Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov (1916-yil 5-may — 2002-yil 15-iyun) — bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Burhonov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan (1947, 1978 va 1992-yillardagi talqinlarini). Shuningdek, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlarini yozgan, bir necha opera va film, jumladan, „Maftuningman“ filmi musiqasini bastalagan. Oʻzbeklar orasida eng sevimli qoʻshiqlarga aylangan „Doʻppi tikdim“ va „Maftuningman“ qoʻshiqlari musiqasini bastalagan.
Burhonov Oʻzbekistonda koʻp ovozli xor hamda a kapella janri asoschilaridan biri hisoblanadi. Burhonov bir necha orden va medal, jumladan, „Shuhrat“ medali (1994), „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1998) hamda „El-yurt hurmati“ ordeni (2001) bilan taqdirlangan. Bastakor oila qurmagan va kamtarona hayot kechirgan.
Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yil 5-mayda Buxoro shahrida tugʻilgan. Oilada besh farzand boʻlgan – Mutal Burhonovning Minhojiddin va Misbohiddin ismli ikki akasi va Mohida va Fotima ismli ikki opasi boʻlgan. (Opasi Fotima Fitratga turmushga chiqqan.) Otasi madrasada matematikadan saboq bergan. Otasining aka-ukalari, xususan, Mazhariddin Burhonov, Mukammil Burhonovlar jadidchilar boʻlgan.
Burhonov sakkiz yoshida amakisi Mukammil unga tanbur olib bergan. Keyinchalik Burhonov Otagʻiyos Abdugʻaniyevdan tanbur chalishni oʻrgangan.
1919-yil Burhonovning otasi vafot etgan. Oʻn yoshida onasidan ayrilgan. 1934-yil akasi Misbohiddin Burhonovga xalq dushmani ayblovi qoʻyilib, Sibirga surgun qilingan. 1937-yil akasi va amakilari jadidchilikda ayblanib qatagʻon qilingan, 1938-yil otib tashlangan.
Burhonov 1928—32-yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya institutida, 1939—41- va 1946—49-yillarda esa Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan. Konservatoriyada Sergey Vasilenkodan kompozitsiya, Grigoriy Stolyarovdan dirijyorlik boʻyicha saboq olgan. Oʻsha yillari Uygʻun va Izzat Sulton yozgan „Alisher Navoiy“ dramasiga musiqa, qator kamer-vokal va kamer-cholgʻu asarlar yaratgan.
Burhonov 1941-yil Ikkinchi jahon urushida Moskva mudofaasida qatnashgan. 1949—51-yillarda „Oʻzbekiston“ radiosida badiiy rahbar, 1955—60-yillarda Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasi boshqaruvining raisi lavozimida ishlagan.
Burhonov ijodida vokal musiqasi, ayniqsa, romans, joʻrsiz xor va vokal-simfonik janrlar asosiy oʻrin tutadi: „Tabassum qilmading“, „Namedonam Chi nom dorad“, „Ishqida“ va boshqa romanslari, „Alisher Navoiyga qasida“ (Abdulla Oripov, 1968) va boshqa Sharq xalqlari qoʻshiqlarini joʻrsiz xor uchun „mahorat bilan, milliy musiqaga xos nafislik va jozibalilikni toʻla saqlagan holda qayta ishlagan“.[1] Burhonov qozoqcha „Dudaray“, eroncha „Goʻle gandum“, oʻzbekcha „Goʻzal qizga“, afgʻoncha „Chashmi siyoh“ va boshqa koʻpgina bolalar qoʻshiqlarini bastalagan va xor uchun qayta ishlagan.[3]
Shuningdek, Burhonov qator filmlarga, xususan, „Surayyo“, „Abu Ali Ibn Sino“, „Maftuningman“, „Orol baliqchilari“, „Boy ila xizmatchi“ kabi filmlarga musiqa bastalagan. „Alisher Navoiy“ operasi (1986) hamda „Abadiy xotira“ rekviyemini (1996) yozgan. 1992-yil mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasini yozgan. Oʻzbekiston SSRning 1947- hamda 1978-yillardagi madhiyalari musiqasini ham Burhonov yaratgan.
Burhonov oila qurmagan va kamtar hayot kechirgan.[2] 1998-yil „Koʻngil xazinasi (Burhonnoma)“ kitobini yozgan. Bastakor 2002-yil 15-iyunda 86-yoshda vafot etdi. 2016-yil „Oʻzbekkino“ milliy agentligi Burhonov hayoti va ijodi haqida „Mutal Burhonov. Ohanglarda yashayman hamon...“ hujjatli filmini suratga olgan.
Madhiya, Gimn asosan davlat yoki kishini madh etish uchun yaratilgan musiqa hamda so'z ijrosida yaratilgan asar.
Madhiya (arab. — maqtov, taʼrif) — biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bagʻishlangan badiiy asar. Baʼzan asarning bir qismi ham Madhiyadan iborat boʻlishi mumkin. Arab, fors va oʻzbek mumtoz adabiyoti anʼanalariga koʻra, har bir yirik epik asarning bosh qismida maxsus (asosan, sheʼriy) maqtovlar berilgan. Odatda, bu maqtovlar falsafiy oqimlarning asoschilari, asar yozilgan paytdagi hukmdor va boshqalarga bagʻishlangan. Shuningdek, shoirlar oʻzlaridan avval oʻtgan buyuk shaxslarga maqtovlar bagʻishlashi ham odat boʻlgan (mas, Navoiy "Xamsa"sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomiy, Hisrav Dexlaviy, Jomiy madhi). Madhiya xarakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, gʻazal, muhammas va boshqalar) yozilishi mumkin.
Muayyan davlatga bagʻishlangan sheʼriy-musiqiy asar ham Madhiya hisoblanadi (baynalmilal tilda gimn)
Gimn (yun. hymnos) — tantanavor qoʻshiq, sheʼr. Yunonistonda dastlab afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar shaʼniga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea va hodisalarga ham bagʻishlangan Gimnlar paydo boʻlgan.
#BAYRAM_MUBORAK 🎉
🇺🇿 Bugun, 10-dekabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil toʻldi!
🎼 Madhiyamiz Mutal Burxonov musiqasi va Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan 😊
Serquyosh oʻlkamizga koʻz tegmasin 🤲
Bayram muborak halqim!
🇺🇿 8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat
Konstitutsiyamizning 31 yilligi muborak boʻlsin, barchaga farovonlik, omad, sogʻlik va ajoyib kayfiyat xamroh boʻlsin.
✅2023-2024 O'quv yili uchun✅
6-sinf Ona tili fanidan 3-4-chorak KO'RGAZMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Murojaat uchun: @sayyodfazliddinov
📹 Nima eksang shuni o'rasan | Ibratli hikoya →
👤 6-sinf "Xatti-harakat qanday bo'lsa, oqibat ham shunday bo'ladi"
✅2023-2024 O'quv yili uchun✅
6-sinf Ona tili fanidan 1-2-chorak TARQATMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Murojaat uchun: @sayyodfazliddinov
Tirik organizimlarda oziq moddalar transporti
📘Tabiiy fanlar (o'zbek tilida)
📌6-sinf
#Bayram_muborak
Bugun 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!
🇺🇿 32 yosh muborak boʻlsin!
Oʻzbekiston bayrogʻi hamisha baland-balandlarda hilpirayversin😊
1991-yil 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun!
Barcha vatandoshlarni tabriklaymiz!
Abdulla Oripovning hayoti va ijodi
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.
10 dekabr O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!
1992 yil 10 dekabr. Ushbu sanada O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining huquqiy maqomini belgilovchi 13 moddadan iborat “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.
Hurmatli vatandoshlar sizlarni qalbimizda cheksiz faxr va iftihor tuyg‘ularini yuksaltiruvchi, ona yurtga fidoiylikni tarannum etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!
Bugun, 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Barchangizni 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Eslatib oʻtamiz, hozirgi Konstitutsiyamiz 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat..
👏O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYASI QABUL QILINGANINING 31 YILLIGI BILAN BARCHANGIZNI TABRIKLAYMIZ!
🇸🇱Bugun — 8 dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun.
O‘zbekistonda bosh Qomus qabul qilinganining 31 yilligi keng nishonlamoqda shu munosabat bilan sizlarni va butun O‘zbekiston aholisini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan muborakbod etib, tinchlik, xotirjamlik va Vatanimiz gullab-yashnashini tilab qolamiz!!!
🌼Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida jonbozlik bilan o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan vatanparvar insonlar safi kengayib borsin!
🌼Barchaga sihat-salomatlik, baxt va istiqbolli rejalarning amalga oshishini tilab qolamiz!
Konstitusiyaviy huquqlaringizni biling va himoya qiling, huquqlaringiz buzilgan holatda Konstitusiyaga tayaning.
Assalom o’zbegim aziz Turonim,
Mustaqil diyorim O’zbekistonim
Kelajagi buyuk , ulug’ diyorsan
O’zing xon-u, ,said-u , o’zingga beksan
Bayraming , Qomusing muborak senga
O’z erking muborak, buyuk turonim.
Bayram muborak aziz vatandoshlar
✅2023-2024 O'quv yili uchun✅
6-sinf Ona tili fanidan 1-2-chorak KO'RGAZMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Murojaat uchun: @sayyodfazliddinov
✅2023-2024 O'quv yili uchun✅
6-sinf Ona tili fanidan 3-4-chorak TARQATMALAR
TO'LIQ HAJMDA YUKLAB OLING Murojaat uchun: @sayyodfazliddinov
Bob yuzasidan mantiqiy fikrlashga doir topshiriqlar
✍🏻Tuzuvchi: Toshkent viloyati Oqqorg
on tumani 30-IDUM geografiya fani o`qituvchisi Nozimjon Azimov
1991-yil 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan kun.
Bugun 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganiga 32 yil toʻldi!
Dunyoda eng chiroyli, eng nufuzli bayroq bu - bizning bayrogʻimiz😊
18-NOYABR - OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN
MENING BAYROGʻIM 32 YOSHDA
🇺🇿18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
✅ BOSHQALARGA HAM
TARQATIING!