olimpdep | Неотсортированное

Telegram-канал olimpdep - Fan olimpiadalari

35826

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari

Kimyo va Biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichi davom etmoqda.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🧠 Fizika fani bilimdonlarini musobaqaga chorlaymiz!

📌 Bolalar ombudsmani, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat hokimliklari, Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi bilan hamkorlikda yirik loyihaga start berdi.

Joriy yilning 22-may kuni Respublika bo‘yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun fizika fanidan o‘zbek va rus tillarida onlayn musobaqa o‘tkaziladi.

Aziz bilimdonlar


Fizika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlikning ilk debochasi bo‘lgan musobaqani o‘tkazib yubormang. Qobiliyat va imkoniyatlaringizni bilimlar maydonida kengaytirish sari qadam tashlang.

🏆 Gʻoliblar munosib rag‘batlantiriladi va sertifikat bilan taqdirlanadi.

👇🏻 Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi botlardan birida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi:

@tasimo3_bot
@tasimo2_bot
@tasimo1_bot
@tasimo_bot

➡️Ro‘yxatdan o‘tish uchun yo‘riqnoma:
https://youtu.be/bu9TpKsI0NE

📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998555084400, @nordikedu

Telegram|Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Kimyo va Biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichi.


Saralashning yakuniy bosqichi 4-5-may kunlari tashkil etiladi.

Kimyo fanidan saralash bosqichi 4-5-may kunlari📍Toshkent shahri Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti fililalida bo'lib o'tadi.

Kimyo fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Biologiya fanidan saralash bosqichi 4-may kuni📍O‘zbekiston Milliy Universitetning biologiya fakulteti binosida, 5-may kuni📍Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etiladi.

Biologiya fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 4,5 soat vaqt ajratiladi.

Olimpiada jarayonlariga soat 9:00 da start beriladi. Kechikib kelgan ishtirokchilar olimpiadaga kiritilmaydi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2024)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

✅ 36-Xalqaro Olimpiada (IOI 2024) 2024-yilning 1-8-sentabr kunlari Misr davlatida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

1️⃣ Sunnatov Asilbek — Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Mansuraliyev Husanboy — Namangan viloyati, Namangan shahar Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Rahmatullayev Ulug'bek — Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA PM 9-sinf
4️⃣ Hazratov Mardonbek — Navoiy viloyati, Navoiy shahar ITMA IM 11-sinf.

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2024) haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing.
👉https://www.ioi2024.eg/

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🚀 Ochiq eshiklar kuniga marhamat!
Hurmatli abituriyentlar, sizda “MMFI”Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filiali bilan yaqinroq tanishish imkoniyati paydo bo‘ldi!

📆 Ochiq eshiklar kuni joriy yilning 3, 4 va 5 may kunlari soat 10.00-15.00da bo'lib o'tadi. Ushbu kunlar davomida sizlarni qiziqarli tadbirlar va imkoniyatlar kutadi:

➡️ Universitet bo'ylab ekskursiya, uning tarixi, infrastrukturasi va ta'lim dasturlari haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

➡️ Laboratoriya ishlarini bajarish orqali ilmiy tadqiqotlar va tajribalar atmosferasiga kirishingiz mumkin.

➡️ Ta'lim yo'nalishlari taqdimoti va universitetda yaratilgan imkoniyatlar haqida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

➡️Qabul masalalari bo'yicha maslahatlar, universitetga qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

➡️ Bilim va tayyorgarlik darajangizni baholashingiz uchun imtihon topshiriqlari namunalari tarqatiladi.

➡️Sizning universitetga tashrifingiz qiziqarli bo'lishi uchun viktorina va sovg'alar kutadi!

❗️Ochiq eshiklar kunida qatnashish uchun quyidagi havola orqali oldindan ro'yxatdan o'tish zarur:

https://forms.gle/RdZ26JtzFVFyqEG98

💫Sizni ochiq eshikalar kunida kutib qolamiz!

💬Telegram 📹Instagram
📹
YouTube 🕸Вебсайт

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro Informatika Olimpiadasiga (IOI 2024) saralashining 3-bosqichiga start berildi.

Ushbu bosqich so’nggi bo’lib, bundan so’ng 4 kishidan iborat terma jamoa shakllantiriladi. Bu yilgi saralash bosqichi 4 kun o’tkazilishi rejalashtirilgan.
26-aprel, 1-kun;
27-aprel, 2-kun;
29-aprel, 3-kun;
30-aprel, 4-kun.

To’rt kunlik natijalar umumlashtirilib, 4 nafar iqtidorli yoshlardan iborat O’zbekiston terma jamoasi shakllantiriladi va jamoamiz sentabr oyida Misrda tashkil qilinadigan nufuzli Xalqaro informatika olimpiadada ishtirok etadi.

▶️1-kun onlayn natijalari: https://bit.ly/IOI_TST

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yakuniga yetti va yopilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.

https://vk.com/video-179686746_456239087

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi aniqlandi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 20-21-aprel kunlari iqtisod va geografiya fanlaridan tashkil qilingan saralash olimpiadasining respublika bosqichi yakuniga yetdi va natijalarga ko‘ra iqtisoddan 5 nafar hamda geografiyadan 4 nafar iqtidorli yoshlar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi.

📈Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2024) 22-31 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining, Gonkong shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:

1️⃣Olimov Davlatbek - Toshkent shahar, Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Rizoqulov Jasurbek - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Boymuratova Xilola - Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
4️⃣G‘anijonov Azizbek - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣Zaynobiddinov Muslimbek - Andijon viloyati, Andijon shahar Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi.

🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing :

1️⃣Tursunbayev Mansurbek - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Safarov Alisher - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Axmadjonov Xazratbek - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣Qosimjonov Jaloliddin - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Kimyo bo‘yicha Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi rasmiy saytidan

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

🔔 2024-yilning 17-18-aprel kunlari 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining hududiy va Respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

📣 Olimpiada quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✔️ uchinchi (viloyat) bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida 17-aprel kuni;

✔️ to‘rtinchi (respublika) bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida III bosqichda har bir sinf kesimida dastlabki 5 nafar ishtirokchilar o‘z hududlaridan ishtirok etadilar va barcha ishtirokchilarning ishlari markazlashgan holda tekshirilib, e'lon qilinadi.

‼️ Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, asosan matematika fanidan topshiriqlar va nostandart masalalar taqdim qilinadi.

Olimpiadaning viloyat va Respublika bosqichlari bitta turda tashkil qilinadi. Bunda: ishtirokchilarga matematika fanidan turli qiyinlik darajasidagi 36 ta nostandart topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Topshiriqlarining dastlabki 12 tasi sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi; keyingi 12 tasi o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi; qolgan 12 tasi qiyin darajadagi ochiq test (javobi yoziladigan) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 60 ball (12*0,9+12*1,5+12*2,6=60).

📌 Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra 7-8-sinf o‘quvchilari orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

Barcha ishtiorkchilarga omad tilab qolamiz!

⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Iqtidorli yoshlar zaxirasini shakllantrish uchun tashkil qilingan olimpiadaga start berildi.

🔔 Bugun respublikamizning barcha tumanlarida 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika-informatika bo‘yicha olimpiada tashkil qilinmoqda. 100 nafar iqtidorli o'quvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasida o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 30 ta topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
Mazkur bosqichda har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi — 17-aprel kuni;

Saralash olimpiadasining to‘rtinchi (Respublika) bosqichi — 18-aprel kuni o‘tkaziladi.
Respublika bosqichi hududlarda tashkil qilinadi, bunda III bosqichda har bir sinf kesimida 5 nafardan ishtirokchilar o‘z hududlarida berilgan topshiriqlarni nazorat, kuzatuv ostida bajarishadi, ishlar maxsus telegram kanalga joylanadi, ishlar markazlashgan holda tekshiriladi hamda yakuniy natija Respublika miqyosida e'lon qilinadi.

Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar (tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan yosh toifasiga mos bo‘lgan) Xalqaro matematika musobaqasida(IMC) ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

🔆 O‘zbekistonda ikkinchi marta Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi tashkil qilinadi.

🔅 2-al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida 2024-yil 26-31-may kunlari Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etiladi.

🔸 Ushbu olimpiadada Matematika fanidan 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etishi belgilangan.

🔸 Bundan tashqari 2-al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida bir qator xorijiy davlatlardan ham terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.

🔸 Xalqaro olimpiadada ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 4 tadan masala berilib, har bir masala 10 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Jami ikki tur uchun maksimal ball 80 ballni tashkil qiladi.

🔸 Xalqaro olimpiada yakunida g‘oliblar aniqlanadi va g‘oliblar ulushi ishtirokchilarning 60 foizidan ortiq bo‘lmagan qismini tashkil etadi. Xalqaro olimpiada g‘oliblariga oltin, kumush, bronza medallari hamda tegishli diplomlar topshiriladi.

🔸 Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 2008-yil 27-dekabr va undan keyin tug‘ilgan ishtirokchilar orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 6 nafar o‘quvchilar xalqaro 28-O‘smirlar o‘rtasida Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 25-30-iyun kunlari Turkiya davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📈Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi yakuniga yetti.

Joriy yil 24-31-mart kunlari 16 ta fandan (Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili, Qozoq tili, Geografiya va Tarix) , ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari uchun 4 ta fandan Ona tili va adabiyot, Matematika, Tarix, Rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.

🕯Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra o‘rinlar soni hududlar kesimida yuqorida rasmda ko’rsatilgan.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi.

⭐️ Fizika fani;
1. Eshonqulov Sayfiddin Dustqobil o‘g‘li — Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani, 68-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Ravshanov Ozodbek Zufarjon o'g'li — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, M.Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchisi.
3. Shukrullayeva Vasila Fazliddinovna  — Buxoro viloyati, Qorako'l tumani, BuxDU akademik litsey talabasi.

⭐️ Kimyo fani;
1. Abdullayeva Saida Ravshan qizi — Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFChO'IM o‘quvchisi.
2. Baxodirov Axrorbek Mardonbek o‘g‘li — Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
3. Ravshanova Nafisa Ubaydulloyevna — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Pediatriya akademik litsey talabasi.

⭐️ Biologiya fani;
1. Sharifov G'olibjon G'ulomjonovich — Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Amirqulov Rahmatulla Shokir o'g'li — Jizzax viloyati, JizDPU akademik litsey talabasi.
3. Ikromov Ozodbek Ravshan o'g'li — Toshkent viloyati, Piskent tumani, 1-sonli IDUM o‘quvchisi.

⭐️ Ona tili va adabiyot fani;
1. Muhammadiyeva Baxor Qudrat qizi — Jizzax viloyati, Jizzax shahar, ijod maktabi o‘quvchisi.
2. Ne'matullayeva Muxlisa Sherali qizi — Samarqand viloyati, Narpay tumani, 31-sonli maktab o‘quvchisi.
3. Hatamova Diyora Sherbek qizi — Jizzax viloyati, Jizzax shahar, ijod maktabi o‘quvchisi.

⭐️ Ingliz tili fani;
1. Suyunova Mohinurxon Ruzoxon qizi — Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 35-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Kasimov Imronbek Sherzodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi o‘quvchisi.
3. Olimov Abbosjon Alijon o'g'li — Buxoro viloyati, Peshku tumani, 9-sonli IDUM o'quvchisi.

⭐️ Nemis tili fani;
1. Aliyeva Farida Fuad qizi — Toshkent shahar, Mirobod tumani, 60-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Rustamova Ruxsora Rasulbek — Xorazm viloyati, UrDU akademik litsey talabasi.
3. Akbarov Aliakbar Bobirovich — Samarqand viloyati, Samarqand shahar, 51-sonli IDUM o‘quvchisi.

⭐️ Fransuz tili fani;
1. Abdurazaqova Mohinur Dilshod qizi — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 51-sonli IDUM o‘quvchisi.
2. Kazakov Murodbek Umirbek o'g'li — Qoraqalpog'iston Respublikasi, To'rtko'l tumani, 11-sonli maktab o'quvchisi.
3. Musurmonov Suhrob Turdimurod o'g'li — Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 17-sonli maktab o‘quvchisi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Turkmanistonda tashkil qilingan xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta🥇oltin, 2ta🥈kumush va 5ta🥉bronza medallariga ega chiqishdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:


▶️ Ortiqov Yusufjon - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan
maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥇oltin medal,

▶️ Egamberganov Maqsadbek - Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi 🥇oltin medal,

▶️ Ochilov Farhod - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan
maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈 kumush medal,

▶️ Mamatov Murodjon - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈 kumush medal,

▶️ Rustamov Anvar - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan
maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Tairov Tohirjon - Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan
maktabning 7-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Muhammedov Mirshod - Buxoro shahridagi Prezident maktabining
11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Bafoyev Ulug‘xo‘ja - Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 46-maktabning
9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Durdiyev Xushnudbek - Buxoro viloyati Olot tumanidagi 10-maktabning
10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

Barchani ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!


olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Kimyo va Biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.


Kimyo fanidan saralash bosqichi bugun 📍Toshkent shahri Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti fililalida bo'lib o'tmoqda.

Kimyo fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Biologiya fanidan saralash bosqichi bugun📍O‘zbekiston Milliy Universitetning biologiya fakulteti binosida tashkil etilmoqda.

Biologiya fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 4,5 soat vaqt ajratiladi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

41-Bolqon Matematika olimpiadasi ishtirokchilari Toshkent Xalqaro Aeroportida kutib olindi.

  Eslatib o'tamiz, joriy yilning 27-aprel-2-may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida bo’lib o’tgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida  yurtimiz o'quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

  Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Olimpiada g'oliblari bilan tanishing:

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal


Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Suyunova Madina Muhiddin qizi
–  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li
–  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Eslatib o‘tamiz, o’tgan yilgi 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🚀Внимание! У вас есть уникальная возможность познакомиться с Ташкентским филиалом Национального исследовательского ядерного университета «МИФИ» поближе!

📆 Дни открытых дверей уже на следующей неделе, 3-4-5 мая 10.00-15.00, будут наполнены интересными событиями и возможностями:

➡️Экскурсия по университету, где вы сможете узнать больше о его истории, инфраструктуре и образовательных программах.

➡️Выполнение лабораторных работ, чтобы погрузиться в атмосферу научных исследований и экспериментов.

➡️Презентация направлений обучения, где вы сможете узнать о возможностях для своего будущего образования.

➡️Консультации по вопросам поступления, чтобы получить все необходимые сведения о процессе поступления в университет.

➡️Раздача демонстрационных экзаменационных заданий, чтобы оценить свои знания и подготовку.

➡️Викторина и подарки, которые сделают ваше посещение университета еще более увлекательным и запоминающимся!

❗️Для участия в Днях открытых дверей необходима предварительная регистрация:

https://forms.gle/RdZ26JtzFVFyqEG98

💫 Ждем вас на днях открытых дверей!

💬Telegram 📹Instagram
📹
YouTube 🕸Вебсайт

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📍O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi.

  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya,  Bolgariya, Kipr, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Ruminiya, Shveytsariya, Turkiya  mamlakatlaridan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi
Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi
Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi
Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi
G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi
Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.

😄Eslatib o‘tamiz. 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadaning yakuniy natijalari e'lon qilindi.

20-26-aprel kunlari 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etgan, Xitoyning Shenjen shahrida bo'lib o'tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥈1 ta kumush, 🥉4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritildi

Medal sohiblari bilan tanishing:

🥈Kumush - Rahimov Daler - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Bahodirov Ahrorbek - ITMA Ibn Sino TIM, 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Abdullayeva Saida - Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Adhamov Elyorbek - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;

🥉Bronza - Muxammadov Mirjaxon-ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi.

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

⚠️Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari.

📌Olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘yicha apellyatsiya quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: 👇
https://forms.gle/Tj5YSopYNHkKKUtV7

⚠️Eslatma: Apellyatsiya joriy yilning
27-aprel soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣 Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalariga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.

Joriy yil fevral oyida o‘tkazilgan saralash bosqichi natijalariga ko‘ra fanlar kesimida har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar jami 42 nafardan 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy bosqichda ishtirok etmoqda.

Iqtisod va geografiya fanlaridan o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasi 2 bosqichda tashkil qilinadi.
Birinchi kun har ikkala fandan ochiq va yopiq tarzda tayorlangan test topshiriqlari o‘quvchilarga taqdim qilinadi. Iqtisod fani bo‘yicha 90 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 50 bal bilan, geografiya fanidan 120 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 70 ball bilan baholanadi.

Ikkinchi kuni iqtisod fanidan birinchi kuni eng yuqori natija qayd etgan 10 nafar o‘quvchilar hakamlar tomonidan taqdim qilingan mavzuda 45 daqiqada taqdimot tayorlash talab etiladi va bu 25 bal bilan baholanadi hamda taqdimot ballariga birinchi kunning ballari qo‘shiladi. Jami 75 bal.

Geografiya fani bo‘yicha ikkinchi kuni ishtirokchilarga 6 ta topshiriq taqdim qilinib, 90 daqiqa vaqt ajratiladi hamda maksimal 30 bal bilan baholanadi. Jami 100 bal.

Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, 5 nafar o‘quvchi joriy yil 22-30-iyul kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan Xalqaro iqtisod olimpiadasiga, 4 nafar o‘quvchi 19-24-avgust kunlari Irlandiyada o‘tkaziladigan xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, geografiya fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta qatnashadi, iqtisod fani bo‘yicha 2019-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

O'zbekiston terma jamoasi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Xitoyga jo'nab ketdi.

58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 20-27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo'lib o'tadi. Bu yil mazkur xalqaro kimyo olimpiadasida 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Jamoamiz a'zolari bilan tanishing:

Rahimov Daler - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;
Abdullayeva Saida - Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;
Bahodirov Ahrorbek - ITMA Ibn Sino TIM, 11-sinf o‘quvchisi;
Adhamov Elyorbek - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;
Zuhriddinov Biloliddin-ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;
Muxammadov Mirjaxon-ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi.

Eslatib o'tamiz, mazkur xalqaro kimyo olimpiadasida terma jamoamiz 2004-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 92 ta medal (10 ta oltin, 27 ta kumush, 55 ta bronza) qo'lga kiritilgan. Xalqaro Mendeleev olimpiadasi mamlakatimizda 2008, 2013, 2022-yillarda, jami 3 marotaba o'tkazilgan.

Jamoamiz a'zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalarida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi yo‘riqnomasi bilan tanishing.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

🔔O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirig‘i ijrosi yuzasidan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash olimpiadasi tashkil qilinadi.

📣Olimpiada quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✔️ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 6-aprel kuni;

✔️uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ikkinchi bosqich g‘oliblari hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida 17-aprel kuni;

✔️to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida uchinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

‼️Olimpiada nazorat materiallari o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, asosan matematika fanidan topshiriqlar va nostandart masalalar taqdim qilinadi.

📌Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar yo'nalishidagi olimpiadaning IV(respublika) bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

⏺Olimpiadaga respublikamizni barcha hududlaridan 7-8 sinf o'quvchilari viloyat bosqichi g'oliblari ishtirok etdi va umumiy hisobda 84 nafar o'quvchilar 3 ta fandan bellashdilar.

G'oliblar bilan tanishing
(7-sinflar o'rtasida):

▶️1-o'rin: Sarsenbayev Ali Islam o'g'li (Qoraqalpog'iston Respublikasi);

▶️2-o'rin: Sobirjonov Abrorbek Hayotjon o'g'li (Toshkent shahar);

▶️3-o'rin: Nazarova Muslima Rifkat qizi (Xorazm viloyati).


8-sinflar o'rtasida:

▶️1-o'rin: No'monova Rayhonaxon Akmaljon qizi (Farg'ona viloyati);

▶️2-o'rin: Asrorov Adxam Asqar o'g'li (Samarqand viloyati);

▶️3-o'rin: Xolmaxmatova Nozima Behzod qizi (Toshkent shahar).


⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Qashqadaryo viloyatida Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining IV(respublika) bosqichiga start berildi


Olimpiadada Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichida 7- va 8-sinf o‘quvchilar orasidan sinflar kesimida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan iqtidorli yoshlar ishtirok etmoqda . Olimpiadada har bir sinfdan 42 nafardan, jami 84 nafar o'quvchilar tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya-science) bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Olimpiadaning respublika bosqichi tabiiy fanlar yo‘nalishi ikkita turda tashkil qilinadi.

Birinchi kun ishtirokchilarga kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda yozma ish topshiriqlari taqdim qilinadi, barcha topshiriqlar umumiy 40 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Ikkinchi kun ishtirokchilarga kimyo, biologiya, fizika fanlarining har biridan turli qiyinlik darajasidagi 12 tadan, jami 36 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir fandagi test topshiriqlarining dastlabki 4 tasi (jami 12 tasi) sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 4 tasi (jami 12 tasi) o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 4 tasi (jami 12 tasi) qiyin darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 60 ball (12*0,9+12*1,5+12*2,6=60).

Eslatib o'tamiz, olimpiada g'oliblariga vazirlik hamda viloyat hokimligi maxsus sovg'alari berilishi nazarda tutilgan.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

OLIMPIADA G'OLIBLARINI O'ZBEKISTON QAHRAMONI TAQDIRLADI — QASHQADARYO

Asosiy fan olimpiadaning IV(respublika) bosqichi taqdirlash marosimi A.Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazildi.

Taqdirlash marosimiga O'zbekiston Qahramoni M. Sharapova, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U. Oripov hamda soha mas'ullari, olimpiada qatnashchilari ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🔹ASOSIY FAN OLIMPIADASI IV (RESPUBLIKA) BOSQICHI ISHTIROKCHILARINING SAMARQAND SHAHRIDAGI TARIXIY OBIDALARGA SAYOHATI UYUSHTIRILDI

✅@samarqandvxtb  

Telegram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал