🎉 11-17-iyun kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xorazm viloyati Xiva shahrida o‘tkaziladi.
🧪 Olimpiadada xorijiy mamlakatlardan terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun kanalimizni kuzatib borishni tavsiya etamiz.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🎯Diqqat e'lon! Bu e'lon hayotingizni o'zgartirib yuborish mumkin.
🧑🎓Siz maktab bitiruvchisimisiz? Yoki maktabni oldinroq tugatganmisiz? Eng asosiysi talaba bo'lishni istaysizmi?
✅Bizda siz uchun yaxshigina taklif bor! Biz sizga imtihonlardan oldin o'zingizni sinab ko'rish va talaba bo'lish imkoniyatini beramiz!
📌Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti "Mening imkoniyatim" fan olimpiadasini e'lon qiladi!
📌Olimpiada fanlari:
Matematika
Ingliz-tili
🎖Taqdirlash:
🥇1-o'rin ( 10 nafar ) - Grant asosida qabul
🥈2-o'rin ( 6 nafar ) - 50% chegirma (4 yil uchun)
🥉3-o'rin ( 4 nafar ) - 25% chegirma (4 yil uchun)
🏅Faol ishtirokchi (180 nafar) -10% chegirma (4 yil uchun)
🗓Olimpidada ishtirok etishni istaganlar Telegram botda 6-maydan 22-mayga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
☎️Ma'lumot uchun:
+998970097975
+998977808681
+998555061277
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇🏻:
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi hamda Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada.
‼️Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada 29 may-3 iyun kunlari Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida xalqaro darajada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
✅ Bu haqda yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Fotoreportaj
⚡️⚡️⚡️ Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
📍 Xabar berganimizdek, ushbu olimpiadada o’quvchilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo’lga kiritishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yakuniga yetti va yopilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/live/QipuMKyOYzE?feature=share
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi qayerda va qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi.
Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada may oyining oxiri, iyun oyi boshida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Aniq sanalari tez orada e'lon qilinadi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Xalqaro iqtisod olimpiadasi respublika bosqichi yakuniga yetti va 5 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari aniqlandi.
Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023) 24 iyul - 2 avgust kunlari onlayn hamda offlayn tarzda Gretsiya davlati, Volos shahrida bo‘lib o‘tadi. Olimpiadada 43 dan ortiq davlatlar qatnashmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
1️⃣ Asad Abdrshin Faridovich-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Nodavlat ta'lim muassasasi, 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Polyakov Temur Yuryevich-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Abdulmajid Abulaziz Abduhamidxon o‘g‘li-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Nodavlat ta'lim muassasasi 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Ibroximova Lolaxon To‘lqinboy qizi-Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani,10-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
5️⃣ Qarshiyeva Laylo Asqarovna Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Prezident maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
🎉Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.
1️⃣Tursunov Bexruz Farrux o‘g‘li-Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 274-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Sharifov G‘olibjon G‘ulomjon o‘g‘li-Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Egamberdiyev Muhammadibrohim Boqijon o‘g‘li- Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi, 2-kurs o‘quvchisi;
4️⃣Ahtamova Mehrangiz Anvar qizi-Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Prezident maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
✅Eslatib o‘tamiz Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO-2023) joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligi davlatida bo‘lib o‘tadi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.
Ilk bora biologiya fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichida amaliy laboratoriya topshiriqlari taqdim etildi.
Quyidagi havolalar orqali olimpiada jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin.
Biologiya fanidan 👉 /channel/ibo2023live
Informatika fanidan 👉 https://youtube.com/live/0Qv7hpuAYI8?feature=share
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi.
✅ Olimpiadaning respublika saralash bosqichi 29-30-aprel kunlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida tashkil etiladi. Saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib 2 kun davomida, 1-kun test va 2-kun biznes taqdimoti o‘tkaziladi.
🎯 Test topshiriqlar hamda biznes taqdimot ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.
✅ Olimpiadaning birinchi bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
✅ Birinchi bosqich 30 ta testdan iborat bo‘lib, dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).
‼️1-kun natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga (30-aprel kuni bo‘ladigan biznes taqdimoti) o‘tadilar.
✅ Ikkinchi bosqichda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan mavzuga ishtirokchilar 45 daqiqa davomida biznes taqdimotlarini tayyorlab hakamlar hay’atiga og’zaki taqdim qiladilar. Biznes taqdimot uchun har bir ishtirokchiga 10 daqiqa vaqt ajratiladi, savol-javob uchun 5-10 daqiqa.
🔹Biznes taqdimotni baholash mezoni:
1. Muammo(lar) va maqsadlarni tog‘ri belgilash va yoritish (1-2 slayd).
2. Ishlatiladigan mavzuga oid biznes terminlarni to‘liq tavsifini aniq tushunturib o’tish (1-2 gap har bir termin uchun)
3. Biznes model (3-6 slayd; qualitative: PESTEL/SWOT and etc, qualitative: moliyaviy ko’rsatkichlar) larning tahlilini kengligi va chuqurligi;
4. Chetdan tashqari mavzuga oid fikrlash qobiliyati (creativity);
5. Mantiqiy tahlillar (chain of analysis);
6. Muqobil yechimlarning mavjudligi (evaluation);
7. Taqdimot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;
🔹 Baholash mezoninig har bir bo‘lim 1 dan 10 gacha baholanadi va hakamlar hay’ati a’zolari har bir ishtirokchilarni aloxida baholaydi va jarayon yakunida umumiy ball hisoblanadi.
✅ Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-5 o‘rinlarni egalagan ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasiga kiritiladi va xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023)da ishtirok etadilar.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#Ayni_damda
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Respublikamizning barcha hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etish uchun 6885 ta maktab ro‘yxatdan o'tgan.
Eslatib o‘tamiz, tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘zbekiston terma jamoasining Xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining o‘quv tayyorlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan mazkur o‘quv jarayonlariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov taklif qilingan.
Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi bo‘lib, 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoa a’zolarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab keladi.
64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) joriy yilning 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tadi.
Batafsil:👉https://uzedu.uz/uz/news/1010
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📢 Onlayn olimpiadalar davom etadi!
🔶 Joriy yilning 24-29-aprel kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
⚜️Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.
Bugun Kimyo fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.
https://meet.google.com/fbd-xjfg-mxq
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi
🟢 FARG‘ONA VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT
Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Fargʻona viloyatida tashkil qilinadigan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴14 may 17-00 ga qadar Fargʻona viloyati Quva tumanida joylashgan, Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.
📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 14-17-may
📍Geolokatsiya: Aniq fanlar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📞Farg‘ona viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.G‘aniyev +998972094110
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027
🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺
🟢 TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA MA'LUMOT
Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Toshkent shahrida tashkil qilinadigan 🔹Matematika va 🔹Informatika fanlaridan Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 18-00 ga qadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.
🔸Ingliz,🔸 Nemis va 🔸Fransuz tili fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.
📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 19-22-may
📍Geolokatsiya: Toshkent shahrida joylashgan Amity universiteti
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: O.Karimov +998914586973
🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺🔻🔺
🟢 BUXORO VILOYATI BO‘YICHA MA'LUMOT
Yuqoridagi jadvalga ko‘ra Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Respublika olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴18 may 17-00 ga qadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.
Buxoro viloyatida tashkil qilinadigan 🔹Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar va bir nafar viloyat mas'uli 🔴20 may 18-00 gaqadar Buxoro shahrida joylashgan 23-son maxsus maktab-internatiga yetib borishlari kerak bo‘ladi.
📅O‘tkazilish sanalari: 2023-yil, 18-22-may
📍Geolokatsiya: 23-son maxsus maktab-internatiga
📞Buxoro viloyat boshqarmasidan mas’ul: A.Rustamova 93-454-46-00, 97-302-14-02
📞Vazirlikdan biriktirilgan mas’ul: Sh.Ishmuradov +998992451027
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Olimpiada
#Matematika
📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi
⏰ Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.
❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.
✅Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:
✅Raxmatov Anvarbek -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
✅Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;
Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar o’zbekistonlik o‘quvchilarning 7 nafari medallarni qo‘lga kiritdi.
Bugun, 6-may kuni Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining yopilish va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bu yilgi Xalqaro olimpiadada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Bolgariya, Braziliya, Vengriya, Isroil, Qozog'iston, Qirg'isizton, Makedoniya, Mongoliya, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turmaniston, Turkiya, O'zbekiston, Xorvatiya kabi dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdi. Uch bosqichda tashkil qilingan Xalqaro olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥇2 ta oltin, 🥈3 ta kumush, 🥉2 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi
Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
🥇Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - oltin medal;
🥇 Maxmudov Abdullox - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi - oltin medal;
🥈 Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;
🥈Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o'quvchisi - kumush medal;
🥈Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;
🥉Xafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi - bronza medal.
🥉Xakimova Shaxzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medal;
Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!
Hammamizga ma'lumki, 56-Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida o'tkazilgan edi. Unda ishtirok etgan 12 nafar O'zbekistonlik o'quvchilarning 10 nafari (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medallar bilan taqdirlangan edi.
So’nggi yillarda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o'quvchilarimiz tomonidan oltin medal qo'lga kiritilmoqda, faqatgina 2013-yil Toshkentda tashkil qilingan Mendeleev olimpiadasida terma jamoamiz vakillari tomonidan 2 ta oltin medal qo’lga kiritilgan bo’lsa, joriy yildagi 2 ta oltin medalning qo’lga kiritilishi ham yurtimizda ilm-fanga, xususan kimyo faniga berilayotgan e’tiborning nishonasidir.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi hamda Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada.
‼️Matematika fanidan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada 29 may-3 iyun kunlari Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlar maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirokida xalqaro darajada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
✅ Bu haqda yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Қозоғистон
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etishmoqda
✅ Bugun olimpiadaning birinchi - nazariy bosqichi bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilarga 8 ta masala taqdim etildi.
📍Shuningdek, shu kuni ishtirokchilar hamda jamoa rahbarlari Ostona shahridagi Ekspomarkazga sayohat qilishdi.
Ertaga, 3-may kuni o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o'quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo'limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.
✔️ Ma'lumot uchun, 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning 21 davlatidan saralangan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar qatnashishmoqda. Olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, unda maksimal ball 230 ballni tashkil etadi.
❕ Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🎉Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.
✅ 35-Xalqaro Olimpiada (IOI 2023) 2023-yilning 28-avgustidan 4-sentabriga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
1️⃣ Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li-Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich-Toshkent shahar, Olmazor tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li-Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li-Toshkent shahar, Mirobod tumani, Profi School, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023) haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing.
👉https://ioi2023.hu/
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
ЎЗБЕКИСТОНЛИК ЎҚУВЧИЛАР КИМЁ ФАНИДАН 57-XАЛҚАРО МЕНДЕЛЕЕВ ОЛИМПИАДАСИДА ИШТИРОК ЭТИШ УЧУН ҚОЗОГИСТОНГА ЖЎНАБ КЕТДИ
57-Халқаро Менделеев олимпиадаси 1-6 май кунлари Қозогистоннинг Остона шахрида ўтказилади.
Эслатиб ўтамиз, мазкур олимпиада Ўзбекистонда 3 маротаба ўтказилган ҳамда ҳозирга қадар жамоамиз ўкувчилари томонидан жами 85 та медал қўлга киритилган (8 та олтин, 24 та кумуш, 53 бронза).
Жамоамизга омад ва зафарлар билан қайтишларини тилаб қоламиз.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Bugun Biologiya va Informatika fanlaridan Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi hamda Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Quyidagi havolalar orqali olimpiada jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin.
Biologiya fanidan 👉 /channel/ibo2023live
Informatika fanidan 👉 https://www.youtube.com/live/rugZ8iFX14U?feature=share
Iqtisod fanidan 👉 https://meet.google.com/ctf-kttz-xqm
📢 Onlayn olimpiadalar davom etadi!
🔶 Joriy yilning 24-29-aprel kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
⚜️Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘ylab 6885 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o'tgan.
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A,B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi.
Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha olimpiada.
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti Filologiya fakulteti umumta'lim maktablarining 6-10-sinf, akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilarini Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha o'tkaziladigan olimpiadada ishtirok etish uchun taklif etadi. Ushbu olimpiada slavyan yozuvi kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Olimpiadada barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Olimpiada joriy yilning 30-aprel kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filialida (Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 22) bo'lib o'tadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://msu.uz/articles/2023-04-08-olimpiada-po-russkomu-yazyku-i-literature
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023)
Xabar berganimizdek, 15-16-aprel kunlari kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi (yakuniy) D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tdi. 2 kun davomida o'quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari xalqaro fan olimpiadalari talablari asosida sinovdan o'tkazildi. Saralash olimpiadasi yakunlari bo'yicha 4 nafar iqtidorli o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:
1. Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
2. Maxmudov Abdullox - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi;
3. Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
4. Xakimova Shaxzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Eslatib o'tamiz, mazkur nufuzli xalqaro fan olimpiadasi joriy yilning 16-25 iyul kunlari Shvetsariya davlatida bo'lib o'tadi.
57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi (MChO 2023)
Joriy yilning 30-aprel - 7-may kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi tashkil qilinadi. Mazkur xalqaro olimpiadada 6 nafar o'quvchilarimizning ishtirok etishi belgilangan. Yuqoridagi o'quvchilardan tashqari yana 2 nafar o'quvchilar 57-Xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasida ishtirok etishadi:
5. Zuhriddinov Biloliddin - Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
6. Xafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi;
Xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Kimyo fanidan nufuzli Xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichiga start berildi
Saralash bosqichida 14 nafar iqtidorli o'quvchi bahs olib boradi.
Saralash jarayoni ikki kun davom etib, Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari 🇨🇭Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin:
https://meet.google.com/nuk-mtuw-sau
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram