon tanlovi Qashqadaryo viloyati gʻolibi, repetitor ( 40 dan ortiq abituriyent davlat oliy taʼlim muassasalari talabasi) turli koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi va gʻolibi, Mirishkor tumani 9-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Ularning darsi davomida
siz quyidagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishingiz mumkin:
👉Ona tili grammatikasi tezkor takrorlanadi;
👉 She'riy san'atlar;
👉 Qofiya, radif, raviy;
👉 G'azallar tahlili;
👉 Yuqori saviyali esse yozish ko'nikmasi;
👉 Esse yozish qonuniyatlari;
👉 Essening baholash mezoni va tamoyillari;
👉 Esse yozish uchun eng muhim talab va tavsiyalar;
👉 Matnli testlarni tez va oson bajarish;
👉Tavsiya etilgan 5 ta badiiy asarni o'qib o'zlashtirish, tahlil qilish.
😇Darslar 5-noyabrdan start‘ oladi.
Ustoz natijalari fayli
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
90 689 67 67
🔥Milliy sertifikat uchun noldan yangi guruhimiz uchun qabul boshlandi.
Darsni kim o‘tishi , albatta, muhim. Keling , ularni tanishtiray:
👩🏫Homidova Hayitoy Xoldor qizi ( 27 yosh) 1-toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, milliy sertifikat sohibi (83.5 foiz) Yosh kitobxon tanlovi respublika bosqichi ishtirokchisi, iyun-avgust oylarida Zukko kitobxon tanlovi Qashqadaryo viloyati gʻolibi, repetitor ( 40 dan ortiq abituriyent davlat oliy taʼlim muassasalari talabasi) turli koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi va gʻolibi, Mirishkor tumani 9-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Ularning darsi davomida
siz quyidagi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishingiz mumkin:
👉Ona tili grammatikasi tezkor takrorlanadi;
👉 She'riy san'atlar;
👉 Qofiya, radif, raviy;
👉 G'azallar tahlili;
👉 Yuqori saviyali esse yozish ko'nikmasi;
👉 Esse yozish qonuniyatlari;
👉 Essening baholash mezoni va tamoyillari;
👉 Esse yozish uchun eng muhim talab va tavsiyalar;
👉 Matnli testlarni tez va oson bajarish;
👉Tavsiya etilgan 5 ta badiiy asarni o'qib o'zlashtirish, tahlil qilish.
😇Darslar 5-noyabrdan start‘ oladi.
Ustoz natijalari fayli
Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek
90 689 67 67
#til_bor_ekan_millat_barhayot
#tariximsan_taqdirimsan_ona tilim
🔰Bugun Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Ona tilim – joni dilim” mavzusida taniqli shoirlar bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
❇️ Uchrashuvda ‘Shuhrat‘ medali sohibi shoir Husniddin Hayit hamda Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Nodira Do'stmurotova ishtirok etdilar.
✅Ustoz shoir Husniddin Hayit oʻz hayot yoʻlida ortirgan tajribalari haqida gapirib, yoshlarni Vatanni sevishga, ona tilini hurmat qilishga va uning ravnaqi yoʻlida fidoiy boʻlishga chaqirdi.
♻️Adiba Nodira Do'stmurotova bo‘lsa oʻzbek tilining tarixi, uning asoschilari, jadidchi maʼrifatparvarlarimizning til ravnaqi yoʻlidagi harakatlari va “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan mulohazalar bildirildi.
ijtimoiy tarmoq manzillari👇
@onlineonatili
⚡️9-sinf darsligida berilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi tinish belgilarini eslab qoling!
📌Ikki nuqta :
◽️1. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
◽️2. Yuragida qanday dard bor: mana bu menga sir.
◽️3. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
◽️4. Sidiqjon to‘xtadi: orqasidan kimdir kelayotgan edi.
◽️5. Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
◽️6. Qiz uni ushlab qolmoqchi bo‘ldi, qiynalib ketdi: qo‘llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalanib ketdi.
◽️7. Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing.
◽️8. Quyoshning uyg‘onishi sen ta‘riflagandan ham antiqa: tong nihoyatda go‘zal bo‘ladi
◽️9. Traktorchilar tashvishlanib qolishdi: oziq-ovqat, yonilg‘i tugayapti.
◽️10. Har qanday yumushni boshlashdan avval 3 ta qoidaga amal qil. Birinchidan, niyating pok bo‘lsin: Xudo seni qo‘llaydi. Ikkinchidan, borar manzilingni aniq belgilab ol: yo‘ldan adashmaysan.
Uchinchidan, matonatli bo‘l: ortga chekinmaysan.
◽️11. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi.
👉 @onlineonatili
#paronim vaqti
#k #l #m harflari:
#K
🔷Kovush – kalish
🔶Kavsh – chaynamoq
🔷Kazak – xalq
🔶Qozoq - xalq
🔷Kampaniya – ma’lum ishlar tizimi
🔶Kompaniya – korxona, birlashma
🔷Kaft – qo‘lning qismi
🔶Kift – yelka
🔷Kat – yog‘och karavot
🔶Kart – kart dumba
🔷Karta – atlas
🔶Qarta – qazi
🔷Kvadrat – teng yoqli to‘rtburchak
🔶Kvadrant – doiraning choragi
🔷Kontakt – aloqa,
🔶Kontrakt – shartnoma
🔷Kuyindi – kuyishdan qolgan iz
🔶Kuyundi – kuyunmoq
#L
🔷Lahm – suyaksiz
go‘sht
🔶Lahim – yer osti yo‘li
🔷Lop – birdan
🔶Lof – mubolag‘a
#M
🔷Matal – hikmatlar
🔶Ma’tal – kutib qolgan, muntazir
🔷Mahal – payt
🔶Mahol – qiyin
🔷Milk – tishning
yuqori qismi
🔶Mulk - boylik
❤️Kanal sizga yoqqan boʻlsa, aʼzo boʻling va doʻstlaringizga ulashing
👉 @onlineonatili
Bilimingizni sinab ko‘rish uchun namunaviy yangi test.
📎 ONA TILI VA ADABIYOTI
👤 YIGITALIYEV YO'LDOSHALI
JAVOBI
👉 @yigitaliyev_akademiyasi
@onlineonatili
⚡️Undov belgisi haqida
(1-qism)
📌1. Undov gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Buni qarang, unashtirishni to‘y deb yursa-ya!
📌2. Tarkibida emosionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so‘zlar mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Yashash qanday yaxshi, tag‘in shunday katta, go‘zal shaharda! (O‘.Umarbekov)
◽️Qara, u qanday yaxshi yigit! (O‘.Umarbekov)
◽️Hayot! U naqadar murakkab ea naqadar ulug! (O‘.Umarbekov)
📌3. Emosionallik darajasi kuchli bo‘lgan ritorik so‘roq gaplar oxiriga ba’zan undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi! (A.Qahhor)
📌4. Buyruq, talab, undash mazmuni emosional shaklda buyruq maylidagi fe’l yoki boshqa vositalar orqali ifodalangan buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying! (Cho‘lpon) ◽️Baxt xususida uni yanglishtirmang! Yanglishtirmang qiz bechorani! (A.Qahhor)
📌5. His-hayajon intonasiyasi bilan talaffuz qilingan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Favqulodda manzara! (Kitlar osmonda uchib ketayotgan turnalar kabi o‘tkir uchburchak hosil qilib suzib borishar edi.) (Ch.Aytmatov)
◽️Ana turmush! Ana kuyov-qayliq! (Poshshaxon bilan Sultonxon qayliq bo‘libdimi?) (Cho‘lpon)
👉 @onlineonatili 👈
⚡️Ko‘p nuqta
📌1. Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor)
◽️Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor)
📌2. Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A.A’zam)
📌3. Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️O‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (O‘.Hoshimov)
📌4. Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirqog‘ayni, oqqaldirg‘och... (N.Eshonqul)
◽️Bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov)
📌5. Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi:
◽️1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida «Cho‘lpon» degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov)
📌6. Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. (O‘.Hoshimov)
◽️ ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul)
📌7. Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi)
◽️Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi)
◽️ Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi.)
👉 @onlineonatili 👈
#Paronim vaqti
Y harfi
🔷Yagana – ekinni siyraklatish
🔶Yagona – yakka, tanho, yolg‘iz
🔷Yarog’li – yarog’i bor
🔶Yaroqli – biron narsaga yaraydigan
🔷Yetdi – yetib bordi
🔶Yetti – son
🔷Yolqin – olov yolqini
🔶Yorqin – o‘ta yorug’
🔷Yondash – yaqinlash
🔶Yondosh – yonidagi
🔷Yonilg’i – yonuvchi suyuqliklar
🔶Yoqilg’i – ko’mir, o’t
🔷Yoriq – yorilgan
🔶Yorug’ – nur
🔷Yot – yotmoq
🔶Yod - xotira
🔷Yoq – taraf
🔶Yog’ – moy
👉 @onlineonatili
Mavzu:Qaysi to‘lov usulini tanlagan ma‘qul? Naqd pul yoki plastik karta orqali?
Dastlab qog‘oz shaklidagina bo‘lgan to‘lov tizimi bugungi kunda plastik kartalar orqali ham amalga oshirilmoqda. Shu sababli bu ikki usuldan birini afzal ko‘ruvchilar yurtimizda talaygina.
Birinchidan,naqd pulga to‘xtalsak,uning foizlarsiz savdo qilish,kundalik xarajatlarda erkin muomala, savdolashuvda narx tushirish kabi ijobiy taraflari mavjud.
Uning salbiy jihatlariga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi,albatta, masalan,AQShlik olimlarning aniqlashicha, naqd pul orqali amalga oshirilgan savdolar sababli ‘Kovid-19‘ tarqalishi tezlashgan. Bundan tashqari, qadrsizlangan pulni olib yurish ko‘plab qiyinchiliklar,qaysiki,uni tashishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Endi tasavvur qiling, uzoqdagi do‘stingizga pul jo‘natmoqchisiz, siz qaysi yo‘lni tanlaysiz? Albatta, virtual jo‘natmalarni. Raqamlar teriladi, jo‘natma tugmasi tanlanadi va pul do‘stingizning kartasida paydo bo‘ladi. Ajoyib...
‘Quruq qoshiq og‘iz yirtar’,- deydi xalqimiz, shu sababli aniq dalilldan biriga to‘xtalsak, misolan,
Jahon Bankining ma‘lumotlariga ko‘ra, kelajakda qog‘oz pullar o‘z o‘rnini tamoman plastik kartalarga bo‘shatib beradi .
Afsuski, guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek yuqoridagi tizimning ham ba‘zi kamchiliklari mavjud. Birinchidan,internetsiz faoliyat ko‘rsatmasligi. Ikkinchidan,Turli firibgarliklar oqibatida mablag‘larning yechib olinishi va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, ikki to‘lov usulida ham yutuq va kamchiliklar topiladi. Ularni bartaraf etish sizning va bizning vazifamizdir.
Otabek To‘laganov
/channel/essewithOTABEK
#omonim vaqti
J (2-qism)
🔷Jiz jon achitadigan og‘riq
🔶Jiz yog‘iga qovurilgan go‘sht
🔷Joy (f-t) rvsh bafurja, bamaylixotir
🔶Joy (f-t) yer, nuqta, yuza, makon, o‘rin
🔷Jo‘nash birgalikda qozg‘almoq
🔶Jo‘nash rivojlanmoq, avj olmoq (gulxan jonashdi)
🔷Jo‘r(sif.) hamohang, uyg‘un
🔶Jo‘r(ot) torg‘aylar surasiga kiruchi
sayroqi qush
🔷Jo‘ra (f-t) (ot) ikki bolakdan iborat bir kiyimli mato (bir jora atlas)
🔶Jo‘ra(f-t) (ot) og`ayni, oshna
@onlineonatili
Milliy uchun imlo testi rukni davom etadi. Harflar soni ko‘paymoqda. Ishlang. Keyin afsuslanib qolmang.
Ch harfi 1
sh harfi 1
sh harfi 2
O‘ harfi
Z harfi
Y harfi
X harfi
V harfi
U harfi
T harfi
A harfi 1-variant
A harfi 2-variant.
E harfi
B harfi 1-variant
B harfi 2-variant
D harfi
D harfi 2
F harfi
L harfi
M harfi
Q harfi
R harf
T harfi
V harfi
X harfi
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 1
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 2
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR LUG‘ATI 3
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 4
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 5
ENG KO‘P TAKRORLANUVCHI SO‘ZLAR 6
@onlineonatili
Tirening ishlatilishi
(davomi)
📌Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida payt munosabati ifodalanganda, ular orasiga tire qo'yiladi.
🔻Masalan:
◽️ Arava notinch bo'ldi - qo'shquloqdagi sut chayqaladi, to'kiladi. (A.Qahhor)
◽️Yon tarafdagi salobatli eshik ohista ochildi - yordamchi kerakli qog'ozlarning barchasini olib kiradi. (A.Toshmatov)
◽️Chala-chulpa u gapirdi - men angladim, chin ko‘ngildan men gapirdim - u angladi. (Cho'lpon)
📌Bog'lovchisiz qo'shma gapning ikkinchi qismi izoh, ilova xarakteriga ega bo'lsa, ular orasiga tire qo'yiladi.
🔻Masalan:
◽️ Esladi - u sevgilisi Layli haqida gapirgandi. (NJaloliddin)
◽️Uning sarkash fe'li bor edi - birovning o'ziga bo'lgan munosabatining ma'nosini oydinlashtirmaguncha tinchimasdi. (N.Jaloliddin)
👉 @onlineonatili 👈