#grant #ajoyib_yangilik
Hurmatli Abituriyentlar🎓,
Endi siz DTM balingiz bilan Tashkent Metropolitan University da 1-semestr uchun 20% dan 100 % gachalik grant asosida o'qishga kirishingiz mumkin.
Chegirmalar quyidagicha taqsimlanadi:
✅100-120 Ball olganlarga 20%
✅121-150 Ball olganlarga 50%
✅151-170 Ball olganlarga 70%
✅170+ Ball olganlarga 100%
🙅♂️Yagona Talab: Abituriyent kamida IELTS 5 yoki unga mos ekvivalentiga(CEFR, DUOLINGO,TOEFL) ega bo'lishi kerak.
❗️ Eslatib o'tamiz, agarda DTM balingiz 45-100 oralig'ida bo'lsa, universitetga kontrakt asosida imtihonsiz qabul qilinasiz!
✈️Hoziroq hujjat topshiring, joylar chegaralangan: t.me/tmuqabulbot
Hurmat bilan,
TMU Qabul
🎙#statistika #fizika
O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO) 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥉3 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🎙#statistika #kimyo
O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro kimyo olimpiadasida(ICHO) 2013- yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥇5 ta oltin, 🥈11 ta kumush va 🥉20 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
💲Xalqaro iqtisod olimpiadasiga (IEO-2023) start berildi.
5️⃣ nafar iqtidorli o‘quvchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Gretsiya davlati, Volos shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida (IEO-2023) onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro olimpiadada 50 dan ortiq davlatlardan jami 250 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
1️⃣ Polyakov Temur Yuryevich-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Qarshiyeva Laylo Asqarovna Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Prezident maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Asad Abdrshin Faridovich-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Nodavlat ta'lim muassasasi, 10-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Ibroximova Lolaxon To‘lqinboy qizi-Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani,10-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣ Abdulmajid Abulaziz Abduhamidxon o‘g‘li-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Nodavlat ta'lim muassasasi 9-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.
⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
#Tashkent #26July #IChO_2023
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
📣 XUSHXABAR
❤️🔥Joriy yil 16-25-iyul kunlari Shveytsariya davlatida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) 🇺🇿o‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥇2️⃣ ta oltin, 🥈1️⃣ta kumush, 🥉1️⃣ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Sovrindor o‘quvchilarimiz bilan tanishing.
🥇Nazarov Azizbek - Toshkent sh., Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
🥇Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
🥈Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
😄TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✈️👉@olimpdep
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ Joriy yilning 2️⃣6️⃣-3️⃣1️⃣-IYUL kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📘Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
✅Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
⚡️Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da O‘zbekistonlik o'quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sovrindor o‘quvchimiz bilan tanishing:
🥉✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi
❗️Yoshlarimiz tomonidan Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan ushbu medal O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi.
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medallari (2018,2021,2023) qo’lga kiritilgan.
TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin, kumush va oltin medallarga sazovor bo’lish nasib qilsin!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✅ Yaponiyaning Chibo shahrida bo'lib o'tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 ta bronza medalini qo’lga kiritgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
❗️O’quvchilarimiz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, vazirlik mas’ullari va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
#Japan #Math #13_July
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✅ 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da 3 ta bronza medalni qo'lga kiritgan terma jamoamiz a'zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
#BAA #11_July #Tashkent
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
🎉🎉XUSHXABAR🎉🎉
⚡️Joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilarning 3 nafari bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ular bilan tanishing:
🥉Tursunov Bexruz -Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 274-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Sharifov G‘olibjon - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Egamberdiyev Muhammadibrohim - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi, 2-kurs o‘quvchisi;
❗️Eslatib o‘tamiz. 2022-yili 33-Xalqaro Biologiya olimpiadasida terma jamoamiz a’zosi🥉1 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.
Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🔥🔥🔥Xalqaro matematika musobaqasi (IMC-2023) natijalari.
✅ 2023-yil 3-4-iyul kunlari onlayn tarzda Bolgariya tomonidan o’tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi natijalari e’lon qilindi va natijalarga ko‘ra🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉5 ta bronzamedallarini qo’lga kiritishdi:
🥇Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li-Toshkent sh, Yashnobod tumani Al-Xorazmiy maktabi 8-sinf o‘quvchisi;
🥈Dildora Mahkamova Begimkul qizi-Toshkent sh, Olmazor tuman ITMA IM 7-sinf o‘quvchisi;
🥈Hoshimjonov Bekzod- Andijon v, Marhamat tuman IM 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Ortiqov Yusufjon Shamshodovich-Buxoro v, Qorako‘l tumani ITMA IM 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Otamurodov Nurmuhammad Shuhrat o‘g‘li-Buxoro v, Olot tumani ITMA IM 10-sinf o‘quvchisi;
🥉 Rajabov Abdulaziz-Toshkent sh, Yashnobod tumani Al-Xorazmiy maktabi 7-sinf o‘quvchisi;
🥉Ikromov Azamat Alisher o‘g‘li-Buxoro v, Qorako‘l tumani ITMA IM 10-sinf o‘quvchisi;
🥉Boboqulov Asadbek Sayfiddin o'g'li- Toshkent v, Qibray tumani 5-maktab 9-sinf o‘quvchisi;
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan va uning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etayotgani quvonarli holat, albatta. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar natijasida farzandlarimiz dunyo mamlakatlarini ko‘rishga muyassar bo‘lishayotgani esa ularning yaqinlari qatori menga ham katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.
19 kun davomida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 200 ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari ishtirok etgan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da qatnashgan yoshlarimiz bugunning o‘zida kunchiqar davlat — Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun yo‘l olishdi.
Yana bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat terma jamoamiz vakillari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida biologiya fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston nomini baland ko‘tarish uchun jo‘nab ketishgan.
Shuningdek, Xalqaro olimpiadalar mavsumi davomida o‘quvchilarimiz 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun joriy yilning avgust oyi oxirida Vengriyaga, Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Shveysariyaga hamda Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish uchun Yaponiyaga yo‘l olishadi.
O‘quvchilarimizga ushbu nufuzli bilim "janglari"da xalqimiz ishonchini oqlab, shoda-shoda medallar bilan qaytishlarini tilab qolaman.
100 dan ortiq mamlakatdan kelgan mingga yaqin o‘quvchilar ishtirokida o‘tadigan ushbu bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilarimiz, albatta, yuqori o‘rinlarni egallashlariga ishonaman.
Aziz bilimli yoshlar!
Buyuk bobokalonlarimiz — Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi daholarga munosib ravishda ilm cho‘qillarini egallashlaringizga tilakdoshman.
Bugun 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasining (IBO-2023) ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Quyidagi havola orqali ochilish marosimini tomosha qilishingiz mumkin.
👉https://www.youtube.com/watch?v=ZL3gjvs9Cp8
4-5 sinflar uchun LOgeek olimpiadasi
🧠 Aqliy qobiliyatingizni tekshirishga tayyormisiz?
Biz barcha 4-5-sinf o‘quvchilarini tanlash uchun ikkita yo‘nalish bo‘yicha olimpiadalarda qatnashishga taklif qilamiz:
matematika;
ingliz tili;
💡 (siz bir vaqtning o‘zida ikkita Olimpiadani tanlashingiz mumkin).
Ushbu olimpiadada siz mantiqiy fikrni, qat’iyatlilikni, shuningdek, analitik va lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli vazifalarni bajarasiz. Bolaning o‘z bilim va mahoratini oshirishiga, matematik va lingvistik iste’dodini oshirishiga imkon beradigan qiziqarli jumboqlarni, fikrlash muammolarini va mantiqiy topshiriqlarni bajarishiga tayyor bo‘ling.
👦 Ishtirokchining yoshi: 4-5 sinf o‘quvchilari
Olimpiada o‘tkaziladigan sana:
- matematika: 2023-yil 23-avgust
- ingliz tili: 2023-yil 26-avgust
Format: onlayn
Til: o‘zbek, rus va ingliz
Farzandlaringizga ushbu yo‘nalishlarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang 🌐
Info: +998 91 136 12 87
👉 Endi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
ОЛИМПИАДА "LOgeek" ДЛЯ 4-5 КЛАССОВ
🧠 Готовы проверить остроту своего ума?
Мы приглашаем всех 4-5-классников принять участие в олимпиадах по двум направлениям на выбор:
▫️математика;
▫️английский язык;
💡(можно выбрать две олимпиады одновременно).
На этой олимпиаде вас ждут захватывающие задания, которые помогут развить логическое мышление, усидчивость, а также аналитические и лингвистические способности. Будьте готовы к интересным головоломкам, задачам на рассуждение и заданиям на логику, которые позволят ребенку проявить свои навыки и отточить свой математический и лингвистический талант.
👦Возраст: ученики 4-5 классов
🗓 Дата проведения олимпиады:
- математика: 23 августа 2023 года
- английский язык: 26 августа 2023 года
🖥 Формат: онлайн
🏳️Язык: узбекский, русский и английский
Не упустите шанс дать вашим детям возможность проявить свой потенциал в этих направлениях 🌐
Info: +998 91 136 12 87
👉🏻Регистрируйтесь уже сейчас по ссылке.
🎙#statistika #biologiya
O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro biologiya olimpiadasida (IBO) 1997- yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥇3 ta oltin, 🥈4 ta kumush va 🥉13 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🎙#statistika #matematika
O’zbekiston terma jamoasi Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 1997- yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
📣Onlayn olimpiadalar davom etadi!
⚡️ Joriy yilning 2️⃣6️⃣-3️⃣1️⃣-IYUL kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📘Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
✅Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
🗣 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.
Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman.
Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
📣55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023) yopilish marosimi boshlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.
Yopilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
📹 https://www.youtube.com/watch?v=SRWRXBn5G8I
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✈️ Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2023) 1 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib kelishdi.
✔️O’quvchilarimiz vazirlik mas’ullari, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi va ota-onalar tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
#Japan #Fizika #18_July
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🧬To'rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun 🇨🇭Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.
❇️Joriy yil 16-25-iyul kunlari 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) ga Shveytsariya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
✅Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf;
✅Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf;
✅Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
✅Nazarov Azizbek - Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
65-Xalqaro matematika olimpiadasi Buyuk Britaniyada bo’lib o’tadi
Yaponiya terma jamoasi Buyuk Britaniya jamoasiga olimpiada bayrog’ini topshirdi
📣XUSHXABAR
Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta medalni qo’lga kiritdi
📍 Joriy yilning 5-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi.
Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.
❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Tashkent Metropolitan University 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul boshlanganligini eʼlon qiladi.
Mavjud yoʻnalishlar:
➡️ Kompyuter muhandisligi (10 million soʻm);
➡️ Buxgalteriya hisobi va moliya (10 million soʻm);
➡️ Menejment (10 million soʻm);
➡️ Xalqaro biznes (10 million soʻm);
➡️ Iqtisod (10 million soʻm);
➡️ Ingliz tili filologiyasi (10 million soʻm);
➡️ Boshlangʻich taʼlim (10 million soʻm);
💰 Barcha yoʻnalishlar uchun narxlar bir semestr uchun koʻrsatilgan, toʻlovlarni qismlarga boʻlib amalga oshirish mumkin.
❗️Barcha fakultetlarda taʼlim ingliz tilida 🏴. Birinchi yili talabalar foundation bosqichida tahsil oladilar.
💻 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
👉 https://tmuni.org/local-students/
☎️ Ma'lumot uchun:
+ 998-71-200-01-23
🌐 Website | 💬Facebook |📸 Instagram | ✅ Telegam
34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi yopilish marosimi boshlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.
Olimpiadaning yopilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin. 👉https://youtu.be/5ijVHwsVars
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
🧲Besh nafar iqtiforli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO-2023) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga jo‘nab ketdi.
❇️Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf;
✅G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan v, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mak. 11-sinf;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro v , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
⚡️Olti nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga yetib keldi.
💥Ertaga 7-iyul kuni Xalqaro matemematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o'tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.
✅8-9-iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi.
❗️Eslatib o’tamiz, O’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉29 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.
🤲Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada 🥉4 bronza va 2 ta faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Xitoyning Beyjing(Pekin) shahrida 1-Xalqaro matematika yozgi intelektual oromgohida 25 mamlakat terma jamoalaridan 156 nafar iqtidorli o’quvchilar o’rtasida Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 🥉4 ta bronza va 2 ta faxriy yorliq (honorable mention) bilan taqdirlandi.
Endi terma jamoamiz a’zolari, joriy yil 6-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida o’tkaziladigan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etadi
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep