olimpdep | Неотсортированное

Telegram-канал olimpdep - Fan olimpiadalari

35826

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash departamenti Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Фан олимпиадалари бўйича иқтидорли ўқувчилар билан ишлаш департаменти

Подписаться на канал

Fan olimpiadalari

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

KIMYO fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

MATEMATIKA fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash boshlandi. Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/ygx-hqwi-amo

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://amityuni.live/85160272248

Onlayn natijalar jadvali bilan tanishib borishingiz uchun havola.

https://robocontest.uz/olympiads/364/public-results

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Olimpiada jarayonlaridan foto lavhalar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichiga start berildi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning I bosqichi
natijalariga ko‘ra matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan jami 130 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi va bu o‘quvchilar bugungi saralash olimpiadasining II bosqichida ishtirok etmoqdalar.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Joriy yil 1-10 fevral kunlari tashkil qilingan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan yoshlarimiz orasidan 2 nafari II saralash bosqichida ishtirok etish huquqi taqdim qilindi (qolgan 11 nafar medallarga sazovor g‘oliblar I bosqich natijasiga ko‘ra II bosqichga tavsiya etilgan).
Ushbu hukumat qarori xalqaro olimpiadalarga yoshlarimizni shaffof va adolatli saralash imkoniyatini yaratibgina qolmasdan, iqtidorli o‘quvchilarimizni doimiy tarzda o‘z ustida ishlashga va terma jamoa a'zosi sifatida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkonini ham bermoqda.

Saralash bosqichi xalqaro olimpiadalar(IMO, IPHO, ICHO, IBO, IOI) metodologiyasi asosida tashkil qilinmmoqda:

✅Matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball bilan hamda barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

✅Fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

✅Kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 75 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

✅Biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test topshirig‘i beriladi, test topshiriqlari umumiy 50 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

✅Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni turli qiyinlik darajasidagi 5 tadan masala berilib, topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan barcha masalalar umumiy 200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali onlayn tizimda avtomatik tarzda aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

❓Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichida nazorat materiallari qay tartibda beriladi va qanday baholanadi?

✅Matematika fanidan
– saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball bilan hamda barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

✅Fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

✅Kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 75 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

✅Biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test topshirig‘i beriladi, test topshiriqlari umumiy 50 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

✅Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni turli qiyinlik darajasidagi 5 tadan masala berilib, topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan barcha masalalar umumiy 200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali onlayn tizimda avtomatik tarzda aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi ishtirokchilari.

💠18-19-fevral
kunlari biologiya fanidan ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

📍 Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi ishtirokchilari.

💠18-19-fevral kunlari kimyo fanidan ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

📍 Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi ishtirokchilari.

💠18-19-fevral
kunlari fizika fanidan ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

📍 Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

🎉🎉XUSHXABAR🎉🎉

💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

G'olib o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham tez orada e'lon qilinadi!

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

⭕️⭕️⭕️Xalqaro Jautikov Olimpiadasi, Matematika fani 1-kun savollari.

Bilimingizni sinab ko'ring.

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

⚡️⚡️⚡️Xalqaro Jautikov Olimpiadasidan foto lavhalar (Sirdaryo viloyati)

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

⭕️⭕️⭕️Xalqaro Jautikov Olimpiadasining ochilish marosimini quyidagi havola orqali kuzatish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=V6sFji33UWA

🔹Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab, har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinmoqda va joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari kutilmoqda.

🔹Bu yil 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi 2-3 fevral kunlari bo’lib o’tadi. Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun mamlakatimizdan jami 95 nafar o’quvchilar ro’yxatdan o’tgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etiladi.

🔹Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab, har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinmoqda va joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari kutilmoqda.

🔹Bu yil 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi 2-3 fevral kunlari bo’lib o’tadi. Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun mamlakatimizdan jami 95 nafar o’quvchilar ro’yxatdan o’tgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

BIOLOGIYA fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

FIZIKA fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi ishtirokchilari ro‘yxati.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi va saralab olingan o‘quvchilar uchun mahalliy mutaxassislar tomonidan 10 kun davomida kuchaytirilgan trening mashg‘ulotlari boshlab yuborildi.

O'quv jarayonlari:

Kimyo va biologiya fanlaridan - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda;

Matematika va fizika fanlaridan - avvalgi Yunusobod tumanidagi 23-Mehribonlik uyi binosida;

Informatika fanidan - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tmoqda;

Dars jarayonlarida saralash olimpiadalari natijalari asosida shakllantirilgan jami 71 nafar o’quvchilardan iborat O’zbekiston terma jamoasi a'zoligiga nomzodlar hamda saralash olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 8- 9-10-sinf o‘quvchilaridan iborat zahiradagi iqtidorli yoshlar ham ishtirok etmoqda. O'quv mashg'ulotlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar ishtirokida olib borilmoqda. Barcha o‘quvchilar yotoqxona bilan ta'minlangan hamda 3 mahal ovqatlanish tashkil qilingan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi topshiriqlari.
(1-kun, 18.02.2023)

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nufuzli xalqaro opimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi natijalarini quyidagi havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

Bu yerda ishtirokchilar tomonidan to'planayotgan ballar onlayn jadvalda shakllanib boradi.

https://robocontest.uz/olympiads/360/public-results.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi uchun nazorat materiallarini tayyorlash boshlandi. Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://meet.google.com/frd-qupc-hgy


Informatika va axborot texnologiyalari fanidan jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
https://amityuni.live/85160272248

Topshiriqlar shu kunning o’zida tayorlanayotganligi saralashning yanada adolatli va shaffof o’tishiga xizmat qiladi.
Hakamlar hay’ati a’zolarining barchasi tomonidan shakllantirilgan materiallar tanlab olinadi va bugungi bosqichda foydalaniladi.
Barcha topshiriqlar bitta muallifga taalluqli bo’lmasligi ham inobatga olingan.

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi.

💠18-19-fevral
kunlari matematika, fizika, biologiya, kimyo fanlaridan📍 Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida, 📍Toshkent shahar Amity universitetida informatika va axborot texnologiyalari fanidan saralash bosqichi tashkil etiladi.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:
🔹biologiya fanidan – 12 nafar;
🔹kimyo fanidan – 12 nafar;
🔹informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 12 nafar;
🔹fizika fanidan – 15 nafar;
🔹matematika fanidan – 18 nafar
o‘quvchilar saralashning uchinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi ishtirokchilari.

💠18-19-fevral
kunlari matematika fanidan ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

📍 Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi ishtirokchilari.

💠18-19-fevral
kunlari informatika va axborot texnologiyalari fanidan ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati.

📌 Olimpiada ishtirokchilari olimpiada tashkil etilayotgan manzilga soat 8:00 da kechikmagan holda yetib kelishlari talab etiladi.

📍Toshkent shahar Amity universiteti

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg'iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog'iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 515 nafar, fizika fanidan - 341 nafar, informatika fanidan - 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

🧲 FIZIKA FANI BO‘YICHA:

Sultonov Javohir Xurshidovich
— Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

🖥 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA:

Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li
— Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich
— Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li
— Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li —
Toshkent shahar, Profi School NTM ning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

📐MATEMATIKA FANI BO‘YICHA:

Raxmatov Anvar Zufarjonovich
— Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li
— Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li
— Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Ortiqov Yusufjon Shamshodovich
— Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi🥉bronza medali;

Erkinboyev Kamronbek Temurmalik o‘g‘li
— Namangan viloyati Namangan Davlat Universiteti akademik litseyining II bosqich o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

Suyunova Madina Muhiddin qizi
— Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

📌Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o'tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi hamda o'rnatilgan tartibda g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

AL-XORAZMIY NOMIDAGI FAN OLIMPIADASINING TUMAN (shahar) BOSQICHIDA ISHTIROK ETGAN O‘QUVCHILAR HAMDA VILOYAT BOSQICHIDA ISHTIROK ETADIGAN O‘QUVCHILAR TO‘G‘RISIDA

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

⚡️⚡️⚡️Xalqaro Jautikov Olimpiadasidan foto lavhalar (Namangan viloyati)

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Xalqaro Jautikov Olimpiadasi ochilish marosimidan rasmlar.

Ertaga bo’lib o’tadigan birinchi turda barchaga omad tilaymiz!

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

#bu_muhim

💠Mamkalatimizda mahalliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori amaliyotga tadbiq qilingan bo‘lib, ushbu qarorning 1-ilovasi bilan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

🔹Nizomda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarni tashkil etish, o‘tkazish, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi belgilangan.

🔹Shuningdek, Nizomning 47-bandida Mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha respublika olimpiadalarini o‘tkazishi mumkinligi va 49-bandda O‘quvchilar o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan qo‘shimcha Respublika olimpiadalari Vazirlik bilan kelishilishi belgilangan.

🔹Vazirlik qo‘shimcha fan olimpiadalarining o‘tkazilishini, iqtidorli o‘quvchilarning munosib rag‘batlantirilishini hamda yangi iqtidorlarni kashf qilinishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Yuqoridagi Nizomning 48-bandida tashkil qilinadigan qo‘shimcha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish tartibi, g‘oliblarni rag‘batlantirish masalalari tashkilotchilar tomonidan belgilanishi ta’kidlab o‘tilgan.

🔹Vazirlik tomonidan har o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarining reja-grafigi tasdiqlanadi hamda o‘quvchilar shu asosida olimpiadalarda ishtirok etadi va tayyorgarlik ko‘radi.

🔹Qo‘shimcha olimpiadalar mazkur reja-grafikdagi asosiy olimpiadalar bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolishini oldi olinishi hamda tashkilotchilar tomonidan olimpiadalarni o‘tkazishda noxolis yondashuv sabab olimpiada ishtirokchilarida noroziliklarning paydo bo‘lishini va bu kabi e’tirozlar bo‘yicha Vazirlikka murojaat qilinishining oldi olinishi lozim. Chunki, aksariyat hollarda tashkilotchilar Vazirlik bilan kelishmagan holda olimpiadalar tashkil qilishi tufayli ta’kidlab o‘tilganidek muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjud.

📃Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha olimpiadalarni Vazirlik bilan kelishilgan holda tashkil qilish maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qilamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep

Читать полностью…

Fan olimpiadalari

Муқаддас қасамёдига ҳамиша содиқ бўлиб, хизмат бурчини ерда ҳам, кўкда ҳам шараф билан адо этаётган баҳодир ва довюрак ҳарбийларимизга Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

С 31-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины вас, храбрые наши воины, верные священной присяге, с честью выполняющие свой долг на суше и в воздушном пространстве!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал