olimpdep | Неотсортированное

Telegram-канал olimpdep - Fan olimpiadalari

35826

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari

LIVE...

Asosiy fan olimpiadaning IV(respublika) bosqichiga start berildi — QASHQADARYO

————
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🔹SAMARQAND ASOSIY FAN OLIMPIADASI RЕSPUBLIKA BOSQICHINI O‘TKAZISHGA TAYYOR!

✅@samarqandvxtb  

Telegram | Facebook

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy fan olimpiadaning IV(respublika) bosqichi o'tkazilishi yuzasidan zaruriy sharoitlar yaratilmoqda

Avval xabar berilganidek, 29-30 mart kunlari olimpiadaning respublika bosqichi (fizika, kimyo, biologiya) Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab- internatida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun viloyatlardan tashrif buyurayotgan olimpiada ishtirokchilari boshqarma mas'ul xodimlari ishtirokida kutib olindi.

❗️Eslatib o'tamiz, ertaga olimpiadaning 1-kuni.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_vxtb

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Andrey Stankevich rahbarligida onlayn trening oʻtkazilmoqda

📢Maktab oʻquvchilarini sport dasturlash boʻyicha xalqaro olimpiadalarga tayyorlovchi rossiyalik murabbiy Andrey Stankevich oʻzbekistonlik oʻquvchilar uchun onlayn mahorat darslarini oʻtmoqda. Onlayn treningda Oʻzbekistondan IOI -2024 ning respublika bosqichini gʻoliblari iborat 25 nafar maktab oʻquvchi va talabalar ishtirok etmoqda.

Andrey Stankevich
— Sankt-Peterburgdagi Axborot texnologiyalari, mexanika va optika universitetining Axborot texnologiyalari va dasturlash fakulteti dotsenti, taʼlim sohasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mukofoti laureati, 2004-yilda ACM-ICPC mukofoti laureati va 2016 -yildan buyon ACM ICPC ACM katta murabbiysi. Shuningdek, u Sankt-Peterburg dasturlash jamoasining murabbiyi ham hisoblanadi.


Trening 16-martdan boshlandi va uch hafta davom etadi. Ushbu tadbir yosh dasturchilarning iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning kasbiy oʻsishlariga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi va “Yandex” kompaniyasining koʻmagida tashkil etildi.

🗣Ishtirokchilar onlayn trening davomida musobaqalardagi muammoli masalalar yechimini hal qilish bilan birga murabbiydan onlayn-maslahat olish imkoniyatiga ham ega boʻlmoqdalar.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬digital.edu_uz?si=82kWO9d9l7O8uI_D">YouTube 🎰Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

JORIY YILNING 24-27-MART KUNLARI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI HAMDA SURXONDARYO VILOYATLARIDA BO‘LIB O‘TGAN ASOSIY OLIMPIADANING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIB VA SOVRINDORLARI ANIQLANDI

📣YAKUNIY NATIJALAR BILAN TANISHING:

⭐️Matematika fani;
1. Otamurodov Nurmuhammad Shuxrat o‘g‘li — Buxoro viloyati, Olot tumani ITMA IM
2. Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati , Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-sonli maktab
3. Xoshimjonov Begzod Baxodirjon o‘g‘li — Andijon viloyati Marhamat tumani ITMA IMI

⭐️O‘zbek tili (Davlat tili) fani;
1. Oringaliyeva Nurjayna Orazgaliyevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, 37-sonli maktab
2. Norbutayeva Diyora Voxidjon qizi —Samarqand viloyati, Samarqand shahar, TATU AL
3. Muxammadaminova Shirinabonu Sherzod qizi — Samarqand viloyati , Tayloq tumani 21-sonli maktab

⭐️Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani;
1. Madenbayeva Aynura Medetbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 28-sonli maktab
2. Xojaniyazova Altinay Jenisbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar NukDPI AL
3. Qarjawbayeva Manzura Mirzabay qizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani 15-sonli maktab

⭐️Rus tili va adabiyoti fani;
1. Daniyarov Kamoliddin Shaxbozovich — Samarqand viloyati, Samarqand shahar 55-sonli maktab
2. Tullekova Karina Sergeyevna — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 2-IDUM
3. Mordovina Darya Dmitriyevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 27-sonli maktab

⭐️Qozoq tili fani;
1. Saktaganova Marjan Kabanbay qizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani 21-sonli maktab
2. Jamaladinova Albina Marsovna — Navoiy viloyati, Uchquduq tumani 9-sonli maktab
3. Oralbayeva Baktigul Rubl qizi — Navoiy viloyati, Tomdi tumani 13-sonli maktab

⭐️Informatika va axborot texnologiyalari fani;
1. Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li — Namangan viloyati, Namangan shahar Prezident maktabi o‘quvchisi.
2. Hazratov Mardon Usmonovich — Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.
3. Rahmatillayev Shohruh Jahongir o‘g‘li — Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litsey talabasi.

⭐️Tarix fani;
1. Abrorov Javohir Jamshid o‘g‘li — Buxoro viloyati, Jondor tumani, 35-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Qaxorova Sarvara Shahobiddin qizi — Navoiy viloyati, Zarafshon shahar, 13-sonli maktab o‘quvchisi.
3. Ma’murov Iqboljon Xurshid o‘g‘li — Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, 13-sonli maktab o‘quvchisi.

⭐️Geografiya fani;
1. Ergashova Barchinoy Qahramon qizi — Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 30-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Maxamadaminov Akmaljon Adxamjon o‘g‘li — Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani 7-sonli maktab o‘quvchisi.
3. Ozodov Umur Zafar o‘g‘li — Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 9-sonli maktab o‘quvchisi.

⭐️Tojik tili fani;
1. Mardonova Mehrubon Muminjonovna — Samarqand viloyati, Samarqand tumani, 39-sonli maktab o‘quvchisi.
2. Sobirjonova Shodiyona Baxtiyor qizi — Farg‘ona viloyati, So‘x tumani, 28-sonli maktab o‘quvchisi.
3. Toshmirzoyeva Mehrangez Ayubjonovna — Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, 7-sonli maktab o‘quvchisi.

Olimpiada yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom, qimmatbaho sovg‘a hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi davom etmoqda

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, fanlaridan,

✅Surxondaryo viloyatida tarix, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya, tojik tili fanlaridan,

✅Toshkent shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichining 2-kuni, yaʼni test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

🌀Yuqorida qayd etilgan fanlar bo‘yicha 400 dan ortiq umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xorijiy tillar va tabiiy fanlar bo‘yicha asosiy olimpiadaning respublika bosqichi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 28-31-mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

‌‌#Onlayn

SAYAXAT HÁM PRESS-TUR SHÓLKEMLESTIRILDI


✅ Tiykarǵı pánler olimpiadasınıń IV juwmaqlawshı basqıshına qatnasıp atırǵan oqıwshılar hámde ilajdı jaqınnan keń jámiyetshilikke jarıtıp barıwshı ǵalaba xabar quralları wákilleri ushın paytaxtımızda jaylasqan «Jaslar texnoparki», «Jaslar orayı» hám «Nókis Prezident mektebi»ne sayaxat hám press-tur shólkemlestirildi.

✅ Ilaj qatnasıwshılar qaraqalpaqstanlı jaslar hám oqıwshılar ushın jaratılǵan imkaniyatlar menen jaqınnan tanıstı.

📍Esletip ótemiz:
Pánler olimpiadasına Qaraqalpaqstan Respublikası, Tashkent qalası hám 12 wálayattan jámi 155 oqıwshı qatnaspaqta.

🌐 Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
|Web| Instagram | Facebook |Telegram | Youtube‌‌

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

⚡️Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan respublika fan olimpiadasining birinchi kunidagi taassurotlar

☑️Bugun Termiz shahridagi 16-maktabda olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkazildi va tarix, geografiya, informatika hamda tojik tili fanlaridan sinovlarga start berildi.

🔹Shuningdek, o‘quvchilar Surxondaryoning diqqatga sazovor manzillariga sayohat qilib, maroqli dam olishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida Matematika, O‘zbek tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili, fanlaridan, Surxondaryo viloyatida Tarix, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Tojik tili fanlaridan, Toshkent shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida Ona tili va adabiyot, Matematika, Tarix, Rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi tashkil etilmoqda.

Quyidagi havolalar orqali hududlarda tashkil etilayotgan olimpiada jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
https://www.youtube.com/live/yk2GGHDdwmc?si=3yaRkcZzqSSYaMdR

Surxondaryo viloyati:
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan natijalarni onlayn tarzda quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin. Onlayn natijalar

Toshkent shahar:

https://youtube.com/live/nNsJwmy4ros?feature=share
https://youtube.com/live/3ypetCg8SOM?feature=share

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o'quvchilar ishtirok etmoqda.
Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Olimpiada ishtirokchilari uchun tashkil etilgan konsert dasturi barchada yorqin xotiralarni qoldirdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi bo‘ladigan hududlar hamda jarayonlar davomiyligi to‘g‘risida


olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Matematika va Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichining ikkinchi tur jarayonlariga start berildi.

Jarayonlarni quyidagi havolalar orqali kirib kuzatishingiz mumkin.
Matematikadan👉 @jonliefirfizmat
Fizikadan👉https://meet.google.com/jed-jjrp-bis

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
4-martdagi PQ-113-son qarorida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilingan.

Hakamlar hay’ati, apellyatsiya komissiyasi, auditoriya rahbarlari va nazoratchilari hamda ishtirokchi o‘quvchilarni olimpiadaga jalb qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida, joriy yil 23-mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning tuman bosqichini 2024-yil 6-aprel kuniga ko‘chirildi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#fotolavhalar
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari hamda guruh rahbari Boltayev O‘tkir Xudayberdiyevichni qo‘lga kiritgan medallar bilan muborakbod etamiz !

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi o‘tkazilish tartibi.

😎Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:
▶️fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

▶️biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish va bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 3,5 soat vaqt ajratiladi;

▶️matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

▶️kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

▶️informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 4 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 1200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi davom etadi.

Bugun Qashqadaryo viloyatida Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan, Samarqand viloyatida Ona tili va adabiyot, Ingliz tili, Nemis tili va Fransuz tili fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi tashkil etilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz 7-8-sinf o‘quvchilari uchun Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichi ham aynan Qashqadaryo viloyatida 1-3-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Quyidagi havolalar orqali hududlarda bo‘lib o‘tayotgan olimpiada jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.
Qashqadaryo viloyati:
https://youtube.com/live/TalhFEBnhEk?feature=share

Samarqand viloyati:

https://www.facebook.com/share/v/Eei4XebjYZ9JpeW5/?mibextid=oFDknk

Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o'quvchilar ishtirok etmoqda.
Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🔹SAMARQAND  ASOSIY FAN OLIMPIADASI RЕSPUBLIKA BOSQICHINI O‘TKAZISHGA TAYYOR!

✅@samarqandvxtb  

Telegram | Facebook

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Olimpiada2024

Asosiy fan olimpiadaning IV(respublika) bosqichi 29-30 mart kunlari Qashqadaryo viloyatida o'tkaziladi...

Tashkiliy jarayon aks etgan video lavha bilan tanishing...

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g'olib va sovrindorlari aniqlandi

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o'rtasida ona tili va adabiyoti, matematika, tarix va rus tili fanlaridan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

📣Yakuniy natijalar bilan tanishing:
⭐️Tarix fani, 11-sinf
1. Nurseyitov Samandar Nurlan o‘g‘li — Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 77-sonli maktab-internati.
2. Sadullayev Shexroz Azamat o‘g‘li — Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 59-sonli maktab-internati.
3. Boymurodov Joxongir Yoqub o‘g‘li — Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumanidagi 125-sonli maktab-internati.

⭐️Matematika fani, 11-sinf
1. Obidjonova Nuriyaxon Xakimjon qizi — Andijon viloyati, Asaka shahridagi 16-sonli maktab-internati.
2. Eshmurodov Og‘abek Husan o‘g‘li — Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 18-sonli maktab-internati.
3. Jumabayeva Nadira Marqabay qizi — Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridagi 10-sonli maktab-internati.

⭐️Ona tili va adabiyoti fani, 11-sinf
1. Nematova Nilufar Rabi qizi — Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 24-sonli maktab-internati.
2. Abdusattorova Sojidabonu Azizbek qizi — Andijon viloyati, Asaka shahridagi 16-sonli maktab-internati.
3. Abdurahmonova Sevinch Murodjon qizi — Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi maktab-internati.

⭐️Rus tili fani, 11-sinf
1. G‘afforova Odina Olim qizi — Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi maktab-internati.
2. Kuchiyeva Saida Abduraxmon qizi — Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 77-sonli maktab-internati.
3. Daliyev Shoxjaxon Abubakir o‘g‘li — Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 77-sonli maktab-internati.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

O‘zbekistonlik yoshlar Turkmanistonda tashkil qilingan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.


Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston Respublikasi Arkadag' shahrida buyuk shoir Maxtumquli Farog'iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Ushbu olimpiadada Ozarbayjon, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Qatar, Rossiya, Eron kabi davlatlar qatori O‘zbekiston yoshlari ham ishtirok etmoqda.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

‌‌#Onlayn

SAYOXAT VA PRESS-TUR TASHKILLASHTIRILDI

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichida ishtirok etayotgan o‘quvchilar va tadbirni keng yoritayotgan OAVlari uchun Nukus shahridagi «Yoshlar texnoparki», «Yoshlar markazi» va «Nukus Prezident maktabi»ga sayoxat va press-tur tashkillashtirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qoraqalpog'istonli yoshlar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

📍Eslatib o‘tamiz:
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Tоshkent shahri va 12 ta viloyattan jami 155 o‘quvchi ishtirok etmoqda.

🌐 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
|Web| Instagram | Facebook |Telegram | Youtube‌‌

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Onlayn
#Búgin
#Qaraqalpaqstan_telekanalı
#Pánler_olimpiadası

Tiykarǵı pánler olimpiadasınıń IV juwmaqlawshı basqıshı haqqında arnawlı reportaj.

🌐 Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:
|Web| Instagram | Facebook |Telegram | Youtube‌‌

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Sayohat

Olimpiada ishtirokchilari uchun sayohat tashkil etildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan respublika fan olimpiadasi ishtirokchilarining maroqli dam olishlarini ta'minlash maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Termiz shahridagi muzeylar, "Vatanparvarlar" bog‘i, shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi va Sulton Saodat majmuasida bo‘lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#пәнлер_олимпиадасы

Бүгин 24-март пәнлер олимпиадасының IV жуўмақлаўшы басқышында қатнасатуғын оқыўшылар Нөкис Темиржол вокзалында салтанатлы түрде күтип алынды.
➖➖➖➖➖➖➖➖
Бугун 24-март фанлар олимпиадасининг IV якунловчи босқичида қатнашадиган ўқувчилар Нукус Темирйўл вокзалида тантанали равишда кутиб олинди.

🌐 Бизди социаллық тармақларда бақлап барың:
|Web| Instagram | Facebook |Telegram | Youtube‌‌

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) hamda Al-Xorazmiy nomidagi Tabiiy fanlar olimpiadasining respublika bosqichi bo‘ladigan hududlar hamda jarayonlar davomiyligi to‘g‘risida

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Hurmatli hamyurtlar!

Barchangizni 21-mart - Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilaymiz.

Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin!

Ayyom muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi  jamoasi

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichiga start berildi.

Saralashning yakuniy bosqichi Matematika va Fizika fanlaridan 19-20-mart kunlari📍Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilmoqda.

Matematikadan ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 balldan, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi.

Fizikadan esa ishtirokchilarga birinchi kuni yozma ish uchun 3 ta topshiriq beriladi, har bir topshiriq 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi, topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt ajratiladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, matematika fanidan eng yaxshi natija qayd etgan 6 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi hamda ular joriy yilning 11-22-iyul kunlari Buyuk Britaniyada o’tkaziladigan nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etadi.

Shuningdek, mazkur terma jamoa nufuzli xalqaro olimpiadaga tayyorgarlikni sinovdan o’tkazish, o’quvchilarni psixologik tayyorlab borish hamda tajriba orttirish maqsadida Bolqon matematika olimpiadasida ham ishtirok etadi. (Bolqon matematika olimpiadasida O’zbekiston terma jamoasi 2023-yildan boshlab to’liq tarkibda ishtirok etishi yo’lga qo’yilgan)

Fizika fanidan saralash olimpiadasiga natijalariga ko’ra dastlabki 8 nafar o‘quvchilar joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da qatnashadi. Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar terma jamoa tarkibiga kiritiladi hamda ular 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1-oltin, 1-kumush va 2-bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Barchani ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini yana bir bor muborakbod etamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1-oltin, 1-kumush va 2-bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

▶️ Axtamov Ozod - 🥇oltin medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o’quvchisi;

▶️Zohidjonov
Elbek - 🥈 kumush medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi.

▶️Suyunova Madina - 🥉bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-Umumta'lim maktabi 11-sinf o’quvchisi;

▶️Boboqulov Asadbek  - 🥉bronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ;

Barchani ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi tashkil etiladigan sanalar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…
Подписаться на канал