olimpdep | Неотсортированное

Telegram-канал olimpdep - Fan olimpiadalari

35826

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o'tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1-oltin, 1-kumush va 2-bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

▶️ Axtamov Ozod - 🥇oltin medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o’quvchisi;

▶️Zohidjonov
Elbek - 🥈 kumush medal, Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi.

▶️Suyunova Madina - 🥉bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-Umumta'lim maktabi 11-sinf o’quvchisi;

▶️Boboqulov Asadbek  - 🥉bronza medal Toshkent shahar, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ;

Barchani ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalar hamda Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi tashkil etiladigan sanalar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o'tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo'l oldi!

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Axtamov Ozod - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o’quvchisi;

▶️Suyunova Madina - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi;

▶️Boboqulov Asadbek  - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi ;

▶️Zohidjonov Elbek - Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi.

😄 Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Joriy yil 28-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga 30 ta uch xil qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari taqdim qilindi va 50 ball bilan baholanadi.

Har bir hudud bo’yicha 1-2-3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar saralashning yakuniy bosqichida ishtirok etadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichiga start berildi.

Ishtirokchilarga 30 ta uch xil qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari taqdim qilindi va 50 ball bilan baholanadi.

Har bir hudud bo’yicha 1-2-3-o’rinlarni egallagan o’quvchilar saralashning yakuniy bosqichida ishtirok etadi.


Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

27-28-FEVRAL KUNLARI BO’LIB O’TADIGAN AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY (VILOYAT) BOSQICHI HAMDA XALQARO IQTISOD VA XALQARO GEOGRAFIYA OLIMPIADALARINING HUDUDIY SARALASH BOSQICHLARI MANZILLAR VA HUDUDIY MAS’ULLAR

Ushbu jarayonni yoritishga va jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida bo’lgan axborot xizmati, OAV vakillari va blogerlar uchun ham ushbu ma’lumotlar muhim deb hisoblaymiz va hamkorlikdan doim xursand bo’lamiz.


👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar.


Eslatib o‘tamiz, saralashning 3 - (yakuniy) bosqichida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

🔹biologiya fanidan – 4 nafar;

🔹informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;

🔹kimyo fanidan – 4 nafar;

🔹fizika fanidan – 5 nafar;

🔹matematika fanidan – 6
nafar o‘quvchilar ishtirokida nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi.

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi.

😄Bugun Biologiya va Kimyo fanlaridan📍 Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilmoqda.

Informatika fanidan onlayn natijalar: https://cutt.ly/rwV7c6DG

👉Nizom

▶️Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan


▶️Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

⭕️Kimyo Biologiya - Jonli efir.
⭕️http://cam3.tuit.uz

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Xalqaro iqtisod va geografiya olimpiadalariga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

😄Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan, 17-18-fevral kunlari Biologiya va Kimyo fanlaridan📍 Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 17-18-fevral kunlari 📍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladi.

▶️Olimpiada jarayonlariga soat 9:00 da start beriladi va kechikib kelgan ishtirokchilar auditoriyaga kiritilmaydi.

👉Nizom

▶️Eslatib o‘tamiz, 9-Kavkaz matematika olimpiadasi 2024-yil 11–16-mart kunlari Adigeya Respublikasi Maykop shahrida, 58-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi 2024-yil 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tadi.

▶️Matematika fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar Kavkaz matematika olimpiadasi kvotasi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga;

▶️Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi
.

Joriy yil 24-25-fevral kuni 3-11-sinf o‘quvchilar uchun Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining birinchi bosqichi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Ro'yxatdan o‘tish uchun: @tasimo_bot

Murojaat uchun: +998555084400

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

😄Joriy yilda ham 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasi o‘tkaziladi.

▶️Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasi matematika hamda tabiiy fanlar ( fizika , kimyo, biologiya jamlangan holda) asosida tashkil etiladi.

▶️Ushbu olimpiadalarning tuman bosqichi hududlarda joriy yilning 1-fevraliga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

▶️Olimpiadaning viloyat bosqichi joriy yilning 27-28-fevral kunlari o‘tkaziladi.

▶️Matematika fanidan Аl-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqich g‘oliblari may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌Mazkur olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida 🇮🇳Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.

📌Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining respublika bosqichi joriy yilning 1-3-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatida tashkil etiladi va unda yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar Xalqaro yoshlar tabbiy fanlar olimpiadasiga (IJSO-2024) nomzod sifatida kiritiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🇰🇷 Koreys tili olimpiadasiga start berildi.

⚡️Avval xabar berganimizdek, Januniy Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ilk bora Koreys tili olimpiadasi tashkil etilmoqda.

😄Olimpiadada 250 nafar respublikamiz umumta’lim maktablarining o’quvchilari ishtirok etmoqda.

😄O’quvchilarga turli qiyinlik darajasidagi va koreys tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan ochiq test savollari taqdim qilinadi.

😄Olimpiada jarayonlari soat 09:00 da start berilgan va 12:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilarga eshitish ko'nikmasi uchun 40 ta test va o'qish va grammatika uchun 40 ta test berilib jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi.

🏆Janubiy Koreya elchixonasi va Koreya ta’lim markazi tomonidan Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin: 4 500 000 so‘m;
🥉3-o‘rin: 3 500 000 so‘m;
4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.


😄Olimpiadaning taqdirlash marosimi bugun soat 15:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib pul mukofotlari va qimmatbaho sovg’alar bilan mukofotlanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🟨🟨🟨🟨🟨

⭐️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

😄Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog'iston, O’zbekiston) 680 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi

Ushbu olimpiadada 🥇2 ta oltin, 🥈 3 ta kumush va 🥉9 ta bronza jami 14 ta medal qo‘lga kiritildi!

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

🥇Asilbek Sunnatov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi- oltin medal;

🥈Husanboy Mansuraliyev - Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi-kumush medal;

Matematika:

🥇Madina  Suyunova - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi- oltin;

🥈Asadbek  Boboqulov - Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi - kumush;

🥈Begzod  Xoshimjonov - Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;

🥉Behruzbek Elmurodov  - Qashqadaryo viloyat,   Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Maqsadbek  Egamberdiev - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Asilbek  Abduqayumov -Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi— bronza medal;

🥉Elbek  Zohidjonov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Farhod  Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Nurmuhammad  Otamurodov - Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi— bronza medal;

🥉Ozodbek  Axtamov - Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi—  bronza medal;

🥉Azizbek Mamajanov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi - bronza medal;

🥉Ozodbek Orifjonov - Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi -  bronza medal.


Eslatib o’tamiz, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo’lib, unda o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Nufuzli xalqaro olimpiadalarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III (yakuniy) bosqichi o‘tkazilish tartibi.

😎Nazorat materiallari quyidagi shaklda beriladi:
▶️fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

▶️biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish va bioinformatika yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda biokimyo va molekulyar biologiya yo‘nalishida amaliy ish topshiriqlari beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi hamda 3,5 soat vaqt ajratiladi;

▶️matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

▶️kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

▶️informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 4 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 1200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni xalqaro olimpiadalar va tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash maqsadida 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilarining zahirasini shakllantirish topshirigi ijrosi yuzasidan tashkil qilinayotgan matematika-informatika fanlari bo‘yicha saralash yo‘riqnomasi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Tabriknoma

Aziz va muhtarama ayollar, qadrli opa-singillar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni bahorning ilk ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizga oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik va dasturxonlaringizga to’kinlik tilaymiz.

Hamisha oilangiz va yaqinlaringiz hamda el-yurtimiz ardog‘ida bo’lib yuring!

Bayram muborak bo’lsin, aziz ayollar!

#Siz_borsizki_olam_munavvar

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Joriy yil 27-fevral kuni bo‘lib o'tgan Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning hududiy(viloyat) bosqichi topshiriqlari.

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

😄Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichiga start berildi.

Bugun Respublikamiznimg 14 hududida 7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari tabiiy (fizika, kimyo, biologiya) fanlardan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1475 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

Mazkur bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etgan har bir hudud va har bir sinf bo‘yicha 3 nafardan iqtidorli yoshlar 28-mart-3 aprel kunlari Qashqadaryoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Al Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Respublika bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar joriy yil dekabrda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro tabiiy fanlar (IJSO) olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sifatida qabul qilinadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

😄Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasiga start berildi.

Bugun Respublikamizning 14 hududida 7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ayni paytda  7-8-sinf o’quvchilari matematika fanidan respublikamiz bo’yicha maktab va tuman bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1480 nafar yosh bilimdonlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda.

▶️Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida Matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may  oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida 🇮🇳Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Sport dasturlash olimpiadasida ishtirok eting!


2026-yil ilk bor sport dasturlash boʻyicha talabalar xalqaro olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi IOI va ICPC Olimpiadalariga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda terma jamoa tarkibiga iqtidorli yoshlarni saralab olish maqsadida sport dasturlash boʻyicha olimpiada tashkil etadi.

🧭Sport dasturlash olimpiadasi 10-mart kuni 5-11-sinf oʻquvchilari va 17-mart kuni talabalar oʻrtasida soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universitetida boʻlib oʻtadi.

⚙️Olimpiadada uch nafar universitet talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin va oʻquvchilar individual tarzda qatnashadilar. Sport dasturlash musobaqasining saralash bosqichi 3-mart kuni onlayn tarzda oʻtkaziladi.

🔵Quyida olimpiada qoidalari bilan tanishib, ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz so’raladi.

💬Savollar bilan quyidagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin: /channel/icpcuz

🌐 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi 2-kun jarayonlari yakuniga yetdi.

Saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

Barcha ishtirokchilarning birinchi va ikkinchi kunda yozgan yozma ish topshiriqlari quyidagi telegram guruhlarga yuklandi.
Biologiya👉 /channel/+UA8jpl5aoSA2NmNi
Kimyo
👉/channel/+SMMrbJYtuoZjNDEy

👉 @olimpdep
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

😄Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi.

😄Bugun nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi    Matematika va Fizika fanlaridan📍 Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilmoqda.

👉Nizom

▶️Eslatib o‘tamiz, mazkur saralash bosqichi natijalariga ko’ra matematikadan 18 nafar, fizikadan 15 nafar nomzodlar keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Shuningdek, eng yaxshi natija qayd etgan o’wuvchilar matematikadan joriy yil 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida o’tkaziladigan Kavkaz matematika olimpiadasida belgilangan kvota doirasida terma jamoa tarkibida ishtirok etadi.

⭕️ Jonli efir.

👉 @olimpdep

/channel/boost/olimpdep

✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi.

👉 @olimpdep
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📣📣📣📣📣

😄Xalqaro Iqtisodiyot Olimpiadasiga tayyorgarlik uchun IEOx Winter Challenge ochiq onlayn musobaqasiga start berildi.

▶️Mazkur onlayn musobaqa Xalqaro iqtisod (IEO-2024) olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda xalqaro olimpiada topshiriqlari bilan tanishish uchun tashkil qilingan. Bunda, ishtirokchilar yakka hamda jamoaviy (5 nafargacha) ishtirok etishlari mumkin. Yakka tartibda ro'yxatdan o'tgan ishtirokchilar boshqa mamlakatlardagi ishtirokchilarga qo‘shilib bir jamoa bo‘lib ishtirok etadi.

▶️Musobaqa ingliz tilida bo‘lib uch bosqichdan iborat:
💸biznes-keys;
💸moliyaviy savodxonlik o‘yini;
💸iqtisod bo'yicha test.

Ishtirokchilar 2024-yil 30-iyunga qadar 21 yoshdan katta bo'lmasligi talab etiladi.

▶️Mazkur havola orqali👉 Ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 4-fevralgacha.
Musobaqani 👉 nizomi bilan ushbu havola orqali tanishsangiz bo‘ladi.

👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Toshkent shahridagi Amity universitetida 1-Xalqaro ingliz tili olimpiadasi

Litsey, kollej va maktablarda tahsil olayotgan yoshlar (15+) uchun Toshkent shahridagi Amity universitetida 1-Xalqaro ingliz tili olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul.

Tanlov 2ta turdan iborat bo'ladi:
1-tur.
50 ta test (Ingliz lug'ati, aralash so'zlar, gapni to'ldirish, grammatika va imlo, davomiyligi 1 soat);
2-tur. Birinchi bosqichda saralangan eng yaxshi 20 nafar talaba hamma uchun ochiq bo‘lgan viktorinada, shuningdek, turli savollar bilan ingliz tili va mulohaza yuritish bosqichida ishtirok etadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📞 +998 99 312 65 96
📩 Telegram: @nazokatshavkatovna
👉🏼 Registration 👈🏼

🏆G'oliblar tadbir homiysi UZCARD tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin noutbuk; 2-o'rin planshet; 3-o'rin smartfon

Ro’yxatdan o’tish muddati: 2024-yil 22-fevral
📆 Sana: 25 fevral
🕖 Vaqt: 09:00
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti (Labzak)

P.S. Roʻyxatdan oʻtish faqat quyidagi havolada koʻrsatilgan telegram kanali ishtirokchilari uchun qabul qilinadi.
👉Kanal

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Olimpiada

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bora Koreys tili olimpiadasi bo'lib o'tdi.

📍Unda butun Respublikamizdan kelgan o'quvchilar o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇Robiya Oybekova - Andijon viloyati, Shahrihon tumani, 1-sonli maktab o'quvchisi - 1-o'rinni,
🥈Ahmadullo Subhanov - Buxoro viloyati, Buxoro shahri 42-sonli maktab o'quvchisi - 2-o'rinni,
🥉Kim Artur - Toshkent shahar Mirobod tumani MATES nodavlat ta’lim muassasasi o'quvchisi - 3-o'rinni egallashdi.

Shuningdek:
➖Muhammad No'monxo'jayev - Namangan shahar 34-maktab o'quvchisi 4-o'rinni,
➖Diana Razmatova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 35-sonli maktab o'quvchisi 5-o'rinni,
➖Iroda Rahimova - Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 190-sonli maktab o'quvchisi 6-o'rinni,
➖Lazokatxon Inagamova - Toshkent shahar, Yashnobod tumani 145-sonli maktab o'quvchisi 7-o'rinni,
➖Kim Kristina - Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani 54-sonli maktab o'quvchisi 8-o'rinni,
➖Ramzbek Boymurodov - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 167-sonli maktab o'quvchisi 9-o'rinni,
➖Ruxshonaxon Marufova - Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchisi 10-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Olimpiada g‘oliblari quyidagicha bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: 6 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin: 4 500 000 so‘m;
🥉3-o‘rin: 3 500 000 so‘m;
❗️4-10-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga esa 1 000 000 so‘m.

⚡️Shuningdek, 1-5-o’rin sohiblari Koreyaga ta’lim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️
Bunda barcha mukofot va ta’lim sayohati xarajatlari Koreya ta’lim markazi tomonidan qoplanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#Fotoreportaj

✅ 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g’olib va sovrindorlari Toshkent Xalqaro aeroportida kutib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Iqtisod bo‘yicha Westminstert Universiteti va EFI (Economic Fundamentals Initiative) tashkilotlarning hamkorligida tashkil etilgan olimpiadada sizni taklif etamiz.

Batafsil bu yerda

Ma'lumot uchun: +9989941786861
Elektron manzil: efiuzbekistan@gmail.com

🟥🟥🟥 Ushbu olimpiada Xalqaro Iqtisod olimpiadasining (IEO-2024) saralash bosqichiga aloqador emas.

@olimpdep

Читать полностью…
Подписаться на канал