Bu yerda 6-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin
#👩🏫 taqdimot
Sinf:6
Fan: Matematika
Mavzu: Aylana uzunligi va doira yuzi
Muallif: Turğunova Zilola Vohidjon qizi
Maktab: №31
Hudud:Namangan viloyati Chortoq tumani
🖨 Taqdimot
6⃣-SINF
📚Fan: Matematika
📝Mavzu:Kasrlarni qisqartirish
👩💼 O'qituvchi: Mamadaliyeva Mahliyo
🏫 Maktab:N-°24
🇺🇿 Hudud: Namangan viloyati Norin tumani
📚 #maktab_darsligi
📒 Tabiiy fanlar 6 sinf uchun
➖
🔰Nazorat ishi
☝️Ushbu faylda 6-sinf Tabiiy Fanlar SCIENCE fanidan 6-7- nazorat ishi savollari mavjud.
P/s:. Nazorat ishi nechanchiligi o‘zingizning ish rejangizga bog‘liq.
Zahiriddin Muhammad Bobur Hayoti va ijodi
Читать полностью…ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI VA SARKARDA
Читать полностью…#Bobur
#tavalludi
Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan.
YAXSHILIG‘
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.
Bu zamonni nafi qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.
Bobur Mirzo tavalludi arafasida buyuk olim va sarkarda haqida eng muhim 10 ta faktni yodingizga solamiz:
1. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
2. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
3. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).
4. Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.
5. Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.
6. Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.
7. Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.
8. "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
9. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
10. Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.
🎬Video_Dars
✍Zahiriddin Muhammad Bobur
🌹Bahor ayomi
Assalomu aleykum!!!😊
Bugun, 14-fevral ,buyuk davlat arbobi, bobomiz, Temuriylar naslidan, Boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni.
Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug'iladi. 12 yoshida taxtga chiqadi. 1526-yilda Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos soladi.
6-sinf. Sciens. HARAKAT TURLARI
✍Tuzuvchi: Toshkent viloyati Oqqorgon tumani 30-IDUM geografiya fani o`qituvchisi Nozimjon Azimov
🗓 Bugun – 9 fevral buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi millatimizning ulug‘ siymosi, o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir-Alisher Navoiy tavallud topgan kun
🕌 Tarixchi Xondamirning qayd qilishicha, Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirot va mamlakatning boshqa shaharlarida bir nechta madrasa, 40 ta rabot, 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta ko‘prik, shuningdek, 9 ta hammom va yigirmaga yaqin hovuz qurgan va ta’mirlattirgan.
Sinf:6
Fan: Matematika
Mavzu: Uchburchak,uning perimetri va turlari.
Muallif: Alisherova Xaitoy
Maktab: №19
Hudud: Namangan viloyat Chortoq tuman.
#dars_ishlanma 📚
🔰Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Xalq Ta'limi Bo'limiga qarashli 21-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Fizika fani o'qituvchisi Samiyeva Mo'tabarning 6 -sinflarda “Quyosh sistemasi” mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi
6-sinf. Sciens. HARAKAT TURLARI
✍Tuzuvchi: Toshkent viloyati Oqqorgon tumani 30-IDUM geografiya fani o`qituvchisi Nozimjon Azimov
5,6,7,9,10-sinflar uchun Tarix fanidan
1-2-3-4-choraklar uchun 100 tadan ortiq tarqatmasi tayyor, ochiq darslar metodik tavsiya va uslubiy ishlar uchun bemalol qo'llasa bo'ladigan hujjat.
To'liq olish uchun @USTOZ4 ga murojat qilishingiz mumkin.
***
Charxning men koʻrmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta koʻnglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning oʻzga muddaosi qoldimu?!
Meni oʻlturdu jafoi javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi qoldimu?!
Oshiq oʻlgʻoch koʻrdim oʻlimni oʻzimga, ey rafiq,
Oʻzga koʻnglimning bu olamda harosi qoldimu?!
Ey koʻngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!
Zahiriddin Muhammad Bobur
Bugun, 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludiga 542-yil boʻldi
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon boʻlsa, jazo topqusidir.
Bobur tarixda misli yoʻq darajada madaniy, dilbar shaxslardan biri edi. (Javoharlaʼl Neru)
🎥 #Video_Dars
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida video rolik
Читать полностью…Bugun Bobur tavallud kuni munosabati bilan Bobur gʻazali..
Читать полностью…📹 Alisher Navoiy hayoti va ijodi Alisher Navoiy haqida maʼlumot
Читать полностью…Bugun – 9-fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Читать полностью…