21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI DAVOM ETMOQDA.
Bugun ishtirokchilarga test nazorat topshiriqlari taqdim etildi va topshiriqlarni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratildi
Quyidagi telegram guruh orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉 @IJSO2024saralash
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHI.
Saralash olimpiadasi Toshkent viloyati o'qituvchilar malaka oshirish institutida tashkil etiladi.
📍https://yandex.uz/maps/-/CDT8QR1B
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:
▶️22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.
📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)
2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.
Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
➖ iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
➖ xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
➖ olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.
2025-yil 1-oktabrga qadar:
➖ Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.
2025-yildan boshlab:
➖ 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
➖ asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;
➖ terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
➖ asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;
➖ xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.
2025-yil 1-mayga qadar:
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:
➖millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
➖ matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
➖ kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
➖ fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
➖ biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
Joriy yilnning 15-22 sentabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan 3-Xalqaro ochiq astronomiya (OWAO-2024) olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etib 🥈4 ta kumush va 🥉2 ta Bronza medallarni qo'lga kiritishdi.
⚡️Xashayev Ildar Muslimovich - 🥈Kumush medali;
⚡️Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘li - 🥈Kumush medali;
⚡️Abdumalikov Muxammad Murodovich - 🥈Kumush medali;
⚡️Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li - 🥈Kumush medali;
⚡️Rajabov Dilshodbek Xasan o‘g‘li - 🥉Bronza medali;
⚡️Mamaniyozov Abdulloh Abdurahim o‘g‘li - 🥉Bronza medali.
G'oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#Xalqaro_olimpiada
✅ Bugun 36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
O'zbekiston terma jamoasi 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da ishtirok etish uchun Misrga uchib ketdi.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Nufuzli xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik.
✅Nufuzli xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda. Toshkent shahridagi Amity universititetida onlayn camp tashkil etilgan bo'lib unda terma jamoa a'zolari uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan foydali bo‘lgan o'quv mashg'ulotlari, treninglar tashkil etilgan.
✅ 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) 2024-yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston bayrogʻini yuksaklarga koʻtarayotgan yoshlarimiz soni yildan yilga ortib borayotgani juda quvonarli holat.
Birgina 2023-2024-oʻquv yilining oʻzida oʻquvchilarimiz nufuzli va mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda jami 91 ta medalga sazovor boʻldi. Yuqoridagi infografikada natijalar avvalgi yillar bilan solishtirilgan va koʻrsatkichlar oʻsib borayotganini koʻrish mumkin.
Shu oʻrinda oʻgʻil-qizlarimizga joriy yilning sentabr oyida boʻlib oʻtadigan Xalqaro informatika olimpiadasida ham muvaffaqiyatlar tilayman. Maqsadlarni baland, qadamlarni dadil tashlang.Читать полностью…
Xalqaro iqtisod olimpiadasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Xalqaro fizika olimpiadasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨
Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi.
26-31-iyul kunlari 🇮🇳Hindistonda bo‘lib o‘tgan 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musoboqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥇 3 ta oltin, 🥈 4 ta kumush, 🥉 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo'lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥇Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥇 Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
🥈Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
🥉 G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida(Key Stage II):
🥇 Mahkamova Dildora Begimqul qizi - Toshkent shahar, Olmazor tumani ITMA IM, 7-sinf o'quvchisi;
🥈Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 7-sinf o'quvchisi;
🥉Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 8-sinf o'quvchisi;
🥉Mamajanov Azizbek Raxmonali o‘g‘li - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o'quvchisi;
Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi.
Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):
🥈 Aslonov Asadbek Qahramon o'g'li - Navoiy Qorako'l IMI - 11 sinf o'quvchisi;
🥉Diyorov Davronbek Dilmurod o'g'li - Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on tumani 48-maktabning 9-sinf o'quvchisi;
🥉Rasulov Muhammadali Fayyoz o'g'li - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 8-sinf o'quvchisi;
🥉 Radjabov Abdulaziz Umid o'g'li - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi;
🥉 Norkulov Zufar Yoqubjon o'g'li - Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 45-maktabning 8-sinf o'quvchisi;
Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):
🥈Kamolov Kamronbek Madad o'g'li - Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf o'quvchisi
🥉Olimboyev Muhammad Yusufboy o'g'li - Guliston shahar, Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi;
🥉Sattorov Abbos Zafar o'g'li- Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 7-sinf o'quvchisi;
🥉Ubaydullayev Umarbek Olimjon o'g'li - Toshkent shahar, Sergeli IMIning 6-sinf o'quvchisi;
🥉Mardonov Muhammadshoh Mirshod o'g'li -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 6-sinf o'quvchisi;
Quvonarli tarafi quyi sinf o'quvchilarining (6-8-sinf) bunday xalqaro musoboqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi kelgusida nufuzli olimpiadalardagi natijalarimizni bundanda yaxshi bo'lishiga umid bog'laydi.
Ushbu yutuqlar bilan o‘quvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨
Joriy yilning 21-29-iyul kunlari Eronda tashkil etilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) da Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi Javohir Sadullayev bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
21-XALQARO YOSHLAR TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING SARALASH BOSQICHIGA START BERILDI.
Quyidagi telegram guruh orqali jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
👉 @IJSO2024saralash
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
🟦🟦🟦
Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni elektron platformaga (oo.uzedu.uz) kiritish saytdagi texnik nosozlik tufayli kechikmoqda.
⚙️Hozirda IT mutaxassislar ishlarni olib borishmoqda, yaqin orada yakunlashadi.
Agarda texnik jihatdan muammo o’z yechimini topmasa yoki nosozlik davom etadigan bo’lsa, u holda ro’yxatni qog’oz shaklda shakllantirishga ruxsat beriladi.
Texnik nosozlik uchun UZR so’raymiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
📣 Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar» Olmaliq shahridagi filiali (MISIS) universitet tomonidan “МИСИС зажигает звёзды” deb nomlangan olimpiada o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan.
✅Mazkur olimpiadada umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari informatika va axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo fanlari bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.
✅Joriy yil 23-noyabrdan 7-dekarbga qadar olimpiadaning yakuniy bosqich o‘tkaziladi.
✅Ro‘yxatdan o‘tish muddati 15-noyabrgacha belgilangan. Olimpida jarayonlari onlayn tarzda tashkil etiladi. Olimpiadada qatnashish bepul.
✅ Olimpiadada ishtirok etish uchun http://mzz.misis.ru/registratsiya-2/ veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib olimpiada nizomi bilan http://mzz.misis.ru/about/document/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun 👉 /channel/mzz_almalyk
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
“Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi.
Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi. Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni oshiriladi.
Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so'm puli beriladi.
Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.
Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Har bir bronza, kumush, oltin medal uchun 5 milliondan 15 million so‘mgacha mukofot pullari beriladi” — dedi Prezidentimiz.
🛫 O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 3-Xalqaro ochiq astronomiya (OWAO-2024) olimpiadasida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga jo'nab ketdi.
Xalqaro olimpiada 15-22 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
⚡️Xashayev Ildar Muslimovich - Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani 71-sonli maktab o‘quvchisi;
⚡️Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar ITMA o‘quvchisi;
⚡️Rajabov Dilshodbek Xasan o‘g‘li - Xorazm viloyati, Xazarasp tumani ITMA 1-son IMI o‘quvchisi;
⚡️Mamaniyozov Abdulloh Abdurahim o‘g‘li - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, ITMA M.Ulug‘bek nomidagi TIM o‘quvchisi;
⚡️Abdumalikov Muxammad Murodovich - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, ITMA M.Ulug‘bek nomidagi TIM o‘quvchisi;
⚡️Shavkatjonov Nozimjon Tursunali o‘g‘li - Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani 1-sonli IMI o‘quvchisi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Tahlilnoma | Fan olimpiadalari chempionlarini qo‘llab-quvvatlash: Kecha. Bugun. Erta
#8sep #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#IOI_2024
⚡️O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi
✅ Joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida (IOI 2024) Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.
G'oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi
Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:
✅Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
✅Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.
✅Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.
✅Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.
Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
✅Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.
✅Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.
@hilola_umarova
O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Irlandiyaga jo'nab ketdi.
🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa tarkibi bilan tanishing :
1️⃣Tursunbayev Mansurbek - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Safarov Alisher - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Axmadjonov Xazratbek - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣Qosimjonov Jaloliddin - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
91 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!
Odatda sport ligalaridagi yutuqlarimiz bilan keragidan ortiq maqtanamiz va bu haqida deyarli hamma gapiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonning xalqaro akademik reytinglardagi o‘rni qanday?
O'zbekistonga naq 91 ta medal olib kelgan haqiqiy qahramonlarimizni yaxshi taniymizmi?
Ushbu maqolada 2023/2024-o'quv yilida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning turli xil olimpiadalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari tahlili bilan tanishasiz.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/800
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!
Кanalimizda doimiy ravishda ko‘proq fan olimpiadalari o'tkaziladigan kunlar, olimpiada ishtirokchilari, g‘oliblari hamda olimpiadaning umumiy natijalarini e'lon qilib kelamiz.
❓Kanalimizni rivojlantirish maqsadida yana qanday ma'lumotlar berilib borilishini istagan bo‘lardingsiz?
(Masalan, olimpiada topshiriqlari, mazmuni va ularning yechimlari )
❔Takliflaringizni kommentariyalarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Ta'lim sohasiga befarq bo‘lmaganingiz hamda fan olimpiadalari rivojiga o'z hissangizni qo'shayotganingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda Xalqaro matematika musoboqasi ishtirokchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Eslatib o'tamiz Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallari, Xalqaro matematika musoboqasida esa 🥇 3 ta oltin, 🥈 4 ta kumush, 🥉 11 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨
22-31-iyul kunlari 52 ta davlatdan 250 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan, Xitoy Xalq Respublikasinig GongKong shahrida tashkil etilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida (IEO-2024) O'zbekiston terma jamoasi ilk marotaba 🥉 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
🥉Bronza medal sohibi - Rizoqulov Jasurbek - Qashqadaryo viloyati Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi;
Ushbu yutuq bilan o‘quvchimizni, uning ota-onasini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨
O'zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Sovrindorlar bilan tanishing:
🥇Rahimov Daler Rahmonovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o'quvchisi - OLTIN MEDAL;
🥈Baxodirov Axror Mardonbekovich – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;
🥈Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi - KUMUSH MEDAL;
🥉Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li – Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o'quvchisi - BRONZA MEDAL.
Ushbu yutuq bilan o‘quvchilarimizni va ota-onalarini hamda ustozlarini muborakbod etamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
📣📣📣📣📣
O'zbekiston terma jamoasi 26-31-iyul kunlari 🇮🇳Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika musoboqasida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.
Terma jamoamiz a'zolari bilan tanishing.
Katta yoshlilar jamoasiga(Key Stage III):
✅ Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
✅ Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
✅ Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅ G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi.
Kichik yoshlilar jamoasiga(Key Stage II):
✅Amonov Mehmonbek Shavkatovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 8-sinf o'quvchisi;
✅Mamajanov Azizbek Raxmonali o‘g‘li - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o'quvchisi;
✅Mahkamova Dildora Begimqul qizi - Toshkent shahar, Olmazor tumani ITMA IM, 7-sinf o'quvchisi;
✅Ostonov Baxtiyor Botirovich - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 7-sinf o'quvchisi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz.
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram