Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
O’rta maktabdan so’ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so’nggi yillarida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o’tdi..
26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun!
Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf agar xayot bo'lganlarida bugun 70 yoshni qarshi olgan bo'lar edilar...
𝗗𝗜𝗤𝗤𝗔𝗧 𝗦𝗜𝗭 𝗜𝗭𝗟𝗔𝗚𝗔𝗡 𝗙𝗔𝗬𝗟𝗟𝗔𝗥 𝗕𝗔𝗭𝗔𝗦𝗜🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊🔊
𝗕𝗔𝗥𝗖𝗛𝗔𝗚𝗔 𝗨𝗟𝗔𝗦𝗛𝗜𝗡𝗚 𝗕𝗜𝗭 𝗦𝗜𝗭𝗚𝗔 𝗘𝗡𝗚 𝗬𝗔𝗫𝗦𝗛𝗜𝗟𝗔𝗥𝗜𝗡𝗜 𝗨𝗭𝗔𝗧𝗔𝗠𝗜𝗭
🗂🗂🗂🗂🗂🗂🗂🗂🗂
LIDER SUPER USTOZLAR!!!!
BAZALARIMIZ SIZLAR UCHUN
👇👇👇👇👇👇👇👇
Aziz ustozlar sinfingizga oid konspekt,ish reja,video dars,izlab charchadingizmi 🔍biz ishingizni yengilashtiramiz
endi kerakli sinfni ustida bosib o'zingizga kerakli ma'lumotni yuklab oling va bizdan yiroqlashmang 🔔🔔🔔🔔
𝐒𝐈𝐙 𝐈𝐙𝐋𝐀𝐆𝐀𝐍 𝐁𝐀𝐙𝐀𝐋𝐀𝐑👇👇
🗂 1 sinf uchun @birinchisinf
🗂 2 sinf uchun @ikkinchisinf
🗂 3 sinf uchun @uchinchisinf
🗂 4 sinf uchun @tortinchisinf
🗂 5 sinf uchun @beshinchisinf
🗂 6 sinf uchun @oltinchisinflar
🗂 7 sinf uchun @yettinchisinf
🗂 8 sinf uchun @sakizinchisinf
🗂 9 sinf @toqqizinchisinfga
𝐒𝐈𝐙 𝐈𝐙𝐋𝐀𝐆𝐀𝐍 𝐁𝐀𝐙𝐀𝗟𝗔𝗥☝️
𝗕𝗜𝗭 𝗕𝗜𝗟𝗔𝗡 𝗕𝗜𝗥 𝗤𝗔𝗗𝗔𝗠 𝗢𝗟𝗗𝗜𝗡𝗗𝗔𝗦𝗜𝗭 𝗕𝗜𝗭𝗗𝗔𝗡 UZ𝗢𝗤𝗟𝗔𝗦𝗛𝗠𝗔𝗡𝗚📚📙📘
✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Olimlarning Amir Temur haqida aytgan fikrlari:
Lyusyen Keren : Bir tomonda kattiqqoʻl Temur tursa, ikkinchi tomonda ilm ahlini qutlab, himoyasiga oladigan Temur turadi; bir tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi Temur boʻlsa, ikkinchi tomonda obidalar, madrasalar, anhorlar qurdiruvchi va bogʻlar barpo ettiruvchi Temur turadi. Bu murakkab shaxs muarrixlar uchun ham jumboq boʻlib qolmoqda.
I.A.Karimov : Tarixda hukmdorlar ko‘p o‘tgan, ularning aksariyati o‘z maishati va ayshu ishratidan nariga o‘tmaganligi ma’lum. Ularni bugun birov eslamaydi ham. Biroq millat g‘amida yongan, uning istiqboli va istiqloli yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan arbobni kelajak va tarix hech qachon unutmaydi. Amir Temur ana shunday tarixiy va unutilmas shaxsdir.
Ye Snesarev :Amir Temurning sarkardalik, tashkilotchilik faoliyatini o‘rganishga g‘oyat qiziqib qaragan yirik harbiy arbob ham edi. U Yevropa tarixnavisligi namoyandalarining «Osiyoning xaqli ravishda shuxrat qozongan harbiy yo‘lboshchilarini kamsitib», Amir Temur kabi atoqli sarkardalarni «mamlakatni shafqatsizlarcha vayron etgan», «qonxo‘r», «telbanamo» kimsalar qatoriga qo‘shishlarini g‘arazguylik, g‘ayriilmiy tarzda biryoqlama yondashish deb baholadi». Masalaning tafsilotiga berilmay, buni «o‘taketgan anglashilmovchilik yoki noxaqlik» deb hisoblashga ijozat bergaysiz»
A.Yu. Yakubovskiy : Temurning To'xtamish ustidan qozongan bu g'alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy Ovro'pa , balki Rusiya uchun ham katta ahamyatga molik bo'ldi.
F. Shlosser : Amir Temur baxtiyor jangchi , jahongir , uzoq Sharqda qonunshunos bo'lish bilan birga o'zida Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi
M.Veber : Temur o'z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik , davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi
Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar
1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan.
6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan.
7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan.
8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan.
9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
11. Ayni paytda Shaxrisabz, Samarqand va Toshkent hududlarida Amir Temur haykallari mavjud.
12. Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi 1996 yilda rasman ochilgan.
13. 1996 yilda "Amir Temur" ordeni ta’sis etilgan.
14. Mashhur Toj Mahal maqbarasi 17 asrda Temur avlodi bo‘lmish - Temuriyzoda Shoxjahon tomonidan qurilgan.
15. Temur avlodlaridan yana biri – Bobur esa Hindistonni zabt etib, buyuk imperiyaga asos solgan
9 aprel: Buyuk sarkarda va ulkan imperiya asoschisi Amir Temur tavallud topgan kun
Amir Temur - dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateteg va siyosatchi, hayotida davomida biror marta bo‘lsa ham raqibga yengilmagan buyuk inson.
9 aprel kuni Amir Temurning tavvalud kuni yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Biz ham ana shu munosabat bilan sizga buyuk ajdodimiz haqidagi eng sara ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar
1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi.
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan.
Assalom Alaykum qadrdonlar!
Azizlar Navro'z muborak bo'lsin!!!!
Alloh sizdan rozi bo'lsin va barcha ezgu tilaklaringizga erishsin!!!🌷🌺
Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,
Yurakda muattar chechaklar kular,
Bir suluv kelinchak salomga kelar
Ostonaga bosh ur, aziz mehmonim!
Navro'zing muborak, O'zbekistonim!
Navro'zi olam barchamizga muborak
bo'lsin!
➖➖Ona tilim➖➖
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
📹 Соғлом хаёт сари - туғри овқатланиш / Правильное питание - путь к Здоровью (на узбекском языке)
Читать полностью…📹 Соғлом хаёт сари - туғри овқатланиш / Правильное питание - путь к Здоровью (на узбекском языке) →
Читать полностью…TEMURIYLAR...
(talablarga binoan Amir Temur va Temuriylar xotirasiga bag'ishlangan she'r !)
O'zbekning tarixi jahonga tengdir
Har bitta so'zining ma'nosi kengdir
Tarixni titib aqlingga sig'dir
Bizning tariximiz TEMURIYLARDIR!
O'zbek tarixini cho'llarga yoysa
Suv toshib ketar daryoga otsa
Samarqandda yer tepib yurmangiz aslo
Ahir u yerlarda TEMURIYLAR bor!
O'zi vafot etgan , huddi tirekdek
Yolg'iz qolgan joyda dildan sherikdek
Har bir savob ishda xatto yoningdek
Diydori qiyomat TEMURIYLAR bor!
Haqqiga duolar qilaylik bugun
Ularga munosib bo'laylik bugun
Ruhlar hozir-u nozir deyilgan
Demak yonimizda TEMURIYLAR bor!
Ularni bilmasang o'zbek emassan
Tik turib yuribsan tirik emassan
O'zingni o'zing aldama buncha
O'zligingni bilmasang o'zbek emassan!
Qizg'onib tarixni , kitoblarni
Ochilgan har bir varoqlarni
Qadrlang jilddagi haqiqatlarni
Chunki haqiqatdan TEMURIYLAR bor!
Nohaqlikni ko'rib jim qarab turma
Olimlarni xo'rlatib , yig'latib qo'yma
O'zligingni o'zing unutib qo'yman
Axir qoningda ham TEMURIYLAR bor!
Ular davri o'tdi deb zamonni quvma
Tiling kelgan har so'zni aytma
Faqat oldinga intil, ortga hech qaytma
BIZNI QO'LLAB TURUVCHI TEMURIYLAR BOR!!!
AMIR TEMUR
Tarjimai hol
Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor,y sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.
Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
Temurning otasi Tarag‘ay doimiy ravishda xon ulusi bo‘lmish Il daryosi qirg‘og‘iga chaqiriluvchi chig‘atoy beklari qurultoylarida ishtirok etgan. 1355 yil u Turmush og‘a barlosi amir Jakuning qiziga uylanadi.
Movaraunnahrning bosh amiri Qozag‘on Amir Temurning qobiliyatlariga ishonch hosil qilib, shu yiliyoq unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Qazog‘onning nevarasi amir Husayn va Amir Temurlar ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda qo‘l keladi. 1356 yil Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir va Umar Shayh.
XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. Bundan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur foydalanib qoladi va hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryogacha yetib boradi. Amir Temur unga xizmat qilishni boshlaydi. Biroq, Tug‘luq Temur Movaraunnahr hukmdori etib o‘zining o‘g‘li Ilyos Xodjani tayinlaydi va Amir Temur shahzodaga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hukmdori amir Husayn bilan birlashib olib, mo‘g‘ullar bilan qat’iy jangga kirishadi.
Bu vaqtda Samarqandda sarbadorlar - “dorga osiluvchilar”, shuningdek, mo‘g‘ullarga qarshi kurashuvchilar hukmron surgan. Mazkur xalq harakatining “Yoki ozodlik uchun kurash, yoki dorga osilgan kalla” shiori ham uning ishtirokchilari tomonidan yaratilgan. 1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi.
Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi.
Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.
Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.
Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan. Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan.
Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi
Navroʻzi Olam bayrami muborak bo'lsin,
Butun Jahon go'zalligu iforga to'lsin.
Barq urib ochilsin gullar, tikonlar so'lsin,
Bug'doy undirib onalar sumalak solsin.
Ko'kka yetkazdi Olloh, shukurlar bo'lsin,
Dasturxonlar nozu ne'matga to'lsin,
Do'stu yor yashnasin, g'animlar so'lsin,
Har bir qalbga Yaratgan mehrlar solsin.😊
ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI USTOZLAR, HAMKASBLAR VA TA'LIM FIDOIYLARI. KIRIB KELGAN NAVRO'ZI OLAM MUBORAK BO'LSIN. NAVRO'Z SIZLARGA SOG'LIK - SALOMATLIK, TANI - SIXATLIK, OILAVIY TINCHLIK - XOTIRJAMLIK OLIB KELISHIGA TILAKDOSHMIZ. KEYINGI YILI SHU KUNLARDA HAM QATORIMIZDAN XATO BO'LMAY YANA BIR - BIRIMIZNI QUTLASH NASIB ETISHINI TILAYMIZ BAYRAM MUBORAK BO'LSIN!
Navro'zim
Bog'lar-daraxtlarniki,
Tog'lar-lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram-bolalarniki,
Bayram-bolalarniki.
Bog' bahorsiz qolmasin,
To'kmasin tog' lolasin.
O'zbekiston bag'rida,
Navro'zlar omon bo'lsin,
Navro'zlar omon bo'lsin.
Navro'z, navro'z, navro'zim,
Sen mening ko'rar ko'zim,
Sen mening aytar so'zim,
Sen mening yorug' yuzim.