olimpdep | Неотсортированное

Telegram-канал olimpdep - Fan olimpiadalari

35826

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.

Bugun Kimyo fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/nuk-mtuw-sau

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📐64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023)

✅ Joriy yilning 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi va mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;
✅Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Xalilov Suxrob Umarovich -Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Maksudov Behzod Alisher o‘g‘li -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li -Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Batafsil bu yerda

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

KIMYO FANIDAN XOTIRA TURNIRI!!!

Kimyo ta'limi fidoyisi, mohir pedagok, samimiy inson, ko'plab shifokor, texnolog, muallimlar hamda xalqaro va Respublika olimpiadalari g'oliblarining jonkuyar ustozi Norqobilov Norbo'ta Jo'lliyevich xotirasiga bag'ishlangan turnir VIII-IX sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Turnir ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi bosqich 23-aprelda onlayn (saralash), ikkinchi bosqich esa oflayn (final) 6-may kuni Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidagi 68-DIMI da bo'lib o'tadi.

Ikkinchi marotaba o'tkazilayotgan olimpiada avvalgisidan farq qilib ishtirokchilar orasidan yoshi inobatga olinmagan holda bir nafar I o'rin, ikki nafar II o'rin, uch nafar III o'rin aniqlanadi va taqdirlanadi.

🥇 750 000
🥈 500 000
🥉 250 000

Barcha final ishtirokchilariga esdalik sovg'alar va sertifikatlar topshiriladi.

Turnir haqida to'liq malumotni "Norqobilov xotira turniri" kanalidan olishingiz mumkin

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Matematika va fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning so'ngi kuni.

Bugun Matematika hamda Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi davom etmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga ilk bor xalqaro trener jalb etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Informatika bo’yicha olimpiada jamoasini tayyorlash bo’yicha maxsus o’quvlar boshlandi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Batafsil:👉 https://uzedu.uz/uz/news/997

* * * * *

Впервые к процессу подготовки членов сборной команды на Международную олимпиаду по информатике привлечен международный тренер

Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство цифровых технологий начали специальную подготовку олимпиадной команды по информатике.

Обладатель золотой медали Международной олимпиады по информатике, главный координатор Польской юношеской олимпиады по информатике Бартош Костка приглашен в нашу страну с целью дальнейшего усиления процессов подготовки к Международной олимпиаде по информатике и информационным технологиям.

Подробно:👉 https://uzedu.uz/ru/news/997


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Matematika fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi davom etadi.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi tartibi.

📘Matematika fanidan
– saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 4 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 84 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

📙Fizika fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

📗Biologiya fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 40 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda amaliy ish topshirig‘i beriladi, topshiriqlar umumiy 60 ball bilan baholanadi hamda 4 soat vaqt ajratiladi;

📕Kimyo fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

📔Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
– saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 600 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

🔹biologiya fanidan – 4 nafar;
🔹informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;
🔹kimyo fanidan – 4 nafar
🔹matematika fanidan – 6
nafar o‘quvchilardan iborat nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi;

🔹fizika fanidan saralash olimpiadasida to‘plagan ballar ketma-ketligi bo‘yicha 8 nafar o‘quvchilar saralab olinadi hamda 2023-yil 21-29-may kunlari o‘tkaziladigan 23-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ularning ishtiroki ta’minlanadi. Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning viloyat bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🍀Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga saralashning dastlabki bosqichi barcha hududlarda bugun soat 10-00 da boshlandi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Mazkur bosqich yakunlangandan so‘ng aprel-may oylarida respublika bosqichi tashkil qilinadi va yakuniy natijalarga ko‘ra 5 nafar iqtidorli yoshlar saralanadi hamda Xalqaro iqtisod olimpiadasida ishtirok etadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

📍Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

📍Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

📍Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

📍Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

📍Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

📍Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

📍Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

📍Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

📍Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

📍Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

📍Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

📍Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

📍Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

VIII Kavkaz olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar 🥈 5 ta kumush va 🥉 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

🎉🎉🎉G‘OLIBLAR BILAN TANISHING🎉🎉🎉

YUQORI SINFLAR LIGASI
(10-11-sinf)
🥈Kumush Raxmatov Anvar Zufarjonovich, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani , Ixtisoslashgan maktab 11-sinf;
🥈Kumush Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li, Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18-maktab,10-sinf;
🥉Bronza Ikromov Azamat Alisher o‘g‘li, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani , Ixtisoslashgan maktab , 10-sinf;
🥉Bronza Otamurodov Nurmuhammad Shuhrat o‘g‘li, Buxoro viloyati, Olot tumani , Ixtisoslashgan maktab , 10-sinf;
🥉Bronza Sobirov Samir Sobitjon o‘g‘li, Qashqadaryo viloyati , Qarshi shahar , 1-son Ixtisoslashgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi.


YOSHLAR LIGASI (8-9-sinf)
🥈Kumush Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li, Toshkent shahar , Yashnobod tumani , Al-Xorazmiy maktabi , 8-sinf;
🥈Kumush Axtamov Ozodbek To‘lqinovich,Toshkent shahar ,Yashnobod tumani ,Al-Xorazmiy maktabi ,9-sinf;
🥈Kumush G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li, Toshkent shahar , Yakkasaroy tumani, 144-maktab, 8-sinf o‘quvchisi.

O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz 💥💥💥

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📢 Onlayn olimpiadalarga start berildi.

🔶 Bugun 4-5-sinf o‘quvchilari 📗Matematika va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi davom etmoqda.

🔶Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi 10-11-mart kunlari onlayn tarzda bo'lib o'tmoqda.

🖋Olimpiadada har kuni 4 ta masala berilib har biri 7 balldan baholanadi. Ishtirokchilarga esa ushbu topshiriqlarni bajarishlari uchun tashkiliy qo'mita tomonidan 4 soat vaqt ajratilgan.

📈 Natijalar 14-mart kuni e'lon qilinadi.

🤲 Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📢 Onlayn olimpiadalar start olishiga 7 kun qoldi.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Bugun, 28-fevral kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Oʼzbekiston terma jamoasiga nomzodlar bilan oʼtkazilayotgan kuchaytirilgan oʼquv mashgʼulotlari jarayonlariga bagʼishlangan Press-tur tadbiri tashkil etildi.

Аyni vaqtda poytaxtimizda joylashgan Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda biologiya va kimyo fanlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida informatika va axborot texnologiyalari fanlari, Toshkent viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida matematika va fizika fanlari boʼyicha oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilmoqda.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/915


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro fan olimpiadalariga saralash bosqichi davom etmoqda.

Ertaga, 15-aprel kuni 📕 kimyo fanidan nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 3-bosqichi boshlanadi. Saralash olimpiadasi D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida bo‘lib o‘tadi.
👉 GEOLOKATSIYA 👈

📕Saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish topshirig‘i berilib, barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi joriy yilning 16-25-iyul kunlari 🇨🇭Shvetsariya davlatida tashkil etiladigan Xalqaro kimyo olimpiasi (IChO-2023)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🧲53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023)

❇️Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda. Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Eslatib o‘tamiz nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 8 ta o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ushbu Osiyo fizika olimpiadasida o‘quvchilardan eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani M.Ulug‘bek mak. 11-sinf o‘quvchisi;
✅Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
✅Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi, 9-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🚀APIO 2023 Xalqaro Olimpiadasi

🏆Asia-Pacific Informatics Olympiad(APIO) maktab o'quvchilari uchun IOI xalqaro informatika olimpiadasi tipidagi musobaqa bo’lib, ko’plab Osiyo va Tinch okeani davlatlari ishtirokida o’tkaziladi. Musobaqada 3 ta IOI uslubidagi masalalarni ishlash uchun 5 soat vaqt beriladi. Batafsil: apio2023.org.

🇺🇿O’zbekiston uchun APIO 2023 musobaqasi shu yilning 21-May kuni Toshkent shahrida o’tkaziladi. Musobaqada faqat maktab o’quvchilari qatnashishlari mumkin.

🏆Musobaqada Sport Dasturlashi va IOI uslubidagi masalalarda tajribasi bor o’quvchilar qatnashishlari tavsiya qilinadi. Oldingi yilgi masalalarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://oj.uz/problems/source/26

📌Qatnashchilar soni 18 tagacha chegaralangan. Barcha qatnashchilar quyidagi havola orqali registratsiya qilishlari lozim: https://bit.ly/apio-reg

📅Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 12-aprel kun oxirigacha.

Qatnashuvchilar soni 18 nafardan oshgan holda, 🤖RoboContest.Uz saytida saralash musobaqasi bo`lib o`tadi.

❗️MUHIM❗️: Siz 🇺🇿O`zbekiston hududidagi 🏫 maktab/litsey o`quvchisi ekanligingizni isbotlay olishingiz kerak bo`ladi.

🤖🤖🤖🤖🤖🤖🤖
🤖 @robocontest

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichi davom etadi.

Bugun Matematika hamda Fizika fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Ayni kunlarda Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo’lib o’tmoqda. Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilingan.

Chelnokov Grigoriy Rivenovich - matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o’qituvchisi. 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab kelmoqda. Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. Uning Xalqaro jurnallarda ko’plab maqolalari chop etilgan. Kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid ajoyib masalalar muallifi.

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 2023-yil 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tadi.

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Matematika fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning uchinchi bosqichiga start berildi.

Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, saralash bosqichi 4 kun davom etadi va natijalar umumlashtirilib 6 nafar iqtidorli o’quvchilar O’zbekiston terma jamoasi a’zoligini qo’lga kiritadi hamda joriy yil iyul oyida Yaponiyaning Chiba shahrida o’tkaziladigan Nufuzli Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etadi.

https://meet.google.com/rxb-pdbu-nqj

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi.

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida quyidagi grafik asosida tegishli fanlardan belgilangan sanalarda tashkil etiladi.

📘Matematika — 5,6 hamda 8-9-aprel kunlari;
📙Fizika — 8-9-aprel kunlari;
📕Kimyo — 15-16-aprel kunlari;
📗Biologiya — 29-30-aprel kunlari;
📔Informatika va AT —
29-30-aprel kunlari;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasining hududiy (viloyat) saralash bosqichi nazorat materiallari bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🍀Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

✅Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

✅Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

‼️Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📢 Onlayn olimpiadalar davom etmoqda.

🔶 Bugun 9-sinf o‘quvchilari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasi yopilish marosimi boshlanishiga sanoqli soniyalar qoldi.

Olimpiadaning yopilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
👉 https://vk.com/video-133450_456239768

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📢 Onlayn olimpiadalar start olishiga 1 kun qoldi.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

VIII Kavkaz Xalqaro matematika olimpiadasining ochilish marosimini o‘tkazib yubormang.

Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi havola orqali kirib ko‘rishingiz mumkin.
👉 https://vk.com/video-133450_456239736

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🎉🎉🎉Xushxabar🎉🎉🎉

💎 Xalqaro matematika olimpiadalarida bir necha marta sovrindor bo‘lgan, iqtidorli qizlarimizdan biri
Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

🌼 Iqtidorli va qobiliyatli qizlarimiz ko’payaversin.

🍀 Madinani samimiy muborakbod etamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

📢 Onlayn olimpiadalar davom etadi!

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

⚜️Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

📊Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…
Подписаться на канал