onlineonatili | Неотсортированное

Telegram-канал onlineonatili - ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

7644

OTABEK TO‘LAGANOVNING TIL VA ADABIYOTGA IXTISOSLASHGAN SHAXSIY KANALIGA XUSH KELIBSIZ! Onlayn dars : @onlayndarsnatijalarim Badiiy asar: @badiiyasartest Hamkor: @grammarnotes

Подписаться на канал

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Vazir ustamasi matn testi:

OTABEK TO‘LAGANOV:
1.Amerikada to’ti bilan bog’liq ajabtovur hodisa yuz bergan. Gapirishni biladigan to’ti yashaydigan uyga o’g’rilar kirgan. O’g’rilar bir-biriga ismini aytib murojaat etgan bo’lsa kerakki, to’ti ularning ismlarini eslab qolgan va politsiya kelganda barcha ismlarni birma-bir aytib bergan. Politsiyachilar shuning yordamida o’g’rilarni sira qiynalmasdan tutishgan

2.Yevropaliklar orasida to’tiqushlarni birinchi bo’lib ko’rganlar Aleksandr Makedonskiy askarlari hisoblanadi. Ular Hindiston hududiga bostirib kirganda, to’tiqushlarni ko’rishga muyassar bo’lgan

3.Qadimiy Rimda ham gapirishni biladigan to’ti bozorda juda qimmat narxlarda sotilgan.

4.Eng og’ir vaznli, ammo o’rtacha hajmga ega to’ti bu «Kakapo»dir. Uni «Boyqush to’ti» ham deb atashadi. Sababi, bu to’tiqushning tashqi ko’rinishi ko’proq boyqushni eslatib yuboradi. «Kakapo»ning uzunligi 60 santimetr atrofida bo’lsa-da, vazni 4 kilogrammni tashkil etadi

5.Shokolad, tuz, avokado, spirtli ichimlik mayda to’tilar uchun o’lim demakdir

Qaysi qism matn mazmunidan uzilgan
A)1 B)2 C)3 D)4

Manba qolsin.
@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Vazir ustamasi testlari 10 ta pedagogika , 30 ta mutaxassis fandan bo‘ldi.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

To’liq va to’liqsiz gaplar haqida ma’lumot

  Fikrni ifodalash uchun zarur bo’lgan gap bo’laklarining barchasi qatnashgan gaplar to’liq gaplar deyiladi: Ulardan xat keldimi?
  Nutq vaziyatidan ma’lum bo’lgan ayrim bo’laklari tushirilgan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi: - Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega – men, hol – maktabga tushirilgan).
  To’liqsiz gaplarning turlari:

1)Dialogik nutq tarkibidagi: –Kim kelmadi? –Ahmad.
2)Ibora tarzidagi: Tug’ilgan kuningiz bilan! Navro’zingiz muborak!
3)Qo’shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).

To’liqsiz gaplar suhbatda, so’zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko’proq qo’llanadi.

👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

To‘g`ri javoblar:
1.c   2.c   3.a   4.c   5.a   6.d   7.a   8.a   9.a   10.c   11.b   12.a   13.a   14.c   15.b   16.d   17.a   18.a   19.c   20.d   21.a   22.d   23.c   24.a   25.c   26.c   27.a   28.a   29.c   30.a   31.c   32.a   33.d   34.c   35.c   36.a   37.a   38.b   39.b   40.a  

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:

↣Kishilik olmoshlari — men, sen, u, biz, siz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi.
↣O‘zlik olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi;
↣Koʻrsatish olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi;
↣Soʻroq olmosh — kim? nima? qancha? qanday? kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bildiradi;
↣Belgilash-jamlash olmoshi — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi;
↣Boʻlishsizlik olmoshi — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi;
↣Gumon olmoshi — allakim, allanima, nimadir, kimdir kabilar predmet va uning belgisi, miqdorini taxminiy bildiradi.

👉 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#bufoydali

Nuqtali vergul ;

📝 Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda:

📝 Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda:
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!
Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham;Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.

📝 Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin:
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari.

📝 Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida.
Otabek timsoliga tavsif:
a) Otabek — o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi;
b) Otabek — mard va jasur yigit;
d) Otabek — o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#Attestatsiya2024
📗 Pedagogika

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#Attestatsiya2024
📗 “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” oʻquv-metodik qo’llanma.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "A"

#Milliy uchun

1. Abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad
2. Abadiylashtirmoq, mangulashtirmoq, tarixga muhrlamoq, abadiyatga muhrlamoq
3. Abas, foydasiz, behuda
4. Abdol, xudojoʻy, dindor, avliyo
5. Abgor, nochor, xarob
6. Abjir, epchil, chaqqon
7. Abjaq boʻlmoq, majaq boʻlmoq, dabdala boʻlmoq
8. Ablah, yaramas, razil
9. Ablahona, ablahlarcha
10. Ablaq, chipor, chavkar
11. Abonent, obunachi
12. Abr, bulut
13. Abrishim, ipak
14. Abroʻ, qosh
15. Abroʻkamon, qayrilmaqosh
16. Absolyut, mutlaq
17. Abstrakt, mavhum
18. Abzal, egar-jabduq
19. Abzallamoq, egarlamoq, egar-jabduq urmoq
20. Abzac, xatboshi, satrboshi
21. Adabiyotchi, adabiyotshunos
22. Adabsiz, tarbiyasiz, axloqsiz, beadab
23. Adad, son, miqdor
24. Adadsiz, son-sanoqsiz, hisobsiz, behisob, beadad, cheksiz
25. Adam, yoʻqlik
26. Adashmoq, yanglishmoq
27. Adib, yozuvchi
28. Adil, toʻgʻri, tik
29. Adip, magʻiz, parovuz
30. Adno, past, quyi
31. Adolat, odillik, adl
32. Adolatli, odil
33. Adolatsizlik, haqsizlik, bedodlik
34. Adovat, kek, xusumat
35. Afandi, janob
36. Afif, pokiza, toza, iffatli
37. Aforizm, hikmatli soʻz
38. Afsonaviy, afsonavor, fantastik
39. Afsun, sehr, jodu
40. Afsungar, sehrgar, jodugar, afsunchi
41. Afsuslanmoq, pushaymon qilmoq, pushaymon chekmoq, oʻkinmoq, achinmoq
42. Aftidan, chamasi
43. Afv, kechirim, uzr
44. Afzal, ortiq, ustun, yuqori, aʼlo
45. Afzallik, ortiqlik, ustunlik, maziyat
46. Afgʻon, faryod, figʻon, nola
47. Agent, aygʻoqchi, josus, shpion, xufya, xabarchi
48. Agressiv, agressiya, tajovuzkorlik, bosqinchilik, tajovuz
49. Agressor, bosqinchi, tajovuzkor
50. Agar, mabodo, basharti, bordi-yu, magar
51. Ahd, qaror, vaʼda, lafz, kelishuv, bitim, shartnoma, sulh
52. Ahdlashmoq, vaʼdalashmoq, soʻz berishmoq
53. Ahdnoma, bitim, shartnoma
54. Ahmoq, tentak, telba, goʻsxoʻr, laqma
55. Ahvol, holat, hol, vaziyat, sharoit, ahvolot
56. Ahamiyat, eʼtibor, muhimlik, hamiyat
57. Ahamiyatli, eʼtiborli, muhim, hamiyatli
58. Ahamiyatsiz, eʼtiborsiz
59. Ajablanmoq, taajjublanmoq, hayron boʻlmoq, hayratlanmoq
60. Ajablanarli, taajjub, taajjublanarli
61. Ajam, forslar, eronlar
62. Ajdargul, itogʻiz
63. Ajdarnafs, yebtoʻymas, mechkay, ochofat
64. Ajdod, ota-bobolar
65. Ajib, ajab, qiziq, ajoyib, gʻalati, ajablanarli
66. Aji-buji, pala-partish, egri-bugri
67. Ajin, tirish burush(iq)
68. Ajina, jin, dev
69. Ajnabiy, xorijiy
70. Ajralmoq, ayrilmoq, yorilmoq, boʻlinmoq, parchalanmoq
71. Ajratmoq, ayirmoq
72. Ajratmoq, ayirmoq, farqlamoq, farq qilmoq
73. Ajz, ojizlik, zaiflik
74. Aka, ogʻa
75. Akashak boʻlmoq, tortishib qolmoq
76. Akbar, buyuk, ulugʻ, azim
77. Akildoq, vaysaqi
78. Aks, teskari, qarshi, qarama-qarshi, zid, chappa
79. Aksirmoq, aksa urmoq, chuchkirmoq
80. Aksiya, qimmatbaho qogʻoz
81. Aksiyador, aksioner, aksiyachi
82. Aksar, aksariyat
83. Aktiv, faol
84. Aktivlashmoq, faollashmoq
85. Aktual, dolzarb, hayotiy
86. Aktyor, artist
87. Akula, nahang
88. Alaf, oʻt
89. Alaxlamoq, alaxsiramoq
90. Alalxusus, xususan, ayniqsa, jumladan
91. Alam, dard
92. Alamnok, alamli
93. Alanga, yolqin
94. Alay-balay, u-bu, gʻing-ping, gʻiring-piring
95. Alagʻda boʻlmoq, betinch boʻlmoq, bezovta boʻlmoq
96. Albatta, shubhasiz, muqarrar, muhaqqaq, batahqiq, soʻzsiz, aniq, tayin, shaksiz, beshak, begumon
97. Aldamchi, aldoqchi, firibgar, yolgʻonchi, vaʼdasiz, qallob, tovlamachi, aferist
98. Aldamoq, yolgʻon gapirmoq, laqillatmoq, vaysamoq
99. Alfoz, soʻz, kalima, lafz
100. Alhol, hozirda, ayni paytda, ayni damda, ayni onlarda, ayni lahzalarda
101. Alifbo, alfavit
102. Aljimoq, aljiramoq, valdiramoq, sannamoq
103. Allegorik, majoziy
104. Allakim, kimdir, birov
105. Allamahal, allavaqt
106. Allanechuk, allaqanday, qandaydir, gʻalati, bir xil
107. Allanecha, allaqancha
108. Allanima, nimadir, allanarsa
109. Allapalla, yarim kecha, allamahal
110. Allaqachongi, qadimgi, eski, almisoqdan qolgan
111. Almisoq, qadimgi, burungi, eski
112. Alohida, ayrim, baʼzi

👉🏻 @onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

barcha sinflar quiz testlari :

👉5-sinf

👉6-sinf 1-qism
👉6-sinf 2-qism
👉7-sinf
👉8-sinf
👉9-sinf
👉10-sinf 1
👉10-sinf 2
👉11-sinf

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ona tili fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "X"
(mening tilim)
1. Xabar, darak
2. Xabardor, ogoh, boxabar, voqif
3. Xabarlamoq, daraklamoq
4. Xafalashmoq, achchiqlashmoq
5. Xalq, xaloyiq, el, ulus, mardum
6. Xasis, baxil, pishiq, qurumsoq, ziqna, nokas, nokasta, qizgʻanchiq, qoqvosh, qoq bosh, qoq, oʻlimtik, oʻlarmon, haris, qattiq, doʻqol
7. Xat, maktub, noma
8. Xavf, xatar, tahlika
9. Xavfli, xavotirli, xatarli, qoʻrqinchli, tahlikali
10. Xayriyat, goʻrga
11. Xayrlashmoq, xushlashmoq, vidolashmoq, xayr-maʼzur qilmoq, xayr-xoʻsh qilmoq
12. Xilvat, ovloq, pana
13. Xira, xiraxandon, shilqim, yopishqoq, yelim, sulloh
14. Xizmatkor, xizmatchi, malay
15. Xomush, maʼyus


@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

☑️9- sinf ona tili to‘liq audio darslar :


🎵Hol ergash gap
🎵Ega ergash gap
🎵Kesim,aniqlovchi,to‘ldiruvchi ergash gaplar
🎵Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar
🎵O‘zlashtirma gaplar
🎵Puktuatsiya.Nuqta
🎵Nuqtali vergul
🎵Qavs va qo‘shtirnoq
🎵Vergul va so‘roq haqida
🎵Ko‘p nuqta va undov
🎵Ikki nuqta
🎵Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Hozirgacha o‘tgan audio darslarimiz:

Fonetika. Unli va undosh tovushlar
Harf birikmalari haqida
Bo‘g‘in haqida
Qator va qo‘sh unli va undoshlar
Fonetik hodisalar.Tovush tushishi
Tovush ortishi
Tovush almashinishi
✅Urg‘u . Gap urg‘usi
✅Urg‘u. So‘z urg‘usi



👉ko‘makchi
👉bog‘lovchi
👉bog‘lovchi 2-qism
👉yuklama
👉Ravish
👉Ravish 2-qism
👉Ismlar
👉Ismlar 2-qism
👉Sintaksis
👉Qo‘shma gaplar
👉Bog‘langan qo‘shma gaplar
👉Ergashgan qo‘shma gaplar 1-qism
👉Ergashgan qo‘shma gaplar 2-qism
👉Ajratilgan bo‘laklar
👉Kiritma
👉Bir va ko‘p ma‘noli so‘zlar
👉Metafora
👉Metonimiya
👉sinekdoxa
👉vazifadoshlik


👉Ko‘chirma gapli qo‘shma gap
👉O‘zlashtirma gap
👉Ega ergash gap
👉Kesim,aniqlovchi,to‘ldiruvchi,hol ergash gap

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "U"
(mening tilim)
1. Umr, hayot
2. Umumiy, mushtarak
3. Unumli, samarali, barakali
4. Urinmoq, harakat qilmoq, intilmoq, tirishmoq, unnamoq
5. Urmoq, kaltaklamoq, doʻpposlamoq, savamoq, solmoq, tushirmoq, soʻqmoq
6. Urishmoq, olishmoq, yoqalashmoq, solishmoq, mushtlashmoq, soʻqishmoq, tashashmoq
7. Urush, jang, muhoraba, harb
8. Usta, mohir, mahoratli, omilkor, mirishkor, farang
9. Uyalmoq, iymanmoq, andisha qilmoq, nomus qilmoq, orlanmoq, or qilmoq
10. Uyalmoq, izza boʻlmoq
11. Uyat, nomus, sharm, hayo, or, oriyat, andisha, ibo, isnod
12. Uyatsiz, benomus, nomussiz, behayo, hayosiz, betsiz, yuzsiz, orsiz, andishasiz, sharmanda, sharmsiz, besharm, beibo, ibosiz, betavfiq
13. Uygʻoq, uyqusiz, bedor
14. Uzoq, olis, yiroq, iroq
15. Uchmoq, parvoz qilmoq
16. Uchramoq, yoʻliqmoq, duch kelmoq
17. Uchuvchi, aviator

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

⚡️Undov so’zlar haqida ma’lumot

  His-hayajon, tuyg’uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so’zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, ofarin, salom, xayr, obbo, ey, ehhe, iye, o’h, o’hho’, hm, be, tuf, hah, hoy, eh, iyi. Bu so’zlar mustaqil so’zlarga ham yordamchi so’zlarga ham kirmaydigan ayrim so’z turkumidir.
  Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo’llanishi mumkin: ah, voy, oh-voh, dod-voy, bay-bay.

  Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi.

Undovlar ma'no jihatidan ikki turli bo’ladi:

1.His-hayajon undovlari quyidagui ma’nolarni ifodalaydi:
1) shafqat, mehribonlik: iye, o, voy, voy-ey, eh;
2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o’h-ho’, ehe; 
3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay, oh-oh; 
4) mamnuniyat, faxrlanish, mag’rurlanish, xayrixohlik: e-ha, eh, ha-ya, o’; 
5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.

His-hayajon undovlari odatda gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydi, ular kirish so’z vazifasini bajaradi. Undovlar yozuvda gap bo’laklaridan vergul bilan ajratuiladi. Agar undov kuchli bo’lsa, his-hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo’yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
  Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so’zlardan undovlarga ko’chgan so’zlar ham mavjud: Kel, bir bahslashaylik! Bu gapdagi kel so’zi fe’l emas, balki undovdir.
  His-hayajon undovlari, odatda, gap bo’lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so’z, yoki so’z-gap bo’lib kelishi mumkin: Iye, men kimni ko’ryapman? – Dod!  - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

  2. Haydash-chaqirish undovlari ikki xil bo’ladi:

1) odamlarga qaratilgan undovlar:
a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo’llanadigan: hey, allo, ey; 
b) ta’kid, buyurish uchun qo’llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 

2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar:
a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo’llanadigan: kisht, bah-bah, qurey-qurey; 
b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to’xtatish uchun qo’llanadigan: ishsh, xo’k, tak;  
v) Hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladi: pisht, drr, xix, hov-hov, cho’k, tek, hayt, chu.

👉@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ertaga vazir ustamasi uchun nomzodlarga test bo‘ladi. O‘zingiz bilan pasport olishni unutmang va vaqtidan oldinroq test hududiga yetib boring.

Hammaga omad!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🎲 “Attestatsiya sinov testi. Natijangizni hoziroq aniqlang. @onlineonatili
Ushbu testni ishlashdan oldin /channel/onatiliustozi kanaliga a‘zo bo‘lish kerak testi
🖊 40 ta savol · ⏱ 45 soniya

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🏆🏆🏆ONLAYN TEST🎓🎓🎓

📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Jamshidbek Abdullayev


Fan: ONA TILI VA ADABIYOT.
Savollar soni: 40 ta
Test kodi: 98672

⏰Test boshlanish vaqti  20:00
⏰Test tugash vaqti         22:00

Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

98672*abcdabcd...
yoki
98672*1a2b3c4d5a...

☝️ Do‘stlaringizni ham taklif eting

👉 @yigitaliyev_akademiyasi

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Kun_hikmati

Muammosi bo'lmagan yagona odamlar qabristonlarda!


Xayrli tong!

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "A"

113. Alomat, belgi, nishon, nishona, ifoda
114. Aloqa, bogʻlanish, uzviylik, robita
115. Aloqa, daxl, taalluq
116. Aloqador, bogʻliq, daxldor, tegishli, oid, taalluqli
117. Alqissa, xullasi kalom, qisqasi
118. Alhosil, xullas, nihoyat, shunday qilib
119. Alvon, qirmizi
120. Amaldor, mansabdor, aʼyon
121. Amal qilmoq, rioya qilmoq
122. Amaliyot, tajriba, praktika
123. Amallamoq, ilojini topmoq, amal-taqal qilmoq
124. Amalparast, mansabparast
125. Ammo, lekin, biroq, illo
126. Amniyat, xavfsizlik, bexavotirlik
127. Amoma, salla
128. Amr, buyruq, farmon, farmoyish
129. Analiz, tahlil
130. Andak, picha, sal, xiyol, ozgina
131. Andaza, namuna, qolip
132. Aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon
133. Aniqlamoq, oydinlashtirmoq, muayyanlashtirmoq
134. Andisha, oʻy, mulohaza
135. Anjuman, yigʻilish, majlis, yigʻin
136. Anketa, soʻrovnoma
137. Anqimoq, tarqalmoq, ufurmoq
138. Anqov, merov, ovsar, kalvak, goʻl, laqma, angrov, pandavoqi, galvars
139. Anqaymoq, angraymoq, baqraymoq, agʻraymoq
140. Anʼana, taomil, odat
141. Apil-tapil, naridan-beri, shosha-pisha
142. Apteka, dorixona
143. Aqiq, haqiq
144. Aql, xirad, ong, fahm, tamiz, es, miya, bosh, kalla
145. Aql-hush, es-hush
146. Aqlli, xiradmand, oqil, esli, es-hushli, fahm-farosatli, did-farosatli, aql-hushli, miyali
147. Aqlsiz, beaql, nodon, johil, bexirad
148. Aqalli, loaqal, jillaqursa, jilla boʻlmasa, jida boʻlmaganda, hech boʻlmaganda
149. Archimoq, artmoq
150. Ardoqlamoq, ehtiyot qilmoq, avaylamoq
151. Argʻimchoq, halinchak
152. Arimoq, ketmoq, uzilmoq
153. Aristokrat, zodagon, asilzoda, oqsuyak
154. Arjumand, aziz, qadrli, qimmatli
155. Armiya, qoʻshin, lashkar
156. Arqon, argʻamchi
157. Arsenal, aslahaxona, qurolxona
158. Arz, shikoyat
159. Arzimagan, arzimas, anchayin
160. Arzimaganga, arzimasga, salga, saldan-salga, boʻlar-boʻlmasga, unar-unamasga
161. Aralash, qorishiq, omuxta
162. Aralashmoq, qoʻshilmoq, qotishmoq, suqilmoq
163. Aralashmoq, qorishmoq, omuxta boʻlmoq
164. Arang, zoʻrgʻa, zoʻrgʻatdan, bazoʻr, zoʻr-bazoʻr, oʻlib-tirilib, qiynalib, ming azobda, it azobida
165. Araqxoʻr, piyonista, mayxoʻr, sharobxoʻr, boʻzaxoʻr, ichkilikboz
166. Asab, nerv
167. Asabiy, tajang, jizzaki
168. Asabiylashmoq, gʻazablanmoq, jahli chiqmoq, achchiqlanmoq, qizishmoq
169. Asal, bol
170. Asar, asorat, nishon
171. Asil, toza, sara, sarxil, xil, mumtoz, poshshaxon
172. Asir, bandi, tutqun, ariston
173. Asir, qul
174. Asirlik, asorat, tutqunlik, qullik
175. Asket, zohid, goʻshanishin, tarki dunyo qilgan odam
176. Asketizm, zohidlik, goʻshanishinlik, tarki dunyochilik
177. Askar, navkar
178. Asl, tub, negiz
179. Asl(i), tag
180. Aslida, haqiqatda, asli
181. Aslo, sira, zinhor, hech
182. Aslaha, qurol, qurol-yarogʻ, qurol-aslaha
183. Asos, tayanch, negiz, poydevor, baza
184. Asosiy, yetakchi, muhim, bosh
185. Asoslamoq, isbotlamoq
186. Asoslanmoq, suyanmoq, tayanmoq
187. Asossiz, dalilsiz, bekorga, behudaga, bejizga
188. Asosan, binoan, koʻra, muvofiq, asosida
189. Associaciya, birlashma, uyushma
190. Asqatmoq, kerak boʻlmoq, ish bermoq, foyda bermoq
191. Asrdosh, zamondosh
192. Asror, sir
193. Asramoq, ehtiyot qilmoq, saqlamoq
194. Asramoq, parvarish qilmoq, boqmoq
195. Assiscent, yordamchi
196. Astoydil, chindan, yurakdan
197. Astronomiya, falakiyot
198. Asta, sekin, ohista
199. Astarlik, astarbop
200. Asta-asta, sekin-sekin, asta-sekin, sekin-asta, tadrijan
201. Atamoq, nom bermoq, nomlamoq
202. Atama, termin, istiloh
203. Ataylab, atay, atayin, ataydan, joʻrttaga, joʻrtta, maxsus, azza-bazza, qasddan
204. Ateist, xudosiz, dahriy, shakkok, murtad, kofir
205. Atigi, bor-yoʻgʻi, bori, boʻlgani, nihoyat, faqat
206. Ato qilmoq, inʼom bermoq, baxsh etmoq, bermoq
207. Atoqli, taniqli, dongdor, mashhur, nomdor
208. Atrof, tevarak, gird, tegra, har tomon, har taraf, har yon, aylana, qurshov, sogʻ-u soʻl
209. Atroflicha, har tomonlama, har taraflama, batafsil, mufassal, mukammal, toʻla, toʻliq, toʻla-toʻkis
210. Attang, afsus, nadomat, pushaymon, esiz, taassuf, darigʻ, hasrato, eh

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#Attestatsiya2024
📗 Pedagogika nazariyasi va tarixi

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#Attestatsiya2024
📗 Pedagogik mahorat (A'zam Xoliqov)
✔️ MANA O'SHA ATTESTATSIYADA PEDAGOGIK MAHORATDAN SAVOL OLINADIGAN KITOB.

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Attestatsiya darslarimizga qo‘shilib ketishingiz mumkin. Darslar jonlivideochatda olib borilmoqda. Hozirda yordamchi so‘zlar mavzusiga kelganmiz. Adabiyotdan esa yangi 6-sinf adabiyotidamiz. Har darsda bitta variant tahlili, har yakshanba sinov test bo‘lmoqda.

Murojaat uchun : @Otabeeeeeeek

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Ma‘nodoshlar lug‘ati

👉A
👉A 2
👉A 3
👉B
👉D
👉E
👉F
👉G
👉H
👉J
👉K
👉M
👉N
👉O
👉P
👉Q
👉R
👉S
👉S 2
👉T
👉T 2
👉U
👉V
👉X

Ustiga bosish orqali topish mumkin. Harflar ko‘payib boradi.

@onatilitestlar

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

Vazir ustamasi uchun 1-bosqich testlar 19-fevral kuni ikki navbatda o‘tkaziladi.

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

#maʼnodoshlar / #lugʻatlar

Maʼnodoshlar — "V"

1. Vafo, sadoqat, sodiqlik
2. Vafoli, vafodor, sodiq, sadoqatli
3. Vaqt, payt, zamon, fursat, mahal, chogʻ, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza
4. Vatan, mamlakat, yurt, diyor, yer, mulk
5. Vazifa, burch
6. Vaziyat, ahvol, holat, sharoit, manzara
7. Vaʼda, ahd, ahd-paymon
8. Vaʼdalashmoq, ahdlashmoq, ahd-paymon qilishmoq, kelishmoq, bitishmoq
9. Vijdon, nomus
10. Vijdonli, nomusli, toʻgʻri, halol, sofdil
11. Vijdonsiz, nomussiz, benomus, noinsof, insofsiz, muttaham
12. Voqea, hodisa, gap, sinoat

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

8-‘B‘ sinf o‘quvchimiz GULMURODOV PO‘LATJONdan Navoiy haqida ma‘lumotlar.

#Navoiy_day

@onlineonatili

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

11- va 10-sinf ona tili kitoblari asosida testlar:

👉1-variant testi
👉2-variant

10- sinf ona tili asosida quiz testlar to‘plami:
👉1-variant
👉2-variant
👉3-variant
👉4-variant
👉5-variant
👉6-variant

9-sinf

👉1- variant. Bog‘langan qo‘shma gaplar
👉2-variant. Tinish belgilari
👉3-variant. Qo‘shma gaplar
👉4-variant. Ko‘chirma gaplar

8-sinf ona tili :

👉So‘z birikmasi
👉Ega va kesim
👉Aniqlovchi,to‘ldiruvchi,hol

Attestatsiya testlari:

1-variant
2-variant

Читать полностью…

ONA TILI VA ADABIYOT | OTABEK TO‘LAGANOV

🔰Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlanadi.

Guliston tuman IMI

@onlineonatili

Читать полностью…
Подписаться на канал