28298
-Toshkent Turin Politexnika Universiteti rektori - Ректор Ташкентского Туринского политехнического университет -Rector of Tashkent Turin Polytechnic University https://www.facebook.com/alim.tuychiev https://instagram.com/olimjon.tuychiyev
#Orol_dengizi
#ERAS_II
Ekologik tahdidni kamaytirish bo‘yicha loyiha
Orol muammosi bugungi kunda global masala sifatida dunyo hamjamiyati e’tiborini tortmoqda. Innovatsion rivojlanish agentligi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Orol dengizi tubida ekotizimni tiklash (ERAS-II) loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida davra suhbati o’tkazildi va bugungi kungacha amalga oshirilgan loyihalar tahlili va qilinishi kerak bo’lgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir haqida batafsil 👉📍https://uza.uz/posts/495960
🎓Abiturientlar uchun yillar davomida to’plangan bilimlarini sinash payti yaqinlashmoqda.
Universitet tanlash, o’zlarining kelajakdagi yo’nalishini tanlash har bir yosh uchun qiyin tanlovlardan biridir.
Bir paytlar mening tanlovim bo’lgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti men uchun eng to’g’ri tanlovlardan biri bo’lgan va hozirgi kundagi muvaffaqiyatlarimga eng yaxshi poydevor yarata olgan deb hisoblayman.
🎥Bu haqda ushbu videoda batafsil tomosha qilishingiz mumkin.
Samarqandlik yoshlar bilan uchrashuv
Kuni kecha Samarqand Yoshlar texnoparkida va Samarqand Davlat Universitetida yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdik.
Dostona tarzda tashkil etilgan ushbu uchrashuvda, talabalar va o’quvchilar bilan ilm-fan va innovatsiyalar haqida ochiq muloqot qildik va ularning loyihalarini tinglab zarur ko’rsatmalar va amaliy yordam berishga harakat qildik.
#istedodli_yoshlar
🚀SpaceX kompaniyasi 14 yoshli dasturchini ishga oldi.
U Starlink sun'iy yo'ldosh dasturiy ta'minot jamoasiga qo'shiladi.🛰
Ilon Maskning kosmik kompaniyasi 14 yoshli Kyren Kvazini ishga oldi. O‘smir yaqinda Kaliforniyadagi Santa Klara universitetini tamomlagan va u yerda bakalavr darajasini olgan universitet tarixidagi eng yosh bitiruvchiga aylandi.
Bungacha o‘smir Intel’da amaliyot o‘tagan, u yerda sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar bilan shug‘ullangan.
Kiren Kvaziy ikki yoshida “to‘liq jumlalar bilan gapira boshlagan” va to‘qqiz yoshida u maktab o‘quv dasturidan oldinda ekanini tushunib, Kaliforniya jamoat kollejiga o‘qishga kirgan. U 11 yoshida esa Santa Klara universitetida tahsil olishni boshlagan.
@Olimjon_Tuychiyev
⭐HAR BIR STARTAP LOYIHA UCHUN 💲100 000 GACHA GRANTNI QO`LGA KIRITING!
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan va 1 mlrd so'mgacha grant jalb etish mumkin bo'lgan startap loyihalar tanlovlari ro’yxati:
1) Sirdaryo viloyati miqyosidagi startap loyihalar tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1200
2) “Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1240
3) “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1241
4) Innovatsion hududlar kesimida hududning muammolari yechimiga qaratilgan startap loyihalar ochiq tanlovi
🔺https://mininnovation.uz/contest/post-1244
O’z innovatsion g’oyalaringizni biz bilan birgalikda rivojlantiring! Tanlovlarda ishtirok eting va loyihalaringizga grant mablag’larini “birgalikda moliyalashtirish” sharti asosida jalb qilish imkoniyatiga ega bo’ling.
⚡️Endi GEN-2 ham mavjud!
Yaqinda ilk versiyasi chiqarilganda shov-shuvlarga sabab bo'lgan Gen-1 neyron tarmog'ining endi yanada mukammallashtirilgan ikkinchi versiyasi paydo bo'di.
Neyron tarmog'ining o'zi sizning so'rovingiz bo'yicha video yaratadi, tasavvur qilyapsizmi?!
Runway kompaniyasi buni qoilmaqom ravishda uddaladi.
Foydalanish uchun siz ishlab chiquvchilarning veb-saytida ro'yxatdan o'tishingiz kerak va siz darhol 105 soniyalik bepul video yaratish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Havola shu yerda.
@olimjon_tuychiyev
#Italiya
#xalqaro_hamkorlik
#yashil_energetika
🔺O'zbekistonda Italiya bilan hamkorlikda "Yashil vodorod energiyasi" loyihasi amalga oshiriladi
Italiyaning Rim shahrida bo'lib o'tayotgan Italiya-O'zbekiston biznes forumi doirasida “Qarshi shahrida jamoat transportini vodorod yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha vodorod sinov maydonchasi” pilot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo’yicha Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan memorandum imzoladik.
#Italiya
#Rim
⚡️⚡️Prezidentimizning Italiyaga tashrifi doirasida hozirda Italiyaning Rim shahridamiz va bir qancha tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz.
📣📣“Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovi
Innovatsion rivojlanish agentligi “Professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalar” tanlovini e'lon qiladi.
✅Arizalar 2023-yil 5-iyundan 2023-yil 5-iyulgacha qabul qilinadi.
Startap loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.
BATAFSIL
Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan AQSH ning USAID agentligi grant mablagʻlari hisobiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Muqobil energiya manbalari” yoʻnalishida oʻquv kursi dasturi va darsligini tayyorlash loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida 2023-yil 31-may kuni Toshkent shahridagi Intercontenental mehmonxonasining majlislar zalida ishlab chiqilgan dasturning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
#Dream_sat
#kosmos
#kelajak_kasblari
Hozirda kosmosni zabt etish va koinot bilan bog'liq izlanishlar qilish borgan sari ommalashmoqda. Ushbu yo'nalish kelajakdagi eng aktual kasblardan biri ekanligiga esa hech shubxa yo'q.
Shu sababdan "Dream Sat" loyihasi yoshlar tomonidan juda katta qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qilinmoqda.
Loyiha doirasida yanada ko'proq yoshlarni qamrab olish va amalga oshirilayotgan ishlarni namoyish qilish maqsadida Toshkent shahridagi umumta'lim maktablarida targ'ibot ishlari o'tkazilmoqda.
Kelajakda eng aktual va talabador kasblarni egallash uchun albatta global trendlarni hozirdan kuzatish va yaratilayotgan imkoniyatlardan o'z vaqtida foydalanish zarur.
Hurmatli bitiruvchilar!
Hayot turli bosqichlardan iborat. Bugun yana bir muhim bosqichni tugatib, yangi marallar sari yuksak umidlar bilan turibsiz. Sizga barcha qo‘ygan maqsadlaringiz sari qo’rqmasdan dadillik bilan olg‘a qadam bosishni, mag’lubiyat va qiyinchiliklarda yengilmaslikni, marrani balandroq olishni tilayman.
Shijoat va quvvatga to’la ushbu davringizda kuchingizni to‘g‘ri yo‘naltiring, katta orzularingizni kichik bosqichlarga bo‘lib, to’xtamasdan harakat qiling. Yuksak marralarga albatta katta mehnat orqali erishiladi.
Buyuk kelajakni sizdek bilimli, aqlli va ziyrak yoshlar bilan birgalikda barpo etamiz! Omad hamisha hamrohingiz bo'lsin.
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori
Olimjon To'ychiyev
22-may kuni Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalar universtitetiga tashrif buyurdik va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik.
Universitet faoliyatini o’rganish jarayonida u yerda professorlar va yosh olimlar bilan uchrashildi va innovatsiyalarni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi, o’zaro fikr almashildi.
#xalqaro_hamkorlik
#Tailand
Tailanddagi Osiyo texnologiya instituti (Asian Institute of Technology) ga tashrif buyurdik va institut prezidenti bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik.
AIT bilan hamkorlikda iqlim o'zgarishi, seysmologiya va qishloq xo'jaligi yo'nalishlarida innovatsion loyihalarni rivojlantirish, talabalar uchun stajirovkalarni tashkillashtirish rejalashtirildi.
BMT ning ESCAP komissiyasi doirasida "Iqlim o'zgarishi va uning “Land locked” mamlakatlarga ta'siri" mavzusida yuqori darajadagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Unda BMT bosh kotibi o’rinbosari Dr. Armida Salsiah Alisjahbana va ko’plab yuqori martabali mehmonlar qatorida Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ham nutq so'zladi.
#technoways_marafoni
Bir necha yillardan buyon “TechnoWays” texnologik marafonini viloyatlar va Respublika kesimida o’tkazib kelardik. Bu yildan esa “TechnoWays” marafoni qamrovi yanada kengaydi.
Yoshlar oyligi doirasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni Oliy ta’lim muassasalarida ham o’tkazildi va 100dan ortiq yoshlarni qamrab oldi.
🎥Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o’tkazilgan marafondan lavhalarni ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Biz nafaqat poytaxtdagi eng iqtidorli yoshlar balki yurtimizning eng chekka hududlaridagi iste’dodlarni ham qo’llab quvvatlashga tayyormiz.
Hozirda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan qizil ro’yxatdagi yoshlar bilan ishlab ularni muammolarini o’rganmoqdamiz.
Kuni-kecha Buxoroning Qorovulbozor tumanida yashovchi ixtirolar qilishga qiziquvchi o’g’lonimiz bilan uchrashib, uni qo’llab-quvvatlab, yo’nalish berishga harakat qildik.
Yoshlarga ozgina e’tibor ularni ertangi kunga ishonchini ortishiga va hayotda o’z o’rnini topishiga yordam beradi.
Bugun Huawei kompaniyasining O’zbekistondagi ofisiga tashrif buyurdik va kompaniyaning mintaqadagi rahbari bilan uchrashuv o’tkazdik.
Kompaniya bilan ilmiy-texnologik tadqiqotlar o’tkazish, malakali kadrlarni tayyorlash va birgalikda loyihalar qilish bo’yicha muzokaralar o’tkazdik. Kelgusida ko’pchilik uchun qiziqarli va manfaatli bo’ladigan loyihalarni rejalashtirmoqdamiz.
✔️Yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv
Yaqinda yurtboshimiz tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimga o’tildi va yoshlarni toifalarga bo’lib, qizil toifadagi yoshlar bilan ko’proq ishlash zarurligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda yoshlar bilan o’zgacha yondashuv asosida ishashni boshladik va ochiq muloqot o’tkazdik.
Uchrashuv norasmiy formatda tashkil etildi va yoshlarning iqtidorini kashf etishga qaratilgan davra suhbati va o’yinlarga boy bo’ldi. Bu kabi uchrashuvlar ularni o’z yo’nalishini topish va maqsadlari sari jadalroq harakat qilishida katta turtki bo’ladi deb umid qilamiz.
#Italiya
#talabalar
Prezidentimizning Italiyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakatda tahsil olayotgan O’zbekistonlik bir guruh talabalar bilan uchrashdik.
Ular bilan tahsil olayotgan yo’nalishlari, o’rgangan yangiliklari, yangi ishlanmalar, innovatsiyalar va tadqiqotlarni O’zbekistonga joriy etish bo’yicha suhbatlashdik.
Ularni ko’rar ekanman, o’zimni chet elda tahsil olgan paytlarim esimga tushdi. Eng qiziqarlisi siz chet elda tahsil olish paytida nafaqat bilimlarni olishga balki chet davlatning hayoti va undagi yangiliklarni o’rganishga ham intilasiz.
Yoshlarimizning bilimga chanqoqligini, ko’zlari yonib turganligini ko’rib judayam hursand bo’ldim. Ular bilan kelgusida O’zbekiston uchun manfaatli bo’ladigan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldik.
#Italiya
🇮🇹“Avtomobillarni gibrid tizimga o'tkazish uchun elektr motorlar (motor-g'ildirak) hub loyihasi” Italiyaning Sun Motive kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi yurtimizdagi yonish dvigatelli transport vositalarini gibrid transport vositalariga aylantirish va yashil energiya sektorini rivojlantirish hisoblanadi. Ushbu loyiha orqali yoqilg'i sarfini va zararli gazlarni chiqarishni kamaytirish rejalashtirilgan.
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga tashrifi doirasida Rim shahrida “Italiya- O‘zbekiston biznes forumi” tashkil etildi.
“O‘zbekiston-Italiya biznes forumi” ikki tomonlama aloqalarimizni chuqurlashtirish va hamkorligimizning ulkan salohiyatidan foydalanishda muhim qadam hisoblanadi.
Biznes forum doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi va Italiyaning bir qator tashkilotlari o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi.
🎥Biznes forum videosini tomosha qilish
#iqtibos
#citata
“Bir kechada muvaffaqiyatga erishish uchun siz yillar davomida mehnat qilishingiz kerak”
©️Jeyms Dayson
Toshkent shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab internatida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoyalash kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Dunyoning barcha bolalariga eng baxtli va quvonchli damlarga boy bolalik tilaymiz. Kelajagimiz egalari har bir o‘g‘il-qizga tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayish nasib qilsin.
Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
#kosmos
#sputnik
#Navoiy
“Dream Sat” loyihasi o’quvchilari bilan birgalikda Navoiyda sputnikni stratosferaga uchirish jarayonidan videolavha. 🎞️🎞️🎞️
Statista.com nashrining xabar berishicha, 2023-yil mart oyi holatiga ko'ra Yer orbitasida 9000 dan oshiq suniy yo'ldoshlar mavjud.
AQSh orbitada eng ko'p 5798 ta sun'iy yo'ldoshlarga ega bo'lib, undan keyin orbitada 1500 ga yaqin sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (sobiq SSSR) joy oldi.
#GIS_Innovation
#SuperMap
#ochilish_marosimi
🎥Oʻzbekiston-raqamli hamjamiyatga bir qadam “Uzbekistan GIS Innovation” loyihasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Loyiha doirasida Xitoyning SuperMap kompaniyasi bilan memorandum imzolandi.
Kelgusida Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda mintaqada geografik axborot tizimlari asosida xizmat koʻrsatish, yoʻldosh aloqa, navigatsiya tizimlarini qoʻllash masalalarida tadqiqotlar olib boriladi.
#yangiliklar
📢Google ning yangi versiyasi chiqdi!
Endi qidiruv tizimi butunlay qayta ishlab chiqildi va unga sun’iy intellekt va boshqa bir qancha yangiliklar qo’shildi.
Hozircha u faqat AQSHda va faqat ingliz tilida mavjud, keyingi oydan butun dunyoda ishlashi rejalashtirilgan.
⚡️⚡️Bugun sessiyaning 4-kunida APCTT boshqaruv kengashi raisi sifatida tashkilot faoliyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bayonot qildik.
Jonli efirni tomosha qilish
⚡️Tailandning Oliy ta’lim, fan, tadqiqot va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar milliy agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida Global innovation indeksda O’zbekiston reytingini ko’tarish, startap loyihalarini rivojlantirish, yosh olimlarni stajirovkalarga yuborish, texnologiyalar transferini amalga oshirishda o’zaro hamkorlik qilish ko’zda tutilgan.